19.11.2025 yildagi PF-219-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida uy-joy va ipoteka bozorini barqaror rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy sohasining barqaror rivojlanishini taʼminlash, uy-joy qurilishi va uni sotib olishning muvozanatlashgan tizimini shakllantirish, mavjud talab va ehtiyojlarni inobatga olgan holda uy-joy qurilishi hajmini belgilash va sohada davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, shuningdek, barqaror iqtisodiy oʻsish, aholi sonining ortib borishi va urbanizatsiya jarayonlaridan kelib chiqib, har bir fuqaro uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Maqsadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Farmonning asosiy maqsadi etib Uy-joy sohasini barqaror va muvozanatli rivojlantirishni taʼminlash, 2040-yilga qadar har yili qurilayotgan uy-joylar sonini ikki baravarga oshirib, 421 mingtaga olib chiqish, ipoteka krediti portfelini 10 baravardan ortiq koʻpaytirgan holda 56,7 mlrd AQSH dollariga yetkazish belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar uy-joy sohasini barqaror va muvozanatli rivojlantirishning asosiy ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) yirik aglomeratsiyalarda uy-joy fondining oʻsishi va shahar muhitini rivojlantirishni taʼminlagan holda urbanizatsiya jarayonlarini qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilash va “Yangi Oʻzbekiston” massivlarini barpo etish ishlarini izchil davom ettirgan holda uy-joy fondida zamonaviy uy-joylar ulushini 2040-yilga qadar 50 foizga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) uy-joy bozoriga bank moliyasi va institutsional investorlar mablagʻlarini, shu jumladan, ipoteka kreditidan foydalangan holda jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) ulushli qurilishga sarmoya kiritayotgan jismoniy shaxslarning huquqlarini himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) uy-joy qurilishi sohasini “Uy-joyning yagona hayotiy sikli” tamoyili asosida kompleks isloh qilish va uni amalga oshirishdagi toʻsiqlarni bartaraf etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Dasturiy hujjatlar va ularni amalga oshirish mexanizmlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Oʻzbekiston Respublikasida 2040-yilgacha boʻlgan davrda uy-joy va ipoteka bozorini barqaror rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari (keyingi oʻrinlarda — asosiy yoʻnalishlar) 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Oʻzbekiston Respublikasida 2040-yilgacha boʻlgan davrda uy-joy va ipoteka bozorini barqaror rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Oʻzbekiston Respublikasida 2040-yilgacha boʻlgan davrda uy-joy va ipoteka bozorini barqaror rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, Asosiy yoʻnalishlar urbanizatsiya, uy-joy va ipoteka bozorini 2040-yilgacha rivojlantirish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishning asosi boʻlib, ushbu sohada ishlab chiqiladigan barcha yangi normativ-huquqiy hujjatlar unga muvofiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qurib bitkazilmagan uy-joylar hamda sanoat hududlarini birinchi navbatda qurilishga jalb etishni, shuningdek, ekologik toza mahsulotlar hamda energiya tejovchi texnologiyalardan foydalangan holda uy-joy massivlarining muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmasini oldindan barpo etishni nazarda tutadigan kompleks qurilish tamoyili asosida uy-joylar qurilishini tashkil etish tartibi joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki, kompleks qurilish tamoyili doirasida quyidagilar taʼminlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) kompleks qurilish dasturlarini faqat ochiq va batafsil ishlab chiqilgan rejalar asosida tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) kompleks qurilish uchun ajratilgan yer uchastkalarini xususiylashtirish dasturlariga kiritish yoki boshqa loyihalarga jalb etish hamda ularning maqsadli yoʻnalishini oʻzgartirishga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) kompleks qurilish loyihalariga kiritiladigan yer uchastkalari, koʻchmas mulk obyektlari va ularning huquq egalari toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotlarni taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) loyihalarni amalga oshirishda hududlarning kelgusidagi ijtimoiy ehtiyojlarini inobatga oluvchi kompleks yondashuvdan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) koʻchmas mulk obyekti egasining u joylashgan yer uchastkasiga ijara yoki mulk huquqida egalik qilish boʻyicha mutlaq huquqini kafolatlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Amaliy va institutsional chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasida urbanizatsiya, uy-joy va ipoteka bozorini barqaror rivojlantirishni taʼminlash boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash 4-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasida urbanizatsiya, uy-joy va ipoteka bozorini barqaror rivojlantirishning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) aholi uchun uy-joyga ega boʻlish imkoniyatini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) uy-joy qurilishida renovatsiya asosida quriladigan uylar ulushini bosqichma-bosqich oshirib borish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni turar joy bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) ortiqcha uy-joy qurilishi yoki uning yetishmasligining oldini olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Milliy qoʻmita) tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Belgilansinki Milliy qoʻmita:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) urbanizatsiya jarayonlari, uy-joy qurilishi, renovatsiya va ipoteka sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek, ushbu yoʻnalishdagi dasturlarni muvofiqlashtirish va rivojlantirish boʻyicha vakolatli davlat organi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasi bilan uzviy hamkorlikda tashkil etadi va amalga oshiradi. Bunda Vazirlar Mahkamasi urbanizatsiya jarayonlarini davlat tomonidan tartibga solish, uy-joy qurilishi, renovatsiya va ipoteka dasturlarini hamda samarali davlat uy-joy siyosatini amalga oshirishda Milliy qoʻmitaga har tomonlama koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Quyidagilar Milliy qoʻmita faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) urbanizatsiya jarayonlarini muvofiqlashtirish va rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) samarali va barqaror uy-joy siyosatini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) renovatsiya dasturlarini samarali amalga oshirishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) “Yangi Oʻzbekiston” massivlarini qurish ishlarini muvofiqlashtirish, shu jumladan, hududlarni tanlashda qonunchilik bilan belgilangan mezonlar va urbanizatsiya tamoyillariga rioya etilishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) Milliy qoʻmita tizimiga oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Adliya vazirligi Milliy qoʻmita, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar boʻyicha