17.12.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3726
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktorining buyrugʻi, 17.12.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3726
Кучга кириш санаси
18.12.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktorining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasbiy taʼlim tashkilotlarini kompleks davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishda baholash mezonlari boʻyicha indikatorlarni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 17-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3726]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF-76-son “Taʼlim sifatini taʼminlash va taʼlim xizmatlari koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-avgustdagi 498-son “Oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini kompleks hamda maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kasbiy taʼlim tashkilotlarini kompleks davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishda baholash mezonlari boʻyicha indikatorlar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktor B. YULDASHEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 2-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K. SHARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 13-noyabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktorining 2025-yil 2-dekabrdagi 4-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasbiy taʼlim tashkilotlarini kompleks davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishda baholash mezonlari boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
INDIKATORLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Mezon

Indikator

1-bob. Tashkiliy-boshqaruv faoliyati yoʻnalishi

1.

Taʼlim tashkilotini rivojlantirish rejasining ishlab chiqilgani va uni amalga oshirish uchun resurslar mavjudligi, shuningdek, uning jamoatchilik uchun ochiqligi va monitoringi yuritilgani

Kasbiy taʼlim tashkilotini rivojlantirish rejasi (strategik rejasi, missiyasi, strategiyasi) (bundan buyon matnda rivojlantirish rejasi deb yuritiladi) tasdiqlangan hamda unda kasbiy taʼlim tashkilotini rivojlantirishning maqsadlari va vazifalari, ularni amalga oshirish mexanizmlari, ijro muddatlari va masʼul ijrochilar belgilangan*

Rivojlantirish rejasini samarali amalga oshirish uchun kasbiy taʼlim tashkilotidagi barcha tarkibiy boʻlinmalarning (kafedralarning, boʻlimlarning) tizimli ravishda yillik ish rejalari ishlab chiqilgan

Rivojlantirish rejasini samarali amalga oshirish uchun moddiy-texnik baza, moliyaviy va inson resurslari ajratilgan hamda ularning taqsimoti rivojlantirish rejasidagi maqsadlar va vazifalar bilan uygʻunlashtirilgan

Rivojlantirish rejasining monitoringi va tahlili natijalari hamda pedagoglar, oʻquvchilar, bitiruvchilar, ish beruvchilar, soha mutaxassislari, shuningdek ota-onalar va ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning (bundan buyon matnda manfaatdor tomonlar deb yuritiladi) taklif va fikr-mulohazalari oʻrganilgan, shuningdek ular asosida rivojlantirish rejasini takomillashtirish choralari koʻrilgan

Rivojlantirish rejasining ijrosi hamda natijalari ochiq va shaffof tarzda jamoatchilikka eʼlon qilib borilgan

2.

Taʼlim tashkiloti faoliyatini samarali tashkil etish va rejalashtirish, taʼlim sifatini taʼminlash uchun moliyaviy resurslarning maqsadli yoʻnaltirilgani

Kasbiy taʼlim tashkilotining faoliyatini samarali tashkil etish va taʼlim sifatini taʼminlash maqsadida rivojlantirish rejasiga muvofiq moliyaviy resurslarni maqsadli boshqarish va taqsimlash tizimi yoʻlga qoʻyilgan

Moliyaviy resurslar oʻquv jarayonini rejalashtirish, tashkil etish hamda moddiy-texnik baza va infratuzilmani rivojlantirish maqsadlariga muvofiq ravishda taqsimlangan

Moliyaviy boshqaruv jarayoni yoʻlga qoʻyilgan hamda yillik moliyaviy reja tasdiqlangan va ijrosi amalga oshirilgan

Yillik moliyaviy rejada taʼlim sifatini taʼminlashga yoʻnaltirilgan mablagʻlar maqsadli va samarali sarflangan

Moliyaviy resurslardan foydalanish va yillik moliyaviy rejaning ijrosi boʻyicha muntazam monitoring va tahlil amalga oshirilgan hamda bu yuzasidan qarorlar monitoring va tahlil natijalari asosida qabul qilingan

3.

Taʼlim tashkilotining pedagogik (vasiylik) kengashi faoliyati va uning samaradorligi

Pedagogik (vasiylik) kengashning ish rejasi va nizomi, shu jumladan vakolatlari, vazifalari va ish yuritish tartibi tasdiqlangan

Pedagogik (vasiylik) kengashning yigʻilishlari muntazam oʻtkazilgan hamda yigʻilish qarorlari asosida chora-tadbirlar rejalari ishlab chiqilgan va ularning ijrosi nazorat qilingan

Pedagogik (vasiylik) kengash qarorlarini qabul qilishda manfaatdor tomonlarning taklif va fikr-mulohazalari inobatga olingan

Pedagogik (vasiylik) kengash tomonidan qabul qilingan qarorlar taʼlim sifatini oshirish, pedagoglarni qoʻllab-quvvatlash, moliyaviy resurslardan samarali va maqsadli foydalanish hamda kasbiy taʼlim tashkilotini rivojlantirish maqsadlari uchun yoʻnaltirilgan

Pedagogik (vasiylik) kengash faoliyatiga oid maʼlumotlar ochiqlik, hisobdorlik va shaffoflik tamoyillariga muvofiq jamoatchilikka taqdim etib borilgan

4.

Taʼlim jarayonlarini boshqarish hamda taʼlim sifatini nazorat qilish boʻyicha axborot tizimining (bundan buyon matnda axborot tizimi deb yuritiladi) mavjudligi va ushbu tizimning taʼlim sohasidagi vakolatli davlat organlarining axborot tizimlariga integratsiya qilingani

Kasbiy taʼlim tashkilotida axborot tizimi (EMIS PT, LMS, elektron jurnal, boshqaruv platformasi yoki boshqalar) joriy etilgan*

Axborot tizimida oʻquvchilar va pedagoglarga oid maʼlumotlar, shuningdek oʻquv mashgʻulotlari (dars) jadvali, baholash va oʻquvchilar davomati boʻyicha maʼlumotlarni yuritish imkoniyati mavjud

Oʻzaro maʼlumotlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish maqsadida axborot tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va uning huzuridagi Kasbiy taʼlim agentligining axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan

Axborot tizimini texnik qoʻllab-quvvatlash va axborot xavfsizligini taʼminlash choralari tizimli ravishda koʻrilgan hamda axborot tizimida foydalanuvchilarning samarali va qulay ishlay olishi taʼminlangan

Axborot tizimidagi maʼlumotlarning aniqligi va ishonchliligi taʼminlangan hamda axborot tizimi oʻz vaqtida yangilanib borilgan va monitoring yuritilgan, shuningdek ushbu maʼlumotlar asosida yillik tahliliy hisobotlar tayyorlab borilgan

Tayyorlangan hisobotlar pedagogik (vasiylik) kengashning yigʻilishlarida muhokama qilingan hamda aniqlangan muammo va kamchiliklarni tuzatish choralari koʻrilgan

2-bob. Taʼlim sifatini taʼminlash yoʻnalishi

5.

