04.12.2025 yildagi 766-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Xizmat doirasida foydalanish uchun grifli hujjatlar bilan ishlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat doirasida foydalanish uchun grifli hujjatlar bilan ishlash tartibini belgilash, mazkur turdagi hujjatlar bilan elektron ish yuritish jarayonlarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Xizmat doirasida foydalanish uchun grifli hujjatlar bilan ishlash qoidalari (keyingi oʻrinlarda — Qoidalar) ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat doirasida foydalanish uchun (keyingi oʻrinlarda — XDFU) grifli hujjatlar matnlarini tuzish va rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XDFU grifli hujjatlar bilan ishlashda elektron hujjat aylanish tizimlariga qoʻyiladigan talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelib tushadigan, ish faoliyatida foydalanish uchun cheklangan hujjatlarni qabul qilish, roʻyxatga olish va yoʻnaltirish (topshirish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XDFU grifli hujjatlarni koʻpaytirish va tarqatish (joʻnatish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XDFU grifli hujjatlardan foydalanish, XDFU grifini bekor qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq, davlat organlari va tashkilotlariga oʻzlarining XDFU grifli hujjatlari boʻyicha axborot xavfsizligini taʼminlash yuzasidan tegishli ekspertizadan oʻtkazilgan elektron hujjat aylanish tizimlarida ish yuritishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligiga XDFU grifli hujjatlar bilan ishlashda quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlarining XDFU grifli hujjatlar bilan ishlashga doir faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlarining XDFU grifli hujjatlar bilan ishlashga doir faoliyatini monitoring va nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XDFU grifli hujjatlar bilan ishlash ustidan nazoratni amalga oshirishda tegishli davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XDFU grifli hujjatlar bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari buzilishlari aniqlanganda, ularni bartaraf etish boʻyicha majburiy koʻrsatmalar berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Adliya vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda “Oʻzarxiv” agentligiga XDFU grifli hujjatlar bilan ishlashni muvofiqlashtirish boʻyicha qoʻshimcha shtat birliklarini ajratish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Raqamli texnologiyalar vazirligi “Kiberxavfsizlik markazi” DUK bilan birgalikda ikki oy muddatda “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimini va uning negizida ishlab chiqilgan “edo.ijro.uz” elektron hujjat aylanish modulini ushbu qaror bilan tasdiqlanayotgan Qoidalar talablariga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Kiberxavfsizlik markazi” DUK bilan birgalikda oʻzlarining elektron hujjat aylanish tizimlarida barcha axborot xavfsizlik choralarini koʻrgan holda XDFU grifli hujjatlar bilan ishlash uchun texnik imkoniyatlar yaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oʻzlari tomonidan qabul qilingan XDFU grifli hujjatlar bilan ishlash tartiblarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Adliya vazirligi bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Qoidalarga ilovada keltirilgan xizmat doirasida foydalanish cheklangan maʼlumotlarning namunaviy roʻyxatiga muvofiq XDFU toifasiga kiritiladigan sohaviy maʼlumotlar roʻyxatini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qaror bilan tasdiqlanayotgan Qoidalar ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A.D. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 4-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
766-son

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-dekabrdagi 766-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat doirasida foydalanish uchun grifli hujjatlar bilan ishlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOIDALARI

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xizmat doirasida foydalanish uchun grifli hujjatlar bilan ishlash qoidalari (keyingi oʻrinlarda — Qoidalar) davlat organlari va tashkilotlarida xizmat doirasida foydalanish uchun (keyingi oʻrinlarda — XDFU) grifli hujjatlar bilan ishlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qoidalar davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan hujjatlar bilan ishlashga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viza qoʻyish — mansabdor shaxs tomonidan imzo qoʻyish orqali hujjatning mazmuni bilan tanishgani, roziligi va kelishganini bildiruvchi belgi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
