1-ILOVA
2-ILOVA
T/r | Tashkilot nomi | Lavozimi | Shtat birliklari soni |
1. | Sport yakkakurashlari boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktabi | Parataekvondo boʻyicha trener | 3 |
2. | Paradzyudo boʻyicha trener | 1 | |
3. | Sportning qishki va murakkab texnik turlari boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktabi | Paraoʻq otish boʻyicha trener | 1 |
4. | Parakamondan otish boʻyicha trener | 1 | |
5. | Parapauerlifting boʻyicha trener | 5 | |
6. | Paravelosport boʻyicha trener | 1 | |
7. | Respublika oʻsmirlar oliy sport mahorati maktabi | Paravelosport boʻyicha trener | 2 |
8. | Paradzyudo boʻyicha trener | 1 | |
9. | Parayengil atletika boʻyicha trener | 1 | |
10. | Yengil atletika boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktabi | Parayengil atletika boʻyicha trener | 2 |
11. | Suv sporti turlari boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktabi | Paraakademik eshkak eshish boʻyicha trener | 2 |
12. | Parakanoeda eshkak eshish boʻyicha trener | 2 | |
13. | Parasuzish boʻyicha trener | 2 | |
JAMI: | 24 | ||
3-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar | Amalga oshirish mexanizmlari | Amalga oshirish muddatlari | Moliyalashtirish manbalari | Masʼul ijrochilar |
1. | Nogironligi boʻlgan shaxslarning imkoniyati va qiziqishiga qarab, ularning boshqa sogʻlom sport guruhlarida ham shugʻullanishi hamda oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarida ishtirok etishiga sharoit yaratish. | 1. Bugungi kunda bir vaqtning oʻzida sogʻlom va paralimpiya guruhlarida mashgʻulotlarni olib borayotgan yoki bunday maqsadi boʻlgan trenerlarni xatlovdan oʻtkazish. 2. Nogironligi boʻlgan shaxslarning imkoniyati va qiziqishiga koʻra sogʻlom guruhlarda inklyuziv taʼlim shaklida sport bilan muntazam shugʻullanishi mumkin boʻlgan guruhlarni toʻldirish va ularning alohida oʻquv dasturlarini yaratish. | 2026-yil fevral | - | Sport vazirligi (A. Ikramov), Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi (M. Tashxodjayev), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Umarov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov) |
2. | Haqiqiy talabdan kelib chiqib, har bir hududda ayrim sport maktablarini paralimpiya sport turlariga ixtisoslashtirish. | 1. Paralimpiya sport turlariga ixtisoslashtiriladigan sport maktablari uchun har yilgi vazifa va maqsadli koʻrsatkichlarni belgilash. | 2026-yil fevral | - | Sport vazirligi (A. Ikramov) |
2. Belgilangan vazifa va maqsadli koʻrsatkichlarning ijrosini monitoring qilib borish. | Doimiy | ||||
3. Monitoring natijalari boʻyicha paralimpiya sport turlariga ixtisoslashtiriladigan sport maktablari roʻyxatini qayta koʻrib chiqish. | Har yili | ||||
3. | Ixtisoslashtirilgan sport maktablari uchun zarur shart-sharoitlar va sport infratuzilmasini yaratib berish. | 1. Paralimpiya sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktablari sport infratuzilmasini xatlovdan oʻtkazish. 2. Ixtisoslashtirilgan sport maktablari uchun ixtisoslashgan sport turlari boʻyicha zarur infratuzilma yaratish choralarini koʻrish. | 2026-yil fevral | Ijrochilar va homiylar mablagʻlari | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
3. Ixtisoslashtirilgan sport maktablari faoliyati uchun zarur boʻlgan sport inventarlari bilan toʻliq taʼminlash. | Sport vazirligi (A. Ikramov) | ||||
4. | Paralimpiyachilarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish. | 1. Xalqaro paralimpiya qoʻmitasi klassifikatsiya kodeksi talablari asosida milliy klassifikatsiya qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2026-yil fevral | - | Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi (M. Tashxodjayev) |
2. Paralimpiyachilarning nogironlik toifasini (klassifikatsiyasini) barvaqt aniqlash amaliyotini joriy etish. | Sport vazirligi (A. Ikramov), Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi (M. Tashxodjayev) | ||||
