26.11.2025 yildagi PF-232-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FARMONI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va ilm-fanni yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Taʼlim sifatini oshirish — Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona toʻgʻri yoʻlidir” degan ustuvor gʻoya asosida zamonaviy xalqaro standartlarga javob beradigan yuqori malakali yuridik kadrlar tayyorlash sifatini yanada oshirish, yuridik taʼlim, ilm-fan va amaliyotning uzviy bogʻliqligini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Maqsadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar yuridik taʼlim va ilm-fan rivojlanishida erishiladigan asosiy vazifalar etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) yuridik taʼlim jarayonlarining amaliyot bilan uzviy bogʻliqligini taʼminlashga qaratilgan amaliy oʻqitish hamda klinik va dual taʼlim tamoyilini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) yuridik taʼlim tizimida taʼlim — tadqiqot — amaliyot integratsiyasini yoʻlga qoʻyish, boshqaruvda akademik-kollegial yondashuvlarni yanada kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) yuridik taʼlim samaradorligi va sifati ustidan nazoratni kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) Toshkent davlat yuridik universitetining (keyingi oʻrinlarda — Universitet) 2030-yilga qadar nufuzli Quacquarelli Symonds reytingida huquq sohasi boʻyicha yuqori 1 000 talik universitetlar roʻyxatiga kirishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Taʼlim sifatini yanada kuchaytirish va oʻquv jarayonlariga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab Universitetda tajriba tariqasida amaliy oʻqitish hamda klinik va dual taʼlim tamoyili asosida taʼlim olish tizimi joriy etilsin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi kurs talabalari uchun yuridik taʼlim dasturlarining 50 foizi (nazariy qismlari) auditoriyalarda, 50 foizi (amaliyot qismi) sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa yuridik sohaga oid tashkilotlarda oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) taʼlim dasturlarining nazariy qismlarini amaliy misollar asosida oʻqitish (problem-based learning) orqali talabada muammoli vaziyatni tahlil va xulosa qilish kabi “yumshoq” koʻnikmalar (soft skills) va nazariy bilimlarni shakllantirishga eʼtibor qaratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) taʼlim dasturlarining amaliy qismlari sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, advokatura, konsalting va sohaga doir boshqa tashkilotlarda, shuningdek, yuridik klinikada klinik seminarlar oʻtkazish orqali olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab “Yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishi mavjud boshqa davlat oliy taʼlim tashkilotlarida Universitet tajribasi natijalaridan kelib chiqib, amaliy oʻqitish hamda klinik va dual taʼlim tamoyili asosida taʼlim olish tizimi yoʻlga qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Universitetda taʼlim — tadqiqot — amaliyot integratsiyasini taʼminlash maqsadida sohaviy fakultetlar tizimi akademik departament, tadqiqot, amaliyot va karyera markazlaridan iborat tarkibda shakllantirilsin. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Universitet kafedralari negizida ilmiy-tadqiqot va amaliyotga asoslangan, yuqori sifatli taʼlim berishga yoʻnaltirilgan akademik departamentlar va ular tarkibida shoʻbalar quyidagi tartibda tashkil etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) akademik departamentlar taʼlim yoʻnalishi boʻyicha kadrlarga boʻlgan talabni aniqlash orqali taʼlim va fan dasturlarini ishlab chiqadi, oʻquv jarayonlarini sifatli tashkil etishga masʼul hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) akademik departamentlar shoʻbalari sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ham tashkil etiladi hamda taʼlim dasturlari tegishli tashkilotlar xodimlari ishtirokida amaliyotdan kelib chiqib takomillashtirib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) tadqiqot markazlari fakultetlar yoʻnalishidan kelib chiqib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) ilmiy xodimlardan iborat boʻladi, huquqni qoʻllash amaliyotida yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklarni ilmiy yondashuvlar asosida tadqiq qiladi, natijalarini oʻquv jarayoni va amaliyotga joriy etish boʻyicha takliflar va ilmiy-uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqot loyihalari hamda buyurtmalar asosida tegishli sohaga doir qonun hujjatlari loyihalarining ilmiy ekspertizasini amalga oshiradi, maqsadli ilmiy tadqiqot loyihalari orqali dolzarb muammolarning ilmiy yechimlarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) amaliyot va karyera markazlari fakultet talabalari amaliyotini, klinik va dual taʼlimni sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, advokatura, konsalting va sohaga doir boshqa tashkilotlarda tashkil etadi hamda bitiruvchilarning bandligini taʼminlashga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) mazkur tizimda fakultet dekanlari, departament boshliqlari va markaz rahbarlarini saylash amaliyoti joriy etilib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) saylovlar Universitet kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadigan tartib asosida oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) fakultet dekanlari, departament boshliqlari va tadqiqot markazi rahbarlari ikki oʻquv yiliga saylanadi hamda bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq mazkur lavozimlarga saylanishi mumkin emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) akademik departamentlar boshliqlari va markazlar rahbarlari fakultet dekani oʻrinbosarlari hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) shoʻbalar professor-oʻqituvchilar tarkibidan iborat boʻlib, ularning rahbarlari kafedra mudirlariga tenglashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) Universitetning amaldagi tarkibiy boʻlinmalarining tegishli vakolat va funksiyalari fakultetlarga oʻtkazilishi hisobiga ularning shtat birliklari qisqartiriladi va ularda faqatgina tegishli yoʻnalishlar boʻyicha muvofiqlashtirish va umumlashtirish funksiyalari qoldiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) mazkur oʻzgarishlar doirasida fakultet boshqaruv xodimlari tomonidan professor-oʻqituvchilarga ularning yuklamalarida nazarda tutilmagan vazifa va topshiriqlar berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 2026-yil 1-iyuldan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Universitetda quyidagilarni nazarda tutuvchi “Universitet 5.0” konsepsiyasi asosida barqaror rivojlanishga qaratilgan taʼlim muhiti shakllantirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) talabalarga yoʻnaltirilgan taʼlim jarayoni orqali ularning ijodiy salohiyatini doimiy rivojlantirish hamda ijtimoiy masalalarni yechishga qodir boʻlgan mutaxassislar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) Universitet akademik mustaqilligini taʼminlash doirasida kollegial organlarning boshqaruvdagi rolini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) taʼlim jarayonlarida zamonaviy texnologiyalar, sunʼiy intellekt va inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan insonparvarlik qadriyatlarini oʻzaro muvozanatli integratsiyalashga qaratilgan innovatsion ekotizim yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Universitetda taʼlim dasturlari, taʼlim va boshqaruv jarayoniga quyidagilar orqali sohadagi xalqaro standartlar joriy etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) Universitet va taʼlim dasturlarini xalqaro institutsional va dasturiy akkreditatsiyadan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) talabalarga fan va oʻqituvchilarni tanlash uchun keng imkoniyatlar yaratish orqali professor-oʻqituvchilar oʻrtasida raqobat muhitini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Universitet uchinchi va toʻrtinchi kurs talabalarini davlat tashkilotlariga, notariat va advokatlik tuzilmalariga ish yurituvchi, yuriskonsult yordamchisi sifatida ishga qabul qilishga ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Taʼlim jarayonlariga sunʼiy intellektni joriy etish, huquqiy texnologiya va raqamli huquq yoʻnalishlarini rivojlantirish maqsadida 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Universitetda sunʼiy intellekt asosida dars sifatini baholash tartibi joriy etilsin. Bunda elektron taʼlim platformasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) talabalarning oraliq bilimi