takliflarni belgilangan tartibda kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) bir oy muddatda Milliy qoʻmitaning faoliyatini tashkil etish uchun talab qilinadigan mablagʻlarni 2025-yilda ajratsin. Bunda Milliy qoʻmitani mebel, kompyuter va boshqa zarur jihozlar bilan taʼminlash uchun mablagʻ ajratilishini nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 2026-yildan boshlab har yili Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda Milliy qoʻmita faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmoniga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ushbu Farmonning samarali ijrosini tashkil etish uchun masʼul va shaxsiy javobgar etib Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi raisi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Farmon ijrosini nazorat qilish va ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 19-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-219-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-noyabrdagi PF-219-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida 2040-yilgacha boʻlgan davrda uy-joy va ipoteka bozorini barqaror rivojlantirishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ASOSIY YOʻNALISHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy maʼlumotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2040-yilgacha boʻlgan davrga moʻljallangan uy-joy va ipoteka bozorini barqaror rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari (keyingi oʻrinlarda — Asosiy yoʻnalishlar) quyidagilarga muvofiq ishlab chiqilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-158-son Farmoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-yanvardagi “Uy-joy qurilishi sohasini yanada rivojlantirish, turar va noturar joy obyektlarini ulush kiritish asosida qurish jarayonini tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-11-son Farmoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-fevraldagi “Uy-joy va ipoteka bozorini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-26-son Farmoni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Asosiy yoʻnalishlar mamlakatning hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, urbanizatsiya jarayonlari, aholining uy-joy bilan taʼminlanganlik holati, shuningdek, shaharsozlik siyosati, moliyalashtirish mexanizmlari (jumladan, ipoteka krediti asosida) hamda ilgʻor xalqaro tajriba inobatga olingan holda Oʻzbekiston Respublikasining uy-joy sohasini barqaror rivojlantirishning maqsadlari, vazifalari va ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Asosiy tushunchalar va taʼriflar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Asosiy yoʻnalishlarda quyidagi tushunchalar qoʻllanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aglomeratsiya — bir nechta aholi punktlarining hududiy yaqinlik, shu bilan birga, ijtimoiy-iqtisodiy, sanoat, transport, mehnat, madaniy, maishiy hamda rekreatsion va boshqa aloqalariga koʻra bir joyda jamlanishi va birgalikda rivojlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik — davlat sherigi va xususiy sherikning muayyan muddatga yuridik jihatdan rasmiylashtirilgan, davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun oʻz resurslarini birlashtirishiga asoslangan hamkorligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dizayn kod — binolarning meʼmoriy qiyofasi, hududni obodonlashtirish elementlari va shahar muhitining koʻrinishi boʻyicha hududning uygʻun vizual va funksional qiyofasini shakllantirishga qaratilgan majburiy qoidalar va tavsiyalar toʻplami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy xoʻjaligi — bitta turar joyda yoki uning bir qismida birgalikda yashaydigan, oʻzini yashash uchun barcha zarur narsalar bilan taʼminlaydigan, umumiy xoʻjalik yuritadigan, pul mablagʻlarini toʻliq yoki qisman birlashtiradigan va sarflaydigan shaxslar yigʻindisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashil” texnologiyalar — binolar va infratuzilmani loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish jarayonlarida atrof-muhitga salbiy taʼsirni kamaytirish hamda energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan texnologiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya-qurilish sikli — yer maydonini tayyorlash va loyihalashtirishdan tortib, obyektni foydalanishga topshirishgacha boʻlgan bosqichlar majmuasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp kvartirali uy-joy — ikki va undan ortiq kvartiradan iborat boʻlgan, umumiy muhandislik tizimlari bilan jihozlangan va umumiy mulk elementlariga ega uy-joy binosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi uy-joy qurilishi — uy-joyga tutashgan yer maydoniga ega boʻlgan alohida uy-joy binolarini qurish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka qimmatli qogʻozlari — ipoteka kreditlari portfeli bilan taʼminlangan va uy-joy bozoriga uzoq muddatli mablagʻlar jalb etish maqsadida chiqariladigan moliyaviy vositalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompleksli qurilish — boʻsh yerlardan foydalanish, uy-joy mavzelarini renovatsiya qilish va sanoat hududlarini qayta tiklashni oʻz ichiga olib, muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmani inobatga olgan holda qurib bitkazilmagan uy-joylar hamda sanoat hududlarini birinchi navbatda qurilishga jalb etishning tizimli mexanizmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy bilan taʼminlanganlik — bir kishiga (katta yoshli yoki bolaga) toʻgʻri keladigan oʻrtacha uy-joy maydoni (metr kvadratda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaviy moliyalashtirish — qurilishga kredit ajratishning shakli boʻlib, unda maxsus tashkil etilgan loyiha kompaniyalariga uy-joy qurilishi loyihalarini amalga oshirish uchun kvartiralar sotilishidan tushadigan mablagʻlar oqimi inobatga olingan holda banklar tomonidan mablagʻlar ajratish mexanizmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Eskrou” hisobvaragʻi — quruvchi va ulushdor oʻrtasidagi ulush kiritish asosida tuzilgan ulushli shartnoma majburiyatlari toʻliq bajarilguniga qadar mablagʻlarni vaqtincha saqlash uchun uchinchi tomonda (eskro agent-bankda) ochiladigan maxsus bank hisobvaragʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“15 daqiqalik shahar” tamoyili — shaharsozlikni rejalashtirish tamoyili boʻlib, unga koʻra kundalik hayot uchun zarur infratuzilma obyektlari (ish joyi, taʼlim, sogʻliqni saqlash, savdo, dam olish) yashash joyidan piyoda yoki transportda 15 daqiqa ichida yetib borish mumkin boʻlgan masofada joylashgan boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Oʻzbekistonda uy-joy sohasining hozirgi holati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Iqtisodiy holat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2019 — 2024-yillarda yalpi ichki mahsulot yillik oʻrtacha 5,9 foizga oʻsdi va bu koʻrsatkich mintaqa boʻyicha eng yuqori darajalardan biri hisoblanadi. Xalqaro moliya institutlari prognozlariga koʻra 2030-yilgacha iqtisodiy oʻsish surʼati shunga yaqin darajada saqlanib qolishi kutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Iqtisodiyot oʻsishi aholi daromadlarining koʻpayishi bilan hamohang kechmoqda: 2019 — 2024-yillarda aholining real umumiy daromadlari oʻrtacha yillik 6,8 foizga oshdi. Prognozlarga koʻra 2024-yildan 2040-yilgacha real daromadlar ikki baravarga oshib, oylik oʻrtacha miqdori 794 AQSH dollaridan 1 571 AQSH dollarigacha yetishi kutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Demografiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 2019 — 2024-yillarda mamlakat aholisi soni 33,3 million nafardan 37,5 million nafargacha oshdi (oʻrtacha yillik oʻsish — 2 foiz). 