19.12.2025 yildagi SQ-226-V-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. Zaxidovga mehnat qonunchiligiga rioya qilinishi yuzasidan yuborilgan parlament soʻrovi natijalari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. Zaxidovga mehnat qonunchiligiga rioya qilinishi yuzasidan yuborilgan parlament soʻrovida aks etgan masalalar boʻyicha muayyan ishlar amalga oshirilganini qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur parlament soʻrovida koʻtarilgan masalalar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Majburiy ijro byurosi hamda Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan davlat tashkilotlarida oʻrganilib, tahlil qilindi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari koʻrildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, joriy yilning oʻtgan davrida davlat idoralari, korxona va tashkilotlarida mehnat qilayotgan xodimlarning mehnat huquqi, shu jumladan, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun adolatli haq olish va boshqa konstitutsiyaviy huquqlarini taʼminlashga qaratilgan 50 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, “Davlat organining yoki uning mansabdor shaxsining qonunga xilof qarori, harakati yoxud harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senatga kiritilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qonunda davlat organining yoki mansabdor shaxsning qonunga xilof qarori, harakati yoxud harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash borasida aybdor deb topilgan davlat organining mansabdor shaxsidan toʻliq miqdorda regress tartibida zararni undirib olish tartibi nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-avgustdagi “Mehnat munosabatlari va kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda ish beruvchilarni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-126-sonli Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 706-sonli qarori qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, 10 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilib, hukumatga kiritilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan joriy yilning oʻtgan davrida korxona va tashkilotlarda mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik, mehnatni muhofaza qilish qoidalari hamda mehnat standartlari talablariga rioya etilishi ustidan 12 840 ta davlat nazorati tadbiri oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat tadbirlarida aniqlangan 28 801 ta qonun buzilish holatini bartaraf qilish maqsadida mansabdor shaxslarga nisbatan 5 715 ta yozma koʻrsatma va qonun buzilish holatlariga shart-sharoit yaratib berayotgan holatlarni bartaraf qilish yuzasidan 150 ta taqdimnoma kiritilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrilgan choralar natijasida mehnat huquqlari buzilgan 9 584 nafar xodimga 109,1 mlrd soʻm mablagʻ undirib berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Norasmiy bandlikni legallashtirish doirasida 15 180 ta korxona xatlovdan oʻtkazilib, 69,5 mingta ish oʻrni rasmiylashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish jarayonida sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar, norasmiy bandlik, shuningdek, boshqa qonun buzilish holatlariga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslarga nisbatan jami 18,4 mlrd soʻmlik jarima qoʻllanilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning manfaatida sudlarga 3 mingga yaqin daʼvo arizalari kiritilgan. Xususan, 31,8 mlrd soʻm miqdorida oylik ish haqi va boshqa toʻlovlarni undirish boʻyicha 2 113 ta daʼvo arizasi kiritilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kiritilgan daʼvo arizalari sudlar tomonidan koʻrib chiqilib, 909 ta korxonadan 2 448 nafar fuqaroning 22,6 mlrd soʻmlik oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar undirib berilgan. Shuningdek, 337 ta ishga tiklash bilan bogʻliq daʼvo arizasining 249 tasi qanoatlantirilib, fuqarolar ishga tiklangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baxtsiz hodisalar tufayli bir yoʻla beriladigan va har oy toʻlanadigan zarar pullarini undirish haqida sudlarga 7,2 mlrd soʻmlik 92 ta daʼvo arizasi kiritilgan. Ushbu daʼvo arizalarining 82 tasi qanoatlantirilib, 6,1 mlrd soʻm tovon pullari undirib berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy himoyani taʼminlash maqsadida 507,5 ming ishsiz, yoshlar, ayollar, nogironligi boʻlgan va pensiya yoshidagi shaxslarga bandlik xizmati koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik, idora va tashkilotlarning 550 dan ortiq inson resurslarini rivojlantirish hamda boshqarish tuzilmalari masʼul xodimlarining Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi malaka oshirish markazida bilim hamda koʻnikmalari oshirilib, belgilangan tartibda sertifikatlar berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mehnat inspeksiyasi faoliyati samaradorligini oshirish hamda inson omilini cheklash maqsadida “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi joriy etilgan. Ushbu tizim orqali 13 ta mezon boʻyicha inson omilisiz xavf darajalari baholanib, xavf darajasi yuqori hamda oʻrta boʻlgan tashkilotlarda tekshiruv tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur axborot tizimining shaffofligini taʼminlash maqsadida “Xavfni tahlil