Manfaatdor tomonlar bilan hamkorlikda taʼlim sifatini ichki taʼminlashning yoʻlga qoʻyilgani

Taʼlim sifatini ichki taʼminlash jarayonida manfaatdor tomonlar ishtiroki taʼminlangan hamda ularning ishtirokida muntazam tadbirlar (uchrashuvlar, seminar-treninglar, muhokamalar, anjumanlar, soʻrovnomalar, intervyular, fokus-guruhlar yoki boshqalar) oʻtkazilgan

Manfaatdor tomonlarning taklif va fikr-mulohazalari asosida taʼlim sifatini ichki taʼminlash tizimini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan

Manfaatdor tomonlarning taklif va fikr-mulohazalarini inobatga olgan holda hamda ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi asosida taʼlim sifatini ichki taʼminlash tizimi muntazam takomillashtirilgan

Taʼlim sifatini ichki taʼminlash tizimi takomillashtirilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kasbiy taʼlim tashkilotining veb-sayti va (yoki) ijtimoiy tarmoqlarida ochiq eʼlon qilib borilgan

6.

Taʼlim sifatini ichki taʼminlash tizimi samaradorligi muntazam tahlil qilib borilgani va tahlil natijalari asosida takomillashtirish choralarining koʻrilgani

Kasbiy taʼlim tashkilotida taʼlim sifatini ichki taʼminlash tizimi rasmiylashtirilgan (ichki baholash tartibi ishlab chiqilgan) hamda taʼlim sifatini ichki taʼminlash boʻlinmasi tashkil etilgan yoki masʼul xodim(lar) ajratilgan*

Taʼlim sifatini ichki taʼminlash tizimini ichki baholash tartibi amaliyotga joriy etilgan

Taʼlim sifatini ichki taʼminlash tizimining samaradorligi doimiy ravishda monitoring qilingan va davriy (yarim yillik va yillik) tahlillar asosida baholab borilgan

Monitoring va tahlil natijalari asosida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish hamda taʼlim sifatini ichki taʼminlash tizimini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan

Aniqlangan muammo va kamchiliklar chora-tadbirlar rejasiga muvofiq oʻz vaqtida bartaraf etib borilgan

Taʼlim sifatini ichki taʼminlash tizimi doimiy ravishda ichki baholashdan oʻtkazilgan, ichki baholash natijalari pedagogik (vasiylik) kengashning yigʻilishlarida muhokama qilingan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligiga oʻz vaqtida va toʻliq taqdim etib borilgan

7.

Oʻquvchilar bilimini baholashning belgilangan tartibda amalga oshirilgani va uning oʻquv natijalariga muvofiqligi

Oʻquvchilarning bilim, koʻnikma va kompetensiyalarini baholash jarayonlari boʻyicha tartib, qoidalar, mezonlar va usullar (bundan buyon matnda baholash tartibi deb yuritiladi) ishlab chiqilgan hamda taʼlim dasturlaridagi kutilgan oʻquv natijalari (learning outcomes) va fanlarning (modullarning) maqsadlariga mosligi taʼminlangan

Baholash tartibi oʻquv jarayoni boshlanishidan oldin oʻquvchilarga maʼlum qilib borilgan

Baholash jarayonida raqamli texnologiyalar samarali va doimiy qoʻllanilgan hamda oʻquvchilarning bilim, koʻnikma va kompetensiyalarini baholash jarayonida xolislik, shaffoflik va akademik halollik taʼminlangan

Baholash natijalari raqamli platformalar, oʻquvchilarning amaliyot kundaligi, yakuniy davlat attestatsiya (bundan buyon matnda YADA deb yuritiladi) komissiyasining baholash bayonnomalarida tizimli ravishda aks ettirilgan, yuritilgan hamda saqlangan

Baholash jarayoni va natijalari boʻyicha oʻquvchilarning shikoyatlari kasbiy taʼlim tashkilotining apellyatsiya komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilgan va tizimli ravishda tahlil qilingan

Shikoyatlar tahlili natijalari boʻyicha hisobotlar muntazam tayyorlangan va baholash jarayonini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan, shuningdek baholash tartibi va mezonlariga zarur oʻzgartirishlar kiritib borilgan

8.

Bitiruvchilar bandligi monitoringi yuritilgani va ish beruvchilarning bitiruvchilarga oid fikr-mulohazalari muntazam ravishda tahlil qilingani

Karera markazi yoki bitiruvchilar bilan ishlash boʻlinmasi faoliyat yuritadi hamda uning yillik ish rejasida belgilangan vazifalarning ijrosi taʼminlangan

Mehnat bozoridagi tendensiyalar asosida oʻquvchilarning bilim, koʻnikma va kompetensiyalarini rivojlantirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan

Bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarligi, amaliy koʻnikmalari va ish joyidagi samaradorligi yuzasidan ish beruvchilardan taklif va fikr-mulohazalar olish tizimi yoʻlga qoʻyilgan

Bitiruvchilarning bandligi boʻyicha yagona maʼlumotlar bazasi mavjud hamda bitiruvchilarning bandligi boʻyicha monitoring muntazam yuritilgan

Bitiruvchilarning bandligi boʻyicha monitoring natijalari tahlil qilingan, pedagogik (vasiylik) kengashning yigʻilishlarida muhokama qilinib, qarorlar qabul qilingan, shuningdek ushbu tahlillar asosida rivojlantirish rejasi takomillashtirib borilgan

Bitiruvchilarning bandligi boʻyicha monitoring natijalari hamda ish beruvchilarning taklif va fikr-mulohazalari asosida oʻquv jarayoni tizimli ravishda takomillashtirilgan hamda qabul parametrlari qayta koʻrib chiqilgan

3-bob. Oʻquvchilar faoliyati yoʻnalishi

9.

Qabul parametrlarining taʼlim tashkiloti resurslari va imkoniyatlariga mosligi

Qabul parametrlari kasbiy taʼlim tashkilotining infratuzilmasi, moliyaviy imkoniyatlari, auditoriya va laboratoriya xonalari, amaliyot bazalari, davlat taʼlim standartlari va kasbiy taʼlimning tayyorlov yoʻnalishlari, kasblar va mutaxassisliklar klassifikatoriga mos ravishda belgilangan*

Qabul parametrlari tegishli hududning mehnat bozori, rivojlantirish rejasi, pedagoglarning soni va tarkibi, ularning oʻquv (ish) yuklamasi bilan uygʻunlashtirilgan

Qabul parametrlarining bajarilish holati boʻyicha har yili tahlillar amalga oshirilgan hamda tahlil natijalari asosida qabul parametrlariga zarur oʻzgartirishlar kiritib borilgan

10.

