28.01.2026 yildagi 31-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Chet el fuqarolari uchun oʻzbek tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatini berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2020 — 2030-yillarda oʻzbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasiga muvofiq oʻzbek tilining xalqaro miqyosdagi oʻrni va nufuzini oshirish hamda uni xorijiy mamlakatlarda keng targʻib qilish, oʻzbek tilini oʻrganish istagida boʻlgan chet el fuqarolari uchun oʻzbek tilini bilish darajasi boʻyicha malaka sertifikatiga ega boʻlish imkoniyatini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Tillarni oʻqitish, oʻrganish va baholash boʻyicha umumevropa mezonlari (CEFR) talablariga muvofiq chet el fuqarolari uchun oʻzbek tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatini (keyingi oʻrinlarda — malaka sertifikati) berish tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Chet el fuqarolari uchun oʻzbek tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzbek tilidan malaka imtihoni uchun talabgorlarni roʻyxatga olish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzbek tilidan malaka imtihonini tashkil etish, imtihon topshiriqlarini shakllantirish va natijalarini baholash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka sertifikatini berish va sertifikatlar reyestrini yuritish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2026-yil 1-martdan boshlab CEFR mezonlariga muvofiq chet el fuqarolari uchun oʻzbek tilini bilishning A1, A2 va B1 darajalari boʻyicha, 2027-yil 1-martdan boshlab esa B2, C1 va C2 darajalari boʻyicha malaka sertifikatini berish uchun imtihonlar joriy etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oʻzbek tilini bilish darajasi toʻgʻrisida kamida V1 darajadagi malaka sertifikatiga ega chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar 2026-yil 1-apreldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash imtihonidan ozod etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) chet el fuqarolari uchun oʻzbek tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha malaka imtihonini tashkil etish va sertifikatlash Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining “Ilmiy-oʻquv amaliy markazi” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — Ilmiy markaz) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ilmiy markazga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka sertifikatini berish imtihonini 4 ta koʻnikma (tinglab tushunish, oʻqish, yozish va gapirish) asosida onlayn shaklda tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka sertifikatini berish imtihoni uchun talabgorlarni roʻyxatdan oʻtkazish, toʻlovlarni qabul qilish, imtihonni oʻtkazish, natijalarni eʼlon qilish, apellyatsiya murojaatlarini qabul qilish hamda elektron sertifikat berishni nazarda tutuvchi “Oʻzbek tilini bilish darajasini aniqlash imtihoni” (“Uzbek language proficiency test”) elektron platformasini ishga tushirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka sertifikati berish uchun oʻtkaziladigan imtihon materiallarini (test topshiriqlarini) ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet tili va umumtaʼlim fanlaridan respublikada tan olingan xalqaro va milliy sertifikatlarni “yagona nuqta” tamoyili boʻyicha shartnoma asosida verifikatsiya qilish hamda elektron maʼlumot taqdim etishning raqamlashgan tizimini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka imtihonlarini tashkil etish, oʻtkazish, ularning natijalarini tahlil etish va eʼlon qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy imtihon oluvchi tashkilotlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish, oʻzbek tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlarini hamkorlikda tashkil etish, shuningdek, imtihon uchun toʻlovlarni qabul qilish yoki oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorlarga imtihon natijalari tahlili asosida tegishli fanni oʻrganishda eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan jihatlar boʻyicha tavsiyalar berish xizmatini yoʻlga qoʻyish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi ushbu qaror bilan yuklangan vazifalarni samarali amalga oshirish hamda milliy test tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Ilmiy markaz tuzilmasi va xodimlarining umumiy cheklangan sonini qayta tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turizm qoʻmitasi — “Oʻzbek akademiyasi” (Uzacademy) internet platformasida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi — xorijdagi oʻzbek milliy madaniy markazlarida hamda respublika oliy taʼlim tashkilotlarida tashkil etilgan oʻzbek tilini oʻrgatuvchi markazlarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi ishlar vazirligi — Oʻzbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari huzuridagi oʻzbek tili kurslarida malaka sertifikatini berish tizimi joriy etilganini keng targʻib qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 28-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-son