2040-yilga kelib bu oʻsish surʼati yillik 1,2 foizgacha pasayishi taxmin qilinmoqda. Demografik prognozlarga koʻra, aholining doimiy oʻsish surʼati yillik 1,7 foiz boʻlgan holda 2040-yilda aholi soni 49,5 million nafarga yetadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu davrda uy xoʻjaliklarining tarkibi, aholining yosh boʻyicha tuzilishi hamda uy-joy va ijtimoiy infratuzilmaga boʻlgan ehtiyoji sezilarli darajada oʻzgaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy xoʻjaligining oʻrtacha tarkibi 5,0 nafardan 4,7 nafargacha kamayib, ularning umumiy soni 7,5 milliondan 9,8 milliongacha koʻpayishi natijasida har yili kamida 150 — 160 mingta yangi uy-joy qurilishi talab etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktab yoshidagi bolalar soni 2,6 million nafarga koʻpayib, bu 3 mingta maktab qurilishini talab qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalik yoshidagi yoshlar soni 1,2 million nafarga ortgani sababli talabalar turar joylari va ijara uylariga ehtiyoj ortishi kutilmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatga layoqatli aholi soni 3 million nafarga koʻpayib, bu korporativ va xizmat uy-joylariga boʻlgan talabni kuchaytiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Uy-joy sohasidagi davlat siyosati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. 2019 — 2024-yillarda uy-joy sohasida qator muhim qonunchilik hujjatlari qabul qilinib, bozorni tartibga solish va uning shaffofligini oshirish taʼminlandi. Jumladan, “yer amnistiyasi” orqali noqonuniy qurilgan uylarga huquqiy maqom berildi, uy-joy sotib olishda majburiy propiska (roʻyxatdan oʻtish) talabi bekor qilindi, “Yangi Oʻzbekiston” dasturi doirasida namunaviy uylar qurilishi yoʻlga qoʻyildi, “Yangi Toshkent” loyihasi hamda poytaxtning 2045-yilgacha boʻlgan bosh rejasi tasdiqlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu choralar aholi sonining tez koʻpayishi sharoitida ularni uy-joy bilan taʼminlash imkonini berdi hamda uy-joylar yetishmovchiligining oldi olindi. 2019 — 2024-yillar davomida har yili 15 — 17 million metr kvadrat uy-joy foydalanishga topshirilib, aholining uy-joy bilan taʼminlanganlik darajasi 1 kishi hisobiga oʻrtacha 18,9 metr kvadrat miqdorda saqlanib turdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Soʻnggi yillarda koʻp kvartirali uylar qurilishi hajmi oshgan boʻlsa-da, bozor asosan yakka tartibdagi uy-joy qurilishiga tayanadi va umumiy qurilish hajmining taxminan 60 foizini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Roʻyxatdan oʻtish (propiska) talablarining yengillashtirilishi urbanizatsiya jarayonlarini tezlashtirdi va aholi ehtiyojini mamlakatning 14 ta yirik aglomeratsiyasida jamladi. Ushbu hududlarda taxminan 12,5 million nafar kishi, yaʼni mamlakat aholisining uchdan bir qismi istiqomat qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Toshkent — 4,5 mln kishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Oʻrta Zarafshon (Samarqand — Kattaqoʻrgʻon — Navoiy) — 1,3 mln kishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Andijon — Asaka — Shahrixon — 0,8 mln kishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Namangan — Toʻraqoʻrgʻon — Chortoq — 0,8 mln kishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) Qashqadaryo (Qarshi — Kitob — Shahrisabz — Koson) — 0,7 mln kishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) Fargʻona — Margʻilon — Quvasoy — 0,6 mln kishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) Nukus — 0,5 mln kishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) Ohangaron (Angren — Olmaliq — Ohangaron) — 0,4 mln kishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) Surxondaryo (Termiz — Denov) — 0,4 mln kishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) Xorazm (Urganch — Xiva) — 0,4 mln kishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) Quyi Zarafshon (Buxoro — Kogon) — 0,3 mln kishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) Qoʻqon — 0,3 mln kishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) Chirchiq — 0,3 mln kishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) Yangiyoʻl — Chinoz — 0,2 mln kishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Yirik aglomeratsiyalar tez surʼatlarda oʻsmoqda, chunki ular iqtisodiy faollik markazlariga aylanmoqda. Vaqt oʻtishi bilan mamlakat aholisining 50 — 70 foizi aynan shu hududlarda istiqomat qilishi mumkin. Bu esa, oʻz navbatida, uy-joy fondini ikki baravarga oshirishni, qurilish zichligini koʻpaytirishni, shuningdek, muhandislik va ijtimoiy infratuzilmasi rivojlangan koʻp kvartirali uylarni qurishni ustuvor vazifa sifatida belgilashni taqozo etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Oʻzbekistonda uy-joy sohasidagi asosiy muammolar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Sohada quyidagi muammolar mavjud:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) uy-joy bilan taʼminlash darajasi past. Oʻrtacha yashash maydoni har bir kishiga 18,9 metr kvadratdan toʻgʻri keladi. Bu koʻrsatkich Markaziy Osiyo mamlakatlariga nisbatan yuqori boʻlsa-da, MDH davlatlaridagi oʻrtacha darajadan (24,9 m2) hamda turmush tarzi oʻxshash mamlakatlar — Malayziya (27,3 m2) va Turkiyadan (30 m2) past. Respublikadagi uy-joy fondining yillik oʻsishi faqat demografik oʻsishni qoplab, bir kishiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha yashash maydonini oshirishni taʼminlamaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) aholining barcha qatlamlarida uy-joy sotib olish imkoniyati mavjud emas. Faqat aholining 35 foizi davlat tomonidan qayta moliyalashtiriladigan ipoteka kreditlari yordamida uy sotib olish imkoniyatiga ega, 12 foiz aholi esa bozor ipotekasi shartlarida uy-joy xarid qilish imkoniga ega;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) uy-joy fondining sifati past darajada. Yakka tartibdagi uy-joylarning 70 foizi sifati past qurilish materiallaridan (xom gʻisht, paxsa) qurilgan boʻlib, koʻp hollarda markazlashgan infratuzilmaga ulanmagan. Koʻp kvartirali uylarning 36 foizi 1990-yilgacha qurilgan va zamonaviy sifat talablariga javob bermaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) muhandislik infratuzilmasi yetarli emas. Faqat 77,1 foiz uylar ichimlik suvi bilan taʼminlangan, 50 foiz uylar esa markazlashgan kanalizatsiya tizimiga ulangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) qurilish zichligi past. Yirik shaharlarda qurilish