Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 02.12.1993 yildagi 588-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RESPUBLIKA KORXONALARI, TAShKILOTLARI VA
MUASSASALARINING STATISTIKA HISOBOTI BILAN
QAMRAB OLINIShINING AHVOLI VA UNING IShONChLILIGI
TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi va uning joylardagi organlarining statistika axborotining ishonchliligini va toʻlaligini taʼminlash yuzasidan olib borayotgan ishlari hozirgi talablarga toʻliq darajada javob bermaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki va buxgalterlik hisobini isloh qilish sekinlik bilan olib borilmoqda, umumlashtiruvchi koʻrsatkichlarni ekspert jihatdan baholashlarning uslubiyat va yondoshish usullari ishlab chiqilmagan. Narxlarni statistika kuzatuvi bilan qamrab olishning toʻlaligi taʼminlanmayapti va ijtimoiy statistikani takomillashtirishda zarur darajada qatʼiylik koʻrsatilmayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir qancha vazirliklar va idoralar, korporatsiyalar, konsernlar va uyushmalar hisobga olish hamda hisobotlarning yoʻlga qoʻyilishi masalalariga eʼtiborni sezilarli susaytirib yubordilar. Korxonalarning ishonchli statistika axborotlarni taqdim etishdan bosh tortish, daromadlarni yashirish, soliqlarni kamaytirish maqsadida koʻrsatkichlarni pasaytirish hollari tez-tez sodir boʻlib turibdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar, tashkilotlarning hisobot intizomi pastligicha qolmoqda, hisobotlarni topshirish muddatlarini buzish hollari kamaymayapti. Istiqbolni belgilash va statistika hududiy organlari tomonidan oʻtkazilgan tekshirishlarning samarasi pastligicha qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi rahbariyati statistikani tubdan qayta qurishda yetarli darajada prinsipiallik va tashabbus koʻrsatmayapti, oʻz amaliy faoliyatidagi mavjud kamchiliklarga murosasozlik bilan munosabatda boʻlmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasining va istiqbolni belgilash hamda statistika hududiy organlarining iqtisodiy islohotlar oʻtkazish, respublika iqtisodiyotini jahon xoʻjaligiga integratsiyalash sharoitlarida hisobot maʼlumotlarining toʻlaligini va ishonchliligini taʼminlash boʻyicha ishlari yetarli emas deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, konsernlar, korporatsiyalar va uyushmalar rahbarlarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining eʼtibori hisobot intizomining past darajadaligiga, hisobga olish va hisobotning ahvolini nazorat qilish boʻshashtirib yuborilganligiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi (Hamidov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq statistika sohasida davlat siyosatini amalga oshirishni taʼminlasin, bunda statistik hisobotning xalqaro andazalarining uslubiyoti va amaliyotiga asoslangan, yuzaga kelayotgan bozor iqtisodiyotining axborotga nisbatan oʻsib borayotgan talablarini qondira oladigan darajada toʻlaligi va ishonchliligiga alohida eʼtibor bersin. Shu maqsadda bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasining hisobga olish va statistikaning xalqaro amaliyotida qabul qilingan tizimiga oʻtishi Davlat dasturini Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy hisobotdan tanlab tekshirishlarga, bir yoʻla hisobga olishlarga va iqtisodiy roʻyxatga olishlarga bosqichma-bosqich oʻtishni taʼminlasin. Oilalarni budjet jihatidan tekshirishning amaldagi tizimini takomillashtirsin, aholining barcha ijtimoiy guruhlari qamrab olinishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, davlat roʻyxatidan oʻtgan barcha yuridik shaxslarni toʻla hisobga olish va kuzatish maqsadida 1994-yilning 1-yanvarigacha korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registrining sifatli faoliyat koʻrsatishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozor iqtisodiyoti sharoitlarida narxlar statistikasining alohida ahamiyatini hisobga olib qoʻmita markaziy apparati va uning hududiy organlaridagi tegishli boʻlinmalarni mustahkamlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda aholining shaxsiy xoʻjaliklaridagi ekin maydonlarini bir yoʻla yoppasiga hisobga olishni oʻtkazish yuzasidan takliflar tayyorlasin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda, mablagʻlari statistika organlarining moddiy-texnika negizlarini mustahkamlashga yoʻnaltirilishini nazarda tutgan holda, davlat statistika hisobotini topshirish tartibini buzganlik uchun undiriladigan jarimalar hisobiga shakllanadigan maxsus fond tashkil etish toʻgʻrisida takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada umumiy uslubiyot asosidagi Yagona iqtisodiy axborot makonini yaratish maqsadida Moliya vazirligi, Markaziy bank, Davlat soliq bosh boshqarmasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Mehnat vazirligi bilan birgalikda davlat boshqaruv organlarining axborotga boʻlgan talabini qondirishni taʼminlovchi iqtisodiy axborot maʼlumotlarining Yagona avtomatlashtirilgan bankini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflarni shu yilning 15-dekabrigacha Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi 1994-yilning 1-yanvarigacha respublikaning idoralarga qarashli axborot hisoblash tarmoqlaridan foydalanishning samaradorligini oʻrgansin va Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobga olish va hisobotdagi davlat intizomini mustahkamlash, yuridik shaxslar tomonidan davlat statistika organlariga ishonchli hisobot maʼlumotlari taqdim etilishini taʼminlash yuzasidan chora-tadbirlar koʻrsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat statistika hisobotlari taqdim etish tartibini buzganlik uchun mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish huquqidan keng foydalansinlar. qoʻshib yozish, yashirish hollariga va hisobotning boshqa chalkashliklariga yoʻl qoʻyishgan korxonalar va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini muntazam ravishda muhokama qilib borishni amalda joriy etsinlar. Shu yilning yakunlari boʻyicha boshqaruvning barcha darajalarida hisobga olish, hisobotning ahvoli va hisobot maʼlumotlarining ishonchliligi toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 2-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
588-son