30.01.2026 yildagi 38-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining yashash joyi manzilini hamda ularga tegishli koʻchmas mulkda yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotni tahrirlash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari tizimini raqamli transformatsiya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 30-apreldagi PQ-155-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining yashash joyi manzilini hamda ularga tegishli koʻchmas mulkda yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotni tahrirlash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaroning yashash joyi manzili toʻgʻrisidagi notoʻgʻri maʼlumotni tahrirlash haqidagi murojaati asosida tahrirlangan qayd varagʻi berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkdorning koʻchmas mulkida yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan shaxs (shaxslar) toʻgʻrisidagi notoʻgʻri maʼlumotni tahrirlash haqidagi murojaati asosida koʻchmas mulk manzilida roʻyxatdan oʻtgan shaxs (shaxslar) haqida tahrirlangan maʼlumotnoma berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentga muvofiq davlat xizmati ichki ishlar organlarining migratsiya va personallashtirish boʻlinmalari yoki davlat xizmatlari markazlari yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 1-martdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari yashash joyi manzilini hamda ularga tegishli koʻchmas mulkda yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan shaxs (shaxslar) toʻgʻrisidagi maʼlumotni tahrirlash uchun YIDXP orqali elektron murojaat qilish imkoniyati yaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Manzil” avtomatlashtirilgan axborot tizimida ariza beruvchi mulkdorning oila aʼzosi (otasi, onasi, eri (xotini), farzandi, akasi, ukasi, opasi, singlisi yoki sobiq oila aʼzosi) yoxud begona ekanligi haqidagi maʼlumotni “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimida mavjud maʼlumotlar asosida aniqlash imkoniyatini yaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi bilan hamkorlikda hududiy mahalla fuqarolar yigʻinidan soʻrovnomada tahrirlash koʻrsatilgan manzilda fuqaro (fuqarolar) yashashi yoki yashamasligi haqidagi maʼlumotni “Raqamli mahalla” platformasidan “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olish imkoniyatini yaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorga muvofiq davlat xizmatining YIDXP orqali koʻrsatilishini taʼminlasin hamda uning har bir bosqichida murojaatlarning koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri A.A. Tashpulatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 30-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 38-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining yashash joyi manzilini hamda ularga tegishli koʻchmas mulkda yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotni tahrirlash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼMURIY REGLAMENTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Reglament Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining yashash joyi manzilini hamda ularga tegishli koʻchmas mulkida yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotni tahrirlash boʻyicha davlat xizmatini (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining yashash joyi manzilini hamda mulkdorning koʻchmas mulkida yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotni tahrirlash boʻyicha vakolatli organga murojaat etuvchi jismoniy va yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti va uning hududiy boʻlinmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Manzil” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — tizim) — shaxslarni yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish uchun moʻljallangan avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotni tahrirlash — tizimda fuqaroning yashash joyi manzili hamda mulkdorning koʻchmas mulkida yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan shaxslar toʻgʻrisidagi notoʻgʻri maʼlumotlarni tahrirlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkdor — qonuniy asosda egalik huquqini beruvchi turar joy egasi (egalari) yoki turar joyni tasarruf etish huquqiga ega boʻlgan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yashash joyi manzili — ariza beruvchining yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan manzili.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat xizmati ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida quyidagilar boʻyicha koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaroning yashash joyi manzili toʻgʻrisidagi notoʻgʻri maʼlumotni tahrirlash boʻyicha murojaati asosida tizimda tahrirlangan qayd varagʻi berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkdorning koʻchmas mulkida yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan shaxs (shaxslar) toʻgʻrisidagi notoʻgʻri maʼlumotni tahrirlash boʻyicha murojaati asosida tizimda manzil boʻyicha roʻyxatdan oʻtganlar haqida tahrirlangan maʼlumotnoma berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun toʻlov undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ariza beruvchi soʻrovnoma berish uchun vakolatli organga yoki davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat etadi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrovnoma YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda soʻrovnoma ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlarida tushganda, kalendar boʻyicha navbatdagi ish kuni soʻrovnomaning vakolatli organga tushgan va vakolatli organ tomonidan qabul qilingan kun deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, vakolatli organ yoki davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda soʻrovnomani ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shaklda toʻldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, soʻrovnomaga notarial tasdiqlangan ishonchnoma ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng maʼlumotlar toʻgʻriligi ariza beruvchi tomonidan tekshiriladi va foydalanuvchini identifikatsiya va verifikatsiya qilish vositalari orqali tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, shaxsini “One-ID” tizimi orqali identifikatsiya qilish orqali soʻrovnomani tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Soʻrovnomada koʻrsatilgan maʼlumotlarning haqiqatga toʻgʻri kelmasligi, shaxsga nisbatan qidiruv eʼlon qilingani (mulkdor maʼlumotlarini tahrirlash bundan mustasno) davlat xizmatini koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatini koʻrsatish boshqa asoslarga koʻra rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishda uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrib chiqilmasdan qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Belgilangan tartibda tasdiqlangan soʻrovnoma tizim orqali real vaqt rejimida fuqaroning yashash joyi manzili yoki mulkdorning koʻchmas mulki joylashgan hududga xizmat koʻrsatuvchi vakolatli organga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vakolatli organga kelib tushgan soʻrovnoma manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vakolatli organ masʼul xodimi soʻrovnomada koʻrsatilgan maʼlumotlarni vakolatli organ hisoblari, shuningdek, elektron tizimlar orqali tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vakolatli organ tomonidan soʻrovnomada koʻrsatilgan maʼlumotlarni oʻrganish natijalariga koʻra, tahrirlangan maʼlumot tizim orqali QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻygan holda tasdiqlanadi hamda shu kunning oʻzida ariza beruvchiga xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Vakolatli organ yoki davlat xizmatlari markazi masʼul xodimi ushbu Reglamentga 3 va 4-ilovalarga muvofiq qayd varagʻi va/yoki manzil boʻyicha roʻyxatdan oʻtganlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani ariza beruvchiga (uning xohishiga koʻra) qogʻoz yoki elektron shaklda taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. YIDXP orqali murojaat qilinganda ariza beruvchining shaxsiy kabinetiga QR-kod qoʻyilgan qayd varagʻi va/yoki manzil boʻyicha roʻyxatdan oʻtganlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma avtomatik tarzda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Yashash joyi manzili tahrirlangan shaxs yoki koʻchmas mulkida yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumot tahrirlangan mulkdor bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Vakolatli organ va davlat xizmatlari markazlari oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ushbu Reglament talablariga rioya etilishi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti hamda Adliya vazirligi tomonidan nazorat qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ariza beruvchi yashash joyi manzilini hamda mulkdorning koʻchmas mulkida yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtganlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tahrirlash boʻyicha soʻrovnoma haqiqiyligi va ishonchliligi uchun javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining yashash joyi manzilini hamda ularga tegishli koʻchmas mulkda yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotni tahrirlash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning yashash joyi manzilini hamda ularga tegishli koʻchmas mulkda yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotni tahrirlash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