Oʻquvchilarni oʻqishga qabul qilish belgilangan tartib-qoidalar asosida toʻgʻri tashkil qilingani hamda shaffof va adolatli amalga oshirilgani

Oʻqishga qabul qilish tartibi, qabul mezonlari, baholash usullari va qabul komissiyasi faoliyati belgilangan

Oʻqishga qabul qilish tartibi, qabul mezonlari va baholash usullari bilan bogʻliq maʼlumotlarning ochiqligi taʼminlangan

Qabul jarayonida abituriyentlar uchun teng imkoniyatlar yaratilgan va qabul jarayonining barcha bosqichlari (hujjat topshirish, kirish imtihonlarini oʻtkazish va natijalarini eʼlon qilish, tanlov asosida oʻqishga tavsiya etilgan yoki tavsiya etilmagan abituriyentlar roʻyxatini eʼlon qilish va boshqalar) ochiq va shaffof tarzda amalga oshirilgan

Qabul natijalari boʻyicha apellyatsiya komissiyasiga kelib tushgan ariza va shikoyatlar rasmiylashtirilgan, koʻrib chiqilgan va ularning ijrosi nazoratga olingan

Korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar toʻqnashuvi xavfini kamaytirish va qabul jarayonida xolislikni taʼminlashga qaratilgan raqamlashtirilgan tizim joriy etilgan

Qabul jarayoni doimiy ravishda ichki nazorat va tahlil qilinadi hamda ichki nazorat va tahlil natijalari asosida qabul jarayonini takomillashtirish choralari koʻrilgan

11.

Oʻquvchilar oʻqishini koʻchirish, kursdan-kursga oʻtkazish (qoldirish), oʻqishdan chetlashtirish va oʻqishni qayta tiklash (bundan buyon matnda oʻquvchilar harakati deb yuritiladi) jarayonlarining belgilangan tartiblar asosida amalga oshirilgani

Oʻquvchilar harakati kasbiy taʼlim tashkilotiga oʻqishga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan tartibda amalga oshirilgan hamda oʻquvchilar harakatini amalga oshirish boʻyicha masʼul komissiya (yoki ishchi guruh) tashkil etilgan*

Oʻquvchilar harakati boʻyicha buyruqlar, komissiya bayonnomalari va boshqa tegishli hujjatlar asosli, adolatli va shaffof tarzda qabul qilingan holda toʻgʻri rasmiylashtirilgan hamda ularning hisoboti va monitoringi muntazam yuritilgan

Kursdan-kursga oʻtkazish yoki qoldirishning mezonlari aniq belgilangan hamda kursdan-kursga oʻtkazish yoki qoldirish boʻyicha qaror qabul qilishda akademik koʻrsatkichlar ham hisobga olingan

Oʻquvchilar harakati boʻyicha oʻquvchilarning huquqlari taʼminlangan va jarayonlar haqida oʻquvchilar va ularning ota-onalari xabardor qilingan, shuningdek oʻquvchilar harakati boʻyicha barcha oʻzgarishlar taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimlarida (EMIS PT) oʻz vaqtida va toʻliq aks ettirilgan

Oʻquvchilar harakati boʻyicha shikoyat berish uchun ochiq va qulay tizim yaratilgan va shikoyatlarni koʻrib chiqish jarayonlari samarali tashkil etilgan

12.

Oʻquvchilarning respublika va xalqaro olimpiadalar, tanlovlar, musobaqalarda (bundan buyon matnda tanlovlar deb yuritiladi) ishtirok etgani va ularda sovrindor boʻlgan oʻquvchilarning ragʻbatlantirilgani

Oʻquvchilarning tanlovlarda ishtirok etishini taʼminlash yuzasidan chora-tadbirlar rejasi mavjud

Oʻquvchilarning tanlovlardagi ishtirokini muvofiqlashtirish uchun boʻlinma tashkil etilgan yoki masʼul xodim(lar) ajratilgan

Oʻquvchilarni tanlovlarga tayyorlash boʻyicha toʻgaraklar yoki maxsus kurslar tashkil etilgan

Oʻquvchilarning tanlovlardagi ishtiroki boʻyicha monitoring yuritilgan, shuningdek tanlovlarda qatnashgan oʻquvchilarning roʻyxati va ularning natijalari qayd etib borilgan

Tanlov natijalari asosida pedagoglar va oʻquvchilarni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish choralari koʻrilgan

Oʻquvchilarning tanlovlardagi natijalari tizimli ravishda tahlil qilingan va tanlovlarga tayyorlash jarayonlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqilgan

13.

Oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish ishlari tashkil etilgani, ularning mehnat bozoridagi va taʼlimning keyingi bosqichi boʻyicha mavjud imkoniyatlar toʻgʻrisidagi ishonchli axborotlar bilan taʼminlangani

Kasbiy taʼlim tashkilotida oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan

Oʻquvchilarga mehnat bozoridagi boʻsh ish oʻrinlari, karera kunlari, potensial ish beruvchilar va oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirishga oid boshqa masalalar boʻyicha maʼlumotlar berilgan

Oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish boʻyicha ish beruvchilar va oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan

Kasbiy taʼlim tashkiloti tomonidan oʻquvchilar ishtirokida kasbga yoʻnaltirish tadbirlari (seminarlar, uchrashuvlar, maslahatlar, davra suhbatlari yoki boshqalar) oʻtkazib borish yoʻlga qoʻyilgan

Mehnat bozori va taʼlim sohasiga oid maʼlumotlar kasbiy taʼlim tashkilotining veb-sayti va (yoki) ijtimoiy tarmoqlarida muntazam joylashtirilgan va yangilanib borilgan

4-bob. Oʻquv jarayonini tashkil etish yoʻnalishi

14.