darajasini aniqlash mexanizmi belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) yakuniy nazorat ishlarini sunʼiy intellekt tomonidan baholash yoʻlga qoʻyilib, inson omili cheklanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida tyutorlik faoliyati talaba koʻmakchisi sifatida joriy etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) fan oʻqituvchisining dars oʻtishini baholash yoʻlga qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Universitetda “Raqamli huquq” (Digital Law) xalqaro taʼlim yoʻnalishi joriy etilsin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) mazkur yoʻnalishga oʻqishga qabul qilish tanlovlari xalqaro standartlarga muvofiq ixtisoslashgan xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda IQ test tartibida oʻtkaziladi va tanlovda chet tillari boʻyicha B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) oʻquv jarayoni ingliz va boshqa tillarda olib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) oʻquv jarayoniga yetuk xorijiy professor-oʻqituvchilar jalb etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Yuridik taʼlim jarayonlarini yangi bosqichga olib chiqish va taʼlim sifati nazoratini yanada kuchaytirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Universitetga belgilangan tartiblar asosida qabul qilinadigan Universitet huzuridagi akademik litseylar, yuridik texnikumlar bitiruvchilari hamda oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar uchun ular tanloviga koʻra kirish mumkin boʻlgan bakalavr taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kadrlarni tayyorlashning maxsus uch yillik taʼlim dasturi joriy etilsin, ularni qabul qilish va oʻqitish alohida qabul kvotasi va toʻlov-kontrakt asosida amalga oshirilishi belgilansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Universitetda biznesni huquqiy boshqarish va tadbirkorlik faoliyati uchun kadrlar tayyorlashga zamonaviy yondashuvlarni joriy qilish, mazkur masalalarda huquqiy infratuzilmani takomillashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) “Korporativ huquq va boshqaruv” taʼlim mutaxassisligi amaldagi va qoʻshimcha kvotalar doirasida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) tadbirkorlik faoliyatida huquqiy bilim va koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan “Master of Legal Administration” (MLA) bir yillik oʻquv dasturi joriy etilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Qashqadaryo yuridik texnikumi negizida Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseyni tashkil etish toʻgʻrisidagi taklif maʼqullansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) belgilansinki, Universitet huzuridagi akademik litseylarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) tijorat guruhlari tashkil etilishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) oʻqituvchilar va xodimlarga Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ustamalar tayinlashga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Taʼlimning barcha bosqichlarida yuridik taʼlimni rivojlantirish maqsadida 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 5 — 7-sinflarida tarbiya fani doirasida oʻquvchilarning huquqiy ongini shakllantirishga qaratilgan mavzularda vizual (komiks) kontentlardan foydalanish yoʻlga qoʻyilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) “Yurisprudensiya” hamda “Davlat va jamiyat boshqaruvi” taʼlim yoʻnalishida bakalavr darajasiga ega boʻlgan shaxslarga qayta tayyorlov kurslaridan oʻtmasdan umumiy oʻrta taʼlim maktablarida davlat va huquq asoslari fani boʻyicha dars berishga ruxsat etilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) huquq fanidan bilish darajasini baholash boʻyicha test sinovini tashkil etish hamda uning natijalari asosida davlat namunasidagi sertifikat berish tartibi joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Yuridik taʼlim samaradorligi va sifati ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida 2026-yil 1-martdan boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) abituriyentlarni “Yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga qabul qilishda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari, ichki ishlar va bojxona organlari xodimlari, fan olimpiadalari gʻoliblari, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga tatbiq etiladigan imtiyozlardan tashqari “Yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishiga aloqador boʻlmagan oliy taʼlim tashkilotlariga kirishdagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etilishi toʻxtatilsin;
(9-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-avgustdagi PF-174-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.09.2026-y., 06/26/174/0881-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Universitetda “Yurisprudensiya” bakalavriat taʼlim yoʻnalishidan boshqa turdosh taʼlim yoʻnalishlari bitiruvchilari uchun ikki yillik magistratura mutaxassisligi joriy qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Universitet boshqaruvida akademik-kollegial yondashuvlarni joriy qilish, ilmiy tadqiqotlar va amaliyot integratsiyasini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Universitet boshqaruvida professor-oʻqituvchilarning rolini oshirish, qarorlar qabul qilishda kollegial yondashuvlarni yanada kengaytirish maqsadida Universitet professorlar kengashi (Senate of Professors) tashkil etilsin va unga quyidagi vakolatlar berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Universitetni uzoq va oʻrta muddatli strategik rivojlantirish dasturini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingining yuqori oʻrinlaridan joy olish boʻyicha maqsadli choralarni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) huquq sohasidagi dolzarb ilmiy tadqiqotlarning, ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) akademik halollik va tadqiqot etikasi standartlarini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) vakolatlari doirasidagi masalalarni koʻrib chiqish uchun oʻz tarkibida qoʻmitalar tuzish va ularning aʼzolarini saylash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Universitet professor-oʻqituvchi va doktorantlari faoliyatining amaliyotdagi oʻzgarishlar bilan uzviy bogʻliqligini taʼminlash maqsadida 2026-yil 1-yanvardan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Universitet professor-oʻqituvchi va doktorantlari uchun tegishliligicha sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat organlarida har haftada kamida bir marotaba stajirovka oʻtash va amaliy muammolarni joyiga chiqib oʻrganish tizimi yoʻlga qoʻyilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) huquq sohasidagi ilmiy tadqiqotlar natijalari uchun takliflar tegishliligicha parlament, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlarida muhokamadan oʻtkazib borilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Universitetning tadqiqot markazlari tomonidan tegishli soha va yoʻnalishlar boʻyicha qonun loyihalari hamda xalqaro huquqiy hujjatlarga qoʻshilish boʻyicha qonun loyihalarini ilmiy ekspertizasini oʻtkazishga ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Yuridik taʼlim va ilm-fanni yanada isloh qilish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Adliya vazirligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ushbu Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib adliya vaziri A.D. Tashkulov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur Farmon ijrosini monitoring qilib borish rejasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Adliya vazirligi Farmon ijrosini monitoring rejasiga asosan har yili 15-fevralga qadar monitoringdan oʻtkazsin hamda monitoring natijalarini Hisob palatasiga kiritib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Hisob palatasi Adliya vazirligi bilan birgalikda monitoring rejasi asosida Farmon ijrosini nazorat qilsin hamda har yili 25-fevralga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) “Ijro.gov.uz” tizimida Farmon ijrosini nazoratdan yechishda monitoring rejasida koʻrsatilgan maqsadlarga erishilganligi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Farmon ijrosini nazorat qilish va ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshligʻi A.B. Samadov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 26-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-232-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PF-232-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik taʼlim va ilm-fanni yanada isloh qilish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Masʼullar

