18.12.2025 yildagi 799-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy soha muassasalari, umumiy ovqatlanish shoxobchalari va viloyatlararo avtomobil yoʻllari boʻyidagi jamoat hojatxonalarining sanitariya-gigiyena tizimini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoniga muvofiq ijtimoiy soha muassasalaridagi, umumiy ovqatlanish shoxobchalaridagi va viloyatlararo avtomobil yoʻllari boʻyidagi jamoat hojatxonalarining sanitariya-gigiyena tizimini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-2027-yillarda ijtimoiy soha muassasalari, umumiy ovqatlanish shoxobchalari va viloyatlararo avtomobil yoʻllari boʻyidagi jamoat hojatxonalarining sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash tizimidagi jamoat hojatxonalarining sanitariya-gigiyena holatini yaxshilashning hududlar kesimidagi taqsimoti 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy ovqatlanish shoxobchalari va viloyatlararo avtomobil yoʻllari boʻyidagi jamoat hojatxonalarining sanitariya-gigiyena holatini yaxshilashning hududlar kesimidagi taqsimoti 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qaror bilan tasdiqlangan taqsimotlarda belgilangan jamoat hojatxonalarining sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash tadbirlarini amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy soha muassasalaridagi jamoat hojatxonalarini sohaga ajratilgan Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan, umumiy ovqatlanish shoxobchalari va viloyatlararo avtomobil yoʻllari boʻyidagi mavjud jamoat hojatxonalarini bino va inshootlarni balansda saqlovchilar mablagʻlari hisobidan yangidan qurish, qayta rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va jihozlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda yangi quriladigan ijtimoiy soha muassasalaridagi, umumiy ovqatlanish shoxobchalari va viloyatlararo avtomobil yoʻllari boʻyidagi jamoat hojatxonalarini sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq barpo etilishining nazorati taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, ijtimoiy soha muassasalari, umumiy ovqatlanish shoxobchalari va viloyatlararo avtomobil yoʻllari boʻyidagi jamoat hojatxonalarining sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari shaxsan masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi, Turizm qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari hamda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholi oʻrtasida keng targʻib qilish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.A. Xudayarov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 18-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
799-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-dekabrdagi 799-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-2027-yillarda ijtimoiy soha muassasalari, umumiy ovqatlanish shoxobchalari va viloyatlararo avtomobil yoʻllari boʻyidagi jamoat hojatxonalarining sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Ijtimoiy soha muassasalaridagi, umumiy ovqatlanish shoxobchalaridagi va viloyatlararo avtomobil yoʻllari boʻyidagi jamoat hojatxonalarini tashkil etish

1.

Jamoat hojatxonalari uchun mavjud sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini xalqaro standartlarga muvofiq qayta koʻrib chiqish.

1. Jamoat hojatxonalari boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish.

2026-yil fevral

-

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi

2. Oʻrganish natijalariga asosan amaldagi sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish.

2026-yil martdan

II. Ijtimoiy soha muassasalaridagi, umumiy ovqatlanish shoxobchalaridagi va viloyatlararo avtomobil yoʻllari boʻyidagi jamoat hojatxonalarining sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash

2.

Ijtimoiy soha muassasalaridagi, umumiy ovqatlanish shoxobchalari va viloyatlararo avtomobil yoʻllari boʻyidagi jamoat hojatxonalarini taʼmirlash, rekonstruksiya qilish yoki yangidan qurish.

1. Jamoat hojatxonalarining sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqligidan kelib chiqqan holda yangi quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan, taʼmirlanadigan va jihozlanadigan toifalarga ajratish.

2026-yil fevral

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan, umumiy ovqatlanish obyektlari va viloyatlararo avtomobil yoʻllari boʻyidagi jamoat hojatxonalarini balansda saqlovchilar mablagʻlari hisobidan

Manfaatdor vazirlik va idoralar,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Jamoat hojatxonalarini yangidan qurish, qayta rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va jihozlash reja-grafigini ishlab chiqish.

2026-yil mart

3. Jamoat hojatxonalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va jihozlash.

Reja-grafik asosida

3.

Jamoat hojatxonalarining sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash uchun zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish.

Kanalizatsiya va markazlashgan tizimlar mavjud boʻlmagan joylarda zamonaviy muqobil yechimlarni inobatga olgan holda, jamoat hojatxonalarining sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda:

mamlakatimizda jamoat hojatxonalarining sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash boʻyicha amalga oshirilgan tajriba-sinov loyihalari natijalarini oʻrganish va ijobiy tajribalarni amaliyotga keng joriy etish;

energiya va suvni tejaydigan texnologiyalarni amaliyotga keng tatbiq etish masalasini koʻrib chiqish.

2026-yil mart

-

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi,

Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi

4.

Jamoat hojatxonalarining sanitariya-gigiyena holatini yaxshilashni qoʻllab-quvvatlash.

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 7-fevraldagi PQ-3514-son qaroriga muvofiq xoʻjalik yurituvchi subyektlarning sanitariya qoidalari, meʼyorlari va gigiyena normativlariga muvofiq keladigan jamoat hojatxonalarini qayta tiklash, kapital taʼmirlash va qurishga yoʻnaltirilgan xarajatlari uchun soliq solinadigan bazani kamaytirish boʻyicha taqdim etilgan imtiyozni uzaytirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2026-yil mart

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

2. Namunaviy jamoat hojatxonalarini balansda saqlovchi tashkilotlarni ragʻbatlantirish, ularning tajribasini keng targʻib qilish va amaliyotga tatbiq etish choralarini koʻrish.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi

III. Nazorat va baholash tizimini joriy etish hamda jamoatchilik nazoratini yoʻlga qoʻyish

5.