qilish” axborot tizimi “Yagona davlat nazorati” tizimi bilan integratsiya qilinmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchilar tomonidan mehnat qonunchiligiga oid 15,9 ming targʻibot tadbiri (seminar, konferensiya, davra suhbatlari va boshqalar) oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament soʻrovi natijalarining tahlili eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan ayrim yoʻnalishlar mavjudligini koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, davlat idoralari, korxona va tashkilotlarida texnik xavfsizlik yoki mehnatni muhofaza qilishning boshqa qoidalariga rioya qilinmaganligi oqibatida baxtsiz hodisalar koʻrsatkichi yuqoriligicha qolib, joriy yilning oʻtgan davrida jami 524 tani tashkil etgan. Bunda 806 nafar xodim jabrlanib, shundan 139 nafari halok boʻlgan, 417 nafari ogʻir va 250 nafari yengil tan jarohati olgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchilar tomonidan xodimlarga sogʻlom va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratib bermaganlik, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etmaganlik, xodimlarni shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlamaganlik hamda xodimlarning mehnat xavfsizligi talablariga eʼtiborsizligi baxtsiz hodisalarning asosiy sabablari boʻlgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat nizolari boʻyicha davlat tashkilotlaridan sud qarorlari bilan undirilgan zararlarni keyinchalik aybdor shaxslardan regress tartibida undirish choralari ham koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tashkilotlari tomonidan noqonuniy ishdan boʻshatilgan xodimlarni ishga tiklash boʻyicha chiqarilgan 261 ta sud qarorining ijrosi oʻz vaqtida taʼminlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu kabi holatlar fuqarolarning noroziligini keltirib chiqarish bilan birga, davlat budjetidan qoʻshimcha toʻlovlar toʻlanishiga ham sabab boʻlmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu ijro hujjatlari sohalar kesimida tahlil qilinganda 88 tasi ichki ishlar organlari hamda 11 tasi soliq tizimi hissasiga toʻgʻri kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlar kesimida eng koʻp Toshkent shahrida 131 ta, Toshkent viloyatida 27 ta, Andijon viloyatida 18 ta, Sirdaryo viloyatida 11 ta, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 10 tadan ishga tiklash bilan bogʻliq muammoli ijro hujjatlari mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 9-moddasi va “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. Zaxidovga mehnat qonunchiligiga rioya qilinishi yuzasidan yuborilgan parlament soʻrovi natijalari toʻgʻrisidagi Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi aʼzosi Z. Bekatovaning axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi bandligini taʼminlash, ishsizlik darajasini qisqartirish va kambagʻallikni kamaytirishga qaratilgan davlat dasturlari, “yoʻl xaritalari” va kompleks chora-tadbirlar ijrosini tizimli va doimiy ravishda nazorat qilsin, ularning samaradorligini baholash hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha tezkor choralar koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi ish oʻrinlari tashkil etish, aholi bandligini taʼminlash, mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash, noqonuniy mehnat munosabatlarining oldini olish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlar, xotin-qizlar, nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ish oʻrinlari yaratish boʻyicha vakolatli davlat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa masʼul tashkilotlar tomonidan manzilli, shaffof va samarali chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT) konvensiyalari va tavsiyalari asosida mehnat munosabatlarini rivojlantirish, aholi bandligini oshirish va mehnat sharoitlarini yaxshilash boʻyicha doimiy va tizimli hamkorlikni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ratifikatsiya qilingan xalqaro konvensiyalarni milliy qonunchilikka joriy etish hamda ularning amaliyotda qoʻllanilishini taʼminlash choralarini koʻrib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zaxidov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy ravishda ogʻir, zararli va xavfli mehnat sharoitlarida band boʻlgan xodimlarga qonunchilikda nazarda tutilgan imtiyozlar, kompensatsiyalar, qoʻshimcha toʻlovlar va taʼtillar oʻz vaqtida va toʻliq berilishini, shuningdek, ish beruvchilar tomonidan xodimlarga yetkazilgan zarar uchun fuqarolik javobgarligining majburiy sugʻurta qilinishi holatini tizimli nazorat qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat qonunchiligi buzilishini barvaqt aniqlash, ijtimoiy-mehnat sohasidagi xavf-xatarlarni prognoz qilish va qarorlar qabul qilish samaradorligini oshirish maqsadida sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini darhol tekshirish, ularni belgilangan tartibda hisobga olish, sabablarini tahlil qilish hamda ish beruvchilar tomonidan mehnatni muhofaza qilish qoidalari buzilishining oldini olishga qaratilgan taʼsirchan profilaktik va maʼmuriy choralarni koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat nizolari boʻyicha qabul qilingan sud hujjatlarining, shu jumladan ishga tiklash, ish haqi va kompensatsiyalar undirishga oid qarorlarning davlat tashkilotlari