zichligi har gektariga 1000 kv.metrdan kam boʻlib, bu MDH va Yevropa shaharlariga nisbatan 3-4 baravar past. Shu bilan birga, uy-joy fondining 85 foizi yakka tartibdagi uylar hissasiga toʻgʻri keladi (jumladan, shahar ichidagi mahallalarda), bu yer resurslaridan samarali foydalanishni cheklaydi va infratuzilma qurish hamda xizmat koʻrsatish xarajatlarini keskin oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) moliyaviy resurslar oqimi yetarli emas. Har yili taxminan 1,5 milliard AQSH dollari uy-joy sohasiga kirib kelmasligi — investitsiya vositalari (masalan, koʻchmas mulk fondlari) yoʻqligi, muqobil moliyaviy mahsulotlar rivojlanmagani va norasmiy iqtisodiyot ulushining kattaligida (bank tizimi orqali aylanmaga kirmagan mablagʻlar) sabab boʻlmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Xulosalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekistonda urbanizatsiya jarayonlari va aholi daromadlarining oʻsishi barqaror iqtisodiy rivojlanish va turmush sifatini oshirishning asosiy drayveri boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buni taʼminlash uchun aholi daromadlarini yirik aglomeratsiyalar doirasidagi koʻp kvartirali uylar qurilishiga yoʻnaltirish, shuningdek, davlatning uy-joy bozoridagi faol rolini kuchaytirish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu jarayonda davlat uy-joy sohasidagi asosiy yoʻnalishlarni ishlab chiqishi va amalga oshirishni muvofiqlashtirishi, talab va taklif oʻrtasidagi nomutanosiblikni boshqarishi, “uy-joyning yagona hayotiy sikli” tamoyili doirasida yer tayyorlashdan tortib ipoteka orqali moliyalashtirish hamda investor mablagʻlarini jalb etishgacha boʻlgan barcha bosqichlarda maʼmuriy toʻsiqlarni bartaraf etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Asosiy yoʻnalishlarning maqsad va vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Asosiy yoʻnalishlarning asosiy maqsadi — uy-joy sohasini barqaror va muvozanatli rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Asosiy yoʻnalishlarning muhim vazifalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) mamlakatda urbanizatsiya jarayonini qoʻllab-quvvatlash, 14 ta yirik aglomeratsiyada uy-joy fondini va shahar muhitini rivojlantirishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) banklarning oʻz mablagʻlari va institutsional moliya manbalarini uy-joy bozoriga jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) ulushli qurilishda ishtirok etuvchi xususiy investorlarning huquqlarini himoya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Maqsadni belgilashning asosiy mazmuni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi sonining oʻsishi, yangi xonadonlarning paydo boʻlishi va uy-joy fondi yetishmasligi sharoitidagi urbanizatsiya uy-joyga boʻlgan barqaror ehtiyojni shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot va aholi daromadlarining oʻsishi, ipoteka foiz stavkalari pasayishi toʻlov qobiliyati yuqori boʻlishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi uy-joylar, ayniqsa, koʻp kvartirali uy-joylar qurish uchun 14 ta yirik aglomeratsiyada 10 — 15 yilga yetarli yer fondi shakllantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer fondini shakllantirish uchun bosh rejalar, kompleks qurilish dasturlari va “Yangi Oʻzbekiston” massivlari dasturlari ishlab chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya-qurilish jarayonini maqbullashtirish va maʼmuriy jarayonlarni qisqartirish orqali uy-joy qurilishi muddatini 2-martaga qisqartirish mumkin boʻladi (loyiha hujjatlarini tayyorlashdan boshlab foydalanishga topshirishgacha).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Asosiy yoʻnalishlarni amalga oshirish mexanizmlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Asosiy yoʻnalishlarning vazifalari uy-joy sohasini kompleks isloh qilishga va uy-joyning yagona hayotiy siklidagi toʻsiqlarni bartaraf etishga asoslanadi. Bu taklif, talab, infratuzilma va uy-joy bilan bogʻliq sohalarni rivojlantirishni qamrab oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) uy-joy taklifini ragʻbatlantirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urbanizatsiya jarayonini qoʻllab-quvvatlash, mamlakatning yirik aglomeratsiyalarida uy-joy fondini oshirib borish va qulay shahar muhitini shakllantirish maqsadida aholi punktlarining bosh rejalariga muvofiq uy-joy va infratuzilma dasturlarini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikka tegishli oʻzgartishlar kiritgan holda kelgusida qurilish uchun zarur yer maydonlari zaxirasini oldindan shakllantirish, shuningdek, “Yangi Oʻzbekiston” massivlarini kompleks qurish loyihalariga qaratilgan shaharsozlik dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda kompleks qurilish mexanizmlaridan ustuvor foydalanishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy jarayonlarni maqbullashtirish, mehnat unumdorligini oshirish va zamonaviy texnologiyalarni qoʻllash orqali investitsiya-qurilish loyihalarini amalga oshirish muddatlarini qisqartirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) uy-joyga boʻlgan talabni ragʻbatlantirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ulushli qurilishda ishtirok etuvchi fuqarolarni himoya qilish uchun “eskrou” hisobvaraqlari tizimini joriy etish va quruvchilarni banklar orqali loyihaviy moliyalashtirishini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka krediti tizimini rivojlantirish, kredit stavkalarini pasaytirish, jumladan, uy-joy ipoteka krediti bilan bogʻliq bitimlarni standartlashtirish va raqamlashtirish hamda banklarning ipoteka kreditlari portfellarini sekyuritizatsiya qilish orqali koʻchmas mulk bozorini raqamlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk fondlarini tashkil etish orqali xususiy va institutsional investorlarni uy-joy bozoriga jalb qilish, bu orqali korxonalar uchun ijara uy-joylarini, talabalar shaharchalari, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar uchun uylar va boshqa maqsadli qurilishlarni moliyalashtirishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) aholini qulay infratuzilma bilan qamrab olish jarayonini jadallashtirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga manzilli yordam koʻrsatishni taʼminlash — buning uchun yordam chora-tadbirlarining yagona roʻyxatini shakllantirish va ehtiyojmand fuqarolar uchun raqamli platforma yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijara uy-joy bozorining institutsional infratuzilmasini shakllantirishni taʼminlash (shu jumladan, tijorat, ijtimoiy, korporativ va talabalar uchun segmentlarni qamrab olgan holda) — buning uchun normativ-huquqiy bazani yaratish, soliq imtiyozlarini joriy etish, professional ijaraga beruvchilar va bozorning boshqa ishtirokchilari institutlarini vujudga keltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozorning professional ishtirokchilari uchun shaffof, ishonchli va yetarli tahlil hamda maʼlumotlarni taʼminlash — buning uchun turli davlat tizimlari va boshqa manbalardan maʼlumotlarni birlashtiruvchi ochiq raqamli platformani yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlatning uy-joy siyosati va amalga oshirilayotgan tashabbuslari haqida aholi va bozor ishtirokchilarini doimiy xabardor qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) uy-joy sohasi bilan bogʻliq yoʻnalishlarni rivojlantirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv taʼminoti, gaz taʼminoti, kanalizatsiya va issiqlik taʼminoti sohalarida davlat-xususiy sheriklikning (DXSH) namunaviy loyihalarini kengaytirishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy qurilishida energiya tejamkorligi va “yashil” texnologiyalar standartlarini joriy etishni taʼminlash, shu jumladan, ularni texnik meʼyorlarga integratsiya qilish va qurilish tashkilotlari uchun moliyaviy ragʻbatlantirish tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“15 daqiqalik shahar” konsepsiyasi, zichlikni oshirish, funksiya chegaralarining aniq emasligi, dizayn kodlar va zamonaviy uy-joy modellarini tatbiq etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi uy-joy qurilishini standartlashtirish hamda moliyalashtirish uchun tijorat banklarining oʻz mablagʻlari hisobidan ipoteka krediti va sertifikatlangan qurilish kompaniyalari uchun loyiha moliyasini joriy etishga oid normativ-huquqiy bazani ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muqobil moliyalashtirish vositalari uchun normativ-huquqiy bazani ishlab chiqishni taʼminlash, shu jumladan, xalqaro standartlarni (AAOIFI, IFSB) Oʻzbekiston Respublikasida joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Asosiy yoʻnalishlarni amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Asosiy yoʻnalishlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish natijasida quyidagilarga erishish rejalashtirilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) urbanizatsiya jarayonini nazoratli tarzda amalga oshirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya-qurilish jarayonlari sezilarli darajada qisqaradi, bu esa yangi uy-joylar va infratuzilmalarni tezroq foydalanishga topshirish imkonini beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keyingi 15 yil ichida respublikadagi uy-joy fondi 707 mln metr kvadratdan 1,1 mlrd metr kvadratgacha oʻsishi, har yili qurilayotgan uy-joy hajmi esa hozirgi 16,8 mln metr kvadratdan 30,3 mln metr kvadratgacha yetkazilishi kutilmoqda, shularning yarmidan koʻpini koʻp kvartirali uylar tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik aglomeratsiyalarda aholi ish joylariga yaqinroq yashaydi, bu esa infratuzilma xarajatlarini va transport yukini kamaytiradi hamda iqtisodiyotning jadal oʻsishiga turtki beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga beriladigan uy-joylar fondi yaratiladi, bu orqali ish bilan band aholi, talabalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar va vaqtincha band aholini oʻqish yoki ish joyiga yaqin, qulay sharoitdagi uy-joy bilan taʼminlash imkoni yaratiladi, natijada aholining ichki mobilligi oshadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining uy-joy sharoiti yaxshilanadi va zamonaviy shahar muhiti shakllanadi, bu esa mamlakatning eng yirik shaharlarini tashqi koʻrinishi va yashash sifati boʻyicha zamonaviy dunyo megapolislariga yaqinlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) aholi uy-joy sharoitini yaxshilash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini uy-joy bilan taʼminlanish koʻrsatkichi bir kishi hisobiga 18,9 metr kvadratdan 23 metr kvadratdan oshadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining uy-joy sotib olish imkoniyati ortib, har uch nafar fuqarodan biri davlat koʻmagisiz ipoteka orqali uy-joy xarid qila oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhandislik va ijtimoiy infratuzilma sifati, ularning energiya samaradorligi va xavfsizligi oshadi, natijada aholining uy-joy sharoiti xalqaro standartlarga yaqinlashadi va ayrim koʻrsatkichlar boʻyicha mintaqadagi davlatlarga nisbatan yuqori natijalarni qayd etishga erishiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) uy-joy qurilishi uchun moliyaviy manbalarni diversifikatsiya qilish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklar tomonidan qurilish kompaniyalari va uy-joy xaridorlariga kredit berish, shuningdek, institutsional va xususiy investorlarni uy-joy sohasiga jalb etish orqali yangi yirik bozorlar shakllanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka portfeli hajmi 2025 — 2040-yillar mobaynida 5,3 mlrd AQSH dollaridan 56,7 mlrd dollargacha oʻsadi, bu esa ipoteka qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish imkonini yaratadi, 2040-yilga kelib ipoteka qimmatli qogʻozlar aylanmasi 4 mlrd AQSH dollari darajasiga yetishi prognoz qilinmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka kreditlash bozorida nodavlat sektor ulushi bosqichma-bosqich oshiriladi, buning uchun tijorat banklari va “Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ tomonidan xorijiy kredit liniyalari va boshqa moliyaviy instrumentlar orqali resurslar jalb etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklar tomonidan qurilishni loyiha asosida moliyalashtirish bozori shakllanadi, uning umumiy portfeli 2040-yilga borib 12,2 mlrd AQSH dollarini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijara uy-joy bozori yangi bosqichga koʻtariladi, professional ijara tashkilotlari va institutsional ishtirokchilar (ijara uy-joy fondlari, boshqaruv kompaniyalari va boshqalar) faoliyati orqali yangi investitsiya vositalari paydo boʻladi hamda yashirin iqtisodiyot ulushi kamayadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy qurilishi uchun yer uchastkalari bozori ochiq va shaffof boʻladi, bu esa yerning haqiqiy bozor qiymatini belgilash imkonini beradi va investorlar uchun jozibadorlikni oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) xususiy investorlar huquqlarini himoya qilish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilayotgan uylardagi barcha xaridorlar mablagʻlari majburiy “eskrou” hisobvaragʻi va loyihaviy moliyalashtirish mexanizmi orqali himoya qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar mablagʻlarining xavfsizligi taʼminlanadi, bu esa xususiy mablagʻlarni uy-joy qurilishiga barqaror ravishda jalb etishga imkon beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy bozorida xaridorlar va uy-joy qurilishida ulushdorlar huquqlarini himoya qiluvchi yangi mexanizmlarni joriy etish orqali shaxsiy mablagʻlarning uy-joy qurilishiga barqaror ravishda kirib kelishi taʼminlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish hajmlari sezilarli darajada ortib, yangi tizim talablariga tez va samarali moslashgan banklar hamda qurilish kompaniyalari bozorda oʻz ulushini oshiradi va moliyaviy natijalarini yaxshilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-noyabrdagi PF-219-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida 2040-yilgacha boʻlgan davrda uy-joy va ipoteka bozorini barqaror rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAQSADLI KOʻRSATKICHLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vazifalar

