Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
1999-2000-YILLARDA XUSUSIYLAShTIRIShNI ChUQURLAShTIRISh VA DAVLAT MULKINI SOTIShDAN DAVLAT BUDJETIGA MABLAGʻLAR TUShIShINI KOʻPAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Xususiylashtirish koʻlamlarini chuqurlashtirish va kengaytirish, davlat mulkini sotishdan davlat budjetiga mablagʻlar tushishini koʻpaytirish, qimmatli qogʻozlar bozorini yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 6-avgustdagi F-880-son farmoyishi bilan tashkil etilgan Hukumat komissiyasi tomonidan taqdim etilgan:
Xususiylashtiriladigan korxonalarni va davlat mulki negizida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarini sotish boʻyicha davlat tender komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
1999-2000-yillarda davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan korxonalar roʻyxati 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 2-ilova berilmaydi.
2. Maʼlumot va amal qilish uchun qabul qilinsinki, davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushadigan mablagʻlar Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlarni hisobga olish, taqsimlash va ulardan foydalanishni nazorat qilish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1998-yil 22-avgustdagi 362-son qaroriga muvofiq taqsimlanadi.
3. Quyidagilarga:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi, vazirliklar, idoralar, konsernlar, kompaniyalar, korporatsiyalar va uyushmalarning 1999-2000-yillarda davlat tasarrufidan chiqariladigan korxonalarning aksiyalarini sotishdan tushumlar prognozlari boʻyicha takliflariga 3-ilovaga* muvofiq hamda davlatga tegishli aksiyalar ulushi boʻyicha dividendlar prognozlari boʻyicha takliflariga 4-ilovaga* muvofiq;
* 3 va 4-ilovalar berilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulki qoʻmitasining davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan kutilayotgan pul mablagʻlari tushumi prognozi toʻgʻrisidagi takliflariga 5-ilovaga* muvofiq rozilik berilsin.
* 5-ilova berilmaydi.
4. 1999-2000-yillarda qimmatli qogʻozlar bozorining faoliyatini takomillashtirish, davlat mulkini xususiylashtirish jarayonlari samaradorligini oshirish boʻyicha tadbirlar 6-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
* 6-ilova berilmaydi.
5. Belgilansinki, yangi xususiylashtirilayotgan korxonalar mol-mulkini baholash qiymati xalqaro standartlar talablarini va shakllanayotgan bozor narxlarini hisobga olgan holda milliy valyutada, uni baholash paytida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha erkin almashtiriladigan valyutada qayd qilgan holda belgilanadi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 7 va 8-ilovalarga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin va ularga oʻzgartirishlar kiritilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V. A. Chjen, Vazirlar Mahkamasining tarmoq komplekslari rahbarlari va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri R. S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 17-dekabr,
525-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 22-iyundagi 309-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
ROʻYXAtI
1. Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy sanoat, aholiga maishiy xizmat koʻrsatish, davlat savdosi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari va tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1992-yil 23-sentabrdagi 443-son qarori 13-bandining uchinchi xatboshi.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston paxtani qayta ishlash va paxta mahsulotlarini sotish davlat-aksionerlik uyushmasi (“Oʻzdavpaxtasanoatsotish”) faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1992-yil 10-noyabrdagi 517-son qarori 12-bandining ikkinchi xatboshi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston yengil sanoat mollari ishlab chiqarish davlat uyushmasi (“Oʻzbekyengilsanoat”) boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish hamda uning korxonalari va tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1992-yil 28-noyabrdagi 558-son qarori 5-bandining uchinchi xatboshi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy sanoat, aholiga maishiy xizmat koʻrsatish, davlat savdosi va umumiy ovqatlanish korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni jadallashtirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1993-yil 6-yanvardagi 3-son qarorining 2-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston avtomobil transporti (“Oʻzavtotrans”) davlat-aksionerlik korporatsiyasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari” toʻgʻrisida 1993-yil 12-yanvardagi 21-son qarori 6-bandining toʻrtinchi xatboshi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekmebel” Oʻzbekiston davlat-aksionerlik birlashmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1993-yil 25-yanvardagi 47-son qarori 7-bandining uchinchi xatboshi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston avtomobil yoʻllari qurish va foydalanish (“Oʻzavtoyoʻl”) davlat-aksionerlik konsernini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1993-yil 5-fevraldagi 58-son qarori 8-bandining uchinchi xatboshi.
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston davlat transport qurilishi korxonalari uyushmasi (“Oʻzbektransqurilish”) faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1993-yil 8-fevraldagi 65-son qarori 4-bandining toʻrtinchi xatboshi.