1. Fuqarolarning yashash joyi manzilini hamda ularga tegishli koʻchmas mulkda yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotni tahrirlash uchun migratsiya va personallashtirish boʻlinmalariga (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) yoki davlat xizmatlari markaziga shaxsan oʻzi kelib murojaat etadi yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.

2. Davlat xizmatidan foydalanish uchun soʻrovnomani toʻldiradi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

Vakolatli organ

1. Soʻrovnoma kelib tushgandan keyin ariza beruvchi haqidagi maʼlumotlarni avtomatik tarzda tegishli maʼlumotlar bazalaridan tekshiradi.

Vakolatli organga kelib tushgan soʻrovnoma Ichki ishlar vazirligining “Pasport-viza” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga Oliy sud elektron tizimidan yuborilgan:

turar joydan foydalanish huquqi belgilangani haqidagi sud qarori asosida shaxs yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgani;

turarjoydan foydalanish huquqi yoʻqotilgani yoki koʻchirish haqidagi sud qarori asosida shaxsning yashash joyi boʻyicha roʻyxati bekor qilingani tekshiriladi.

Real vaqt rejimida

3-bosqich

Adliya vazirligi

Ariza beruvchi yoki koʻchmas mulkda yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan shaxs (shaxslar) mulkdorning oila aʼzosi (otasi, onasi, eri (xotini), farzandi, akasi, ukasi, opasi, singlisi yoki sobiq oila aʼzosi) yoxud begona ekanligi haqidagi maʼlumot “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimida mavjud maʼlumotlar asosida real vaqt rejimida olinadi.

Real vaqt rejimida

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Koʻchmas mulkning kadastr maʼlumotlari tekshiriladi.

Bir ish kunida

Hududiy mahalla fuqarolar yigʻini

Soʻrovnomada tahrirlash koʻrsatilgan manzilda fuqaro yashashi yoki yashamasligi haqidagi maʼlumot olinadi.

4-bosqich

Vakolatli organ

1. Soʻrovnomada rad etish uchun asoslar aniqlanmaganda, fuqaroning yashash joyi manzilini hamda mulkdorning koʻchmas mulkida yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtganlar toʻgʻrisidagi maʼlumotni “Manzil” avtomatlashtirilgan axborot tizimida tahrirlaydi.

2. Soʻrovnomada koʻrsatilgan maʼlumotlarni oʻrganish natijalariga koʻra, tahrirlangan maʼlumotni tizim orqali QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻygan holda tasdiqlaydi hamda shu kunning oʻzida ariza beruvchiga xabarnoma yuboradi.

Soʻrovnoma kelib tushgan kunning oʻzida

5-bosqich

Vakolatli organ yoki davlat xizmatlari markazi

Qayd varagʻi va/yoki manzil boʻyicha roʻyxatdan oʻtganlar toʻgʻrisida maʼlumotnomani ariza beruvchiga (uning xohishiga koʻra) qogʻoz yoki elektron shaklda taqdim etadi.