Oʻquv jarayonini rejalashtirish hujjatlarining ishlab chiqilgani va belgilangan tartibda tasdiqlangani

Namunaviy oʻquv reja va dasturlar asosida ishlab chiqilgan ishchi oʻquv rejalar hamda oʻquv jarayoni grafigi davlat taʼlim standartlarining talablariga muvofiq hamda hududlardagi ish beruvchilar bilan kelishilgan holda ishlab chiqilgan*

Oʻquv jarayonini rejalashtirish hujjatlari (ishchi oʻquv rejalar, ishchi oʻquv dasturlar, oʻquv jarayoni grafigi va oʻquv mashgʻulotlari (dars) jadvali) pedagogik (metodik) kengashda muhokamadan oʻtkazilgan holda tasdiqlangan

Oʻquv mashgʻulotlari (dars) jadvali ishchi oʻquv rejalar va oʻquv jarayoni grafigiga muvofiq ishlab chiqilgan

Oʻquv jarayonini tashkil etish uchun oʻquv-uslubiy resurslar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (bundan buyon matnda AKT deb yuritiladi) samarali va maqsadli ravishda foydalanilgan

15.

Pedagoglarga oʻquv yuklamalarining belgilangan normalarga muvofiq ajratilgani

Pedagoglarning oʻquv (ish) yuklamalari kasbiy taʼlim tashkilotlarida pedagog xodimlar ish faoliyatining (oʻquv va pedagogik yuklamasining) vaqt meʼyorlari va shtatlar jadvaliga muvofiq ishlab chiqilgan

Oʻquv (ish) yuklamalarining taqsimotida pedagoglarning mutaxassisligi, dars beradigan fanlari (modullari), ish turlari va vaqt meʼyori (soat) hisobga olingan*

Oʻquv (ish) yuklamalarning bajarilish holati doimiy ravishda monitoring qilingan va davriy (oylik, yarim yillik va yillik) tahlillar amalga oshirilgan hamda hisobotlar yuritilgan

Monitoring va tahlil jarayonida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan hamda ijrosi taʼminlangan

Monitoring va tahlil jarayonlari ochiq va adolatli tarzda amalga oshirilganligi hamda chora-tadbirlar rejasining ijrosi taʼminlanganligi boʻyicha maʼlumotlar pedagogik (metodik) kengashga taqdim etilgan va muhokama qilingan

16.

Pedagoglarning oʻquv-meʼyoriy hujjatlari belgilangan talab asosida ishlab chiqilgani va yuritilishi

Pedagoglarning oʻquv-meʼyoriy hujjatlarini (ishchi oʻquv dasturi, oʻqitish materiallari) ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish boʻyicha muhokamalar va seminar-treninglar tashkil etilgan

Pedagoglarning oʻquv-meʼyoriy hujjatlari taʼlim toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan hamda pedagogik kengash (metodik kengash) muhokamasidan oʻtkazilgan holda hujjatlashtirilgan

Ishlab chiqilgan oʻquv-meʼyoriy hujjatlar amaliyotga tatbiq etilgan hamda ushbu hujjatlarning amalda qoʻllanilishi doimiy ravishda monitoring va tahlil qilingan

Monitoring va tahlil natijasida oʻquv-meʼyoriy hujjatlarni qoʻllashda aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar belgilangan va ijro etilgan hamda shu asosida oʻquv-meʼyoriy hujjatlar takomillashtirib borilgan

17.

Oʻquv jarayonida ilgʻor pedagogik texnologiyalarning qoʻllanilgani va tegishli samaradorlikka erishilgani

Fanlar (modullar) va amaliy mashgʻulotlarni oʻqitish jarayonida kutilgan oʻquv natijalariga erishishga qaratilgan ilgʻor pedagogik texnologiyalar va innovatsion oʻqitish usullari doimiy ravishda qoʻllanilgan

Ilgʻor pedagogik texnologiyalar va innovatsion oʻqitish usullarining qamrovi va murakkabligi taʼlim dasturining darajasi, taʼlim shakli va oʻquvchilar ehtiyojlariga mos ravishda belgilangan

Ilgʻor pedagogik texnologiyalar va innovatsion oʻqitish usullarini qoʻllash samaradorligi muntazam monitoring va tahlil qilib borilgan hamda aniqlangan muammo va kamchiliklar boʻyicha pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish choralari koʻrilgan

Monitoring, tahlil va pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish natijalari asosida kasbiy taʼlim tashkilotida qoʻllanilayotgan ilgʻor pedagogik texnologiyalar doimiy ravishda yangilangan hamda takomillashtirilgan

Ilgʻor pedagogik texnologiyalar va innovatsion oʻqitish usullarini qoʻllash samaradorligi boʻyicha yillik tahliliy hisobot tayyorlangan va pedagogik (metodik) kengashda koʻrib chiqilgan

18.

Taʼlim tashkilotida dars tahlillarining olib borilgani va natijalarining muhokama qilingani

Rahbar va pedagog kadrlar tomonidan dars tahlillarini amalga oshirish boʻyicha reja-grafik ishlab chiqilgan

Dars tahlilida ilgʻor pedagogik texnologiyalar, innovatsion oʻqitish usullari va baholash vositalari inobatga olingan hamda tahlil jarayoni turli usullar (maxsus shakl, cheklist, rubrika yoki boshqalar) asosida amalga oshirilgan

Dars tahlili natijalari pedagoglar bilan individual yoki guruh shaklida muhokama qilingan

Dars tahlili natijalari taʼlim sifatini ichki taʼminlash hisobotlariga kiritilgan va pedagogik (metodik) kengashda koʻrib chiqilgan

Pedagogik (metodik) kengashda qabul qilingan qarorlarning bajarilishi monitoring qilingan hamda aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar belgilangan va ijrosi nazorat qilingan

19.

Taʼlim shakllariga mos ravishda tegishli amaliyotlar ish beruvchi korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilgani

Amaliyot mashgʻulotlarini tashkil etishda taʼlim shakllariga mos ish beruvchilar bilan hamkorlik kelishuvlar (shartnomalar, memorandumlar) mavjud

Taʼlim shakliga mos amaliyot mashgʻulotlari (oʻquv va ishlab chiqarish amaliyotlari hamda laboratoriya mashgʻulotlari) dasturlari tasdiqlangan

Amaliyot mashgʻulotlari ishchi oʻquv rejalar va oʻquv jarayoni grafigiga muvofiq tashkil etilgan

Amaliyot mashgʻulotlarida ishtirok etuvchi oʻquvchilarga mehnatni muhofaza qilish, yoʻl harakati xavfsizligi va texnika xavfsizlik qoidalari boʻyicha tushuntirishlar berilgan hamda ushbu qoidalarga rioya qilinishi taʼminlangan

Amaliyot mashgʻulotlari hisobotlari yuritib borilgan hamda elektron tizim yoki jurnallarda qayd etilgan

Ish beruvchilar bilan hamkorlikda amaliyot mashgʻulotlari tahlil qilingan hamda tahlil natijalari asosida taʼlim dasturlari, shu jumladan amaliyot mashgʻulotlari takomillashtirilgan*

20.

