1-ILOVA
2-ILOVA
|
T/r |
Amalga oshiriladigan chora-tadbirlar |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddati |
Sarflanadigan mablag‘ |
Ijro uchun mas’ullar |
|
I. Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida davlat tili imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishga erishish | |||||
|
1. |
O‘zbek tili va adabiyoti b�yicha bilimni baholashning milliy test tizimi asosida rahbar kadrlarning davlat tilida rasmiy ish yurita olish darajasini aniqlash mexanizmini ishlab chiqish hamda mas’ul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilini bilish bo‘yicha daraja sertifikatlarini joriy etish. |
1. Ishchi guruhi tashkil qilish va Vazirlar Mahkamasi qarorining loyihasini ishlab chiqish.
|
2020-yil oktyabr
|
— |
Davlat test markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. |
Barcha vazirlik va idoralar tarkibida ish yuritish, shuningdek barcha idoralararo hujjatlar aylanishi davlat tilida bo‘lishini to‘liq ta’minlash va bu jarayonda davlat tiliga qat’iy amal qilishni nazorat qilish. |
1. Davlat organlari va tashkilotlarda normativ-huquqiy hujjatlarni davlat tilida yuritishning namunaviy tartibini ishlab chiqish. 2. Davlat tilida ish yuritish tartibiga rioya qilinishini doimiy nazorat qilish. 3. Bu borada mas’uliyatni ularning rahbarlari zimmasiga yuklash. |
2020-2021-yillar |
— |
Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari |
|
3. |
Davlat tilida sohaviy ish yuritish hujjatlarining yagona elektron namunalarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish uchun onlayn dasturlar yaratish. |
1. Davlat tilidagi ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimini (ijro.gov.uz) yanada takomillashtirish bo‘yicha mualliflar guruhini shakllantirish. 2. Davlat tilidagi ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimini yanada takomillashtirishni maqsadli moliyalashtirish. 3. Onlayn dasturlarning uzluksiz ishlashini ta’minlash. |
2020-yil oktyabr
|
600 (O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan) |
Axborot texnologiyalari va ommunikatsiyalarini rivojlantirish va�irligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi |
|
4. |
Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini, imlo qoidalarini yanada takomillashtirish va yangi yozuvga to‘liq o‘tishni ta’minlash. |
1. Ishchi guruhini shakllantirish. 2. Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirish va yangi yozuvga o‘tishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqib. 3. “Yo‘l xaritasi”ni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kelishish uchun kiritish. |
2020-yil oktyabr
|
— |
Vazirlar Mahkamasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi, manfaatdor vazirlik |
|
II. Ta’lim tashkilotlarida davlat tilini o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish, uning ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oshirish | |||||
|
5. |
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga o‘zbek tilini o‘rgatish tizimini takomillashtirish. |
1. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga o‘zbek tilini qiziqarli tarzda o‘rgatish tizimini ishlab chiqish. 2. O‘zbek tilini o‘rgatish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun “Qiziqarli o‘zbek tili”, “So‘z mo‘’jizasi” va “O‘zbek tilining izohli lug‘atchasi” singari rasmli kitob — lug‘atlarni tuzish va chop etish. 3. Internet tarmog‘ida maktabgacha ta’lim tizimi tarbiyalanuvchilari uchun bola nutqini o‘stirishga doir dasturiy, elektron o‘quv materiallari sonini ko‘paytirish. |
2020 — 2022-yillar |
— |
Maktabgacha ta’lim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi |
|
6. |
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘zbek tilini o‘qitish tizimini tubdan takomillashtirish, o‘zbek tili bo‘yicha mashg‘ulot va dars soatlarini ko‘paytirish. |
1. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarning nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi, o‘zbek tilining boy imkoniyatlarini o‘zlashtirish imkonini beruvchi zamonaviy o‘quv dasturlarini yaratish. 2. Ta’lim davlat tilida va boshqa tillarda olib boriladigan umumta’lim maktablarida o‘zbek tili dars soatlarini ko‘paytirish. 3. O‘zbek tilini ona tili va davlat tili sifatida o‘qitishni takomillashtirish maqsadida ko‘nikma va malaklarni rivojlantiruvchi zamonaviy o‘quv metodik ishlanmalarini ommalashtirish, o‘quvchilarning nutqiy ko‘nikmalarini tizimli oshirib borish. |