devonxona — davlat organi va tashkilotlaridagi zimmasiga XDFU grifli hujjatlar bilan ishlashni tashkil qilish va uning funksiyalari yuklangan boʻlinma (yoki vakolatli xodim);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yechib olinadigan tashuvchilar — qurilma yoki tizimdan osonlikcha yechib olinib, boshqa qurilma yoki tizimda foydalanilishi mumkin boʻlgan axborot tashuvchi vositalar (CD-DVD, flesh-xotira, tashqi qattiq disklar, SD-karta va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy tashuvchilar — olinadigan (olinmaydigan) (magnit, optik, lazer yoki boshqalar) elektron axborot tashuvchilardagi ularning elektron shakllarini oʻz ichiga oladigan kerakli maʼlumotlar yaratish, qayd qilish, uzatish, olish, saqlash yoki boshqa usulda foydalanish amalga oshiriladigan axborot tashuvchilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
munosabat belgisi (rezolyutsiya) — mansabdor shaxs tomonidan hujjat boʻyicha topshiriqni oʻz ichiga olgan yozuv;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat doirasida foydalanish cheklangan axborot — qonunchilik hujjatlariga muvofiq foydalanish uchun cheklangan, davlat va xizmat sirlariga mansub boʻlmagan, hujjatlashtirilgan axborot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat doirasida foydalanish cheklangan axborotni oshkor qilish — har qanday shakldagi xizmat doirasida foydalanish cheklangan axborot (yozma, boshqa shaklda, shu jumladan, texnik vositalardan foydalangan holda) axborot egasining roziligisiz yoki mehnat shartnomasiga (kontraktiga) yoxud fuqarolik-huquqiy shartnomaga zid holda uchinchi shaxslarga maʼlum boʻlishiga olib keladigan harakat yoki harakatsizlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XDFU grifli hujjatlar — moddiy tashuvchida qayd qilingan, uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan rekvizitlarga ega boʻlgan, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan xizmat doirasida foydalanish cheklangan hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XDFU grifli hujjatlar bilan ishlash qoidalari — axborotni foydalanish uchun qulay boʻlgan maʼlumotlar koʻrinishida taqdim etish maqsadida saqlash, qidirish, tahlil qilish, baholash, qayta ishlash bilan bogʻliq operatsiyalar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XDFU grifi — xizmat doirasida foydalanishni cheklash uchun axborot tashuvchilarga tushirilgan yoki elektron faylga oʻrnatilgan rekvizit;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlarni (axborotni) qayta ishlash — axborot texnologiyalari vositalaridan foydalangan holda axborotni tayyorlash, kiritish, toʻplash, saqlash, nusxa koʻchirish, chiqarish, aks ettirish, qabul qilish va uzatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. XDFU grifli hujjatlar davlat organlari va tashkilotlarining hujjatlar bilan ish yuritish tartibi hamda xususiyatidan kelib chiqib, ushbu Qoidalar asosida elektron yoki zaruratga koʻra, anʼanaviy shaklda yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat organlari va tashkilotlarida XDFU grifli hujjat bilan ishlash (XDFU grifli hujjatlarni roʻyxatga, hisobga olish, koʻpaytirish, saqlash va ulardan foydalanishni nazorat qilish) uchun mazkur idoralar rahbarlari, devonxona xodimlari, hujjatni tayyorlagan hamda u bilan ishlashga masʼul ijrochi shaxslar javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat organlari va tashkilotlarining devonxonalari tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XDFU grifli hujjatlar bilan ishlashda tashkiliy va uslubiy jihatdan rahbarlik hamda nazorat amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlar XDFU grifli hujjatlar bilan ishlash tartibi bilan tanishtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Qoidalarga ilovada keltirilgan xizmat doirasida foydalanish cheklangan maʼlumotlarning namunaviy roʻyxatiga muvofiq davlat organlari va tashkilotlari tomonidan XDFU toifasiga kiritiladigan sohaviy maʼlumotlar roʻyxati tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu sohaviy roʻyxatga davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga koʻra