10.12.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3722
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining qarori, 10.12.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3722
Кучга кириш санаси
11.12.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQOBATNI RIVOJLANTIRISH VA ISTEʼMOLCHILAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH QOʻMITASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI

“Sirli mijoz” va nazorat xaridi tadbirlarini oʻtkazish uchun nodavlat notijorat tashkilotlarining xodimlarini oʻqitish va ularga maxsus sertifikat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 10-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3722]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-oktabrdagi PQ-296-son “Isteʼmolchilar huquqlarini samarali himoya qilishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Sirli mijoz” va nazorat xaridi tadbirlarini oʻtkazish uchun nodavlat notijorat tashkilotlarining xodimlarini oʻqitish va ularga maxsus sertifikat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais H. TURAXUJAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 24-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
05/32-05/01-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K. SHARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 10-noyabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining 2025-yil 24-noyabrdagi 05/32-05/01-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sirli mijoz” va nazorat xaridi tadbirlarini oʻtkazish uchun nodavlat notijorat tashkilotlarining xodimlarini oʻqitish va ularga maxsus sertifikat berish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Mazkur Nizom isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish sohasidagi murojaatlarini koʻrib chiqish, “sirli mijoz” va nazorat xaridi tadbirlarini oʻtkazish uchun nodavlat notijorat tashkilotlarining xodimlarini Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi huzuridagi Raqobat siyosati va isteʼmolchilar huquqlari tadqiqotlari markazida (bundan buyon matnda Markaz deb yuritiladi) tashkil etiladigan oʻquv kursida oʻqitish va ularga maxsus sertifikat berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv kursi — isteʼmolchilarning murojaatlarini koʻrib chiqish, “sirli mijoz” va nazorat xaridi tadbirlarini oʻtkazish uchun nodavlat notijorat tashkilotlari xodimlarida zarur bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan oʻquv shakli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor — oʻquv kurslarida oʻz xodimlarini oʻqitish xohishini bildirgan nodavlat notijorat tashkilotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinglovchi — isteʼmolchilarning murojaatlarini koʻrib chiqish, “sirli mijoz” va nazorat xaridi tadbirlarini oʻtkazish yuzasidan zarur bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirish uchun Markaz tomonidan tashkil etilgan oʻquv kursiga qabul qilingan nodavlat notijorat tashkilotining xodimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv dasturi — Markaz tomonidan tashkil etilgan oʻquv kursining asosiy mazmuni va metodik tuzilishini aniqlab beruvchi hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tinglovchilar oʻquv kurslarida Markaz bilan oʻzaro tuzilgan shartnomaga muvofiq oʻqitiladi. Oʻquv kurslari yakuni boʻyicha test sinovini muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda tinglovchilarga oʻquv kursini tamomlaganligi haqida maxsus sertifikat (bundan buyon matnda sertifikat deb yuritiladi) beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tinglovchilar uchun oʻquv kurslarining davomiyligi 18 soatni tashkil etadi. Bunda, talabgorning buyurtmasiga asosan oʻquv kurslari 30 soatgacha uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tinglovchilar uchun oʻquv kurslari Markazda yoki masofaviy taʼlim shaklida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Oʻquv kurslarini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻquv kurslari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Markazning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Talabgor oʻz xodimlarini oʻqitish yuzasidan Markazga elektron yoki yozma shaklda murojaat qiladi. Bunda, Markazga kalendar yil davomida uzluksiz murojaat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Markaz tomonidan talabgorning murojaati koʻrib chiqilib, oʻquv kursini tashkil etish uchun shartnoma tuzish mumkinligi haqida uch ish kunida murojaatda koʻrsatilgan elektron pochta yoki yuridik manzilga tegishli xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar nodavlat notijorat tashkilotlarining ustavida isteʼmolchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish asosiy maqsad va vazifa sifatida nazarda tutilmaganligi aniqlansa, Markaz tomonidan murojaat rad etiladi va bu haqda talabgorga asoslantirilgan holda talabgorga elektron pochta yoki yuridik manzilga tegishli xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tinglovchilar oʻquv kurslariga Markaz direktorining buyrugʻi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Markaz talabgor tomonidan oʻquv kursida oʻqish uchun tavsiya etilgan xodimlar sonidan kelib chiqib oʻquv guruhlarini shakllantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquv guruhlari, qoida tariqasida, 5 nafardan kam boʻlmagan va 30 nafardan koʻp boʻlmagan tinglovchilardan iborat guruhlarda tashkil qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻquv kurslarining oʻquv dasturlari Markaz tomonidan ishlab chiqilib, Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻquv dasturida quyidagi masalalar qamrab olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish sohasidagi murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“sirli mijoz”, nazorat xaridi