1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.13.00 Avariyaga qarshi kurash. Yoʻl harakati xavfsizligi. Texnik koʻrik (shuningdek, 16.04.02.00ga qarang);
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi;
2.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasini raqamlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining yoʻl harakati qoidalarini buzish bilan bogʻliq maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish sohasidagi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2024-yil 18-dekabrdagi PQ-449-son qarori hamda “Davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini takomillashtirish hamda sohada byurokratik tartibotlarni tubdan qisqartirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 8-sentabrdagi PF-157-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-dekabrdagi PQ-449-son qaroriga muvofiq, jismoniy va yuridik shaxslarning yoʻl harakati qoidalari buzilishi bilan bogʻliq maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha murojaatlari “yagona darcha”, “eksterritoriallik” va “open space” tamoyillari asosida koʻrib chiqilishi belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Transport vazirligi hamda Adliya vazirligining ishlab chiqarilganiga 50 yil va undan ortiq boʻlgan transport vositalarini hisobdan chiqarish yoki “antikvar” avtomototransport vositasi sifatida qayd etish, shuningdek, umumiy vazni (yuki bilan) 44 tonnadan ortiq boʻlgan yuk avtomobillari hamda konlarda, shaxta va karyerlarda qoʻllaniladigan maxsus transport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgisini joriy etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.11.00 Transport vositalarini Davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.11.00 Transportdagi, yoʻl xoʻjaligi va aloqa sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) jismoniy va yuridik shaxslarning yoʻl harakati qoidalari buzilishi bilan bogʻliq maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan murojaatlari “yagona darcha”, “eksterritoriallik” va “open space” tamoyillari asosida koʻrib chiqilishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati (keyingi oʻrinlarda — YHXX) yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimining (keyingi oʻrinlarda — YAAAT) “Maʼmuriy amaliyot” moduli masʼul vazirlik va idoralarning axborot tizimlariga integratsiya qilinadi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.16.00 Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl harakati qoidalarining buzilishiga doir maʼmuriy ishlar bilan bogʻliq maʼlumotlar YHXX huzuridagi Maʼmuriy amaliyot markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) va hududiy markazlar xodimlari tomonidan YAAATning “Maʼmuriy amaliyot” moduli orqali olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2026-yil 1-fevraldan boshlab:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.01.00 Umumiy qoidalar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.02.00 Yoʻl harakati xavfsizligi. Parvozlar xavfsizligi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy vazni (yuki bilan) 44 tonnadan ortiq boʻlgan yuk avtomobillari hamda konlarda, shaxta va karyerlarda qoʻllaniladigan maxsus transport vositalari, yuridik shaxslarga tegishli yoʻnalishsiz taksilar, shuningdek, “antikvar” avtomototransport vositalari uchun alohida seriyali roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari joriy etiladi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.11.00 Transport vositalarini Davlat roʻyxatidan oʻtkazish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarilganiga 50 yil va undan ortiq boʻlgan transport vositalaridan foydalanish, ularni qayta roʻyxatga olish taqiqlanadi hamda ular davlat roʻyxatidan chiqariladi (“antikvar” avtomototransport vositalari bundan mustasno);
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomada avtomototransport vositasi mulkdorining manzilini koʻrsatish talabi bekor qilinadi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.04.00 Boshqa masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) avtomototransport vositasini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda quyidagi hujjatlarni vakolatli organlardan idoralararo elektron hamkorlik orqali olish yoʻlga qoʻyiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomototransport vositasining oldi-sotdi shartnomasi va boshqa notarial tasdiqlangan bitimlar;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish” AJ tomonidan berilgan auksion bayonnomalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ulushi mavjud korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan avtomototransport vositalariga beriladigan elektron hisob-maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomototransport vositasi mulkdorining maʼlumotlari (jismoniy shaxs F.I.O., yuridik shaxs nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, manzili) oʻzgarganini tasdiqlovchi maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Raqamli texnologiyalar vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, “Oʻzavtosanoat” AJ bilan birgalikda avtomototransport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda talab etiladigan hujjatlarni vakolatli organlardan idoralararo elektron hamkorlik orqali olishni yoʻlga qoʻyish yuzasidan axborot tizimlarini integratsiya qilishni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masʼul vazirlik va idoralar oʻrtasida yoʻl harakati qoidalarining buzilishiga doir maʼmuriy ishlar bilan bogʻliq maʼlumotlar almashinuvi faqat elektron koʻrinishda “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi yordamida YAAATning “Maʼmuriy amaliyot” moduli orqali amalga oshirilishini yoʻlga qoʻysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl harakati qoidalarining buzilishiga doir maʼmuriy ishlar bilan bogʻliq hujjat va maʼlumotlar YAAATning “Maʼmuriy amaliyot” moduli yordamida olinishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan kelishilgan holda YAAATning “Maʼmuriy amaliyot” moduli orqali yoʻl harakati qoidalarini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarlikni tasdiqlovchi audio, video yoki fotodalillarni sudlarga elektron shaklda yuborish, shuningdek, sudlarga maʼmuriy ish hujjatlarini Markaz va hududiy markazlar masʼul xodimlari tomonidan elektron raqamli imzo orqali taqdim etish tartibini joriy etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida jismoniy shaxsning oʻziga tegishli boʻlgan haydovchilik guvohnomasi maʼlumotlarini real vaqt rejimida taqdim etish imkonini yaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosiga Ichki ishlar vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda yoʻl harakati qoidalarining buzilishiga doir maʼmuriy ishlar bilan bogʻliq barcha hujjatlar almashinuvini faqat elektron koʻrinishda amalga oshirish, bunda sudlar tomonidan mazkur ishlarni koʻrib chiqish natijalari ham elektron koʻrinishda YAAATning “Maʼmuriy amaliyot” moduliga yuborilishini taʼminlash tavsiya etilsin.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.09.00.00 Alohida turdagi mahsulotlar, valyuta va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish / 10.09.03.00 Transport vositalarini olib kirish va olib chiqish;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.16.00 Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelayotgan xorijiy avtotransport vositalari, shuningdek, ushbu transport vositalarni boshqarib kelayotgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni real vaqt rejimida YAAATning “Maʼmuriy amaliyot” moduliga yuborilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.18.00 Transport xizmatlari koʻrsatish sohasini litsenziyalash. Haydovchilik guvohnomasi. Haydovchilarga malaka talablari, ularni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.04 Tibbiy koʻrik]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Ichki ishlar vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2026-yil 1-iyundan boshlab, belgilangan shakldagi elektron tibbiy maʼlumotnomalarni, shuningdek, haydovchilarning (haydovchilikka nomzodlarning) sogʻligʻi transport vositasini xavfsiz boshqarishga monelik qilishi toʻgʻrisidagi tibbiy xulosalarni elektron shaklda “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali YAAATga yuborilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.07.00 Unitar korxona / 03.03.07.02 Davlat unitar korxonasi;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati huzuridagi “Uzavtomotobelgi” davlat unitar korxonasi “Uzavtomotoservis” davlat unitar korxonasi etib qayta tashkil etilsin hamda faoliyatining asosiy yoʻnalishlari sifatida quyidagilar belgilansin:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.11.00 Transport vositalarini Davlat roʻyxatidan oʻtkazish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomototransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini ishlab chiqarish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.11.00 Transport vositalarini Davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.18.00 Transport xizmatlari koʻrsatish sohasini litsenziyalash. Haydovchilik guvohnomasi. Haydovchilarga malaka talablari, ularni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda aholini haydovchilik va roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnomalari bilan taʼminlashni tashkil etish, avtomototransport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish (qayta oʻtkazish) jarayonlarida tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirish, bunda servis va boshqa xizmatlarni koʻrsatish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.11.00 Transport vositalarini Davlat roʻyxatidan oʻtkazish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boʻlinmalari hamda davlat xizmatlari markazlari tomonidan aholi va avtomototransport vositalarini haydovchilik va roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnomalar, davlat raqami belgilari bilan taʼminlash faoliyati (asbob-uskunalari)ga servis va boshqa xizmatlarni koʻrsatish.