3. Ixtisoslashtirilgan davlat sport taʼlim muassasalarida paralimpiyachi oʻquvchi-sportchilarni Xalqaro paralimpiya qoʻmitasi klassifikatsiyasi talablari asosida tayyorlashni yoʻlga qoʻyish. 4. Paralimpiya sport turlari boʻyicha terma jamoalarning tayyorgarligini tashkil qilish uchun har bir sport turi boʻyicha alohida sport bazalari biriktirish. | 2026-yil mart | Ijrochilar va homiylar mablagʻlari | |||
5. | Nogironligi boʻlgan sportchi yoshlarning oʻz iqtidorlarini namoyon etishlariga har tomonlama koʻmaklashish. | 1. Adaptiv sport turlari boʻyicha iqtidorli yoshlarni seleksiya qilish va ularni ushbu sport turlariga turdosh boʻlgan Paralimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan tegishli sport turlariga yoʻnaltirish orqali nogironligi boʻlgan sportchi yoshlarning oʻz iqtidorlarini namoyon etishlariga har tomonlama koʻmaklashish. | Doimiy | - | Ijtimoiy himoya milliy agentligi (M. Olloyorov), Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi (M. Tashxodjayev) |
2. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari huzurida koʻngillilar guruhlarini tashkil etish orqali adaptiv sport turlari boʻyicha joylarda oʻtkaziladigan sport tadbirlarini keng targʻib qilish, nogironligi boʻlgan yoshlarning musobaqalardagi ishtirokiga koʻmaklashish va ularni qoʻllab-quvvatlash tizimini yoʻlga qoʻyish. | 2026-yil fevral | ||||
6. | Paralimpiya sport turlari boʻyicha sportchilarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish. | 1. Mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda parasportchilarga tibbiy xizmat koʻrsatadigan tibbiyot mutaxassislari malakasini oshirib borish choralarini koʻrish. | Doimiy | Ijrochilar va homiylar mablagʻlari | Sport vazirligi (A. Ikramov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov), Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi (M. Tashxodjayev) |
2. Hududlar kesimida parasportchilarni klassifikatsiyadan oʻtkazishga koʻmaklashadigan va ularga tibbiy xizmat koʻrsatadigan tibbiyot mutaxassislarini biriktirish. | 2026-yil yanvar | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov) | |||
7. | Terma jamoalar uchun sport zaxirasini yaratish, iqtidorli yosh sportchilarni aniqlash, tanlash va saralab olish (seleksiya)ning raqamlashtirilgan tizimini joriy qilish. | Ilgʻor xorij tajribasini inobatga olgan holda paralimpiya sport turlari boʻyicha terma jamoalarni shakllantirishning alohida tartibini nazarda tutuvchi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda “ERP-sport” yagona elektron boshqaruv tizimida paralimpiya sport turlari bilan shugʻullanayotgan sportchilarning sport natijalarini kiritib borish va ularning sport normativlarini bajarishi ustidan monitoring yuritish uchun zarur texnik imkoniyatlar yaratilishini inobatga olish. | 2026-yil aprel | Ijrochilar va homiylar mablagʻlari | Sport vazirligi (A. Ikramov), Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi (M. Tashxodjayev) |
8. | Sport sohasiga oid normativ-huquqiy bazani takomillashtirish. | 1. Quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish: Oʻzbekistonda yengil atletika sportini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi; Velosiped sport turlarini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi; sportning oʻyin turlarini (gandbol, basketbol, voleybol, stol tennisi, tennis) yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi; ayrim yakkakurash sport turlarini (dzyudo, taekvondo WT, boks, sport kurashlari) yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi; 2029-yilda yoshlar oʻrtasidagi IV Osiyo oʻyinlarini Oʻzbekistonda yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha kengaytirilgan chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. 2. Mazkur qaror loyihalarini vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda oʻrnatilgan tartibda Hukumatga kiritish. | 2026-yil fevral | - | Sport vazirligi (A. Ikramov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
9. | Paralimpiya sport turlari boʻyicha sportchilarni tayyorlashda ularni tibbiy, farmokologik va psixologik jihatdan tizimli taʼminlash. | 1. Paralimpiya sport turlari boʻyicha milliy terma jamoalarga saralangan sportchilar uchun tibbiy, farmokologik va psixologik xizmat koʻrsatishni kuchaytirish. 2. Ilmiy tahlil guruhlarini tashkil qilish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish. 3. Ilmiy tahlil guruhlari tarkibiga sport sohasi boʻyicha olim, shifokor, fiziolog va diyetologlarni jalb etish. | 2026-yil yanvar | Ijrochilar va homiylar mablagʻlari | Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi (M. Tashxodjayev), Sport vazirligi (A. Ikramov) |
