16.12.2025 yildagi 792-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlarini koʻrsatish sifatini aholi tomonidan baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari koʻrsatilishida asossiz rad etilgan arizalar yuzasidan undirilgan davlat bojlari, yigʻimlar va boshqa har qanday toʻlovlarning vakolatli organlarga yoʻnaltirilgan qismini ular tomonidan ariza beruvchiga qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Adliya vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda toʻrt oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) portalida davlat xizmatlarini joyida baholash imkonini beradigan QR-kodlarni yaratuvchi modul ishlab chiqilishini hamda davlat xizmatlarini aholi tomonidan baholash imkoniyati yaratilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) YIDXP va “Litsenziya” axborot tizimida vakolatli organlar tomonidan davlat xizmatini koʻrsatish asossiz rad etilganda, tegishli toʻlovlarning vakolatli organlarga yoʻnaltirilgan qismini ariza beruvchiga qaytarish boʻyicha murojaat qilish hamda adliya organlari xulosalari asosida vakolatli organlar tomonidan tegishli toʻlovlar qaytarilgani haqidagi xabarnomalarni ariza beruvchi va adliya organlariga yuborishni yoʻlga qoʻysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi vazirlik va idoralar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyat yoʻnalishida Davlat xizmatlari yagona reyestrida nazarda tutilgan davlat xizmatlarini aholi tomonidan maxsus QR-kodlar orqali YIDXPda baholash imkoniyatini yaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatlari koʻrsatilishi, qonun buzilishi holatlariga yoʻl qoʻyilgani hamda baholash natijalarini xodimlarning eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) sifatida belgilash choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholash natijalari boʻyicha qoʻyilgan baho va bildirilgan fikrlar asosida ularning doimiy ravishda tahlil qilib borilishi hamda baholash reytingida oʻz faoliyat yoʻnalishini yaxshilash choralarini koʻrib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi vazirlik va idoralar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlariga shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Adliya vazirligi aholi tomonidan bevosita qoʻyiladigan baho va bildiriladigan fikrlar asosida davlat xizmatlarining sifatini yaxshilash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi vazirlik va idoralar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini doimiy nazorat qilib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A.J. Tashkulov va raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 16-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
792-son

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-dekabrdagi 792-son qaroriga
1-ILOVA

Davlat xizmatlarini koʻrsatish sifatini aholi tomonidan baholash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom Davlat xizmatlari yagona reyestrida belgilangan va aholiga koʻrsatilayotgan davlat xizmatlarini baholash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