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.07.00 Unitar korxona / 03.03.07.02 Davlat unitar korxonasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda yuqoridagi barcha yoʻnalishlar boʻyicha toʻlovlar miqdorlari (stavkalari) “Uzavtomotoservis” davlat unitar korxonasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda “Uzavtomotoservis” davlat unitar korxonasi tuzilmasi va ustavini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Uzavtomotoservis” davlat unitar korxonasining moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, xodimlari, ishchi va xizmatchilarining mehnatiga haq toʻlash (pul taʼminoti) tartibi va shartlari, shu jumladan, tarif koeffitsiyentlari va ularni oshirish miqdorlarini belgilasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalari, Internet jahon axborot tarmogʻi hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri A.A. Tashpulatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 20-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-yanvardagi 11-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarining 123-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 10-yanvardagi 4-son qarori bilan tasdiqlangan Shaharlar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomning 111-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 2-martdagi 116-son qaroriga 2-ilovaning “Avtomototransport vositasining roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning tavsifi” boʻlimi oʻninchi xatboshisidagi “manzili” soʻzi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ularga roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 31-avgustdagi 683-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-band quyidagi mazmundagi oʻn sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“antikvar” avtomototransport vositalari — ishlab chiqarilganiga 50 yil va undan ortiq boʻlgan, asl holati (tashqi koʻrinishi), tuzilishi va asosiy agregatlari saqlanib qolgan avtomototransport vositalari”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarda koʻrsatilgan transport vositalari tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-band quyidagi mazmundagi oltinchi — sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Auksion savdolari natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma asosida davlat roʻyxatidan oʻtkazilayotgan avtomototransport vositasining Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — YAAAT) “Avtomototransport hisobi” moduli orqali ilgari roʻyxatdan oʻtkazilganligi (yoki oʻtkazilmaganligi) tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda avtomototransport vositasi muqaddam DYHXX roʻyxatidan oʻtkazilmagan boʻlsa (sud qarori asosida davlat foydasiga oʻtkazilgan yoki harbiy tuzilmalarga tegishli harbiy transport vositalari bundan mustasno), masʼul xodim tomonidan holatga aniqlik kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Noqonuniy holatlar aniqlangan taqdirda, belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, tergov organlariga yuboriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Avtotransport vositalariga nisbatan taqiq mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali aniqlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-band quyidagi mazmundagi oʻninchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bunda avtomototransport vositasini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda quyidagi hujjatlar vakolatli organlardan idoralararo elektron hamkorlik orqali olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomototransport vositasining oldi-sotdi shartnomasi va boshqa notarial tasdiqlangan bitimlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish” AJ tomonidan berilgan auksion bayonnomalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ulushi mavjud korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan avtomototransport vositalariga beriladigan elektron hisob-maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomototransport vositasi mulkdorining maʼlumotlari (jismoniy shaxs F.I.O., yuridik shaxs nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, manzili) oʻzgarganini tasdiqlovchi maʼlumotlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi “v1” kichik