08.05.2023 yildagi PQ-149-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy islohotlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi faoliyatini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi (keyingi oʻrinlarda — Milliy antidoping agentligi) etib qayta tashkil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy antidoping agentligi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy antidoping agentligining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy antidoping agentligi faoliyatini transformatsiya qilish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, Milliy antidoping agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ijro etuvchi hokimiyat organi maqomiga ega boʻlib, oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasiga hisobdordir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Butunjahon antidoping agentligining talablari va qoidalari bajarilishi ustidan doimiy monitoring olib boradi hamda tezkor joriy etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YUNESKOning Sportda dopingga qarshi kurash toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyasi va Butunjahon antidoping kodeksidan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida Oʻzbekiston sportchilari, trenerlari va boshqa mutaxassislarining huquq va manfaatlarini ifoda etadi va himoya qilish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportda doping qoʻllanishining oldini olish va dopingga qarshi kurashish boʻyicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doping nazorati natijalarini boshqarish tartib-taomillarini belgilaydi, tuzilmasidagi komissiyalar faoliyatini tashkil etish orqali aniqlangan sportda doping qoʻllash holatlari boʻyicha intizomiy choralar koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralar, jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari va boshqa tuzilmalarning antidoping nazorati sohasida qoʻshma tadbirlar tashkil etish va tajriba almashish orqali oʻzaro hamkorligini taʼminlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 1-fevraldan boshlab biologik namunalarni toʻplash va tadqiqotlar (doping-testlar) oʻtkazish boʻyicha maxsus moslamalar hamda boshqa tovar va xizmatlarni xarid qilishni (xorijiy va mahalliy yetkazib beruvchilardan) “taklif soʻrovi” xarid qilish tartib-taomili orqali amalga oshiradi;
(3-band Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-yanvardagi PQ-22-sonli qaroriga asosan toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 07/26/22/0069-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzining byulleten va boshqa rasmiy nashrlari hamda oʻz faoliyatiga taalluqli maʼlumot va materiallar chop etilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, Butunjahon antidoping agentligining tavsiyasini inobatga olgan holda, shuningdek, Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlariga muvofiq vazirlik va idoralarda yagona mehnatga haq toʻlash tizimi joriy qilingunga qadar 2023-yil 15-maydan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga koʻra Milliy antidoping agentligi xodimlarining lavozim maoshlarini belgilashda tarif koeffitsiyentlari 2,5 baravar miqdorda qoʻllaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy antidoping agentligi xodimlariga Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan quyidagi miqdorda koʻp yillik ishlaganlik uchun har oylik ustama toʻlanadi (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda): 1 yildan 3 yilgacha — 0,3, 3 yildan 5 yilgacha — 0,6, 5 yildan 10 yilgacha — 0,8, 10 yildan 15 yilgacha — 1,0, 15 yildan 20 yilgacha — 1,2, 20 yildan yuqori — 1,5.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, koʻp yillik ishlaganlik uchun har oylik ustama toʻlovlari koeffitsiyentini hisoblashda Milliy antidoping agentligi xodimlarining tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar (yakka tadbirkor va oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida ishlagan davridan tashqari) barcha tashkilotlardagi mehnat faoliyati davri hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Milliy antidoping agentligi (A. Sadikov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ikki hafta muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy antidoping agentligi tarkibiy boʻlinmalari nizomlarini hamda boʻlinmalar rahbarlarining vazifa va funksiyalarini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda Milliy antidoping agentligi malakali, chuqur nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlgan, oʻz vazifalarini samarali va masʼuliyat bilan bajaradigan kadrlar bilan toʻldirilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorning mazmun-mohiyatini Butunjahon antidoping agentligiga yetkazish choralarini koʻrsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2023-yil 1-avgustga qadar respublikada va xorijda oʻtkaziladigan musobaqa va musobaqadan tashqari davrda doping-sinamalar olish huquqiga ega boʻlgan xalqaro toifadagi doping ofitserlarni Xalqaro test agentligida (International Testing Agency) oʻqitishni yoʻlga qoʻysin;
