06.12.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3159-3
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslarning tibbiy-sanitariya taʼminoti boʻyicha qoidalarga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 6-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3159-3]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 26-iyundagi OʻRQ-1072-son “Jinoyat ishini yuritish chogʻida qamoqda saqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qamoqqa olinganlarga nisbatan qiynoqqa solish hollarining oldini olishga qaratilgan qoʻshimcha kiritish haqida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 23-martdagi 67-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3159, 2019-yil 20-may) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2019-y., 10/19/3159/3151-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslarning tibbiy-sanitariya taʼminoti boʻyicha qoidalarga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir A. TASHPULATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 24-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
676-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vaziri A. XUDAYAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 12-noyabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 24-noyabrdagi 676-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslarning tibbiy-sanitariya taʼminoti boʻyicha qoidalarga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 8-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“THda majburiy hamda JIEMda birlamchi tibbiy koʻrikdan oʻtkazish;”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 13 va 14-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“13. THga keltirilgan shaxslar (tranzit tariqasida olib kelinayotganlar ham) THga olib kelingan paytdan eʼtiboran ikki soat ichida majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi. Ushbu koʻrik tibbiyot xodimi tomonidan shaxsning atrofdagilarga epidemiologik xavf tugʻdirishi ehtimolini aniqlash, shoshilinch yoki kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordamga muhtojligini belgilash, tana koʻrigi, antropometriya va termometriya tekshiruvlarini oʻtkazish, shuningdek tan jarohatlari va shikastlanish belgilari, yaralar hamda ularning darajasini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
THga keltirilgan shaxsni majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish davomida THning u bilan bir jinsda boʻlgan xodimi ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy tibbiy koʻrikni oʻtkazishda THga keltirilgan shaxsning roziligi bilan uning advokati ham ishtirok etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Majburiy tibbiy koʻrik natijasida aniqlangan kasalliklar yoki shikastlanishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mazkur Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq tibbiyot xodimi tomonidan jurnalga qayd etiladi hamda ushbu Qoidalarning 11-ilovasida koʻrsatilgan namunadagi tibbiy maʼlumotnoma rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiy maʼlumotnomaning bir nusxasi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan shaxsga imzo qoʻydirib tanishtirilganidan keyin uning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildiga qoʻshib qoʻyiladi, ikkinchi nusxasi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan shaxsni THga olib kelgan xodimlarga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiy maʼlumotnomaning koʻchirma nusxasi THga olib kelingan shaxsning yoki uning advokatining talabiga asosan tegishincha THga olib kelingan shaxsga yoki uning advokatiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
THga olib kelingan shaxslar boshqa THga oʻtkazilganda yoki protsessual harakatlar oʻtkazish uchun olib chiqilib, THga qaytarilganda ular ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan tartibda majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“16. THga olib kelingan shaxs majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish vaqtida uning tanasida jarohatlar, shikastlanishlar va yaralar aniqlangan taqdirda, mazkur Qoidalarning 12-ilovasiga muvofiq uch nusxada dalolatnoma tuzilib, dalolatnoma tergov hibsxonasi boshligʻining yordamchisi — tezkor navbatchi va shaxsni olib kelgan qorovul boshligʻi tomonidan imzolanadi. Dalolatnomaning bir nusxasi qorovul boshligʻiga, ikkinchi nusxasi tergov hibsxonasi boshligʻining yordamchisi — tezkor navbatchiga, uchinchi nusxasi davolash-profilaktika yordamini koʻrsatish boʻlimiga beriladi hamda tibbiyot xodimi tomonidan bildirgi orqali muassasa rahbariyatiga axborot beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy tibbiy koʻrik davomida aniqlangan jarohatlar, shikastlanishlar va yaralar yuzasidan THga olib kelingan shaxsga shu vaqtning oʻzida maʼlum qilinadi va zudlik bilan TH tezkor — qidiruv xizmati xodimlari tomonidan prokurorga xabar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur holat yuzasidan TH tezkor-qidiruv xizmati xodimlari tomonidan tekshiruv oʻtkazilib, natijalari tegishli hududiy prokuraturaga yuboriladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 17-banddagi “birlamchi tibbiy koʻrik” degan soʻzlar “majburiy tibbiy koʻrik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 97-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“97. JIEMga keltirilgan barcha shaxslar birlamchi tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, ularda tan jarohati va shikastlanish belgilari va yaralar bor yoki yoʻqligi tekshiriladi. Har bir aniqlangan tan jarohati, shikastlanish va yaralar boʻyicha dalolatnoma tuzilib, bu haqda muassasa boshligʻining yordamchisi — tezkor navbatchi xabardor qilinadi va tibbiyot xodimi tomonidan bildirgi orqali muassasa rahbariyatiga axborot beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur holat yuzasidan JIEM tezkor-qidiruv xizmati xodimlari tomonidan tekshiruv oʻtkazilib, natijalari tegishli hududiy prokuraturaga yuboriladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimchaning 1 va 2-ilovalariga muvofiq tahrirdagi 11 va 12-ilovalar bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslarning tibbiy-sanitariya taʼminoti boʻyicha qoidalarga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchaga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslarning tibbiy-sanitariya taʼminoti boʻyicha qoidalarga
11-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
____-son tergov hibsxonasiga keltirilgan shaxsni majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼLUMOTNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1. Familiyasi, ismi, otasining ismi ___________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

