Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining
buyrugʻi
Maktabgacha, umumiy oʻrta va qoʻshimcha taʼlim tashkilotlarini moddiy-texnik jihozlash talablari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 29-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3765]
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi va “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PF-161-son “Islohotlarni huquqiy jihatdan taʼminlash samaradorligini oshirish hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda vazirlik va idoralarning masʼuliyati va tashabbuskorligini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va 2022-yil 11-maydagi PQ-241-son “Maktabgacha va maktab taʼlimini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Maktabgacha, umumiy oʻrta va qoʻshimcha taʼlim tashkilotlarini moddiy-texnik jihozlash talablari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir E. KARIMOVA
Toshkent sh.,
2026-yil 28-yanvar,
20-mh-son
Kelishildi:
Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori M. OLLOYOROV
2026-yil 28-yanvar
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil A. BURIYEV
2026-yil 19-yanvar
Iqtisodiyot va moliya vaziri J. KUCHKAROV
2026-yil 16-yanvar
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori v.v.b T. MASHANPIN
2026-yil 14-yanvar
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Sh. XIDOYATOV
2026-yil 9-yanvar
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2026-yil 9-yanvar
Favqulodda vaziyatlar vaziri B. KUDRATXODJAYEV
2026-yil 9-yanvar
Sogʻliqni saqlash vaziri A. XUDAYAROV
2025-yil 29-dekabr
Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2026-yil 28-yanvardagi 20-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Maktabgacha, umumiy oʻrta va qoʻshimcha taʼlim tashkilotlarini moddiy-texnik jihozlash talablari toʻgʻrisidagi nizom
Mazkur Nizom davlat maktabgacha, umumiy oʻrta va qoʻshimcha taʼlim tashkilotlarini moddiy-texnik jihozlashga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.
Ushbu Nizom nodavlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari uchun tavsiyaviy xarakterga ega boʻlib, ularni moddiy-texnik jihozlash litsenziya talablari asosida amalga oshiriladi.
1-bob. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini moddiy-texnik jihozlash talablari
1. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini oʻyinlar toʻplamlari, oʻyinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa texnik vositalar bilan jihozlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 802-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat standartida nazarda tutilgan minimal roʻyxat va meʼyorlar asosida amalga oshiriladi.
2. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini oʻyinlar toʻplamlari, oʻyinchoqlar, mebellar, jihozlar va boshqa texnik vositalar, shuningdek ular boʻyicha qoʻllanmalar bilan jihozlashda quyidagi umumiy talablarga rioya qilinishi lozim:
maktabgacha taʼlim tashkiloti joylashgan mintaqa xususiyatlari inobatga olinishi;
koʻp funksiyali, xavfsiz, bino oʻlchamiga mos va sifatli materiallardan foydalanilishi;
jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan va inklyuziv guruhlar tashkil etilishi mumkinligi hisobga olinishi;
mashgʻulot (guruh) xonalari, yotoqxonalar va boshqa xonalar uchun moʻljallangan mebellarning korpuslari mustahkamlik darajasi hamda yumshoqlik koʻrsatkichlari Maktabgacha taʼlim va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini jihozlashda foydalaniladigan mebellarga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablariga (0057-23-son SanQvaN) muvofiq boʻlishi;
maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun oʻyinlar toʻplamlari, oʻyinchoqlar, mebellar (stollar, stullar, krovatlar, javonlar, shkaflar, shuningdek yotoqxona, hojatxona, yuvinish, kiyim almashtirish, mashgʻulot (guruh) va ovqatlanish xonalaridagi mebellar), jihozlar, qoʻllanmalar hamda boshqa texnik vositalar yaroqlilik (saqlash) muddati, sifat koʻrsatkichlari, bolalarning yosh xususiyatlari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning talablarini inobatga olgan holda xarid qilinishi;
qoʻshimcha xonalarni (musiqa zali, jismoniy tarbiya zali, kutubxona, kir yuvish xonasi, oshxona, tibbiy xizmat koʻrsatish xonasi, maʼmuriy-metodik xonalar, xoʻjalik xonalari va boshqalar) jihozlashda maktabgacha taʼlim tashkilotining quvvati hisobga olinishi;
qoʻshimcha didaktik materiallar, tarqatmalar, kartochkalar, koʻrgazmalar, turli yoʻnalishdagi mashgʻulotlar uchun materiallar, tasviriy faoliyat, qurish-yasash va jismoniy tarbiya uchun oʻquv qurollari, asbob-uskunalar va sport anjomlari yil davomida oʻtkaziladigan tadbirlar, musobaqalar va tanlovlarning ishlanmalari bilan taʼminlanishi;
mashgʻulot (taʼlim-tarbiya) jarayonida foydalaniladigan koʻrgazmali materiallar va jihozlarning bolalar uchun qulay holda joylashtirilishi;
bolalar uchun moʻljallangan ikki va toʻrt oʻrinli stol va oʻrindiqlar bolalarning yoshiga (boʻy koʻrsatkichlariga) mos ravishda tanlanishi;
yotoqxonalar bolalarning soniga mos yotoq anjomlari va maxsus mebel jihozlari bilan taʼminlanishi;
maktabgacha taʼlim tashkilotining hududi, binolari va guruh xonalarining ichki qismida ovoz yozish funksiyasiga ega va kamida bir oy davomida videoyozuvlarni elektron arxivda saqlaydigan kuzatuv kameralarining oʻrnatilishi;
xonalar, koridorlar va zallarda tabiiy gullar xavfsiz holda joylashtirilishi hamda quyosh nuridan muhofaza qiluvchi pardalar oʻrnatilishi;
guruh xonalarida zamonaviy kompyuter texnikalari, multimedia vositalari, internet tarmogʻi, chop etish qurilmalari va namoyish etish vositalari (televizor, videoproyektor, interaktiv doska va boshqalar) bolalar yoshiga mos holda oʻrnatilishi;
havoni tozalash va moʻtadillash agregatlarining (konditsioner yoki ventilyatsiya tizimi) mavjud boʻlishi;
oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga (markazlashgan yoki avtonom) ulangan boʻlishi.
3. Maktabgacha taʼlim tashkilotining hududini moddiy-texnik jihozlashda quyidagi umumiy talablarga rioya qilinishi lozim:
hududga kirish qismi darvozasining ikki tomoniga maktabgacha taʼlim tashkilotining raqami yozilgan peshlavha oʻrnatilgan boʻlishi;
hududga kirish eshigida chaqiruv qoʻngʻirogʻi qurilmalari oʻrnatilgan boʻlishi;
xavfsizlikni taʼminlash maqsadida hudud mustahkam va baland devor yoki panjaralar bilan oʻralgan boʻlishi;
darvozalarning ochilishi va yopilishi qulay boʻlishi hamda qulflanadigan va elektron nazorat qilinuvchi moslamalar oʻrnatilishi;
hududning turli joylarida mustahkam va xavfsiz oʻrindiqlar joylashtirilgan boʻlishi;
hududda manzil boʻylab toʻgʻri harakatlanish uchun maxsus belgilar, strelkalar va koʻrsatkichlar (navigatsiya tizimi) mavjud boʻlishi;
ichki va tashqi hududlarni obodonlashtirish uchun xoʻjalik mollari hamda elektrotexnika asbob-uskunalari bilan taʼminlanishi;
chiqindilarni toʻplash uchun ranglar bilan ajratilgan maxsus qutilar (urnalar) boʻlishi;
bolalar uchun xavf tugʻdirmaydigan oʻyin maydonchalari, piyodalar yoʻlaklari va himoya toʻsiqlari oʻrnatilgan boʻlishi;
barcha jihozlar bolalarning yoshiga va rivojlanish darajasiga mos tarzda tanlangan boʻlishi;
hududda bolalarni jismoniy rivojlantiruvchi oʻyin maydonchalari boʻlishi va ushbu maydonchalarda bolalar yoshiga mos turli xil oʻyin qurilmalarining (tekis yoki boʻrtma yugurish yoʻlaklari, tebranish qurilmalari, labirintlar va boshqalar) joylashtirilishi;
bolalar uchun xavf tugʻdirmaydigan tashqi basseyn xavfsiz choʻmilish uchun qulay, bolalar yoshiga mos boʻlishi hamda basseyn suvi har kuni almashtirilishi;
bolalar uchun qumdonlar qum va oʻyinchoqlar bilan toʻldirilgan boʻlishi;
hudud bolalarning rivojlanishiga ijobiy taʼsir koʻrsatadigan xavfsiz materiallardan tayyorlangan oʻyin jihozlari va inventarlar bilan bezatilishi;
bolalarning tabiatga boʻlgan muhabbatini oshirish maqsadida zaharsiz va xavfsiz madaniy oʻsimliklar va gullar oʻstirish imkoniyatining mavjudligi;
hududda sanitariya-gigiyena talablariga muvofiq sharoitlar yaratilishi hamda hojatxonalar, gigiyena vositalari, ichimlik suvi, issiq va sovuq suv taʼminoti tizimlarining mavjud boʻlishi;
yoritish tizimlarining oʻrnatilishi hamda quyosh nurlaridan himoya vositalari bilan jihozlanishi;
hududdagi barcha jihozlar va inventarlar, oʻyin maydonchalari, harakat yoʻlaklari va hojatxonalar alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning ehtiyojlariga mos ravishda jihozlangan boʻlishi, shu jumladan alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun panduslar, tutqichlar va Brayl yozuvli mnemosxemalar, rasmli badiiy kitoblar va maxsus koʻrsatmalar bilan taʼminlanishi.