band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“v1) ishlab chiqarilganiga 50 yil va undan ortiq boʻlgan transport vositalari taqdim etilganda (“antikvar” avtomototransport vositalari bundan mustasno)”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“d” kichik banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi” soʻzlari “YHXX” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bunda avtomototransport vositasini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomaning 5-bandi (manzili) toʻldirilmaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi” soʻzlari “YAAAT” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi sakkizinchi — oʻn uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy vazni (yuki bilan) 44 tonnadan ortiq boʻlgan, yuridik shaxslarga tegishli yuk avtomobillariga I, IA yoki IE, IAE tipli, jismoniy shaxslarga tegishli yuk avtomobillariga III, IIIA yoki IIIE, IIIAE tipli “YUK” seriyali ROʻDRB;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konlarda, shaxta va karyerlarda qoʻllaniladigan yuridik shaxslarga tegishli maxsus transport vositalariga I, IA yoki IE, IAE tipli, jismoniy shaxslarga tegishli maxsus transport vositalariga III, IIIA yoki IIIE, IIIAE tipli, “KON” seriyali ROʻDRB;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslarga tegishli “antikvar” avtomobillarga I, IA yoki IE, IAE tipli, jismoniy shaxslarga tegishli “antikvar” avtomobillarga III, IIIA yoki IIIE, IIIAE tipli, “ANT” seriyali ROʻDRB;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslarga tegishli yoʻnalishsiz taksilarga I, IA yoki IE, IAE tipli, “TTT” seriyali ROʻDRB beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport vositalarining sonidan kelib chiqqan holda yuqoridagi seriyali ROʻDRBlarining oxirgi harflari oʻrniga boshqa harflar qoʻllanilishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“avtomototransport vositasi yaroqsiz deb hisoblanganda, shu jumladan, ishlab chiqarilganiga 50 yil va undan ortiq boʻlgan transport vositalari (“antikvar” avtomototransport vositalari bundan mustasno)”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“60. Yaroqsiz avtomototransport vositasini, shu jumladan, ishlab chiqarilganiga 50 yil va undan ortiq boʻlgan transport vositalarini (“antikvar” avtomototransport vositalari bundan mustasno) hisobdan chiqarish quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“8. Avtomatlashtirilgan axborot tizimida tanlangan raqam kombinatsiyasi dastur tomonidan band qilinmagani tekshirilib, buyurtma beruvchi nomiga yagona oshirilgan toʻlov uchun invoys shakllantiriladi. Toʻlovni amalga oshirish uchun jismoniy shaxslarga har biri 20 daqiqagacha vaqtdan iborat boʻlgan ikkita imkoniyat, yuridik shaxslarga esa 72 soat vaqt beriladi. Ushbu vaqt mobaynida kombinatsiya boshqa shaxslar tomonidan tanlanmasligi uchun tizimda vaqtincha zaxiraga olinadi.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“10. Ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan vaqt mobaynida tanlangan ROʻDRB kombinatsiya uchun yagona oshirilgan toʻlov amalga oshirilmagan taqdirda, aynan shu buyurtma beruvchiga aynan shu raqam kombinatsiyasini takroran band qilish Avtomatlashtirilgan axborot tizimi tomonidan olti oy muddatga bloklanadi, toʻlov amalga oshirilmagan tanlangan ROʻDRB kombinatsiyasi 12 soat mobaynida ochiq maʼlumotlar bazasiga qaytariladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Qamchiq” dovoni orqali avtomobil transportida yuk tashishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 6-apreldagi 268-son qarori rus tilidagi matnining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1. Soglasitsya s predlojeniyem Ministerstva vnutrennix del, Ministerstva transporta Respubliki Uzbekistan o zapreshenii perevozki gruzov cherez pereval “Kamchik” gruzovimi avtomobilyami i avtomobilyami-tyagachami, a takje pritsepami i polipritsepami, s momenta vipuska kotorix proshlo boleye 20 let”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 31-maydagi 408-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash pasporti 8-pozitsiyasining “Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni oʻtkazish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari” boʻlimi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“
T/r
Litsenziya talablari va shartlari
Bajarilishi lozim boʻlgan koʻrsatkichlar
1.
Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni oʻtkazish uchun oʻquv avtomototransport vositalarining mavjudligi:*
8 nafar taʼlim oluvchiga — tegishli “V” toifadagi 1 ta avtomototransport vositasi;
12 nafar taʼlim oluvchiga — tegishli “S” toifadagi 1 ta avtomototransport vositasi;
24 nafar taʼlim oluvchiga — tegishli “D” toifadagi 1 ta avtomototransport vositasi.
2.