I. Yuridik kadrlar tayyorlash tizimi uzluksizligini taʼminlash va rivojlantirish chora-tadbirlari

1.

“Yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha huquqning fundamental tarmoqlariga ixtisoslashtirilgan yoʻnalishlar va yangi “Raqamli huquq” taʼlim yoʻnalishini joriy etish.

Bunda “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” hamda “Raqamli huquq” taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga qabul qilish tanlovlari xalqaro standartlarga muvofiq hamda shunga ixtisoslashgan xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda IQ test oʻtkazish tartibida hamda tanlovda B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi va oʻquv jarayoni ingliz tilida olib borilishi tartibini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil may

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Adliya vazirligi,

TDYU

2.

TDYUda amaliy oʻqitish hamda klinik va dual taʼlim tamoyili asosida taʼlim olish tizimini joriy etish maqsadida ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi kurs talabalari uchun yuridik taʼlim dasturlarining 50 foizini (nazariy qismlari) auditoriyalarda, 50 foizini (amaliyot qismi) sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, advokatura, konsalting va sohaga doir boshqa tashkilotlarda oʻtkazish.

Bunda sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, advokatura, konsalting va sohaga doir boshqa tashkilotlar tomonidan TDYU taqsimoti boʻyicha amaliyotga yuborilgan talabalar uchun zarur sharoitlarni yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026/2027 oʻquv yilidan boshlab doimiy

-

TDYU,

Adliya vazirligi,

Oliy sud,

Bosh prokuratura,

Ichki ishlar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Universitet tajribasi natijalari asosida amaliy oʻqitish hamda klinik va dual taʼlim tamoyili asosida taʼlim olish tizimini “Yurisprudensiya” yoʻnalishi mavjud boshqa davlat oliy taʼlim tashkilotlarida yoʻlga qoʻyish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2027/2028 oʻquv yilidan boshlab

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

 Adliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

4.

TDYU faoliyatiga xalqaro standartlarni joriy etish va xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha kengash tarkibini tasdiqlash.

Bunda TDYUni kengashning ishchi organi etib belgilash.

Adliya vazirining buyrugʻi

2026-yil dekabr

-

Adliya vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

TDYU

5.

Universitet professorlar kengashi (Senate of Professors) nizomini tasdiqlash va faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

Kuzatuv kengashi qarori

2026-yil fevral

-

Adliya vazirligi,

TDYU

6.

TDYUda taʼlim — tadqiqot — amaliyot integratsiyasini taʼminlash maqsadida sohaviy fakultetlar tizimini akademik departament, tadqiqot markazi hamda amaliyot va karyera markazidan iborat tartibda shakllantirish.

Kuzatuv kengashining qarori

2026-yil fevral

-

Adliya vazirligi,

TDYU

7.

TDYU huzuridagi akademik litseylar bitiruvchilari, yuridik texnikumlar bitiruvchilari hamda oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar uchun bakalavrlarni tayyorlashning maxsus uch yillik taʼlim dasturiga alohida qabul kvotasi va toʻlov-kontrakt asosida TDYUga qabul qilish hamda oʻqitish tartibini ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2026-yil mart

-

Adliya vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

8.

Huquq fanidan bilish darajasini baholash boʻyicha test sinovini tashkil etish hamda uning natijalari asosida davlat namunasidagi sertifikat berish boʻyicha tartibni ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2026-yil mart

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Adliya vazirligi

9.

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida tashkil etiladigan yuridik mutaxassislik boʻyicha qayta tayyorlash kursini bitirgan va belgilangan namunadagi diplomni olgan shaxslarga yuridik maslahat xizmatlarini koʻrsatuvchi tijorat tashkilotlarida yuridik maslahat xizmati bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2025-yil dekabr

-

Adliya vazirligi,

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti

10.

