26.11.2025 yildagi 743-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Istiqbolli kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning xorijda maqsadli stajirovkasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF-77-son Farmoniga muvofiq istiqbolli mutaxassislarning xorijiy universitetlar, ilmiy markazlar, kompaniya va tashkilotlarda maqsadli stajirovkasini tashkil etish tartibini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF-78-son Farmoniga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida muddati 6 oygacha boʻlgan qayta tayyorlash dasturlari joriy etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatchilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Istiqbolli mutaxassislarning “El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan maqsadli stajirovkasini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida qayta tayyorlash taʼlim dasturlari uchun nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Istiqbolli kadrlarni tayyorlash boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi Boshqaruv samaradorligi agentligi bilan birgalikda Tashqi ishlar vazirligining koʻmagida salohiyatli tinglovchilarni xorijiy davlatlarda maqsadli stajirovka oʻtashini tashkil etish, ularning konsullik hisobida turishini hamda xorijdagi stajirovka jarayoni doimiy ravishda kuzatib borilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 26-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
743-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-noyabrdagi 743-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Istiqbolli mutaxassislarning “El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan maqsadli stajirovkasini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom vazirlik, idora, iqtisodiyot tarmoqlari strategik korxonalari, shuningdek, yetakchi oliy taʼlim muassasalari, tadqiqot va tahliliy markazlari istiqbolli mutaxassislarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — “El-yurt umidi” jamgʻarmasi) tomonidan qisman yoki toʻliq moliyalashtiriladigan rivojlangan mamlakatlardagi yetakchi universitetlar, ilmiy markazlar, turli kompaniya va tashkilotlarda maqsadli stajirovkasini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi tashkilotlar — nomzodlarni maqsadli stajirovkaga yuborish uchun tavsiya etadigan vazirlik, idora, iqtisodiyot tarmoqlarining strategik korxonalari, yetakchi oliy taʼlim muassasalari, tadqiqot va tahliliy markazlar hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maqsadli stajirovka — mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiluvchi ustuvor sohalarda buyurtmachi tashkilotlar mutaxassislarining kasbiy bilim, koʻnikma va malakalarini zamon talablariga muvofiq rivojlantirish maqsadida xorijiy hamkor tashkilotlarda 1 oydan 6 oygacha boʻlgan muddatda amaliy tajriba olish jarayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maqsadli stajirovka ishtirokchisi — maqsadli stajirovkaga tanlov asosida qabul qilingan va xorijiy tashkilotda stajirovka oʻtayotgan mutaxassis;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzod — maqsadli stajirovkaga buyurtmachi tomonidan tavsiya etilgan istiqbolli mutaxassis;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy hamkor tashkilot — “El-yurt umidi” jamgʻarmasi va (yoki) buyurtmachi tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalariga ega boʻlgan hamda oʻzaro kelishuv yoki shartnomaga muvofiq maqsadli stajirovka bevosita oʻtaladigan xorijiy taʼlim, ilmiy yoki boshqa tashkilot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlik, idora, iqtisodiyot tarmoqlarining strategik korxonalari, yetakchi oliy taʼlim muassasalari, tadqiqot va tahliliy markazlarida mehnat faoliyatini olib borayotgan mutaxassislar uchun buyurtmachi tashkilot tomonidan “El-yurt umidi” jamgʻarmasining imkoniyatlaridan kelib chiqib, xorijiy hamkor tashkilotlar ishtirokida boshqa stajirovkalar tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur stajirovkalarni tashkil etish va moliyalashtirish tartibi “El-yurt umidi” jamgʻarmasi Boshqaruv kengashi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Buyurtmachi tashkilotlar tomonidan “El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan maqsadli stajirovkaga yuborilgan xodimning stajirovka muddati davomida egallab turgan lavozimi va oʻrtacha oylik ish haqi saqlanishi taʼminlanadi, shuningdek, ushbu xodimlarni xizmat boʻyicha birinchi navbatda oʻstirish choralari koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Maqsadli stajirovkani oʻtagan mutaxassislarga toʻliq bandlik rejimida ikki yil buyurtmachi tashkilotda uzluksiz ishlab berish majburiyati yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Maqsadli stajirovka yoʻnalishlarini shakllantirish va nomzodlarni saralab olish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Maqsadli stajirovkaga yuborish boʻyicha takliflarni umumlashtirish, nomzodlarni saralab olishni tashkil etish va oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Buyurtmachi tashkilotlar har yili 10-noyabrga qadar kadrlar tayyorlashga boʻlgan ehtiyojlar toʻgʻrisida lavozim va yoʻnalishlar kesimida, tanlangan nomzodlarning stajirovkasini tashkil qilish mumkin boʻlgan xorijiy tashkilotlar va stajirovka muddati boʻyicha asoslantirilgan maʼlumotlarni, shuningdek, nomzodlar stajirovkani tamomlagach bajaradigan vazifalari va erishishi lozim boʻlgan maqsadli koʻrsatkichlar roʻyxatini oʻrganib chiqish va umumlashtirish uchun Agentlikka taqdim etadi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maqsadli stajirovkani tashkil etishga boʻlgan ehtiyoj asoslantirilishi, shu jumladan, uni mamlakatimizdagi tashkilotlarda amalga oshirishdan farqli jihatlari sanab oʻtilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maqsadli stajirovka oʻtash taklif etilayotgan xorijiy hamkor tashkilot haqida maʼlumot va unda stajirovka oʻtash imkoniyatlari mavjudligi (tegishli yozishmalar yoki kelishuvni ilova qilgan