Yakuniy davlat attestatsiyasi (bundan buyon matnda YADA deb yuritiladi) ish beruvchilar ishtirokida oʻquv natijalariga muvofiq oʻtkazilgani

Yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi mavjud hamda YADA komissiyasi va apellyatsiya komissiyasi aʼzolari tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-dekabrdagi 836-son “Oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan belgilangan

YADA oʻquv xonalarida hamda koʻrgazmali-amaliy imtihonlar korxona va tashkilotlarning maxsus tashkil etilgan maydonlarida (simulyatsion laboratoriyalarida) va amaliyot bazalarida oʻtkazilgan

YADA doirasidagi test topshiriqlari, koʻrgazmali-amaliy imtihonlarning shartlari va baholash mezonlari taʼlim dasturlarida belgilangan kutilgan oʻquv natijalari asosida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan

Baholash jarayonlari xolislik, shaffoflik va akademik halollik tamoyillariga muvofiq tashkil etilgan

YADA natijalari bayonnomalarda rasmiylashtirilgan hamda YADA natijalari boʻyicha tahliliy hisobotlar pedagogik (metodik) kengashda koʻrib chiqilgan

YADA boʻyicha imtihon qaydnomalari va imtihon materiallari kasbiy taʼlim tashkilotida saqlangan hamda ular boʻyicha hisobot yuritilgan va hisobdan chiqarish choralari koʻrilgan

YADA boʻyicha shikoyatlar apellyatsiya komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilgan hamda koʻrib chiqish natijalari boʻyicha bayonnomalar rasmiylashtirilgan

5-bob. Inson resurslari yoʻnalishi

21.

Taʼlim tashkilotida pedagog kadrlarning maʼlumoti, mutaxassisligi (ixtisosligi) dars oʻtadigan fan(lar)ga mosligi

Fanlar (modullar) va amaliyot mashgʻulotlari asosiy shtatdagi pedagoglar bilan taʼminlangan hamda ushbu pedagoglarning diplomi (sertifikati), malaka toifasi va sohaviy tajribasi taʼlim yoʻnalishiga mos keladi*

Oʻquv jarayonini samarali tashkil etish uchun oliy maʼlumotli oʻqituvchilar va amaliy koʻnikmaga ega boʻlgan ishlab chiqarish taʼlim ustalari mavjud

Pedagoglar oʻzining ixtisosligi boʻyicha qayta tayyorlash va (yoki) malaka oshirish kurslarini tamomlagan hamda diplomga (sertifikatga) ega

Kasbiy taʼlim tashkilotida pedagog kadrlar attestatsiyadan oʻtish lozimligi toʻgʻrisida oldindan xabardor qilingan hamda ularning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligini baholash tashkil etilgan

Pedagog kadrlarning mutaxassisligi bilan dars beradigan fanlar (modullar) va amaliyot mashgʻulotlarining oʻzaro mosligi yuzasidan monitoring yuritilgan

Monitoring natijalari asosida pedagoglarning diplomi (sertifikati), malaka toifasi va sohaviy tajribasiga mos fanlar (modullar) va amaliyot mashgʻulotlarini olib borishi taʼminlangan

22.

Taʼlim tashkilotiga pedagog kadrlarni belgilangan tartibda ishga qabul qilish va ishdan boʻshatish toʻgʻri tashkil qilingani hamda kadrlar qoʻnimsizligining oldini olish boʻyicha tegishli choralar koʻrilgani

Pedagog kadrlarni ishga qabul qilish va mehnat shartnomasini bekor qilish jarayonlari mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik va kasbiy taʼlim tashkilotining ichki hujjatlari asosida amalga oshirilgan hamda ushbu jarayonlarga doir hujjatlar (tanlov hujjatlari, suhbat bayonnomalari, arizalar, buyruqlar yoki boshqalar) mavjud

Pedagog kadrlarni ishga qabul qilish jarayonlari ochiqlik va adolat tamoyillari hamda tanlov (imtihon, suhbat) asosida amalga oshirilgan

Pedagog kadrlar boʻyicha elektron yoki qogʻoz shakldagi shaxsiy portfoliolar (papkalar) shakllantirilgan

Pedagog kadrlarning qoʻnimsizligi boʻyicha doimiy ravishda monitoring va tahlil olib borilgan, shu jumladan pedagog kadrlar tarkibidagi oʻzgarishlar dinamikasi va mehnat shartnomasini bekor qilish sabablari oʻrganilgan

Monitoring va tahlil natijalari asosida chora-tadbirlar rejasi va yillik hisobot ishlab chiqilgan hamda chora-tadbirlar rejasining ijrosi taʼminlangan

Pedagog kadrlarga boʻlgan ehtiyoj toʻgʻrisida oliy taʼlim tashkilotlari va Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining hududiy boʻlinmalariga chiqarilgan murojaatlar mavjud

Pedagog kadrlarning qoʻnimsizligini oldini olish maqsadida kadrlar zaxirasi shakllantirilgan

23.

Rahbar va pedagog kadrlar faoliyati samaradorligini baholash tizimining yoʻlga qoʻyilgani hamda ularning moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirilgani

Rahbar va pedagog kadrlarning faoliyati samaradorligi natijalari asosida ularni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish mexanizmi ishlab chiqilgan hamda kasbiy taʼlim tashkiloti tomonidan amalga oshirib borilgan

Rahbar va pedagog kadrlarning faoliyati samaradorligini baholash jarayonlari kasbiy taʼlim tashkiloti tomonidan belgilangan davriylikda oʻtkazib borilgan

Baholash natijalari asosida rahbar va pedagog kadrlarning reytingi (samaradorlik koʻrsatkichlari) shakllantirilgan hamda rasmiylashtirilgan

Rahbar va pedagog kadrlarni baholash hamda moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish jarayonlarida shaffoflik hamda adolat tamoyillariga amal qilingan

24.

