19.11.2025 yildagi PQ-347-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida uy-joy va ipoteka bozorini barqaror rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-219-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Maqsadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar mazkur qarorni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsadlar etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) urbanizatsiya va uy-joy sohasida davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Milliy qoʻmita) faoliyatini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) urbanizatsiya va uy-joy sohasida davlat organlari oʻrtasida oʻzaro integratsiyani tashkil etgan holda hamkorlikni yanada rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) urbanizatsiya va uy-joy sohasida yetakchi xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Davlat organi masʼuliyatini oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra quyidagi masalalarni oʻz ichiga olgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Milliy qoʻmita bilan majburiy kelishilishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) uy-joylar qurilishida davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Nukus va Toshkent shaharlarida, viloyatlar markazlari va boshqa aglomeratsiyalarda uy-joy hamda noturar joy majmualarini qurish loyihalarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) “Yangi Oʻzbekiston” massivlarida va boshqa massivlarda koʻp kvartirali uylar qurilishi boʻyicha yillik maqsadli koʻrsatkichlarni tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) kompleks qurilish loyihalari amalga oshiriladigan va “Yangi Oʻzbekiston” massivlari quriladigan hududlarni belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Milliy qoʻmita boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 160 ta shtat birligidan iborat boʻladi;
(3-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 7-iyuldagi PQ-252-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2026-y., 07/26/252/0741-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Milliy qoʻmita loyihaviy boshqaruv tamoyili asosida rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish uchun mahalliy va xorijiy mutaxassis va ekspertlarni, shu jumladan, olimlar, ilmiy izlanuvchilar va tadqiqotchilarni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida jalb qilishi (ishga olishi) mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Milliy qoʻmita faoliyati Davlat budjeti mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Milliy qoʻmita Toshkent shahri, Zulfiyaxonim koʻchasi, 1a-uyda joylashgan maʼmuriy binoga operativ boshqarish huquqi asosida joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qarorning samarali ijrosini tashkil etish uchun masʼul va shaxsiy javobgar etib Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi raisi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qaror ijrosini nazorat qilish va ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 19-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-347-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-noyabrdagi PQ-347-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Milliy qoʻmita) maqomi, vazifalari, funksiyalari, vakolatlari va faoliyatining tashkiliy asoslarini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional majburiyatlari hamda javobgarligini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Milliy qoʻmita oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobdordir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Milliy qoʻmita uy-joy sohasini rivojlantirish borasidagi davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida vakolatli organ hisoblanadi. Milliy qoʻmita tizimiga Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi (keyingi oʻrinlarda — Kadastr agentligi) kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Milliy qoʻmita oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, ushbu Nizom hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Milliy qoʻmita tomonidan oʻz vakolati doirasida qabul qilingan qarorlar davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va idoralar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar (keyingi oʻrinlarda — davlat organlari va boshqa tashkilotlar) uchun bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Milliy qoʻmita yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi koʻrsatilgan muhrga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Milliy qoʻmitaning rasmiy nomi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) davlat tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq — Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi, qisqartirilgani — Urbanizatsiya va uy-joy bozori qoʻmitasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) rus tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq — Natsionalniy komitet Respubliki Uzbekistan po ustoychivomu razvitiyu urbanizatsii i rinka jilya, qisqartirilgani — Komitet po urbanizatsii i rinku jilya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) ingliz tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq — National Committee for Sustainable Development of Urbanization and Nousing Market of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgani — Urbanization and Nousing Committee.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Milliy qoʻmitaning vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Milliy qoʻmita faoliyatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) urbanizatsiya jarayonlarini muvofiqlashtirish va rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) samarali va barqaror uy-joy siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) renovatsiya dasturlarining samarali ijrosini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) “Yangi Oʻzbekiston” massivlarida qurilish ishlarini muvofiqlashtirish, jumladan, hududlarni tanlashda va urbanizatsiya tamoyillariga rioya etilishida qonunchilik hujjatlarida belgilangan qoidalarga amal qilishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) Milliy qoʻmita vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha xalqaro hamkorlikni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Milliy qoʻmita oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) urbanizatsiya jarayonlarini muvofiqlashtirish va rivojlantirish boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) hududlarni kompleks qurish mexanizmlarini joriy etadi, kompleks qurilish dasturlarini ishlab chiqish va boshqarish boʻyicha kompetensiyalar markazini shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) davlat dasturlari va boshqa dasturlarni ishlab chiqadi hamda ularning amalga oshirilishiga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) hududiy rejalashtirish amaliyotini rivojlantirish va bosh rejalarni tayyorlashga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) uy-joy qurilishiga davlat mulkidagi yer uchastkalari hamda boshqa yer maydonlarini jalb etishda shaffof tartib-taomillarni joriy etishga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) investitsiya-qurilish loyihalarini amalga oshirish muddatlarini qisqartirish va maʼmuriy jarayonlarni