tadbirlarini oʻtkazish asoslari va tartibi hamda ushbu tadbirlar natijalarini rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo, xizmat koʻrsatish va reklama sohalarida amaldagi qonunchilik talablariga rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish asoslari va tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot maxfiyligiga rioya etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻquv kurslarida oʻquv mashgʻulotlari maʼruza, seminar va amaliy mashgʻulotlar shaklida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun Markaz, Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi, shuningdek boshqa davlat organlari va tashkilotlari mutaxassislari, ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari (ekspertlari), oliy taʼlim tashkilotlari professor va oʻqituvchilari, xorijiy mutaxassislar shartnoma asosida jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻquv kurslarini bevosita Markazda oʻqish istagini bildirgan tinglovchilar uchun oʻquv mashgʻulotlari Markaz oʻquv auditoriyasida yoki u tomonidan tanlangan boshqa oʻquv auditoriyalarida, masofaviy taʼlim shaklida oʻqiydigan tinglovchilar uchun maxsus elektron platformalardan foydalangan holda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Barcha turdagi oʻquv mashgʻulotlarining davomiyligi 80 daqiqani, oʻquv mashgʻulotlari oʻrtasidagi tanaffus kamida 10 daqiqani tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tinglovchilar oʻquv kurslarni tashkil etish va oʻtkazish rejasiga, oʻqish davomiyligiga amal qilishi, shuningdek oʻquv jarayonida shaxsan oʻzi ishtirok etishi talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Oʻquv kurslari yakuni boʻyicha test sinovlarini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻquv kurslarining yakuni boʻyicha tinglovchilarning bilimi va oʻzlashtirishini baholash maqsadida Markaz tomonidan test sinovlari oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Test sinovlari qogʻoz shaklida yoki tegishli dasturiy taʼminot asosida kompyuterlar orqali oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Test sinovlarini oʻtkazish uchun Markaz direktorining buyrugʻiga asosan 5 nafardan iborat imtihon komissiyasi tuziladi (bundan buyon matnda komissiya deb yuritiladi) va uning tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi va Markaz xodimlari hamda boshqa davlat organlari va tashkilotlari mutaxassislari, ilmiy muassasalarning professor va oʻqituvchilari kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya ishida aʼzolaridan 3 nafari ishtirok etganda, ushbu komissiya vakolatli (kvorumga ega) hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Komissiya tarkibidan komissiya raisi va masʼul kotib tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Komissiya hujjatlari komissiyaning masʼul kotibi tomonidan yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Test sinovlari qogʻoz shaklida oʻtkazilganda, tinglovchilar maxsus videokuzatuv bilan jihozlangan auditoriyada bir-birlariga xalaqit qilmaydigan tarzda, alohida stollarga joylashtirilib, test varaqalari tarqatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Test sinovlari tegishli dasturiy taʼminot asosida kompyuterlar orqali oʻtkazilganda, tinglovchilar maxsus jihozlangan kompyuter xonalarida Markazning masʼul xodimi va komissiya aʼzolarining kuzatuvida, tegishli dasturiy taʼminot orqali elektron tarzda roʻyxatdan oʻtgan holda test sinovlarini topshirishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tinglovchi test sinovlarini masofaviy tarzda (onlayn) tegishli dasturiy taʼminotdan foydalangan holda kompyuter orqali topshirsa, ushbu tinglovchi “ZOOM” platformasi orqali Markaz masʼul xodimining va komissiya aʼzolarining videokuzatuvi ostida boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Test sinovlari paytida har bir tinglovchiga 25 ta savoldan iborat test savollari qogʻoz shaklida yoki tegishli dasturiy taʼminot orqali elektron shaklda taqdim etiladi va toʻgʻri javoblarni belgilash uchun jami 60 daqiqa vaqt belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Test sinovlari oʻtkazilayotgan vaqtda aloqa va telekommunikatsiya vositalari (telefon, kompyuter, planshet va boshqalar), kitob hamda shpargalkalardan foydalanishi hamda boshqa shaxslar bilan suhbatlashish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu talablarga rioya qilmagan tinglovchi komissiya aʼzolari tomonidan tuzilgan dalolatnoma asosida test sinovidan chetlashtiriladi. Dalolatnoma tinglovchi ishtirokida rasmiylashtiriladi. Agar tinglovchi dalolatnomaga imzo qoʻyishdan bosh tortsa, bu holat haqida dalolatnomaga tegishli yozuv kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Test sinovlarini masofaviy (onlayn) tarzda, tegishli dasturiy taʼminot orqali kompyuterda topshirish jarayonida mazkur bandning birinchi xatboshisida belgilangan harakatlar sodir etilganligi videokuzatuv orqali aniqlangan taqdirda, tinglovchi test sinovidan chetlashtiriladi. Bunda, komissiya aʼzolari tomonidan dalolatnoma rasmiylashtiriladi va videotasvirlar unga ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chetlashtirish toʻgʻrisidagi dalolatnomalar test natijalarini hisobga olmaslik uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Tinglovchining bilimi va oʻzlashtirishi toʻgʻri javoblar soniga koʻra quyidagicha baholanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21 ta va undan ortiq toʻgʻri javob — “aʼlo”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16 tadan 21 tagacha toʻgʻri javob — “yaxshi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12 tadan 16 tagacha toʻgʻri javob — “qoniqarli”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12 tagacha toʻgʻri javob — “qoniqarsiz”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Test