2020 — 2022-yillar |
— |
Xalq ta’limi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
7. |
O‘zbek tili bo‘yicha bilimlarni baholash tizimini takomillashtirish. |
1. O‘zbek tili bo‘yicha bilimlarni baholashning amaldagi tizimini tanqidiy ko‘rib chiqish. 2. Baholash tizimini yaratish bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganish. 3. Xorijiy tajribalar asosida zamonaviy baholash tizimini joriy etish. |
2021-yil sentyabr
|
— |
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Xalq ta’limi vazirligi, Davlat test markazi |
|
8. |
Ta’limning barcha bosqichlarida davlat tili o‘qitilishi hamda o‘zbek tili va adabiyotini yanada rivojlantirish borasidagi ilmiy, ilmiy-amaliy izlanishlar ko‘lamini kengaytirish. |
1. Ta’limning barcha bosqichlarida o‘zbek tili o‘rganilishi ko‘lamini yanada kengaytirish, davlat tiliga doir bilimlarni maktabgacha, umumiy o‘rta hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimida bosqichma-bosqich shakllantirib borishga qaratilgan o‘quv dasturlarini ishlab chiqish. 2. Oliy ta’lim tizimida o‘zbek tili ilmiy maktablarining zamonaviy metodlarini o‘rganishni yo‘lga qo‘yish,tilning rivojlanish istiqbollari bilan bog‘liqilmiy muammolarni aniqlash, tadqiq etish, natijalarni ommalashtirish. 3. Umumbashariy madaniy merosga ulkan hissa qo‘shgan o‘zbek mumtoz adabiyoti namoyandalarining ijod namunalarini ilmiy tadqiq etish. |
2021/2022 o‘quv yilidan
|
— |
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy attestatsiya komissiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
9. |
O‘zbek tili o‘quv leksikografiya tarmog‘ini rivojlantirish, yangi avlod o‘quv va atamalar lug‘atlarini yaratish, ularning elektron variantlarini ishga tushirish. |
1. O‘zbek tili o‘quv leksikografiyasi nazariyasini ishlab chiqish, uning ilmiy — lingvistik, lingvodidaktik, lingvopedagogik, psixolingvistik, sotsiolingvistik, pragmalingvistik asoslarini ishlab chiqish. 2. O‘quv va atamalar lug‘atlarining yangi avlodini yaratish bo‘yicha loyihalar tanlovini e’lon qilish va g‘oliblarga grantlar ajratish. 3. O‘zbek tilidagi mavjud lug‘atlar asosida uzluksiz ta’limning barcha turlari uchun quyidagi o‘quv lug‘atlarini yaratish: ko‘p jildli “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ning to‘ldirilgan yangi nashri (kirill va lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida); “O‘zbek tilining imlo lug‘ati” (kirill “O‘zbek tili sinonimlari lug‘ati”; “O‘zbek tili sinonimlarining katta izohli lug‘ati”; “O‘zbek tili frazeologizmlarining katta izohli lug‘ati”; “O‘zbek tili omonimlari lug‘ati”. O‘zbek tiliga xorijiy tillardan o‘zlashtirilgan so‘zlar lug‘atini tuzish, uni davriy yangilab, to‘ldirib borish bu borada filolog, folklorshunos, tarixchilar, yozuvchi va shoirlar, aniq va gumanitar yo‘nalishlarda faoliyat olib borayotgan olimlardan iborat ishchi guruhlarini shakllantirish. Quyidagi lug‘atlarni yaratish va nashr etish: “Xalqaro atama elementlarning izohli-illyustrativ lug‘ati”; “Ijtimoiy-siyosiy atamalarning izohli lug‘ati”; “Axborot texnologiyalari atamalarining izohli lug‘ati”; “Tarix atamalarining izohli lug‘ati”; “Yuridik atamalarning izohli lug‘ati”; “Kimyo atamalarining izohli lug‘ati”; “Kon-metallurg�ya sohasi atamalarining izohli lug‘ati”. |
2022-yil dekabr
2020 — 2022-yillar 2020 — 2022-yillar
2020-yil
2021-yil
2021-yil
2021-yil
2022-yil 2022-yil
2020 — 2022-yillar 2020-yil 2020-yil
|
15 000 (O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan) |
Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar ag?ntligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, |
|
10. |
O‘zbek tilining o‘ziga xos xususiyatlari to‘la hisobga olingan imlo va punktuatsiya qoidalari aks ettirilgan “O‘zbek tili me’yorlari” ilmiy-ommabop o‘quv qo‘llanmasini nashrga tayyorlash. |
1. Mualliflar guruhini shakllantirish. 2. Qo‘llanma mundarijasini tuzish. 3. Mualliflar vazifalarini belgilash. 4. Qo‘llanmaning qo‘lyozma nusxasini tayyorlash. 5. Qo‘llanmani nashr etish. |