Magistratura taʼlim mutaxassisliklari doirasida oʻtiladigan fanlar va ixtisoslik yoʻnalishlarini qayta koʻrib chiqib, takliflarni tayyorlash va Adliya vazirligiga kiritish.

Axborot xati

2026-yil fevral

-

TDYU

11.

TDYUda yuridik taʼlim va amaliyotning oʻzaro integratsiyasi doirasida:

tajribali advokatlarni kelishuv asosida yurisprudensiya taʼlim yoʻnalishidagi talabalarga “amaliy mentor” sifatida biriktirish amaliyotini joriy etish;

yuridik klinika faoliyatiga tajribali advokatlarni jalb qilgan holda talabalarda jismoniy va yuridik shaxslarga yuridik yordam koʻrsatish boʻyicha “malakali maslahat berish” va “huquqiy taʼminlash” koʻnikmalarini shakllantirishni yoʻlga qoʻyish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil fevral

TDYU budjetdan tashqari mablagʻlari

TDYU,

Adliya vazirligi,

Advokatlar palatasi

(kelishuv asosida)

II. Taʼlim jarayonlarini sifatli va samarali tashkil etish hamda sunʼiy intellektni joriy etish

12.

Zamonaviy, sodda tilda yozilgan, jozibador oʻquv adabiyotlarini yaratish. Bunda:

zamonaviy, sodda tilda yozilgan va jozibador oʻquv adabiyotlari (smart book) va amaliy misollarga asoslangan qoʻllanmalar (casebook) tayyorlash, xorijiy adabiyotlarni davlat tiliga tarjima qilish va nashr etish;

chet eldagi vatandosh, xorijiy olimlar va mutaxassislar bilan hammualliflikda huquq tamoyillarining amalda ishlashini sodda tushuntirib beruvchi darsliklarni yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil oktabr

TDYU va “Yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishi mavjud oliy taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari

Adliya vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi,

TDYU

13.

Buyuk Britaniya Oliy taʼlim sifatini taʼminlash agentligi (The Quality Assurance Agency for Higher Education) va xorijiy ekspertlar bilan shartnoma asosida xalqaro taʼlim standartlarini tegishli yoʻnalishlarda joriy etish hamda TDYU va uning taʼlim dasturlarini xalqaro institutsional va dasturiy akkreditatsiyadan bosqichma-bosqich oʻtkazish.

Kompleks chora-tadbirlar

2027-yil dekabr

TDYU budjetdan tashqari mablagʻlari

Adliya vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

TDYU

14.

IT sohasiga ixtisoslashgan oliy taʼlim tashkilotlari hamda xususiy IT kompaniyalar bilan yuridik sohada Legal Tech start-up loyihalarini amalga oshirish boʻyicha hamkorlik oʻrnatish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-2027-yillar

TDYU budjetdan tashqari mablagʻlari

TDYU

15.

Oraliq va yakuniy nazorat ishlarini tekshirish jarayonlariga sunʼiy intellekt texnologiyalarini bosqichma-bosqich joriy qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-2027-yillar

TDYU budjetdan tashqari mablagʻlari

TDYU,

Oliy sud

Protsessual fanlardan dars jarayonlarida virtual sud majlislari va tergov jarayonlarini imitatsiya va simulyatsiyalarini virtual reallik texnologiyalari orqali amalga oshirish.

16.

Universitet taʼsischiligida faoliyati huquqiy amaliyot sohasida raqamlashtirish, barcha jarayonlarni avtomatlashtirish va sunʼiy intellekt texnologiyalarini keng joriy qilishga qaratilgan “Huquqiy texnologiyalar va sunʼiy intellekt laboratoriyasi” spin-off kompaniyasini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-2027-yillar

TDYU budjetdan tashqari mablagʻlari

TDYU

III. Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatning amaliy natijadorligi va tijoratlashuvini taʼminlash, xalqaro standartlarni joriy etish

17.

TDYUda hamkor oliy taʼlim tashkilotlari, shu jumladan, Buyuk Britaniya, Polsha, Xitoy, Koreya Respublikasi davlatlari universitetlari bilan muzokaralarni yakunlab, natijasiga koʻra hamkorlik doirasida qoʻshma taʼlim dasturlari, xorijiy hamkor tashkilotlar oʻquv standartlari asosida oʻqitish orqali xorijiy diplom berishga asoslangan taʼlim yoʻnalishlarini shartnoma asosida ochish.

Xorijiy taʼlim tashkilotlari bilan shartnoma asosida taʼlim xizmatlaridan foydalanish va taʼlim xizmatlarini koʻrsatish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil sentabr

TDYU budjetdan tashqari mablagʻlari

Adliya vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

TDYU

18.

TDYUda “Raqamli huquq” sohalararo ixtisosligi boʻyicha ilmiy darajalar berish boʻyicha ilmiy kengash tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil dekabr

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

TDYU,

Adliya vazirligi

19.

TDYU professor-oʻqituvchi va doktorantlar faoliyatining amaliyotdagi oʻzgarishlar bilan uzviy bogʻliqligini taʼminlash maqsadida tegishliligicha sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va davlat tashkilotlarida stajirovka oʻtash hamda amaliy muammolarni joyiga chiqib oʻrganish tizimini yoʻlga qoʻyish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil mart

TDYU budjetdan tashqari mablagʻlari hamda boshqa homiylik mablagʻlari

TDYU,

Oliy sud,

Bosh prokuratura,

Ichki ishlar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

20.

