07.02.2018 yildagi PQ-3514-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2018-yil 3-fevraldagi PF-5326-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim omillaridan biri sifatida ichki turizmni jadal rivojlantirish, fuqarolarni mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi hamda tabiiy boyliklari bilan tanishtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturini amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi (keyingi o‘rinlarda — Amaliy chora-tadbirlar rejasi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi va O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda turizm infratuzilmasining bandligini hisobga olgan holda hududlar hamda jalb etilgan tashkilotlar miqyosida turlar va ekskursiyalarni tashkil qilish jadvallarini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarni turizm sohasidagi tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish bo‘yicha axborot-targ‘ibot tadbirlarining muntazam o‘tkazilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turistlar oqimining mavsumiyligi hamda hududlarning turizm infratuzilmasi to‘liq jalb etilishini inobatga olib, shu jumladan turizm faoliyati subyektlarini jalb etgan holda Amaliy chora-tadbirlar rejasining samarali amalga oshirilishi uchun zarur choralar ko‘rsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturini (keyingi o‘rinlarda — Dastur) amalga oshirish doirasida ommaviy axborot vositalarida hamda Internet tarmog‘ida, shu jumladan respublikaning barcha shaharlarida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” shiori ostida tashqi reklama vositalarini (shit-bannerlar hamda tashqi ekranlar uchun roliklar) tayyorlash va o‘rnatish yo‘li bilan ichki turizmni keng targ‘ib qilish tadbirlari o‘tkazilishini ta’minlasin.
(2-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Turizm qo‘mitasi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan joylashtiriladigan tashqi reklama ijtimoiy reklamaga tenglashtiriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi PF-14-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.01.2024-y., 06/24/14/0052-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan holda 2018 — 2020-yillarda respublikaning har bir hududida kamida 100 ta joy hisobga olinib markaziy ko‘chalar, aholi gavjum joylar hamda trassalarda joylashgan shitlar, ekranlarda ichki turizmga oid tashqi reklama beg‘araz o‘rnatilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qo‘yilsinki, Dastur doirasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga turistik-ekskursiya turlari uchun to‘lovlar bilan bog‘liq xarajatlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun — o‘z mablag‘lari va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mablag‘lari hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlar xodimlari uchun — o‘z mablag‘lari, ish beruvchi mablag‘lari (budjet tashkilotlari uchun — tashkilotlarning budjetdan tashqari mablag‘lari) va jamoaviy shartnomalarga muvofiq boshqa mablag‘lar hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetim bolalar, kam ta’minlangan oilalar farzandlari, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ularning umumiy sonidan kamida 20 foizi qamrab olinishi ta’minlangan holda — xayriya mablag‘lari, shuningdek, har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti ko‘rsatkichlarida nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pensionerlar hamda urush va mehnat faxriylari uchun — o‘z mablag‘lari, O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasining mablag‘lari va xayriya mablag‘lari hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faol xotin-qizlar uchun — o‘z mablag‘lari, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi mablag‘lari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi mablag‘lari va xayriya mablag‘lari hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalla faollari va yosh oilalar uchun — o‘z mablag‘lari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi mablag‘lari hisobidan tenglik asosida qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Dasturda ishtirok etish ixtiyoriy ekanligi belgilab qo‘yilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoaviy shartnomalarga rag‘batlantirish chorasi sifatida davlat organlari va boshqa tashkilotlarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga o‘z xodimlarining kamida 10 foizini oila a’zolari bilan birgalikda har yili dam olishga (ichki turizmga) yuborishni nazarda tutadigan xodimlarning jamoaviy va oilaviy dam olishini tashkil qilish normasini kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarga mehnat qonunchiligiga muvofiq ular uchun qulay bo‘lgan vaqtda sayohat qilish va dam olish uchun ta’tilning foydalanilmay qolgan qismi hisobidan dam olish kunlari (otgul) berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur tadbirlarini amalga oshirish doirasida har yili 30-dekabrgacha davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlari uchun turistik-sayohat turlarini tashkil qilish jadvallarini tasdiqlash tavsiya etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Turizm qo‘mitasi davlat organlari va boshqa tashkilotlarga guruhli sayohatlarni tashkil qilish uchun mahalliy turoperatorlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish, shuningdek, mehmonxona va transport tashkilotlariga tashkil etilgan turlar, shu jumladan yashash va kelib-ketish (uchib borish) uchun imtiyozlar taqdim etish bo‘yicha takliflar yuborishda yordam ko‘rsatsin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi PF-14-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.01.2024-y., 06/24/14/0052-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. 2018-yil 10-fevraldan boshlab 2025-yil 1-yanvarga qadar quyidagi tartib joriy etilsin, unga ko‘ra:
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi PQ-232-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 07/22/232/0378-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchining turizm sohasida faoliyat ko‘rsatish bo‘yicha litsenziyaga ega bo‘lgan subyektlardan xodimlar va ularning oila a’zolari uchun respublika bo‘ylab turistik yo‘llanmalarni sotib olish xarajatlari xodimning daromadi sifatida ko‘rib chiqilmaydi hamda yuridik shaxsdan olinadigan foyda solig‘ini hisoblab chiqishda chegirib qolinishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslarning soliqqa tortiladigan daromadlari O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab turistik yo‘llanmalarni turizm sohasida faoliyat ko‘rsatish bo‘yicha litsenziyaga ega bo‘lgan subyektlardan sotib olishga yo‘naltirilgan xarajatlar summasiga kamaytiriladi. Bunda turistik yo‘llanma (ayirboshlanadigan vaucher), avia va temir yo‘l chiptalari, avtotransport tashkilotlarining hisob-fakturalari (chiptalari) va joylashtirish vositalari cheklari tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm sohasida faoliyat ko‘rsatadigan subyektlarning soliq solinadigan bazasi O‘zbekiston turizm brendi va “Uzbekistan.travel” sayti reklamasi bo‘lgan bosma mahsulotlarni (xaritalar, risolalar, bukletlar, flayerlar va boshqalar), suvenir va qadoqlash mahsulotlarini (sumkalar, paketlar, maktab daftarlari, yorliqlar, g‘iloflar, kiyim-kechaklardagi va oshxona anjomlaridagi yozuvlar) tayyorlash va chop etishga yo‘naltiriladigan xarajatlar summasiga kamaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tijorat banklariga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga turizm sohasida faoliyat ko‘rsatish bo‘yicha litsenziyaga ega bo‘lgan subyektlardan O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab sayyohlik turlarini sotib olish uchun 10 million so‘mgacha iste’mol kreditlarini ajratish va kreditni ish haqi hisobidan qoplash imkoniyatini berish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm obyektlari (me’moriy yodgorliklar va boshqalar) hamda infratuzilmasi (mehmonxonalar va boshqa joylashtirish vositalari, turistik yo‘nalishlar va boshqalar) joylashgan joylarning belgi-ishoralari va ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga olgan tematik turistik xaritalar adadini ko‘paytirish va ularni tarqatishga kartografiya ishlarini amalga oshirish uchun litsenziya (ruxsatnoma) olinishi talab etilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turistlarga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar (davlat muzeylari, galereyalar, madaniy meros obyektlari va qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar ma’muriyatlari va boshqalar) o‘z faoliyatidan tushadigan tushumlarning kamida 5 foizini o‘z faoliyati hamda taqdim etayotgan turizm xizmatlari bayon etilgan reklama-tarqatish materiallarini o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlash va adadini ko‘paytirish uchun majburiy tartibda yo‘naltiradi. Bunda ushbu maqsadlarga yo‘naltirilgan xarajatlar summasi bu tashkilotlarning soliqqa tortiladigan bazasidan chiqarib tashlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan kelishgan holda turizmni rivojlantirish uchun yuqori salohiyatga ega tuman va shaharlarda joylashgan hamda asosan muhandislik kommunikatsiyalar bilan ta’minlangan foydalanilmayotgan yer uchastkalarini 2-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha uch oy muddatda xatlovdan o‘tkazsin hamda keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xulosasiga asosan har bir hududda umumiy maydoni kamida 20 gektar bo‘lgan 20 ta yer uchastkasi hisobidan kelib chiqib, turizm sohasidagi loyihalarni (mehmonxonalar, mehmonxona uylari, kempinglar, motellar va boshqa joylashtirish vositalari, tematik xiyobonlar, muzeylar, galereyalar va boshqa inshootlar qurish) amalga oshirish maqsadida tadbirkorlik subyektlari hamda potensial investorlarga taqdim etish uchun ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan tanlab olingan foydalanilmayotgan yer uchastkalarida 2018 — 2022-yillarda turizm infratuzilmasini tashkil etish doirasidagi xarajatlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi loyihalar (maketlar)ning dizayn-eskizlarini ishlab chiqish uchun — budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishga ruxsat beruvchi hujjatlarni olish uchun — tegishli tumanlar (shaharlar) mahalliy budjetlari mablag‘lari hisobidan qoplanishi belgilab qo‘yilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda turistik yig‘imlar, mehmonxona xizmatlarini sertifikatlash hamda joylashtirish vositalarining javobgarlik qoidalarini saqlab qolgan holda, tashrif buyuruvchilarni ro‘yxatga olish bo‘yicha maxsus elektron avtomatlashtirilgan dasturda joylashtirish vositalari orqali xususiy uylarga (xonadonlarga) mehmonlarni vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini joriy etsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm toifasiga oid mehmonxonalar va mehmonxona uylarining namunaviy loyihalarini, shu jumladan xorijiy loyiha tashkilotlaridan budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan sotib olsin va keyinchalik ushbu loyihalarni turizm infratuzilmasi obyektlarini qurish tashabbusini ko‘rsatgan tadbirkorlik subyektlariga beg‘araz taqdim etsin. Bunda namunaviy loyihalarni muayyan hududga biriktirish O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining hududiy bo‘linmalari tomonidan beg‘araz asosda ta’minlanadi.
(13-bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining ichki turizmni yanada rivojlantirish hamda turizm infratuzilmalarini takomillashtirish maqsadida hududlarda kichik turizm zonalarini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, kichik sanoat zonalari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari qoidalari kichik turizm zonalariga ham tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2018-yilning 1-iyuliga qadar tadbirkorlik subyektlariga yer uchastkalarini ajratishning soddalashtirilgan mexanizmini joriy etgan holda hududlarda kichik turizm zonalarini yaratish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda quyidagi summalar uchun soliq solinadigan bazani kamaytirish tartibini bir oy muddatda tasdiqlasin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100 million so‘mgacha — xo‘jalik yurituvchi subyektlarning 2025-yilning 1-yanvariga qadar sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiyena normativlariga muvofiq keladigan zamonaviy sanitariya-gigiyena tarmoqlarini qayta tiklash, kapital ta’mirlash va qurishga yo‘naltirilgan xarajatlari;
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi PQ-232-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 07/22/232/0378-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12 million so‘mgacha — har yili 2025-yilning 1-yanvariga qadar xo‘jalik yurituvchi subyektlarning sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiyena normativlariga muvofiq keladigan sanitariya-gigiyena tarmoqlarini (farroshlar ish haqi, gigiyena, tozalash va yuvish vositalarini sotib olish, kommunal xarajatlarni to‘lash), turizm infratuzilmasi obyektlarini (tarixiy va me’moriy yodgorliklar, muzeylar, teatrlar, madaniyat uylari, umumiy ovqatlanish punktlari, xizmat ko‘rsatish obyektlari, avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari, avtomobillar uchun vaqtincha to‘xtash joylari, yo‘lbo‘yi infratuzilmasining servis xizmatlar ko‘rsatiladigan hududlari, bozorlar, rastalar, do‘konlar va odamlar gavjum bo‘ladigan boshqa joylarni) saqlashga yo‘naltirilgan xarajatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining xulosasi asosida zamonaviy sanitariya-gigiyena tarmoqlarini yaratish loyihalarini amalga oshiradigan tadbirkorlik subyektlari va potensial investorlarga shaharlar va tumanlarning tegishli qismlarida reklama va ixcham savdo nuqtalari uchun joylar taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan Amaliy chora-tadbirlar rejasi bajarilishi ustidan doimiy monitoringni;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monitoring natijalari bo‘yicha Turizm, sport, madaniy meros, transport logistikasi va xizmatlar sohalarida davlat-xususiy sheriklik hamda raqamlashtirishni rivojlantirish masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashga rejalashtirilgan chora-tadbirlarning belgilangan muddatlarda so‘zsiz bajarilishini ta’minlash maqsadida tegishli qarorlarni qabul qilish uchun har chorakda takliflar kiritilishini ta’minlasin.
(16-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Turizm, sport, madaniy meros, transport logistikasi va xizmatlar sohalarida davlat-xususiy sheriklik hamda raqamlashtirishni rivojlantirish masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash (A.Aripov):
(17-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarning so‘zsiz, o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan doimiy va tizimli nazorat tashkil etilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar — mas’ul ijrochilar rahbarlarining Amaliy chora-tadbirlar rejasini so‘zsiz amalga oshirish borasida ular tomonidan ko‘rilayotgan amaliy choralar haqidagi hisobotlari har chorakda eshitib borilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida “Eski shahar” turizm zonasini barpo etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2017-yil 7-sentabrdagi PQ-3260-son qaroriga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.R. Xolmuradov va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining raisi A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 7-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3514-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-fevraldagi PQ-3514-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish Dasturini amalga oshirish bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AMALIY CHORA-TADBIRLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlarning nomlanishi