Pedagog kadrlarni kasbiy rivojlantirish, tajribasini ommalashtirish va malakasini oshirish uchun sharoit yaratilgani

Pedagog kadrlarni kasbiy rivojlantirish boʻyicha ehtiyojlarni aniqlash yuzasidan monitoring oʻtkazib borilgan

Monitoring natijalari asosida pedagog kadrlarning malaka oshirish kurslarida ishtirok etishi hamda ish beruvchi korxona va tashkilotlarda stajirovka oʻtashi boʻyicha grafiklar ishlab chiqilgan

Malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida, shuningdek stajirovkada ishtirok etishi yoʻlga qoʻyilgan hamda pedagog kadrlar grafik asosida malaka oshirish, qayta tayyorlash va stajirovkaga yuborilgan*

Pedagog kadrlarni kasbiy taʼlim tashkilotining kasbiy rivojlantirish tizimiga muvofiq ilmiy-amaliy konferensiya, vebinarlar, seminar-treninglar va forumlarga yuborish (ishtirokini taʼminlash, tashkil etish) choralari koʻrilgan

Malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari, shuningdek stajirovka hamda kasbiy rivojlantirish tizimi doirasida pedagog kadrlar tomonidan oʻzlashtirilgan kompetensiya va ilgʻor tajribalarni ommalashtirish maqsadida seminar-treninglar, mahorat va ochiq darslar tashkil etilgan, shuningdek “ustoz — shogird” va mentorlik tizimlari joriy etilgan

6-bob. Oʻquvchilarni qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishi

25.

Oʻquvchilarning boʻsh vaqtini samarali tashkil qilish uchun toʻgarak mashgʻulotlarining yoʻlga qoʻyilgani va ularning samaradorligi

Toʻgaraklar faoliyatini tashkil etish boʻyicha yillik reja-grafik mavjud, toʻgarak rahbarlari belgilangan hamda toʻgarak dasturlari ishlab chiqilgan

Toʻgarak mashgʻulotlari yillik reja-grafik asosida oʻtkazilgan hamda qaydnoma jurnali yuritilgan yoki elektron tizim orqali hisobga olingan

Toʻgaraklarning kasbiy taʼlim tashkilotidagi oʻquvchilarni qamrab olish darajasi hamda qamrab olingan oʻquvchilarning toʻgaraklardagi ishtiroki boʻyicha doimiy monitoring amalga oshirilgan

Toʻgaraklar doirasida (musobaqalar, koʻrgazmalar, tanlovlar, loyihalar yoki boshqalar) oʻquvchilar erishgan natijalar eʼtirof etilgan hamda ushbu oʻquvchilar ragʻbatlantirilgan

Toʻgaraklar faoliyati yuzasidan oʻquvchilar, ota-onalar va pedagoglarning taklif va fikr-mulohazalari oʻrganilgan hamda toʻgaraklarning samaradorligi tahlil qilingan

Tahlil natijalari asosida toʻgaraklar sifatini oshirish, qamrovini kengaytirish yoki yangi yoʻnalishlarni joriy etish boʻyicha choralar koʻrilgan

26.

Oʻquvchilarga yetarli darajada taʼlim olish va psixologik qoʻllab-quvvatlash boʻyicha maslahat berish va karera xizmatlarini tashkil etilgani

Oʻquvchilar bilan ishlash boʻyicha psixologik xizmat va karera markazi faoliyati muntazam yoʻlga qoʻyilgan

Oʻquvchilar bilan psixologik qoʻllab-quvvatlash, shaxsiy rivojlanish va muammolarni bartaraf etish boʻyicha suhbatlar, treninglar oʻtkazilgan

Taʼlim olishda qiynalayotgan yoki qoʻshimcha yordamga muhtoj oʻquvchilar bilan individual maslahatlashuvlar oʻtkazilgan

Oʻquvchilar uchun teng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan maslahat xizmatlari tashkil etilgan va doimiy ravishda faoliyat koʻrsatgan

Karera xizmatlari boʻyicha seminarlar, boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalari va ish beruvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etilgan

Psixologik va karera xizmatlari samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqilgan hamda amaliy choralar koʻrilgan

27.

Taʼlim xizmatlari yuzasidan oʻquvchilar fikr-mulohazalarining monitoring qilinishi va uning natijalari asosida takomillashtirish choralarining koʻrilgani

Kasbiy taʼlim tashkiloti tomonidan koʻrsatiladigan taʼlim xizmatlari boʻyicha soʻrovnoma, suhbat, elektron anketa, intervyu va fokus-guruhlar (bundan buyon matnda soʻrovnoma deb yuritiladi), ularning mavzulari, savollar (masalalar) roʻyxati, soʻrovnomani oʻtkazish muddatlari hamda masʼul ijrochilar belgilangan

Taʼlim xizmatlarining sifati yuzasidan oʻtkaziladigan soʻrovnomalar toʻgʻrisida oʻquvchilar muntazam xabardor qilingan hamda tizimli ravishda ularning ishtirokini taʼminlash choralari koʻrilgan

Soʻrovnoma jarayonlari ochiqlik, tenglik va xolislik tamoyillari asosida tashkil etilgan

Oʻtkazilgan soʻrovnoma natijalari masʼul ijrochilar tomonidan tahlil qilingan, oʻquvchilarning taʼlim xizmatlarini takomillashtirishga oid taklif va fikr-mulohazalari muntazam yigʻilgan

Soʻrovnoma natijalari boʻyicha tahliliy hisobotlar tayyorlanib, pedagogik (metodik) kengashga taqdim etib borilgan

Soʻrovnoma doirasida bildirilgan taklif va fikr-mulohazalar hamda tayyorlangan tahliliy hisobotlar asosida taʼlim xizmatlarini takomillashtirish choralari koʻrilgan

Soʻrovnoma natijalari va ular asosida amalga oshirilgan oʻzgarishlar haqida maʼlumotlar kasbiy taʼlim tashkilotining veb-sayti va (yoki) ijtimoiy tarmoqlarida ochiq eʼlon qilib borilgan

28.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj, imkoniyati cheklangan va iqtidorli oʻquvchilarga shart-sharoitlar yaratish hamda ularni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarining joriy etilgani

Ijtimoiy himoyaga muhtoj, imkoniyati cheklangan va iqtidorli oʻquvchilarni aniqlash va qoʻllab-quvvatlash (ragʻbatlantirish) mexanizmlari ishlab chiqilgan

Ijtimoiy himoyaga muhtoj, imkoniyati cheklangan va iqtidorli oʻquvchilarning roʻyxatlari shakllantirilgan hamda ular uchun individual taʼlim trayektoriyalari ishlab chiqilgan

Ijtimoiy yordam, psixologik qoʻllab-quvvatlash, imtiyozlar, moddiy va maʼnaviy koʻmak xizmatlari mavjud

Imkoniyati cheklangan oʻquvchilar uchun inklyuziv taʼlim sharoitlari (moslashtirilgan xona, maxsus oʻquv materiallari va koʻrgazmali materiallar, Brayl alifbosidagi kitoblar, maxsus jihozlar va yordamchi texnik vositalar) yaratilgan

Oʻquvchilarning oʻz iqtidorini koʻrsatishi uchun shart-sharoitlar yaratilgan hamda iqtidorli oʻquvchilarni saralash, qoʻllab-quvvatlash va eʼtirof etishda ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga amal qilingan

Ijtimoiy himoyaga muhtoj, imkoniyati cheklangan va iqtidorli oʻquvchilarni aniqlash va qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarining samaradorligi monitoring qilingan hamda ushbu mexanizmlar takomillashtirilgan

29.