TDYU oʻzining oʻquv rejalari, mutaxassislik dasturlari va taʼlim usullarini franshizing tartibida mahalliy va xorijiy taʼlim tashkilotlariga berish hamda xorijda TDYUning filiallarini ochish orqali yuridik taʼlim eksportini amalga oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-2027-yillar

TDYU budjetdan tashqari mablagʻlari

Adliya vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

TDYU

21.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda bosqichma-bosqich TDYUning xalqaro hamkorlik yoʻnalishidagi imidji (oʻrni)ni yangi bosqichga olib chiqish:

Kompleks chora-tadbirlar

TDYU budjetdan tashqari mablagʻlari

Adliya vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

TDYU

Yevropa universitetlari bilan hamkorlikda TDYUda Yevropa huquqi (Yevropa iqtisodiy huquqi) markazini ochish;

2027-yil mart

Jahon savdo tashkiloti bilan hamkorlik qilish hamda WTO LAW (Jahon savdo tashkiloti huquqi) markazini ochish;

2027-yil aprel

AQSH va Buyuk Britaniya universitetlari hamda soha ekspertlari bilan hamkorlik asosida TDYUda Ingliz huquqi markazini tashkil etish;

2027-yil may

Turkiya universitetlari bilan hamkorlikda TDYUda Turk-oʻzbek huquq markazini ochish;

2026-yil may

Xitoy universitetlari bilan hamkorlikda TDYUda Xitoy huquqi markazini ochish;

2026-yil sentabr

xalqaro yuridik kompaniyalar va xalqaro nizolarni hal etish markazlari (arbitraj va mediatsiya markazlari) bilan hamkorlik oʻrnatish, ularga amaliyot oʻtashga TDYU talabalarini yuborish amaliyotini joriy etish.

2026-yil fevral

22.

TDYU oliy taʼlim va oliy yuridik taʼlim (IAUP, AIEA, IALS, GAJE, ALU SCO va boshqalar), shuningdek, xalqaro-huquqiy unifikatsiya sohasidagi xalqaro tashkilotlarga (UNCITRAL, UNIDROIT, HCCH va boshqalar) aʼzo boʻlishi hamda ularning majlis va muhokamalarida universitet rahbariyati va mutaxassislarining faol qatnashishini taʼminlash, ushbu tashkilotlarning majlislarini Oʻzbekistonda oʻtkazish choralarini koʻrish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

TDYU budjetdan tashqari mablagʻlari

TDYU,

Adliya vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

23.

Universitet talabalarining huquq sohasidagi xalqaro tanlovlarda faol qatnashishi tizimini yoʻlga qoʻyish hamda xalqaro tajribaga muvofiq har yillik “International Digital Law Moot” xalqaro tanlovini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil sentabr oyidan boshlab

TDYU budjetdan tashqari mablagʻlari

TDYU,

Adliya vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

24.

TDYUning respublikada xorijiy investorlar bilan bevosita ishlovchi advokatlik tuzilmalari advokatlari, xorijiy konsultantlar bilan hamkorligini kuchaytirish doirasida ularni taʼlim va tadqiqot jarayonlariga jalb qilish, ushbu tuzilmalarda talaba va magistrantlarning amaliyot oʻtashi uchun sharoitlar yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil dekabrdan boshlab doimiy ravishda

TDYU budjetdan tashqari mablagʻlari

TDYU,

Adliya vazirligi,

Advokatlar palatasi

(kelishuv asosida)

25.

TDYUda respublikada yuridik sohada koʻzga koʻringan, mashhur yuristlarning ilmiy-huquq maktablarini joriy qilish va ularning faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida tadqiqot markazlariga biriktirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil mart

TDYU budjetdan tashqari mablagʻlari

TDYU,

Adliya vazirligi

26.

Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy ishlanmalar natijalarini tijoratlashtirish hamda intellektual faoliyat natijalarini amalda joriy etish faoliyati bilan shugʻullanadigan yuridik shaxs maqomida “Spin-off” kompaniyalarini tashkil etish.

Bunda yuqori turuvchi va boshqa davlat organlari tomonidan ruxsat olish talab etilmaydi hamda TDYU ulushi boshqa davlat organlariga oʻtkazilmaydi. Shuningdek, “Spin-off” kompaniyalari ustav jamgʻarmasiga (ustav kapitaliga) boshqa yuridik va jismoniy shaxslarni jalb etish mumkin.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil avgust

TDYU budjetdan tashqari mablagʻlari

Adliya vazirligi,

TDYU

28.

TDYU bazasida yuridik yoʻnalishdagi talaba yoshlar hamda yosh huquqshunoslar ishtirokida “YOSHLAW” xalqaro yoshlar forumini oʻtkazib borish tizimini yoʻlga qoʻyish.

Kompleks chora-tadbirlar

2027-yil may

TDYU budjetdan tashqari mablagʻlari

TDYU,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

29.

Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni ragʻbatlantirish maqsadida TDYU innovatsion jamgʻarmasi hisobidan ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatini moliyalashtirishga ruxsat berish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil yanvar

TDYU budjetdan tashqari mablagʻlari

Adliya vazirligi,

TDYU

30.

Xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida “Oʻzbekiston huquq markazi” va ularning kutubxonalarida “Oʻzbekiston huquqiy adabiyotlari” boʻlimini tashkil etish orqali mamlakatimiz huquq tizimi boʻyicha xalqaro xabardorlikni oshirish.

Bunda TDYU tomonidan ingliz tilidagi huquqiy adabiyotlar tayyorlanishi hamda yetakchi xorijiy nashriyotlarda (Oxford University Press, Cambridge University Press, Wolters Kluwer, Thomson Reuters, Springer, Brill, Hart Publishing, Edward Elgar Publishing va boshqalar) shartnoma asosida nashr qilinishini tashkil qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026 — 2030-yillar

TDYU budjetdan tashqari mablagʻlari

TDYU,

Tashqi ishlar vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

31.

Xorijiy mamlakatlar davlat xizmatchilari uchun “Oʻzbekiston huquqiy tizimi” qisqa muddatli oʻquv dasturini joriy etish va bu orqali Oʻzbekistonda olib borilayotgan islohotlar va milliy huquqiy qadriyatlar bilan xalqaro hamjamiyatni tanishtirish faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil aprel

TDYU budjetdan tashqari mablagʻlari

Adliya vazirligi,

TDYU

32.