maqbullashtirish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(vi) kompleks qurilish tamoyillariga rioya etilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) samarali va barqaror uy-joy siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) qonunchilikni takomillashtirish va uy-joy sohasini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlariga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) uy-joy sohasini rivojlantirish va renovatsiya dasturlarini amalga oshirish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarini tayyorlash masalalari boʻyicha ilmiy-taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) ulushli qurilishga investitsiya kirituvchi shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(vi) “eskrou” hisobvaraqlari va loyiha moliyalashtirish asosida uy-joy qurilishini moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(vii) ulushli qurilish uchun elektron platformani joriy etishni taʼminlaydi, ushbu platforma orqali ulushli ishtirok etish shartnomalarini tuzish va mablagʻlarni “eskrou” hisobvaraqlarida joylashtirish jarayonlarining xavfsizligini taʼminlaydi, maʼlumotlarni taqsimlangan reyestr texnologiyalari asosida yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(viii) uy-joy xaridorlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralari boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ix) uy-joy qurilishini moliyalashtirish manbalarini kengaytirish boʻyicha aholi va institutsional investorlar mablagʻlarini jalb etishga oid takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(x) ijara uy-joy fondlarini yaratish va boshqarish hamda ijara uy-joy bozorining turli segmentlarini rivojlantirishga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(xi) uy-joy sohasining asosiy koʻrsatkichlari boʻyicha toʻliq va ishonchli axborot hamda tahliliy maʼlumotlar bilan taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(xii) aholi keng qatlamlari va bozorning professional ishtirokchilari oʻrtasida uy-joy sohasini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni targʻib qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) renovatsiya dasturlarining samarali ijrosini taʼminlash boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) renovatsiya dasturlarini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejalarini kelishadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) renovatsiya dasturlarini amalga oshirishda kompleks qurilish tamoyillariga rioya etilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) renovatsiya dasturlarining ijrosini monitoring va tahlil qilish, ularning samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar va tavsiyalar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) “Yangi Oʻzbekiston” massivlarida qurilish ishlarini muvofiqlashtirish, jumladan, hududlarni tanlashda va urbanizatsiya tamoyillariga rioya etilishida qonunchilik hujjatlarida belgilangan qoidalarga amal qilishni taʼminlash boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) “Yangi Oʻzbekiston” massivlarida koʻp kvartirali uylarni qurish boʻyicha yillik maqsadli koʻrsatkichlarni kelishadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) kompleks qurilish va “Yangi Oʻzbekiston” massivlarini barpo etish uchun tanlangan hududlarni kelishadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) “Yangi Oʻzbekiston” massivlarini qurishda urbanizatsiya tamoyillariga rioya etilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) Milliy qoʻmita vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha xalqaro hamkorlikni tashkil etish boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) uy-joy qurilishini rivojlantirish sohasida tajriba almashish hamda mazkur yoʻnalishlarda xalqaro boshqaruv amaliyotini qoʻllash boʻyicha hamkorlikni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) uy-joy qurilishi masalalari boʻyicha jamoat va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) uy-joy qurilishi sohasida xalqaro hamkorlikni belgilangan tartibda amalga oshiradi, oʻz vakolati doirasida xorijiy davlatlar tegishli organlari va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro shartnomalar tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Milliy qoʻmitaning huquq va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Milliy qoʻmita oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Milliy qoʻmita vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Milliy qoʻmitaga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq boshqa hujjatlarni ishlab chiqish va kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Milliy qoʻmita vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda axborotni soʻrash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) davlat statistikasi organlaridan zarur statistika maʼlumotlarini bepul asosda olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) Milliy qoʻmita vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha uslubiy materiallar va tavsiyalar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) Milliy qoʻmitaga yuklangan vazifalarni amalga oshirish doirasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlar, ilmiy-taʼlim muassasalari, loyiha institutlari hamda xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalarning yuqori malakali mutaxassislarini jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(z) uy-joy qurilishi sohasida davlat tomonidan koʻrsatiladigan qoʻllab-quvvatlash choralarini nazarda tutuvchi, markazlashtirilgan manbalar hisobidan imtiyozli ipoteka kreditlash (subsidiyalash), Nukus shahri, viloyat markazlari, Toshkent shahri va boshqa aglomeratsiyalarda turar va noturar joylar majmualarini qurish loyihalarini amalga oshirish, “Yangi Oʻzbekiston” massivlarida va boshqa massivlarda koʻp kvartirali uylar qurish boʻyicha yillik maqsadli koʻrsatkichlarni tasdiqlash, boshqaruv kompaniyalari va uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini tartibga solishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni majburiy tarzda kelishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-fevraldagi “Uy-joy va ipoteka bozorini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-26-son Farmonining 2-bandi hamda 2025-yil 19-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida uy-joy va ipoteka bozorini barqaror rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-219-son Farmonining 6-bandida belgilangan mezonlarga muvofiqlik ustidan monitoring va nazoratni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(k) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan uy-joy qurilishi sohasidagi davlat dasturlari va hududiy dasturlar, loyihalar hamda tadbirlar bajarilishini nazorat qilish va bu masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga takliflar kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(l) Milliy qoʻmita vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha aniqlangan qonun buzilishi va boshqa holatlar yuzasidan davlat organlari va tashkilotlari hamda boshqa tuzilmalarga ogohlantirish, xulosa hamda bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar yuborish;