sinovlari tegishli dasturiy taʼminot asosida kompyuterlar orqali oʻtkazilganda, test natijasi barcha savollar yuzasidan javoblar belgilab boʻlingach yoki javoblarni belgilash uchun ajratilgan 60 daqiqa vaqt tugagach, shu zahoti avtomatik tarzda tegishli dasturiy taʼminot tomonidan eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Test sinovlari qogʻoz shaklida oʻtkazilganda test natijasi barcha savollar yuzasidan javoblar belgilab boʻlingach yoki javoblarni belgilash uchun ajratilgan 60 daqiqa vaqt tugagach, komissiya aʼzolari tomonidan koʻpi bilan 30 minut vaqt ichida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Test sinovlari natijalari yuzasidan komissiya tomonidan umumiy bayonnoma rasmiylashtiriladi va Markazda doimiy saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Test sinovlari natijalariga koʻra, “aʼlo”, “yaxshi” va “qoniqarli” baholarni olgan tinglovchilar test sinovidan muvaffaqiyatli oʻtgan hisoblanadi va ularga test natijalari eʼlon qilingan kunning oʻzidan kechiktirmay sertifikat taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Test sinovlari natijalariga koʻra, “qoniqarsiz” baho olgan tinglovchilar qayta test sinovlarini topshirish uchun navbatdagi test sinovlarida ishtirok etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, test sinovini qayta topshirish uchun toʻlov undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Tinglovchi qayta test sinovi natijasida ham “qoniqarsiz” baho olgan taqdirda, sertifikat taqdim etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Test sinovlari natijalari aks ettirilgan videoyozuvlar bir yil davomida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Tinglovchilarga berilgan sertifikatlar Markaz tomonidan yuritiladigan yagona elektron reyestrda roʻyxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Test sinovlari natijalari yuzasidan apellyatsiya berish va uni koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Tinglovchi test sinovlari natijasidan norozi boʻlgan taqdirda, u natijalar eʼlon qilingan kundan boshlab besh ish kuni ichida apellyatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda apellyatsiya shikoyati berish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Apellyatsiya komissiyasi Markaz direktorining buyrugʻi asosida besh nafardan iborat tarkibda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya komissiyasi tarkibidan komissiyasi raisi va masʼul kotib tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya komissiyasiga boshqa tashkilotlardan ham mutaxassislar jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Apellyatsiya komissiyasi unda aʼzolarning kamida uch nafari qatnashsa, vakolatli (kvorumga ega) hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Bir shaxs bir vaqtning oʻzida imtihon komissiyasi va apellyatsiya komissiyasi aʼzosi boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Test sinovi natijalaridan norozi boʻlgan tinglovchi apellyatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda apellyatsiya shikoyati berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Kelib tushgan apellyatsiya shikoyati shu kunning oʻzida kirim qilinib, apellyatsiya komissiyasi masʼul kotibiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyatini, u kelib tushgan kundan boshlab uch ish kuni ichida koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan tinglovchini shikoyatni koʻrib chiqish vaqti va joyi haqida ogohlantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan tinglovchi mazkur shikoyatni koʻrib chiqishda ishtirok etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqishda apellyatsiya komissiyasi test sinovini oʻtkazish bilan bogʻliq materiallarni har tomonlama oʻrganadi. Apellyatsiya komissiyasi tomonidan apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish davomida tinglovchiga uni qayta baholashga qaratilgan savollar berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Shikoyatni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha apellyatsiya komissiyasi tomonidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
test sinovi natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
test sinovi natijalariga oʻzgartirish kiritish va qayta baholash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Apellyatsiya shikoyatini koʻrishda tinglovchining test sinovi natijasini pasaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Apellyatsiya komissiyasining koʻrib chiqilishi natijasi komissiyada ishtirok etgan barcha aʼzolar tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Tinglovchi apellyatsiya komissiyasi yigʻilishida bevosita ishtirok etgan taqdirda komissiya qarori shikoyat koʻrib chiqilgan kunning oʻzida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tinglovchi apellyatsiya komissiyasi yigʻilishida ishtirok etmagan taqdirda komissiya qaroridan koʻchirma bir ish kuni ichida tinglovchiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Apellyatsiya komissiyasi tomonidan test sinovi natijalariga oʻzgartirish kiritilganda hamda tinglovchi test sinovini muvaffaqiyatli topshirgan deb topilganda, unga sertifikat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Apellyatsiya komissiyasi qarori ustidan tinglovchi yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Tinglovchilar quyidagi holatlarda oʻquv kursidan chetlashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv intizomini va ichki tartib-qoidalarni buzganligi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv mashgʻulotlarini uzrli (kasalligi, xizmat vazifalarini bajarganligi, yaqin qarindoshining vafoti) sabablarsiz 9 akademik soat va undan ortiq qoldirganligi uchun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2025-y., 10/25/3722/1148-son)