Maktabgacha taʼlim tashkilotining hududi Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3012, 2018-yil 14-may) talablariga muvofiq jihozlanishi kerak.
4. Maktabgacha taʼlim tashkiloti bino va inshootlarining foye va yoʻlaklarni jihozlashda quyidagi umumiy talablarga rioya qilinishi lozim:
foyega kirish qismi devoriga vatanparvarlik va maʼnaviyat burchaklari tashkil etilishi hamda ular Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalar asosida bezatilishi, Oʻzbekiston davlat ramzlari (bayroq, gerb, madhiya) aks ettirilgan stendlar oʻrnatilishi;
foye va yoʻlaklar bolalarning rivojlanishiga ijobiy taʼsir koʻrsatadigan tarzda bezatilishi, devorlarga bolalar ijodiy ishlari, rang-barang rasmlar va koʻrgazmali vositalar baland boʻlmagan holda joylashtirilishi;
foye va yoʻlaklarda bolalarning yoshiga mos mebellar, shu jumladan divanlar, oʻrindiqlar, kutish joylari, bolalarning buyumlarini saqlash uchun kiyim javonlari va shkaflari oʻrnatilishi;
foye va yoʻlaklardagi koʻrgazmali vositalar bolalar va tashrif buyuruvchilar uchun tushunarli va aniq boʻlishi, shuningdek texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari, evakuatsiya yoʻnalishlari va boshqa zarur maʼlumotlarning mavjud boʻlishi;
bolalarning hayotini muhofaza qilish maqsadida xodimlar koʻrishi mumkin boʻlgan joylardagi eʼlonlar taxtasiga yongʻin xavfsizligi, ichki ishlar organlari, tez tibbiy yordam xizmatlari hamda favqulodda vaziyatlar, yagona dispetcherlik xizmati telefon raqamlari koʻrsatilgan maʼlumotlar hamda telefon apparati joylashtirilgan boʻlishi;
evakuatsiyada foydalanish uchun zarur uskunalarning oʻrnatilgan boʻlishi;
tabiiy yoritishga alohida eʼtibor qaratilishi, shuningdek zarur hollarda qoʻshimcha sunʼiy yoritish vositalari oʻrnatilishi;
alohida taʼlim ehtiyoji boʻlgan bolalar ehtiyojlariga mos tutqichlar, panduslar va maxsus koʻrgazmalar bilan jihozlanishi;
har bir xona eshigida ularning nomi yozilgan maʼlumotlar yozuvi oʻrnatilgan boʻlishi;
yumshoq, yarim yumshoq va qattiq mebel jihozlari bilan taʼminlanishi.
5. Oʻyinlar toʻplamlari va oʻyinchoqlar, shu jumladan rivojlantiruvchi didaktik oʻyinlar va oʻyin markazlari jihozlari hamda koʻrgazmali materiallar bilan jihozlashda quyidagi umumiy talablarga rioya qilinishi lozim:
a) jihozlashga qoʻyiladigan didaktik talablar:
bolalarning yoshiga mos boʻlishi;
milliy qadriyatlarga asoslangan boʻlishi;
tarbiyaviy ahamiyatga ega boʻlishi;
hammabop boʻlishi;
b) jihozlashga qoʻyiladigan psixologik talablar:
bolaning ruhiy holatiga salbiy taʼsir koʻrsatmasligi;
zoʻravonlikka undamasligi;
bolani ijodkorlikka va kreativ fikrlashga undashi;
bolani ruhiy jihatdan rivojlantirishi;
tinchlantiruvchi yorqin ranglarning tanlanishi;
s) jihozlashga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari:
bola hayoti va sogʻligiga xavf soladigan materiallardan tayyorlanmasligi;
foydalaniladigan materiallar ekologik toza boʻlishi;
foydalanishga chidamli va mustahkam, yorqin ranglarda boʻlishi;
dezinfeksiya choralariga chidamli boʻlishi;
zararli hid chiqarmasligi, rangi boʻyalmasligi;
vazni bolalar yoshiga mos boʻlishi (ogʻir boʻlmasligi);
oʻtkir qirralari va sanchiladigan qismlari boʻlmasligi.
2-bob. Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini moddiy-texnik jihozlash talablari
6. Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun zarur boʻladigan jihozlar meʼyorlariga (roʻyxat raqami 2935, 2017-yil 16-oktabr) muvofiq jihozlanishi kerak.
7. Umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti hududini jihozlashda quyidagi umumiy talablarga rioya qilinishi lozim:
umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti hududiga kirish qismida bayroq koʻtarish moslamasi (“flag-stock”) hamda kirish darvozasining peshtoqida katta harflar bilan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining raqami boʻlishi;
hududning kirish qismida darvozaning ikki tomoniga umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining nomi yozilgan peshlavha oʻrnatilishi (chap tomonida davlat tilida va oʻng tomonida taʼlim turi boshqa tilda olib boriladigan boʻlsa, tegishli tilda yoziladi);
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan shaxslarning toʻsiqsiz harakatlanishi uchun shaharsozlik normalari va qoidalari talablari asosida zarur sharoitlar yaratilishi, shu jumladan oʻrindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi boʻlgan shaxslarning bino va inshootlarga kirishi va chiqishi uchun pandus va tutqichlarning oʻrnatilishi;
xavfsizlikni taʼminlash maqsadida umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining hududi mustahkam va baland devor yoki panjaralar bilan oʻralgan boʻlishi;
darvozalarning ochilishi va yopilishi qulay va qulflanadigan boʻlishi hamda elektron nazorat qilinuvchi moslamalar oʻrnatilishi;
sport maydonlari (chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlik, yoʻl harakati qoidalari, oʻyin va bolalar maydonchasi, futbol maydoni va boshqalar) va jismoniy mashqlar uchun “workout” maydonchalarining mavjud boʻlishi;
geografiya fanining amaliy mashgʻulotlarida tajribalar oʻtkazish uchun maxsus geografiya maydonchasining tashkil qilinishi hamda tajribalar uchun asbob-uskunalar bilan jihozlanishi;
umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti hududining turli joylarida mustahkam va xavfsiz oʻrindiqlar oʻrnatilishi;
umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining oʻquv binolariga yaqin joylarda velosipedlar uchun maxsus joy (turargoh) tashkil etilishi hamda zarur inventarlar bilan jihozlangan boʻlishi;
hududda manzil boʻylab toʻgʻri harakatlanish uchun maxsus belgilar, kontrast rangdagi strelkalar va koʻrsatkichlar (navigatsiya tizimi) oʻrnatilishi;
elektr tejamkor tungi yoritish chiroqlar bilan taʼminlanishi;
umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining ichki va tashqi hududlarini obodonlashtirish uchun xoʻjalik mollari hamda elektrotexnika asbob-uskunalarining mavjudligi;
umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining hududi chiqindilarni toʻplash uchun ranglar bilan ajratilgan maxsus qutilar (urnalar) bilan jihozlanishi;
oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga (markazlashgan yoki avtonom) ulangan boʻlishi.
8. Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotidagi bino va inshootlarining foye va yoʻlaklarini jihozlashda quyidagi umumiy talablarga rioya qilinishi lozim:
foyega kirish qismi devoriga Oʻzbekiston Respublikasining davlat ramzlari (bayroq, gerb, madhiya) aks ettirilgan stendlar oʻrnatilishi;
stendlar oʻquvchilarga koʻrinadigan qulay balandlikda joylashtirilishi (koʻrgazmalar davlat tilida, shuningdek taʼlim turi boshqa tillarda olib boriladigan hollarda qoʻshimcha tarzda mazkur tillarda yozish tavsiya etiladi);
yoʻlaklar, devorlar va zinapoyalardan oʻrgatish hududi sifatida foydalanish maqsadida dars mashgʻulotlariga oid chizma, shakl, infografika va stendlarning mavjud boʻlishi (chizma, shakl, infografika va stendlar binoda tahsil oluvchi oʻquvchilarning sinfidan kelib chiqib, boshlangʻich yoki yuqori sinf oʻquvchilari uchun moslashtirilgan boʻlishi tavsiya etiladi);
bino yoʻlaklaridagi pollar toʻsiqsiz boʻlishi, devorlar va zinapoyalarning oʻquvchilar harakatlanishi uchun qulayligi hamda oʻquvchilarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida tutqichlar oʻrnatilishi. Bunda, alohida taʼlimga ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun zinapoyalar maxsus koʻtarish-tushirish moslamalari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim;
foyening hajmidan kelib chiqqan holda tashrif buyuruvchilar uchun kutish joylari tashkil etilishi (mazkur joylar qulay oʻrindiqlar, axborot stendlari, suv dispanserlari, kitob va jurnallar uchun javonlar, yashil burchaklar, Wi-Fi hududlar, zaryadlovchi stansiyalar hamda bolalar uchun kichik oʻyingohlar burchagi bilan taʼminlash tavsiya etiladi);
bino yoʻlaklarining keng va harakatlanishga xalaqit bermaydigan qismlarida oʻquvchilar uchun qulay, ergonomik oʻrindiqlar hamda yuqori sinf oʻquvchilariga shaxsiy buyumlarni saqlash uchun javonlar oʻrnatilishi (yuqori sinf oʻquvchilariga shaxsiy buyumlarni saqlash uchun javonlar sinf xonalarida oʻrnatilishi mumkin). Bunda, boshlangʻich taʼlim sinf oʻquvchilari uchun shaxsiy javonlar sinf xonalarida joylashtiriladi.
9. Dars jarayonida ishlatiladigan koʻrgazmali oʻquv qurollari oʻquvchilar uchun qulay holda joylashtirilishi hamda sinf oʻquvchilari boʻyining guruhlanishi inobatga olinishi kerak.