Muddatlari

Amalga oshirish shakli

Mas’ul ijrochilar

I. “O‘ZBEKISTON BO‘YLAB SAYOHAT QIL!” ICHKI TURIZMNI RIVOJLANTIRISH DASTURINI AMALGA OSHIRISH BO‘YICHA TASHKILIY CHORALAR

1.

Ishtirokchilar uchun, shu jumladan, ekskursiyalar va turlarni o‘tkazish dasturlari va jadvallari ko‘rsatmalari bilan kalendar reja tartibi va muddatlarini shakllantirishni belgilashni nazarda tutuvchi “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish Dasturini amalga oshirish to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash.

2018-yil fevral

Ijrochilar qarori

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

2.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar turizm agentligi” va Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi huzuridagi “Kasaba sayr” misolida ekskursiyalar va turlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha quyidagi tarkibiy bo‘linmalarni tuzish:

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi huzurida — “Nafis sayohat”;

“Nuroniy” jamg‘armasi huzurida — “Sayyoh nuroniy”;

“Mahalla” jamg‘armasi huzurida — “Mahalla sayr”.

2018-yil mart

Ijrochilar qarori

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Mahalla” jamg‘armasi, “Nuroniy” jamg‘armasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi

3.

Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tizimida tegishli bo‘linmalarni belgilash bo‘yicha choralarni qabul qilish yoki shaxsiy turistik kompaniyalarini (operatorlarni), shuningdek katta korxonalar (o‘rtacha yillik 300 dan ko‘p xodimlar soni bilan), “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” Dasturi doirasida sayrlarning muvofiqlashtirilishi va tashkil etilishining monitoringini ta’minlovchi ularning hududiy zvenolarini (zarurat tug‘ilganda) tuzish.

2018-yil mart

Vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning buyrug‘i (qarori)

Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, yirik korxonalar, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi

4.

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” Dasturi doirasida hududlarda turistlar oqimi past bo‘lgan davrda amalga oshiriladigan sayohatlarga turistik infratuzilmani tayyorlash bo‘yicha kompleks choralarni o‘rganish va qabul qilish, jumladan:

joylashtirish vositalari, jamoat ovqatlanish punktlari, sanitariya-gigiyena uzellari, transport vositalari, madaniy meros obyektlari va boshqa diqqatga sazovor joylarni inventarizatsiya qilish va xizmat ko‘rsatishga tayyorlash;

Yo‘l-ma’lumot ko‘rsatkichlarini va boshqa turistik navigatsiya ko‘rsatkichlarini o‘rnatish/yangilash;

turistik infratuzilma obyektlarida turli madaniy-ko‘ngilochar tadbirlarni, shuningdek diskont dasturlarni o‘tkazish.

O‘rganishlar natijalarini O‘zbekiston Respublikasi davlat turizmni rivojlantirish qo‘mitasi va sayohatlar jadvalini shakllantirishda hisobga olish uchun sayohat muvofiqlashtiruvchilariga jo‘natish.

har yili yozgi ta’tillar boshlanishidan oldin va turistlar oqimi past bo‘lgan davrda

Mahalliy davlat xokimiyati organlarining qarori

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi,

Mahalla” jamg‘armasi, “Nuroniy” jamg‘armasi

5.

Sayohatlar muvofiqlashtiruvchilariga ekskursiyalar va turlarni tashkil etishda ko‘maklashish maqsadida kelgusida ularga jo‘natish uchun aniq mezonlar asosida tur operatorlik xizmatlarini ko‘rsatuvchi tavsiya qilinadigan turistik faoliyat subyektlarining ro‘yxatini muntazam shakllantirish.

har yili, 2018-yil fevraldan boshlab

Ro‘yxatni shakllantirish, uni muntazam yangilash va e’lon qilish

Davlat turizmni rivojlantirish qo‘mitasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi “Mahalla” jamg‘armasi, “Nuroniy” jamg‘armasi

6.

Ekskursiya paytida foydalanish uchun zarur bo‘lgan borib ko‘rishga tavsiya etiladigan obyektlar va hududlar ro‘yxati, shu jumladan O‘zbekistonning tarixiy va zamonaviy diqqatga sazovor joylarining ro‘yxatini, axborot-targ‘ibot materiallarini tayyorlash va sayohatlar muvofiqlashtiruvchilariga jo‘natish.

har yili, 2018-yil fevraldan boshlab

Ro‘yxatni tayyorlash, uni muntazam yangilab borish va sayohatlar muvofiqlashtiruvchilariga jo‘natish

Madaniyat vazirligi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, “Mahalla” jamg‘armasi, “Nuroniy” jamg‘armasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

7.

Borib ko‘rish marshrutini belgilash (rejimdagi obyektlar uchun) va uni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va sayohatning boshqa muvofiqlashtiruvchilariga taqdim etish bilan yoshlarni g‘urur va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda yordam beradigan va “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish Dasturi doirasida borib ko‘rishga tavsiya etiladigan, industrial turizmni tashkil etish uchun obyektlar ro‘yxatini (katta kombinatlar, zavodlar, ishlab chiqarish komplekslari, erkin iqtisodiy zonalar va boshqalar) shakllantirish.

har yili, 2018-yil martdan boshlab

Ro‘yxatni shakllantirish

Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahliliy departamentlari

8.

Ta’til davrida Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Qo‘qon, Marg‘ilon va Toshkent shaharlarida o‘quvchilar uchun ularning tarix, madaniyat va o‘zbek xalqining ana’nalari to‘g‘risida bilimlarini oshirishga yo‘naltirilgan turli konsert dasturlari, teatrlashtirilgan tomoshalar va boshqa tadbirlar o‘tkazilishini nazarda tutuvchi madaniy-bilishga oid “Shahar haftaligi” festivallari o‘tkazilishini ta’minlash.

Jadval asosida

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qarori

Samarqand, Buxoro, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatilari va Toshkent shahri hokimliklari, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

9.

