OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qaroriga qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda mahsulot yetishtirishning uzluksizligini taʼminlash va yerdan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 12-sentabrdagi PF-172-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda mahsulot yetishtirishning uzluksizligini taʼminlash va yerdan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 12-sentabrdagi PF-172-son Farmoni bilan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar ijarachilariga oʻziga ijaraga berilgan yer uchastkalarining bir qismiga nisbatan ijara shartnomasi boʻyicha oʻz huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga oʻtkazish (qayta ijaraga berish) huquqi berilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasi ijarachisining oʻzida qoladigan va qayta ijaraga oluvchiga oʻtkaziladigan yer uchastkalarining maydoni Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi 461-moddasida belgilangan oʻlchamlardan kam boʻlmasligi;
yer uchastkasini qisman qayta ijaraga berishda ularni ijarachi va qayta ijaraga oluvchi oʻrtasida taqsimlash qishloq xoʻjaligi xaritasidagi konturlar yaxlitligi va amaldagi sugʻorish tizimini saqlab qolgan holda alohida turgan konturlarni qayta taqsimlash orqali amalga oshirilishi;
yer uchastkasini qisman qayta ijaraga berishda taraflar qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini boʻlish va uning yangi chegaralarini belgilash boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanishi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 23-dekabr,
815-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-dekabrdagi 815-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 34-banddagi “faqat toʻliq hajmda” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. 33-ilovada:
a) 3-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda yer uchastkalarini qisman qayta ijaraga berishda taraflar qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini boʻlish va uning yangi chegaralarini belgilash boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanadi”;
b) 4-bandda:
beshinchi xatboshidagi “toʻliq” soʻzi chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi oltinchi — yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“ijarachining oʻzida qoladigan va qayta ijaraga oluvchiga oʻtkaziladigan yer uchastkalarining maydoni Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi 461-moddasida belgilangan oʻlchamlardan kam boʻlmasligi lozim;
yer uchastkalarini qisman qayta ijaraga berishda ularni ijarachi va qayta ijaraga oluvchi oʻrtasida taqsimlash qishloq xoʻjaligi xaritasidagi konturlar yaxlitligi va amaldagi sugʻorish tizimini saqlab qolgan holda alohida turgan konturlarni qayta taqsimlash orqali amalga oshiriladi”;
oltinchi xatboshi sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2025-y., 09/25/815/1202-son)