3-bob. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining alohida taʼlim ehtiyoji boʻlgan oʻquvchilari uchun maxsus yordam koʻrsatish xonalarini moddiy-texnik jihozlash talablari
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-son “Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga taʼlim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq inklyuziv taʼlim sinflari va boshlangʻich tayanch korreksion sinflar ochilgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilarning individual taʼlim dasturlarini oʻzlashtirishi, ularning rivojlanishiga toʻsqinlik qilayotgan omillarni aniqlash hamda ularga turli koʻrinishda psixologik yordam berish maqsadida maxsus yordam koʻrsatish xonalari tashkil etiladi.
11. Maxsus pedagoglar va (yoki) yordamchi xodimlar maxsus yordam koʻrsatish xonalarida oʻquvchilar bilan korreksion-pedagogik ishlarni olib boradi. Maxsus yordam koʻrsatish xonalari taʼlim samaradorligi va bolalarning ehtiyojlariga mos keladigan, mustahkam va oʻtkir burchagi boʻlmagan jihozlar hamda oʻquv materiallari bilan jihozlanadi.
12. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining alohida taʼlim ehtiyoji boʻlgan oʻquvchilar uchun maxsus yordam koʻrsatish xonalarida quyidagi jihozlar boʻlishi talab etiladi:
bolalarning tana tuzilishiga moslashadigan ergonomik stol va stullar;
vizual va interaktiv oʻquv materiallarni namoyish qilish uchun zamonaviy ekran vositalari (interaktiv doska va proyektor);
bolalarning sensor ehtiyojlarini qondirish va diqqatini oshirishga yordam beruvchi maxsus sensorli oʻyinchoqlar va taktil materiallar;
bolalarning koʻzlarini charchatmaydigan sunʼiy yoritish vositalari;
zamonaviy kompyuter texnikalari va chop etish vositalari;
eshitishda nuqsoni boʻlgan bolalar uchun eshitish uskunalari va ovoz kuchaytirgichlar;
oʻquv qurollari, koʻrgazmali qurollar va boshqa materiallarni saqlash uchun maxsus mebellar (javon va shkaflar);
xonalarni quyosh nuridan muhofaza qilish uchun pardalar;
havoni tozalash va moʻtadillash agregatlari (konditsioner yoki ventilyatsiya tizimi);
chiqindi tashlash uchun maxsus idishlar (urnalar);
oʻqituvchi uchun ish joyi (ish stoli va yumshoq oʻrindiq);
sinf doskasi;
sanitariya burchagi uchun gigiyena vositalari;
bolalar toliqqanda yoki ruhiy holati oʻzgarganda dam olishlari uchun maxsus burchak, yostiqlar, pufiklar va oʻyinchoqlar.
4-bob. Qoʻshimcha taʼlim muassasalarini moddiy-texnik jihozlash talablari
1-§. Bolalar kutubxonalarini moddiy-texnik jihozlash talablari
13. Bolalar kutubxonalarini madaniy dam olish markazlari (ijtimoiy-madaniy majmua va boshqalar) binolariga joylashtirishda bolalar kutubxonalarining funksional xususiyatlarini hamda kutubxona fondlarining saqlanishi va foydalanuvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlovchi maxsus xonalar nazarda tutilishi kerak.
Bolalar kutubxonasini alohida binoga, turar joy yoki jamoat binosiga tutashgan blok-binoga yoki shaharsozlik norma va qoidalariga rioya etgan holda bolalar kutubxonasining funksional vazifasi va faoliyat doirasiga mos keladigan maxsus moslashtirilgan turar joy yoki jamoat binosining binolariga joylashtirish tavsiya etiladi.
14. Bolalar kutubxonasi hududi oʻziga xosligi bilan ajralib turadigan va bolalar tomonidan oson tanib olinadigan, doʻstona, jozibali va qulay joy boʻlishi lozim (maxsus mebel, rang va dekorativ dizayn va boshqalar).
15. Bolalar kutubxonasidagi uskunalar, dasturiy taʼminotlar va maʼlumotlar bazalari yangilab borilishi lozim.
16. Bolalarga mobil kutubxona xizmatlarini koʻrsatishni tashkil etish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kutubxonalari maxsus jihozlangan transport vositalari — bibliobuslar bilan taʼminlanishi kerak. Bunda, bibliobuslar oʻrindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qulay va yigʻma pandusli boʻlishi talab etiladi.
17. Uslubiy, monitoring, maʼlumot, bibliografiya va adabiyotlarini saqlash boʻlimlari hamda shtatlar jadvalida koʻrsatilgan mutaxassislik boʻyicha har bir xodimning xonasini jihozlashda quyidagi umumiy talablarga rioya qilinishi lozim:
xodimlar uchun ish joylari (ish stollari va yumshoq stullar);
yumshoq, yarim yumshoq va qattiq mebel jihozlari (katalog yashigi, javonlar, shkaflar, divanlar, kreslolar va boshqalar);
zamonaviy kompyuter texnikalari;
hujjatlar va adabiyotlarni nusxalash, koʻpaytirish va raqamli formatga aylantirish uchun moʻljallangan qurilmalar;
aloqa vositalari;
foydalanuvchilarning ovozli va vizual maʼlumotlarga kirishini taʼminlaydigan vositalar;
havoni tozalash va moʻtadillash agregatlari (konditsioner yoki ventilyatsiya tizimi);
chiqindi tashlash uchun maxsus idishlar (urnalar);
quyosh nuridan muhofaza qiluvchi pardalar;
suv dispanserlari.
18. Axborot-resurslari va texnologiyalari boʻlimi quyidagilar bilan taʼminlanishi lozim:
xodimlar uchun ish joylari (ish stollari va yumshoq stullar);
yumshoq, yarim yumshoq va qattiq mebel jihozlari (yarim yumshoq stullar, javonlar, shkaflar, divanlar, kreslolar va boshqalar);
zamonaviy kompyuter texnikalari;
hujjatlar va adabiyotlarni nusxalash, koʻpaytirish va raqamli formatga aylantirish uchun moʻljallangan qurilmalar;
aloqa vositalari;
havoni tozalash va moʻtadillash agregatlari (konditsioner yoki ventilyatsiya tizimi);
bolalar kutubxonasini RFID (“Radio Frequency Identification”) texnologiyasi asosida jihozlash uchun zarur uskunalar jamlanmasi;
bolalar kutubxonasining kirish qismida oʻrnatiladigan elektron nazorat qilinuvchi moslamalar;
server texnologiyasi va dasturlari toʻplami;
chiqindi tashlash uchun maxsus idishlar (urnalar);
kompyuter uchun qoʻshimcha xotira qurilmalari.
19. Media boʻlim xonasi quyidagilar bilan taʼminlanishi lozim:
xodimlar uchun ish joylari;
ofis va studiya mebel jihozlari (studiya stoli, oʻqish stoli va yashigi, yarim yumshoq stullar, javonlar, shkaflar, divanlar va boshqalar);
audio va studiya uskunalar toʻplamlari;
zamonaviy kompyuter texnikalari;
chiqindi tashlash uchun maxsus idishlar (urnalar);
aloqa vositalari;
havoni tozalash va moʻtadillash agregatlari (konditsioner yoki ventilyatsiya tizimi).
20. Kompyuter xonasi quyidagilar bilan taʼminlanishi lozim:
interaktiv doskalar;
mutaxassislar uchun ish joylari (kompyuter stollari va yumshoq stullar);
mutaxassislar uchun zamonaviy kompyuter texnikasi jamlanmalari (chop etish qurilmasi bilan);
hujjatlar va adabiyotlarni nusxalash, koʻpaytirish va raqamli formatga aylantirish uchun moʻljallangan qurilmalar;
foydalanuvchilar uchun oʻqish joylari (kompyuter stoli va stol toʻplamlari);
foydalanuvchilar uchun zamonaviy kompyuter texnika toʻplamlari;
aloqa vositalari;
havoni tozalash va moʻtadillash agregatlari (konditsioner yoki ventilyatsiya tizimi);
multimedia vositalari;
chiqindi tashlash uchun maxsus idishlar (urnalar);
dasturiy taʼminotni amalga oshirish boʻyicha maxsus kompyuter texnikalari;
yuqori kuchlanishga bardoshli uzluksiz quvvat taʼminoti (UPS);
koʻrgazmali vositalar va kiyim uchun shkaflar.
21. Xizmat koʻrsatish boʻlimi va madaniy-ommaviy tadbirlarni tashkillashtirish boʻlimi xonalari quyidagilar bilan taʼminlanishi lozim:
xodimlar uchun ish joylari (ish stollari va yumshoq stullar);
zamonaviy kompyuter texnikalari;
oʻquvchilari uchun oʻquv joylari (stollar va stullar);
kitoblar uchun infokiosk qurilmalari;
hujjatlar va adabiyotlarni nusxalash, koʻpaytirish va raqamli formatga aylantirish uchun moʻljallangan qurilmalar;
koʻrgazmali vositalar;
chiqindi tashlash uchun maxsus idishlar (urnalar);
havoni tozalash va moʻtadillash agregatlari (konditsioner yoki ventilyatsiya tizimi);
yumshoq, yarim yumshoq va qattiq mebel jihozlari (katalog yashigi, yarim yumshoq stullar, javonlar, divanlar, kreslolar va boshqalar);
interaktiv doskalar;
chiqindi tashlash uchun maxsus idishlar (urnalar).