10. | Milliy paralimpiya qoʻmitasi huzurida Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan muassasa shaklidagi Paralimpiya terma jamoalari markazi (keyingi oʻrinlarda — Paralimpiya markazi)ni tashkil etish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | 1. Paralimpiya markazi ustavini tasdiqlash. 2. Paralimpiya markazini belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish. | 2026-yil yanvar | - | Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi (M. Tashxodjayev) |
3. Paralimpiya markazini zamonaviy bilim va koʻnikmaga ega boʻlgan malakali kadrlar bilan bosqichma-bosqich toʻldirish. 4. Paralimpiya markazida sportchilarni tayyorlash sifati ustidan doimiy davlat nazoratini olib borish. | Doimiy | Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi (M. Tashxodjayev), Sport vazirligi (A. Ikramov) | |||
5. Paralimpiya markazining boshqaruv, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarining namunaviy shtat jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2026-yil yanvar | Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi (M. Tashxodjayev), Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zaxidov) | |||
11. | Paralimpiya markazi sportchilari shugʻullanishi uchun zarur boʻladigan sport infratuzilmasini yaratish. | 1. Paralimpiya markazini Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi Olimpiya shaharchasiga joylashtirish. | 2026-yil yanvar | - | Sport vazirligi (A. Ikramov), Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi (M. Tashxodjayev) |
2. Paralimpiya markazining paralimpiya sport turlari boʻyicha terma jamoalarni tayyorlashda Olimpiya shaharchasi obyektlaridan begʻaraz asosda foydalanishini taʼminlash. | Doimiy | ||||
3. Paralimpiya markazi binosi qurilishini yakunlash. Bunda Paralimpiya markazi binosini Olimpiya shaharchasi obyektlaridan foydalanish direksiyasiga operativ boshqaruv huquqi bilan oʻtkazish hamda unga Paralimpiya markazini tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish. | 2026-yil dekabr | Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Sport vazirligi (A. Ikramov), Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi (M. Tashxodjayev), Toshkent shahri hokimligi (Sh. Umurzakov) | ||
4. Paraoʻq otish sport turi uchun Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazining Toshkent shahridagi oʻq otish sporti inshootini Paralimpiya markaziga begʻaraz asosda biriktirish. | 2026-yil yanvar | - | Mudofaa vazirligi (Sh. Xalmuxamedov), Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi (M. Tashxodjayev) | ||
12. | Paralimpiya markazini oʻrnatilgan tartibda avtotransport vositalari bilan taʼminlash. | Paralimpiya markaziga nogironligi boʻlgan shaxslarga 1 ta moslashtirilgan avtobus va 1 ta navbatchi avtotransport vositasi xarid qilish. | 2026-yil fevral | Davlat budjeti mablagʻlari | Sport vazirligi (A. Ikramov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) |
13. | Milliy paralimpiya qoʻmitasining Paralimpiya markazi bilan hamkorligini va terma jamoalar bilan tizimli ishlashini yoʻlga qoʻyish. | Milliy paralimpiya qoʻmitasi tuzilmasida mavjud shtat birliklari doirasida alohida boʻlim tashkil etish. | 2026-yil yanvar | - | Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi (M. Tashxodjayev) |
14. | Xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda ilgʻor tajriba asosida paralimpiya sport turlari boʻyicha sportchilarni tayyorlashni yoʻlga qoʻyish. | 1. Zaruratga koʻra, Paralimpiya markaziga xorijiy sport mutaxassislari jalb etib borish. 2. Jalb etiladigan xorijiy sport mutaxassislari zimmasiga ular bilan tuziladigan shartnomalarda terma jamoalarni tayyorlash bilan birga joylarda iqtidorli parasportchilarni seleksiya qilish hamda mahalliy mutaxassislarning nazariy va amaliy bilimlarini oshirishga koʻmaklashish kabi vazifalarni yuklatish. | Doimiy | Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasiga Davlat budjeti va homiylardan ajratiladigan mablagʻlar | Sport vazirligi (A. Ikramov), Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi (M. Tashxodjayev) |
