24.01.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2634-9
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 24-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2634-9]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1107-son “Budjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014-yil 14-noyabrdagi 74-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2634, 2014-yil 15-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 51-son, 612-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir D. KUCHKAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 12-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
318-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 12-yanvardagi 318-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Muqaddimadan “vaqtinchalik xarajatlar smetalarini,” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 11-bandning toʻrtinchi xatboshisi va 4-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 5-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“barcha tashkilotlar (mavsumiy yoki moliya yili mobaynida yangidan tuzilayotgan tashkilotlardan tashqari) boʻyicha — mazkur smetalar tuzilayotgan joriy moliya yilining 1-dekabrida amalda boʻlgan shartlarda;”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“7. Xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi, jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasi, shuningdek shtat jadvallari va jamlanma shtat jadvallari soʻmda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi har bir diplomatik vakolatxonasi va konsullik muassasasi hamda vazirlik va idoralarning vakolatxonalari boʻyicha xarajatlar smetalari Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari hamda vazirlik va idoralar vakolatxonalarining Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan yillik jamlanma xarajatlar smetalari asosida xorijiy va milliy valyutada tuziladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 71-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridan hamda 73-banddan “vaqtinchalik xarajatlar smetalari,” va “, jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetalari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 72-bandning yigirmanchi xatboshisidagi “Toshkent shahar hokimliklarining Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari, tumanlar va shaharlar hokimliklarining iqtisodiyot va moliya boʻlimlari” degan soʻzlar “Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari, tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va moliya boʻlimlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. 8-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda vazirlik va idoralarning har bir diplomatik muassasalari va vakolatxonalari boʻyicha xarajatlar smetasi xorijiy va milliy valyutalarda har bir diplomatik muassasa va vakolatxonalar boʻyicha alohida mazkur Nizomning 1a-ilovasiga muvofiq shaklda tuziladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. 9-bandning beshinchi xatboshisidagi “joriy” degan soʻz “kelgusi” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. 20-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, vazirlik va idoralar vakolatxonalarining yillik jamlanma xarajatlar smetasi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda vazirlik va idoralar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda joriy yilning 20-dekabriga qadar Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining hamda vazirlik va idoralar rahbarining ERIsi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturiy majmuaga ulanmagan Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, vazirlik va idoralar vakolatxonalarining xarajatlar smetasi Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri hamda vazirlik va idoralar rahbari tomonidan tasdiqlanadi, tasdiqlangan kuni koʻrsatilgan holda ularning imzolari hamda mazkur smetaning barcha nusxalari tashkilot muhri izini aks ettirish bilan rasmiylashtiriladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. 22-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“22. Xarajatlar smetalarini tasdiqlash joriy moliya yilining 20-dekabridan kechiktirmay amalga oshiriladi. Bunda, budjet mablagʻlarini taqsimlovchi boʻysunuvidagi budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar xarajatlar smetasini budjet mablagʻlarini taqsimlovchi tomonidan belgilangan muddatlarda, biroq joriy moliya yilining 20-dekabridan kechiktirmay tasdiqlaydi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. 24-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“qonunchilik hujjatlariga muvofiq shakllantiriladigan Budjet tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi (tibbiyot muassasalari, barcha tipdagi umumtaʼlim maktablari va oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkilotlari bundan mustasno);”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. 25-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“25. Budjet tashkilotining shtat jadvalini va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatining jamlanma shtat jadvalini tasdiqlash joriy moliya yilining 20-dekabridan kechiktirmay amalga oshiriladi. Budjet mablagʻlarini taqsimlovchi boʻysunuvidagi budjet tashkilotlari shtat jadvallarini budjet mablagʻlarini taqsimlovchi tomonidan belgilangan, biroq joriy moliya yilining 20-dekabridan kechiktirmay tasdiqlaydi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. 3-bob oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. 