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston farmatsevtika (“Oʻzfarmsanoat”) davlat-aksionerlik konsernini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1993-yil 17-iyundagi 290-son qarori 4-bandining uchinchi xatboshi.
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksionerlik korporatsiyasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1994-yil 20-iyundagi 311-son qarori 4-bandining oltinchi xatboshi.
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbaliq” davlat-aksionerlik korporatsiyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1994-yil 18-avgustdagi 427-son qarori 6-bandining toʻrtinchi xatboshi.
12. Vazirlar Mahkamasining “V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasini aksionerlik jamiyatiga aylantirish toʻgʻrisida” 1996-yil 18-apreldagi 156-son qarori 6-bandining toʻrtinchi xatboshi.
13. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishiga agrokimyo xizmati koʻrsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 7-avgustdagi 274-son qarori 4-bandining uchinchi xatboshi.
14. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent traktor zavodi” ishlab chiqarish birlashmasini aksiyalashtirish toʻgʻrisida” 1996-yil 19-sentabrdagi 327-son qarorining 7-bandi.
15. Vazirlar Mahkamasining “Savdo sohasida monopoliyadan chiqarishni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 24-dekabrdagi 561-son qarori 3-bandining beshinchi xatboshi.
16. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1998-yil 27-martdagi 133-son qaroriga 3-ilovaning 5, 24, 25, 28-bandlari.
17. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1996-yil 31-yanvardagi 45-son qarori 8-bandining ikkinchi xatboshi.
18. Vazirlar Mahkamasining “Respublika meva-sabzavot xoʻjaligida monopoliyadan chiqarish va ixtisoslashtirishni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 18-iyuldagi 363-son qaroriga 6-ilovaning 8-boʻlimi.
19. Vazirlar Mahkamasining “Sabzavot va mevalardan bolalar taomlari ishlab chiqarishni tashkil etish toʻgʻrisida” 1997-yil 7-yanvardagi 4-son qaroriga 1-ilova.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritiladigan
OʻZGARTIRIShLAR
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oziqovqat-sanoat” qandolatchilik, choy va pivo-alkogolsiz ichimliklar sanoati korxonalari uyushmasini tashkil etish va uning faoliyati toʻgʻrisida” 1994-yil 26-sentabrdagi 483-son qarori 5-bandining ikkinchi xatboshidagi “shuningdek, ushbu aksiyalar boʻyicha dividendlarning bir qismini shartnoma asosida unga bersin” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzavtosanoat” Oʻzbekiston avtomobilsozlik korxonalari uyushmasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1994-yil 17-martdagi 143-son qarori 4-bandining ikkinchi xatboshidagi “shuningdek, davlatga tegishli aksiyalar boʻyicha dividendlarning bir qismini shartnomaviy asosda uyushmaga oʻtkazsin” soʻzlari chiqarib tashlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzeltexsanoat” Oʻzbekiston radioelektronika, elektrotexnika va asbobsozlik sanoati korxonalari uyushmasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1994-yil 17-martdagi 144-son qarori 4-bandining ikkinchi xatboshidagi “shuningdek, davlatga tegishli aksiyalar boʻyicha dividendlarning bir qismini shartnomaviy asosda uyushmaga oʻtkazsin” soʻzlari chiqarib tashlansin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston mashinasozlik korxonalari uyushmasi (“Oʻzmashsanoat”)ni tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1994-yil 19-martdagi 147-son qarori 4-bandining ikkinchi xatboshidagi “shuningdek, davlatga tegishli aksiyalar boʻyicha dividendlarning bir qismini shartnomaviy asosda uyushmaga oʻtkazsin” soʻzlari chiqarib tashlansin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston kimyo sanoati korxonalari (“Oʻzkimyosanoat”) uyushmasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1994-yil 19-martdagi 149-son qarori 4-bandining ikkinchi xatboshidagi “shuningdek, davlatga tegishli aksiyalar boʻyicha dividendlarning bir qismini shartnomaviy asosda uyushmaga oʻtkazsin” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-apreldagi 145-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