22. Oʻquv zali quyidagilar bilan taʼminlanishi lozim:
yumshoq, yarim yumshoq, qattiq va ofis mebel jihozlari (yarim yumshoq stullar, javonlar, shkaflar, pufiklar, divanlar va boshqalar);
oʻquvchilar uchun oʻqish joylari (stollar va stullar);
doskalar;
multimedia vositalari;
zamonaviy kompyuter texnikalari;
hujjatlar va adabiyotlarni nusxalash, koʻpaytirish va raqamli formatga aylantirish uchun moʻljallangan qurilmalar;
koʻrgazmali vositalar;
chiqindi tashlash uchun maxsus idishlar (urnalar);
havoni tozalash va moʻtadillash agregatlari (konditsioner yoki ventilyatsiya tizimi).
23. Direktor va direktor oʻrinbosari xonalari quyidagilar bilan taʼminlanishi lozim:
direktor va direktor oʻrinbosari uchun moʻljallangan ofis mebel jihozlari toʻplami (ofis stoli va kursi);
yumshoq, yarim yumshoq va qattiq mebel jihozlari (javonlar, shkaflar, seyflar, stullar, stollar va boshqalar);
aloqa vositalari;
zamonaviy kompyuter texnikalari;
hujjatlarni nusxalash va koʻpaytirish qurilmalari;
chiqindi tashlash uchun maxsus idishlar (urnalar);
havoni tozalash va moʻtadillash agregatlari (konditsioner yoki ventilyatsiya tizimi).
24. Koʻrgazmalar zali yoki xonasi quyidagilar bilan taʼminlanishi lozim:
koʻrgazma vositalari va devor uchun stendlar;
turli vitrinali mebel jihozlari;
maket va eksponatlarni qoʻyish uchun maxsus oʻrnatmalar.
25. Arxiv xonasi quyidagilar bilan taʼminlanishi lozim:
yumshoq, yarim yumshoq va qattiq mebel jihozlari;
zamonaviy kompyuter texnikalari;
hujjatlar va adabiyotlarni nusxalash, koʻpaytirish va raqamli formatga aylantirish uchun moʻljallangan qurilmalar;
kitoblarni saqlash javonlari, shkaflar va stellajlar;
havoni tozalash va moʻtadillash agregatlari (konditsioner yoki ventilyatsiya tizimi).
26. Tadbirlar zali quyidagilar bilan taʼminlanishi lozim:
zal oʻlchamidan kelib chiqib maxsus mebel jihozlari (majlis stoli (prezidium) va stullari, yarim yumshoq stullar);
multimedia vositalari;
ovoz kuchaytirgichlar;
zamonaviy kompyuter texnikalari;
ovoz yozish funksiyasiga ega kuzatuv kameralari;
quyosh nuridan muhofaza qiluvchi pardalar;
havoni tozalash va moʻtadillash agregatlari (konditsioner yoki ventilyatsiya tizimi).
27. Tibbiyot xonalari quyidagilar bilan taʼminlanishi lozim:
shifokor va hamshira uchun ish joylari (stollar va stullar);
bemorlarni koʻrikdan oʻtkazish va birinchi yordam koʻrsatish uchun joy. Bunda, birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatish uchun qulay boʻlgan maxsus tibbiyot mebellar toʻplami boʻlishi lozim;
tibbiy asbob-uskunalar, dori-darmonlar va tibbiy materiallarni saqlash uchun mebellar;
dorilar va tibbiy preparatlarni saqlash uchun muzlatgich;
tana haroratini oʻlchash uchun vositalar;
har xil tibbiy materiallar va asbob-anjomlarni saqlash uchun mebel jihozlari.
2-§. “Kelajak” markazlarini moddiy-texnik jihozlash talablari
28. “Kelajak” markazlarining hududini jihozlashda quyidagi umumiy talablarga rioya qilinishi lozim:
hududga kirish qismida bayroq koʻtarish moslamasining mavjud boʻlishi (“flag-stock”);
hududga kirish qismidagi darvozaning ikki tomoniga “Kelajak” markazining nomi yozilgan peshlavha oʻrnatilishi (chap tomonida davlat tilida va oʻng tomonida taʼlim turi boshqa tilda olib boriladigan boʻlsa, tegishli tilda yoziladi);
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan oʻquvchilarning (tashrif buyuruvchilarning) toʻsiqsiz harakatlanishi uchun zarur sharoitlar yaratilishi, shu jumladan binolarga kirish va chiqish uchun pandus va tutqichlarning oʻrnatilishi;
xavfsizlikni taʼminlash maqsadida mustahkam va baland devor yoki panjaralar bilan oʻralgan boʻlishi;
darvozalar ochilib-yopilishi qulay boʻlishi hamda qulflanadigan va elektron nazorat qilinuvchi moslamalar oʻrnatilishi;
hududning turli joylarida mustahkam va xavfsiz oʻrindiqlar oʻrnatilgan boʻlishi;
“Kelajak” markazining oʻquv binolariga yaqin joylarda velosipedlar uchun maxsus joy (turargoh) tashkil etilishi hamda velosipedlar uchun maxsus joy (turargoh) zarur inventarlar bilan jihozlangan boʻlishi;
hududda toʻgʻri harakatlanish uchun maxsus kontrast rangdagi belgilar, strelkalar va koʻrsatkichlar (navigatsiya tizimi) oʻrnatilgan boʻlishi;
elektr tejamkor tungi yoritish chiroqlari bilan taʼminlanishi;
ichki va tashqi hududlarini obodonlashtirish uchun xoʻjalik mollari hamda elektrotexnika asbob-uskunalar bilan taʼminlanishi;
hojatxonalar sanitariya-gigiyena talablari asosida gigiyena vositalari bilan taʼminlanishi. Bunda, alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan oʻquvchilar (tashrif buyuruvchilar) uchun maxsus jihozlar bilan toʻliq jihozlangan alohida kabinaga ega boʻlishi lozim;
chiqindilarni toʻplash uchun hududda ranglar bilan ajratilgan maxsus qutilar (urnalar) bilan jihozlanishi.
29. “Kelajak” markazlari bino va inshootlarining foye va yoʻlaklarini jihozlashda quyidagi umumiy talablarga rioya qilinishi lozim:
foyega kirish qismi devoriga Oʻzbekiston Respublikasining davlat ramzlari (bayroq, gerb, madhiya) aks ettirilgan stendlar oʻrnatilishi;
stendlar oʻquvchilarga koʻrinadigan qulay balandlikda joylashtirilishi (koʻrgazmalar davlat tilida, shuningdek taʼlim turi boshqa tilda olib boriladigan hollarda qoʻshimcha tarzda mazkur tilda yozish tavsiya etiladi);
yoʻlaklar, devorlar va zinapoyalardan oʻrgatish hududi sifatida foydalanish maqsadida dars mashgʻulotlariga oid chizma, shakl, infografika va stendlarning mavjud boʻlishi (chizma, shakl, infografika va stendlar binoda tahsil oluvchi oʻquvchilarning sinfidan kelib chiqib, boshlangʻich yoki yuqori sinf oʻquvchilari uchun moslashtirilgan boʻlishi tavsiya etiladi);
foyening hajmidan kelib chiqqan holda tashrif buyuruvchilar uchun kutish joylari tashkil etilishi (mazkur joylar qulay oʻrindiqlar, axborot stendlari, suv dispanserlari, kitob va jurnallar uchun javonlar, yashil burchaklar, Wi-Fi hududlar, zaryadlovchi stansiyalar hamda bolalar uchun kichik oʻyingohlar burchagi bilan taʼminlash tavsiya etiladi);
bino yoʻlaklarining keng va harakatlanishga xalaqit bermaydigan qismlarida oʻquvchilar uchun qulay, ergonomik oʻrindiqlar hamda yuqori sinf oʻquvchilariga shaxsiy buyumlarni saqlash uchun javonlar oʻrnatilishi (yuqori sinf oʻquvchilariga shaxsiy buyumlarni saqlash uchun javonlar sinf xonalarida oʻrnatilishi mumkin). Bunda, boshlangʻich taʼlim sinf oʻquvchilari uchun shaxsiy javonlar sinf xonalarida joylashtiriladi.
30. “Kelajak” markazlarining xonalari va ustaxonalarini jihozlashda quyidagi umumiy talablarga rioya qilinishi lozim:
“Kelajak” markazlari joylashgan binolarning barcha qismlari sanitariya-gigiyena, mehnatni muhofaza qilish va yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiq jihozlanishi;
asbob-uskunalar va jihozlar bolalarning yoshi, guruhi hamda taʼlim oluvchilarning ixtisoslashuviga moslab tanlangan boʻlishi;
amaliy fanlar, sanʼat, sport, axborot texnologiyalari va kasb-hunarga yoʻnaltirilgan oʻquv dasturlarini amalga oshirish uchun zarur jihozlar bilan taʼminlangan boʻlishi;
oʻquv xonalarida bolalarning ijodiy va amaliy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun moʻljallangan turli asbob-anjomlar, materiallar va vositalarning boʻlishi;
xonalar yoritish, isitish va shamollatish tizimlari bilan jihozlanishi;
ovoz yozish, tasvirga olish, multimedia va virtual reallik texnologiyalari zamonaviy vositalari boʻlishi;
barcha jihozlar va asbob-uskunalar bolalar salomatligiga xavf tugʻdirmasligi hamda ekologik xavfsiz materiallardan tayyorlanishi.