holda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maqsadli stajirovka oʻtashning muddatlari hamda u bilan bogʻliq xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maqsadli stajirovkadan kutilayotgan natijalar aks ettirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Agentlik buyurtmachi tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarni umumlashtirish va tahlili asosida tarmoq yoʻnalishlari boʻyicha stajirovka dasturining xorijiy mamlakatlar kesimidagi kvotalarini belgilash uchun asoslantirilgan takliflarni har yili 10-dekabrga qadar “El-yurt umidi” jamgʻarmasining Boshqaruv kengashi majlislarida koʻrib chiqish uchun “El-yurt umidi” jamgʻarmasiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “El-yurt umidi” jamgʻarmasining Boshqaruv kengashi har yili 15-yanvarga qadar Agentlik tomonidan taqdim etilgan asoslantirilgan takliflar asosida tarmoq yoʻnalishlari boʻyicha stajirovka dasturining xorijiy mamlakatlar kesimidagi kvotalarini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Stajirovka tashkil etiladigan xorijiy tashkilotlar va stajirovka muddati buyurtmachi tashkilotlar, Agentlik va “El-yurt umidi” jamgʻarmasi bilan birgalikda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maqsadli stajirovka dasturining xorijiy mamlakatlar kesimidagi tasdiqlangan kvotalari, ularning yoʻnalishlari va muddatlari boʻyicha maʼlumotlar Agentlik va “El-yurt umidi” jamgʻarmasining rasmiy veb-sahifalarida hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Buyurtmachi tashkilotlar har yili 1-fevralga qadar maqsadli stajirovkaga yuboriladigan nomzodlar roʻyxatini shakllantirib, rasmiy xat asosida Agentlikka taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda buyurtmachi tashkilotlar birinchi navbatda, Milliy kadrlar zaxirasi tarkibiga kiritilgan nomzodlarni roʻyxatga kiritishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachi tashkilotlar tomonidan nomzodlar roʻyxatini shakllantirishda quyidagilar inobatga olinishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
stajirovka dasturiga mos mutaxassisligi boʻyicha kamida 3 yillik ish tajribasi, shu jumladan oxirgi 12 oy davomida ushbu sohada ishlagan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tilini bilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
stajirovka oʻtash rejalashtirilgan xorijiy tashkilotning shartsiz taklifnomasi (moliyaviy shartlar bundan mustasno) mavjudligi (buyurtmachi tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar uchun).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Buyurtmachi tashkilotlar tomonidan maqsadli stajirovkaga yuboriladigan nomzodlar roʻyxatini shakllantirib, Agentlikka taqdim etishda quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma ijrochi direktori nomiga belgilangan shakldagi ariza (stajirovkani amalga oshirish boʻyicha tanlangan mutaxassislik, xorijiy mamlakat va xorijiy tashkilot koʻrsatilgan holda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish joyi va lavozimi saqlanishi yoki tegishli taʼlim dasturi tugaganidan soʻng ishga joylashtirish boʻyicha majburiyatlar aks etgan buyurtmachi tashkilotning kafolat xati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
stajirovka oʻtash rejalashtirilgan xorijiy tashkilotning shartsiz taklifnomasi (moliyaviy shartlar bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi tashkilot va stajirovka oʻtash rejalashtirilgan tashkilot tomonidan ishlab chiqilgan stajirovka dasturi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
stajirovkadan keyingi ikki yil davomida bajarishi lozim boʻlgan aniq vazifalar va maqsadli koʻrsatkichlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda taqdim etiladigan hujjatlar shakllari Agentlik tomonidan ishlab chiqiladi va buyurtmachilarga har yili 1-yanvarga qadar taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Maqsadli stajirovka dasturida quyidagi shaxslar ishtirok eta olmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 25 yoshdan kichik boʻlganlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) avval ayni yoki turdosh yoʻnalish boʻyicha xorijda maqsadli stajirovka oʻtab, uzluksiz ishlab berish majburiyati muddati tugamaganlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda sud tomonidan aybdor deb topilgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Agentlik buyurtmachi tashkilotlar tomonidan taqdim etgan nomzodlar toʻgʻrisidagi hujjatlar ushbu Nizom talablariga muvofiqligini oʻrganadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Hujjatlarni toʻliq taqdim etmagan yoki taqdim etilgan hujjatlari belgilangan talablarga muvofiq boʻlmaganda, kamchiliklarni bartaraf etish uchun buyurtmachiga uch ish kunidan iborat muddat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Belgilangan muddatda buyurtmachi tashkilotlar tomonidan kamchiliklar bartaraf etilmaganda, nomzodlar Agentlik tomonidan tanlovdan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Maqsadli stajirovkaga nomzodlarni saralash boʻyicha Agentlikda kamida yetti kishidan iborat, toq sonda boʻlgan tanlov komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya tarkibiga Agentlik, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi va Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi vakillari kiritiladi, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari xodimlari hamda mustaqil ekspertlar jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Agentlik direktori oʻrinbosarlaridan biri Komissiya raisi etib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Saralash tartibi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
