Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“OʻZISTIQBOLSTAT” DAVLAT QOʻMITASINING MAXSUS JAMGʻARMASINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-iyundagi 183-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2012-yil 3-yanvardagi OʻRQ-315-son Qonuni)”ga qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasining “Respublika korxonalari, tashkilotlari va muassasalarining statistika hisoboti bilan qamrab olinishining ahvoli va uning ishonchliligi toʻgʻrisida” 1993-yil 2-dekabrdagi 588-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasida davlat statistika hisobotini topshirish tartibini buzganlik uchun undiriladigan jarimalar hisobiga shakllanadigan Maxsus jamgʻarma tashkil etilsin va undan statistika organlarining moddiy-texnika negizini mustahkamlashda foydalanilsin.
2. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasining Maxsus jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1994-yil 16-fevral,
74-son
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil
16-fevraldagi 74-son qaroriga
ILOVA
16-fevraldagi 74-son qaroriga
ILOVA
“Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasining Maxsus jamgʻarmasi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Asosiy qoidalar
Ushbu Nizom Vazirlar Mahkamasining “Respublika korxonalari, tashkilotlari va muassasalarining statistika hisoboti bilan qamrab olinishining ahvoli va uning ishonchliligi toʻgʻrisida” 1993-yil 2-dekabrdagi 588-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
Nizom Maxsus jamgʻarmaning maqsadi va vazifalarini belgilaydi, jamgʻarmani shakllantirish va undan foydalanishning “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi barcha boʻlinmalari uchun majburiy boʻlgan tartibini nazarda tutadi.
Maxsus jamgʻarma statistika organlarining moddiy-texnika negizini mustahkamlashga doir tadbirlarni amalga oshirish maqsadida tashkil etiladi.
II. Maxsus jamgʻarmaning maqsadi va vazifalari
Quyidagi vositalar orqali statistika organlarining moddiy-texnika negizini mustahkamlashni taʼminlash “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi Maxsus jamgʻarmasining asosiy maqsadi hisoblanadi:
statistika mahalliy organlarini texnika bilan taʼminlash masalalarini hal etish uchun mablagʻlarni Maxsus jamgʻarmada jamlash;
davlat statistika organlari xodimlari malakasini oshirish;
statistika organlari xodimlarining statistika axborotlari sifatini taʼminlashdan moddiy manfaatdorligini oshirish.
III. Maxsus jamgʻarmani shakllantirish tartibi
Maxsus jamgʻarma statistika hisobotlarini oʻz vaqtida, toʻliq va toʻgʻri topshirmaganlik uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlarga respublikada amalda boʻlgan qonun hujjatlariga muvofiq solinadigan iqtisodiy sanksiyalar va jarimalardan tushadigan mablagʻlardan shakllanadi.
Jarimalardan olingan summaning hammasi quyidagilarga yoʻnaltiriladi:
50 foizi — Respublika maxsus jamgʻarmasiga;
50 foizi — istiqbolni belgilash va statistika mahalliy organlarining maxsus jamgʻarmalariga.
Maxsus jamgʻarmalarga tushgan mablagʻlar “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasining hamda istiqbolni belgilash va statistika hududiy boshqarmalarining budjetdan tashqari maxsus schyotlarida jamlanadi.
Maxsus jamgʻarmalarga mablagʻlarning toʻliq, toʻgʻri va oʻz vaqtida oʻtkazilishini nazorat qilish “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi. Maxsus jamgʻarmaga mablagʻlarni oʻz vaqtida oʻtkazish tartibini buzganlik uchun mansabdor shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javob beradilar.
IV. Maxsus jamgʻarmadan foydalanish
Maxsus jamgʻarmalardan quyidagilar uchun foydalaniladi:
statistika organlarining moddiy-texnika negizini mustahkamlash;
statistika kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlash;
servis-markazlarni va oʻquv xonalarini jihozlash;
statistika organlari mutaxassislarining statistik axborotlarining toʻliqligi va toʻgʻriligini taʼminlashdan moddiy manfaatdor qilish;
vakillik xarajatlari;
xalq xoʻjaligi tarmoqlarida hisobot maʼlumotlarining toʻgʻriligini, hisobga olish va hisobot ishlarining ahvolini tekshirishni tashkil etish hamda oʻtkazish.
Maxsus jamgʻarmaning joriy yilda foydalanilmagan mablagʻlari keyingi yilga oʻtadi va musodara qilinmaydi.
V. Maxsus jamgʻarmani hisobga olish va uning hisoboti tartibi
1. Maxsus jamgʻarmalarning moliya resurslari bank boʻlimlarida alohida joriy schyotlarda hisobga olib boriladi.
2. Jamgʻarmalarning sarflanishini joriy hisobga olib borish “Budjetdan tashqari mablagʻlarni hisobga olish” daftari boʻyicha yuritiladi.
3. Jamgʻarma boʻyicha oylik hisobotlar yigʻma vedomostda aks ettiriladi, unda mazkur schyot boʻyicha barcha operatsiyalar mablagʻ bilan taʼminlanadi va memorial orderda oʻz aksini topadi.
4. Viloyatlar va Toshkent shahar istiqbolni belgilash va statistika boshqarmalari, hisobga olish va hisobotlarning toʻgʻri yuritilayotganini nazorat qilish uchun, yilning har bir choragidan keyingi oyning 15-kunigacha yil choragi boʻyicha hisobotlarni topshiradilar.
Jamgʻarmani mablagʻ bilan taʼminlash va undan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobot koʻpayib boruvchi yakun boʻyicha tuziladi.