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-yanvardagi 31-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el fuqarolari uchun oʻzbek tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Tillarni oʻqitish, oʻrganish va baholash boʻyicha umumevropa mezonlari (CEFR) talablariga muvofiq chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun oʻzbek tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatini (keyingi oʻrinlarda — malaka sertifikati) berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining “Ilmiy-oʻquv amaliy markazi” davlat muassasasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
verifikatsiya qilish — malaka sertifikatining haqiqiyligini va ishonchliligini hamda haqiqatda uni taqdim qilgan shaxsga oidligini tasdiqlash jarayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp darajali format — talabgorlarning bilim va malakalarini A1, A2, B1, B2, C1, C2 darajalardagi topshiriqlar orqali aniqlashga qaratilgan format;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka sertifikati — oʻzbek tili malaka imtihonidan (keyingi oʻrinlarda — malaka imtihoni) muvaffaqiyatli oʻtgan talabgorga uch yil muddatga beriladigan, QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan oʻzbek tilini bilish darajasini tasdiqlovchi davlat namunasidagi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka imtihoni (Uzbek language proficiency exam — Uz-Pro) — talabgorning oʻzbek tilini bilish darajasini test sinovi, yozma ish va ogʻzaki suhbat oʻtkazish orqali aniqlash shakli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus dastur — malaka imtihonining “tinglab tushunish” va “oʻqish” boʻlimlari boʻyicha talabgorlarning tilni bilish darajasini baholashda ekspertlar tomonidan foydalaniladigan dasturiy taʼminot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus kod (token) — talabgorning malaka imtihoniga masofadan kirishini taʼminlash va talabgorni elektron identifikatsiya qilish uchun moʻljallangan elektron kalit;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor — malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonini topshirish istagini bildirgan va belgilangan tartibda vakolatli organning rasmiy veb-sayti orqali roʻyxatdan oʻtgan chet el fuqarosi hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbek tilini bilish darajasini aniqlash imtihoni” (“Uzbek language proficiency test”) elektron platformasi (keyingi oʻrinlarda — imtihon platformasi) — malaka imtihoniga talabgorlarni roʻyxatdan oʻtkazish, toʻlov qabul qilish va imtihonni oʻtkazish, natijalarni eʼlon qilish, apellyatsiya murojaatlarini qabul qilish hamda malaka sertifikatini berish uchun oʻzbek va ingliz tillarida yuritiladigan dasturiy taʼminot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CEFR — Tillarni oʻqitish, oʻrganish va baholash boʻyicha umumevropa mezonlari. Bu mezonlar tillar boʻyicha malaka darajalarini baholash uchun qoʻllanadi hamda A1, A2, B1, B2, C1, C2 darajalaridan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Malaka imtihoni CEFR mezonlariga muvofiq tayyorlangan topshiriqlar asosida koʻp darajali formatda vakolatli organ tomonidan imtihon platformasi orqali onlayn shaklda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Malaka imtihoni toʻrtta koʻnikma (tinglab tushunish, oʻqish, yozish va gapirish) qamrab olingan holda bir bosqichda onlayn shaklda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vakolatli organ koʻp darajali test topshiriqlarining qiyinlik darajasi boʻyicha malaka imtihoni natijalarini belgilovchi jadval ishlab chiqib, tasdiqlaydi hamda imtihon platformasi orqali eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Malaka sertifikati CEFR mezonlaridagi darajalar kesimida taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Malaka imtihoni ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Malaka imtihoni uchun talabgorlarni roʻyxatga olish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Malaka imtihonini oʻtkazish muddatlari vakolatli organ tomonidan belgilanadi hamda imtihon platformasi orqali eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Talabgor imtihon platformasi orqali roʻyxatdan oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatdan oʻtishda talabgor imtihon platformasiga shaxsni tasdiqlovchi hujjatdagi maʼlumotlarni (familiyasi, ismi, tugʻilgan sanasi, fuqaroligi, fuqaroligi boʻlmagan shaxs hujjat seriyasi va raqami) kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatdan oʻtishda avtomatik tarzda talabgorning fotosurati olinadi hamda imtihon boshlanishidan oldin talabgorning shaxsi ushbu fotosurat orqali aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatdan oʻtgan talabgor uchun imtihon platformasida shaxsiy kabinet yaratiladi hamda talabgorga oferta shartnomasi taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgor roʻyxatdan oʻtishda elektron pochta manzilini koʻrsatadi. Talabgorning elektron pochta manzilini koʻrsatgani uning malaka imtihonining vaqti, qoidalari va natijalari yuzasidan