ochiq eʼlon qilinadigan maʼlumotlar kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Umummajburiy davlat koʻrsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, oʻzgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjatlar XDFU grifli hujjat shaklida qabul qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi, xizmat doirasida foydalanish cheklangan maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi hujjatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Hujjatni XDFU toifasiga kiritish va XDFU grifini qoʻyish toʻgʻrisidagi qaror quyidagi masʼul shaxslar tomonidan qabul qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijrochi tomonidan — hujjat loyihasini tayyorlash davomida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organi va tashkiloti yoki uning tarkibiy boʻlinmasi rahbari tomonidan — hujjatni kelishayotganda (viza qoʻyayotganda) yoki imzolayotganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatiga uning eʼlon qilinishi boʻyicha cheklov toʻgʻrisida grif Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi reglamentiga muvofiq qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjat matnida hajmidan qatʼi nazar, xizmat doirasida foydalanish cheklangan axborot mavjud boʻlganda, ushbu hujjatga XDFU grifi qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat organi va tashkilotiga XDFU grifi ostida kelib tushgan hujjat grifini uni belgilagan davlat organi yoki tashkiloti bekor qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari hamda vakolatli xodimlari imzolanayotgan hujjatning XDFU grifli hujjat sirasiga asosli kiritilishi va XDFU grifi bekor qilinishi uchun shaxsan javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. XDFU grifli hujjatlar bilan ishlashda elektron hujjat aylanish tizimlariga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Davlat organlari va tashkilotlarida XDFU grifli hujjatlar bilan ishlash XDFU grifli hujjatlarni qayta ishlashga ruxsat berilgan hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazilgan elektron hujjat aylanish tizimlari (keyingi oʻrinlarda — elektron hujjat aylanish tizimlari) orqali amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Telekommunikatsiya tarmoqlarida XDFU grifli hujjatlar almashinuviga axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablariga muvofiq faqat himoyalangan elektron pochta tizimi va (yoki) kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazilgan elektron hujjat aylanish tizimlari yoxud moddiy tashuvchilar mavjud boʻlganda ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kriptografik himoya vositalari va elektron raqamli imzo vositalaridan foydalanish axborot tizimlarida xizmat doirasida foydalanish cheklangan axborotni qayta ishlashning asosiy sharti hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron hujjat aylanish tizimlari, XDFU grifli hujjatlarni qayta ishlovchi texnik va dasturiy vositalar, tashkiliy texnika, kompyuter texnikasi va uskunalari, telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalari axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda elektron hujjat aylanish tizimlarida elektron XDFU grifli hujjatlarni yuklab olish va boshqacha usulda saqlash, matnni koʻchirib olish, shuningdek, chop etish imkoniyatlari cheklanishi, XDFU grifli hujjatlar elektron tarzda koʻpaytirilganda, uning har bir nusxasini qatʼiy identifikatsiya qilish imkonini berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Elektron hujjat aylanish tizimlarida koʻpaytirilgan, chop etilgan yoki yuklab olingan XDFU grifli hujjatning har bir nusxasida nusxa raqami aks ettirilgan maxsus suv belgisi, chop etilgan yoki yuklab olingan kompyuter texnikasi tarmoq manzili va foydalanuvchi profili, chop etilgan yoki yuklab olingan vaqt va sana koʻrsatilgan texnik maʼlumotlar bilan shakllantirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. XDFU grifli hujjatlar bilan anʼanaviy shaklda ishlashga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qogʻoz shaklda kelib tushadigan va joʻnatiladigan XDFU grifli hujjatlar devonxona xodimlari tomonidan markazlashgan holda alohida jurnallarda roʻyxatga olinadi va ijroga qaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jurnallar roʻyxatga olishning quyidagi majburiy rekvizitlar tarkibiga ega boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatning muallifi (korrespondent);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjat nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjat sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjat indeksi (tashkilotga kelib tushuvchi hujjatlar uchun hujjatning kelib tushish sanasi va indeksi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjat sarlavhasi yoki uning qisqacha mazmuni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