2. Tugʻilgan sanasi (kun, oy, yil) __________________

3. Jinsi: (erkak yoki ayol) ________________________

4. Tergov hibsxonasiga keltirilgan sana ____________________________________

5. Jinoyat kodeksining moddasi __________________________________________

6. Jazo muddati: _______________________________________________________

7. Transportabellik holati (mustaqil harakatlanadi, mustaqil harakatlana olmaydi) ________

_________________________________________________________________________________________

8. Antropometrik oʻlchovlar: Boʻyning uzunligi: ______ sm. Tanasining vazni: ________ kg.

9. Tana koʻrigi (tan-jarohatlar, koʻkarish, shilinishlar joylashgan joyi, oʻlchami va boshqalar mavjudligi yoki mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritiladi) _________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

10. Shikoyatlari: ____________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

11. Umumiy ahvoli (qoniqarli, nisbatan qoniqarli, oʻrta ogʻir va ogʻir): ____________________

_________________________________________________________________________________________

12. Tana harorati _______

13. Nafas olish tizimi: __________________ NS _______ ta

14. Yurak-qon aylanish tizimi: ___________________________________________

Arterial qon bosimi: _________ puls 1 minutda _______ ta;

15. Aniqlangan tan jarohat toʻgʻrisidagi maʼlumotlar: ___________________________________

_________________________________________________________________________________________

16. Shaxsning shoshilinch ravishda ixtisoslashgan tibbiy yordam va qoʻshimcha tekshiruvlarga muhtoj yoki muhtoj emasligi _______________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

17. Birlamchi tashxis: ________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

18. Shaxsni qabul qilib olish mumkin yoki mumkin emasligi toʻgʻrisida tibbiyot xodimining tavsiyasi: _________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

Tibbiyot xodimi:

_______________________

___________

(F.I.O. toʻliq koʻrsatilsin)

(imzo)

20___ yil “____” __________

Maʼlumot bilan tanishdim:

_______________

________________________

(Tergov hibsxonasiga keltirilgan shaxsning imzosi)

(F.I.O)

20___ yil “____” __________

”.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslarning tibbiy-sanitariya taʼminoti boʻyicha qoidalarga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchaga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslarning tibbiy-sanitariya taʼminoti boʻyicha qoidalarga
12-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
____-son tergov hibsxonasiga keltirilgan shaxsda aniqlangan tan jarohati va shikastlanish belgilari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DALOLATNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Biz quyida imzo chekuvchilar, ____-son tergov hibsxonasi davolash-profilaktika yordamini koʻrsatish boʻlimi tibbiyot xodimi ___________________________________________________________,

(unvoni, F.I.O toʻliq koʻrsatilsin)

tergov hibsxonasi boshligʻining yordamchisi — tezkor navbatchi __________________________________,

____________________________________________________________ (unvoni, F.I.O toʻliq koʻrsatilsin)

shaxsni olib kelgan qorovul boshligʻi _____________________________________________ ishtirokida

______________________________________________ (unvoni, F.I.O toʻliq koʻrsatilsin)

quyidagilar toʻgʻrisida ushbu dalolatnomani tuzdik, ____-son tergov hibsxonasiga 20___ yil _____ (kun sanasi)

_____ (oy) kuni keltirilgan shaxs ___________________________________________________________

_______________________________________________ (tugʻilgan yili. F.I.O, toʻliq)

soat: _____da tana koʻrigidan oʻtkazildi.

Majburiy tibbiy koʻrikdagi _____________________________________________________ ning

__________________________________________________ (shaxsning F.I.O)

tanasida, yaʼni ____________________________________________________________________________

____________________________________________________________________ mavjudligi aniqlandi.

Majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan shaxs ______________________________________ uning

__________________________________________________________ (shaxsning F.I.O)

tanasida aniqlangan tan jarohat yoki shikastlanishini _________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________ olganligini maʼlum qildi.

Majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan shaxs _______________________________________ ning

________________________________________________________ (shaxsning F.I.O)

sogʻligʻi holati boʻyicha _____________________________________________________________________

___________________________________ (ixtisoslashgan tibbiy yordamga va tekshiruvlarga muhtoj/muhtoj emas)

__________ deb topilganligi tufayli, uni tergov hibsxonaga __________________ lozim deb topildi.

______________________________________________________ (qabul qilish/qabul qilmaslik)

_____-son tergov hibsxonasi davolash-profilaktika yordamini koʻrsatish boʻlimi shifokori

_________

____________________________

(imzo)

(unvoni, F.I.O toʻliq koʻrsatilsin)

____-son tergov hibsxonasi boshligʻining tezkor navbatchi yordamchisi

_________

____________________________

(imzo)

(unvoni, F.I.O toʻliq koʻrsatilsin)

Qorovul boshligʻi:

_________

____________________________

(imzo)

(unvoni, F.I.O toʻliq koʻrsatilsin)

”.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 10/25/3159-3/1132-son)