2021-yil mart
|
200 (O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan) |
Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi |
|
11. |
Davlat oliy ta’lim muassasalarining ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan yo‘nalishlarida “O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi” fanini o‘qitish tizimini yo‘lga qo‘yish. |
1. Tegishli ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejalariga “O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi” fanini kiritish. 2. O‘quv fani dasturini o‘qitishning samarali metodikalariga asoslangan holda yaratish. 3. Dasturni ixtisosliklar mazmuniga moslashtirish. 4. Fanning o‘quv-uslubiy materiallarini yaratish va ta’lim jarayoniga joriy etish. |
2020-yil oktyabr
2021-yil yanvar |
— |
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
12. |
O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitishning zamonaviy metodikasini yaratish. |
1. O‘zbek tili va adabiyoti fanini o‘qitish metodikasini qayta ko‘rib chiqish. 2. Davlat tilini o‘qitish bo‘yicha xorijiy tajribalarni o‘rganish va tahlil qilish. 3. Xorijiy tajribalar asosida o‘zbek tili va adabiyoti fanini o‘qitishning zamonaviy metodikasini ishlab chiqish. |
2020-yil noyabr
2021-yil iyul |
500 (O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan) |
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi |
|
13. |
Birlamchi moddiy va yozma manbalar asosida o‘zbek tilining ko‘p ming yillik tarixiy rivojlanishini yoritib beruvchi ilmiy monografiyani nashrga tayyorlash. |
1. Mualliflar guruhini shakllantirish. 2. Qo‘llanma mundarijasini tuzish. 3. Mualliflar vazifalarini belgilash. 4. Qo‘llanmani nashrga tayyorlash va chop etish. |
2021-yil mart
|
1 600 (O‘zbek t�lini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan) |
Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi |
|
III. Davlat tilining sofligini saqlash, uni boyitib borish va aholining nutq madaniyatini oshirish | |||||
|
14. |
O‘zbekiston teleradiokanallarining ko‘rsatuv va eshittirishlari, ommaviy kino, konsert dasturlari, ommaviy axborot vositalarining audiovizual asarlarida suxandon — boshlovchilar va barcha qatnashchilarning o‘zbek adabiy tilida so‘zlashini ta’minlash. |
1. Ommaviy axborot vositalarida o‘zbek tilining adabiy me’yorlarini, yoshlar odob-axloqiga salbiy ta’sir qiladigan ko‘rsatuvlarni nazorat qiluvchi badiiy kengashlarning namunaviy nizomini ishlab chiqish. 2. Namunaviy nizomni manfaatdor vazirlik va idoralar bilan belgilangan tartibda tasdiqlash. 3. Badiiy kengashlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish. |
2021-yil yanvar
|
— |
Milliy teleradiokompaniya, Milliy axborot agentligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Madaniyat vazirligi, EOAVMA, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
15. |
Ko‘p jildli “O‘zbekiston milliy qomusi”ni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida nashrga tayyorlash va chop etish. |
1. Ishchi guruhi tuzish. 2. “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”ni qayta ko‘rib chiqish. 3. To‘plamni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida nashrga tayyorlash va chop etish. |
2021-yil mart 2021-yil dekabr 2022-yildan boshlab |
12 000 (O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan) |
Fanlar akademiyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
16. |
Jadid namoyandalarining boy ma’naviy merosi, hayoti va faoliyatini o‘rganishga oid ilmiy izlanishlarni rag‘batlantirish. |
1. Tegishli mavzularga doir loyihalar bo‘yicha tanlov e’lon qilish. 2. Tanlov natijalariga ko‘ra loyihalarni moliyalashtirish. 3. Dissertatsiyalar tayyorlash. |
2020-2021-yillar
|
500 (O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan) |
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, “O‘zarxiv” agentligi |
|
17. |
Yoshlar o‘rtasida nutq madaniyatini oshirishga qaratilgan tanlovlar o‘tkazish, jumladan, “Zulfiyaxonim qizlari”, “Mard o‘g‘lonlar” tanlovlari nomzodlariga davlat tilini bilishi shartini kiritish. |