munosabat belgisi (ijrochi, topshiriq mazmuni, muallif, sana);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijro etish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijro etilgani haqidagi belgi (masalaning hal qilinish mohiyati boʻyicha qisqacha yozuv;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalda ijro etilish sanasi va javob (hujjatning indeksi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yigʻmajild tartib raqami.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. XDFU grifi bilan kelib tushgan har bir hujjatning pastki qismiga uni qabul qiluvchi davlat organi yoki tashkilotining nomi yozilgan roʻyxatga olish shtampi qoʻyiladi va munosabat belgisi boʻyicha ijrochilarga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir nechta tarkibiy boʻlinmalar tomonidan bajariladigan hujjatlar ularga nusxa koʻchirish orqali topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ijro etilgan hujjat (ijro etilgani toʻgʻrisidagi belgi bilan) yigʻmajildga qoʻshib qoʻyish uchun devonxonaga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar davlat organi va tashkiloti yigʻmajildlar nomenklaturasida tarkibiy boʻlinmada XDFU grifi boʻlgan yigʻmajildlarni yuritish koʻzda tutilgan boʻlsa, u holda ijro etilgan hujjat davlat organi va tashkiloti rahbarining munosabat belgisida birinchi ijrochi sifatida koʻrsatilgan ushbu tarkibiy boʻlinmaning tegishli yigʻmajildiga tikiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Imzolangan hujjat roʻyxatga olish uchun devonxonaga yoki tegishli tarkibiy boʻlinmaga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Hujjatning qoralama variantlari, shu jumladan, qoralama variantlarning vizalangan nusxalari tiklab boʻlmaydigan darajada ijrochi tomonidan yoʻq qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Notoʻgʻri rasmiylashtirilgan yoki toʻliq boʻlmagan hujjat kamchiliklarini bartaraf etish uchun devonxona xodimi tomonidan ijrochiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Joʻnatishdan oldin XDFU grifli hujjatlar devonxona xodimi tomonidan zich, yorugʻlik oʻtkazmaydigan qogʻozdan tayyorlangan konvertlarga (paketlarga) joylanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. XDFU grifli hujjatlar belgilangan tartibda, joʻnatish reyestrlariga muvofiq feldyegerlik, maxsus aloqa yoki buyurtma pochta joʻnatmasi orqali yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. XDFU grifli hujjatlarni, zaruratdan kelib chiqib, yigʻmajildlarga alohida yoki grifi boʻlmagan xuddi shu masaladagi hujjatlar bilan birga guruhlashga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Oshkor etilishi mumkin boʻlmagan maʼlumotlar bilan birgalikda, XDFU grifi boʻlmagan hujjatlar joylashgan yigʻmajildlar XDFU grifli hujjatlar toifasiga kiritilishi kerak. Bunday yigʻmajildlarning muqovalariga XDFU grifi qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. XDFU grifi boʻlgan hujjatlar va yigʻmajildlarini shakllantirish, tartibga keltirish, shu jumladan, qimmatliligini aniqlash boʻyicha ekspertizadan oʻtkazish, yoʻq qilishga saralab olish, uning natijalarini koʻrib chiqish hamda tasdiqlash umumiy ish yuritish hujjatlari uchun belgilangan talablar va tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Yoʻq qilish uchun tanlab olingan, XDFU grifi boʻlgan hujjatlar, yigʻmajildlar makulatura sifatida qayta ishlashga topshirilishidan oldin matnni oʻqish va axborotni qayta tiklash imkoniyatini istisno etadigan darajada majburiy tartibda maydalanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Kelib tushadigan hujjatlarni qabul qilish, roʻyxatga olish va ularni yuborish (topshirish)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Kelib tushadigan XDFU grifli hujjatlarni qabul qilish, roʻyxatga olish va yoʻnaltirish (topshirish) devonxona xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlar ish vaqtidan tashqari vaqtda kelib tushganda, ularga ishlov berish va ijrochilarga topshirish hujjat kelib