Maqsadli koʻrsatkichlar

Oʻlchov birligi

Joriy holat

2030-yil

2040-yil

Mamlakatda urbanizatsiya jarayonlarini qoʻllab-quvvatlash

Yiliga uy-joylarni foydalanishga topshirish hajmi (koʻp kvartirali va yakka tartibdagi uy-joylar)

mln.kv.m

15,5

23,4

30,3

Yil davomida quriladigan uy-joylar soni (koʻp kvartirali va yakka tartibdagi uy-joylar)

ming dona

207

310

421

14 ta yirik aglomeratsiyada qurilishning oʻrtacha zichligi

1 kv. m/ga

946

1170

1885

14 ta yirik aglomeratsiyada kompleks qurilish dasturlari doirasida foydalanishga topshirilgan uy-joylar ulushi

%

30

50

Namunali uy (5 ming metr kvadrat, 12 qavatgacha) uchun investitsiya-qurilish davrining davomiyligi

yil

2,8

1,9

1,9

Yil davomida koʻp kvartirali uylar qurilishi uchun ajratiladigan yer uchastkalari hajmi

ming ga

1,3

2,0

2,3

Aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilash

Bozor sharoitida ipoteka orqali uy-joy sotib olish imkoniyatiga ega aholi ulushi

%

12

25

32

Aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan uy-joy maydoni bilan taʼminlanganlik darajasi

kv.m

18,9

19,9

23,0

Uy-joy fondida zamonaviy uy-joylar ulushi

%

33

39

50

Ichimlik suvi bilan taʼminlanish darajasi

%

77,1

82,6

89,7

Bank moliyalashtiruvi va investitsiyalarni jalb qilish

Loyihani moliyalashtirish portfeli

mlrd doll.