(5-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-dekabrdagi PQ-373-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2025-y., 07/25/373/1157-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2023-yil 15-dekabrga qadar Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) bilan birgalikda antidoping nazorati va monitoringi sohalarini raqamlashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirsin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doping-test va doping nazoratini tashkil qilish, sportchilar haqida maʼlumotlarni toʻplash va saqlashga oid sportchining “biologik pasporti” (ABP) onlayn tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchilar uchun antidoping taʼlim elektron platformasini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosqichma-bosqich Sportda taqiqlangan moddalarni tekshirish milliy platformasini joriy etish nazarda tutilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 2024-yil 1-yanvarga qadar Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov) bilan birgalikda sportda doping qoʻllanishining oldini olish va antidoping qoidalarini oʻrgatish, shuningdek, doping nazoratini amalga oshirish borasida trenerlar va tibbiyot xodimlari uchun onlayn va oflayn tarzda malaka oshirish kurslarini tashkil etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq sportda antidoping qoidabuzarliklar yuzasidan qabul qilinadigan qarorlar (shu jumladan, Milliy antidoping agentligi huzuridagi komissiyalar qarorlari) boʻyicha nizolar Sport vazirligi huzuridagi Apellyatsiya boʻyicha komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya boʻyicha komissiyaning faoliyat yuritish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-dekabrdagi PQ-373-son qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2025-y., 07/25/373/1157-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev) mazkur qarorda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur mablagʻlarning 2023-yilda Davlat budjetida Yoshlar siyosati va sport vazirligi uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar doirasida ajratilishini, 2024-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Milliy antidoping agentligi Toshkent shahri, Abdulla Qodiriy koʻchasi, 2-uy manzilidagi binoga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Milliy antidoping agentligi bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Milliy antidoping agentligi direktori A.A. Sadikov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi O.K. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 8-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-149-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi PQ-149-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy antidoping agentligi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Milliy antidoping agentligi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) sportda dopingning oldini olish va dopingga qarshi kurashish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
(“a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-dekabrdagi PQ-373-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2025-y., 07/25/373/1157-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Butunjahon antidoping kodeksi va xalqaro antidoping standartlari asosida milliy antidoping qoidalari hamda sohani tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va uni takomillashtirish boʻyicha takliflar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) olimpiya va noolimpiya sport turlari boʻyicha sportchilardan muntazam ravishda doping-testlarni olish va tekshirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) antidoping nazoratining samarali tizimini qoʻllagan holda farmakologik taʼsir koʻrsatuvchi dorivor vositalar va boshqa moddalarning sportda qoʻllanishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) doping-testlar va doping nazoratining boshqa elementlarini tashkil etish, mamlakat sportchilari haqida maʼlumotlarni toʻplash va saqlash uchun moʻljallangan antidoping maʼmuriyatchiligi va menejment (ADAMS tizimi) boʻyicha onlayn tizimni qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) antidoping nazorati sohasida ilgʻor uslublar va texnologiyalarni oʻzaro almashish hamda ularni joriy qilish uchun yetakchi xorijiy tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) sport federatsiyalari, klublari va jamoalari tibbiyot xodimlarining malakasini oshirishga koʻmaklashish, ularga sportda doping qoʻllanishining oldini olish va antidoping nazoratini amalga oshirish borasida uslubiy yordam koʻrsatish, taʼlim dasturlarini realizatsiya qilish, sogʻlom va halol sportni targʻib qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning antidoping nazorati sohasida oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtirish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi PQ-149-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy antidoping agentligining tashkiliy tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Milliy antidoping agentligi