tushgan kuni yoki keyingi ish kunidan kechiktirmay amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. XDFU grifi bilan kelib tushayotgan barcha hujjatlar devonxona xodimlari tomonidan qabul qilinadi va ochiladi (“Shaxsan” belgisi boʻlgan hujjatlar bundan mustasno). Bunda hujjatlar varaqlari va nusxalarining soni, kuzatuv xatida koʻrsatilgan ilovalarning borligi tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Hujjatlarda koʻrsatilgan ilovalarning mavjud emasligi yoki texnik xatoligi aniqlanganda, ushbu hujjatlar uni qabul qilgan shaxs tomonidan asoslari va (yoki) sabablari koʻrsatilgan holda tegishli izoh kelib tushgan elektron hujjat aylanish tizimi yoki boshqa telekommunikatsiya tarmoqlari orqali hujjat kelib tushgan kuni yoki keyingi ish kunidan kechiktirmay joʻnatgan tashkilotga qaytarib yuboriladi. Konvert (paket) orqali kelib tushgan hujjatlar boʻyicha esa ushbu muddatlarda ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, uning bir nusxasi devonxonada qoladi, ikkinchisi esa konvertni (paketni) joʻnatgan tashkilotga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. XDFU grifi bilan kelib tushgan har bir hujjatga roʻyxatga olish jurnaliga muvofiq elektron shaklda tartib raqami va sanasi qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. XDFU grifli hujjatlar roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng davlat organi va tashkiloti rahbari yoki u vakolat bergan shaxsning munosabat belgisi bilan ijroga qaratiladi hamda xodimga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Joʻnatiladigan va ichki hujjatlarni tuzish va rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Davlat organlari va tashkilotlarida XDFU grifli hujjatlarning matnlarini tuzish va rasmiylashtirish umumiy ish yuritish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi, ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. XDFU grifli hujjatlarni rasmiylashtirish, roʻyxatga olish, nusxa koʻchirish (koʻpaytirish), hisobga olish, saqlash va yoʻq qilish ishlari olib boriladigan xizmat xonalari hujjatning yoʻqolishi, oshkor etilishi hamda ularga begona shaxslarning nazoratsiz kirish imkoniyatini cheklaydigan qulayliklarga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. XDFU grifi hujjatning birinchi sahifasi yuqori oʻng burchagiga va hujjatlarga ilova qilingan xatning birinchi sahifasiga qoʻyiladi hamda grif ostida hujjat nusxasining raqami koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Axborot tashuvchilardan qatʼi nazar, kuzatuv xatlariga ilovalar kuzatuv xatida sanab koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ilova elektron hujjat shaklida yechib olinadigan tashuvchilarda yuborilayotgan boʻlsa, ilova qilingan xatda “ilova” soʻzidan keyin yechib olinadigan tashuvchilar turi, uni hisobga olish raqami va XDFU grifi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda yuborilayotgan hujjatlar (fayllar) roʻyxati yuqorida qayd etilgan rekvizitlar koʻrsatilgan holda kuzatuv xatiga ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. XDFU grifli elektron hujjat davlat organi va tashkiloti rahbari yoki boshqa vakolatli mansabdor shaxs tomonidan hujjatlarni identifikatsiya qilish imkonini beradigan QR-kod (matrik shtrixli kod) belgisi qoʻyilgan holda elektron raqamli imzo orqali imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QR-kodda (matrik shtrixli kodda) quyidagi maʼlumotlarni aks ettiruvchi havola boʻlishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organi va tashkilotining nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatning raqami va sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imzolagan shaxsning F.I.O.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Yechib olinadigan tashuvchilardan XDFU grifli hujjatlar fayllarini oʻchirish, yechib olinadigan tashuvchilarni magnitsizlash yoʻli bilan yoki mexanik ravishda yoʻq qilish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Joʻnatilayotgan XDFU grifli hujjatlar himoyalangan elektron hujjat aylanish tizimlarida qayd etiladi. Ushbu hujjatlarning roʻyxatga olingan indeksi XDFU literi bilan toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan: “5-8/15-XDFU”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Joʻnatish uchun hujjatlar shu kunning oʻzida yoki keyingi ish kunidan kechiktirmay yuborilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Hujjatlarni