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish Dasturi ishtirokchilariga yozgi ta’til va past darajadagi bandlik paytida sayohatlar muvofiqlashtiruvchilarining talabnomalariga asosan Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-apreldagi 109-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transportida yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish qoidalari asosida ichki yo‘nalishdagi poyezdlarga joy band qilib qo‘yish va chiptalarni chegirma taqdim qilgan holda sotishni ta’minlash.

loyihalarni amalga oshirish davrida

Ijrochilar qarori

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi, “Mahalla” jamg‘armasi, “Nuroniy” jamg‘armasi

10.

“Uzbekistan Pass” loyihasi doirasida: kasaba uyushmalari orqali tarqatiladigan imtiyozli sharoitlarni va turistik obyektlarni, joylashtirish vositalari, sanatoriya-kurort muassasalari va bolalar, yoshlar, yoshi katta fuqarolar, nogironlar, ko‘p bolali oilalar va budjet sohasidagi xodimlar dam olish maskanlariga borish uchun chegirmalar berishni nazarda tutuvchi yagona diskont kartasini;

2018-yil mart

Ijrochilar qarori

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “TNN Sarmoya”
kompaniyasi, tadbirkorlik subyektlari

mehnat ta’tili paytida tashkilotlar xodimlari o‘rtasida kasaba uyushmalari tomonidan tarqatiladigan jamlash tizimi bo‘lgan diskont kartalarini ishlab chiqish va joriy etish.

2018-yil aprel

11.

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish Dasturi ishtirokchilari va ularni kuzatib boruvchilarning yo‘nalishlari bo‘yicha kasalliklar profilaktikasi va vaqtincha yashash joylarida sog‘liqni muhofaza qilish bo‘yicha choralarni muvofiqlashtirish va ta’minlash, shuningdek, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish masalalari bo‘yicha sayohat muvofiqlashtiruvchilarining mas’ul xodimlari va turistik faoliyat subyektlariga o‘z vaqtida yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish.

turlarni o‘tkazish boshlanishidan oldin

Idoralararo choralar rejasi

Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi, “Mahalla” jamg‘armasi, “Nuroniy” jamg‘armasi, turistik faoliyat subyektlari

12.

Zarur hollarda va sayohatlar muvofiqlashtiruvchilarining talabnomalariga ko‘ra turlar ishtirokchilarini olib yuradigan transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlarining maxsus transportlarida bepul kuzatib borilishini ta’minlash.

turlar o‘tkazilishi davrida

Ijrochilarning qarori

IIV, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi, “Mahalla” jamg‘armasi, “Nuroniy” jamg‘armasi, turistik faoliyat subyektlari

II. ICHKI TURIZM SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA CHORALAR

13.

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish Dasturida ishtirok etishga ishchilarni, mahalla faollarini, ayollar jamoasini, mehnat faxriylari va o‘quvchilarni, shu jumladan asosan chekka hududlardagi aholi punktlari o‘quvchilariga alohida e’tibor qaratgan holda yosh turistlar va o‘lkashunoslik to‘garaklari a’zolarini jalb qilish maqsadida keng targ‘ibotni o‘tkazish.

har yili tasdiqlanadigan jadvalga asosan

Aniq jadvalli harakatlar rejasining tasdiqlanishini ko‘zda tutuvchi ijrochilar qarori

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi, “Mahalla” jamg‘armasi, “Nuroniy” jamg‘armasi

14.

Ona o‘lka tarixi, arxeologik va madaniy merosni chuqurlashtirilgan holda o‘rganish, mamlakatning tabiiy boyliklari bilan tanishish, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi bilimlar asosini egallashga yo‘naltirilgan umumta’lim maktablari va “Barkamol avlod” bolalar markazlarining o‘lkashunoslik va ekologiya to‘garaklari faoliyatini kuchaytirish bo‘yicha kompleks choralar Rejasini tasdiqlash.

Ko‘rsatib o‘tilgan to‘garaklar ishtirokchilari ichidan yosh mutaxassislarni tayyorlash, mutaxassislar tomonidan turizm sohasida keyinchalik ularning malakasini oshirish bilan ekskursiyalar va turlar tashkil etilishini ta’minlash.

2018-yil mart

Kompleks tadbirlar rejasi

Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, vazirlik va idoralar

15.

Mamlakat hududlarining turistik salohiyati to‘g‘isida video-axborot roliklar, shuningdek, “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish Dasturi doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarga bag‘ishlangan bir qator syujetla� va ko‘rsatuvlar tayyorlash va respublika hamda joylardagi teleradiokanallarda bepul asosda har kuni 10-marta (ertalab 07.00 dan 09.00 gacha va kechqurun 18.00 dan 21.00 gacha) translyatsiya qilish.

2018-yil fevral oyidan

Ijrochilar qarori

MTRK, EOAVMA, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

16.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hamda Turizm va sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan, tasvirga olish ishlari va reklama mahsulotlari tayyorlashni o‘z ichiga olgan mukofot jamg‘armasi bo‘lgan “Ichki turizmni targ‘ib qilish bo‘yicha eng yaxshi teleko‘rsatuvlar ssenariysi” mavzuyida har yili tanlov o‘tkazish.

har yili 1-martga qadar

Ijrochilar qarori

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent, Farg‘ona, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahri xokimliklari, tadbirkorlik subyektlari

17.

Ichki turizmni rivojlantirishga, turistik mahsulotlarni diversifikatsiya qilishga, mamlakatda turizmning mavsumiyligi va hududiy konsentratsiyasining qisqartirilishiga ko‘maklashish masadida, fuqarolarning O‘zbekiston to‘g‘risida xilma-xil turistik mahsulot taklif etuvchi, turistik destinatsiya (turistlarni jalb etuvchi geografik hudud) yil bo‘yi davom etishi to‘g‘risida xabardorligini oshirishga yo‘naltirilgan kompleks marketing kampaniyalari o‘tkazishni ta’minlash, shuningdek, ichki turistik xizmatlarning domiy iste’molchilari kontingentini kengaytirish.

Bunda marketing kampaniyasini o‘tkazish doirasida quyidagilarni nazarda tutish:

O‘zbekiston Respublikasi tarixiy-madaniy obyektlari to‘g‘risida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lgan audio-, video-ensiklopediyalar va filmlar ishlab chiqarish hamda ularni tizimli ravishda milliy televideniyeda translyatsiya qilish;

joylardagi ijro hokimiyati organlari tomonidan jurnalistik turlar (hududlardagi alohida turistik joylar va obyektlarning taqdimotiga yo‘naltirilgan mavzuga oid sayohatlar) o‘tkazish;

O‘zbekiston Respublikasida turizm to‘g‘risidagi ijtimoiy reklamani yaratish va televideniye, radio, elektron va bosma ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy media, tashqi reklama vositalari orqali tarqatish;

mavjud va yangi teleko‘rsatuvlarga, davriy nashrlar va internet loyihalariga ichki turizmni rivojlantirishni targ‘ib qiluvchi va mahalliy aholini turizm sohasida oilaviy biznesni ochishga va olib borishga, shu jumladan, mehmonxona uylar yaratish va qishloq joylarda turistlarga turli xizmatlar ko‘rsatishga o‘rgatuvchi ichki turizm mavzularini joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish;

zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda ijtimoiy tarmoqlarda ishlash va maxsus o‘yinlar kontentini yaratish bilan birgalikda maktab va yoshlar maqsadli auditoriyasi uchun turistik mahsulotni ishlab chiqish;

reklama mahsulotlarini tayyorlash (tashqi ekranlar uchun bannerlar va videoroliklar) va ularni mamlakat hududlarining eng ko‘p boriladigan joylariga o‘rnatish.

2018-2019-yillar

Ijrochilar qarori

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar, MTRK, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zA, EOAVMA

18.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisining qaroriga ko‘ra ichki turizm doirasidagi chora-tadbirlarni yoritish bilan shug‘ullanuvchi va targ‘ib etuvchi bosma nashrlarga, blogerlarga, fotosuratchilarga, izlanuvchilarga turistik sohani budjetdan tashqari qo‘llab-quvvatlash Jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan (grantlar) har yili 1 mlrd so‘mdan ko‘p bo‘lmagan (bir OAV ga 50 mln so‘mdan ko‘p bo‘lmagan, blogerlarga, fotosuratchilarga, izlanuvchilarga — 20 mln so‘mdan ko‘p bo‘lmagan) beg‘araz moliyaviy yordam ajratish.

2018-yil mart-aprel

Davlat turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisining qarori

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, ommaviy axborot vositalari

19.

Har yili 500 dan ortiq turistga xizmat ko‘rsatuvchi turistik faoliyat subyektlariga elektron to‘lov, band qilish (bron), ekvayring va boshqalarni o‘z ichiga olgan xizmatlarni taqdim etuvchi ko‘p tildagi veb-sayt bo‘lishi shartligi to‘g‘risidagi litsenziyaviy talablarni o‘rnatish.

2018-yil aprel

Vazirlar Mahkamasining qarori

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, vazirlik va idoralar

20.

Respublika hududlari, shaharlari va tumanlarining barcha ilgari tasdiqlangan brendlarining inventarizatsiyasini o‘tkazish va yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining tasdiqlangan yagona va investitsion brendidan kelib chiqib, turistik brendlarni ishlab chiqish umumrespublika tanlovini e’lon qilish.

Hudud, uning tarixi, madaniy xilma-xilliklari va individual faktorlarini hisobga olgan holda barcha brendlar uslubining bir xilligini ta’minlash.

Respublika mintaqalari va hududlarining brendlarini ishlab chiqish, shuningdek, har yili turistik brendlarni mamlakat ichida va undan tashqarida ilgari surish uchun mahalliy budjetlardan zarur mablag‘larni ajratish.