test sinovlari — bilim va koʻnikmalarini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodlar bilan suhbat — ularning kasbiy salohiyati, xorijiy til bilish darajasi va kasbiy hamda malakaviy rivojlanishga boʻlgan intilishini baholash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tavsiya etilgan nomzodlar intellekt darajasi (IQ-test), psixologik barqarorlik, davlat tilini bilish, raqamli texnologiyalar hamda siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar sohasidagi bilim darajasini aniqlash boʻyicha Agentlikning hududiy filiallari bazasida Agentlik huzuridagi Rahbar kadrlarni baholash markazi (keyingi oʻrinlarda — Rahbar kadrlarni baholash markazi) tomonidan markazlashtirilgan tartibda onlayn rejimida test sinovlaridan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Rahbar kadrlarni baholash markazida test sinovlaridan 71 foiz va undan yuqori koʻrsatkichga ega nomzodlar suhbat jarayoniga jalb etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Saralash jarayoni shaffof va adolatli oʻtkaziladi. Suhbat jarayonlari videotasvirga yozib olinadi hamda onlayn rejimda videotranslyatsiya qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Suhbat natijalari 100 ballik tizimda baholanadi. Komissiya tomonidan yakka tartibda, har bir nomzod bilan alohida oʻtkaziladi. Unda nomzodning quyidagi kompetensiyalari baholanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat siyosatini tushunish va tahlil qilish, siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy sohalari boʻyicha bilimi (25 ball);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
stajirovka oʻtashda zarur boʻladigan xorijiy tilni bilish darajasi (15 ball);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
strategik fikrlash va qaror qabul qilish qobiliyati (20 ball);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
emotsional barqarorlik va stressga chidamlilik (20 ball);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
liderlik qobiliyatlari va jamoa bilan ishlash salohiyati (10 ball);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik va masʼuliyat hissi (10 ball).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomzodlarning yakuniy natijalari komissiya aʼzolari tomonidan suhbat natijasiga koʻra qoʻygan ballarning qoʻshgan holdagi oʻrtachasidan kelib chiqib aniqlanadi va komissiyaning bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suhbat jarayoni onlayn shaklda oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Suhbatdan eng yuqori ball toʻplagan nomzodlar ballar reytingi asosida mazkur Nizomning 9-bandiga muvofiq tasdiqlanadigan kvota doirasida maqsadli stajirovkaga tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Agentlik tomonidan oʻtkaziladigan tanlov natijalari asosida har yili 1-aprelga qadar tanlov gʻoliblari aniqlanadi va “El-yurt umidi” jamgʻarmasining Boshqaruv kengashi tomonidan tasdiqlash uchun “El-yurt umidi” jamgʻarmasiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Tanlov gʻoliblari roʻyxati Agentlik va “El-yurt umidi” jamgʻarmasining rasmiy veb-sahifalarida hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. “El-yurt umidi” jamgʻarmasi Boshqaruv kengashi qaroriga asosan gʻolib deb topilgan mutaxassislar, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi, Agentlik, buyurtmachi tashkilot va moliyaviy (qoʻshimcha) kafil oʻrtasida shartnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mutaxassislarning xorijda maqsadli stajirovkani oʻtashi, yashash va yurish-turish tartib-qoidalari hamda tomonlarning huquq va majburiyatlari ushbu shartnomada belgilab qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Nomzodlarning shikoyatlarini koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Test va suhbat natijalari boʻyicha nomzodlarning shikoyatlari, ular eʼlon qilingan sanadan boshlab ikki ish kuni ichida Agentlikka yozma shaklda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suhbat natijalariga koʻra nomzodning murojaatini koʻrib chiqish jarayonida yozib olingan videotasvir oʻrganiladi hamda ushbu Nizom tartibiga rioya qilinganlik holati koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Baholash natijalaridan norozi boʻlgan nomzodlarning apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun Agentlikda uch kishidan iborat tarkibda apellyatsiya komissiyasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya komissiyasiga Agentlik direktorining Komissiyaga raislik qilmagan boshqa oʻrinbosarlaridan biri rais etib belgilanadi va uning tarkibi Komissiya ishida ishtirok etmagan shaxslardan tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Apellyatsiya komissiyasi shikoyatni u berilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida koʻrib chiqib, qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Apellyatsiya komissiyasi shikoyatni koʻrib chiqish natijalariga koʻra quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shikoyatni asoslangan deb hisoblash hamda uni qanoatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shikoyatni asossiz deb hisoblash hamda uni qanoatlantirishni rad etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Apellyatsiya komissiyasi qaror qabul qilingan kuni nomzodni shikoyat qanoatlantirilgan yoki rad etilganligini koʻrsatgan holda, yozma ravishda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Maqsadli stajirovkalarni tashkil etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Maqsadli stajirovkaga yuboriladigan mutaxassislarning stajirovka oʻtashda zarur boʻladigan xorijiy tilni oʻrganishi uchun buyurtmachi tashkilot tomonidan tegishli sharoitlar yaratib beriladi, shu jumladan, xorijiy tilni oʻrganish bilan bogʻliq xarajatlar qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim hollarda tarjimon xizmatidan foydalanish orqali maqsadli stajirovka dasturi tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. “El-yurt umidi” jamgʻarmasi xorijda maqsadli stajirovka narxlari, muddatlari va shart-sharoitlarining maqsadga muvofiqligidan kelib chiqib, maqsadli stajirovka ishtirokchisi uchun nisbatan afzal boʻlgan xorijiy tashkilotni tanlash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Maqsadli stajirovka dasturi “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan xorijiy hamkorlar bilan tuzilgan kelishuvlar asosida maxsus nazariy yoki oʻquv-amaliy kurslar, tadqiqot, oʻquv modullari va sikllar