koʻpaytirish va tarqatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. XDFU grifli hujjatlarning elektron nusxalari faqat davlat organi va tashkilotining masʼul tarkibiy boʻlinmasi yoki devonxona rahbarining yozma munosabat belgisi bilan boshqa yechib olinadigan tashuvchilarga koʻchirilishi yoki undan qogʻozga nusxa olish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Xizmat doirasida foydalanishi cheklangan axborotga ega boʻlgan yechib olinadigan tashuvchilarni saqlash axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablariga rioya etgan holda ular tarkibidagi axborotni oʻgʻirlash, yaroqsiz holga keltirish yoki yoʻq qilish imkoniyatini istisno qiladigan sharoitlarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. XDFU grifli hujjatlarni uchinchi shaxslarga berish har qanday holatda davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining yozma ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Hujjatlar va yigʻmajildlar saqlanishini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Elektron shakldagi XDFU grifli hujjatlar va yigʻmajildlar himoyalangan elektron hujjat aylanish tizimlarida saqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. XDFU grifli hujjatlarni ular bilan ishlash uchun xizmat xonalaridan tashqariga (uy, mehmonxona va boshqalar) olib chiqish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. XDFU grifli hujjatlardagi maʼlumotlar oshkor qilingani faktlari aniqlanganda, ushbu holatlar davlat organi va tashkiloti rahbarining buyrugʻi bilan tashkil etiladigan komissiya tomonidan tekshiriladi. Komissiyaning xulosasi rahbar tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Davlat arxivlarida XDFU grifli hujjatlarni saqlash maxfiy boʻlmagan arxiv hujjatlari uchun belgilangan talablar va tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. XDFU grifli hujjatlar bilan ishlovchilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan talablarning amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyatini bajarishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga topshirilgan XDFU grifli hujjatlarning but saqlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XDFU grifli hujjatlar, shu jumladan, elektron shakldagi hujjatlar bilan ishlashda axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablariga toʻliq rioya etilishi uchun shaxsan javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. XDFU grifli hujjatlardan foydalanish, XDFU grifini bekor qilish, davlat arxiviga topshirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. XDFU grifli hujjatlardan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining ruxsati bilan foydalanish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. XDFU grifli hujjatlardan olingan maʼlumotlardan ochiq chiqishlarda foydalanish yoki matbuotda ochiq eʼlon etish, radio va televideniye orqali uzatish, ochiq koʻrgazmalarda, stendlarda, vitrinalarda yoki boshqa hammaga koʻrinadigan joylarda namoyish etish uchun foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Boshqa davlat organlari va tashkilotlarining vakillariga, agar ularning bajarayotgan topshiriq mavzusini koʻrsatgan holda yozma soʻrovi boʻlsa, ixtiyorida ushbu materiallar boʻlgan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining ruxsati bilan XDFU grifli hujjatlar bilan tanishishlariga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. XDFU grifli hujjatlar ijrochilarga himoyalangan elektron hujjat aylanish tizimlari yoki qogʻozga nusxa olish orqali beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. XDFU grifli hujjatlarning grifini bekor qilish masalasi, qoida tariqasida, har ikki yilda bir marta koʻrib chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. XDFU grifini bekor qilish masalasi davlat organlari va tashkilotlari tomonidan tashkil etiladigan komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi va natijasi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Quyidagi holatlar XDFU grifini bekor qilishga asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XDFU grifli hujjatlarga xizmat doirasida foydalanish cheklangan axborotlar asossiz kiritilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlardagi maʼlumotlar xizmat doirasida foydalanish cheklangan axborotga tegishli boʻlgan maʼlumotlar roʻyxatidan chiqarilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XDFU