Axloq komissiyasi*

Terapevtik istisnolar boʻyicha komissiya**

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Axloq komissiyasi faoliyatini amalga oshirishda Milliy antidoping agentligidan boshqaruv jihatidan mustaqil hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Komissiya aʼzolari tarkibi turli tashkilotlarda faoliyat olib boradigan mustaqil ekspertlardan shakllantiriladi va ular ishga zarurat boʻlganda jalb qilinadi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-dekabrdagi PQ-373-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2025-y., 07/25/373/1157-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi PQ-149-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy antidoping agentligi faoliyatini transformatsiya qilish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoʻl xaritasi”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish muddati

Masʼullar

Bajarilgan ishlarning pirovard natijasi

I. Milliy antidoping agentligi faoliyatini samarali tashkil qilishga oid tashkiliy-huquqiy va moliyaviy chora-tadbirlar

1.

Antidoping nazoratining samarali tizimini, sportda taqiqlangan dori vositalari va boshqa moddalar qoʻllanishini nazorat qilish dasturlari va uslublari, shuningdek, sportchilar va sport tashkilotlari uchun intizomiy reglamentni ishlab chiqish va joriy etish.

2023-yil yakuniga qadar

Milliy antidoping agentligi direktori

A. Sadikov

Farmakologik taʼsirga ega taqiqlangan dori preparatlari va boshqa moddalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasining doimiy yangilab borilishi taʼminlanadi.

Sportda doping qoʻllanishining oldini olish va dopingga qarshi kurashish borasida xalqaro hamkorlik amalga oshiriladi.

2.

Doping-testlar va doping nazoratining boshqa elementlarini tashkil etish, Butunjahon dopingga qarshi kurashish agentligining respublika sportchilari haqida maʼlumotlarni toʻplash va saqlash uchun moʻljallangan antidoping maʼmuriyatchiligi va menejmenti (ADAMS tizimi) boʻyicha onlayn tizimini qoʻllash.

Reja asosida 2023-2024-yillar davomida

Milliy antidoping agentligi direktori

A. Sadikov

ADAMS maʼlumotlarni toʻplash va saqlash uchun moʻljallangan antidoping maʼmuriyatchiligi va menejmenti onlayn tizimini qoʻllash orqali sportchilarning doimiy nazorati va boshqaruvi taʼminlanadi.

3.

Milliy antidoping agentligi faoliyatini yanada kuchaytirish va ish uslubini takomillashtirish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlarni ishlab chiqish.

Maqsadli koʻrsatkichlarga erishish va bu borada samarali ish tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha agentlik tuzilmasi va nizomiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda lavozim yoʻriqnomalari va vazifalar taqsimotini puxta ishlab chiqib, tasdiqlash.

2023-yil may

Milliy antidoping agentligi direktori

A. Sadikov

Milliy antidoping agentligi faoliyati yanada takomillashtiriladi.

4.

Milliy antidoping agentligiga oid normativ- huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish hamda Butunjahon antidoping kodeksiga hamohang boʻlgan milliy antidoping qoidalarini ishlab chiqish va bosqichma-bosqich amaliyotga joriy qilish.

2023-yil oktabr

Milliy antidoping agentligi direktori

A. Sadikov

Milliy antidoping qonunchiligi asosida agentlik va sport tashkilotlari faoliyati boʻyicha sohaga oid meʼyoriy hujjatlar tizimlashtiriladi.

5.

Hukumat qarorlarini xatlovdan oʻtkazish.

Zaruratga koʻra normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqib, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil iyun

Milliy antidoping agentligi direktori

A. Sadikov

Tegishli Hukumat qarorlarini xatlovdan oʻtkazib, oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish zarur boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar mazkur qarorga muvofiqlashtiriladi.

II. Milliy antidoping agentligida korrupsiyaning oldini olish, uning rivojlanish sabablari va shart-sharoitlarini oʻrganish hamda korrupsiya omillarini bartaraf etish

6.

Milliy antidoping agentligida korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik, korrupsiyaning oldini olish, agentlikda mavzuli audio-, videoroliklar, bannerlar, axborot-targʻibot materiallari va boshqa vositalardan foydalangan holda korrupsiya omillarini bartaraf etish.

2023-yil yakuniga qadar

Milliy antidoping agentligi direktori

A. Sadikov

Korrupsiyaning xavf-xatarlarini tahlil qilish asosida agentlik xodimlarining bilimlarini oshirishga qaratilgan maqsadli tadbirlarni amalga oshirish, xususan, mavzuli audio-, videoroliklar, bannerlar, plakatlar va innovatsion axborot-targʻibot materiallaridan foydalangan holda xodimlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni, korrupsiyaga qarshi kurashishda aniq xulqni shakllantirishga qaratilgan korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlari oʻtkaziladi.

7.

Xodimlarni ishga qabul qilishda ular tomonidan kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash.