1. Tanlovlarning muntazam o‘tkazilishini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. 2. Loyihani manfaatdor vazirlik va idoralar bilan belgilangan tartibda tasdiqlash. 3. Tanlovlarni yoshlar o‘rtasida ommalashtirish va o‘tkazish, ommaviy axborot vositalarida keng targ‘ib qilish. |
2021-yil aprel
|
Alohida smetalar asosida ajratiladigan mablag‘lar hisobidan |
Yoshlar ishlari agentligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Milliy teleradiokompaniya |
|
18. |
Savdo, ishlab chiqarish, maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlariga o‘zbekcha nom qo‘yishning normativ-huquqiy asosini shakllantirish. |
1. Kompaniya, firma, brend hamda ishlab chiqarish, savdo obyektlari, mahsulotlarga nom qo‘yish (neyming) xizmatini tashkil qilish bo‘?icha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish. 2. Qaror loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish. 3. Qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2020-yil noyabr
|
— |
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
IV. Davlat tilining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalariga faol integratsiyalashuvini ta’minlash | |||||
|
19. |
O‘zbek tiliga oid barcha ilmiy, nazariy va amaliy ma’lumotlarni o‘zida jamlagan elektron ko‘rinishdagi o‘zbek tili milliy korpusni yaratish. |
1. Milliy korpusni yaratish bo‘yicha ishchi guruhini shakllantirish.
|
2020-yil dekabr
|
1000 (O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan) |
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Xalq ta’limi vazirligi |
|
20. |
O‘zbek tilini Internet tarmog‘ida ommalashtirish, unda munosib o‘rin egallashini ta’minlash, dasturiy mahsulotlarning o‘zbekcha ilovalarini yaratish, o‘zbek tilini o‘rgatuvchi kompyuter dasturlarini keng miqyosda amaliyotga tatbiq qilish. |
1. Tilshunos hamda axborot texnologiyalari mutaxassislaridan iborat ishchi guruhi shakllantirish. 2. Til o‘qitish bo‘yicha dasturiy mahsulotlar yaratish. 3. “Maktabgacha ta’limda ona tili”, “Boshlang‘ich ta’limda ona tili”, “Ommabop ona tili”, “Umumiy o‘rta ta’limda ona tili” kabi elektron o‘quv dasturlarini yaratish. 4. Bolalar va o‘smirlar uchun kompyuter o‘yinlari asosida o‘zbek tilining elektron o‘quv dasturlarini ishlab chiqish. 5. Turli xil kompyuter o‘yinlari va “Qiziqarli grammatika” orqali o‘zbek tilining elektron o‘quv dasturlarini yaratish. 6. Davlat tilini o‘rgatish bo‘yicha audio, video darslar hamda mobil ilovalar tayyorlash. 7. Dastur va mobil ilovalarni Internet jahon tarmog‘iga joylashtirish. |
2020 — 2022-yillar |
Alohida smetalar asosida ajratiladigan mablag‘lar hisobidan |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, “UNICON.UZ” DUK |
|
21. |
O‘zbek tilidagi matnlar tahririga mo‘ljallangan kompyuter dasturlarini yaratish. |
1. Tilshunos hamda axborot texnologiyalari sohasi vakillari hamkorligida ishchi guruhini shakllantirish. 2. O‘zbek tilidagi matnlar tahririga mo‘ljallangan kompyuter dasturiy mahsulotlarni yaratish. |
2022-yil yanvar
|
1 000 (O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan) |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, “UNICON.UZ” DUK |
|
22. |
O‘zbek tilidan jahonning yetakchi xorijiy tillariga |
1. Filolog va dasturchi-matematiklardan iborat ilmiy, ijodiy-texnik guruhni shakllantirish. 2. Har bir xorijiy til va o‘zbek tili tarjimasi bilan shug‘ullanuvchi kichik ijodiy guruhlar tashkil qilish. |
2020-yil dekabr
|
9 000 (O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi �ablag‘lari hisobidan) |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi |
|
23. |
Davlat tilida yaratilgan dasturiy ta’minotlarni yagona sertifikatlash va standartlashtirish xizmatini joriy etish. |
1. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimida davlat tilida yaratilgan dasturiy ta’minotlarning sifati va mazmunini ko‘rib chiqib, muvofiqlik sertifikati beradigan alohida xizmat tashkil etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish. 2. Tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish. 3. Qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2021-yil iyun
|
— |
Axborot texnologiyalari va ommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, “UNICON.UZ” DUK |
|
24. |
Yetakchi xorijiy ijtimoiy tarmoqlar interfeyslarining tillari tarkibiga o‘zbek tilini qo‘shish masalasini o‘rganish. |