Jamoat hojatxonalarining sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqligi boʻyicha davlat sanitariya nazorati tadbirlarini oʻtkazish.

Jamoat hojatxonalarining sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqligi boʻyicha “Xavfni tahlil qilish” tizimi natijalari asosida tadbirkorlik subyektlari faoliyatida belgilangan tartibda profilaktika tadbirlari va tekshiruvlarni oʻtkazish, budjet tashkilotlarining jamoat hojatxonalarini oʻrganish boʻyicha reja-grafik ishlab chiqish.

2026-yildan boshlab

-

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi

6.

Jamoat hojatxonalarining sanitariya-gigiyena holati yuzasidan jamoatchilik nazoratini tashkil etish.

1. Jamoat hojatxonalari boʻyicha aholi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalarining fikrini oʻrganish.

2. Jamoat hojatxonalarining sanitariya-gigiyenik holatini yaxshilash boʻyicha masʼul organlarning faoliyati yuzasidan jamoatchilik manfaatiga daxldor axborotni toʻplash, umumlashtirish va tahlil etish orqali kuzatish.

3. Tegishli hududda joylashgan jamoat hojatxonalarining sanitariya-gigiyena holati yuzasidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining hududiy boshqarmalari rahbarlarining xalq deputatlari Kengashlari yigʻilishlarida hisobot berish amaliyotini joriy etish.

2026-yildan boshlab har yarim yilda

-

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi

4. Aholi, turistlarga xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar va turistlardan tushayotgan taklif va eʼtirozlardan kelib chiqib, davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar tomonidan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etilishini tahlil qilish va tegishli chora-tadbirlarni belgilash.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi,

Turizm qoʻmitasi

IV. Aholi va jamoat hojatxonalarida ishlovchi xodimlarning jamoat hojatxonalaridan foydalanish boʻyicha sanitariya madaniyatini oshirish

7.

Aholining sanitariya-gigiyena sohasidagi madaniyatini oshirish.

1. Maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalarida sanitariya-gigiyena, tibbiy madaniyat boʻyicha maʼrifiy tadbirlarni tashkil etish.

Doimiy

-

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

2. Jamoat hojatxonalaridan foydalanishda suv tejamkorligiga alohida eʼtibor qaratish, bunda videoroliklar, tarqatma materiallar tayyorlash va tarqatish, aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarini amalga oshirish.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi,

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-dekabrdagi 799-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash tizimidagi jamoat hojatxonalarining sanitariya-gigiyena holatini yaxshilashning hududlar kesimidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAQSIMOTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hududlar nomi

Taʼmirlanadigan va jihozlanadigan jamoat hojatxonalari soni

Shundan:

2026-yil

2027-yil

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

403

23

380

2.

Andijon viloyati

53

10

43

3.

Buxoro viloyati

154

17

137

4.

Jizzax viloyati

127

29

98

5.

Qashqadaryo viloyati

124

13

111

6.

Navoiy viloyati

64

6

58

7.

Namangan viloyati

181

37

144

8.

Samarqand viloyati

64

9

55

9.

Surxondaryo viloyati

66

7

59

10.

Sirdaryo viloyati

212

31

181

11.

Toshkent viloyati

449

89

360

12.

Fargʻona viloyati

274

71

203

13.

Xorazm viloyati

100

22

78

14.

Toshkent shahri

38

7

31

Jami

2 309

371

1 938

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vazirligi ehtiyojdan kelib chiqib, mazkur taqsimotga oʻzgartirishlar kiritishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari ushbu taqsimot asosida manzilli dasturlarni tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-dekabrdagi 799-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy ovqatlanish shoxobchalari va viloyatlararo avtomobil yoʻllari boʻyidagi jamoat hojatxonalarining sanitariya-gigiyena holatini yaxshilashning hududlar kesimidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAQSIMOTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hududlar nomi

Taʼmirlanadigan va jihozlanadigan jamoat hojatxonalari soni

Shundan

2026-yil

2027-yil

I. Umumiy ovqatlanish obyektlaridagi jamoat hojatxonalari

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

192

81

111

2.

Andijon viloyati

485

157

328

3.

Buxoro viloyati

264

53

211

4.

Jizzax viloyati

146

38

108

5.

Qashqadaryo viloyati

169

62

107

6.

Navoiy viloyati

201

54

145

7.

Namangan viloyati

183

79

104

8.

Samarqand viloyati

544

189

355

9.

Surxondaryo viloyati

213

74

139

10.

Sirdaryo viloyati

75

24

51

11.

Toshkent viloyati

552

194

358

12.

Fargʻona viloyati

490

179

311

13.

Xorazm viloyati

265

97

168

14.

Toshkent shahri

229

76

153

Jami

4 008

1 357

2 649

II. Viloyatlararo avtomobil yoʻllari boʻyidagi jamoat hojatxonalari

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

15

4

11

2.

Andijon viloyati

4

1

3

3.

Buxoro viloyati

10

2

8

4.

Jizzax viloyati

20

7

13

5.

Qashqadaryo viloyati

20

5

15

6.

Navoiy viloyati

12

4

8

7.

Namangan viloyati

23

7

16

8.

Samarqand viloyati

42

12

30

9.

Surxondaryo viloyati

6

2

4

10.

Sirdaryo viloyati

5

1

4

11.

Toshkent viloyati

30

9

21

12.

Fargʻona viloyati

19

7

12

13.

Xorazm viloyati

4

1

3

14.

Toshkent shahri

9

4

5

Jami

219

66

153

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda ehtiyojdan kelib chiqib, mazkur taqsimotga oʻzgartirishlar kiritishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari ushbu taqsimot asosida manzilli dasturlarni tasdiqlaydi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 09/25/799/1183-son)