koʻrinishida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Maqsadli stajirovkaga yuborilgan mutaxassis maqsadli stajirovka davomida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maqsadli stajirovka boʻyicha uslubiy va koʻrsatma materiallar bilan tanishishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maqsadli stajirovkani tashkil etish va undan oʻtish bilan bogʻliq tadbirlarda ishtirok etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maqsadli stajirovka dasturida nazarda tutilgan barcha tadbirlarni belgilangan muddat ichida, toʻliq hajmda va sifatli bajarishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaliy faoliyatda foydalanilishi mumkin boʻlgan hujjatlar namunalari va boshqa muhim materiallar toʻplamini yuritishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli tashkilotda oʻrnatilgan tartib-qoidalarga rioya qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Maqsadli stajirovka “El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlari, shuningdek, xorijiy grantlar va buyurtmachilar mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Maqsadli stajirovka dasturi doirasida quyidagi xarajatlar qoplanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maqsadli stajirovka oʻtash boʻyicha xorijiy tashkilotga toʻlanadigan stajirovka uchun toʻlov;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viza xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maqsadli stajirovka davrida tibbiy sugʻurtalash xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha turdagi transport vositalari bilan stajirovkadan oʻtish joyigacha boʻlgan yoʻlkira xarajatlari (ikkala tomonga, koʻpi bilan bir marta);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maqsadli stajirovka dasturi bilan bogʻliq turar-joy, kunlik xarajatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi Boshqaruv kengashi qaroriga koʻra maqsadli stajirovkaga yuborilgan mutaxassisning xorijda stajirovkasi bilan bevosita bogʻliq boʻlgan boshqa xarajatlar ham qoplanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Maqsadli stajirovka dasturini moliyalashtirish bir nomzod uchun eng yuqori miqdori va moliyalashtirish tartibi “El-yurt umidi” jamgʻarmasining Boshqaruv kengashi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Maqsadli stajirovkaga yuborilgan mutaxassislarning stajirovka oʻtashini va keyingi mehnat faoliyatini monitoring qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. “El-yurt umidi” jamgʻarmasi maqsadli stajirovkaga yuborilgan mutaxassislarning stajirovkani oʻtash jarayonlari monitoringini olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. “El-yurt umidi” jamgʻarmasi maqsadli stajirovkani oʻtayotgan mutaxassislarning stajirovka jarayoni hamda xorijdagi hayoti va ijtimoiy holatiga tegishli boʻlgan maʼlumotlarni olib turish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatdagi Elchixonasi yoki konsullik xizmati koʻmagidan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Buyurtmachi tashkilotlar xodimlarining maqsadli stajirovkasini tashkil etishda Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatdagi Elchixonasi yoki konsullik xizmati bilan birgalikda stajirovkaga yuborilgan mutaxassisning konsullik hisobida turishini taʼminlaydi, xorijdagi hayoti va sogʻligʻidan, shuningdek, ularning stajirovkasi, moddiy va maishiy ahvolidan xabardor boʻlib boradi hamda “El-yurt umidi” jamgʻarmasi bilan hamkorlikda uning muammolarini bartaraf etish choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Maqsadli stajirovka dasturi boʻyicha belgilangan muddat tugaganidan soʻng mutaxassis uzogʻi bilan bir hafta ichida Oʻzbekiston Respublikasiga qaytib kelishi talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Maqsadli stajirovkaga yuborilgan mutaxassislar tomonidan stajirovkani oʻtash yakunlari boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasiga stajirovka yakunlangandan soʻng 15 (oʻn besh) ish kuni ichida quyidagi maʼlumotlar va hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) maqsadli stajirovka yakunlari boʻyicha hisobot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) moliyaviy hisobot, shu jumladan maqsadli stajirovka oʻtash boʻyicha xorijiy tashkilotga stajirovka uchun toʻlov toʻlanganini tasdiqlovchi hujjat (agarda toʻlovlar mutaxassis bank plastik kartasi orqali oʻtkazilgan boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) maqsadli stajirovka oʻtaganligi boʻyicha sertifikat yoki boshqa tasdiqlovchi hujjat nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Maqsadli stajirovkani oʻtagan mutaxassislar qaytgandan soʻng, xorijda olgan ilgʻor nazariy bilim va tajribalarini amaliyotga joriy etishi hamda xizmat boʻyicha oʻsishiga zarur sharoitlar yaratib borishga tegishli buyurtmachi tashkilotlar rahbarlari masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur jarayonlar Agentlik tomonidan muvofiqlashtiriladi va monitoring qilib boriladi. Bunda monitoring ikki yil davomida bir yilda kamida ikki marotaba xorijda maqsadli stajirovkani oʻtagan mutaxassislarning uzluksiz ishlab berish majburiyati oʻtalayotgan tegishli tashkilotlardan olingan maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. “El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan maqsadli stajirovka oʻtagan mutaxassislar tomonidan shartnoma shartlari bajarilmagan taqdirda, sarflangan barcha xarajatlarning ikki barobari miqdorida maqsadli stajirovka oʻtagan mutaxassisning oʻzi va moliyaviy (qoʻshimcha) kafillari tomonidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Mazkur Nizomning talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Istiqbolli mutaxassislarning “El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan maqsadli stajirovkasini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Istiqbolli mutaxassislarning xorijiy universitetlar, ilmiy markazlar, kompaniya va tashkilotlarda maqsadli stajirovkasini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Buyurtmachi tashkilotlar