1. Yetakchi xorijiy ijtimoiy tarmoqlar ma’muriyatlari bilan muzokaralar olib borish. 2. Muzokaralar natijasi bo‘yicha tahliliy ma’lumotnoma tayyorlash. 3. Tahliliy ma’lumotnomani Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun kiritish. |
2020-yil dekabr
|
— |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
V. Davlat tilining xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzini oshirish, bu borada xorijiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish | |||||
|
25. |
O‘zbek tilini xorijiy mamlakatlarda keng targ‘ib qilish, uni o‘rganish istagida bo‘lgan chet ellik fuqarolarga ko‘maklashishga mo‘ljallangan o‘zbek tilini o‘rgatuvchi onlayn platforma tashkil qilish, uning axborot bazasini shakllantirish va muntazam boyitib borish. |
1. Ishchi guruhi tashkil qilish. 2. Ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va shu asosda o‘zbek tilini chet ellarda keng targ‘ib qilish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish. 3. O‘zbek tilini o‘rgatuvchi onlayn platforma ishlab chiqish. 4. Onlayn platformaning faoliyatini yo‘lga qo‘yish. 5. Onlayn platformani muntazam ravishda takomillashtirib borish. |
2020-yil oktyabr 2020-yil noyabr 2020-yil dekabr
2022-yildan boshlab |
1 000 (O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan) |
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish azirligi, Respublika Ma’naviyat |
|
26. |
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarning madaniy va til o‘zligini saqlab qolish, ularning o‘zbek madaniy an’ana va qadriyatlari ruhida tarbiya topishlariga ko‘maklashish. |
1. Xorijda yashayotgan vatandoshlar haqida sayt yaratish. 2. Saytga zarur materiallarni muntazam joylashtirib borish. 3. Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar uchun “O‘zbek tili”, “Lisoniy madaniyatshunoslik”, “O‘zbek milliy qadriyatlari”, “O‘zbek tilini o‘rganamiz” kabi ommabop risolalar yaratish. |
2020-yil noyabr
|
— |
Tashqi ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Madaniyat vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
27. |
Xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tili markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish. |
1. O‘zbek tili markazlarini ochish imkoniyatiga ega bo‘lgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarining ro‘yxatini shakllantirish. 2. O‘zbek tili markazlarida o‘zbek tilini o‘rgatuvchi kurslar faoliyatini yo‘lga qo‘yish. |
2020-yil oktyabr
|
— |
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi |
|
28. |
Xorijda faoliyat ko‘rsatayotgan o‘zbek tili o‘qituvchilari bilan muntazam aloqa o‘rnatish va o‘zaro tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish. |
1. Xorijiy universitetlardagi o‘zbek tili o‘qituvchilari ro‘yxatini tuzish va ular bilan muntazam aloqa o‘rnatish. 2. Masofaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda xorijiy universitetlardagi o‘zbek tili o‘qituvchilari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etish va metodik yordam ko‘rsatish. |
2020-yil dekabr
|
— |
Tashqi ishlar vazirligi, “El-yurt umidi” jamg‘armasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi |
|
29. |
Xorijiy oliy ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘zbek tili kurslarini zarur ilmiy, o‘quv-uslubiy adabiyotlar bilan ta’minlash tizimini joriy etish. |
1. O‘zbek tili kurslari faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy universitetlar bilan hamkorlik qilish, ularni zarur ilmiy, o‘quv-metodik adabiyotlar bilan ta’minlash. 2. O‘zbek tili kurslari o‘qituvchilari uchun zarur bo‘ladigan adabiyotlar ro‘yxatini shakllantirish tizimini yo‘lga qo‘yish. |
2020 — 2022-yillar |
— |
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, |
|
30. |
Xorijiy o‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib borayotgan olimlar, tadqiqotchilar, tarjimonlar bilan muntazam aloqa o‘rnatish, ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. |