7,5

12,2

Ipoteka qimmatli qogʻozlari portfeli

mlrd doll.

0,4

4,0

Ipoteka krediti portfeli

mlrd doll.

5,3

16,2

56,7

Xususiy investorlarni himoya qilishni taʼminlash

“Eskrou” hisobvaraqlari tizimi orqali himoyalanmagan ulushdorlarning mablagʻlari

mlrd doll.

4,0-4,5

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-noyabrdagi PF-219-son Farmoniga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida 2040-yilgacha boʻlgan davrda uy-joy va ipoteka bozorini barqaror rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KOMPLEKS CHORA-TADBIRLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddatlari

Masʼul ijrochilar

I. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.

Hududlarni rejalashtirish, yangilash va rivojlantirish, qurilish hamda yer munosabatlari sohalarini rivojlantirish.

Qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Bunda quyidagilarni inobatga olish:

a) koʻchmas mulk obyekti joylashgan yer uchastkasini ijaraga olish yoki unga mulk huquqini amalga oshirishda mulkdorning mutlaq huquqlarini taʼminlash;

b) qurib bitkazilmagan va qurilgan uy-joy hamda sanoat hududlarini qurilish jarayoniga jalb etish tartibini inobatga olgan holda hududlarni kompleks qurish;

v) uy-joy mavzelarini renovatsiya qilish, samarasiz foydalanilayotgan sanoat hududlarini yangi maqsadlarda foydalanish uchun qayta rivojlantirish (redevelopment);

g) muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalar bilan taʼminlashda ekologik toza mahsulotlar hamda energiya tejovchi texnologiyalarni qoʻllash.

2026-yil 1-dekabr

Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi,

Adliya vazirligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2.

Koʻchmas mulkka oid investitsiya va pay jamgʻarmalarini tashkil etish hamda ularning faoliyat yuritishi uchun zarur qonunchilik bazasini yaratish.

Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi hamda boshqa tegishli qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini ishlab chiqish.

2026-yil 1-dekabr

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi,

Markaziy bank,

Adliya vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Soliq qoʻmitasi

3.

Uy-joy sohasida ijara munosabatlarini tartibga solish va institutsional rivojlantirish.

1. Uy-joy ijarasi bozorini rivojlantirish va tartibga solishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Bunda quyidagilarni inobatga olish:

a) tijorat, ijtimoiy, korporativ va talabalar segmentlari uchun alohida shartlar asosida takliflarni ishlab chiqish;

b) professional ijaraga beruvchilar faoliyatini ragʻbatlantiruvchi soliq imtiyozlarini joriy etish.

2. Uy-joy ijarasi bozorida professional ishtirokchilar faoliyatini tartibga solish boʻyicha qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

2027-yil 1-iyul

Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Markaziy bank,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

4.

Shahar hududlarini kompleks qurish dasturlarini ishlab chiqish.

Kompleks qurilish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Bunda quyidagilarni inobatga olish:

a) uy-joy qurilishi va infratuzilma uchun istiqbolli “yer banki”ni shakllantirish;

b) umumiy foydalanish ehtiyojlari uchun hududlarni zaxiraga olish;

v) kompleks qurilish doirasida mulkdorlar va boshqa huquq egalarini jalb qilish.

2026-yil 1-iyul

Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Adliya vazirligi

5.

Uy-joy qurilishi sohasidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonida maʼmuriy tartib-taomillarni qisqartirish.

1. Amaldagi maʼmuriy tartib-taomillarni xatlovdan oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tashkil etish va xatlovdan oʻtkazish.

2026-yil 1-aprel

Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Adliya vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Xatlov natijalariga koʻra Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-noyabrdagi 200-son qarori va boshqa tegishli qonunchilik hujjatlariga maʼmuriy tartib-taomillarni standartlashtirish, tartibga solish va raqamlashtirish orqali loyihalarni amalga oshirish muddatlarini qisqartirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha taklif ishlab chiqish.

2026-yil 1-iyul

6.

Uy-joy bitimlarining shaffofligi va xavfsizligini taʼminlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Bunda quyidagilarni inobatga olish:

a) shartnomalar uchun minimal talablarni belgilash;

b) bitimlarni amalga oshirish jarayonini raqamlashtirish;

v) ipoteka bilan bogʻliq bitimlarni amalga oshirish tartibini takomillashtirish.

2026-yil 1-iyul

Adliya vazirligi,

Markaziy bank,

Soliq qoʻmitasi,

“Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

7.

Buxgalteriya hisobi, audit, bank faoliyati va kapital bozori standartlarini inobatga olgan holda muqobil moliyaviy vositalarni joriy etish.

Mahalliy va xorijiy tajribani inobatga olgan holda muqobil moliyaviy vositalarni joriy etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2026-yil 1-dekabr

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi,

Markaziy bank,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

II. Tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar

8.

Eng yirik aglomeratsiyalarda rivojlanish hududlarini aniqlash, bosh rejalarni muvofiqlashtirish va tegishli maʼlumotlarni yetarli va shaffof ravishda eʼlon qilish orqali shaharsozlik faoliyati samaradorligini oshirish.

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2. Belgilangan tartibda normativ-huquqiy hujjat loyihasini kelishish.

3. Belgilangan tartibda normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2027-yil 1-dekabr

Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

9.