baholovchi — davlat xizmatidan foydalanadigan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organlar — qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat xizmatlarini koʻrsatish vazifasi yuklangan vazirlik va idoralar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmati — ariza beruvchilarning soʻrovlariga koʻra amalga oshiriladigan, vakolatli organlar vazifalarini bajarish boʻyicha ular tomonidan koʻrsatiladigan xizmat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat xizmatlari qonuniylik, adolatlilik, xolislik va shaffoflik tamoyillari asosida baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Davlat xizmatlarini koʻrsatish sifatini baholash mezonlari va tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar vakolatli organlarning davlat xizmatlarini koʻrsatish sifati, ular faoliyatining samaradorligi va natijadorligini aholi tomonidan baholashning asosiy mezonlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat koʻrsatish sifati — ariza beruvchilarning soʻrovi kelib tushganidan boshlab xizmat koʻrsatish yakunlanguniga qadar koʻrsatilgan davlat xizmatining sifatiga umumiy baho hisoblanib, ushbu mezonda xizmat qay darajada koʻrsatilgani, xizmat koʻrsatgan xodimlarning bilim va koʻnikmalari, xizmat koʻrsatishda ortiqcha byurokratiya va sansalorlikka yoʻl qoʻyilgani (qoʻyilmagani) inobatga olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmatning oʻz vaqtida koʻrsatilgani — ushbu mezonda arizalarni koʻrib chiqish jarayonida qonunchilik hujjatlarida belgilangan xizmat koʻrsatish muddatiga rioya etilgani (etilmagani) inobatga olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmatdan foydalanish imkoniyati — xizmatdan foydalanish uchun sharoitlar yaratilganlik darajasi hisoblanib, ushbu mezonda davlat xizmatini koʻrsatish nuqtasi joylashuvining qulayligi, xizmatdan foydalanish uchun barcha sharoitlar, shu jumladan, nogironligi boʻlgan shaxslar uchun yaratilgan sharoitlar, xizmatdan elektron shaklda foydalanish imkoniyati, ariza koʻrib chiqilishining barcha jarayonlarini kuzatish imkoniyati yaratilgani va boshqalar inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Baholovchi davlat xizmatidan foydalanganidan soʻng anʼanaviy shaklda koʻrsatiladigan davlat xizmatlari boʻyicha vakolatli organlarda joylashtirilgan maxsus QR-kodni oʻz mobil qurilmasi orqali skaner qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) baholash boʻlimi orqali, elektron davlat xizmatlari boʻyicha YIDXP yoki uning mobil ilovasi orqali yoxud Davlat xizmatlari markazlaridagi oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish burchaklari orqali ushbu Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan mezonlar asosida 1 dan 5 gacha oʻz bahosi va fikrlarini qoldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Baholash jarayonining xolis va toʻgʻri amalga oshirilishi uchun har bir baholovchi tomonidan ariza beruvchining soʻrovi boʻyicha bir necha marotaba baholash imkoniyati avtomatik ravishda cheklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoldirilgan 3 yoki undan past baholar hamda bildirilgan salbiy fikr (izoh)lar davlat xizmatlarining sifatini yaxshilash maqsadida vakolatli organlarga hamda Adliya vazirligiga avtomatik ravishda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda davlat xizmatlarining sifatini yaxshilash maqsadida mazkur holatlarga sabab boʻlayotgan shart-sharoitlar vakolatli organlar tomonidan oʻrganilib, ularni bartaraf qilish choralari koʻriladi va masʼul xodimlar ishtirokida oʻquv-seminarlar va treninglar oʻtkaziladi hamda amalga oshirilgan ishlar haqida Adliya vazirligiga axborot yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baholash natijalari yaxshilanishiga erishilmagan taqdirda, Adliya vazirligi tomonidan masʼul xodimlarni davlat xizmatlarini koʻrsatishdan chetlashtirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha vakolatli organga taqdimnoma kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoldirilgan baho va fikrlar asossiz ekanligi aniqlanganda, vakolatli organlar bu haqida asoslantiruvchi maʼlumotlar ilova qilingan holda Adliya vazirligini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Davlat xizmatlarini koʻrsatish sifatini baholash natijalarini hisoblash, uning reytingini shakllantirish va eʼlon qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Baholovchi tomonidan qoldirilgan baho va fikrlar real vaqt rejimida YIDXPda toʻplanadi hamda har bir mezon boʻyicha quyidagi formula asosida avtomatik hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻrtacha baho