1. Xorijiy mamlakatlarda o‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib borayotgan olimlar bilan ilmiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish. 2. Ularning ilmiy tadqiqotlari xulosa va natijalarini O‘zbekiston ilmiy jamoatchiligiga ma’lum qilish. 3. Xorijiy mamlakatlarda o‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib borayotgan olimlar, tadqiqotchilar bilan suhbatlar, teleko‘rsatuvlar, ilmiy seminarlar tashkil etish. |
2020 — 2022-yillar |
— |
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, |
|
31. |
Mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari huzurida “O‘zbek tilining do‘stlari” klublarini ko‘paytirish. |
1. “O‘zbek tilining do‘stlari” klublarining nizomini ishlab chiqish. 2. Barcha diplomatik vakolatxonalarda “O‘zbek tilining do‘stlari” klublarining sonini ko‘paytirish. 3. “O‘zbek tilining do‘stlari” klublari uchun metodik qo‘llanmalar, o‘zbek tilini o‘rgatish bo‘yicha darsliklar yaratish. |
2020-yil oktyabr
|
— |
Tashqi ishlar vazirligi,Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi |
|
32. |
Fan va ta’limdagi hamkorlikni kuchaytirish orqali chet ellik yoshlarning o‘zbek tiliga bo‘lgan qiziqishini oshirish. |
1. O‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha ta’limning turli bosqichlarida Xalqaro fan olimpiadalarini o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish. 2. Xorijlik yoshlarning o‘zbek tiliga bo‘lgan qiziqishini oshirishga hissa qo‘shgan vatandoshlarimizni davlat mukofotlari bilan taqdirlash bo‘yicha takliflar tayyorlash. |
2022-yil mart
|
— |
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
33. |
Xorijda o‘zbek tilining xalqaro nufuzi, jozibadorligi va imkoniyatlari haqida ilmiy anjumanlar, davra suhbatlari, muloqot va suhbatlar tashkil etish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish. |
1. Xorijlik mutaxassislar, tarjimonlar, o‘zbek tili va adabiyoti ixlosmandlari bilan suhbatlar tashkil etish. 2. Xorijlik mutaxassislar, tarjimonlar, o‘zbek tili va adabiyoti ixlosmandlarining O‘zbekistondagi OAVlarda muntazam ravishda chiqishlarini tashkil qilish. |
2020 — 2022-yillar |
— |
Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, |
|
34. |
Turkiy tilli davlatlar bilan hamkorlik jarayonlarini rivojlantirish maqsadida o‘zbek tilining qardosh tillar bilan tarjima lug‘atlarini hamda ularning mobil ilovalarini yaratish. |
1. Ishchi guruhini shakllantirish. 2. Lug‘atlarni va ularning mobil ilovalarini tayyorlash bo‘yicha grant loyihalarini shakllantirish. 3. Ishlanmalarni Internet tarmog‘ida targ‘ibot qilish. |
2020-yil oktyabr
2021-2022-yillar |
1 500 (O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan) |
Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi |
|
VI. Mamlakatimizda istiqomat qiladigan barcha millat va elatlar tillarini rivojlantirish maqsadida keng va teng imkoniyatlar hamda ularga davlat tilini o‘rganish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish | |||||
|
35. |
Boshqa millat vakillariga davlat tilini o‘rgatuvchi o‘quv-metodik qo‘llanmalar, ko‘rgazmali materiallar yaratish. |
1. O‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, ko‘rgazmali materiallar yaratish bo‘yicha sohaning tajribali mutaxassislaridan iborat ishchi guruhi tuzish. 2. Xorijiy tajribalarni o‘rganish. 3. Davlat tilini o‘qitish metodikasi asosida o‘quv-uslubiy qo‘llanma, ko‘rgazmali materiallar yaratish. |
2020-yil oktyabr
|
500 (O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan) |
Fanlar akademiyasi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy |
|
36. |
Ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan ta’lim muassasalarining o‘quvchilari uchun davlat teleradiokanallarida onatilini va boshqa fanlarni o‘rganishga bag‘ishlangan ko‘rsatuv, eshittirishlar tashkil qilish. |
1. “Tilga e’tibor”, “Ona tilida so‘zlashamiz”, “Notiqlik mahorati”, “Til – millat ko‘zgusi”, “Kitob bilim manbai”, “Bilimli yoshlar – kelajak bunyodkori” kabi turkum ko‘rsatuv va eshittirishlar tashkil qilish. 2. Ta’limning barcha bo‘g‘inlarida o‘zbek tilini o‘rgatish bo‘limlari, metodik birlashmalar va kafedralar faoliyatini muntazam yoritib borish. |
2021-yil yanvardan boshlab muntazam
|
— |
Milliy teleradiokompaniya, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi |
|
37. |
Fuqarolarning ona tilida ta’lim olish imkoniyatini ta’minlash darajasini oshirish. |