Shaharsozlik hujjatlarini xatlovdan oʻtkazish, ularning dolzarbligini tahlil qilish va amaldagi hujjatlarni ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish.

Umumiy foydalanish mumkin boʻlgan elektron portalni yaratish va unga amaldagi shaharsozlik hujjatlarini joylashtirish.

2026-yil 1-iyul

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi

10.

Aholiga uy-joy qurilishi sohasida berilayotgan imtiyozlar va qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarining samaradorligini monitoring va tahlil qilish.

Tahliliy maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

Doimiy asosda

Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Markaziy bank

11.

Uy-joy va infratuzilma qurilishi uchun istiqbolli yer fondini shakllantirishni nazarda tutuvchi shahar hududlarini kompleks qurish dasturlarini ishlab chiqish.

14 ta yirik aglomeratsiyada kompleks qurilish dasturlarini ishlab chiqish.

2027-yil 1-dekabr

Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

12.

Zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalangan holda ulush kiritish asosidagi qurilishni tartibga solish hamda “eskrou” hisobvaraqlari va loyihaviy moliyalashtirish operatsiyalarining shaffofligi va xavfsizligini taʼminlovchi yagona elektron platformani yaratish.

1. “Shaffof qurilish” axborot tizimidagi ulush kiritish asosidagi qurilish platformasi operatori funksiyalarini Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasiga oʻtkazish.

2. Quyidagilarni inobatga olgan holda elektron platformani takomillashtirish:

a) uy-joyning yagona hayotiy sikli davomida yagona obyekt identifikatoridan foydalanish;

b) ulush kiritish asosidagi qurilish boʻyicha zarur tahliliy maʼlumotlarni bozorning barcha professional ishtirokchilari va fuqarolar uchun doimiy ravishda taqdim etish.

2026-yil 1-iyul

Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

13.

Uy-joy qurilishida muhandislik infratuzilmasini taʼminlash va uni ekspluatatsiya qilishda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlaridan foydalanish samaradorligini tahlil qilish.

Tahliliy maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2026-yil 1-iyul

Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

14.

“Yashil” va energiya tejamkor texnologiyalardan foydalanish amaliyotini rivojlantirish, ularni standartlashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish, davlat ishtirokidagi loyihalarda joriy etish va tijorat loyihalarini ragʻbatlantiruvchi mexanizmlardan foydalanish.

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2. Belgilangan tartibda normativ-huquqiy hujjat loyihasini kelishish.

3. Belgilangan tartibda normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil 1-iyul

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi

15.

Uy-joylarni yashash uchun qulayligi boʻyicha mezon va talablarni joriy etish, shu jumladan, shaharlarni barqaror rivojlantirishning yangi yondashuvlarini amalga oshirish va ularni hududlarni kompleks qurish mexanizmlariga integratsiya qilish.

Tahliliy maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2026-yil 1-iyul

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi

16.

Yakka tartibdagi uy-joy qurilishini tartibga solish, rivojlantirish va uni “Bankable housing project”ga transformatsiya qilish.

1. Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun namunali loyihalarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Namunali loyihalar asosida qurilayotgan yakka tartibdagi uy-joylar uchun ruxsatnomalar olish jarayonlarini soddalashtirish va tezkor muvofiqlashtirishni taʼminlash.

3. Namunali loyihalar asosida qurilayotgan yakka tartibdagi uy-joylar uchun ipoteka kreditlaridan foydalanishni kengaytirish.

2027-yil 1-dekabr

Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Markaziy bank,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-noyabrdagi PF-219-son Farmoniga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida urbanizatsiya, uy-joy va ipoteka bozorini barqaror rivojlantirishni taʼminlash boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

F.I.O

Masʼullar

1.

A.J. Ramatov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Muvofiqlashtiruvchi kengash hamraisi

2.

J.A. Qoʻchqorov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Muvofiqlashtiruvchi kengash hamraisi

3.

Lavozimi boʻyicha

Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi raisi, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi oʻrinbosari

4.

D.R. Li

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktori

5.

A.A. Abduxakimov

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi raisi

6.

Sh.S. Xidoyatov

qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri

7.

I.R. Maxkamov

transport vaziri

8.

 J.T. Mirzamahmudov

energetika vaziri

9.

Sh.R. Xamrayev

suv xoʻjaligi vaziri

10.

A.A. Xudayarov

sogʻliqni saqlash vaziri

11.

B.B. Kudratxodjayev

favqulodda vaziyatlar vaziri

12.

S.A. Sadullayev

iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari

13.

J.Yu. Tursunov

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisi

14.

Lavozimi boʻyicha

Kadastr agentligi direktori

15.

D.A. Vaxabov

Savdo-sanoat palatasi raisi

16.

A.X. Suvankulov

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ boshqaruvi raisi v.b.

17.

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari

18.

Lavozimi boʻyicha

Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, Muvofiqlashtiruvchi kengash kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Muvofiqlashtiruvchi kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-noyabrdagi PF-219-son Farmoniga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmoniga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) “Jami” pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Jami

44 133

40 972

3 161

;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) “1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi” boʻlimining “3. Kadastr agentligi” pozitsiyasi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) “8. Energetika vazirligi” boʻlimida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Energetika vazirligi” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” ustunidagi “109” raqami “93” raqami bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari hisobidan” ustunidan “16” raqami chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) izohlar qismining 5.7 hamda 5.21-kichik bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 1.4.-kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) izohlar qismida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidagi “71” raqami “67” raqami bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshidagi “21” raqami “20” raqami bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshidagi “6” raqami “7” raqami bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshidagi “28” raqami “26” raqami bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2a-ilovaning 1.4.-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2025-y., 06/25/219/1066-son)