31. “Kelajak” markazlarining xonalari va ustaxonalari quyidagilar bilan taʼminlanishi lozim:
multimedia vositalari;
quyosh nuridan muhofaza qiluvchi pardalar;
havoni tozalash va moʻtadillash agregatlari (konditsioner yoki ventilyatsiya tizimi);
sunʼiy yoritish vositalari;
oʻquv qurollari, hujjatlar va kiyimlar joylash uchun moʻljallangan maxsus mebellar;
aloqa vositalari;
ovoz yozish funksiyasiga ega kuzatuv kameralari;
suv dispanseri;
hujjatlar va adabiyotlarni nusxalash, koʻpaytirish va raqamli formatga aylantirish uchun moʻljallangan qurilmalar;
zamonaviy kompyuter texnikalari.
32. Direktor va direktor oʻrinbosarlarining xonalari quyidagilar bilan taʼminlanishi lozim.
direktor uchun qulay ish joyi va ofis mebel jihozlari toʻplami;
oʻquv va ish materiallarini saqlash uchun javon va shkaflar;
uchrashuvlar va yigʻilishlar uchun mebel jihozlari;
zamonaviy kompyuter va chop etish qurilmalari;
ish stoli uchun kanselyariya jihozlari;
chaqiruv signali;
muzlatgich;
hujjatlarni saqlash uchun mebel jihozlari (seyf);
davlat ramzlari va “Kelajak” markazining ramziy bayrogʻi.
33. Qabulxona quyidagilar bilan taʼminlanishi lozim:
yumshoq va qattiq mebel jihozlar toʻplami;
zamonaviy kompyuter va chop etish qurilmalari;
sunʼiy yoritish vositalari;
chaqiruv signali.
34. Shtatlar jadvalida koʻrsatilgan mutaxassislik boʻyicha xodimlarning xonalari (boʻlim boshligʻi va uslubchilar xonalari) quyidagilar bilan taʼminlanishi lozim:
xodimlar uchun ish joylari (ish stollari va yumshoq stullar);
zamonaviy kompyuter va chop etish qurilmalari;
suv dispanseri;
muzlatgich;
doskalar.
35. Faollar zalini jihozlashda quyidagi umumiy talablarga rioya qilinishi lozim:
faollar zalidagi oʻrindiqlar zalning umumiy quvvatiga mos hamda qulay, yumshoq yoki yarim yumshoq mebel jihozlaridan tarkib topgan boʻlishi, shuningdek oʻrindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun boʻsh joylar koʻzda tutilishi. Bunda, ajratiladigan boʻsh joylar bevosita evakuatsiya chiqishiga olib boruvchi yoʻlaklariga yaqin joylashtirilishi kerak;
faollar zalining sahnasi (podium) maxsus mebel jihozlari hamda sahna pardasi va shirmaning mavjud boʻlishi;
multimedia vositalari hamda audio va video tizimlar bilan jihozlangan boʻlishi;
yorugʻlik tizimi bilan jihozlangan boʻlishi, sahna va zal uchun turli yorugʻlik manbalarini boshqarish imkoniyatiga ega boʻlgan maxsus chiroqlar mavjud boʻlishi.
36. Tibbiyot xonasi quyidagilar bilan taʼminlanishi lozim:
birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatish uchun zarur boʻlgan dori-darmon vositalari;
dori-darmon vositalarini saqlash uchun moʻljallangan elektr manbaiga yaqin muzlatkich;
muzlatkich ichida saqlanadigan dori-darmon vositalari belgilangan haroratda boʻlishi uchun nazorat termometrlari;
qoʻl yuvish uchun sanitariya burchagi. Bunda, sanitariya burchagi suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga (markazlashgan yoki avtonom) ulanishi va gigiyena vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim;
yumshoq va qattiq mebel jihozlari;
shifokor uchun ish joyi (shifokor stoli va yumshoq stul);
multimedia va aloqa vositalari;
ovoz yozish funksiyasiga ega kuzatuv kamerasi;
xonani quyosh nuridan muhofaza qiluvchi pardalar;
havoni tozalash va moʻtadillash agregatlari (konditsioner yoki ventilyatsiya tizimi).
37. Koʻrgazmalar zali yoki xonasi quyidagilar bilan taʼminlanishi lozim:
koʻrgazmali vositalar va devor uchun stendlar;
turli vitrinali mebel jihozlari;
maket va eksponatlarni qoʻyish uchun maxsus oʻrnatmalar;
turli xil oʻlchamdagi podiumlar.
38. “Madaniyat va sanʼat” yoʻnalishida “Milliy raqs”, “Jahon raqslari” va “Folklor” toʻgarak xonalari quyidagilar bilan taʼminlanishi lozim:
raqs xonasidagi devorning bir tomonini qoplagan koʻzgu;
raqs yoʻnalishlari boʻyicha koʻrgazmali vositalar;
kiyimlar saqlash uchun moʻljallangan maxsus mebel jihozlari (kiyim javonlari va shkaflari). Bunda, raqs mashgʻulotlarini bajarishda noqulaylik tugʻdirmasligi uchun xonada ortiqcha jihoz boʻlmasligi talab etiladi;
pianino, karnay va ovoz kuchaytirgichlar.
39. “Madaniyat va sanʼat” yoʻnalishida “Yosh doirachilar”, “Yosh baxshilar”, “Estrada vokal”, “Fortepiano ijrochisi”, “Oʻzbek milliy va jahon musiqa asboblarini chalish” toʻgarak xonalari quyidagilar bilan taʼminlanishi lozim:
toʻgarak rahbari uchun ish joyi (ish stoli va yarim yumshoq oʻrindiqlar);
toʻgarak aʼzolari uchun ish joylari (stollar va stullar);
doskalar;
zamonaviy kompyuter va chop etish qurilmalari;
toʻgarak turlari boʻyicha koʻrgazmali vositalar;
cholgʻu asboblari, oʻquv qurollar, hujjatlar va kiyimlarni saqlash uchun moʻljallangan maxsus mebel jihozlari (shkaflar, javonlar va stellajlar);
musiqiy asboblar (pianino, doira, doʻmbira, gitara va boshqa cholgʻu asboblari);
mediaklaviaturalar;
ovoz kuchaytirgich vositalari va mikrofon shtativlari;
qoʻshimcha ovoz yozish studiyasi va ovoz yozish studiyasi uchun maxsus jihozlar.
40. “Madaniyat va sanʼat” yoʻnalishida “Tasviriy sanʼat” va “Liboslar dizayni” toʻgarak xonalari quyidagilar bilan taʼminlanishi lozim:
toʻgarak rahbari uchun ish joyi (ish stoli va yarim yumshoq oʻrindiqlar);
toʻgarak aʼzolari uchun ish joylari (stollar va stullar);
doskalar;
zamonaviy kompyuter va chop etish qurilmalari;
yoʻnalishlar boʻyicha koʻrgazmali vositalar;
oʻquv qurollari, hujjatlar va kiyimlar saqlash uchun moʻljallangan maxsus mebel jihozlari (shkaflar, javonlar va stellajlar);
rassomlar dastgohi (molbert);
podiumlar;
boʻyoq uchun metall taburetkalar;
tayyor mahsulotlarni quritish uchun javon va shkaflar;
tayyor mahsulotlarni saqlash uchun temirli stellajlar;
tumbali tikuv mashinasi, dazmollar va dazmollash stollari;
bichuv stollari va kostumlar uchun stellaj-ilgaklar va turli manekenlar.
41. “Madaniyat va sanʼat” yoʻnalishida “Yosh qalamkash” va “Rejissorlik, jurnalistika va notiqlik” toʻgarak xonalarini jihozlashga qoʻyiladigan talablar:
toʻgarak rahbari uchun ish joyi (ish stoli va yarim yumshoq oʻrindiqlar);
toʻgarak aʼzolari uchun ish joylari (stollar va stullar);
doskalar;
zamonaviy kompyuter va chop etish qurilmalari;
toʻgarak turlari boʻyicha koʻrgazmali vositalar;
tejamkor yoritish chiroqlari;
ovoz kuchaytirgichlar va kolonkalar;
notiqlar uchun maxsus mebel jihozlar (minbar va prezidium);
foto, audio va video apparaturalari (videokameralar uchun akkumulyator, mikrofon, kamera uchun projektor, raqamli videokamera, kamera uchun shtativ, fotoapparat uchun yoritgich, foto-chiroq, raqamli fotoapparat va boshqalar).
42. “Madaniyat va sanʼat” yoʻnalishida “Teatr olamiga sayohat” va “Qoʻgʻirchoq teatri” toʻgarak xonalari quyidagilar bilan taʼminlanishi lozim:
sahna uchun maxsus mebel jihozlar (minbar va prezidium);
zal oʻlchamidan kelib chiqqan holda oʻrindiqlar;
pardoz uchun stollar va stullar;
ovoz kuchaytirgichlar, mikrofon shtativ va kolonka;
zamonaviy kompyuter texnikalari va chop etish qurilmalari;
sahna dekoratsiyalari va turli xil maketlar;
sahna chiroqlari;
toʻgarak turlari boʻyicha koʻrgazmali vositalar;
sahna liboslarini saqlash uchun moʻljallangan maxsus mebel jihozlari (kiyim javonlari va shkaflar).