(10-bandning “l” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 7-iyuldagi PQ-252-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2026-y., 07/26/252/0741-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(m) Milliy qoʻmita vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, xoʻjalik birlashmalari rahbarlari va mutaxassislarini jalb etgan holda belgilangan tartibda yigʻilishlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(n) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti topshirigʻiga binoan xalqaro tashkilotlarda mamlakat manfaatlarini ifoda etish va belgilangan tartibda, xalqaro huquq normalariga muvofiq boshqa davlatlar tegishli tashkilotlari bilan uy-joy qurilishi masalalari boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida shartnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(o) belgilangan tartibda nashriyot faoliyatini amalga oshirish, axborot materiallari, davriy nashrlar va boshqa chop etilgan mahsulotlarni tayyorlash va tarqatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(p) binolarga xizmat koʻrsatish, inventar va xoʻjalik jihozlarini saqlash va ulardan foydalanish, avtotransport, aloqa vositalari, hisoblash, kompyuter va ofis texnikasi, dasturiy taʼminot sotib olish boʻyicha belgilangan tartibda shartnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(r) Milliy qoʻmita vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlar hamda xorijiy kompaniyalar bilan xizmat yozishmalarini yuritish, tadbirlar tashkil etish va hadli kelishuvlar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(s) Milliy qoʻmita hamda uning tizimiga kiradigan tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(t) Milliy qoʻmita tizimining ijtimoiy infratuzilmasini yaratish va takomillashtirish, tizim xodimlarini ragʻbatlantirish va moddiy qoʻllab-quvvatlashning yagona tizimini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(u) Milliy qoʻmita qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Milliy qoʻmita oʻziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Milliy qoʻmita faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Milliy qoʻmitaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan rais rahbarlik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Milliy qoʻmita raisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan uch nafar oʻrinbosarga, jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosarga ega boʻladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 7-iyuldagi PQ-252-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2026-y., 07/26/252/0741-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Milliy qoʻmita raisi oʻz maqomi hamda tibbiy va transport xizmatini koʻrsatish shartlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisiga, raisning birinchi oʻrinbosari — Prezident maslahatchisining birinchi oʻrinbosariga, rais oʻrinbosari — Prezident maslahatchisi oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Milliy qoʻmita xodimlari Milliy qoʻmita raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Milliy qoʻmita xodimlarining mehnatiga haq toʻlash shartlari Milliy qoʻmita raisi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy qoʻmitada xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchi kasblarining klassifikatori hamda Mehnatga haq toʻlash boʻyicha yagona tarif setkasining tarif koeffitsiyentlarini qoʻllash tavsiyaviy xususiyatga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Milliy qoʻmita xodimlariga tibbiy xizmat koʻrsatish shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi xodimlari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Milliy qoʻmitaga 5 ta yengil xizmat avtotransport vositalarini, shu jumladan, 4 ta shaxsan biriktirilgan, 1 ta navbatchi avtotransport vositasini xarid qilish va saqlash uchun limit beriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 7-iyuldagi PQ-252-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2026-y., 07/26/252/0741-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Milliy qoʻmita faoliyatini moliyalashtirish manbalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan, xorijiy jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Milliy qoʻmitaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini banklarda joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v1) budjetdan tashqari mablagʻlar;
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 7-iyuldagi PQ-252-sonli qaroriga asosan “v1” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2026-y., 07/26/252/0741-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Milliy qoʻmita raisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Milliy qoʻmita faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi hamda Milliy qoʻmitaga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Milliy qoʻmita shtat jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Milliy qoʻmita boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida Milliy qoʻmita tuzilmasini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) Milliy qoʻmita tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) Milliy qoʻmita xodimlarining lavozim vazifalarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) xorijiy davlatlarning vakolatli organlari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy ilmiy-taʼlim muassasalar va kompaniyalar bilan hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimlar va boshqa shartnomalarni tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(z) Kadastr agentligi direktori va uning oʻrinbosarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish boʻyicha taqdimnomalar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) Kadastr agentligi tuzilmasi va shtat sonini kelishadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(k) oʻz vakolati doirasida buyruqlar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi, Milliy qoʻmita xodimlari uchun bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar beradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(l) Milliy qoʻmitaning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan Milliy qoʻmita xodimlariga shaxsiy ustamalar va mukofotlar belgilaydi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 7-iyuldagi PQ-252-sonli qaroriga asosan “l” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2026-y., 07/26/252/0741-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Kadastr agentligi faoliyatini muvofiqlashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Kadastr agentligi direktori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Kadastr agentligi direktori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan oʻrinbosarlarga, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosarga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Kadastr agentligi boshqaruv xodimlarining mavjud cheklangan soni, shuningdek, mehnatga haq toʻlash tartibi, tibbiy va transport xizmati koʻrsatishning amaldagi shartlari saqlab qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Kadastr agentligi direktori Milliy qoʻmita raisi bilan kelishgan holda Agentlik tuzilmasi va shtat jadvalini tasdiqlash, shuningdek, Agentlik tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Milliy qoʻmitani qayta tashkil etish va tugatish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2025-y., 07/25/347/1068-son; 16.07.2026-y., 07/26/252/0741-son)