30-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“budjet tashkilotlariga undiriladigan ota-onalar toʻlovlari hisobidan shakllantiriladigan budjetdan tashqari mablagʻlar, shu jumladan oʻquvchilar va tarbiyalanuvchilar davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida, umumtaʼlim maktablarining kuni uzaytirilgan guruhlarida, maktab-internatlarda, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari va boshqa taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanayotganligi uchun, oʻquvchilar bolalar musiqa va sanʼat maktablari hamda qoʻshimcha taʼlim tashkilotlarida taʼlim olganligi uchun, oliy, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olganlik uchun, statsionar davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotganlar tarkibi ovqatlanishi uchun hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa turdagi toʻlovlar;”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. 35-bandning oltinchi va yettinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Budjet tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondining toʻgʻri tashkil qilinganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumtaʼlim, oʻrta-maxsus, kasbiy taʼlim tashkilotlarining direktor jamgʻarmasining toʻgʻri tashkil qilinganligini;”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. 39-banddagi “moliya yilining 1-apreliga” degan soʻzlar “joriy moliya yilining 25-dekabriga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. 51-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“51. Xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi, shtat jadvallari, shuningdek jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasi va jamlanma shtat jadvallarini roʻyxatdan oʻtkazish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasi va jamlanma shtat jadvallari — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan (bunda boʻysunuvida budjet tashkilotlari hamda budjet mablagʻlari oluvchilari boʻlmagan budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar boʻyicha xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi hamda shtat jadvallari roʻyxatdan oʻtkaziladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari hamda budjet mablagʻlari oluvchilar xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi, shtat jadvallari — Qoraqalpogʻiston Respublikasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahar va tuman budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari, markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari hamda budjet mablagʻlari oluvchilarning (jamlanma) xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi, shtat jadvallari — tegishli tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va moliya boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Qoraqalpogʻiston Respublikasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya boshqarmalari kasbiy taʼlim tashkilotlarining xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini, ular uchun Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini ochib, roʻyxatdan oʻtkazadi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha kasbiy taʼlim tashkilotlarining jamlanma xarajatlar smetasi va jamlanma shtat jadvallarini Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga belgilangan muddatlarda roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etadi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. 52-band “diplomatik muassasalarini” degan soʻzlardan soʻng “hamda vazirlik va idoralar vakolatxonalarini” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. 6-bobning 2-paragrafi nomidan “, vaqtinchalik xarajatlar smetasi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidan “, vaqtinchalik xarajatlar smetasi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilardan “hokimliklarining” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. 70-bandning birinchi xatboshisidagi “oʻn” degan soʻz “uch” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar, Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonasi va konsullik muassasasi hamda vazirlik va idoralarning vakolatxonalari, shuningdek, ikkinchi darajali budjet mablagʻlari taqsimlovchilar boʻyicha birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi tomonidan. Bunda, budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar tomonidan tasarrufidagi tizim tashkilotlariga budjetdan ajratiladigan mablagʻlari doirasida faqat guruhlar boʻyicha oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin;”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilardan “hokimliklarining” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. 83-bandning birinchi xatboshisidagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. 86-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“86. Har yili iqtisodiyot va moliya organlari kelgusi moliya yilining birinchi choragida barcha budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi (daromadlar va xarajatlar smetasi), budjet mablagʻlarini taqsimlovchining va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlarining jamlanma xarajatlar smetasi tuzilishi, tasdiqlanishining toʻgʻriligini va oʻz vaqtida yetkazilishini tekshirishdan oʻtkazishi, hududiy iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan mazkur ishlarning oʻz vaqtida va sifatli olib borilganligini tizimli nazorat qilishi, tekshiruvlarni tashkillashtirishda va oʻtkazishda ularga zarur yordamni koʻrsatishi lozim.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. 1 va 8-ilovalardan “_______ ga bajarildi (haqiqiy xarajat)” ustuni chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. 1a-ilova mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimchaning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. 4, 4a va 14a-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchaga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1a-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“TASDIQLAYMAN”