Aniq reja-grafikka asosan uch yilda kamida bir marotaba:

TDYU professor-oʻqituvchilari va xodimlarini xorijiy stajirovkaga, bilim va koʻnikmalarini mustahkamlash, tajriba almashish, malaka oshirish kurslariga ularning sohasidan kelib chiqib yuborish;

TDYU rahbar xodimlarini yetuk xorijiy universitetlarning professional taʼlim dasturlarida (Executive Programs) malaka oshirishi tartibini joriy qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2026-yil yanvar

Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari, milliy va xalqaro grant mablagʻlari, xalqaro tashkilotlar mablagʻlari

TDYU

33.

TDYUning tadqiqot markazlari tomonidan tegishli soha va yoʻnalishlar boʻyicha qonun loyihalari hamda xalqaro huquqiy hujjatlarga qoʻshilish boʻyicha qonun loyihalarining ilmiy ekspertizasini oʻtkazish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

Bunda qonun loyihalarining ilmiy ekspertizasini oʻtkazishda faol ishtirok etgan professor-oʻqituvchilarni TDYUning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ragʻbatlantirib borish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil yanvar

TDYU budjetdan tashqari mablagʻlari

Adliya vazirligi,

TDYU

IV. TDYUda ish jarayonini raqamlashtirish, uning moddiy-texnika bazasini yaxshilash va moliyaviy mustaqillikni yanada kuchaytirish

34.

TDYUda boshqaruv jarayonlarini raqamlashtirish doirasida:

talabalar yigʻmajildlari hamda maʼlumotlarini toʻliq raqamlashtirib, elektron shaklda amalga oshirish;

oʻquv reja va fan dasturlarini toʻliq elektron shaklga oʻtkazish, oʻquv jarayoniga doir hujjatlar aylanishini raqamli formatda tashkil etish;

xodimlar va professor-oʻqituvchilarning samaradorlik koʻrsatkichlarini muntazam tahlil qilish hamda ular asosida ish haqini tayinlashda raqamli yordamchi vositalardan foydalanish orqali shaffoflikni oshirish;

universitetning elektron taʼlim platformasini mavjud sohaga oid axborot tizimlari bilan integratsiyalash orqali yagona raqamli ekotizimni shakllantirishga erishish.

Adliya vazirligi buyrugʻi

2026-yil fevral

TDYU budjetdan tashqari mablagʻlari

TDYU,

Adliya vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

35.

Yangi Toshkent hududidan TDYUning zamonaviy kampusini barpo etish uchun zarur hudud ajratilishini taʼminlash.

Adliya vazirligi buyurtmachi bilan birgalikda eng maqbul takliflarni tanlash asosida TDYUning zamonaviy kampusini qurish ishlarini tashkil etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2025-yil dekabr

TDYU va Adliya vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro grantlar

“Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi”,

Toshkent shahar hokimligi,

Adliya vazirligi,

“Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi”,

Toshkent shahar hokimligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Bunda TDYUning zamonaviy kampusini loyihalash va qurish jarayoniga hamda uni moliyalashtirishga xalqaro moliya institutlari, xalqaro, regional va xorijiy banklarning imtiyozli mablagʻlarini hamda xorijiy yirik quruvchi kompaniyalarni jalb etish choralarini koʻrish.

2025 — 2028-yillar

36.

TDYUning Yangi Toshkent hududida barpo etiladigan binosining loyihalari, oʻquv jarayonlarini va amaliy mashgʻulotlarni, ilmiy tadqiqotlarni sifatli tashkil etish doirasida yaratiladigan sharoitlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida taqdimot qilish.

Amaliy-chora tadbir

2026-yil aprel

-

Adliya vazirligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

TDYU

37.

TDYUning yetakchi xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda tashkil etiladigan qoʻshma taʼlim dasturlari uchun xalqaro standartlarga javob beradigan infratuzilma yaratish maqsadida qoʻshimcha bino ajratish, uni rekonstruksiya qilish hamda kapital taʼmirlash, zarur oʻquv-laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi va kutubxona fondlari bilan taʼminlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2026-yil mart

Mahalliy budjetning qoʻshimcha mablagʻlari va TDYU budjetdan tashqari mablagʻlari

Adliya vazirligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Toshkent shahar hokimligi,

TDYU

38.

TDYUda fuqarolik-huquqiy va mehnat shartnomasi asosida faoliyat yuritadigan xorijiy professor-oʻqituvchilar uchun xonadonlarni shartnoma asosida TDYU hisobidan ijaraga olish.

Shuningdek, xorijiy professor-oʻqituvchilar va mutaxassislarni TDYUga keng jalb etish choralarini koʻrish.

Bunda xorijiy professor-oʻqituvchilar va mutaxassislar bilan oʻzaro kelishilgan miqdorlarda toʻlovlarni amalga oshirish hamda xorijiy valyutada toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy hisob raqamlariga toʻlovlarni oʻtkazishga ruxsat etish.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy

TDYU budjetdan tashqari mablagʻlari

TDYU,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Adliya vazirligi

39.

TDYUning yillik umumiy moliyaviy daromadining 5 foizidan oshmaydigan qismini talabalar va professor-oʻqituvchilar ishtirokidagi startaplar, LegalTech va tadbirkorlik loyihalarini qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirish hamda yuridik innovatsiya va biznes-loyihalarni moliyalashtirish, akseleratsiya dasturlari, mentorship va incubation dasturlarini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

TDYU budjetdan tashqari mablagʻlari

TDYU,

Tashqi ishlar vazirligi,

Adliya vazirligi

40.

Sunʼiy intellekt tizimlariga ulanish va ulardan oʻquv, ilmiy-tadqiqot jarayonlarida asosli va samarali foydalanishni tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil yanvar

TDYU budjetdan tashqari mablagʻlari

TDYU,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

41.

Qashqadaryo yuridik texnikumi negizida TDYU akademik litseyini tashkil etish.