Real vaqt rejimida

Ariza beruvchi

YIDXP orqali murojaat qilinganda, shaxsiy kabinetga yuborilgan QR-kod qoʻyilgan qayd varagʻi va/yoki manzil boʻyicha roʻyxatdan oʻtganlar toʻgʻrisida maʼlumotnomani mustaqil ravishda oladi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroning yashash joyi manzilini hamda ularga tegishli koʻchmas mulkda yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotni tahrirlash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Fuqaroning yashash joyi manzilini hamda ularga tegishli koʻchmas mulkda yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotni tahrirlash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish yuzasidan

SOʻROVNOMA

Fuqaroning yashash joyi manzilini tahrirlash boʻyicha

I. Ariza beruvchi (fuqaro) toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Familiyasi

2. Ismi

3. Otasining ismi

4. Tugʻilgan sanasi

5. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)

6. Tahrirlanishi lozim boʻlgan manzil

7. Yashash joyi manzili

8. Elektron pochta manzili va/yoki telefon raqami

9. Ariza beruvchi uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, notarial tasdiqlangan ishonchnoma ilova qilinadi

(pdf, png, jpg, jpeg formatda)

Mulkdorga tegishli koʻchmas mulkda yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotni tahrirlash boʻyicha

II. Ariza beruvchi (mulkdor yoki mulkdorlar) haqida maʼlumot:

1. Familiyasi

2. Ismi

3. Otasining ismi

4. Tugʻilgan sanasi

5. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)

6. Elektron pochta manzili va/yoki telefon raqami

7. Ariza beruvchi uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, notarial tasdiqlangan ishonchnoma ilova qilinadi

(pdf, png, jpg, jpeg formatda)

III. Manzili tahrirlanayotgan shaxs (shaxslar) toʻgʻrisida maʼlumot

1. Familiyasi

2. Ismi

3. Otasining ismi

4. Tugʻilgan sanasi

5. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)

6. Tahrirlanishi lozim boʻlgan manzil

7. Yashash joyi manzili

8. Elektron pochta manzili va/yoki telefon raqami

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining yashash joyi manzilini hamda ularga tegishli koʻchmas mulkda yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotni tahrirlash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroning yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgani toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QAYD VARAGʻI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi

Ichki ishlar vazirligi

Migratsiya va personallashtirish departamenti

T/r:

Hujjat yaratilgan sana:

Ariza raqami:

Hujjat berilgan:

JSHSHIR:

Fuqaro yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgani toʻgʻrisida

QAYD VARAGʻI

____-son 20__ yil “___” ________ holatiga

Familiyasi

Ismi

Otasining ismi

Tugʻilgan sanasi

Jinsi

Shaxsini tasdiqlovchi hujjat seriyasi va raqami

Yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan manzili

Kadastr raqami:

Hudud:

Tuman (shahar):

Manzil:

Yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan sana:

Turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan manzili

Kadastr raqami:

Hudud:

Tuman (shahar):

Manzil:

Turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingan sana:

Mazkur hujjat Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qaroriga muvofiq Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida shakllantirilgan elektron hujjatning nusxasi boʻlib, davlat organlari tomonidan ushbu hujjatni qabul qilishni rad etishlari qatʼiyan taqiqlanadi. Hujjat haqiqiyligini repo.gov.uz veb-saytida hujjatning noyob raqamini kiritib yoki mobil telefon yordamida QR-kodni skaner qilish orqali tekshirish mumkin.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining yashash joyi manzilini hamda unga tegishli koʻchmas mulkda yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotni tahrirlash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Manzil boʻyicha roʻyxatdan oʻtganlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼLUMOTNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi

Ichki ishlar vazirligi

Migratsiya va personallashtirish departamenti

T/r

Hujjat yaratilgan sana:

Ariza raqami:

Hujjat berilgan:

JSHSHIR:

MANZIL BOʻYICHA ROʻYXATDAN OʻTGANLAR TOʻGʻRISIDA

MAʼLUMOTNOMA

____-son 20__ yil “___” ________ holatiga

Ushbu manzil boʻyicha:

Kadastr raqami:

Roʻyxatdan oʻtgan shaxs (lar) soni:

Roʻyxatdan oʻtgan shaxslar:

T/r

F.I.O.

Tugʻilgan sana

Roʻyxatga qoʻyilgan sana

JSHSHIR

1.

2.

3.

4.

5.

6.

7.

Mazkur hujjat Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qaroriga muvofiq Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida shakllantirilgan elektron hujjatning nusxasi boʻlib, davlat organlari tomonidan ushbu hujjatni qabul qilishni rad etishlari qatʼiyan taqiqlanadi. Hujjat haqiqiyligini repo.gov.uz veb-saytida hujjatning noyob raqamini kiritib yoki mobil telefon yordamida QR-kodni skaner qilish orqali tekshirish mumkin.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2026-y., 09/26/38/0096-son)