43. “Texnika, konstruktorlik va modellashtirish” yoʻnalishida “Konstruksiya (Lego)”, “Radiotexnika, elektronika va aloqa”, “Robototexnika va konstruktorlik”, “Robototexnika, Lego Mindstorms”, “Kubik-rubik” “Yosh dasturchi (Scratch, Python)”, “Yosh dasturchi (Java, Unity, 3D modellash)”, “Yosh dasturchi (Frontend-Backend)”, “Yosh dasturchi (C++, C#)”, “Yosh kino-video havaskor”, “Kompyuter muhandisi”, “Kompyuter dizayni va grafikasi”, “Kompyuter laboratoriyasi”, “Yosh fotohavaskor” va “Kibersport” toʻgarak xonalari quyidagilar bilan taʼminlanishi lozim:
toʻgarak rahbari uchun ish joyi (ish stoli va yarim yumshoq oʻrindiqlar);
toʻgarak aʼzolari uchun ish joylari (stollar va stullar);
doskalar;
toʻgarak turlari boʻyicha koʻrgazmali vositalar;
zamonaviy kompyuter texnikalari va chop etish qurilmalari;
anjomlar, oʻquv qurollari, hujjatlar va kiyimlarni saqlash uchun moʻljallangan maxsus mebel jihozlari (temir stellajlar, javon va shkaflar);
robototexnika va dasturlash koʻnikmalarini rivojlantirish uchun lego robotlar;
elektronika va dasturlash asoslarini oʻrganish uchun arduinolar;
oʻquv jarayonida qoʻllaniladigan maxsus dasturiy taʼminotlar va qattiq diskdagi turli dasturlar;
maʼlumotlarni almashish va saqlash vositalari (qattiq disk va boshqalar);
toʻgarak turlari boʻyicha turli ehtiyot qismlari toʻplamlari;
asbob-uskunalar toʻplami (otvyortka, ombir va boshqalar);
chizmachilik asboblari;
elektr taqsimlash moslamasi;
elektr hodisalarini kuzatish asboblari (ossillograf, raqamli tester);
elektr asbob-anjomlari toʻplami (elektr tokini meʼyorlashtiruvchi blok, elektrparmalagich va kavsharlagich).
44. “Texnika, konstruktorlik va modellashtirish” yoʻnalishida “Avtomodel”, “Aviamodel”, “Kemasozlik”, “Raketa-model” va “Yosh arxitektor” toʻgarak xonalari quyidagilar bilan taʼminlanishi lozim:
toʻgarak rahbari uchun ish joyi (ish stoli va yarim yumshoq oʻrindiqlar);
toʻgarak aʼzolari uchun ish joylari (stollar va stullar);
doskalar;
toʻgarak turlari boʻyicha koʻrgazmali vositalar;
anjomlar, oʻquv qurollari, hujjatlar va kiyimlar saqlash uchun moʻljallangan maxsus mebel jihozlari (temir stellajlar, javon va shkaflar);
toʻgarak turlari boʻyicha turli ehtiyot qismlari toʻplamlari;
asbob-uskunalar toʻplami (otvyortka, ombir va boshqalar);
chizmachilik asboblari;
elektr hodisalarini kuzatish asboblari (ossillograf, raqamli tester);
elektr asbob-anjomlari toʻplami (elektr tokini meʼyorlashtiruvchi blok, elektrparmalagich va kavsharlagich).
45. “Jismoniy tarbiya va sport” yoʻnalishida “Shaxmat va shashka” toʻgarak xonasi quyidagilar bilan taʼminlanishi lozim:
mashgʻulot jarayoni uchun toʻgarakning har ikki aʼzolariga moʻljallangan shaxmat va shashka doskalari hamda toshlari, taymerlar;
toʻgarak rahbari uchun ish joyi (ish stoli va yarim yumshoq oʻrindiqlar);
toʻgarak aʼzolari uchun ish joylari (oʻquvchi uchun stol va stullar);
doskalar;
toʻgarak turlari boʻyicha koʻrgazmali vositalar;
zamonaviy kompyuter texnikasi;
anjomlar, oʻquv qurollari, hujjatlar va kiyimlarni saqlash uchun moʻljallangan maxsus mebel jihozlari (temir stellajlar, javon va shkaflar).
46. “Jismoniy tarbiya va sport” yoʻnalishida “Boks” toʻgarak xonasi quyidagilar bilan taʼminlanishi lozim:
boks maydoni;
boks qoʻlqopi;
boks shlemi;
turli oʻlchamdagi boks qoplari;
polga toʻshama (mat, sakrogʻich, kanat);
toʻgarak rahbari uchun ish joyi (ish stoli va yarim yumshoq oʻrindiqlar);
toʻgarak turlari boʻyicha koʻrgazmali vositalar;
asbob-anjomlar, hujjatlar va kiyimlarni saqlash uchun moʻljallangan maxsus mebel jihozlari (temir stellajlar, javon va shkaflar);
havoni tozalash va moʻtadillash agregatlari (konditsioner yoki ventilyatsiya tizimi).
47. “Jismoniy tarbiya va sport” yoʻnalishida gimnastika mashgʻulotlarini oʻtish uchun keng va yorugʻ boʻlgan “Gimnastika” toʻgaragi xonasi quyidagilar bilan taʼminlanishi lozim:
musiqa markazi, maxsus gilamchalar, koʻzgu, pardoz stoli, shirma, bulava, obruch, arqon va gimnastika koptoklari;
toʻgarak boʻyicha koʻrgazmali vositalar;
anjomlar, oʻquv qurollari, hujjatlar va kiyimlarni saqlash uchun moʻljallangan maxsus mebel jihozlari (temir stellajlar, javon va shkaflar).
48. “Jismoniy tarbiya va sport” yoʻnalishida “Stol tennisi” toʻgaragi xonasi quyidagilar bilan taʼminlanishi lozim:
stol tennisi uchun maxsus stol;
stol tennisi raketkasi;
stol tennisi toʻpchalari (tablo);
toʻgarak rahbari uchun ish joyi (ish stoli va yarim yumshoq oʻrindiqlar);
toʻgarak boʻyicha koʻrgazmali vositalar;
anjomlar, oʻquv qurollari, hujjatlar va kiyimlarni saqlash uchun moʻljallangan maxsus mebel jihozlari (temir stellajlar, javon va shkaflar).
49. “Jismoniy tarbiya va sport” yoʻnalishida “Karate, Taekvondo” va “Milliy kurash” toʻgaraklari xonalari quyidagilar bilan taʼminlanishi lozim:
tatami (puzzle);
boks va devor qoplari;
katta va kichik lapa;
gantel va lapa uchun stend;
kanat va futa protektor;
toʻgarak rahbari uchun ish joyi (ish stoli va yarim yumshoq oʻrindiqlar);
toʻgarak turlari boʻyicha koʻrgazmali vositalar;
anjomlar, oʻquv qurollari, hujjatlar va kiyimlarni saqlash uchun moʻljallangan maxsus mebel jihozlar (temir stellajlar, javon va shkaflar).
50. “Jismoniy tarbiya va sport” yoʻnalishida “Voleybol”, “Mini futbol” va “Badminton” toʻgaraklari xonalari quyidagilar bilan taʼminlanishi lozim:
voleybol setkasi va toʻplari;
badminton oʻyin jihozlari (volan, raketka);
futbol darvozasi va toʻplari;
kamida ikki xil rangda voleybol va futbol formalari;
toʻgarak rahbari uchun ish joyi (ish stoli va yarim yumshoq oʻrindiqlar);
toʻgarak turlari boʻyicha koʻrgazmali vositalar;
asbob-anjomlar, oʻquv qurollari, hujjatlar va kiyimlarni saqlash uchun moʻljallangan maxsus mebel jihozlari (temir stellajlar, javon va shkaflar).
51. “Hunarmandchilik va qoʻl mehnati” yoʻnalishida “Kulolchilik”, “Yogʻoch oʻymakorligi”, “Duradgorlik” va “Mayda plastika” toʻgaraklari xonalari quyidagilar bilan taʼminlanishi lozim:
toʻgarak rahbari uchun ish joyi (ish stoli va yarim yumshoq oʻrindiqlar);
toʻgarak aʼzolari uchun ish joylari (maxsus ish stollari va stullari);
doskalar;
toʻgaraklar turlari boʻyicha koʻrgazmali vositalar;
toʻgarak aʼzolari uchun kulolchilik charxi mavjud boʻlgan kulolchilik va haykaltaroshlik dastgohlari;
asbob-uskunalar, oʻquv qurollari, hujjatlar va kiyimlarni saqlash va quritish uchun moʻljallangan maxsus mebel jihozlar (temir stellajlar, javon va shkaflar);
kulolchilik mahsulotlarini tayyorlashga moslashtirilgan zamonaviy 3D printer;
kulolchilik asboblari;
mayda plastik anjomlar toʻplami;
turli oʻlchamdagi idishlar;
kulolchilikda foydalanish zarur boʻlgan asbob-anjomlar toʻplami.
52. “Hunarmandchilik va qoʻl mehnati” yoʻnalishida “Bichish-tikish”, “Toʻqish”, “Munchoqli bezak”, “Yumshoq oʻyinchoqlar”, “Gilamdoʻzlik”, “Doʻppidoʻzlik”, “Zardoʻzlik”, “Zargarlik” va “Kashtachilik” toʻgaraklari xonalari quyidagilar bilan taʼminlanishi lozim:
toʻgarak rahbari uchun ish joyi (ish stoli va yarim yumshoq oʻrindiqlar);
toʻgarak aʼzolari uchun ish joylari (maxsus ish stollari va stullar);
doskalar;
toʻgarak turlari boʻyicha koʻrgazmali vositalar;
toʻgarak aʼzolari uchun bichuv stoliga ega tikuv mashinalari;
anjomlar, oʻquv qurollari, hujjatlar va kiyimlarni saqlash uchun moʻljallangan maxsus mebel jihozlar (temir stellajlar, javon va shkaflar);
gilamdoʻzlik anjomlari;
zardoʻzlik va kashtachilik anjomlari;
toʻqish anjomlari;
zargarlik anjomlari;
dazmollar va dazmollash stollari;
kostumlar uchun stellaj-ilgaklar;
turli manekenlar va koʻzgu;
munchoqli bezak, yumshoq oʻyinchoqlar, doʻppidoʻzlik, gilamdoʻzlikda foydalanish zarur boʻlgan asbob-anjomlar toʻplamlari.
