OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI URBANIZATSIYA VA UY-JOY BOZORINI BARQAROR RIVOJLANTIRISH MILLIY QOʻMITASI HUZURIDAGI KADASTR AGENTLIGI DIREKTORINING
buyrugʻi
“Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan bajariladigan geodeziya va kartografiya ish turlarining roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 21-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2721-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-noyabrdagi PF-219-son “Oʻzbekiston Respublikasida uy-joy va ipoteka bozorini barqaror rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda 2025-yil 19-noyabrdagi PQ-347-son “Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining 2015-yil 14-sentabrdagi 32-son “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan bajariladigan geodeziya va kartografiya ish turlarining roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2721, 2015-yil 21-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 42-son, 547-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor oʻrinbosari M. MIRMAKSUDOV
Toshkent sh.,
2026-yil 15-yanvar,
4-10-son
Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2026-yil 15-yanvardagi 4-10-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan bajariladigan geodeziya va kartografiya ish turlarining roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Qarorning nomi va 1-bandidagi “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar “Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Ilovaning nomi, 1-bandining birinchi xatboshisi va 2-bandidagi “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar “Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2026-y., 10/26/2721-3/0062-son)