=

umumiy baho

baholashda ishtirok etganlar soni

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Har bir mezon boʻyicha oʻrtacha baho hisoblangandan soʻng quyidagi formula asosida vakolatli organlarning umumiy oʻrtacha bahosi hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
B — umumiy oʻrtacha baho;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
S — xizmat koʻrsatish sifati boʻyicha oʻrtacha baho;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V — xizmatning oʻz vaqtida koʻrsatilgani boʻyicha oʻrtacha baho;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I — xizmatdan foydalanish imkoniyati boʻyicha oʻrtacha baho.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Misol uchun: vakolatli organga davlat xizmatini koʻrsatish sifati boʻyicha oʻrtacha 5 baho, davlat xizmatining oʻz vaqtida koʻrsatilgani boʻyicha 4,8 baho va davlat xizmatidan foydalanish imkoniyati boʻyicha oʻrtacha 4 baho qoʻyilgan boʻlsa, vakolatli organning barcha mezonlar boʻyicha oʻrtacha bahosi 13,8 ga teng boʻladi hamda u mezonlar soniga (3 ga) boʻlinganda, vakolatli organning oʻrtacha umumiy bahosi 4,6 ga teng boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Baholash natijalariga koʻra davrlar (choraklik, yarim yillik, yillik), vakolatli organlar va hududlar (viloyatlar va tuman (shahar) kesimida avtomatik ravishda reyting shakllantirilib, har chorak, yarim yil va yil yakuni bilan keyingi oyning oʻn beshinchi sanasiga qadar YIDXPda eʼlon qilinib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-dekabrdagi 792-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari koʻrsatilishida asossiz rad etilgan arizalar yuzasidan undirilgan davlat bojlari, yigʻimlar va boshqa har qanday toʻlovlarning vakolatli organlarga yoʻnaltirilgan qismini ular tomonidan ariza beruvchiga qaytarish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP), Davlat xizmatlari markazlari va “Litsenziya” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Litsenziya” AT) orqali berilgan arizalar vakolatli organlar tomonidan asossiz rad etilganda, ariza beruvchining murojaatlari va adliya organlarining tegishli xulosasiga asosan davlat xizmati uchun undirilgan davlat bojlari, yigʻimlar va boshqa har qanday toʻlovlarning vakolatli organlarga yoʻnaltirilgan qismini ular tomonidan ariza beruvchiga qaytarib berish (keyingi oʻrinlarda — toʻlovlarni qaytarish) tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi — davlat xizmatlari koʻrsatilishi boʻyicha yuborgan arizasi vakolatli organlar tomonidan asossiz rad etilib, mazkur ariza yuzasidan toʻlovlarni qaytarish boʻyicha murojaat qilgan jismoniy shaxs va yuridik shaxs vakili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asossiz rad etish — davlat xizmati koʻrsatilishida ijobiy hal etilishi mumkin boʻlgan yoki qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat xizmatlarini koʻrsatishni rad etish nazarda tutilmagan asoslarda arizani vakolatli organ tomonidan rad etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ — tegishli davlat xizmatini koʻrsatishga (asosiy yoki kelishuvchi) masʼul boʻlgan davlat organi yoki tashkiloti, shuningdek, davlat xizmatlarini koʻrsatish vazifasi yuklangan boshqa tashkilotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rad etish tartibini buzish — davlat xizmati koʻrsatilishida rad etilishi mumkin boʻlgan, biroq qonunchilik hujjatlari normalari bilan toʻliq asoslantirilmasdan rad etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ariza beruvchiga qaytariladigan davlat bojlari, yigʻimlar va boshqa har qanday toʻlovlar vakolatli organlar tomonidan adliya organlarining xulosalari (keyingi oʻrinlarda — xulosalar) asosida davlat xizmatini koʻrsatishdan kelib tushgan toʻlovlar hisobidan qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda arizalar jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan davlat xizmati koʻrsatilgan hududlar hamda tashkilotlar kesimida tegishliligi boʻyicha adliya organlari tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Toʻlovlar ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Toʻlovlarning vakolatli organlarga yoʻnaltirilgan qismini qaytarish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ariza beruvchi uning arizasi vakolatli organlar tomonidan asossiz rad etilganda, toʻlovlarni qaytarish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelgan holda yoki YIDXP yoxud “Litsenziya” AT orqali ariza beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ariza beruvchi shaxsan kelib murojaat qilganda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchining nomidan, YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali murojaat qilinganda esa, ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ariza beruvchi shaxsan kelib murojaat etganda, Davlat xizmatlari markazi tomonidan soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng maʼlumotlar toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (elektron raqamli imzo, Face-ID, Mobil-ID va daktiloskopiya) bilan tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ariza beruvchi YIDXP hamda “Litsenziya” AT orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani identifikatsiya qilishning tegishli vositalaridan (elektron raqamli imzo, Face-ID, Mobil-ID) foydalangan holda tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza vakil tomonidan berilganda, vakil toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hamda notarial tasdiqlangan ishonchnoma maʼlumotlari “vakolat.uz” platformasidan real vaqt rejimida tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ariza koʻrib chiqilgani uchun yigʻim undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ariza beruvchi xizmat koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi xizmatdan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Soʻrovnomada notoʻgʻri yoki xato maʼlumotlar koʻrsatilgani arizani koʻrib chiqishni rad etishga asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etgan taqdirda, uning soʻrovnomasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tasdiqlaganidan soʻng oʻn daqiqa mobaynida, YIDXP va “Litsenziya” AT orqali murojaat etganda, avtomatik tarzda tegishliligi boʻyicha adliya organlariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Adliya organlari tomonidan soʻrovnoma kelib tushgandan soʻng oʻn ish kunida soʻrovnomada koʻrsatilgan davlat xizmati boʻyicha yuborilgan arizaning vakolatli organ tomonidan asossiz (rad etish tartibi buzilgani bundan mustasno) rad etilgani oʻrganiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya organlari tomonidan zarur hollarda, soʻrovnoma vakolatli organ ishtirokida koʻrib chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrovnomani oʻrganish boʻyicha ushbu Nizomga 3 va 4-ilovalarga muvofiq shakllardagi xulosa shakllantiriladi hamda tasdiqlash uchun quyidagi tartibda yuboriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya vazirligida — vazir, vazir oʻrinbosarlari va Davlat xizmatlari departamenti boshligʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy adliya organlari yoki tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan — hududiy adliya organlari rahbari yoki uning oʻrinbosarlariga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Adliya organlarining masʼul rahbarlari shakllantirilgan xulosalarni oʻrganib chiqib tasdiqlaydi yoki asoslantirgan holda rad etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar vakolatli organlar tomonidan davlat xizmatini koʻrsatish asossiz rad etilgani tasdiqlanganda, adliya organlari bu haqidagi xulosani vakolatli organga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xulosa Davlat xizmatlari markaziga (shaxsan kelib murojaat qilganda), YIDXP yoki “Litsenziya” AT orqali ariza beruvchiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari markazi oʻn daqiqa mobaynida xulosani ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va uni bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Ariza beruvchining soʻroviga koʻra Davlat xizmatlari markazi xulosani elektron yoki qogʻoz shaklida taqdim etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Vakolatli organ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasiga yoki tegishli tijorat banklariga yuborilgan toʻlov topshiriqnomalari asosida sakkiz ish kunida xulosada koʻrsatilgan bank hisobvaraqlari va plastik kartaga toʻlovlar toʻlanadi hamda bu haqida xabarnoma tegishli axborot tizimlari orqali ariza beruvchiga va adliya organlariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Toʻlovlar ushbu Nizomda belgilangan muddatlarda vakolatli organlar tomonidan qaytarilmagani davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ushbu Nizomga asosan davlat xizmatlari koʻrsatilishida arizalar asossiz rad etilgani uchun toʻlovlarning qaytarilishi vakolatli organ masʼul xodimlariga nisbatan javobgarlik choralari qoʻllanishini istisno etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Davlat xizmatlari markazi, adliya organlari va vakolatli organ oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlar sir saqlanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markazi, adliya organlari va vakolatli organ xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari koʻrsatilishida asossiz rad etilgan arizalar yuzasidan undirilgan davlat bojlari, yigʻimlar va boshqa har qanday toʻlovlarning vakolatli organlarga yoʻnaltirilgan qismini ular tomonidan ariza beruvchiga qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