53. “Hunarmandchilik va qoʻl mehnati” yoʻnalishida “Yosh pazanda” va “Yosh qandolatchi” toʻgaraklari xonalari quyidagilar bilan taʼminlanishi lozim:
elektr plita;
mikrotoʻlqinli pech;
sigʻimi kamida 5 kg boʻlgan xamir qorgich uskunasi;
oshxona anjomlari;
goʻsht qiymalagich;
tindirmali yuvish moslamasi;
muzlatgich;
qandolatchilik uskunalari;
xamir yoyish uchun moʻljallangan stol;
toʻgarak rahbari uchun ish joyi (ish stoli va yarim yumshoq oʻrindiqlar);
doskalar;
toʻgarak turlari boʻyicha koʻrgazmali vositalar;
asbob-anjomlar, oʻquv qurollari, hujjatlar va kiyimlarni saqlash uchun moʻljallangan maxsus mebel jihozlari (temir stellajlar, javon va shkaflar).
54. “Hunarmandchilik va qoʻl mehnati” yoʻnalishida “Sartaroshlik” toʻgaragi xonasi quyidagilar bilan taʼminlanishi lozim:
tindirmali yuvish moslamalari (qaychilar);
birinchi tez tibbiy yordam anjomlari;
soch quritish moslamalari (fenlar);
vertikal va gorizantal harakatlanadigan sartaroshlik kreslolari;
koʻzgular;
sartarosh ish stollari;
soch olish mashinkalari;
soch olish mashinkasi uchun turli kattalikdagi tagliklar;
toʻgarak boʻyicha koʻrgazmali vositalar;
asbob-anjomlar, oʻquv qurollari, hujjatlar va kiyimlarni saqlash uchun moʻljallangan maxsus mebel jihozlari (temir stellajlar, javon va shkaflar).
55. “Hunarmandchilik va qoʻl mehnati” yoʻnalishida “Charm buyumlar tikish” toʻgaragi xonasi quyidagilar bilan taʼminlanishi lozim:
tayyor mahsulotlarni saqlash uchun temir stellajlar;
tindirmali yuvish moslamalari;
bichish ish stoli va stullari;
teri tikish uchun sanoat tikuv mashinasi;
rolikli va sirkulli bichish pichoqlari;
kichik pichoqlar;
turli uzunlikdagi lineykalar va turli diametrdagi bigizlar;
lekalo va turli qaychilar;
turli diametrdagi ignalar va bolgʻachalar;
toʻgarak rahbari uchun ish joyi (ish stoli va yarim yumshoq oʻrindiqlar);
doskalar;
toʻgarak boʻyicha koʻrgazmali vositalar;
asbob-anjomlar, oʻquv qurollari, hujjatlar va kiyimlarni saqlash uchun moʻljallangan maxsus mebel jihozlari (temir stellajlar, javon va shkaflar).
56. “Hunarmandchilik va qoʻl mehnati” yoʻnalishida “Mashina ustasi (Mexanik)”, “Elektr payvandlovchi” va “Santexnik” toʻgaraklari xonalari quyidagilar bilan taʼminlanishi lozim:
charxlash dastgohlari;
turli oʻlchamdagi metall chizgʻichlar;
slesar iskanasi va kichik bolgʻalar;
payvandlovchi maxsus kiyimlar, qoʻlqoplar, himoya koʻzoynaklari, etiklar va himoya niqoblari (shtoklar);
metall uchun egovlar va metallni qirqish uchun qaychilar;
turli xil sirkullar, shu jumladan shtangen sirkul;
elektr parmalagich (drel) va elektr metall keskich (bolgarka);
turli xil oʻlchamdagi ombirlar;
ish stollari va stullari;
payvandlash apparatlari va tindirmali yuvish moslamalari;
yongʻin oʻchirish vositalari;
xonani shamollatish uchun ventilyatsion tizim;
plastik trubalarni kesish uchun qaychi;
xalatlar, qalpoqlar, qoʻlqoplar va himoya koʻzoynaklari;
germetik yelim pistoletlari;
plastik trubalarni montaj qilish uchun elektr dazmol;
perforator va universal otvyortka;
elektr bilan ishlash asboblari;
oʻlchash va nazorat vositalari va gaz kaliti;
kavsharlash uskunasi hamda trubalarga rezba ochish uchun lerkalar;
domkrat va mashinani koʻtaruvchi gidravlik uskuna;
avtomobil qismlari aks ettirilgan barelyef kesimli plakatlar;
havo kompressori;
qismlarni yigʻishga moʻljallangan himoya toʻsiqli temir ish stoli;
karcher uskunasi;
anjomlar, oʻquv qurollari, hujjatlar va kiyimlarni saqlash uchun moʻljallangan maxsus mebel jihozlari (temir stellajlar, javon va shkaflar).
57. “Turizm va ekologiya” yoʻnalishida “Yosh oʻlkashunos va sayyoh”, “Yosh ekskursovod” va “Yosh ekolog va tabiatshunos” toʻgaraklari xonalari quyidagilar bilan taʼminlanishi lozim:
chodir va sayyohlik ryukzagi;
yotoq koʻrpasi va suv idishi;
sayyoh-alpenistlarning anjomlari;
chelak, sayyohlar kotelogi, termos, termometr, sekundomer, pedometr va sayyohlar uchun bosh fonar;
sayyohlik (kemping) mebeli (stol va stullar);
sayyohlik ovqatlanish idishlari;
gulxan aksessuari va koʻp qirrali pichoq;
sayyohlik velosipedi va oyoq kiyimi;
muzlatgich va mehnat qurollari;
narvon va bogʻdorchilik qaychilari;
qushlar uchun qafaslar va qush qafasi uchun stellajlar;
mikroskop va lupa;
qushlarning ichki tuzilishi (barelyef modeli);
toʻgarak xonasining devorlariga sayyohlik va oʻlkashunoslik, tabiatga oid fotosuratlar;
anjomlar, oʻquv qurollari, hujjatlar va kiyimlarni saqlash uchun moʻljallangan maxsus mebel jihozlari (temir stellajlar, javon va shkaflar).
58. “Turizm va ekologiya” yoʻnalishida “Oila hamshirasi” toʻgaragi xonasi quyidagilar bilan taʼminlanishi lozim:
odam skeleti va birinchi tez tibbiy yordam anjomlari;
mikroskop va inson tanasining mulyaji;
tonometr, sterilizator va termometr;
bir martalik shpritslar va osma ukol shpritslari;
maxsus reaktorli chiqindi idishlar;
toʻgarak rahbari uchun ish joyi (ish stoli va yarim yumshoq oʻrindiqlar);
kushetka va fonendoskop;
toʻgarak aʼzolari uchun ish joylari (maxsus ish stollari va stullar toʻplami);
doskalar;
toʻgarak boʻyicha koʻrgazmali vositalar;
asbob-anjomlar, oʻquv qurollari, hujjatlar va kiyimlarni saqlash uchun moʻljallangan maxsus mebel jihozlari (temir stellajlar, javon va shkaflar).
59. “Turizm va ekologiya” yoʻnalishida “Floristika va fauna” va “Karving” toʻgarak xonalari quyidagilar bilan taʼminlanishi lozim:
turli oʻlchamdagi gul tuvaklari;
oʻsimliklardan yasalgan gerbariylar;
quritilgan gullar aksessuarlari;
guldastalar tayyorlash uchun toʻplam;
hayvon va qushlar shakllarini yasash uchun toʻplam;
turli gullar va aksessuarlar tayyorlash uchun sovun, izalon va turli xom ashyolar;
erituvchi moslamalar;
pichoq charxi, karving, maxsus pichoqlari, qovoq tozalash qoshigʻi, ishlov berish taxtasi, likopchalar va muzlatgichlar;
toʻgarak rahbari uchun ish joyi (ish stoli va yarim yumshoq oʻrindiqlar);
toʻgarak aʼzolari uchun ish joylari (maxsus ish stollari va stullar toʻplam);
doskalar;
toʻgarak boʻyicha koʻrgazmali vositalar;
anjomlar, oʻquv qurollari, hujjatlar va kiyimlarni saqlash uchun moʻljallangan maxsus mebel jihozlari (temir stellajlar, javon va shkaflar).
60. “Turizm va ekologiya” yoʻnalishida “Landshaft dizayn” va “Ekodizayn va interer” toʻgarak xonalari quyidagilar bilan taʼminlanishi lozim:
himoya vositalari (koʻzoynak, qoʻlqop, rezina etik va maxsus kiyim);
maysa oʻrgich apparat;
bogʻdorchilik qaychilari;
qoʻl arra, bolta, grablya (barona), ketmon, belkurak va chelak;
turli diametrdagi shlanglar;
elektr uzatuvchi kabel;
turli oʻlchamlardagi boʻyoq choʻtkasi;
toʻgarak rahbari uchun ish joyi (ish stoli va yarim yumshoq oʻrindiqlar);
toʻgarak aʼzolari uchun ish joylari (maxsus ish stollari va stullari);
doskalar;
toʻgarak turlari boʻyicha koʻrgazmali vositalar;
asbob-anjomlar, oʻquv qurollari, hujjatlar va kiyimlarni saqlash uchun moʻljallangan maxsus mebel jihozlari (temir stellajlar, javon va shkaflar).