grifli hujjatlardagi maʼlumotlar oʻz ahamiyatini yoʻqotganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Hujjatlardagi XDFU grifi bekor qilinganda, XDFU grifini bekor qilish uchun asos sifatida ushbu Qoidalarning 51-bandiga muvofiq tuzilgan dalolatnomaning sanasi va raqami koʻrsatiladi va qogʻoz asosdagi hujjatlar, yigʻmajildlarning muqovalaridagi grif ustidan oʻchiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu belgilar tegishli yigʻmajildlar roʻyxatlariga, davlat organi va tashkilotining roʻyxatga olish — nazorat qilish shakllariga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Idoraviy saqlov muddati tugagan XDFU grifli hujjatlar ushbu grifni bekor qilish nuqtai nazaridan koʻrib chiqilgandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasining “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi Qonunida nazarda tutilgan muddatlarda va tartibda tegishli davlat arxiviga topshiriladi hamda belgilangan tartibda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. XDFU grifi boʻlgan va saqlash uchun davlat arxivlariga topshirilgan hujjatlardan Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-noyabrdagi 706-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxivlari oʻquv zallarida foydalanuvchilarning arxiv hujjatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq foydalanish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XDFU grifli hujjatlardan foydalanish masalasi ularni davlat arxiviga topshirish jarayonida davlat organi va tashkiloti bilan davlat arxivi oʻrtasida tuziladigan kelishuvda nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi XDFU grifli hujjatlar bilan ishlash boʻyicha monitoring va nazorat qiluvchi vakolatli organ hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Davlat organlari va tashkilotlarida XDFU grifli hujjatlar bilan ishlash boʻyicha monitoring va nazorat Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-martdagi 174-son qarori bilan tasdiqlangan Arxiv ishi va ish yuritish holati boʻyicha davlat nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Ushbu Qoidalar bilan belgilangan talablar bajarilmasligi davlat organi yoki tashkiloti rahbari tomonidan xodimga nisbatan xizmat tekshiruvi oʻtkazish hamda intizomiy jazo chorasini qoʻllash uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Ushbu Qoidalar talablariga rioya qilinishi ustidan nazorat devonxona, ijrochi boʻlinma hamda davlat organi va tashkiloti rahbari zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Ushbu Qoidalar talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat doirasida foydalanish uchun grifli hujjatlar bilan ishlash qoidalariga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat doirasida foydalanish cheklangan maʼlumotlarning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jismoniy shaxsning shaxsga doir maʼlumotlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jismoniy shaxsning shaxsiy hayoti toʻgʻrisidagi axborotlar, shuningdek, uning shaxsiy hayoti sirini ochuvchi axborotlar, qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Axborot manbai yoki taxallus bilan imzo chekkan muallif toʻgʻrisidagi axborotlar, qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yozishmalar, telefondagi soʻzlashuvlar, qonunchilik hujjatlariga muvofiq axborot olish cheklangan telekommunikatsiyalar tarmoqlari orqali uzatiladigan pochta, telegraf xabarlari va boshqa axborotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq axborot olish cheklangan tergov va sud yurituvi siri hisoblangan maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq axborot egasi axborot olishni cheklagan xizmatga doir maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq axborot olish cheklangan tijorat siri hisoblangan maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq axborot olish cheklangan bank siri, shaxsni sugʻurtalash siri.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq axborot olish cheklangan (shifokor, notarial harakatlar, advokatlik, soliq siri va boshqalar) kasb faoliyati bilan bogʻliq maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ixtiro, foydali model yoki sanoat namunasining mohiyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ular haqidagi maʼlumotlar rasmiy tarzda eʼlon qilingunga qadar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2025-y., 09/25/766/1139-son)