LexUZ sharhi
Mazkur Namunaviy talabnoma O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2017-yil 25-yanvardagi 78-sonli “Dorixona muassasalarida giyohvand va zaharli moddalar saqlagan dori vositalarini saqlash, qo‘riqlash va yong‘indan xabar beruvchi texnika vositalari bilan jihozlashga doir namunaviy talabnomani o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 690-1, 03.02.2017-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 15-dekabr № 607–71-sonli “Xalq xo‘jaligida belgilangan muassasalar nizomini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi narkotik moddalarni nazorat qilish Davlat komissiyasining 1998-yil 25-avgustdagi 02–4–39-sonli topshirig‘iga binoan, giyohvand va zaharli moddalar saqlagan dori vositalarini ishonchli saqlanishini ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi davolash muassasalarining dorixonalarida, hamda O‘zbekiston Respublikasi “Dori-Darmon” davlat-aksionerlik uyushma tizimidagi dorixonalari va dorixona omborxonalarida saqlash quyidagi talablar asosida olib borilishi zarur:
1. Giyohvand va zaharli moddalar saqlagan dori vositalarini saqlash xonalari uchun mustahkam, mahkamlangan tashqi devor, shift va pol bo‘lishi lozim. Devorlarning qalinligi gipsbetondan bo‘lsa 80 mm, agar g‘ishtli devor bo‘lsa 120 mm va devorning ustidan temir panjara bilan qoplangan bo‘lishi kerak. Imorat eski yoki devorlari yog‘ochdan bo‘lsa devorning ustidan qoplangan temir panjaralar kuchaytirilishi talab etiladi.
2. Giyohvand va zaharli moddalar saqlagan dori vositalarini saqlanadigan xonaga kirish uchun ikkita mustahkam eshik o‘rnatilgan, birinchisini qalinligi 40 mm bo‘lib, ustki va ichki tomonlari temir tunuka bilan qoplanadi, tunukaning choklari ichkariga qayrilgan bo‘lishi lozim, ikkinchi eshik esa temir panjarali bo‘lishi kerak. Eshik kesakilari qalinligi 5 mm bo‘lgan 30x40 mm temir ugolnikli bo‘lishi va devorga qalinligi 10—12 mm, uzunligi bo‘lgan 120—150 mm temir armatura bilan mahkamlanishi kerak.
3. Giyohvand va zaharli moddalar saqlagan dori vositalar saqlanadigan xona derazalarining ichki tomonidan temir panjara bilan qoplanishi, devorga qalinligi 15 mm, uzunligi 80 mm temir armatura bilan mahkamlanishi kerak. Panjaradagi temir armaturalarni kesishgan joyi bir-biriga payvandlangan va ularning orasidagi tuynuk 150x150 mm bo‘lishi kerak.
4. Giyohvand va zaharli moddalarni saqlagan dori vositalar saqlanadigan xonalar birlamchi o‘t o‘chirish vositalari bilan (moddalarning fizik va kimyoviy xossalarini hisobga olgan holda ) jihozlangan va ikki yoki uch bosqichli qo‘riqlash vositalari bilan ta’minlanishi zarur hamda har bir qo‘riqlash vositalari alohida raqamli markaziy pultga ulanishi kerak.
I-chi qo‘riqlash bosqichiga –– eshik, deraza, issiqlik o‘tkazgichlar, yupqa devor ajratkichlar, havo almashtirish tuynuklari va boshqa tashqaridan kirish manbalari kiradi. Xabar berish vositalariga “SMK-1, -2,-3”, “Signal 37m”, “OTS-14, -32, -M”, “NUR-1,-2”, “Prima”, “Topol” datchiklarini o‘rnatish mumkin.
Qo‘riqlash yong‘indan saqlash anjomlari sifatida ultratovush optik elektron, radio-to‘lqinli va boshqalar, ya’ni xona ichida harakatlanayotgan tartibbuzarlarni aniqlaydigan: Sado, Sezgir, MN-10, MNS, SRP-600, OSCAR, IR-86, DTXJ-413, FOTON moslamalari ishlatilishi talab etiladi.
III chi to‘siq bilan giyohvand vositalar saqlanadigan seyflar, temir sandiqlar va qutilar himoyalanadi. Ularning himoyasi uchun “Baryer”, “RIF”, “SPEKTR” kabi vositalar qo‘llaniladi. Ko‘p to‘siqli qo‘riqlash vositalarining biron bir to‘siqda elektr toki bo‘lmaganda ham himoyani ta’minlaydigan “SIGNAL-37m” kabi vositalar qo‘llaniladi va alohida markaziy pultlardagi telefonga ulanadi.
Elektr toki bo‘lmaganda ham himoyani ta’minlaydigan “SIGNAL––37m” batareyali qo‘riqlash vositalar, “Atlas––3” kabi xabargohlar bilan birga foydalanish maqsadga muvofiq emas.