tomonidan oʻz vaqtida va toʻliq ijro etilishini doimiy ravishda monitoring qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat nizolari natijasida davlat budjeti yoki davlat tashkilotlari mablagʻlari hisobidan qoplangan zararlarni aybdor mansabdor shaxslardan regress tartibida undirish boʻyicha amaldagi normativ-huquqiy hujjatlardan samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida davlat organlari, korxona va tashkilotlarida tizimli targʻibot-tashviqot va tushuntirish ishlarini olib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va uning hududiy tuzilmalariga mehnat qonunchiligi, mehnat huquqlari va mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha kelib tushayotgan murojaatlarni qonunchilikda belgilangan muddatlarda, xolisona va puxta koʻrib chiqilishini, aniqlangan qonunbuzilishlar boʻyicha taʼsir choralari qoʻllanilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat huquqlari va mehnatni muhofaza qilish qoidalari buzilishi holatlari koʻp uchraydigan hududlar, tarmoqlar va ish beruvchilar faoliyatini chuqur tahlil qilib, aholi va ish beruvchilar oʻrtasida manzilli, tizimli va profilaktikaga qaratilgan axborot-tushuntirish ishlarini amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro Mehnat Tashkilotining “Mehnat xavfsizligi va gigiyenasi toʻgʻrisida”gi 155-sonli, “Mehnat inspeksiyasi toʻgʻrisida”gi 81-sonli, “Ijtimoiy taʼminotning minimal meʼyorlari toʻgʻrisida”gi 102-sonli, “Mehnat muhofazasini targʻib qilish tizimi toʻgʻrisida”gi 187-sonli konvensiyalari hamda boshqa ratifikatsiya qilingan xalqaro hujjatlar talablariga muvofiq mehnatni muhofaza qilish, xodimlarni ijtimoiy himoyalash va mehnat huquqlarini taʼminlash boʻyicha milliy mexanizmlarni takomillashtirish choralarini koʻrib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro Mehnat Tashkilotining standartlariga muvofiq mehnat huquqlari buzilishining oldini olish, ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish, kasaba uyushmalari va ish beruvchilar birlashmalari bilan hamkorlikni kuchaytirish orqali munosib mehnat tamoyillarini amaliyotga keng joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha respublika uch tomonlama komissiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tashkilotlari, korxona va muassasalarda mehnat qonunchiligi hamda ijtimoiy-mehnat munosabatlariga oid normalar buzilishi holatlarini, shu jumladan ish haqi, ish vaqti va dam olish vaqti, mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha yuzaga kelayotgan holatlarni tizimli ravishda oʻrganib, doimiy monitoring qilib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat qonunchiligi va ijtimoiy-mehnat munosabatlari sohasidagi holatni tanqidiy baholash maqsadida har chorakda kamida bir marotaba komissiya yigʻilishlarini oʻtkazsin, ushbu yigʻilishlarga tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, ish beruvchilar va kasaba uyushmalari vakillarini keng jalb etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya yigʻilishlarida mehnat huquqlari buzilishi, ishsizlik, norasmiy bandlik, mehnat muhofazasi, jamoa shartnomalari ijrosi hamda ijtimoiy sheriklikning samaradorligi masalalarini ochiq va tanqidiy muhokama qilsin, muhokamalar yakunida aniq vazifalar, muddatlar va masʼul ijrochilarni belgilagan holda qarorlar qabul qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy-mehnat sohasida aniqlangan tizimli muammolar boʻyicha qonunchilikni takomillashtirish, Xalqaro Mehnat Tashkiloti konvensiyalari va tavsiyalariga muvofiq milliy normalarni kuchaytirish yuzasidan takliflar ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasi hamda Oliy Majlis Senatiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (M. Egamberdiyev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatga oid sud hujjatlarining ijrosini oʻz vaqtida taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatga oid hujjatlar ijrosini oʻz vaqtida bajarmagan davlat idoralari, korxona va tashkilotlariga qatʼiy taʼsir choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatga oid ijro hujjatlarining bajarilishini tahlil qilib, natijasi boʻyicha tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda muhokama qilib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Qaror ijrosiga masʼul boʻlgan vazirlik va idoralar amalga oshirilgan ishlar yuzasidan 2026-yilning 20-fevraliga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga axborot taqdim qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli vazirlik va idoralar tomonidan mehnatga oid munosabatlar hamda qonunbuzilish holatlarini doimiy monitoring qilib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan kamchiliklar yuzasidan zarur hollarda mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlarining axborotlarini qoʻmita majlislarida eshitsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga oʻz hududlarida mehnat qonunchiligiga rioya qilinishini, mehnat huquqlari va mehnatni muhofaza qilish qoidalari buzilishi holatlari koʻp uchrayotgan sohalarni tahlil qilib, bu borada masʼullarning axborotlarini eshitib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi A. Eshmuratov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 19-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-226-V-son