2023-yil yakuniga qadar

Milliy antidoping agentligi direktori

A. Sadikov

Xodimlar bilan mehnat shartnomasiga qoʻshimcha kelishuvga asosan, poraxoʻrlik va tovlamachilikning oldini olish, manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish va kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya etish tizimi samarali tashkil etilishi taʼminlanadi.

8.

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda Milliy antidoping agentligini malakali, chuqur nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlgan, oʻz vazifalarini sidqidildan va masʼuliyat bilan bajaradigan kadrlar bilan toʻldirish.

2023-yil yakuniga qadar

Milliy antidoping agentligi direktori

A. Sadikov,

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari

O. Xasanov

Agentlik malakali kadrlar bilan butlanadi va vazifalar ijrosi samarali tashkil etiladi.

III. Antidoping sohasini raqamlashtirish orqali doping qoidabuzarliklarini kamaytirish

9.

Sohani raqamlashtirish bilan bogʻliq boʻlgan yoʻnalishlar kesimida yagona axborot tizimini ishga tushirish. Jumladan:

doping-test va doping nazoratini tashkil qilish, sportchilar haqida maʼlumotlarni toʻplash va saqlashga oid sportchining “biologik pasporti” (ABP) onlayn tizimini joriy etish;

sportchilar uchun antidoping taʼlim elektron platformasini yaratish;

Butunjahon antidoping agentligi tomonidan tavsiya qilingan sportda taqiqlangan moddalar va boshqa uslublar boʻyicha yillik roʻyxat ishlab chiqish va Sportda taqiqlangan moddalarni tekshirish milliy platformasini joriy qilish.

Sportda taqiqlangan moddalarni tekshirish milliy platformasini bosqichma-bosqich joriy etish va axborot tizimlarini toʻliq ishga tushirish.

2023-yil yakuniga qadar

Milliy antidoping agentligi direktori

A. Sadikov,

Raqamli texnologiyalar vaziri

Sh. Shermatov

Sportchilar oʻrtasida dopingga qarshi kurashish jarayonlari kuchaytiriladi va shaffoflik hamda tezkorlik taʼminlanib, yagona elektron tizim yoʻlga qoʻyiladi.

10.

Butunjahon antidoping agentligining xalqaro doping ofitser tayyorlash kursida Milliy antidoping agentligi mutaxassislarini oʻqitib xalqaro toifadagi doping ofitserlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish.

2023-yil iyul

Milliy antidoping agentligi direktori

A. Sadikov

Yurtimizda va xorijda oʻtkaziladigan musobaqalarda doping-sinamalarni olish huquqiga ega boʻlgan xalqaro toifadagi doping ofitserlarni Xalqaro test agentligida (ITA — International Testing Agency) oʻqitish yoʻlga qoʻyiladi.

11.

Sportchilarda doping va doping oqibatlari haqida tasavvurga ega boʻlishi uchun taʼlim elektron platformasini yaratish hamda oʻquv kurslari yakunida maxsus testlarni oʻtkazgan holda onlayn QR-kodli sertifikatlashni yoʻlga qoʻyish.

2023-yil yakuniga qadar

Milliy antidoping agentligi direktori

A. Sadikov

Joylarda 20 mingdan ziyod sportchi va mutaxassislarning antidoping qoidalari boʻyicha bilim saviyasi oshiriladi.

Taqiqlangan moddalar haqida maʼlumotga ega boʻlishi va dopingga qarshi kurashish, bu borada oʻz huquq va majburiyatlarini bilish hamda trener va tibbiyot xodimlarining bilimini oshirish boʻyicha dastur va uning mobil ilovasi yaratiladi.

12.

Doping qoʻllanishining oldini olish, antidoping qoidalarini oʻrgatish va doping nazoratini amalga oshirish borasida trenerlar va tibbiyot xodimlari uchun onlayn va oflayn tarzda malaka oshirish kurslarini tashkil qilish.

2023-yil yakuniga qadar

Milliy antidoping agentligi direktori

A. Sadikov,

Yoshlar siyosati va sport vaziri

A. Ikramov

Mutaxassislar uchun malaka oshirish kurslari tashkil qilinishi bilan yiliga 2,5 ming nafar trenerlar va tibbiyot xodimlarining bilimi oshiriladi.