Xonalarning xavfdan ogohlantirish vositalari ulanmagan yerlari, yerto‘la va boshqa xonalarga o‘tiladigan ichki eshiklar xabargoh tutqichlar bilan himoyalanadi. Bu xabargoh –– tutqichlar ikkinchi yoki uchinchi himoya to‘siqlariga ulanadi.
Seyflar va temir sandiqlarni himoya blokirovka qilish uchun oddiy SMK datchiklarini ishlatish faqat hajmli yoki optik-elektron moslamalar bilan ruxsat etiladi.
Qo‘riqlanadigan binoda ikkita telefon liniyasi bo‘lsa ikkinchi va uchinchi to‘siqlar markazlashgan himoya pultining alohida yo‘nalishlariga ulanadi. Birinchi to‘siq esa “Atlas-3”, “Atlas-6” apparatlari orqali ulanadi. Qo‘riqlanadigan binoda bitta telefon liniyasi bo‘lsa, ikkinchi va uchinchi to‘siqlar bir birlari bilan ketma-ket birlashtiriladi va markaziy qo‘riqlash pultiga ulanadi.
Birinchi to‘siq esa “Atlas-3”, “Atlas-6” apparatlari orqali ulanadi. Telefon liniyalari yetarli bo‘lmaganda, qo‘shni tashkilotlardagi, fuqarolar uylardagi yoki binoga yaqin joylashgan taksofonlardan foydalanish tavsiya qilinadi.
Omborxonalarda “kichik markazlashtirish” usulidan foydalanishga ruxsat beriladi. Bunda binolarning nazorat –– o‘tkazuv punktlarida kichik hajmi ( Rubin, Topaz, Anxor va Alanga ) konsetratorlari o‘rnatiladi va markaziy nazorat pultiga ulanadi.
Omborxona devorlari bo‘ylab Vektor-2, -3, Rubej-3 kabi xavfdan ogohlantiruvchi himoya vositalari o‘rnatilib binolarning nazorat o‘tkazuv punktlaridagi alohida nazorat apparatlariga yoki konsentratorlarga ulanadi.
Doimo ishchilar bo‘ladigan navbatchi dorixonalarda faqat giyohvand dori vositalari saqlanadigan xonalarga qo‘riqlash moslamalari o‘rnatiladi va o‘rnatilgan tartib asosida markazlashtirilgan qo‘riqlash pultiga ulanadi, bosqinchilik ro‘y bergan holda o‘z vaqtida chora ko‘rish uchun binoga tovush ogoh vositasi o‘rnatiladi.
5. Giyohvand va zaharli dori moddalar saqlagan dori vositalari saqlanayotgan omborlar, dorixona muassasalaridagi yong‘indan saqlash moslamalari SNiP ning 2.04.09 –– 84 “Bino va inshootlarni yong‘indan saqlash avtomatikasi” talablariga javob berishi hamda kun davomida uzluksiz ishlashini ta’minlashi kerak. Yong‘in xabarchilari IP-105 41, DiP-3, -5, -10 tipidagi alohida va mustaqil qabul qilish nazorat asboblarga biriktiriladi hamda markaziy pultga ulangan yorug‘lik va ovozli qo‘riqlash vositalariga ulanadi.
6. Giyohvand va zaharli moddalar saqlagan dori vositalarini qo‘riqlash –– yong‘indan xabar berish texnika vositalari bilan jihozlashga doir ishlar: qo‘riqlash, yong‘indan xabar berish vositalarini o‘rnatish loyihalarini tuzish, sozlash, jihozlash ishlarini bajarish O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi “Qo‘riqlash” birlashmasi va Yong‘indan saqlash boshqarmalaridan ushbu ishlarni amalga oshirishga ruxsat beruvchi litsenziyasini olgan montaj tashkilotlari kuchi bilan amalga oshiriladi.
7. Giyohvand va zaharli moddalar saqlash dori vositalarini saqlash xonalarini qo‘riqlash uchun qabul qilish quyidagi shart-sharoitlar yaratilganda amalga oshiriladi:
a) Texnik mustahkamligini namunaviy va o‘t o‘chirish vositalari talablari amalga oshirilganda: Ushbu namunaviy talabnomaning 1––4-bandlari;
Agar, giyohvand va zaharli moddalari bor dori-darmonlar saqlanadigan dorixonalarni markazlashtirilgan qo‘riqlash pulti bilan qo‘riqlashning imkoni bo‘lmagan taqdirda –– dorixonada telefon tarmog‘i bo‘lmaganda, yoki u markazlashtirilgan qo‘riqlash pultidan uzoqda joylashgan bo‘lsa, ularni qo‘riqlash qo‘riqlashning boshqa turlari bilan amalga oshiriladi.