2018-yil oktabr

Ijrochilar qarori

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya, Sport davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Intellektual mulk agentligi, vazirlik va idoralar

21.

“Eng yaxshi mehmonxona” (darajalar bo‘yicha), “Eng yaxshi mehmon uyi”, “O‘tovli eng yaxshi lager”, “Eng yaxshi turoperator” va “Eng yaxshi gid” (yo‘nalishlar bo‘yicha), “Eng yaxshi transport tashkiloti”, “Eng yaxshi umumiy ovqatlanish punkti”, “Eng yaxshi bloger”, “Eng yaxshi jurnalist” va boshqa alohida nominatsiyalar bo‘yicha har yili “Uzbekistan Tourism Industry Awards” mukofotini tashkil etish va o‘tkazish.

2018-yildan boshlab har yili

Vazirlar Mahkamasining qarori

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Madaniyat vazirligi, MTRK, Savdo-sanoat palatasi, vazirlik va idoralar

22.

Internet tarmog‘i va OAVda keng yoritilishini nazarda tutgan holda xalqaro va respublika veloturlari va velomarafonlari, shuningdek, shaharlar va turistik ahamiyatga ega boshqa joylar bo‘ylab turistik safarlar bo‘yicha turnirlarni muntazam ravishda tashkil etish va o‘tkazish.

muntazam ravishda

Ijrochilar qarori

Sport davlat qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, vazirliklar va idoralar

III. ICHKI TURIZM OQIMINI RAG‘BATLANTIRISH BO‘YICHA CHORALAR

23.

Xonalarning xizmat ko‘rsatish darajasi va miqdoriga qarab mehmonxonalar va joylashtirish vositalaridan tabaqalashtirilgan tarzda olinadigan turistik (mehmonxona) yig‘imlari miqdorini tasdiqlash. Bunda quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibni o‘rnatish:

turistik (mehmonxona) yig‘imlarini olishdan tushgan mablag‘lar daromad solig‘i (yagona soliq to‘lovi) va boshqa majburiy yig‘imlar va to‘lovlarga tortilmaydi;

tunash uchun joylashtirish vositasiga aylantirilgan palatkali lagerlarda va yer usti transportlarida yashash imkoniyatini tashkillashtirgan ijaraga turuvchilarning turistik yig‘im to‘lovi turistik faoliyat subyektlari tomonidan amalga oshiriladi.

2018-yil aprel

Vazirlar Mahkamasining qarori

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, vazirlik va idoralar

24.

Yo‘lovchi tashish tariflarini pasaytirish, baho belgilashningyanada moslashuvchan tizimini va barcha turdagi yo‘lovchi transportlariga agentlik sotuvi siyosatini joriy etish bo‘yicha choralar qabul qilish.

Respublika transporttizimining yagona elektron portalini yaratish yo‘li bilan reyslarning qulay tutashishi va ichki transport reyslari (avtobus, avia va temiryo‘l) yo‘nalishlari miqdori ko‘payishining rag‘batlantirilishini nazarda tutuvchi yagona yo‘lovchi chiptasi tizimini joriy etish bo‘yicha tahlil o‘tkazish va takliflar tayyorlash.

2018-yil aprel

Ijrochilar qarori

O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK, IIV, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, tadbirkorlik subyektlari

25.

“Angren-Pop” A-373 (Qamchiq dovoni), “Samarqand-Kitob” M-39 (“Taxtaqoracha” dovoni), “G‘allaorol-Zomin” R-40 (Zomin davlat milliy tabiat bog‘i hududi orqali) yo‘llari bo‘ylab aniq vaqtda har xil ob-havo sharoitlarida yura oladigan 15 tagacha yo‘lovchi sig‘adigan avtotransport vostitalarida yo‘lovchi (turnet) tashishga ruxsat berishni o‘rganib chiqish va takliflar kiritish.

2018-yil aprel

Ijrochilar qarori

O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, IIV, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

26.

Har yili xalqaro tashkilotlarga a’zolik badalini to‘lashga yo‘naltirilgan umumiy miqdori 2 mlrd so‘mgacha bo‘lgan beg‘araz moliyaviy yordam ajratish yo‘li bilan Davlat turizmni rivojlantirish qo‘mitasining sheriklari — nodavlat notijorat birlashmalar faoliyatini instiutsional qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash, xorijiy sheriklar bilan aloqalar o‘rnatish, xizmat safarlarining xarajatlarini, taqdimotlarni o‘tkazish uchun maydonlarni ijaraga olish va Davlat turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisining qaroriga muvofiq turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash budjetdan tashqari Jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan boshqa xarajatlarni qoplash.

2018 — 2020-yillar

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining qarori

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Xususiy turizm tashkilotlari uyushmasi, O‘zbekiston restoratorlari va mehmonxona egalari uyushmasi, O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi, Ekstremal va tog‘ turizmi federatsiyasi, O‘zbekiston aeronavtika federatsiyasi, O‘zbekiston geografiya jamiyati

27.

Maktab, kollej va oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari, din namoyandalari (imom-xatiblar), fuqarolar yig‘inlari faollari, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Nuroniy” jamg‘armasi va kasaba uyushmasi qo‘mitalari va tibbiyot muassasalari vakillari bilan aholi o‘rtasida ichki turizmni targ‘ib qilish bo‘yicha metodik qo‘llanmalar (yo‘riqnomalar) tayyorlash.

2018-yil aprel

Ijrochilar qarori

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston kasaba ushmalari federatsiyasi kengashi, ““Mahalla” jamg‘armasi, Nuroniy” jamg‘armasi

Yuqorida aytib o‘tilgan tashkilotlar vakilari bilan haftalar kesimida ichki turizmni targ‘ibot qilish va rivojlantirish uchun yillik ish rejalarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

har yili 2018-yil 1-fevraldan

28.

Jismoniy shaxslarga, jumladan chet el fuqarolariga notarial rasmiylashtirmasdan va ichki ishlar organlarida ro‘yxatdan o‘tkazmasdan ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan avtotransport vositalarini qisqa muddatga (30 kungacha) (RENT-CAR) ijaraga (prokat) berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash.

2018-yil aprel

Vazirlar Mahkamasining qarori

O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, vazirlik va idoralar

29.

Madaniyat vazirligi, Davlat turizmni rivojlantirish qo‘mitasi, Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha davlat qo‘mitasi, boshqa vazirlik va idoralar, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining takliflari asosida, yagona kalendar kuni doirasida butunjahon Internet aloqa tarmog‘i va ommaviy axborot vositalarida reklama joylashtirish orqali ularning aniq o‘tkazilish sanasini belgilagan holda, madaniy-ko‘ngilochar va ommaviy-sport tadbirlarining (umumrespublika festivallari, xalq sayillari, bayramlar, karnavallar, milliy o‘yinlar haftaligi, har xil sport turlari bo‘yicha sport tadbirlari va boshqa ommaviy tadbirlar) yagona kalendar kunini shakllantirish tartibini tasdiqlash.

2018-yil fevral

Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash qarori

Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash, Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya, Sport davlat qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, MTRK, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston axborot agentligi, vazirlik va idoralar

30.

Madaniyat vazirligi huzurida madaniy-ko‘ngilochar dasturlarni tashkil etish uchun folklor-etnografik guruhlarga buyurtma berish asosida xo‘jalik hisobidagi Xizmatni tashkil etish, shuningdek, folklor-etnografik guruhlar (shu jumladan, baxshi, maqom va boshqalar) bilan birga asosiy ijrochi va ishtirokchilari, respublika va hududlardagi teatrlar vakillari, raqqoslar, qo‘shiqchilar va boshqalar bazasini shakllantirish.

2018-yil mart

Vazirlar Mahkamasi qarori

Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

31.

Katta sanoat muassasalariga o‘sib kelayotgan avlodda vatanprarvarlik ruhini tarbiyalashga qaratilgan industrial turlarni tashkil etish, o‘zbek, rus va ingliz tillarida ekskursovod xizmatlarini taqdim etish bilan birga muassasa tarixi va texnologik jarayonlarini aks ettiruvchi tegishli ekspozitsiyalarni yaratish bilan yoshlarni ularning faoliyati bilan tanishtirish, shuningdek, tashrif buyuruvchilarga esdalik sertifikatlarini topshirish bilan ularning alohida texnologik jarayonlarda ishtirok etishi.

2018-yilning iyunidan boshlab

Ijrochilar qarori

Yirik sanoat korxonalari,

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

32.

Turistlar uchun ekskursiya sayohatlari qilish imkonini beruvchi Samarqand shahrida, keyinchalik esa respublikaning boshqa shaharlarida ham ikki qavatli avtobuslar qatnovini yo‘lga qo‘yish.

2018-yil aprel

Samarqand viloyat hokimining qarori

Samarqand viloyat hokimligi, “Aznur Travel” MCHJ, tadbirkorlik subyektlari

33.

2003-yil 4-noyabrda Vazirlar Mahkamasining 482-son qarori bilan tasdiqlangan avtobuslarda yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashga doir talablarga quyidagilarning: turistik avtobuslar xavfsizlik talablariga (GPS, majburiy va ixtiyoriy sug‘urta polisi, maxsus yorug‘lik qaytaruvchi liniyasi, haydovchilarda mobil aloqa, avariya holatlarida “ogohlantiruvchi tugma” va boshqalarning mavjud bo‘lishi) javob berishi sharti bilan mazkur avtobuslarni kuzatib borish;

ikkita haydovchisi bo‘lganda tungi vaqtlarda bo‘sh avtobuslarning qatnovini taqiqlash;

ichki ishlar hududiy organlari tomonidan tuziladigan har safar mahalliy turistik guruhlarni tashishdan oldin yangilanadigan transport vositasini texnik ko‘rikdan o‘tkazish dalolatnomasi (bir kishilik dalolatnoma);

respublika hududi bo‘ylab bir guruh fuqarolarning sayohatini tashkil etganda — hokimlik huzuridagi yo‘l xavfsizligini ta’minlash Komissiyasi bilan kelishish jarayonining man etilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish.