61. “Turizm va ekologiya” yoʻnalishida “Asalarichilik” toʻgaragi xonasi quyidagilar bilan taʼminlanishi lozim:
yuz-niqob, tutatqich;
choʻtka, asal ajratkich;
tarozi, banka-oxur, ish yashigi;
ramka yashigi, suv idishi;
arilarni ushlash moslamasi va gulchang ushlash moslamasi;
asalari uya ramkasi;
asal suzgich, shpatel va mumparda taxtachasi.
62. “Turizm va ekologiya” yoʻnalishida “Issiqxonachilik” toʻgaragi xonasi quyidagilar bilan taʼminlanishi lozim:
issiqxona havosi tarkibidagi CO2 gazi miqdorini tekshiruvchi moslama;
havo namligini oʻlchash vositasi;
havo namligini toʻgʻrilash uchun shamollatkichlar;
zararkunandalar va kasalliklarga qarshi kurashish anjomlari va qurilmalari;
zararkunandalar, begona oʻtlar va kasalliklarga qarshi kurashish uchun kimyoviy eritmalar;
tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish qurilmalari;
dezinfeksiya vositalari;
issiqxona oʻsimlik koʻchatlarini yetishtirish uchun urugʻlar;
tuproq tarkibini aniqlovchi asbob;
mehnat qurollari.
63. “Oliy taʼlim muassasalari va maktabga tayyorlov” yoʻnalishida “Biologiya” toʻgaragi xonasi quyidagilar bilan taʼminlanishi lozim:
xona devorlariga osilgan fanga oid koʻrgazmali qurollar;
turli hayvonlarning maketlari;
mikroskoplar, botanika va zoologiyaga oid kolleksiyalar;
odam nafas olish tizimining tuzilishi (barelyef modeli);
odam eshitish aʼzosining tuzilishi (barelyef modeli);
yurakning tuzilishi (barelyef modeli);
terining tuzilishi (barelyef modeli);
koʻrish aʼzosining tuzilishi (barelyef modeli);
odam ovqat hazm qilish traktining tuzilishi (barelyef modeli);
qurbaqaning ichki tuzilishi (barelyef modeli);
kimyoviy idishlarni quritish taxtasi;
qishloq xoʻjaligi ekinlari zararkunandalari kolleksiyasi;
mineral oʻgʻitlar kolleksiyasi;
toʻgarak rahbari uchun ish joyi (ish stoli va yarim yumshoq oʻrindiqlar);
toʻgarak aʼzolari uchun ish joylari (maxsus ish stollar va stullar);
doskalar;
toʻgarak boʻyicha koʻrgazmali vositalar;
asbob-anjomlar, oʻquv qurollari, hujjatlar va kiyimlarni saqlash uchun moʻljallangan maxsus mebel jihozlari (temir stellajlar, javon va shkaflar).
64. “Oliy taʼlim muassasalari va maktabga tayyorlov” yoʻnalishida “Fizika” toʻgaragi xonasi quyidagilar bilan taʼminlanishi lozim:
Arximed chelagi;
laboratoriya elektron tarozisi;
kalorimetr (jismlar toʻplami bilan);
laboratoriya induktivlik gʻaltagi;
koʻrgazmali Tomson gʻaltagi;
bir qutbli va ikki qutbli pereklyuchatellar toʻplami;
ulash simlari toʻplami;
oʻzgaruvchan sigʻimli kondensator;
turli quvvatli choʻgʻlanma lampalar;
tajriba (koʻrgazmali) masshtab chizgʻichi;
taglikka oʻrnatilgan magnit strelka;
toʻgʻri magnitlar (bir juft);
taqasimon magnitlar (bir juft);
elektrostatik mayatnik;
laboratoriya mikroskopi;
shisha tayoqcha;
ebonit tayoqcha;
izolyatsiyalangan dastakli plastinkalar;
fizika kabineti uchun elektr jihozlar toʻplami;
toʻgarak rahbari uchun ish joyi (ish stoli va yarim yumshoq oʻrindiqlar);
toʻgarak aʼzolari uchun ish joyi (maxsus ish stoli va stullar);
doskalar;
toʻgarak boʻyicha koʻrgazmali vositalar;
anjomlar, oʻquv qurollari, hujjatlar va kiyimlarni saqlash uchun moʻljallangan maxsus mebel jihozlari (temir stellajlar, javon va shkaflar).
65. “Oliy taʼlim muassasalari va maktabga tayyorlov” yoʻnalishida “Kimyo” toʻgaragi xonasi quyidagilar bilan taʼminlanishi lozim:
elektr jihozlar toʻplami;
avtomat mikropipetka;
areometrlar (silindri bilan);
elektron laboratoriya tarozisi;
distillyator (suvni haydash moslamasi);
elektr kolba isitgich;
kimyoviy moddalar (reaktivlar) toʻplami;
laboratoriya ishlari uchun shisha idishlar va jihozlar toʻplami;
kristall panjara modellari toʻplami;
oʻqituvchining tajriba-namoyishlari uchun jihozlar toʻplami;
oʻquvchilarning laboratoriya ishlari uchun kimyoviy laboratoriya idishlari toʻplami;
universal shtativ (kimyo laboratoriya xonasi uchun);
raqamli oʻquv termometri;
kimyoviy idishlarni quritish taxtasi;
kimyoviy elementlarning davriy sistemasi (infraqizil nurli va pult orqali masofadan boshqariladigan elektron jadval);
toʻgarak rahbari uchun ish joyi (ish stoli va yarim yumshoq oʻrindiqlar);
toʻgarak aʼzolari uchun ish joylari (maxsus ish stollari va stullar toʻplami);
doskalar;
toʻgarak boʻyicha koʻrgazmali vositalar;
anjomlar, oʻquv qurollari, hujjatlar va kiyimlarni saqlash uchun moʻljallangan maxsus mebel jihozlari (temir stellajlar, javon va shkaflar).
66. “Oliy taʼlim muassasalari va maktabga tayyorlov” yoʻnalishida “Matematika” toʻgaragi xonasi quyidagilar bilan taʼminlanishi lozim:
kalkulyator, sanoq choʻplar va xona devori uchun fanga oid koʻrgazmali vositalar;
toʻgarak rahbari uchun ish joyi (ish stoli va yarim yumshoq oʻrindiqlar);
toʻgarak aʼzolari uchun ish joyi (maxsus ish stoli va stullar toʻplam);
doskalar;
toʻgarak boʻyicha koʻrgazmali vositalar;
asbob-anjomlar, oʻquv qurollar, hujjatlar va kiyimlar saqlash uchun moʻljallangan maxsus mebel jihozlari (temir stellajlar, javon va shkaflar).
67. “Oliy taʼlim muassasalari va maktabga tayyorlov” yoʻnalishida “Mental arifmetika” toʻgaragi xonasi quyidagilar bilan taʼminlanishi lozim:
mental arifmetika uchun maxsus abakus hisoblagich;
mental arifmetika uchun maxsus polabakus;
toʻgarak rahbari uchun ish joyi (ish stoli va yarim yumshoq oʻrindiqlar);
toʻgarak aʼzolari uchun ish joylari (maxsus ish stollari va stullar);
doskalar;
toʻgarak boʻyicha koʻrgazmali vositalar;
anjomlar, oʻquv qurollari, hujjatlar va kiyimlarni saqlash uchun moʻljallangan maxsus mebel jihozlari (temir stellajlar, javon va shkaflar).
68. “Oliy taʼlim muassasalari va maktabga tayyorlov” yoʻnalishida “Ona tili va adabiyot” toʻgaragi xonasi quyidagilar bilan taʼminlanishi lozim:
oʻzbek va jahon adabiyotidan plakatlar;
ona tilidan harflar jamlanmasi (alifbo, afisha);
toʻgarak rahbari uchun ish joyi (ish stoli va yarim yumshoq oʻrindiqlar);
toʻgarak aʼzolari uchun ish joylari (maxsus ish stoli va stullar);
doskalar;
toʻgarak boʻyicha koʻrgazmali vositalar;
anjomlar, oʻquv qurollari, hujjatlar va kiyimlarni saqlash uchun moʻljallangan maxsus mebel jihozlari (temir stellajlar, javon va shkaflar).
69. “Oliy taʼlim muassasalari va maktabga tayyorlov” yoʻnalishida “Tarix” va “Davlat va huquq asoslari” toʻgaraklari xonalari quyidagilar bilan taʼminlanishi lozim:
tarix faniga oid plakatlar toʻplami;
davlat ramzlari tushirilgan plakatlar (bayroq, gerb, madhiya);
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining moddalari tushirilgan plakatlar;
toʻgarak rahbari uchun ish joyi (ish stoli va yarim yumshoq oʻrindiqlar);
toʻgarak aʼzolari uchun ish joylari (maxsus ish stollari va stullar);
doskalar;
toʻgarak turlari boʻyicha koʻrgazmali vositalar;
anjomlar, oʻquv qurollari, hujjatlar va kiyimlarni saqlash uchun moʻljallangan maxsus mebel jihozlari (temir stellajlar, javon va shkaflar).
70. “Xorijiy tillar” yoʻnalishida “Rus tili” va “Ingliz tili” toʻgaraklari xonalari quyidagilar bilan taʼminlanishi lozim:
toʻgarak rahbari uchun ish joyi (ish stoli va yarim yumshoq oʻrindiqlar);
toʻgarak aʼzolari uchun ish joylari (maxsus ish stollari va stullar);
doskalari;
toʻgarak turlari boʻyicha koʻrgazmali vositalar;
suv dispanseri;
anjomlar, oʻquv qurollari, hujjatlar va kiyimlarni saqlash uchun moʻljallangan maxsus mebel jihozlari(temir stellajlar, javon va shkaflar).
5-bob. Yakuniy qoida
71. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2026-y., 10/26/3765/0089-son)