Davlat xizmatlari koʻrsatilishida asossiz rad etilgan arizalar yuzasidan undirilgan davlat bojlari, yigʻimlar va boshqa har qanday toʻlovlarning vakolatli organlarga yoʻnaltirilgan qismini ular tomonidan ariza beruvchiga qaytarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Ariza beruvchi

Davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki “Litsenziya” AT orqali onlayn murojaat qiladi.

Ixtiyoriga koʻra

2-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

YIDXP yoki “Litsenziya” AT

Toʻldirilgan soʻrovnomani avtomatik tarzda Adliya vazirligiga yoki tegishli hududiy boshqarmaga yuboradi.

Soʻrovnoma toʻldirilgandan keyin 10 daqiqada / real vaqt rejimida

3-bosqich

Adliya vazirligi, hududiy adliya organlari (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari hamda tuman (shahar) adliya boʻlimlari)

Arizada koʻrsatilgan davlat xizmatidan foydalanish uchun yuborilgan arizaning vakolatli organ tomonidan asossiz (rad etish tartibi buzilgani bundan mustasno) rad etilganini oʻrganadi.

Soʻrovnomani oʻrganish boʻyicha belgilangan shakldagi xulosani shakllantiradi va tasdiqlash uchun quyidagi tartibda yuboradi:

Adliya vazirligida — vazir, vazir oʻrinbosarlari, Davlat xizmatlari departamenti boshligʻiga;

hududiy adliya organlari yoki tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan — hududiy adliya organlari rahbari yoki uning oʻrinbosarlariga yuboradi.

8 ish kunida

4-bosqich

Adliya vaziri, vazir oʻrinbosarlari, Davlat xizmatlari departamenti boshligʻi

Hududiy adliya organi rahbari yoki oʻrinbosarlari

Oʻrganish natijasi yuzasidan shakllantirilgan ijobiy yoki salbiy xulosani tasdiqlaydi hamda ariza beruvchiga bu haqida xabarnoma yuboradi.

Ijobiy xulosa tasdiqlangan holatlarda, vakolatli organlarga xabarnoma yuboradi.

