07.01.2026 yildagi 2-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Issiqxona xoʻjaliklarini rivojlantirish va faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Issiqxona xoʻjaliklari faoliyati samaradorligini oshirish va eksport hajmini koʻpaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 8-oktabrdagi PF-181-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, issiqxona xoʻjaliklarini rivojlantirish va faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturni ishlab chiqish ishlarini muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Issiqxona xoʻjaliklari faoliyati samaradorligini oshirish va eksport hajmini koʻpaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 8-oktabrdagi PF-181-son Farmoniga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda Issiqxona xoʻjaliklarini rivojlantirish va faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturni ishlab chiqish va bunda samarali boshqaruv tizimini yoʻlga qoʻyishga masʼul tashkilot taʼsis etish belgilangani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Issiqxona xoʻjaliklarini rivojlantirish va faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturni ishlab chiqish ishlarini muvofiqlashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatiga raqamlashtirishni keng joriy etish hisobiga boshqaruv shtat birliklari sonini maqbullashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 4-oktabrdagi PF-178-son Farmoni bilan Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlardan qisqartirilgan shtat birliklari hisobidan Vazirlar Mahkamasi huzurida 6 ta shtat birligidan iborat loyiha ofisi tashkil etish belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Issiqxona xoʻjaliklarini rivojlantirish va faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturni ishlab chiqish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha loyiha ofisi (keyingi oʻrinlarda — Loyiha ofisi) xodimlarining cheklangan soni hamda mehnatga haq toʻlash miqdori ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha ofisi Vazirlar Mahkamasi huzurida alohida yuridik shaxs sifatida tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha ofisi rahbari va xodimlari belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha ofisi oʻz faoliyatida Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, eksport, savdo, qishloq va suv xoʻjaligi masalalari kotibiyatiga hisobdor boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Loyiha ofisining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Issiqxona xoʻjaliklarini rivojlantirish va faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturga (keyingi oʻrinlarda — Dastur) qoʻyiladigan talablar va texnik shartlarni belgilash hamda Dasturni ishlab chiqishni tashkil etish va muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, shuningdek, xalqaro baholash tashkilotlari va konsalting kompaniyalarining issiqxona xoʻjaliklarini rivojlantirish va faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha bergan tavsiyalarini umumlashtirish, tahlil qilish hamda maqbul tashabbuslarni amaliyotga joriy etishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona xoʻjaliklarini rivojlantirish va faoliyati samaradorligini oshirish masalalarini institutsional tahlil qilish va islohotlarning asosiy yoʻnalishlarini belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Loyiha ofisi faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan, norezidentlarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining grantlari hamda texnik koʻmaklari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha ofisini saqlash xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan Vazirlar Mahkamasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi zaruratga koʻra Loyiha ofisini saqlash xarajatlari uchun hisob-kitoblarga asosan qoʻshimcha mablagʻ ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha ofisi toʻgʻrisidagi nizomni, shtatlar jadvalini va xarajatlar smetasini ishlab chiqsin hamda tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha ofisi rahbar va mutaxassis lavozimlariga nomzodlar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Loyiha ofisi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining Toshkent viloyati Qibray tumani Universitet koʻchasi 2-uy manzilidagi binosida tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha ofisi faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun talab etiladigan ofis jihozlari hamda kompyuter texnikalari Qishloq xoʻjaligi vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan xarid qilinishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilansinki, Dastur tasdiqlanib, issiqxona xoʻjaliklarini rivojlantirish va faoliyati samaradorligini oshirish yoʻnalishida samarali boshqaruv tizimini yoʻlga qoʻyish uchun masʼul tashkilot belgilangandan soʻng Loyiha ofisi belgilangan tartibda tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 7-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 7-yanvardagi 2-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Issiqxona xoʻjaliklarini rivojlantirish va faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturni ishlab chiqish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha loyiha ofisi xodimlarining cheklangan soni hamda mehnatga haq toʻlash miqdori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Lavozimlar nomi

Shtat birliklari soni

Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan koeffitsiyent*

Loyiha ofisi rahbari

1

25

Iqtisodchi-buxgalter

1

21

Bosh mutaxassis

2

21

Yetakchi mutaxassis

2

20

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Loyiha ofisi xodimlarining lavozim maoshlari belgilangan koeffitsiyentlarni mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga koʻpaytirish orqali aniqlanadi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2026-y., 09/26/2/0024-son)