2018-yil may

Vazirlar Mahkamasining qarori

IIV, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

34.

Umumiy ovqatlanish punktlari, klublar, ko‘ngilochar muassasalar va boshqa shunga o‘xshash muassasalarning soat 00.00 ga qadar ishlash taribi va shartlarini tasdiqlash, shuningdek, ko‘ngilochar maskanlarning “Tourist Friendly” ixtiyoriy sertifikatlashtirish tizimi bo‘yicha kecha-kunduz faoliyat yuritishini ta’minlash uchun ichki ishlar organlari bilan tezkor aloqa bo‘lishi zarurligi to‘g‘risidagi talablarni ishlab chiqish. Kecha-kunduz ishlash rejimidagi umumiy ovqatlanish punktlari, klublar, ko‘ngilochar maskanlar va boshqa shunga o‘xshash obyektlarning ro‘yxati va tasdiqlangan ish tartibi rasmiy manbalarda e’lon qilinishini ta’minlash.

2018-yil fevral

IIV va Davlat turizmni rivojlantirish qo‘mitasining qo‘shma qarori

IIV, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

35.

Davlat turizmni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan turistlarni turistik kartalar, umumiy ovqatlanish punktlari to‘g‘risida ma’lumot, joylashish vositalari bilan ta’minlovchi, shuningdek, taksi chaqirish imkonini beruvchi, madaniy meros obyektlari va muzeylarga kirish chiptalari, suvenirlar, sim-kartalar hamda birinchi navbatda zarur bo‘lgan boshqa predmetlarni olish imkonini beradigan, davlat-xususiy sheriklik sxemasi asosida statsionar va mobil (ko‘chma) axborot markazlarini (do‘konchalar) o‘rnatish joyini belgilash.

Ma’lumot markazlari (do‘konchalar) va unda sotiladigan tovarlar ro‘yxati Davlat turizmni rivojlantirish qo‘mitasi bilan kelishiladi, bunda ularning joylashishiga ruxsat mahalliy hokimiyat organlari tomonidan ikki ish kuni mobaynida taqdim etiladi.

2018-yil martdan boshlab

Ijrochilar qarori

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tadbirkorlik subyektlari

IV. TURIZM INFRATUZILMASINI YAXSHILASH VA TURISTLAR UCHUN ZARUR SHAROITLAR YARATISH

36.

Puxta tahlil asosida tegishli viloyatlar hududlarida turistik zonalar va tog‘ turistik klasterlarini tashkil etish bo‘yicha asoslangan takliflarni ishlab chiqish va kiritish.

Bunda asosiy e’tiborni asoslanganlik va tegishli zonalar va klasterlar yaratishning iqtisodiy zarurligiga, ularning hududiy joylashishiga, kerakli muhandislik kommunikatsiyalari bilan ta’minlanganligiga, moliyalashtirish va soliq imtiyozlarining manbalarini belgilagan holda investorlarga taqdim etiladigan tegishli zonalar hududida turistik soha obyektlarini qurish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga qaratish.

2018-yil iyun

Vazirlar Mahkamasining qarori

Xorazm, Farg‘ona, Jizzax, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

37.

Turistik zonalar va tog‘ klasterlarining aniq chegaralarini belgilash, shuningdek, zarur hujjatlarni (toposuratga olish, to‘liq kadastr hujjatlari, geologik qidiruvlar va seysmik daraja to‘g‘risida hisobotlar, harorat tebranishining yillik darajasi hamda boshqalar) taqdim etish bilan birgalikda rejalashtirilayotgan obyektlar qurilishi uchun investitsion kompaniyalarga o‘rnatilgan tartibda yer uchastkalari ajratilishini amalga oshirish.

Turistik zonalar va tog‘ klasterlari hududidagi obyektlar qurilishining manzilli ro‘yxatini ularni foydalanishga topshirishning aniq muddatlarini belgilagan holda tasdiqlash.

Qonunchilikka muvofiq, egalariga tegishli zararni qoplashni ta’minlash bilan birga, eskirgan binolarni buzish va turistik zonalar va tog‘ klasterlari binolari quriladigan hududlarni tozalashni o‘rnatilgan tartibda tashkil etish, shuningdek, qurilayotgan obyektlarda mahalliy budjet mablag‘lari hisobiga barcha zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va kommunal infratuzilmalarini o‘tkazmoq.

turistik zonalar va tog‘ klasterlarini barpo etish muddatlariga muvofiq

Vazirlar Mahkamasi qarori

Xorazm, Farg‘ona, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari hokimliklari, Davergeodezkadastr, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, vazirlik va idoralar, jalb qilingan tijorat banklari

38.

Shaharlarni va aholi punktlarini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda respublikaning har bir katta shahrida do‘konlari, supermarketlari, savdo markazlari va komplekslari bo‘lgan alohida savdo-sotiq ko‘chalari bo‘lishini, shuningdek, esdalik sovg‘alari, kafeteriylar, restoranlar, choyxonalar, magazinlar, hunarmandchilik do‘konlari va mahalliy hamda chet el turistlari uchun jozibador bo‘lgan boshqa ko‘ngilochar joylari bo‘lgan piyoda kvartali (hududi)ni, shuningdek, ularga olib boruvchi qulay yo‘llarni qurish va tegishli muhandislik-kommunal tuzilmani qurish bilan “Halol”, “Kosher” va “Vegan” standartlari talablarini inobatga olishni nazarda tutish.

Turistik zonalar va tog‘ klasterlarini rivojlantirish doirasida turli ekskursiyalar, tomosha dasturlari (chiroqli shoular, teatr tomoshalari, folklor ansambllari va estrada artistlarining konsertlari), bouling, bo‘sh vaqtlarda sport-sog‘lomlashtirish bilan shug‘ullanish va sayr-tomoshaning boshqa turlarini taqdim etuvchi katta madaniy-ko‘ngilochar komplekslar har bir viloyatda (shaharlarda va rekreatsion zonalarda) bosqichma-bosqich tashkil etishni ta’minlash.

Turistik zonalar va tog‘ klasterlarini loyihalashtirish jarayonida bosh rejalarni ishlab chiqish va qayta ko‘rib chiqish davomida

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Qurilish vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Davergeodezkadastr

(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 18.07.2018-y. PF-5483-son Farmoni tahriridagi grafa)

39.

Umumiy foydalanishdagi yo‘llarni rekonstruksiya qilish va ta’mirlashning manzilli ro‘yxatini tasdiqlashga tayyorlashda unga turistik namoyish obyektlari bo‘lgan respublikaning turistik markazlarini bog‘lovchi yo‘l uchastkalarini qurish va ta’mirlash ishlarini qo‘shish, shuningdek, yo‘l tarmog‘ini kengaytirish.

har yili 1-dekabrga qadar

Vazirlar Mahkamasi qarori

Avtomobil yo‘llari Davlat qo‘mitasi, Qorqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

40.

Keyinchalik imkoniyati cheklangan insonlarni qabul qilish uchun modernizatsiya qilish va moslashtirish maqsadida turistik obyektlar va infratuzilmalarni inventarizatsiyadan o‘tkazish va ularning ro‘yxatini shakllantirish.

2018-yil mart

Ijrochilar qarori

Qorqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

41.

Mamlakatning turistik resurslari (madaniy meros obyektlari, ziyorat-turizm joylari, muzeylar, hunarmandlar ustaxonalari, madaniy-ko‘ngilochar va boshqa mavzuga oid parklar, sanatoriyalar va boshqa kurort-sog‘lomlashtirish muassasalari, mehmonxonalar va boshqa shunga o‘xshash joylashtirish vositalari, gidlar (ekskursovodlar), instruktor — yo‘l ko‘rsatuvchilar, sport inshootlari, sport maydonchalari va turizmning faol turlarini tashkil etish uchun joylar, muhofaza etiladigan tabiat hududlari hamda tabiatning boshqa o‘ziga xos obyektlari, agroturizm obyektlari, umumiy ovqatlanish punktlari) pasportlarini shakllantirish va inventarizatsiyadan o‘tkazish va turistik obyektlar yagona bazasini yaratish, uni “Uzbekistan.travel” portalida joylashtirish.

2018-yil avgust, keyinchalik tizimli ravishda yangilab borish

Ijrochilar qarori

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Madaniyat vazirligi, Sport davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Ekologiya davlat qo‘mitasi, “Hunarmand” uyushmasi, Qorqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

42.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 237-son qarori bilan tasdiqlangan Muomalaga chiqarilayotgan g‘ildirakli transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentiga texnik reglamentning amal qilishi harakatini turizm sohasini rivojlantirish dasturlari doirasida chora-tadbirlarni amalga oshiradigan yuridik shaxslar tomonidan olib kiriladigan turistik transport vositalariga dahl qilmasligini nazarda tutuvchi yoki Davlat turizmni rivojlantirish qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlari iltimosnomasiga ko‘ra o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

2018-yil mart

Vazirlar Mahkamasi qarori

“O‘zstandart” Agentligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari.

43.

Qishloq joylaridagi mehmon uylariga kredit mablag‘i ajratish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.

2018-yil martdan

Ijrochilar qarori

“Mikrokreditbank” ATB, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

44.