Budjet mablagʻlarini taqsimlovchi rahbari

_____________________

(imzo)

M.Oʻ.

20 ___ y. “___” __________

________________________________ miqdorida tasdiqlangan

(summa yozuv va raqam bilan)

Jumladan ish haqi _______________________________________

(summa yozuv va raqam bilan)

______ yil uchun xarajatlar

SMETASI

_______________________________________________________

(diplomatik muassasa, konsullik idora, vakolatxona nomi)

Moddalar nomi

Toifa

Modda va kichik modda

Element

___ yil

___ yil

_________________ yil

kiritilgan oʻzgartirishlar bilan tasdiqlangan

tashkilot tomonidan hisoblangan

tasdiqlangan

hammasi

shu jumladan, choraklar boʻyicha

I chorak boʻyicha jami

jumladan, oylar boʻyicha

II chorak boʻyicha jami

jumladan, oylar boʻyicha

III chorak boʻyicha jami

jumladan, oylar boʻyicha

IV chorak boʻyicha jami

jumladan, oylar boʻyicha

yanvar

fevral

mart

aprel

may

iyun

iyul

avgust

sentabr

oktabr

noyabr

dekabr

I guruh xarajatlari — ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar

I guruh xarajatlari boʻyicha jami

II guruh xarajatlari — ish beruvchining ajratmalari

II guruh xarajatlari boʻyicha jami

IV guruh xarajatlari — boshqa xarajatlar

IV guruh xarajatlari boʻyicha jami

Jami:

Xarajatlar qoplanadi:

Konsullik tushumlari hamda qoldiq mablagʻlar hisobidan

Respublika budjeti hisobidan

* Aviachiptalarni sotib olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan xarid kunida belgilangan kurs boʻyicha milliy valyutada ajratiladigan mablagʻlar.

** Mazkur shakl boʻyicha jamlanma xarajatlar smetasi (“Boshqa xarajatlar” boʻyicha IV guruh xarajatlari yoyilmasi ilova qilingan holda) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.

Vazirlik va idora rahbari oʻrinbosari

Vazirlik va idoraning moliya-iqtisod boshqarmasi boshligʻi

_________

_________

(imzo)

(imzo)

Vazirlik va idoraning bosh hisobchisi

_________

(imzo)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Aviachiptalarni sotib olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan xarid kunida belgilangan kurs boʻyicha milliy valyutada ajratiladigan mablagʻlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Mazkur shakl boʻyicha jamlanma xarajatlar smetasi (“Boshqa xarajatlar” boʻyicha IV guruh xarajatlari yoyilmasi ilova qilingan holda) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi..
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarajatlar smetasiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“Boshqa xarajatlar” boʻyicha IV guruh xarajatlari

YOYILMASI

Moddalar nomi

Toifa

Modda va kichik modda

Element

_________________ yil

tasdiqlangan

hammasi

shu jumladan, choraklar boʻyicha

I chorak boʻyicha jami

jumladan, oylar boʻyicha

II chorak boʻyicha jami

jumladan, oylar boʻyicha

III chorak boʻyicha jami

jumladan, oylar boʻyicha

IV chorak boʻyicha jami

jumladan, oylar boʻyicha

yanvar

fevral

mart

aprel

may

iyun

iyul

avgust

sentabr

oktabr

noyabr

dekabr

IV guruh xarajatlari — boshqa xarajatlar

Boshqa xarajatlar — jami jumladan:

....

* Aviachiptalarni sotib olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan xarid kunida belgilangan kurs boʻyicha milliy valyutada ajratiladigan mablagʻlar.

** Mazkur shakl boʻyicha jamlanma xarajatlar smetasi (Boshqa xarajatlar” boʻyicha IV guruh xarajatlari yoyilmasi ilova qilingan holda) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.

Vazirlik va idora rahbari oʻrinbosari

Vazirlik va idoraning moliya-iqtisod boshqarmasi boshligʻi

_________

_________

(imzo)

(imzo)

Vazirlik va idoraning bosh hisobchisi

_________

(imzo)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Aviachiptalarni sotib olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan xarid kunida belgilangan kurs boʻyicha milliy valyutada ajratiladigan mablagʻlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Mazkur shakl boʻyicha jamlanma xarajatlar smetasi (“Boshqa xarajatlar” boʻyicha IV guruh xarajatlari yoyilmasi ilova qilingan holda) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 10/26/2634-9/0074-son)