15. | Nogironligi boʻlgan shaxslarni sport turlariga tayyorlashda inklyuziv muhit yaratilishini taʼminlash. | 1. Adaptiv sport turlari, ayniqsa, inklyuziv taʼlim shaklida sogʻlom va parasportchilarni tayyorlaydigan trenerlarga malaka sertifikati berish va ularni qayta tayyorlash tizimini soddalashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil aprel | - | Sport vazirligi (A. Ikramov), Ijtimoiy himoya milliy agentligi (M. Olloyorov), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Umarov), Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi (M. Tashxodjayev) |
2. Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalarini shakllantirishda sport turlari boʻyicha musobaqa va oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari davomida unga parallel ravishda mavjud parasport turlari boʻyicha musobaqa va yigʻinlar ham birgalikda tashkil qilinishini nazarda tutish. | Har yili | ||||
16. | Paralimpiya sport turlari boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishni tizimli joriy etish. | 1. Jismoniy tarbiya va sport ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan parasportchilarning joriy jismoniy holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni muntazam tahlil qilish va ularning imkoniyatlarini baholab borishni yoʻlga qoʻyish. 2. Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzurida adaptiv sport turlari boʻyicha oʻquv dasturlari va materiallari, jumladan, har bir sport turi boʻyicha mashgʻulotlarni olib borish tartibi va yuklamalarini belgilashga qaratilgan ilmiy-uslubiy jihatdan taʼminlash boʻyicha alohida ilmiy kengash faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | 2026-yil mart | Ijrochilar va homiylar mablagʻlari | Sport vazirligi (A. Ikramov), Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi (M. Tashxodjayev) |
3. Paralimpiya sport turlari boʻyicha ilmiy izlanuvchilar amaliyotini Paralimpiya markazida tashkil etish. | Doimiy |
4-ILOVA
T/r | Sport maktabi | Ixtisoslashtiriladigan sport turlari | ||
ustuvor* | istiqbolli** | |||
Qoraqalpogʻiston Respublikasi | ||||
1. | 1. | Nukus tumani sport maktabi | Aravachada qilichbozlik | Parapauerlifting |
2. | 2. | Taxtakoʻpir tumani sport maktabi | Paradzyudo | Para yengil atletika |
3. | 3. | Toʻrtkoʻl tumani sport maktabi | Para yengil atletika | Parastol tennisi |
Andijon viloyati | ||||
4. | 1. | Andijon shahri 1-sonli sport maktabi | Paradzyudo | Parayengil atletika |
5. | 2. | Andijon tumani sport maktabi | Parayengil atletika | Parastol tennisi |
6. | 3. | Paxtaobod tumani 1-sonli sport maktabi | Parastol tennisi | Paradzyudo |
Buxoro viloyati | ||||
7. | 1. | Buxoro shahri 2-sonli sport maktabi | Parayengil atletika | Paradzyudo |
8. | 2. | Jondor tumani 2-sonli sport maktabi | Parastol tennisi | Parataekvondo (WT) |
9. | 3. | Vobkent tumani sport maktabi | Parapauerlifting | Parayengil atletika |
Jizzax viloyati | ||||
10. | 1. | Sharof Rashidov tumani sport maktabi | Parastol tennisi | Parapauerlifting |
11. | 2. | Gʻallaorol tumani 1-son sport maktabi | Parapauerlifting | Paradzyudo |
Qashqadaryo viloyati | ||||
12. | 1. | Qarshi tumani sport maktabi | Parastol tennisi | Paradzyudo |
13. | 2. | Nishon tumani sport maktabi | Parayengil atletika | Paravoleybol |
14. | 3. | Muborak tumani sport maktabi | Parataekvondo (WT) | Paragolbol |
Navoiy viloyati | ||||
15. | 1. | Nurota tumani sport maktabi | Parasuzish | Parastol tennisi |
16. | 2. | Uchquduq tumani sport maktabi | Parapauerlifting | Paradzyudo |
Namangan viloyati | ||||
17. | 1. | Pop tumani 1-sonli sport maktabi | Parayengil atletika | Parastol tennisi |
18. | 2. | Kosonsoy tumani sport maktabi | Paradzyudo | Para yengil atletika |
19. | 3. | Chortoq tumani sport maktabi | Parapauerlifting | Paradzyudo |
Samarqand viloyati | ||||