7. Vazirlar Mahkamasining “Yogʻmoytamakisanoat” yogʻ-moy va tamaki sanoati korxonalari uyushmasini tashkil etish va uning faoliyati toʻgʻrisida” 1994-yil 26-sentabrdagi 482-son qarori 5-bandining ikkinchi xatboshidagi “shuningdek, ushbu aksiyalar boʻyicha dividendlarning bir qismini shartnoma asosida unga bersin” soʻzlari chiqarib tashlansin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarish tizimini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 22-avgustdagi 361-son qarorida:
a) 1-ilova — “Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi toʻgʻrisida Namunaviy nizom”da:
2.1. banddagi “r” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“r) yirik bitishuvlarni sodir etish, ular quyidagilar hisoblanadi:
bunday bitishuvlar tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanada qiymati jamiyat aktivlari balans qiymatining ellik foizidan ortiqni tashkil etuvchi mol-mulkni jamiyat tomonidan toʻgʻridan toʻgʻri yoki bilvosita sotib olish yoki begonalashtirish, yoxud begonalashtirish imkoniyati bilan bogʻliq bitishuvlar yoki oʻzaro bir-biriga bogʻliq bir necha bitishuvlar, odatdagi xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish jarayonida sodir etiladigan bitishuvlardan tashqari;
jamiyat tomonidan ilgari joylashtirilgan oddiy (odatdagi) aksiyalarning ellik foizdan ortiqni tashkil etuvchi oddiy (odatdagi) aksiyalarga konvertatsiya qilinadigan oddiy (odatdagi) aksiyalarni yoxud imtiyozli aksiyalarni joylashtirish bilan bogʻliq bitishuv yoki oʻzaro bir-biriga bogʻliq bir necha bitishuv. Yirik bitishuv mavzusi hisoblangan mol-mulk qiymatini belgilash jamiyat Kuzatuvchi kengashi tomonidan amalga oshiriladi;”;
2.1. banddagi oxirgi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“a”, “b”, “v”, “g”, “d”, “e”, “z”, “l”, “m”, “r”, “s” kichik bandlarida nazarda tutilgan masalalar boʻyicha qarorlar Aksiyadorlar umumiy yigʻilishida qatnashuvchilarning kamida 75 foizdan iborat koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi”;
3.14 - band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Aksiyalarning nominal egasi Aksiyadorlar umumiy yigʻilishida aksiyalar egasi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq qatnashadi”;
6.5 - band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Agar takroriy yigʻilishda kvorum toʻplanmasa, u holda aksiyadorlar tashabbusi bilan chaqirilayotgan yigʻilish boʻlib oʻtmagan deb hisoblanadi va bundan keyin chaqirilmaydi; jamiyat Kuzatuvchi kengashi, taftish komissiyasi yoki auditorining tashabbusi bilan chaqirilayotgan yigʻilish aksiyadorlar umumiy sonining kamida 60 foizi hozir boʻlishi taʼminlanmagungacha shuncha marta chaqiriladi”;
b) 2-ilova - “Aksiyadorlik jamiyatining Kuzatuvchi kengashi toʻgʻrisida Namunaviy nizom”da:
2.1 - banddagi uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“-jamiyat aksiyadorlarining yillik va navbatdan tashqari Umumiy yigʻilishlarini chaqirish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;”;
v) 3-ilova — “Aksiyadorlik jamiyatining ijro etuvchi organi haqida Namunaviy nizom”da 1.1 - band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Mazkur Nizom aksiyadorlik jamiyati ijro etuvchi organining maqomini belgilaydi va uning ishini, aʼzolarini tayinlash tartibini, shuningdek har bir aʼzosining huquq va majburiyatlarini tartibga soladi. Ijro etuvchi organ deganda yakkaboshchilik qiladigan ijro etuvchi organ (direktor), kollegial ijro etuvchi organ (boshqaruv, direksiya), tushuniladi. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan tasdiqlanadigan Kuzatuvchi kengash qaroriga koʻra ijro etuvchi organ vakolatlari shartnoma boʻyicha tijorat tashkilotiga (boshqaruvchi tashkilotga) yoki yakka tadbirkorga (boshqaruvchiga) berilishi mumkin. Shartnoma shartlari Kuzatuvchi kengash tomonidan belgilanadi.”;
g) 5-ilova — “Davlatga tegishli aksiyalar paketlarini ishonchli boshqaruvga berish tartibi”da 2.2 - band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin: “Bunda depozitariy ishonchli boshqaruvchi tomonidan koʻrsatib oʻtilgan aksiyalar paketini tasarruf etish imkoniyatini istisno qiluvchi tarzda aksiyalar paketini muhofaza qiladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Vazirlar Mahkamasining “Sabzavot va mevalardan bolalar taomlari ishlab chiqarishni tashkil etish toʻgʻrisida” 1997-yil 7-yanvardagi 4-son qarorining 1-bandidagi “1-ilovaga muvofiq ustav jamgʻarmasi tuzilmasi boʻlgan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2-ilova tegishli ravishda 1-ilova deb hisoblansin.