Yoshlar bilan ishlash samaradorligi, huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilgani

Yoshlar bilan ishlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikni oldini olish boʻyicha boʻlinma tashkil etilgan yoki masʼul xodim(lar) ajratilgan hamda ushbu masalalar boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan

Chora-tadbirlar rejasiga muvofiq oʻquvchilar bilan tarbiyaviy suhbatlar, profilaktik yigʻilishlar, davra suhbatlari va psixologik treninglar oʻtkazilgan

Chora-tadbirlar rejasining samaradorligi monitoring qilingan, muammoli holatlar aniqlangan hamda ularni bartaraf etish boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻrilgan

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, “Mahalla yettiligi” aʼzolari va boshqa hamkor tashkilotlar bilan profilaktik tadbirlari amalga oshirilgan

Huquqbuzarlikka moyil yoki ijtimoiy xavfli toifadagi oʻquvchilar bilan individual profilaktik ishlar olib borilgan va hujjatlashtirilgan

Yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, sport musobaqalari va madaniy-maʼrifiy tadbirlar orqali ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish ishlari yoʻlga qoʻyilgan

30.

Oʻquvchilarning huquqlarini himoya qilish va shikoyatlarni koʻrib chiqish tartibining mavjudligi

Oʻquvchilarning huquqlarini himoya qilish hamda ularning ariza va shikoyatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ichki hujjatlar tasdiqlangan

Ariza va shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha tarkibiy boʻlinma tashkil etilgan va (yoki) masʼul ijrochilar belgilangan, shuningdek ularning faoliyati yuzasidan hisobotlar yuritilgan

Ariza va shikoyatlar oʻquvchilar uchun qulay sharoitlarda va ularning ehtiyojlariga mos shakllar orqali (qutilar, onlayn forma, psixolog, masʼul shaxs, ishonch telefoni yoki boshqalar) qabul qilib borilgan

Ariza va shikoyatlar roʻyxati yuritilgan, ularni koʻrib chiqish muddatlari belgilangan hamda koʻrib chiqish jarayonlari hujjatlashtirilgan

Ariza va shikoyatlarni koʻrib chiqish jarayoni ochiqlik, hisobdorlik va manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik tamoyillariga asosan amalga oshirilgan

Ariza va shikoyatlarning tahlili asosida oʻquvchilarning huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan va ijrosi yuritilgan

7-bob. Moddiy-texnik taʼminot yoʻnalishi

31.

Taʼlim dasturi/shakllari xususiyatidan kelib chiqib, oʻquv jarayonini tashkil qilish uchun oʻquvchilar kontingentiga mos ravishda zarur bino va inshootlar, zamonaviy moddiy-texnik baza, reagentlar, xomashyo materiallari va dasturiy taʼminot bilan taʼminlangani

Taʼlim shakllari, oʻquvchilar kontingenti va taʼlim dasturlariga mos bino va inshootlar, oʻquv va laboratoriya xonalari yoki amaliyot ustaxonalari (poligonlar) mavjud*

Amaliyot mashgʻulotlari va laboratoriya ishlari uchun zarur reagentlar, xomashyo va yonilgʻi-moylash materiallari mavjud hamda xavfsizlik talablariga rioya qilgan holda saqlangan

Oʻquv jarayonlariga mos keladigan dasturiy taʼminot, simulyatorlar, oʻquv platformalari va kompyuter texnikalari ishchi holatda

Moddiy-texnik baza holati boʻyicha muntazam monitoring oʻtkazilgan hamda monitoring natijalari asosida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan choralar koʻrilgan

Taʼlim shakllari, oʻquvchilar kontingenti va taʼlim dasturlariga mos ravishda mavjud jihozlar, asbob-uskunalar va laboratoriya resurslarini yangilash boʻyicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilgan

32.

Taʼlim jarayonlari uchun zarur boʻlgan amaliyot bazalari, laboratoriyalari va ustaxona (poligon)lari mavjudligi yoki sanoat hamkorlari va boshqa taʼlim tashkilotlari bazalaridan foydalanish yoʻlga qoʻyilgani

Taʼlim jarayonlariga mos amaliyot bazalari, laboratoriyalar va (yoki) ustaxonalar (poligonlar) mavjud

Amaliyot mashgʻulotlari, laboratoriya ishlari va fanning (modulning) amaliy qismlari uchun zarur boʻlgan moddiy-texnik baza, jihozlar va asbob-uskunalar bilan taʼminlangan

Taʼlim jarayonlari uchun zarur boʻlgan amaliyot bazalari, laboratoriyalari va ustaxona moddiy-texnik baza, jihozlar va asbob-uskunalarini modernizatsiya qilish yoki yangi texnologiyalarni joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan va ijro etilgan

Sanoat, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalaridagi hamkor tashkilotlar hamda taʼlim tashkilotlari bilan amaliyot mashgʻulotlarini oʻtkazish boʻyicha hamkorlik shartnomalari mavjud

Sanoat, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalaridagi hamkor tashkilotlar bilan birgalikda amaliyot bazalarida mehnatni muhofaza qilish qoidalari, texnika xavfsizlik qoidalari va sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etish taʼminlangan hamda jurnallar (qaydnomalar) yuritilgan

33.

Axborot-resurs markazining (kutubxonaning) (bundan buyon matnda ARM deb yuritiladi) oʻquvchilar kontingentiga mos oʻquv va badiiy adabiyotlar, axborot-kommunikatsiya vositalari bilan taʼminlangani hamda unda oʻquv zali va elektron kutubxonaning mavjudligi

ARMda oʻquvchilar kontingentiga mos darslik, oʻquv va badiiy adabiyotlar mavjud*

ARM zamonaviy AKT va elektron qurilmalar bilan jihozlangan va ulardan foydalanish boʻyicha oʻquvchilarga doimiy ravishda tushuntirishlar berilgan

ARM oʻquv zali, elektron kutubxonadan foydalanish va internet tarmogʻiga ulanish imkoniyatlari yaratilgan

Elektron kutubxonaning axborot-kutubxona fondida darsliklar, oʻquv adabiyotlar, oʻqitish materiallari toʻplami, elektron taʼlim resurslari va multimedia kontentlari raqamli formatda joylashtirilgan

ARM va elektron taʼlim resurslaridan foydalanish tartibi qulay va ochiq, elektron maʼlumotlar bazasiga erkin kirish taʼminlangan

ARM xizmatlaridan foydalanish samaradorligi boʻyicha monitoring va foydalanuvchilar statistikasi yuritilgan va tahlil qilib borilgan

ARM faoliyati natijalari pedagogik (metodik) kengashda muntazam muhokama qilingan, shuningdek ARM faoliyatini takomillashtirish hamda zarur oʻquv-uslubiy va moliyaviy resurslar bilan taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar rejalari ishlab chiqilgan, ijrosi taʼminlangan va hisoboti yuritib borilgan

Kutubxona fondi muntazam yangilanib borilgan

34.