20. | 1. | Samarqand shahri 1-sonli sport maktabi | Parayengil atletika | Paradzyudo |
21. | 2. | Jomboy tumani sport maktabi | Parastol tennisi | Parataekvondo (WT) |
22. | 3. | Samarqand tumani 1-sonli sport maktabi | Paradzyudo | Parakamondan otish |
Sirdaryo viloyati | ||||
23. | 1. | Boyovut tumani 1-sonli sport maktabi | Paraoʻq otish | Parapauerlifting |
24. | 2. | Guliston shahri sport maktabi | Parapauerlifting | Paravelosport |
Surxondaryo viloyati | ||||
25. | 1. | Termiz tumani sport maktabi | Paradzyudo | Parataekvondo (WT) |
26. | 2. | Termiz shahri sport maktabi | Parapauerlifting | Parastol tennisi |
27. | 3. | Shargʻun shahri sport maktabi | Parayengil atletika | Parakanoeda eshkak eshish |
Toshkent viloyati | ||||
28. | 1. | Angren shahri 1-sonli sport maktabi | Parayengil atletika | Parataekvondo (WT) |
29. | 2. | Oʻrta Chirchiq tumani sport maktabi | Parakanoeda eshkak eshish | Paraakademik eshkak eshish |
30. | 3. | Qibray tumani sport maktabi | Parapauerlifting | Aravachada qilichbozlik |
Fargʻona viloyati | ||||
31. | 1. | Toshloq tumani sport maktabi | Parastol tennisi | Paradzyudo |
32. | 2. | Fargʻona shahri 2-sonli sport maktabi | Parakamondan otish | Parataekvondo (WT) |
33. | 3. | Dangʻara tumani sport maktabi | Para yengil atletika | Parastol tennisi |
Xorazm viloyati | ||||
34. | 1. | Gurlan tumani sport maktabi | Parapauerlifting | Para yengil atletika |
35. | 2. | Yangibozor tumani sport maktabi | Parapauerlifting | Paravelosport |
36. | 3. | Bogʻot tumani sport maktabi | Paradzyudo | Parastol tennisi |
Toshkent shahri | ||||
37. | 1. | Olmazor tumani sport maktabi | Parayengil atletika | Parasuzish |
38. | 2. | Chilonzor tumani sport maktabi | Parakamondan otish | Parafutbol 5x5 |
39. | 3. | Mirzo Ulugʻbek tumani 2-sonli sport maktabi | Parataekvondo (WT) | Parayengil atletika |
5-ILOVA
2-ILOVA
Milliy antidoping agentligi | |||||||||||||||||||||||
Axloq komissiyasi* | Terapevtik istisnolar boʻyicha komissiya** | ||||||||||||||||||||||
“ | |||||
4. | Toshkent viloyati Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi balansidagi Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Chorvoq shaharchasi Doʻstlik mahallasida joylashgan ogʻir atletika sport zalini Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi balansiga oʻtkazish orqali zamonaviy oʻquv-mashgʻulot bazasiga aylantirish. | 1. Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Chorvoq shaharchasi Doʻstlik mahallasida joylashgan ogʻir atletika sport zalini Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi balansiga oʻtkazish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 2024-yil sentabr | - | Sport vazirligi (A. Ikramov), Toshkent viloyati hokimligi (Z. Mirzayev), Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi (Sh. Xidoyatov) |
2. Mazkur obyektni xalqaro talablarga muvofiq qayta qurish va rekonstruksiya qilish, 30 oʻrinli yotoqxona va oshxona barpo etish hamda zarur zamonaviy asbob-uskunalar va sport jihozlari bilan taʼminlash. 3. Mazkur obyektda ogʻir atletika boʻyicha zamonaviy oʻquv-mashgʻulot bazasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | 2026-yil dekabr | Ijrochilar va homiylik mablagʻlari | Toshkent viloyati hokimligi (Z. Mirzayev), Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi (Sh. Xidoyatov) | ||
”. |
“ | |||||
7. | Tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida jamoaviy sport turlari boʻyicha sport musobaqalari tizimli oʻtkazib borilishini tashkil qilish. | 1. Oʻzbekiston korporativ sport assotsiatsiyasini tashkil qilish. | 2025-yil fevral | Tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari, ijrochilar mablagʻlari | Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), Sport vazirligi (A. Ikramov) |
2. Jamoaviy va boshqa sport turlari boʻyicha tijorat banklari, korxona va tashkilotlar oʻrtasida quyidagi sport musobaqalarini tashkil qilib borish: Oʻzbekiston korporativ sport ligalari va kuboklari; “Korporativ sport oʻyinlari” musobaqalari (kubok, turnir va boshqalar). | Doimiy | Oʻzbekiston korporativ sport assotsiatsiyasi, tijorat banklari, korxona va tashkilotlar | |||
”. |