Iste’mol tovarlari (konsepsiyaga ko‘ra yoki “Seven Eleven”, “Family mart” va boshqa mashhur tarmoqlarni jalb qilish bilan) do‘konlari tarmog‘ini tashkil etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlariga soliq va boshqa imtiyozlar hamda preferensiyalar taqdim etish to‘g‘risidagi takliflarni kiritish.

2018-yil aprel

Vazirlar Mahkamasi qarori

DSQ, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi

45.

Sanitariya-gigiyena uzellari holatiga alohida e’tibor qaratgan holda bolalar maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablarda, shifoxonalarda, boshqa ijtimoiy obyektlarda va yo‘l atrofidagi infratuzilmalarda sementlangan axlatxonalar qurilishini nazarda tutuvchi sanitar-gigiyenik uzellar holatini yaxshilovchi hududiy dasturni ishlab chiqish va tasdiqlash, zamonaviy assenizatorlik mashinalarini sotib olish, ventilyatsiya tizimini o‘rnatish, sovuq va issiq suv, sanitar-gigiyenik vositalar bilan ta’minlash. Zamonaviy va namunali jamoat sanitariya-gigiyena uzellarini barpo etishni (o‘rnatishni) ta’minlagan mahalliy hokimiyat organlari, vazirliklar va idoralar rahbarlarini har yili moddiy rag‘batlantirish mexanizmini joriy etish.

2018-yil aprel

Ijrochilar qarori

Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar

46.

Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti huzurida turizm sohasida innovatsiyalar Markazini tashkil etish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

2018-yil iyun

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

47.

O‘zbekistonning turizm sohasidagi rivojlanishining joriy holatini o‘rganish asosida yangi takliflar va innovatsion qarorlarni ishlab chiqish uchun yetakchi tadqiqot markazlari va tashkilotlar, shu jumladan xorij tadqiqot markazlari va tashkilotlarini jalb etish.

muntazam

Ijrochilar qarori

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, TIV, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Iqtisodiy tadqiqotlar markazi, boshqa tashkilotlar

48.

“Turizm sohasidagi kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha respublika markazi” DUK misolida O‘zbekistonning turistik sohani qo‘llab-quvvatlash budjetdan tashqari Jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan a’zolik badallarini to‘lagan holda Turistik gidlar uyushmalari butunjahon federatsiyasi (WFTGA)ga a’zo bo‘lib kirishini ta’minlash.

2018-yildan

Ijrochilar qarori

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, TIV

49.

Tematik parklar qurish, unga tutash hududlarda landshaft dizaynini ishlatishni hisobga olgan holda, o‘rnatilgan tartibda dam olish joylarini tashkil etish, ko‘kalamzorlashtirish, kafe qurish, tutash ko‘chalarni rekonstruksiya qilish, tashqi yoritish vositalarini o‘rnatish uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlanishini ta’minlash.

yer uchastkasi ajratilishi bilan

Loyiha-smeta hujjatlarining tasdiqlanishi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Qurilish vazirligi

(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-son Farmoni tahriridagi grafa)

50.

Bepul Wi-Fi aloqa nuqtalari o‘rnatiladigan jamoat joylari, shu jumladan, avtostansiyalar, aeroportlar va turistik obyektlar ro‘yxatini tayyorlash va tasdiqlash.

2018-yil aprel

Ijrochilar qarori

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

51.

Madaniy meros obyektlarida va davlat muzeylarida smart-texnologiyalarni joriy etish konsepsiyasini asosan davlat-xususiy sheriklik asosida, har yili konsepsiya chora-tadbirlarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan mablag‘larni aniqlagan holda tayyorlash.

Mazkur konsepsiyaga yagona bilet va tashrif buyuruvchilarni elektron ro‘yxatga olish tizimi, virtual turlar, audiogidlar o‘rnatish, chet tillarda tarixiy yodgorliklarning elektron katalogini va ularning 3D-modellarini ishlab chiqish, klassik matnlar tarjimasi va sharhlarini amalga oshirish imkonini beruvchi, shuningdek, tegishli madaniy-tarixiy meros obyektlari to‘g‘risida to‘liq ma’lumotni taqdim etuvchi mobil ilovalar yaratishni kiritish.

2018-yil aprel

Ijrochilar qarori

Madaniyat vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, vazirliklar va idoralar

52.

Investorlar keng doirasini, shu jumladan, xorij investorlarini ham jalb qilgan holda O‘zbekistonning turistik industriyasida investorlarning har yillik Forumini o‘tkazish.

2018-yilning I yarim yilligi, keyinchalik har yili

Ijrochilar qarori

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Tashqi savdo vazirligi, TIV, vazirlik va idoralar

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-fevraldagi PQ-3514-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki turizm rivojlanishi uchun yuqori salohiyatga ega bo‘lgan tumanlar va shaharlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Joy nomlanishi

Shahardan masofasi (km)

Tabiat-manzara afzalligi

Yo‘llarning holati

Mahalliy aholining asosiy mashg‘uloti

Turizmning salohiyatli turlari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

1.

Ellikqal’a tumani, Akchakul qishlog‘i

5

Amudaryo qirg‘og‘i

Qoniqarli

Meva-sabzavot va baliqchilik

Arxeologik, tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmi

2.

Beruniy tumani, Oltinsoy qishlog‘i

75

Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati (Baday To‘qay,) o‘simliklar, baliq va qushlarning turli xillari

Qoniqarli

Meva-sabzavotchilik

Ekoturizm, agroturizm, tarixiy va ziyorat turizm

Andijon viloyati

3.

Xo‘jaobod tumani, Manak qishlog‘i, Tosh ota mahallasi, Imomota qishlog‘i

40/20

Tog‘lar, o‘rmon va bog‘lar

Qoniqarli

Meva-sabzavotchilik, bog‘dorchilik, chorvachilik va turistik xizmatlar Meva-sabzavotchilik, bog‘dorchilik, chorvachilik va turistik xizmatlar

Tarixiy va ziyorat turizm

4.

Buloqboshi tumani, Shirmonbuloq qishlog‘i, Shirmonbuloq mahallasi

20/7

Tog‘lar, o‘rmon va bog‘lar

Qoniqarli

Gastronomik turizm, agroturizm, ekoturizm

5.

Baliqchi tumani, Baliqchi qishlog‘i, Kul mahallasi, Guliston qishlog‘i, Mirzaboshichek mahallasi

40/3

Dam olish uchun joy

Qoniqarli

6.

Xonobod tumani, Xontog‘ va Pozilmonota dam olish zonalari

90/5

O‘rmon, kamyob daraxtlar

Qoniqarli

Ekoturizm va sog‘lomlashtirish turizmi

7.

Andijon tumani, Bog‘ishamol dam olish zonasi

6

Yer sathidan 350 m balandlikdagi osma yo‘l va qalin o‘rmon

Qoniqarli

Tarixiy va ziyorat turizmi

Buxoro viloyati

8.

Kogon tumani

42

Qizilqum boy landshafti, kamyob jonivorlar

Qoniqarli

Meva-sabzavotchilik

Ekoturizm

30

To‘dako‘l suv ombori, dam olish zonalari

O‘rta

Chorvachilik bog‘dorchilik va baliqchilik

Ekoturizm, plyaj xordig‘i

9.

Qorovulbozor tumani

50

Jayron eko-markazi

O‘rta

Chorvachilik, baliqchilik

Agroturizm, vino turizmi, flora va faunada sayr qilish va tanishish

10.

Qorovulbozor tumani Devxona ko‘li sohili

70

Devxona ko‘li

O‘rta

Chorvachilik, baliqchilik

Ekoturizm, tuyalarda sayr qilish, baliqchilik

11.

Buxoro tumani, Yangiturmush posyolkasi, Qayrag‘och

18

Dam olish joyi

Meva-sabzavotchilik

Tarixiy-bilish turizmi

12.

Shofirkon tumani

80

Sharshara, Og‘itma ko‘li

O‘rta

Chorvachilik, baliqchilik

Tuyalarda sayr qilish, safari, ovchilik va baliqchilik

13.

Peshku tumani

50

Koarkir ko‘li

O‘rta

Safari, tuya va otlarda sayr qilish, ovchilik va baliqchilik

14.

G‘ijduvon tumani, Zafarobod, Sho‘rcha posyolkasi

45

Sho‘rcha ko‘li

O‘rta

Ekoturizm, safari, tuya va otlarda sayr qilish, ovchilik va baliqchilik

15.

G‘ijduvon tumani,

40

Magistral trassa M 37

O‘rta

Savdo, xizmatlar tarmog‘i

Gastronomik turizm

16.

Buxoro shahri, Sitorai Moxi-Xosa

5

Ekoturistik shaharcha, qishloq shaharcha

Qoniqarli

Bog‘dorchilik, baliqchilik

Baliqchilik, yashash va ana’nalar, hayoti bilan tanishish

17.

G‘ijduvon, Kogon, Romitan, Shofirkon, Vobkent tumanlari

Umumiy 150

Buxoroning yetti muqaddas pirlari

O‘rta

Savdo-sotiq, xizmatlar tarmog‘i

Ziyorat turlar, gastronomik turizm

Jizzax viloyati

18.

Forish tumani, Qizilqum qishlog‘i

40

Aydar Arnasoy ko‘li

Qoniqarsiz

Chorvachilik

Tarixiy, ilmiy, ekologik, gastronomik, ornitologik, sog‘lomlashtirish, suvli, ov turizmi va agroturizm

19.

Forish tumani, Mojurum qishlog‘i

42

1600 yildan ko‘p bo‘lgan ari inlari

Qoniqarsiz

Chorvachilik

20.

Forish tumani, Hayot qishlog‘i

45

Dam olish joyi

Qoniqarsiz

Chorvachilik

21.