Kadrlar tayyorlashga boʻlgan ehtiyojlar toʻgʻrisida lavozim va yoʻnalishlar kesimida, tanlangan nomzodlarning stajirovkasini tashkil qilish mumkin boʻlgan xorijiy tashkilotlar va stajirovka muddati boʻyicha asoslantirilgan maʼlumotlarni, shuningdek, nomzodlar stajirovkani tamomlagach bajaradigan vazifalari va erishishi lozim boʻlgan maqsadli koʻrsatkichlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligiga (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) taqdim etadi.

Har yili 10-noyabrga qadar

2-bosqich

Agentlik,

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi

Buyurtmachi tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarni umumlashtirish va tahlili asosida tarmoq yoʻnalishlari boʻyicha stajirovka dasturining xorijiy mamlakatlar kesimidagi kvotalarini belgilash uchun asoslantirilgan takliflarni “El-yurt umidi” jamgʻarmasining Boshqaruv kengashiga taqdim etadi.

Har yili 10-dekabrga qadar

“El-yurt umidi” jamgʻarmasining Boshqaruv kengashi

Agentlik tomonidan taqdim etilgan asoslantirilgan takliflar asosida tarmoq yoʻnalishlari boʻyicha stajirovka dasturining xorijiy mamlakatlar kesimidagi kvotalarini tasdiqlaydi.

Har yili 15-yanvarga qadar

3-bosqich

Buyurtmachi tashkilotlar

Maqsadli stajirovkaga yuboriladigan nomzodlar roʻyxatini shakllantirib, xat asosida Agentlikka taqdim etadi.

Har yili 1-fevralga qadar

4-bosqich

Agentlik,

Rahbar kadrlarni baholash markazi

1. Maqsadli stajirovkaga nomzodlarni saralash boʻyicha tanlov komissiyasini tuzadi.

2. Saralash tartibi ikki bosqichda:

birinchi bosqich — nomzodlarni bilim va koʻnikmalarini aniqlash boʻyicha test sinovlari;

ikkinchi bosqich — nomzodlarning kasbiy salohiyati, xorijiy til bilish darajasi va kasbiy hamda malakaviy rivojlanishga boʻlgan intilishini baholash boʻyicha suhbat shaklida oʻtkaziladi.

Har yili fevral-mart oylarida

5-bosqich

Agentlik

Test sinovlaridan 71 foiz va undan yuqori koʻrsatkichga ega nomzodlar suhbat jarayoniga jalb etilgan hamda suhbatdan eng yuqori ball toʻplagan nomzodlarni ballar reytingi asosida, kvota doirasida maqsadli stajirovkaga tavsiya etadi.

Har bir saralash bosqichi yakuniga koʻra 2 ish kunida

6-bosqich

Agentlik,

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi

Tanlov natijalari asosida tanlov gʻoliblarini tasdiqlash uchun “El-yurt umidi” jamgʻarmasining Boshqaruv kengashiga taqdim etadi.

Tanlov gʻoliblari roʻyxati Agentlik va “El-yurt umidi” jamgʻarmasining rasmiy veb-sahifalarida hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda eʼlon qilinadi.