Malaka oshirish kurslarining sayyor holda oʻtkazilishi tinglovchilar uchun qulayliklar yaratadi.

13.

Sportchi va trenerlarning dopingga qarshi kurashish va doping profilaktikasi boʻyicha savodxonligini oshirish maqsadida 2023-yilgi kalendar reja asosida taʼlim tadbirlarini oʻtkazish.

2023-yil yakuniga qadar

Milliy antidoping agentligi direktori

A. Sadikov

Sport federatsiya (assotsiatsiya)lari hamda sport tashkilotlaridagi 15 ming nafar sportchi va trenerlar qamrab olinadi.

14.

Butunjahon antidoping agentligining “ADeL” elektron oʻquv platformasi asosida oʻzbek tilida antidoping qoidalari boʻyicha oʻquv dasturlari ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish.

2023-yil yakuniga qadar

Milliy antidoping agentligi direktori

A. Sadikov

Oʻzbek tilida 20 ta antidoping elektron oʻquv dasturlarini ishlab chiqish orqali tizimga kiritilayotgan yangilik va qoʻshimchalar mutaxassislar eʼtiboriga yetkaziladi.

15.

Yoshlar siyosati va sport vazirligi bilan hamkorlikda sport federatsiya (assotsiatsiya)lari hamda sport tashkilotlarining binolarida profilaktik targʻibot bannerlarini oʻrnatish (yangilash) hamda antidoping burchaklarni tashkil qilish.

2023-yil iyul

Milliy antidoping agentligi direktori

A. Sadikov,

Yoshlar siyosati va sport vaziri oʻrinbosari

Sh. Maxmudov

Respublikadagi sport-taʼlim muassasalari, sport federatsiya (assotsiatsiya)lari va sport klublarida antidoping qoidabuzarliklar haqida aholi xabardorligi oshiriladi.

IV. Sportda antidoping sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash

16.

Antidoping nazorati sohasida ilgʻor uslublar va texnologiyalarni oʻzaro almashish hamda ularni joriy qilish maqsadida yetakchi xorijiy tashkilotlar ishtirokida xalqaro konferensiya tashkil qilish va oʻtkazish.

2023-yil sentabr oyida Markaziy Osiyo mintaqaviy antidoping tashkiloti (RADOKA) boshqaruvining navbatdagi yigʻilishini Toshkent shahrida oʻtkazish.

Milliy antidoping agentliklari faoliyatini rivojlantirishga bagʻishlangan trening sessiyasi oʻtkazish.

2023-yil sentabr-oktabr

Milliy antidoping agentligi direktori

A. Sadikov,

Tashqi ishlar vaziri

B. Saidov

Antidoping nazorati sohasida xalqaro hamkorlik kengaytiriladi va mustahkamlanadi.

17.

Xalqaro test agentligi (ITA) bilan ikki tomonlama hamkorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzish.

2023-yil iyul

Milliy antidoping agentligi direktori

A. Sadikov

Xalqaro test agentligi (ITA) bilan aloqalar rivojlantiriladi, shuningdek, antidoping sohasidagi xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik kengaytiriladi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi PQ-149-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3457-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) nomlanishi va 1-banddan “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“3. Belgilab qoʻyilsinki, Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya mablagʻlari, xalqaro moliya institutlarining grantlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 15-banddagi “Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimov” soʻzlari “Bosh vaziri A.N. Aripov” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan va xalqaro tashkilotlarga aʼzolikdan kelib chiqadigan majburiyatlarini bajarish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4756-son qaroriga 1-ilovaning 31-pozitsiyasidan “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5057-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) nomlanishi va 1-banddan “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 7-banddagi “Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimov” soʻzlari “Bosh vaziri A.N. Aripov” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-noyabrdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-414-son qaroriga 2-ilovaning 4-bandidagi “bosh direktori” soʻzlari “direktori” soʻzi bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining “2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat Budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-471-son qaroriga 1-ilovaning 6.8-pozitsiyasidan “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2023-y., 07/23/149/0267-son; 12.12.2025-y., 07/25/373/1157-son; 23.01.2026-y., 07/26/22/0069-son)