apellyatsiya xulosasi haqida elektron pochta orqali xabarnoma olishga roziligini bildiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgor roʻyxatdan oʻtishda vakolatli organ tomonidan eʼlon qilingan imtihon sanalaridan birini tanlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka imtihoni uchun talabgorlarni roʻyxatga olish imtihon sanasidan kamida besh ish kuni oldin yakunlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorlardan roʻyxatdan oʻtishda boshqa hujjatlar talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandda nazarda tutilgan maʼlumotlar koʻrsatilmaganda, hujjatlar qabul qilinishi rad etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgor haqidagi maʼlumotlarning toʻgʻriligiga talabgorning shaxsan oʻzi javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Malaka imtihonida ishtirok etish uchun talabgor 50 AQSH dollari miqdorida toʻlovni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda toʻlov Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilganda 50 AQSH dollari miqdorida, Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilganda toʻlov amalga oshirilgan kundagi chet el valyutasining Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki kursi boʻyicha hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatdan oʻtish jarayonida talabgor bir oy muddat ichida ikki marotaba malaka imtihoni topshirish istagini bildirgan taqdirda, ikkinchi malaka imtihoni uchun imtihon toʻlovining 50 foizi miqdorida chegirma taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorlar tomonidan toʻlov bank toʻlov tizimlari orqali bank valyuta kartalaridan foydalangan holda, elektron shaklda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha toʻlovlar vakolatli organning valyuta hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlovni amalga oshirgan talabgorga malaka imtihonida ishtirok etishi uchun bir martalik maxsus kod (token) va malaka imtihonini topshirish qoidalari toʻgʻrisidagi eslatma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgor malaka imtihonidan keyin bir oy muddatda qayta malaka imtihoni topshirish uchun ham toʻlovni amalga oshirgan boʻlsa, unga qayta malaka imtihoni uchun alohida maxsus kod (token) beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Talabgor unga berilgan maxsus kod (token)dan foydalansa, malaka imtihonida ishtirok etgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Talabgor malaka imtihoni qoidalarini buzganlik uchun malaka imtihonidan chetlashtirilgan taqdirda, amalga oshirilgan toʻlov qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Talabgor vakolatli organ tomonidan elektron pochta manzili hamda shaxsiy kabineti orqali malaka imtihonining aniq vaqti toʻgʻrisida malaka imtihoni sanasidan kamida uch kun oldin xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Malaka imtihonini oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Malaka imtihonida quyidagi bilim, koʻnikma va malakalar tekshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tinglab tushunish — ogʻzaki nutqni tushunish malakasi, eshitilgan matn va uning qismlarida ifodalangan umumiy mazmun va gʻoyani anglash, ochiq va yashirin ifodalangan maʼlumotlarni aniqlay olish, mazmuniy va grammatik bogʻlanishlarni tahlil qila olish kabi koʻnikmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) gapirish — ogʻzaki nutqni shakllantira olish malakasi, oʻz fikrini ogʻzaki ifodalash, qarashlarini asoslash, til birliklarini toʻgʻri talaffuz qilish, leksik birliklardan unumli foydalana olish, ogʻzaki nutqda til birliklarini grammatik va mazmuniy jihatdan toʻgʻri qoʻllash kabi koʻnikmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) oʻqish — matnni oʻqib tushunish malakasi, oʻqilgan matn va uning qismlarida ifodalangan umumiy mazmun va gʻoyani anglash, matn qismlari va gaplar oʻrtasidagi mantiqiy izchillikni, mazmuniy munosabatlarni tahlil qila olish, ochiq va yashirin ifodalangan maʼlumotlarni aniqlay olish, xulosa chiqara olish, leksik, grammatik birliklar, tinish belgilarining matndagi vazifasini tushunish, verbal-vizual axborotlarni tahlil qila olish kabi koʻnikmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) yozish — berilgan vaziyat yoki mavzuga mos ravishda matn tuza olish malakasi, fikrni mazmuniy izchillikda bayon qila olish, lugʻat boyligidan unumli foydalanish, grammatik vositalarni toʻgʻri qoʻllash, sintaktik birliklarni shakllantira olish, imlo qoidalariga rioya qilish, tinish belgilarini toʻgʻri qoʻllay olish kabi koʻnikmalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan talabgorlarning malaka imtihonida quyidagi bilim, koʻnikma va malakalari tekshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻzi ojiz talabgorlar uchun — “tinglab tushunish” va “gapirish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eshitish va gapirishida nuqsoni boʻlgan talabgorlar uchun — “oʻqish” va “yozish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yozish imkoniyati cheklangan talabgorlar uchun — “tinglab tushunish”, “oʻqish” va “gapirish” koʻnikmalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Malaka imtihoni uchun vaqt meʼyorlari, test topshiriqlari soni, turi va mazmuni, baholash mezonlari, shuningdek, malaka imtihonlariga mustaqil tayyorlanish uchun namunaviy variantlar vakolatli organ tomonidan ishlab chiqiladi hamda imtihon platformasiga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Malaka imtihonining yozma va ogʻzaki boʻlimlari natijalarini baholash uchun vakolatli organ tomonidan ekspertlar guruhi shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertlar guruhi tarkibiga vakolatli organ xodimlari, tajribali pedagoglar va malakali mutaxassislar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Malaka imtihoni vakolatli organ masʼul xodimining kuzatuvida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka imtihoni vaqtida har bir kompyuterda bir nafar talabgor malaka imtihoni topshirishi va bu jarayon videotasvirga yoki fotosuratga olinishi nazorat qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Malaka imtihonini tashkil etish, oʻtkazish, imtihon topshiriqlarini shakllantirish va bilimlarni baholash hamda apellyatsiya jarayoni uchun mutaxassislar, ekspertlar va kuzatuvchilar shartnoma asosida jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. “Tinglab tushunish” va “oʻqish” boʻlimlari boʻyicha bilimlar maxsus dasturlar yordamida kompyuterda tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yozma ish” va “gapirish” boʻlimlari boʻyicha bilimlar maxsus dasturlar yordamida ekspertlar guruhi tomonidan baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Vakolatli organ malaka imtihoni natijalarini ular yakunlangandan soʻng yetti ish kuni ichida imtihon platformasida eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Malaka imtihoni natijasidan qanoatlanmagan talabgorlarga uch oy muddatda 4 ta koʻnikmadan istalgan biri boʻyicha qoʻshimcha toʻlov (25 AQSH dollari) asosida bir marotaba qayta imtihon topshirish va sertifikat olish imkoniyati yaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta imtihon uchun roʻyxatdan oʻtish va uni topshirish ushbu Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Malaka imtihonida ishtirok etish uchun talabgor tomonidan quyidagi talablar ijrosi taʼminlanishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka imtihoni jarayoni uchun zarur amaliy dasturlar va qoʻllanmalardan foydalanish imkonini beruvchi barqaror internet aloqasi bilan taʼminlangan, veb-kamera va mikrofon bilan jihozlangan kompyuter yoki noutbuk boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtihon topshirish xonasida bitta kirish eshigi boʻlishi va u talabgorning orqa tomonida joylashgan boʻlib, veb-kamerada yopiq holatda toʻliq koʻrinib turishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompyuter ekrani fonida oyna yoki koʻzgu boʻlmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorning qoʻllari va yuzi doim veb-kamerada koʻrinib turadigan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka imtihoni shaffof va adolatli oʻtkazilishini taʼminlash maqsadida, zarur hollarda imtihon ekranini qulflash imkoniyati mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka imtihoni xavfsizligini taʼminlash maqsadida talabgor tomonidan real vaqt rejimida imtihon topshirish stoli va xona veb-kamerada videotasvirga tushirilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Malaka imtihonini topshirish jarayonida quyidagilar taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka imtihoni oʻtkazilayotgan kompyuter yoki noutbuk ekranini rasmga olish yoki videotasvirga tushirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka imtihoni jarayonini sababsiz toʻxtatish yoki malaka imtihoni topshirish joyini tark etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
telekommunikatsiya vositalari orqali yoki bevosita boshqa shaxslar bilan muloqot qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kitoblar, yozuvlar yoki boshqa yordamchi manbalar olib kirish va ulardan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa shaxslardan yordam soʻrash yoki internet manbalaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka imtihoni topshirish xonasida boshqa shaxslarning boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka imtihoni savolini koʻchirib olish yoki koʻchirib olishga urinish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka imtihoni jarayoniga xalaqit qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Talabgor quyidagi hollarda malaka imtihonidan chetlashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka imtihoni uchun roʻyxatdan oʻtishda shaxsni tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlarini notoʻgʻri yoki oʻzgartirilgan holda kiritgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka imtihoni jarayonida imtihon xavfsizligini taʼminlash uchun malaka imtihoni topshirish stolini va xonani real vaqt rejimida videotasvirga olish talabini rad etgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka imtihonining istalgan bosqichida talabgorning shaxsini aniqlash boʻyicha oʻtkaziladigan onlayn nazorat vaqtida talabgorning shaxsi tasdiqlanmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 22-bandida belgilangan talablardan birini bajarishni rad etsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 23-bandida nazarda tutilgan talablardan biriga rioya qilmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Vakolatli organ tomonidan talabgorlarga oʻz bilim va koʻnikmalarini oldindan baholashi uchun tayyorgarlik sinovlari tashkil etilishi mumkin. Bunda har bir talabgordan bir marta tayyorgarlik sinovi uchun 10 AQSH dollari miqdorida toʻlov undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Oʻzbek tilini bilish darajasi toʻgʻrisida malaka sertifikatini berish va sertifikatlar reyestrini yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Vakolatli organ malaka imtihoni natijalari toʻgʻrisidagi buyruq chiqarilgan kundan boshlab bir ish kuni ichida malaka imtihonidan muvaffaqiyatli oʻtgan talabgorlarga QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan malaka sertifikatining elektron shaklini shakllantiradi hamda imtihon platformasidagi talabgorning shaxsiy kabinetiga yoki elektron pochtasiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka sertifikati ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda oʻzbek va ingliz tillarida rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka sertifikati Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududlarida amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Vakolatli organ tomonidan berilgan malaka sertifikatlarining reyestri yuritiladi hamda unda quyidagi maʼlumotlar qayd etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka sertifikati egalarining familiyasi, ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka sertifikati egalarining shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka sertifikatining hisobga olish raqami va berilgan sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka sertifikatining amal qilish muddati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Malaka sertifikatlarining reyestri elektron shaklda yuritiladi hamda uning shakli vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Malaka sertifikati imtihon platformasi orqali verifikatsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Malaka imtihoni natijasidan qanoatlanmagan talabgor natijalar eʼlon qilingan kundan boshlab bir oy ichida imtihon platformasi orqali apellyatsiya shikoyati berish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Apellyatsiya shikoyati toʻlov asosida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda talabgor malaka imtihonining apellyatsiya bermoqchi boʻlgan har bir boʻlimi uchun 8 AQSH dollari miqdoridagi toʻlovni ushbu Nizomning 10-bandida belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya shikoyati toʻlov amalga oshirilgandan soʻng koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish uchun vakolatli organ rahbarining buyrugʻi bilan 5 — 7 kishidan iborat tarkibda Apellyatsiya komissiyasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya komissiyasi tarkibi vakolatli organ xodimlari, tajribali ekspertlar va malakali mutaxassislardan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga ekspertlar guruhi aʼzolarining kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka imtihoni natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish va apellyatsiya shikoyati qanoatlantirilishini rad etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka imtihoni natijalarini oʻzgartirish va apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Malaka imtihoni natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish va apellyatsiya shikoyati qanoatlantirilishini rad etish toʻgʻrisidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellyatsiya shikoyati ushbu Nizom talablari buzilgan holda taqdim etilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellyatsiya shikoyatida koʻrsatilgan dalillar oʻz tasdigʻini topmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya shikoyatida koʻrsatilgan dalillar Apellyatsiya komissiyasi tomonidan tasdiqlangan taqdirda, malaka imtihoni natijalarini oʻzgartirish va apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Apellyatsiya shikoyati bir hafta ichida koʻrib chiqiladi. Talabgor Apellyatsiya komissiyasi qarori toʻgʻrisida imtihon platformasidagi shaxsiy kabineti yoki elektron pochtasi orqali xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Takroriy apellyatsiyaga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Talabgor Apellyatsiya komissiyasi qarori ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Vakolatli organ xodimlari tomonidan talabgorlar toʻgʻrisidagi shaxsiy maʼlumotlarning maxfiyligi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el fuqarolari uchun oʻzbek tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbek tili malaka imtihonini oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqich

Masʼullar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Talabgor

(chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs)

1. Malaka imtihonida ishtirok etish uchun “Uzbek language proficiency test” elektron platformasi orqali roʻyxatdan oʻtadi.

2. Toʻlovni amalga oshiradi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

Vakolatli organ

(Ilmiy-oʻquv amaliy markazi)

1. Talabgorlarning malaka imtihonlari uchun roʻyxatga olinishini yakunlaydi.

Imtihon sanasidan kamida 5 ish kuni oldin

2. Toʻlovni amalga oshirgan talabgorga imtihonda ishtirok etishi uchun bir martalik maxsus kod (token) va imtihon topshirish qoidalari toʻgʻrisida eslatma beradi.

Shu vaqtning oʻzida

3. Talabgorga elektron pochta manzili hamda shaxsiy kabineti orqali malaka imtihoni belgilangan vaqt haqida xabar joʻnatadi.

Imtihon sanasidan kamida 3 kun oldin

3-bosqich

Vakolatli organ

Malaka imtihonini tashkil etadi va oʻtkazadi.

Yil davomida

4-bosqich

Vakolatli organ

Malaka imtihoni natijalarini “Uzbek language proficiency test” elektron platformasida eʼlon qiladi.

Malaka imtihoni yakunlangandan soʻng 7 ish kunida

5-bosqich

Vakolatli organ

Malaka imtihonidan muvaffaqiyatli oʻtgan talabgorlarga QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan malaka sertifikatining elektron shaklini shakllantiradi hamda “Uzbek language proficiency test” elektron platformasidagi talabgorning shaxsiy kabinetiga yoki elektron pochta manziliga yuboradi.

Buyruq chiqarilganidan boshlab 1 ish kunida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el fuqarolari uchun oʻzbek tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbek tilini bilish darajasi toʻgʻrisida malaka sertifikatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DAVLAT NAMUNASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

BILIM VA MALAKALARNI

BAHOLASH AGENTLIGI

ILMIY-OʻQUV AMALIY MARKAZI

MINISTRY OF HIGHER EDUCATION, SCIENCE AND INNOVATION OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

AGENCY FOR ASSESSMENT OF KNOWLEDGE AND COMPETENCES

THE SCIENTIFIC AND EDUCATIONAL PRACTICAL CENTER

OʻZBEK TILINI BILISH DARAJASI TOʻGʻRISIDA

SERTIFIKAT

CERTIFICATE

OF UZBEK LANGUAGE PROFICIENCY

Test sanasi :|

Sertifikat raqami |

Test date:

Reference number

ID-karta seriyasi va raqami: |

ID series and number:

Imtihon jarayonidan

talabgorning

veb-kamera

orqali olingan

fotosurati

Familiyasi: | Surname:

Ismi: | First Name:

Tugʻilgan kuni: | Date of birth:

Jinsi: | Sex:

Mamlakat yoki mintaqa: |

Country or Region of Origin

Millati: |

Country of nationality:

Birinchi tili: |

First language:

Tinglab tushunish: |

Oʻqish: |

Yozish: |

Gapirish: |

Umumiy ball: |

Listening:

Reading:

Writing:

Speaking:

Overall Score:

Administrator izohlari |

Administrator comments

Daraja | Level:

Berilgan sana: |

Amal qilish muddati: |

Date of Issue

Valid until:

Boshliq: |

QR — kod

F.I.O.

Chief

Sertifikatning haqiqiyligini *** sayti orqali tekshirish mumkin.

The authenticity of the certificate can be verified through the *** website.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2026-y., 09/26/31/0085-son)