Kompleks chora-tadbirlar

2026-yil sentabr

TDYU budjetdan tashqari mablagʻlari

Adliya vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

TDYU

42.

TDYU elektron taʼlim platformasini “UzASBO” dasturiy majmuasi hamda HEMIS — Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimiga hamda boshqa elektron tizimlarga (kontrakt.edu.uz, billing.edu.uz, prof.edu.uz, emis.edu.uz, pedagog.edu.uz) integratsiya qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil yanvar

-

TDYU,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

43.

Milliy huquq tizimi qadriyatlarini va yuridik kasbga jamiyat eʼtiborini oshirish hamda huquq ustuvorligi prinsiplarini keng singdirish va qonunga hurmat ruhini shakllantirish maqsadida TDYUning amaldagi binolarida:

TDYU huzuridagi Oʻzbekiston huquqi tarixi muzeyini;

Oʻzbekiston nizolarni hal etish markazini;

TDYU Raqamli huquq markazini;

Raqamli sud ekspertiza markazini joylashtirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

TDYU yangi binoga koʻchirilgandan soʻng olti oy muddatda

TDYU budjetdan tashqari mablagʻlari

TDYU,

Adliya vazirligi,

Bosh prokuratura,

Oliy sud,

Ichki ishlar vazirligi,

Advokatlar palatasi

(kelishuv asosida),

Notarial palata,

manfaatdor vazirlik va idoralar

44.

TDYUning boʻsh turgan mablagʻlaridan samarali foydalanish hamda qoʻshimcha daromadlarni oshirish maqsadida Markaziy bankning shu davrda amalda boʻlgan qayta moliyalashtirish stavkasidan kam boʻlmagan foizlarda eng yaxshi takliflarni mustaqil tanlab olish yoʻli bilan tijorat banklariga depozitga joylashtirib borish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

-

TDYU,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PF-232-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 12-iyundagi “Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4732-son Farmonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 3-bandning ikkinchi xatboshisidan “oliy” soʻzi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomlanishidan “oliy” soʻzi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

15.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti

Yurisprudensiya

Huquqshunoslik

.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va fanni tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5987-son Farmonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 9-bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilaridagi, 10-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi, 16-bandning beshinchi xatboshisidagi hamda 17-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi tegishli kelishikdagi “litsey” soʻzi tegishli kelishikdagi “litseylar” soʻzi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi — beshinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilardagi tegishli kelishikdagi “litsey” soʻzi tegishli kelishikdagi “litseylar” soʻzi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda moliya yili uchun TDYU va TDYU huzuridagi akademik litseylarning daromadlar va xarajatlar smetasini, shtat jadvalini, biznes-rejasini tasdiqlash, ularga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, bino va inshootlarni kapital taʼmirlash, rekonstruksiya qilish, xodimlariga ish haqini toʻlash tizimi va tartibini belgilash”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“a” kichik bandning toʻrtinchi xatboshisi hamda “b” kichik banddagi tegishli kelishikdagi “litsey” soʻzi tegishli kelishikdagi “litseylar” soʻzi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“v” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“v) 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab TDYU huzuridagi akademik litseylarning barcha fanlar boʻyicha yuqori natijalarga ega bitiruvchilari “yurisprudensiya” yoʻnalishidagi oliy taʼlim tashkilotlariga kirish test sinovlarisiz, yakka tartibda suhbat oʻtkazish orqali, toʻlov-kontrakt asosida qabul parametrlaridan tashqari kirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda mazkur tartib 2025/2026 oʻquv yiliga qadar Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylarga qabul qilingan oʻquvchilarga nisbatan tatbiq etiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) 2-ilovaning 24-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2025-yillarda normativ-huquqiy hujjatlarni qonunchilik tarmoqlari boʻyicha tizimlashtirish dasturining 8-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi PF-80-son Farmoni 10-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Namangan va Samarqand viloyatlari yuridik texnikumlari negizida Toshkent davlat yuridik universitetining akademik litseylarini tashkil qilish hamda ularning 2024/2025 oʻquv yilida qabul qilingan iqtidorli bitiruvchilarini “yurisprudensiya” yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalariga suhbat asosida test sinovlarisiz qabul qilish”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 28-maydagi “Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini shunday kadrlar bilan taʼminlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1761-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 10-banddan “oliy” soʻzi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 2-ilovaning rus tilidagi matnida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomlanishidan “visshix” soʻzi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

32.

Institut perepodgotovki i povisheniya kvalifikatsii yuridicheskix kadrov pri Ministerstve yustitsii Respubliki Uzbekistan

Pravovedeniye

Respublika Karakalpakstan, oblasti i g. Tashkent

”.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga chiqishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalari bilan maxsus kelishuvni talab qiladigan mansabdor shaxslar roʻyxatining 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“3. Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Toshkent davlat yuridik universiteti, X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi rahbarlari”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 7-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markazida” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 9-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markazida” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-apreldagi “Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2932-son qarorining 4-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) birinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) ikkinchi xatboshi birinchi xatboshi deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markazining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4910-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar tegishincha uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 17-bandning “a” kichik bandi uchinchi xatboshisidagi “direktorining” soʻzi “direktori hamda direktorning” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi “2030-yilgacha boʻlgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-184-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 1-ilova 7-bandining “m” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 2-ilovaning 33-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PF-232-son Farmoniga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va ilm-fanni yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-232-son Farmoni ijrosini monitoring qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Indikator (subindikator) nomi

Oʻlchov birligi

Joriy holat

(yillik)

Maqsadli koʻrsatkichlar

Maʼlumot berishga masʼul idoralar

2025

2026

2027

2028

2029

2030

1

2

3

6

7

8

9

10

11

12

13

MAQSAD: AMALIY OʻQITISH VA “KLINIK VA DUAL TAʼLIM” TAMOYILINI JORIY ETISH

I. Resurs koʻrsatkichlari

1.1.

