O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN FERMER XO‘JALIKLARIGA BO‘LG‘USI HOSILNI GAROVGA OLGAN HOLDA KREDITLAR BERISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOMGA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 30-aprelda 1337-1-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 19-avgustdagi 347-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1337-5, 19.08.2019-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida” va “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlari asosida Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. “Tijorat banklari tomonidan fermer xo‘jaliklariga bo‘lg‘usi hosilni garovga olgan holda kreditlar berish tartibi to‘g‘risida nizom”ga (2004-yil 16-aprel, ro‘yxat raqami 1337 — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 15-son, 182-modda) ilovaga muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan kundan o‘n kundan so‘ng kuchga kiradi.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2005-yil 9-aprel,
6/3-son
Tijorat banklari tomonidan fermer xo‘jaliklariga bo‘lg‘usi hosilni garovga olgan holda kreditlar berish tartibi to‘g‘risida nizomga kiritilayotgan qo‘shimchalar
1. 4-band quyidagi tahrirdagi yangi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Tijorat banklari ushbu kreditlar bo‘yicha imtiyozli foiz stavkalari belgilash borasida qaror qabul qilish huquqiga egalar”.
2. 5-band beshinchi xatboshidan keyin quyidagi tahrirdagi yangi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“G‘alla hosilini o‘rish va paxta xomashyosi yig‘im-terimi xarajatlari uchun to‘lovlar”.
3. 10-band quyidagi tahrirdagi yangi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Bunda, ushbu Nizomning 5-bandida keltirilgan ekinlarni yetishtirish xarajatlarining har bir turini moliyalashtirish uchun beriladigan kreditlarning eng ko‘p miqdorini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan har yilgi hosil uchun tasdiqlangan agrotexkartalardan kelib chiqqan holda belgilash tavsiya etiladi”.
4. Mazkur qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash qo‘mitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi hamda Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 8-aprel
Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri S. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2005-yil 8-aprel
Davlat mulki qo‘mitasi raisi M. ASQAROV
Toshkent sh.,
2005-yil 8-aprel
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi A. ABDUAZIZOV
Toshkent sh.,
2005-yil 8-aprel
Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi raisi S. QOBILOV
Toshkent sh.,
2005-yil 8-aprel
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 17-18-con, 137-modda)