Har yili 1-aprelga qadar

 

 

 

 

 

 

 

7-bosqich

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi, buyurtmachi tashkilot

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi Boshqaruv kengashi qaroriga asosan gʻolib deb topilgan mutaxassislar “El-yurt umidi” jamgʻarmasi, Agentlik, buyurtmachi tashkilot va moliyaviy (qoʻshimcha) kafil oʻrtasida shartnoma tuzadi.

15 ish kuni ichida

8-bosqich

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi, buyurtmachi tashkilot

Istiqbolli mutaxassislarning xorijiy universitetlar, ilmiy markazlar, kompaniya va tashkilotlarda maqsadli stajirovka oʻtashini tashkil etadi.

Maqsadli stajirovka oʻtash davri davomida

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi, Agentlik

Maqsadli stajirovkaga yuborilgan mutaxassislarni stajirovkadan keyingi mehnat faoliyatini monitoring qiladi.

Maqsadli stajirovkadan keyin 2 yil davomida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-noyabrdagi 743-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida qayta tayyorlash taʼlim dasturlari uchun nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida (keyingi oʻrinlarda — Akademiya) davlat organlari, xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari (keyingi oʻrinlarda — davlat organlari va tashkilotlari) xodimlari uchun muddati 6 oygacha boʻlgan qayta tayyorlash taʼlim dasturlariga nomzodlarni saralash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Akademiyada muddati 6 oygacha boʻlgan quyidagi qayta tayyorlash taʼlim dasturlari (keyingi oʻrinlarda — qayta tayyorlash dasturlari) joriy etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geosiyosat, global xavfsizlik, barqaror rivojlanish, loyiha boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy siyosat va boshqa dolzarb yoʻnalishlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi topshirigʻiga muvofiq tashkil etiladigan maxsus kurslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashabbuskor ayollarning rahbarlik koʻnikmalarini rivojlantirish va ularni davlat xizmatiga tayyorlash uchun “Rahbar ayollar” dasturi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
istiqbolli yoshlarni davlat xizmatiga jalb etish hamda yosh davlat xizmatchilarining yetakchilik va boshqaruvchilik qobiliyatlarini rivojlantirish uchun “Kelajak liderlari” dasturi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlarining rahbar va boshqaruv kadrlari hamda mazkur lavozimlarga nomzodlar uchun “Tizimli tahlil, strategik rejalashtirish va maqsadli koʻrsatkichlarga erishish” dasturi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokimlar va ularning oʻrinbosarlari hamda mazkur lavozimlarga nomzodlar uchun “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish” dasturi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlarining kadrlar siyosatiga masʼul tarkibiy tuzilma rahbarlari uchun “Kadrlar zaxirasini shakllantirish va inson resurslarini rivojlantirish” dasturi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat, tarmoq va hududiy rivojlantirish dasturlari boʻyicha loyihaviy boshqaruv va monitoring koʻnikmalarini rivojlantirish uchun “Davlat dasturlari va loyihalarini samarali boshqarish” dasturi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Akademiyada qayta tayyorlash dasturlari uchun nomzodlarni saralashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan yuqori malakali kadrlarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatchilari oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, intellektual va professional salohiyatni hamda tashabbuskorlik va yetakchilik fazilatlarini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetakchilik fazilatlari va boshqaruvchilik bilimlari yuqori darajada boʻlgan istiqbolli rahbar xodimlarni tanlash va maxsus oʻquvlarga jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlari uchun istiqbolli boshqaruv kadrlari zaxirasiga nomzodlarni shakllantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qayta tayyorlash dasturlari uchun nomzodlarni saralash qonuniylik, xolislik, shaffoflik, kollegiallik va teng huquqlilik tamoyillari asosida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qayta tayyorlash dasturlariga nomzodlarni saralash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan manfaatdor davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikda tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agentlik har bir qayta tayyorlash dasturlariga qabul qilish jarayoni boʻyicha saralash bosqichlarini oʻtkazish bilan bogʻliq chora-tadbirlar, hujjatlarni taqdim etish shakli va muddatlari hamda boshqa zarur masalalar yuzasidan saralash boshlanishidan kamida 15 kun oldin davlat organlari va tashkilotlariga maʼlum qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qayta tayyorlash dasturlariga oid maʼlumotlar Agentlik hamda Akademiyaning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida eʼlon qilib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Qayta tayyorlash dasturlari uchun nomzodlarni dastlabki saralash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qayta tayyorlash dasturlari uchun nomzodlarni dastlabki saralash davlat organlari va tashkilotlarida nomzodlarni saralab olish boʻyicha har yili 1-aprelga qadar idoraviy komissiya (keyingi oʻrinlarda — Idoraviy komissiya) tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoraviy komissiya hududlarning, iqtisodiyot tarmoqlari va tashkilotlarning boshqaruv kadrlariga boʻlgan joriy va kelajakdagi talab-ehtiyojlari oʻrganib chiqadi hamda shu asosda xodimlar, tashabbuskor ayollar, istiqbolli yoshlardan iborat qayta tayyorlash dasturlari saralash bosqichida ishtirok etish uchun nomzodlar roʻyxatini shakllantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Nomzodlar oliy maʼlumotli va kamida 2 yil boshqaruv lavozimlarida ish tajribasiga ega boʻlgan, davlat boshqaruvi va ijtimoiy-siyosiy hayotning turli sohalarida samarali faoliyat olib borayotgan, “Kelajak liderlari” dasturi uchun 25 yoshdan 35 yoshgacha (35 yosh ham qoʻshilgan holda), qolgan dasturlarga 30 yoshdan 45 yoshgacha boʻlgan (45 yosh ham qoʻshilgan holda) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari nomzod boʻlishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda qayta tayyorlov dasturlariga nomzod sifatida kadrlar zaxirasiga kiritilgan (Milliy kadrlar zaxirasi, Salohiyatli kadrlar zaxirasi, Istiqbolli kadrlar zaxirasi kabi) davlat xizmatchilari hamda fuqarolik jamiyati institutlari va tadbirkorlik subyektlari xodimlari tavsiya etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadrlar zaxirasiga kiritilgan davlat xizmatchilari orasidan yetarlicha nomzodlar shakllanmagan holatda, tashkilot tizimida faoliyat yuritayotgan boshqa boshqaruv xodimlari tavsiya qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qayta tayyorlash dasturlarida ishtirok etishlari uchun nomzodlar dastlab har yili 15-aprelga qadar Idoraviy komissiyaga murojaat qiladi va tegishli hujjatlarini taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Idoraviy komissiya