Avtomototransport vositalarini (trolleybus va tramvaydan tashqari) boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni oʻtkazish boʻyicha taʼlim tashkilotiga qoʻyiladigan talablar (ushbu talablar avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni oʻtkazish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari uchun tatbiq etiladi):*
Haydovchilikka nomzodlarni imtihondan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish uchun elektron buyurtma (murojaat)larni qabul qilish tizimining mavjudligi;
haydovchilikka nomzodlarning elektron roʻyxatini shakllantirish, imtihonlarni oʻtkazish muddatlarini belgilash va haydovchilikka nomzodlarni hamda YHXX masʼul xodimini oldindan xabardor qilish tizimining shakllantirilganligi;
haydovchilikka nomzodlarni nazariy imtihondan oʻtkazish uchun oʻquv dasturini qamrab olgan elektron (animatsion) test savollari toʻplamining shakllantirilganligi;
imtihonlarni oʻtkazish tizimlari unumdorligining xizmat koʻrsatish hududi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri)da imtihon topshiruvchilar soniga muvofiqligi;
Respublikaning barcha hududlarida (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida) filiallarning mavjudligi;
dispetcherlik (nazorat) punkti haydovchilikka nomzodlarning harakatlarini koʻrsatib turadigan kompyuter va monitorlar, avtomatlashtirilgan avtodrom tizimining elementi sifatida ishlaydigan axborotni doimiy qabul qilish, uzatish va qayta ishlash uskunalari, ovozli aloqa vositalari bilan toʻliq jihozlangan boʻlishi;
haydovchilikka nomzodlarni identifikatsiya qilish, ulardan nazariy va amaliy imtihonlarni inson omilisiz, avtomatlashtirilgan holda qabul qilish, natijalarini baholash, elektron bayonnomalarni shakllantirish va uzatish boʻyicha axborot tizimining mavjudligi;
nazariy va amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan shaxslarga haydovchilik guvohnomasini olish uchun asos boʻladigan maxsus himoyalangan sertifikatlarni shakllantirish, sertifikatlar rekvizitlarini davlat xizmatlari markazi hamda ichki ishlar organlariga avtomatlashtirilgan holda taqdim etish imkoniyatining mavjudligi;
oʻtkazilgan imtihon natijalari boʻyicha elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish, ularning tahlillarini YHXXga muntazam taqdim etib borish;
imtihonlar jarayonini YHXX va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan onlayn rejimda nazorat qilish hamda jamoatchilik eʼtiboriga videotranslyatsiya qilish imkoniyatining mavjudligi;
imtihonlarni oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishga doir tartib-taomillar (murojaatlarni qabul qilish, qayd etish, koʻrib chiqish, imtihonlarni tashkil etish, oʻtkazish, baholash mezonlari, axborot almashinuvi, ish yuritish va boshqa maʼmuriy tartib-taomillar) YHXX bilan 15 ish kuni mobaynida kelishilgan holda tasdiqlanganligi.
3.
Haydovchilarni tayyorlash taʼlim tashkilotining hududiga qoʻyiladigan talablar:*
tungi yoritgichlar oʻrnatilganligi; ichimlik suv va kanalizatsiya bilan taʼminlanganligi;
hojatxona bilan taʼminlanganligi; avtomototransport vositalarining toifa(lar) yoʻnalishi boʻyicha amaliy imtihonlarni oʻtkazish uchun kamida 18000 m2 yer maydoniga ega boʻlgan, avtomatlashtirilgan avtodrom va maxsus jihozlangan avtomototransport vositalarining mavjudligi, ularning belgilangan talablarga muvofiqligi.
4.
Axborot texnologiyalari bilan taʼminlanganlik darajasi:*
audio va videokuzatuv tizimi mavjudligi;
nazariy imtihonlarni oʻtkazishning oshkoraligini taʼminlash uchun video yozib olish tizimi mavjudligi;
imtihonlar jarayonini YHXX va uning boʻlinmalari tomonidan onlayn rejimda nazorat qilish hamda jamoatchilik eʼtiboriga videotranslyatsiya qilish imkoniyatining mavjudligi;
haydovchilikka nomzodlarni identifikatsiya qilish, ulardan nazariy va amaliy imtihonlarni inson omilisiz, avtomatlashtirilgan holda qabul qilish, natijalarini baholash, elektron bayonnomalarni shakllantirish va uzatish tizimlarining mavjudligi;
nazariy imtihonlarni oʻtkazish uchun 20 mbit/sek tezlikdagi Internet jahon axborot tarmogʻiga ulangan kamida 25 ta kompyuter texnikasi bilan jihozlangan alohida kabinalarga ajratilgan (operator va nomzodlar maxsus oyna bilan ajratilgan), shuningdek, texnik vositalar (kameralar) bilan maxsus jihozlangan zal (xonalar)ning mavjudligi.