1. Ishchi guruhi tuzish.
|
2020-yil oktyabr
2020-yil dekabr |
— |
Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
38. |
Ommaviy axborot vositalari va davriy nashrlarda davlat tilini o‘rganishga bag‘ishlangan turkum dastur va ruknlar tashkil qilish. |
1. Turkum ko‘rsatuv, eshittirish va maqolalar tashkil qilish.
|
2021-yil yanvar
|
— |
Milliy teleradiokompaniya, Milliy axborot agentligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
39. |
Audiovizual asarlar, badiiy filmlar, adabiyotlarni davlat tilidan boshqa tillarga tarjima qilish ishlarini keng yo‘lga qo‘yish. |
1. Har bir yo‘nalish bo‘yicha tarjima rejasini shakllantirish. 2. Tarjimonlar guruhini shakllantirish. 3. Tarjima ishlarini amalga oshirish. 4. Tarjimalarni ommalashtirish. |
2022-yil yanvar 2022-yil mart 2022-yil aprel 2022-yildan boshlab |
Alohida smetalar asosida ajratiladigan mablag‘lar hisobidan |
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Milliy teleradiokompaniya, |
|
40. |
Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘zbek va qoraqalpoq tillariningdavlat tili sifatida muomalada bo‘lishiga teng shart-sharoitlar yaratish. |
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasida davlat tili bilan bir qatorda, qoraqalpoq tilining rasmiy muomala sifatidagi o‘rniga alohida e’tibor qaratish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida ikki tilning teng muomalada bo‘lishini ta’minlash. |
2021-yil yanvar
|
— |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Adliya vazirligi |
3-ILOVA
|
Yo‘nalish |
O‘lchov birligi |
2020-y. |
2023-y.* |
2025-y.* |
2027-y.* |
2030-y.* |
Ijro uchun mas’ullar | |
|
Ta’lim tashkilotlarida davlat tilini o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish, uning ilm-fa� tili sifatidagi nufuzini oshirish | ||||||||
|
1. |
Davlat maktabgacha ta’lim tizimida o‘zbek tilli guruhlar qamrovini kengaytirish |
foiz |
68 |
70 |
72 |
75 |
80 |
Maktabgacha ta’lim vazirligi |
|
2. |
Umumta’lim maktablarida o‘quv yillari uchun tayanch o‘quv rejalarida o‘zbek tili fanini o‘qitish ko‘lamini oshirish |
hafta/soat |
84 |
90 |
94 |
106 |
110 |
Xalq ta’limi vazirligi |
|
Shundan, ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan maktablarda |
hafta/soat |
57 |
60 |
62 |
62 |
62 | ||
|
Ta’lim boshqa tilda olib boriladigan maktablarda |
27 |
30 |
32 |
44 |
48 | |||
|
3. |
Oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tili kafedralarini tashkil etish |
ta |
58 |
114 |
120 |
130 |
140 |
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi |
|
4. |
O‘zbek tilini rivojlantirish yo‘nalishidagi ilmiy — tadqiqot izlanishlar miqdorini ko‘paytirish** |
ta |
81 |
96 |
110 |
133 |
163 |
Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi |
|
5. |
Dialektologiya tadqiqotlarini kengaytirish |
ta |
2 |
10 |
20 |
22 |
25 | |
|
6. |
Boshqa millat vakillariga davlat tilini o‘rgatuvchi o‘quv-metodik qo‘llanmalar turini ko‘paytirish |
nomda |
9 |
17 |
25 |
32 |
40 | |
|
7. |
Jadid namoyandalarining boy ma’naviy merosi, hayoti va faoliyatini o‘rganishga oid ilmiy izlanishlar sonini oshirish |