Forish tumani, Birlashgan qishlog‘i

20

“Birlashgan” qishlog‘idagi sog‘lomlashtirish markazi va dam olish zonasi

Qoniqarsiz

Chorvachilik

22.

Forish tumani, Uxum qishlog‘i

30

Eramizdan avvalgi I-II asrlardagi qoya rasmlari

Qoniqarsiz

Chorvachilik

23.

Forish tumani, Garasha qishlog‘i

55

Arxeologik maydonlar, qalin o‘rmon, buloq, tarixiy qabr toshlari

Qoniqarsiz

Chorvachilik

24.

Forish tumani, Qoratosh qishlog‘i

50

Xo‘jabog‘bon ota” dam olish zonasi, issiq suvlar, 1000-yillik tut daraxtlari

Qoniqarsiz

Chorvachilik

25.

Forish tumani, Narvon qishlog‘i

35

Tog‘li joylar, tepaliklar, ko‘plab buloqlar, qalin daraxtzorlar

Qoniqarsiz

Chorvachilik

26.

Forish tumani, Baland shaharchasi

10

X asr tarixiy joylari

Qoniqarsiz

Chorvachilik

Tarixiy, ilmiy, ekologik, gastronomik, ornitologik, sog‘lomlashtirish, suvli, ov turizmi va agroturizm

27.

Zomin tumani, O‘riklisoy qishlog‘i

6

24110 ga maydonga ega milliy tabiat parki

Qoniqarli

Chorvachilik

20

“Zomin” sanatoriyasi

Qoniqarli

Chorvachilik

18

“Zomin” parki hududidagi sun’iy sharshara

Qoniqarli

Chorvachilik

20

2000 m chuqurlikdan ko‘tariladigan “Sherbuloq bulog‘i, 120 o‘ringa mo‘ljallangan dam olish zonasi

Qoniqarli

Chorvachilik

28.

Zomin tumani, Pishag‘or qishlog‘i

28

Paleontologik g‘or

Qoniqarsiz

Chorvachilik

24

“Xujai sero bota” ziyoratgohi, 49 ta buloq

Qoniqarsiz

Chorvachilik

29.

Zomin tumani, Uvol qishlog‘i

18

“Uvaldara” tog‘li joylar, sharsharalar, “Parpioyim” tosh yodgorligi

Qoniqarsiz

Chorvachilik

Tarixiy, ilmiy, ekologik, gastronomik, sog‘lomlashtirish va agroturizm

30.

Zomin tumani, Beshkubi qishlog‘i

16

Qalin qoraqarag‘ayzor, tog‘li suvlar

Qoniqarsiz

Chorvachilik

31.

Zomin tumani, Tureman qishlog‘i

20

Sog‘lomlashtiruvchi buloq, 1000-yillik tut daraxtlari

Qoniqarsiz

Chorvachilik

32.

Zomin tumani, Yettikechuv qishlog‘i

21

400 yillik shumtol

Qoniqarsiz

Chorvachilik

21

Shifobaxsh buloqlar, “Archamozor” qoraqarag‘ayzori

Qoniqarsiz

Chorvachilik

33.

Zomin tumani, O‘rikli qishlog‘i

10

“Boboyong‘ok” bog‘i hududidagi 700 yillik yong‘oq

Qoniqarli

Chorvachilik

34.

Zomin tumani, Turkman qishlog‘i

23

2,3 ga hududga ega bo‘lgan yashil daraxtzor, “Xo‘ja Shoximardan” bulog‘i

Qoniqarsiz

Chorvachilik

35.

Zomin tumani, Qo‘shintepa qishlog‘i

20

Qobilmozor ziyoratchilar joyi

Qoniqarsiz

Chorvachilik

36.

Zomin tumani, Laylakuya qishlog‘i

12

Sog‘lomlashtiruvchi va shifobaxsh buloqlar

Qoniqarsiz

Chorvachilik

37.

Zomin tumani, Xulkar qishlog‘i

6

“Turkiston” adirlari tog‘ daryolaridan boshlanuvchi daryo

Qoniqarsiz

Chorvachilik

38.

Yangiobod tumani, Qo‘shqand qishlog‘i

23

“Cho‘kmozorota” — arxeologik joyi, qadimgi qabriston, 600 — 700 yillik tut daraxtlari

Qoniqarsiz

Arxeologik turizm, ziyorat turizm

39.

Yangiobod tumani, Chang‘ovul qishlog‘i

23

Dam olish joyi

Qoniqarsiz

Chorvachilik

Ekoturizm

40.

Yangiobod tumani, Xo‘jamishkent qishlog‘i

24

“Xo‘jamishkent” buloqlari ziyoratgohi, g‘orlar

Qoniqarli

Chorvachilik

Ziyorat turizm

41.

Baxmal tumani, Novka qishlog‘i

30

Novka ota ziyoratgohlaridagi ko‘p yillik chinorlar va buloqlar

Qoniqarli

Chorvachilik va bog‘dorchilik

Tarixiy, ilmiy, ekologik, gastronomik, sog‘lomlashtiruvchi turizm va agroturizm

50

Zomin davlat qo‘riqxonasidagi noyob toshlar

Qoniqarli

Chorvachilik va bog‘dorchilik

42.

Baxmal tumani, Muzbuloq qishlog‘i

56

Qirqqiz” Zomin davlat qo‘riqxonasi

Qoniqarli

Chorvachilik va bog‘dorchilik

53

“Tosh kuyov” Zomin davlat qo‘riqxonasi

Qoniqarli

Chorvachilik va bog‘dorchilik

43.

Baxmal tumani, Yettikechuv qishlog‘i

43

Noyob shaklli toshlar

Qoniqarsiz

44.

Baxmal tumani, Mugol qishlog‘i

43

“Bog‘i major” o‘rmoni, Sangzor daryosining boshlanishi

Qoniqarsiz

45.

G‘allaorol tumani, Kuytosh mahallasi

35

“Kuytosh” tog‘idagi noyob tosh shakllari

Qoniqarsiz

Ekoturizm

46.

G‘allaorol tumani, Avliyo mahallasi

26

“Saad ibn Abu Vaqqos” ziyoratgohidagi ko‘p yillik chinorlar va buloqlar

Qoniqarsiz

Chorvachilik va bog‘dorchilik

Ziyorat turizm

47.

G‘allaorol tumani, Gubdin qishlog‘i

21

Tabiat-manzarali tog‘lar

Qoniqarsiz

Chorvachilik va bog‘dorchilik

Ekoturizm

23

Buloqlar, arxeologik joylar, “Gubdunota” qalin daraxtzori

Qoniqarsiz

Chorvachilik va bog‘dorchilik

Ziyorat turizm, arxeologik turizm

48.

G‘allaorol tumani, Sayfin qishlog‘i

30

Tarixiy qabr usti toshlari, buloqlar

Qoniqarsiz

Chorvachilik va bog‘dorchilik

Ekoturizm

49.

G‘allaorol tumani, Savruk qishlog‘i

22

Buloqlar, arxeologik joylar, “Sovrukota” qalin daraxtzori

Qoniqarsiz

Chorvachilik va bog‘dorchilik

Ziyorat turizm, arxeologik turizm

50.

Jizzax tumani, Baxmalsoy qishlog‘i

20

“Amir Temur darvoza” tarixiy joyi

Qoniqarsiz

Chorvachilik va bog‘dorchilik

Tarixiy, bilishga oid turizm

51.

Jizzax tumani, Oltixovuz qishlog‘i

14

500 yillik “Bobo yong‘oq” yong‘og‘i

Qoniqarsiz

Chorvachilik va bog‘dorchilik

Ekoturizm

52.

Jizzax tumani, Paymat qishlog‘i

16

“Parpiota”, ziyoratgoh joylar

Qoniqarsiz

Chorvachilik va bog‘dorchilik

Ziyorat turizm

Qashqadaryo viloyati

53.

Qamashi tumani, Langar posyolkasi

40

Tog‘ oldi joylar

Qoniqarli

Meva-sabzavotchilik va bog‘dorchilik

Etnografik turizm, ziyorat turizm

54.

Kitob tumani, Oqsuv va Qaynar posyolkalari

12 i 18

Tog‘ oldi joylar

Qoniqarli

Meva-sabzavotchilik va bog‘dorchilik

Ekoturizm

Navoiy viloyati

55.

Nurota tumani, Sintob mahallasi

210

Tog‘li joylar, ko‘l, daryo

Qoniqarli

Chorvachilik

Ekologik va faol turizm, tarixiy va ziyorat turizm

56.

Nurota tumani, Aydarkul

185

Yurtovie lagerya, oxotnichye ugodye, pustinya

Qoniqarli

Chorvachilik

57.

Konimex tumani, Dungalak mahallasi

180

Yurtovie lagerya, oxotnichye ugodye, pustinya

Qoniqarli

Chorvachilik

Ekologik va faol turizm

58.

Konimex tumani, Yangi G‘azg‘on mahallasi

160

O‘tovli lagerlar, ov narsalari, cho‘l, tuyalarda sayr, velosiped va mototsikllarda sayr qilish

Qoniqarli

Chorvachilik

59.

Xatirchi tumani, Sangijumon qishlog‘i

110

Tog‘li joylar, sharsharalar, Teshiktosh

Qoniqarsiz

Chorvachilik, meva-sabzavotchilik va uzumchilik

60.

Navbahor tumani, Sarmishsoy darasi

50

Tog‘li joylar, daryolar, “Sarmish” lageri

Qoniqarli

Chorvachilik

Ziyorat turizm, sayohat va ekoturizm

61.

Uchquduq tumani, Jaraquduk darasi

380

Tog‘li o‘rmon

Qoniqarli

Chorvachilik

Ekologik va faol turizm

62.