Taʼlim dasturlarining amaliy qismlarini oʻtish uchun sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, advokatura, konsalting va sohaga doir boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik bitimlarini tuzish

son

10

12

14

16

18

20

22

Oliy sud,

Bosh prokuratura,

Ichki ishlar vazirligi,

Adliya vazirligi,

Advokatlar palatasi,

Notarial palata,

manfaatdor vazirlik va idoralar

1.2.

Taʼlim dasturlarining nazariy qismlarini huquqni qoʻllash amaliyoti bilan bosqichma-bosqich uygʻunlashtirib borish

foiz

10

15

20

40

70

90

100

TDYU

II. Amaliyot koʻrsatkichlari

2.1.

Taʼlim dasturlarining amaliy qismlarini oʻtish uchun hamkorlik oʻrnatilgan sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, advokatura, konsalting va sohaga doir boshqa tashkilotlar ulushi

son

100

150

180

210

240

270

300

Oliy sud,

Bosh prokuratura,

Ichki ishlar vazirligi,

Adliya vazirligi,

Advokatlar palatasi,

Notarial palata,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2.2.

Amaliyotdan kelib chiqib takomillash-tirilgan modullar kontenti

foiz

30

50

60

70

80

90

100

TDYU

2.3.

Taʼlim jarayoniga jalb etilgan amaliyotchi xodimlar

nafar

60

70

110

150

200

220

250

TDYU

III. Natijadorlik koʻrsatkichlari

3.

Ish beruvchilar tomonidan ijobiy baholangan bitiruvchilar ulushi

foiz

-

-

70

75

80

85

90

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

TDYU

MAQSAD: “TAʼLIM — TADQIQOT — AMALIYOT” INTEGRATSIYASINI YOʻLGA QOʻYISH

I. Resurs koʻrsatkichlari

4.

Akademik departamentlar tarkibida kichik yoʻnalish shoʻbalarini tashkil etish

son

0

0

20

22

24

27

30

TDYU

II. Amaliyot koʻrsatkichlari

5.1.

Boshqa tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish

son

44

44

50

65

70

75

80

Adliya vazirligi,

TDYU

5.2.

Amaliyotga joriy etilgan takliflar

son

30

35

50

55

60

65

70

TDYU

III. Natijadorlik koʻrsatkichlari

6.

Faoliyatni ijobiy baholagan hamkor davlat organlari va boshqa amaliyot tashkilotlari

foiz

-

-

50

65

70

75

80

Adliya vazirligi,

TDYU

MAQSAD: YURIDIK TAʼLIM SAMARADORLIGI VA SIFATI NAZORATINI KUCHAYTIRISH

I. Resurs koʻrsatkichlari

7.1.

Sifat siyosati va ichki reglamentlarni tanqidiy koʻrib chiqib, qayta qabul qilish

foiz

60

65

70

75

80

90

100

TDYU

7.2.

Taʼlim sifati treninglaridan oʻtgan professor oʻqituvchilar

nafar

30

40

50

60

70

80

100

TDYU

II. Amaliyot koʻrsatkichlari

8.1.

Double-marking/peer-review amaliyoti qoʻllangan yakuniy ishlar

foiz

0

0

30

40

50

60

70

TDYU

8.2.

Sunʼiy intellekt yordamida baholash qoʻllanilgan modullar

foiz

0

0

30

50

70

80

90

TDYU

8.3.

Baholash yuzasidan apellyatsiyalarni koʻrib chiqishning oʻrtacha muddati

kun

7

7

7

6

5

4

3

TDYU

8.4.

Antiplagiat tekshiruvlaridan oʻtgan ishlar

foiz

0

0

30

40

50

60

70

TDYU

8.5.

QAA va boshqa nufuzli tashkilotlar talablariga muvofiq oʻtkazilgan ichki auditlar

son

1

2

3

3

4

4

5

TDYU

III. Natijadorlik koʻrsatkichlari

9.1.

Bitiruvchilarning 6 oy ichida sohada bandligi

foiz

60

65

70

75

80

85

90

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

TDYU

9.2.

Xalqaro olimpiada va tanlovlarda sovrinli oʻrinlar

son

4

4

5

6

9

12

15

Adliya vazirligi, TDYU

MAQSAD: TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETINING 2030-YILGA QADAR NUFUZLI QUACQUARELLI SYMONDS REYTINGIDA HUQUQ SOHASI BOʻYICHA “TOP-1000” UNIVERSITETLAR QATORIGA KIRISHINI TAʼMINLASH

I. Resurs koʻrsatkichlari

10.1.

Xalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan taʼlim dasturlari ulushi

son

-

-

-

1

3

5

8

TDYU

10.2.

Xorijiy professor-oʻqituvchilar ulushi

foiz

1

3

5

8

10

12

15

TDYU

10.3.

Qoʻshma taʼlim dasturlari soni (shu jumladan, franshizing va akkreditatsiya asosida oʻqitish)

son

8

8

9

10

11

12

13

Adliya vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

TDYU

10.4.

Taʼlim va ilm-fan sohasiga oid xalqaro tashkilotlarda faol aʼzolik

son

2

2

3

5

7

9

10

Adliya vazirligi,

TDYU

II. Amaliyot koʻrsatkichlari

11.1.

Scopus bazasida indeksatsiyalangan maqolalar

son

40

44

50

70

90

110

130

TDYU

11.2.

Scopus bazasida sitatalar

son

20

20

30

40

50

60

70

TDYU

11.3.

“Oʻzbekiston huquqiy tizimi” xalqaro qisqa muddatli kursdan oʻtgan xorijiy mutaxassislar

nafar

-

8

10

12

14

16

20

Adliya vazirligi,

TDYU

III. Natijadorlik koʻrsatkichlari

12.

TDYUning QS reytingida huquq sohasi boʻyicha oʻrni

oʻrin

-

-

-

-

-

-

Top-1000

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

TDYU

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2025-y., 06/25/232/1102-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son; 01.09.2026-y., 06/26/174/0881-son)