ta |
7 |
11 |
15 |
19 |
23 | |
|
Davlat tilining sofligini saqlash, uni boyitib borish va aholining nutq madaniyatini oshirish | ||||||||
|
8. |
O‘zbek adabiy tilining yozma nutq me’yori va qoidalarini o‘rganish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida qisqa muddatli o‘quv kurslari sonini bosqichma-bosqich oshirib borish** |
ta |
12 |
14 |
16 |
18 |
20 |
Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi |
|
9. |
Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida “O‘zbekiston milliy qomusi” jildlarini nashr etish |
jild |
— |
3 |
7 |
12 |
— | |
|
10. |
O‘zbek tilining lug‘at boyligini oshiruvchi lingvistik, sohaviy-terminologik, izohli lug‘atlar yaratish |
ta |
15 |
37 |
56 |
68 |
87 | |
|
Shundan, lingvistik lug‘atlar |
nomda |
2 |
14 |
22 |
27 |
34 | ||
|
sohaviy-terminologik lug‘atlar |
nomda |
6 |
11 |
14 |
17 |
21 | ||
|
izohli lug‘atlar |
nomda |
1 |
3 |
4 |
4 |
7 | ||
|
qardosh tillar bilan tarjima lug‘atlar |
nomda |
3 |
5 |
9 |
11 |
15 | ||
|
yangi avlod o‘quv leksikografiya lug‘atlari |
nomda |
3 |
4 |
7 |
9 |
10 | ||
|
11. |
Teleradiokanallar suxandon-boshlovchilarining o‘zbek adabiy tilidagi nutq madaniyati oshiruvchi qayta tayyorlov kurslarida o‘qitish tizimini joriy etish va qamrovini oshirib borish |
foiz |
10 |
30 |
60 |
90 |
100 |
Milliy teleradiokompaniya, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi |
|
Davlat tilining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalariga faol integratsiyalashuvini ta’minlash | ||||||||
|
12. |
Davlat tilida sohaviy ish yuritish hujjatlarining yagona elektron namunalarini ishlab chiqish va ulardan foydal�nish uchun onlayn dasturlar ishlab chiqish |
ta |
6 |
10 |
14 |
20 |
25 |
Axborot texnologiyalari va ommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi |
|
13. |
Dasturiy mahsulotlarning o‘zbekcha ilovalarini yaratish |
ta |
2 |
6 |
14 |
18 |
25 | |
|
14. |
O‘zbek tilidagi matnlar tahririga mo‘ljallangan dasturlar yaratish |
ta |
1 |
3 |
5 |
8 |
10 | |
|
15. |
Elektron lug‘at dasturlarini yaratish |
ta |
6 |
8 |
14 |
18 |
20 | |
|
16. |
Xorijliklar uchun o‘zbek tilini o‘rgatuvchi dasturlar yaratish |
ta |
2 |
20 |
39 |
54 |
60 | |
|
Davlat tilining xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzini oshirish, bu borada xorijiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish | ||||||||
|
17. |
Xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tilini o‘rgatuvchi markazlar sonini ko‘paytirish |
ta |
17 |
25 |
34 |
42 |
60 |
Tashqi ishlar vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi |
|
18. |
“O‘zbek tilining do‘stlari” klublari sonini ko‘paytirish |
ta |
15 |
22 |
30 |
34 |
40 | |
|
19. |
Xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tili kurslarini zarur ilmiy, o‘quv-uslubiy, badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash |
nomda |
250 |
300 |
350 |
400 |
450 | |
|
20. |
O‘zbek tili o‘rgatishga doir xorijiy oliy ta’lim muassasalaridagi ilmiy tadqiqotlar miqdorini oshirish |
ta |
14 |
40 |
70 |
100 |
150 | |