Qiziltepa tumani, Arabon mahallasi

90

“To‘dako‘l” suv ombori, dam olish zonasi, pansionatlar

Qoniqarli

Chorvachilik, meva-sabzavotchilik, baliqchilik

Agroturizm, ekoturizm va gastronomik turizm

Namangan viloyati

63.

Yangiqo‘rg‘on tumani, Nanay qishlog‘i

35

Tog‘li joylar va mevali bog‘lar

Qoniqarli

Chorvachilik, meva-sabzavotchilik, baliqchilik

Ekoturizm, agroturizm

64.

Chust tumani, G‘ova qishlog‘i

40

Tog‘li joylar

Qoniqarli

Tarixiy, gastronomik turizm va ekoturizm

65.

Pop tumani, Chodak qishlog‘i

60

Tog‘li joylar, o‘rmon xo‘jaligi, daryo qirg‘og‘i

Qoniqarli

Myeva-sabzavotchilik, bog‘dorchilik va hunarmandchilik

Ekologik, gastronomik turizm, agroturizm va ekoturizm

66.

Chortoq tumani, Hazratishox qishlog‘i

35

Tog‘li joylar va mevali bog‘lar

Qoniqarsiz

Chorvachilik, meva-sabzavotchilikva bog‘dorchilik

Sog‘lomlashtiruvchi va ziyorat turizm

67.

Kosonsoy tumani, Kushon qishlog‘i

25

Sirdaryo daryosi qirg‘og‘i, mevali bog‘lar, yovvoyi tabiat

Qoniqarli

Myeva-sabzavotchilik va hunarmandchilik

Ekoturizm, agroturizm, sog‘lomlashtiruvchi va ziyorat turizm

68.

Norin tumani, Uchtepa qishlog‘i

15

Sirdaryo daryosi qirg‘og‘i

Qoniqarli

Myeva-sabzavotchilik

Ekoturizm, sog‘lomlashtiruvchi turizm

69.

To‘raqo‘rg‘on tumani, Axsi qishlog‘i

20

Sirdaryo daryosi qirg‘og‘i

Qoniqarli

Myeva-sabzavotchilik, hunarmandchilik

Tarixiy turizm va agroturizm

70.

Mingbuloq tumani, Go‘rtepa qishlog‘i

25

Qumli sahro hududi, “Sho‘rsuv” bulog‘i

Qoniqarli

Myeva-sabzavotchilik,

Ekoturizm, Sog‘lomlashtiruvchi turizm

Samarqand viloyati

71.

Urgut tumani, Qoratepa qishlog‘i, Taxta Qoracha dovoni

43

O‘rmon, qarag‘ayzor, dovon balandligi 1679 m

Qoniqarli

Myeva-sabzavotchilikva chorvachilik

Madaniy tashriflar, sayohat, ekologik va ekstremal turizm va sport hamda rekreatsion turizm

72.

Urgut tumani, Omonqo‘ton qishlog‘i

40

20 gadan ko‘p bo‘lgan o‘rmon hududidagi 200 ta shifobaxsh buloqlar

Qoniqarli

Myeva-sabzavotchilik, chorvachilik va tamaki yetishtirish

73.

Samarqand tumani, Oxalik qishlog‘i

16

Hududida ko‘plab buloqlar, daryo va ko‘llar mavjud

Qoniqarli

Chorvachilik, myeva-sabzavotchilik, bog‘dorchilik, saoat korxonalaridagi bandlik

Borib ko‘rish, ziyorat turizmva agroturizm

74.

Samarkand tumani, Mirankul qishlog‘i

18

Tog‘li joylar, huddudda ko‘plab buloqlar, daryo va ko‘llar mavjud

Qoniqarli

Borib ko‘rish, ziyorat sportiva agroturizm

Surxandaryo viloyati

75.

Boysun tumani, Machay posyolkasi, Teshiktosh g‘ori

35

Sharshara, ibtidoiy odam manzilgohi

Qoniqarsiz

Meva-sabzavotchilik va chorvachilik

Ekoturizm

76.

Sherobod tumani Zarautsoy g‘ori

20

Qadimgi qoyatosh yozuvlari, g‘or

Qoniqarsiz

Gastronomik turizm va agroturizm

77.

Sariosiy tumani Sangardak posyolkasi

40

Sharshara

Qoniqarsiz

Ekoturizm

Sirdaryo viloyati

78.

Gulistontumani, O‘zbekistan qishlog‘i

35

Mevali bog‘lar va yovvoyi tabiat

Qoniqarli

Meva-sabzavotchilik va bog‘dorchilik

Gastronomik turizm va agroturizm

79.

Hududlardagi korxonalarga tegishli Sirdaryo daryosi sohillari

40

Sirdaryo daryosi sohili

Qoniqarli

Ekoturizm

80.

Sardoba suv ombori Chamanzor qishlog‘i, Ergash Kahhor qishlog‘i

60

“Sardoba” suv ombori

Qoniqarli

Tarixiy-madaniy turizm

Toshkent viloyati

81.

Bo‘stonliq tumani Nanay qishlog‘i

18

Tog‘li, o‘rmon va suv xavzasi (Chorvoq suv ombori, Ugam daryosi)

Qoniqarli

Turizm xizmatlari, bog‘dorchilik va chorvachilik

Ekstremal tog‘ turizmi

82.

Bo‘stonliq tumani, Sijjak qishlog‘i, Sarbo mahallasi

50

83.

Bo‘stonliq tumani Burchmullo qishlog‘i

30

84.

Bo‘stonliq tumani poselok Bog‘iston

40

85.

Angren shahri Lashkarak posyolkasi

25

O‘ziga xos tabiat, tog‘li joylar, mevali bog‘lar

Qoniqarsiz

Turizm xizmatlari, bog‘dorchilik, chorvachilik

Tarixiy turizm va ekoturizm

86.

Angren shahri Yangiobod posyolkasi

35

Tog‘li joylar, dam olish bazasi, chang‘i trassasi, kichikroq daryo

Qoniqarsiz

Turizm xizmatlari

Tarixiy turizm va ekoturizm

87.

Parkent tumani Kumushkon qishlog‘i

10

O‘ziga xos tabiat, dam olish zonasi, mevali bog‘lar ziyoratchilar joyi

Qoniqarli

Turizm xizmatlari, bog‘dorchilik, chorvachilik

Gastronomik turizm, agro-ekoturizm

88.

Parkent tumani So‘qoq qishlog‘i

8

Mevali bog‘lar, lagerlar, uzumzorlar, sharshara, kichikroq daryo, o‘ziga xos tabiat

Qoniqarli

89.

Parkent tumani Zarkent posyolkasi

12

Mevali bog‘lar, o‘ziga xos tabiat, kichikroq daryo, uzumzorlar

Qoniqarsiz

Farg‘ona viloyati

90.

Farg‘ona tumani Vodil qishlog‘i

25

O‘ziga xos tabiat, mevali bog‘lar

Qoniqarli

Paxtachilik vabog‘dorchilik

Sayohat va ekoturizm, tibbiy va sog‘lomlashtiruvchi turizm

91.

Farg‘ona tumani Shoximardon qishlog‘i

50

Gornaya mestnost, fruktovie sadi, unikalnaya priroda

Qoniqarsiz

Bog‘dorchilik

92.

Yozyovon tumani tabiat yodgorligi

40

O‘ziga xos tabiat

Yo‘l qoplamasi mavjud emas

Paxtachilik, sholikorlik, poliz ekinlari

Sayohat va ekoturizm

93.

Quvasoy tumani Arsif qishlog‘i

30

O‘ziga xos tabiat

Yo‘l qoplamasi mavjud emas

Bog‘dorchilik

Xorazm viloyati

94.

Bog‘ot tumani Dehqonbozor va Mirishkor qishlog‘i

30

Uzumzorlar

Qoniqarli

Chorvachilik, meva-sabzavotchilik va bog‘dorchilik

Gastronomik turizm

95.

Urgench tumani Cholish posyolkasi, To‘qay kompleksi

10

Amudaryo sohili

Qoniqarli

Chorvachilik va meva-sabzavotchilik

Ekoturizm, gastronomik turizm

96.

Yangiariq tumani “Xorazmbaliq” OAJ tasarrufidagi ko‘l

35

Sun’iy ko‘llar

Qoniqarsiz

Chorvachilik, meva-sabzavotchilik va baliqchilik

Tarixiy turizm

97.

Yangibozor tumani “Madaniyat” fermerlik uyushmasi hududi

45

Uzumzorlar

Qoniqarsiz

Chorvachilik, meva-sabzavotchilik

Ekoturizm, gastronomik turizm

Amudaryo sohili

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-fevraldagi PQ-3514-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-sentabrdagi “Toshkent shahrida “Eski shahar” turizm zonasini barpo etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3260-son qaroriga kiritiladigan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZGARTIRISHLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 3-banddagi “kompanii “Demir Group” so‘zlari “sovmestnomu predpriyatiyu OOO “Inter Tourism” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 4-bandning birinchi xatboshidagi “kompaniya “Demir Group” so‘zlari “sovmestnoye predpriyatiye OOO “Inter Tourism” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 5-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “kompaniyey “Demir Group” so‘zlari “sovmestnim predpriyatiyem OOO “Inter Tourism” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 6-banddagi “kompaniya “Demir Group” so‘zlari “sovmestnoye predpriyatiye OOO “Inter Tourism” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2018-y., 07/18/3514/0672-son; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son; 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son; 20.06.2020-y., 07/20/4755/0783-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son; 30.04.2022-y., 07/22/232/0378-son; 20.01.2024-y., 06/24/14/0052-son)