2 ish kunida

5-bosqich

Vakolatli organ

Vakolatli organ Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasiga yoki tijorat banklariga yuborilgan toʻlov topshiriqnomalari asosida xulosada koʻrsatilgan bank hisobvaraqlari va plastik kartaga toʻlovlarni toʻlaydi hamda bu haqidagi xabarnomani tegishli axborot tizimlari orqali ariza beruvchiga va adliya organlariga yuboradi.

8 ish kuni mobaynida

6-bosqich

Davlat xizmatlari markazlari

YIDXP

“Litsenziya” AT

1. Ariza beruvchi shaxsan kelib murojaat qilganda, xabarnomani elektron yoki qogʻoz shaklida unga taqdim etadi.

1. 10 daqiqa ichida

2. Xabarnomani ariza beruvchining shaxsiy kabinetiga yuboradi va bu haqida uni axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

2. Real vaqt rejimida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari koʻrsatilishida asossiz rad etilgan arizalar yuzasidan undirilgan davlat bojlari, yigʻimlar va boshqa har qanday toʻlovlarning vakolatli organlarga yoʻnaltirilgan qismini ular tomonidan ariza beruvchiga qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari koʻrsatilishida asossiz rad etilgan arizalar yuzasidan undirilgan davlat bojlari, yigʻimlar va boshqa har qanday toʻlovlarning vakolatli organlarga yoʻnaltirilgan qismini ular tomonidan ariza beruvchiga qaytarish uchun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SOʻROVNOMA

I. Ariza beruvchi haqida maʼlumot

1.1. F.I.O./Yuridik shaxs nomi

-

1.2. JSHSHIR/STIR (yuridik shaxs)

-

1.3. Telefon raqami

1.4. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)

-

1.5. Yashash manzili/yuridik shaxs manzili

II. Rad etilgan ariza yuzasidan maʼlumot

2.1. Davlat xizmati nomi

2.2. Ariza raqami

III. Ariza beruvchining bank rekvizitlari

3.1. Plastik karta raqami/Bank hisobvaragʻi (yuridik shaxs)

3.2. Plastik karta egasi F.I.O.

3.3. Bank hisobvaragʻi raqami

3.4. Bank STIR

3.5. Bank MFO

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari koʻrsatilishida asossiz rad etilgan arizalar yuzasidan undirilgan davlat bojlari, yigʻimlar va boshqa har qanday toʻlovlarning vakolatli organlarga yoʻnaltirilgan qismini ular tomonidan ariza beruvchiga qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

Davlat xizmatlari koʻrsatilishida asossiz rad etilgan arizalar yuzasidan undirilgan davlat bojlari, yigʻimlar va boshqa har qanday toʻlovlarning vakolatli organlarga yoʻnaltirilgan qismini ular tomonidan ariza beruvchiga qaytarish yuzasidan

000000-son

XULOSA

Ariza raqami _________

Berilgan sanasi 20___ yil “____” __________

Ariza beruvchi ________________________________________________

Rad etilgan ariza raqami ____________________________________

Rad etilgan davlat xizmati nomi ______________________________

_____________________________________________________________________________________

(asos)

Bank hisobvaragʻi yoki plastik karta raqami ________________________________________

Bank hisobvaragʻi yoki plastik karta rekvizitlari ___________________________________

Xulosa bergan adliya organi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar

QR-kod

adliya boshqarmalari) xodimi

F.I.O. va ishonch raqami

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari koʻrsatilishida asossiz rad etilgan arizalar yuzasidan undirilgan davlat bojlari, yigʻimlar va boshqa har qanday toʻlovlarning vakolatli organlarga yoʻnaltirilgan qismini ular tomonidan ariza beruvchiga qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Davlat xizmatlari koʻrsatilishida asossiz rad etilgan arizalar yuzasidan undirilgan davlat bojlari, yigʻimlar va boshqa har qanday toʻlovlarning vakolatli organlarga yoʻnaltirilgan qismini ular tomonidan ariza beruvchiga qaytarishni rad etish yuzasidan

000000-son

XULOSA

Ariza raqami _________

Berilgan sanasi 20___ yil “___” ___________

Ariza beruvchi ________________________________________________

Rad etilgan ariza raqami ____________________________________

Rad etilgan davlat xizmati nomi ______________________________

_______________________________________________________________________________________

(asos)

Xulosa bergan adliya organi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar

QR-kod

adliya boshqarmalari) xodimi

F.I.O. va ishonch raqami

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2025-y., 09/25/792/1172-son)