5.
Imtihon topshiruvchilarning maksimal soni:*
guruhda — 24 nafar
6.
Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni oʻtkazuvchi taʼlim muassasasi rahbariga qoʻyiladigan talablar:
korrupsiyaviy huquqbuzarliklar uchun sudlanganlik holati boʻlmasligi (sudlanganligi tugallanmagan yoki olib tashlanmagan boʻlmasligi);
7.
Taʼlim muassasasining ustav jamgʻarmasi minimal miqdoriga qoʻyiladigan talablar:*
BHMning 150 000 baravaridan kam boʻlmasligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bandning beshinchi xatboshisidagi “DYHXX avtomatlashtirilgan Yagona axborot tizimiga” soʻzlari “YHXXning Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-banddagi “nazariy hamda amaliy imtihonlar topshirgunigacha malaka oshirishlari shart” soʻzlari “malaka oshirishlari hamda nazariy va amaliy imtihonlar topshirishlari shart” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“66. Yoʻqolgan (oʻgʻirlangan, yongin, tabiiy ofat oqibatida va boshqa hollarda) milliy haydovchilik guvohnomasining dublikati haydovchining arizasiga muvofiq, masʼul xodim tomonidan haydovchilik guvohnomasi olinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar YHXXning Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali tekshirilgandan soʻng imtihonlarsiz beriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76-banddagi “tibbiy koʻrikdan oʻtib,” soʻzlari chiqarib tashlansin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 6-iyuldagi 514-son qarorining 3-bandi yettinchi xatboshisidagi “uning filiallari” soʻzlari “hududiy maʼmuriy amaliyot markazlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-sentabrdagi 747-son qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy va yuridik shaxslarning avtotransport vositalariga oʻrnatilgan videoregistratorlar, shuningdek, videokuzatuv va tasvirga olish texnika vositalari hamda mobil qurilmalar orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari toʻgʻrisidagi videoyozuvlarni qabul qilish, koʻrib chiqish hamda ularni taqdim etgan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandidagi “maʼmuriy amaliyot inspektori” soʻzlari “maʼmuriy amaliyot markazlari xodimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasining “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 9-martdagi 125-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat boshqaruvi organlari hamda tashkilotlariga, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalari Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tomonidan belgilangan tartibda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkaziladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Yoʻl harakati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq avtomobillar, elektromobillar (gibrid avtomobillar) va ularning tirkamalarini (yarimtirkamalarini), mototsikl, elektromototsikl, moped va skuterlarni, shuningdek, tramvay va trolleybuslarni (keyingi oʻrinlarda — transport vositalari) majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini belgilaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jismoniy va yuridik shaxslarga (davlat organlari va tashkilotlariga, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalari bundan mustasno) tegishli boʻlgan barcha (M, N, O, L) toifadagi transport vositalari tadbirkorlik subyektlari tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va tashkilotlariga, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalari Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkaziladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“5. Transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq texnik koʻrikdan oʻtkazilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tijorat asosida yoʻlovchilar tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi yengil avtomobillar, avtobuslar, trolleybuslar, tramvaylar va oʻrindiqlar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, maxsus hamda yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun moslashtirilgan transport vositalari va ularning tirkamalari — bir yilda ikki marta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ishlab chiqarilganiga olti yildan koʻp boʻlmagan, yuridik shaxslarga tegishli barcha toifadagi hamda jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan M2, M3, N va O toifadagi transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari), shuningdek, ishlab chiqarilganiga oʻn bir yildan oʻn toʻrt yilgacha (oʻn toʻrtinchi yili ham) boʻlgan, jismoniy shaxslarga tegishli M1 va L toifadagi transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — ikki yilda bir marta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ishlab chiqarilganiga olti yildan ortiq boʻlgan, yuridik shaxslarga tegishli barcha toifadagi hamda jismoniy shaxslarga tegishli M2, M3, N va O toifadagi transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari), shuningdek, ishlab chiqarilganiga oʻn besh yil va undan ortiq boʻlgan, jismoniy shaxslarga tegishli M1 va L toifadagi transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — bir yilda bir marta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) tirkamalar texnik koʻrikdan transport vositasi — shatakchi uchun belgilangan muddatlarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) STG-3 turdagi gaz ballonlari oʻrnatilgan transport vositalari (mazkur bandning “a”, “b”, “v” kichik bandlarida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — uch yilda bir marta.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarilganiga oʻn yilgacha (oʻninchi yili ham) boʻlgan, jismoniy shaxslarga tegishli M1 va L toifadagi transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) texnik koʻrikdan ixtiyoriy ravishda oʻtkaziladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-band va 20-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi” davlat unitar korxonasi” soʻzlari “Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bobning nomidagi “Davlat boshqaruvi organlari hamda ularning hududiy boʻlinmalariga” soʻzlari “Davlat organlari va tashkilotlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat organlari va tashkilotlariga, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli, shuningdek, maxsus va xavfli yuklarni tashish uchun moslashtirilgan transport vositalarining texnik koʻrigi transport vositalari roʻyxatdan oʻtkazilgan (vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilgan) joyda yoki ularning murojaatlariga koʻra eksterritoriallik tamoyili asosida quyidagi joylarda texnik koʻrikdan oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur shart-sharoitlarga (texnik diagnostika uskunalariga, koʻtarish moslamalariga yoki qarab chiqish uchun xandaq (yama)larga, nazorat-oʻlchash asboblariga, asfalt yoki beton bilan qoplangan bir tekis shrizontal maydonchaga) va malakali mutaxassislarga ega boʻlgan tashkilotlarda”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30 va 33-bandlardagi “davlat boshqaruvi organlari va” soʻzlari “davlat organlari va tashkilotlari hamda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“37. Trolleybuslar va tramvaylarning texnik holati foydalanish qoidalariga, standartlariga, yoʻl harakati va texnika xavfsizligiga mosligini tekshirish maqsadida texnik koʻrikdan DYHXX xodimlari tomonidan trolleybus va tramvay depolarida oʻtkaziladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
512-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Transport vositalarini texnik holatini tekshirish joylari DYHXXning hududiy boʻlinmalari tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tadbirkorlik subyektlari yoki boshqa tashkilotlarga tegishli boʻlgan texnik bazalardan ular bilan kelishilgan holda foydalanishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“6. Ishlab chiqarish-texnika bazasi hududi, xonalari va unga kirish-chiqish joylariga zamonaviy videokuzatuv kameralari oʻrnatilgan boʻlishi kerak”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-bandning ikkinchi xatboshisidagi “7,0 metrdan kam” soʻzlari “6,0 metrdan kam” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “kengligi 0,9 metrdan kam boʻlmasligi kerak” soʻzlari “kengligi 0,9 metrdan, chuqurligi 1,6 metrdan kam boʻlmasligi kerak” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlar Mahkamasining “Shaharlar va boshqa aholi punktlari koʻchalari hamda ichki xoʻjalik yoʻllari infratuzilmasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2024-yil 11-oktabrdagi 665-son qarorining 9-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 4-sentabrdagi 562-son qarorining 2-bandi “v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“v) barcha davlat raqami belgilarini berish uchun undiriladigan toʻlovlar miqdorlari Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati huzuridagi “Uzavtomotoservis” davlat unitar korxonasi tomonidan belgilanadi. Bunda skuter, elektromototsikl va elektromobillar uchun davlat raqami belgilarining toʻlovlari qolganlarga nisbatan kamaytirilgan holda belgilanadi;”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2026-y., 09/26/11/0066-son)