Inklyuziv taʼlim olish uchun binolar va jihozlarning moslashtirilgani, maxsus oʻquv materiallarining mavjudligi, axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgani

Kasbiy taʼlim tashkilotining binolari va oʻquv xonalari, shu jumladan yoʻlaklar, panduslar, eshiklar va sanitariya xonalari (hojatxonalar) nogironligi boʻlgan shaxslar (oʻquvchilar) uchun moslashtirilgan

Taʼlim dasturlari boʻyicha maxsus oʻquv materiallari (Brayl alifbosidagi kitoblar, koʻrgazmali materiallar), maxsus jihozlar va yordamchi texnik vositalar mavjud

Inklyuziv taʼlim uchun AKT, elektron taʼlim resurslari va dasturiy taʼminotdan foydalanish imkoniyati (audio-video resurslar, Brayl alifbosi, subtitr yoki boshqalar) yaratilgan

Inklyuziv taʼlim metodikasi boʻyicha tayyorlangan va zarur koʻnikmalarga ega pedagog(lar) va (yoki) psixolog mavjud

Oʻquv jarayonida inklyuziv taʼlimni qoʻllab-quvvatlovchi pedagogik va psixologik yordam koʻrsatish tizimi mavjud

Inklyuziv taʼlim sharoitlarining amalda qoʻllanishi va samaradorligi boʻyicha monitoring olib borilgan

35.

Oʻquv va laboratoriya xonalarida hamda ustaxonalarda jihozlarning tegishli xavfsizlik qoidalari hamda oʻqitish ehtiyojlarini hisobga olgan holda joylashtirilgani

Oʻquv va laboratoriya xonalari hamda ustaxonalarda (poligonlarda) jihozlar va asbob-uskunalarning joylashuvi oʻquv mashgʻulotlarining mazmuni va amaliyot jarayonlariga mos

Oʻquv va laboratoriya xonalari hamda ustaxonalarning (poligonlarning) jihozlari va asbob-uskunalari mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mos ravishda joylashtirilgan

Oʻquv va laboratoriya xonalari hamda ustaxonalarda (poligonlarda) erkin harakatlanish taʼminlangan hamda favqulodda holatlarda evakuatsiya chiqish yoʻllari belgilangan

Jihozlar va asbob-uskunalarni joylashtirishda oʻquvchilarning yosh xususiyatlari va jismoniy imkoniyatlari, mashgʻulot turlari inobatga olingan

Oʻquv va laboratoriya xonalari hamda ustaxonalarda (poligonlarda) jihozlar va asbob-uskunalarning joylashuvi oʻquv mashgʻulotlarining mazmuniga va amaliyot jarayonlariga mos

36.

Oʻquv xonalarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangani va ularda raqamli taʼlim muhiti yaratilgani

Oʻquv xonalari AKT vositalari (kompyuterlar, elektron doskalar, proyektorlar yoki boshqalar) bilan jihozlangan

Raqamli taʼlim muhiti yaratish uchun zarur boʻlgan internet tarmogʻi, Wi-Fi zonalari va lokal tarmoqlar barqaror ishchi holatda

Pedagoglar va oʻquvchilarning elektron platformalardan foydalanish imkoniyati yaratilgan

AKT vositalaridan foydalanish boʻyicha xavfsizlik texnikasi va tartib-qoidalari ishlab chiqilgan

AKT vositalarining holati boʻyicha monitoring oʻtkazilgan, xizmat koʻrsatish, yangilash va taʼmirlash ishlari amalga oshirilgan

Raqamli taʼlim muhitidan foydalanish samaradorligi boʻyicha tahlillar oʻtkazilgan hamda oʻquv jarayonini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan

37.

Taʼlim tashkilotida oʻquvchilar kontingentiga mos bufet/oshxona, oʻrindiqlar va sport maydonlarining mavjudligi

Kasbiy taʼlim tashkilotida oʻquvchilar kontingentiga mos ravishda bufet (oshxona) mavjud hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq yuritilgan, shuningdek bufetda (oshxonada) sogʻlom ovqatlanishga oid tavsiyalar va ratsional menyu yoʻlga qoʻyilgan

Dam olish uchun oʻrindiqlar (ayvonlar) va soya joylar mavjud

Kasbiy taʼlim tashkilotida oʻquvchilar kontingentidan kelib chiqib, jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanish uchun sport zali, sport maydoncha(lar)i va sogʻlomlashtirish inshootlari mavjud

Sport zali, sport maydoncha(lar)i va sogʻlomlashtirish inshootlari faoliyat koʻrsatadi, ularning jihozlari texnik jihatdan soz holda saqlangan va yangilanib borilgan

Kasbiy taʼlim tashkilotida jihozlangan faollar zali mavjud

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) mezonlarni majburiy va umumiy turlarga ajratish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-avgustdagi 498-son “Oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini kompleks hamda maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) majburiy va umumiy indikatorlar “muvofiq” yoki “muvofiq emas” tarzida baholanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) majburiy va umumiy indikatorlar boʻyicha mezonni baholash mazkur izohning 4-kichik bandining talablarini hisobga olgan holda quyidagi tartibda aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60 foiz va undan ortiq indikatorlar “muvofiq” deb baholansa — mezon “muvofiq”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50 foizdan 60 foizgacha indikatorlar “muvofiq” deb baholansa — mezon “qisman muvofiq”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50 foizgacha indikatorlar “muvofiq” deb baholansa — mezon “muvofiq emas” deb baholanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) mezon tarkibidagi mavjud majburiy indikator (majburiy indikatorlardan biri) “muvofiq emas” deb topilsa, umumiy natijadan qatʼi nazar, ushbu mezon “muvofiq emas” deb baholanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) indikatorlarda nazarda tutilgan kasbiy taʼlim tashkilotining ichki hujjatlarini (tartib, nizom, qoidalar, chora-tadbirlar rejasi, monitoring, tahlil natijalari) birlashtirish (unifikatsiya qilish) mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) * majburiy indikatorlar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2025-y., 10/25/3726/1174-son)