1-ILOVA
Ijrochilar | Amalga oshirish mexanizmi | Bajarish muddati | ||||
I bosqich | 1. Davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar hamda jismoniy shaxslar (Buyurtmachilar) 2. Markaz | 1. Kurslarda malaka oshirishga nomzodlar ro‘yxatini Arxiv ishi va ish yuritish markaziga (Markaz) taqdim etadi.
| har yili | |||
guruhlar shakllanishi bilan belgilangan me’yorlarga muvofiq | ||||||
II bosqich | 1. Markaz
| 1. Tasdiqlangan yillik reja va ro‘yxat bo‘yicha belgilangan tartibda tinglovchilar uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etadi. 2. Tasdiqlangan yillik reja va ro‘yxat bo‘yicha tinglovchilarning belgilangan muddatlarda kurslarga qatnashishini ta’minlaydi (shartnoma asosidagi tinglovchilar belgilangan to‘lovlarni amalga oshiradi). | tasdiqlangan yillik reja asosida | |||
III bosqich | Markaz | Kurslar boshlanishi va yakunlanishi bo‘yicha reja-jadvalni tasdiqlaydi | 1 ish kunida | |||
IV bosqich | 1. Markaz
| 1. O‘quv kurslari boshlanishi to‘g‘risida buyurtmachini (tinglovchini) 3 kun oldin (ish kunida) xabardor qiladi. 2. Belgilangan muddatda o‘qish jarayoniga va shartnoma shartlarini bajarishga kirishadi. | tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq | |||
V bosqich | Markaz | Kurslarga tinglovchilarni qabul qilish tasdiqlangan rejaga muvofiq Markaz rahbarining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi hamda tinglovchi kurslarga o‘z vaqtida kelmaganligi (tinglovchi 1 kun davomida kurslarga kelmasa chetlatiladi) to‘g‘risida buyurtmachiga darhol xabar beradi. | kurslar boshlanishi sanasidan boshlab | |||
VI bosqich | Markaz | Test sinov asosida tinglovchining dastlabki bilim darajasi aniqlanadi. O‘quv jarayonida (ma’ruza, amaliy mashg‘ulot, seminar trening, ko‘chma mashg‘ulot, maxorat saboqlari, interfaol va boshqa shakllar) tinglovchilar bilim oladi. Yakuniy test sinovi asosida tinglovchining bilim darajasi aniqlanadi. | tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq | |||
VII bosqich | Markaz | Yakuniy test sinovida umumiy 100 balldan kamida 56 ball (56%) miqdorida to‘plagan tinglovchi kurslardan muvaffaqiyatli o‘tgan hisoblanadi hamda bu haqida tinglovchiga sertifikat beriladi. Yakuniy testga ajratilgan 100 balldan 56 ball (56%) miqdoridan kam to‘plagan tinglovchiga “malaka oshirish kursini tingladi” mazmunida ma’lumotnoma beriladi. | 1 kun ish kunida | |||
2-ILOVA
Malaka oshirish haqida davlat namunasidagi | ||
Malaka oshirish to‘g‘risidagi sertifikat A4 formatli oq qog‘ozda ofset usulida besh xil rangdan foydalangan holda: matn uchun — qora rangda, rasmlar tasviri uchun — yashil, ko‘k, qizil ranglarda, fon uchun — och kulrangda bosib chiqariladi. |
(O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri) | ||||
____________________________________________________________________________________________ | ||||
(Familiyasi, ismi, otasining ismi) | ||||
_______20___ yil ___________________________________________ dan 20___ yil___________________gacha __________________________________________________________________________________________da | ||||
(Ta’lim muassasasining nomi) | ||||
jami ____________________________________________________________________________________ soatli | ||||
____________________________________________________________________________________________ | ||||
(Malaka oshirish kursining nomi) | ||||
bo‘yicha muvaffaqiyatli malaka oshirdi. Muhr o’rni Direktor _________________ | ||||
Sana _________________ | Qayd raqami ___________ |
ILOVA
Mas’ullar | Chora-tadbirlar | Bajarish muddatlari | ||||
I bosqich | Davlat arxivlari, | Davlat arxivlari, Arxiv ishi va ish yuritish markazi tomonidan pulli xizmat ko‘rsatishdan olingan daromadlaridan majburiy ajratmalar to‘lanadi. | har chorakda, keyingi oyning 25 sanasigacha | |||
II bosqich | O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi | Jamg‘arma faoliyatini boshqarish va uning mablag‘larini taqsimlash uchun jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi Jamg‘armani boshqarish Kengashi tuziladi va uning shaxsiy tarkibi tasdiqlanadi. | har yili | |||
III bosqich | O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi, | Jamg‘armaning daromadlar va xarajatlar smetasi budjet tashkilotlari uchun budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tuzilib tasdiqlanadi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. | O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksida belgilangan muddatlarda | |||
IV bosqich | Jamg‘armani boshqarish Kengashi | 1. Jamg‘armadan mablag‘ ajratish masalalari Jamg‘armani boshqarish Kengashi majlisida muhokama etiladi, mablag‘ ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. 2. Kengash qarorlari Kengash majlisining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Kengash majlisining bayonnomasi Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi direktori buyrug‘i asosida amalga oshiriladi. | zaruratga ko‘ra | |||
V bosqich | O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi | Jamg‘armaning daromadlar va xarajatlar smetasining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobot Jamg‘armani boshqarish Kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi hamda har yili O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi Hay’ati yig‘ilishida tasdiqlanadi. | har yili 15-aprelga qadar | |||
ILOVA