nomzod va uning hujjatlarini har tomonlama oʻrganib, qayta tayyorlash dasturlari talablariga mos keladigan nomzodlarning roʻyxatini shakllantiradi va har yili 1-mayga qadar Agentlikka tavsiya etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Qayta tayyorlash dasturlarida tahsil oladigan davlat xizmatchilari kontingentini shakllantirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qayta tayyorlash dasturlarida tahsil oladigan davlat xizmatchilari kontingentini saralash va shakllantirish boʻyicha har yili 1-iyunga qadar Agentlikda kamida yetti kishidan iborat, toq sonda boʻlgan maxsus komissiya tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus komissiya tarkibiga Agentlik, Akademiya vakillari kiritiladi, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari xodimlari hamda mustaqil ekspertlar jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik direktori oʻrinbosarlaridan biri Komissiya raisi etib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Maxsus komissiya tomonidan nomzodlarni saralash tartibi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) test sinovlari — Agentlik huzuridagi Rahbar kadrlarni baholash markazi (keyingi oʻrinlarda — Rahbar kadrlarni baholash markazi) tomonidan intellekt darajasi (IQ-test), psixologik barqarorlik, davlat tilini bilish, axborot texnologiyalari hamda siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar sohasidagi bilim va koʻnikmalarini aniqlash maqsadida markazlashtirilgan tartibda onlayn rejimda test sinovlaridan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda davlat organlari va tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan nomzodlardan test sinovlarini oʻtkazish Agentlikning hududiy filiallari axborot texnologiyalari bazasidan foydalangan holda shartnoma asosida tashkil etiladi. Davlat organlari va tashkilotlarining markaziy apparati nomzodlari Agentlikning Toshkent shahri filialiga biriktiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) nomzodlar bilan suhbat — ularning kasbiy salohiyati, bilim darajasi hamda malakaviy rivojlanishga boʻlgan intilishi baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rahbar kadrlarni baholash markazida test sinovlaridan 71 foiz va undan yuqori koʻrsatkichga ega nomzodlar suhbat jarayoniga jalb etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Saralash jarayoni shaffof va adolatli oʻtkaziladi. Suhbat jarayonlari videotasvirga yozib olinadi hamda onlayn rejimda videotranslyatsiya qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Suhbat natijalari 100 ballik tizimda baholanadi. Suhbat maxsus komissiya tomonidan yakka tartibda, har bir nomzod bilan alohida oʻtkaziladi. Unda nomzodning quyidagi kompetensiyalari baholanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat siyosatini tushunish va tahlil qilish, siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy sohalari boʻyicha bilimi (25 ball);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
strategik fikrlash va qaror qabul qilish qobiliyati (20 ball);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
emotsional barqarorlik va stressga chidamlilik (20 ball);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy tilni bilish darajasi (15 ball);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
liderlik qobiliyatlari va jamoa bilan ishlash salohiyati (10 ball);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik va masʼuliyat hissi (10 ball).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomzodlarning yakuniy natijalari komissiya aʼzolari tomonidan suhbat natijasiga koʻra qoʻygan ballarning qoʻshgan holdagi oʻrtachasidan kelib chiqib aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suhbat jarayoni onlayn shaklda oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Suhbatdan eng yuqori ball toʻplagan nomzodlar Akademiyaning qabul parametrlarida belgilangan kvota doirasida mazkur Nizomning 2-bandida koʻrsatib oʻtilgan qayta tayyorlash dasturlarining birida ishtirok etish uchun har bir yoʻnalish boʻyicha alohida tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Agentlik qayta tayyorlash taʼlim dasturlarida ishtirok etish uchun tavsiya etilgan nomzodlarni har yili 1-iyulga qadar Akademiyaga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻquv jarayonlari boshlangunga qadar qayta tayyorlash dasturlari uchun nomzodlarni saralash natijalariga koʻra dasturlarga tavsiya qilingan, biroq oilaviy va (yoki) shaxsiy sabablar tufayli dasturda ishtirok eta olmaydigan nomzodlar arizalariga binoan roʻyxatdan chiqarilishi mumkin. Bunda mazkur nomzod oʻrniga natijalar ketma-ketligidagi keyingi nomzod Agentlik tomonidan oʻquvlarga tavsiya etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Qayta tayyorlash dasturlariga tavsiya qilingan nomzodlar roʻyxati apellyatsiya komissiyasi qarori inobatga olingan holda maxsus komissiyaning bayoni bilan tasdiqlanadi. Mazkur bayon asosida Akademiya rektori tomonidan belgilangan tartibda tinglovchilarni qayta tayyorlash dasturiga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida buyruq qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Nomzodlarning shikoyatlarini koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Test va suhbat natijalari boʻyicha nomzodlarning shikoyatlari, ular eʼlon qilingan sanadan boshlab ikki ish kuni mobaynida Agentlikka yozma shaklda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suhbat natijalariga koʻra nomzodning murojaatini koʻrib chiqish jarayonida yozib olingan videotasvir oʻrganiladi hamda ushbu Nizom tartibiga rioya qilinganlik holati koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Baholash natijalaridan norozi boʻlgan nomzodlarning apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun Agentlikda uch kishidan iborat tarkibda apellyatsiya komissiyasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya komissiyasiga Agentlik direktorining maxsus komissiyaga raislik qilmagan boshqa oʻrinbosarlaridan biri rais etib belgilanadi va uning tarkibi maxsus komissiya ishida ishtirok etmagan shaxslardan tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Apellyatsiya komissiyasi shikoyatni u berilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Apellyatsiya komissiyasi shikoyatni koʻrib chiqish natijalariga koʻra quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shikoyatni asoslangan deb hisoblash hamda uni qanoatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shikoyatni asossiz deb hisoblash hamda uni qanoatlantirishni rad etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Apellyatsiya komissiyasi qaror qabul qilingan kuni nomzodni shikoyat qanoatlantirilgan yoki rad etilganligini koʻrsatgan holda, yozma ravishda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Mazkur Nizomning talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida qayta tayyorlash taʼlim dasturlari uchun nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida qayta tayyorlash taʼlim dasturlari uchun nomzodlarni saralash tartibi boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi

(keyingi oʻrinlarda — Agentlik)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida (keyingi oʻrinlarda — Akademiya) qayta tayyorlash taʼlim dasturlari uchun nomzodlarni saralash bosqichlarini oʻtkazish bilan bogʻliq chora-tadbirlar, hujjatlarni taqdim etish shakli va muddatlari hamda boshqa zarur masalalar yuzasidan davlat organlari va tashkilotlariga maʼlum qiladi.

Saralash boshlanishidan kamida 15 kun oldin

2-bosqich

Davlat organlari, xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

Agentlikning xatiga muvofiq Akademiyaga qayta tayyorlash taʼlim dasturlariga qabulni tashkil etish va oʻtkazish uchun nomzodlarni birlamchi saralab olish boʻyicha idoraviy komissiya (keyingi oʻrinlarda — Idoraviy komissiya) tuzadi.

Har yili 1-aprelga qadar

3-bosqich

Nomzod

Akademiyaning qayta tayyorlash taʼlim dasturlariga kirmoqchi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari — davlat xizmatchilari, fuqarolik jamiyati institutlari va tadbirkorlik subyektlari xodimlari Idoraviy komissiyaga murojaat qiladi va tegishli hujjatlarini taqdim etadi.

Har yili 15-aprelga qadar

Idoraviy komissiya

1. Akademiyada qayta tayyorlash taʼlim dasturlariga qabul qilish uchun hududlarning, iqtisodiyot tarmoqlari va tashkilotlarning boshqaruv kadrlariga boʻlgan joriy va kelajakdagi talab-ehtiyojlarini oʻrganib chiqadi hamda shu asosda xodimlar, tashabbuskor ayollar, istiqbolli yoshlardan iborat qayta tayyorlash dasturlari saralash bosqichida ishtirok etish uchun nomzodlar roʻyxatini shakllantiradi.

2. Akademiyada qayta tayyorlash taʼlim dasturlariga qabul qilish uchun nomzodlarning roʻyxati, ularning har biriga alohida tavsiyanoma hamda hujjatlar toʻplamini elektron shaklda Agentlikka taqdim etadi.

Har yili 1-mayga qadar

4-bosqich

Agentlik

Qayta tayyorlash dasturlarida tahsil oladigan davlat xizmatchilari kontingentini saralash va shakllantirish boʻyicha maxsus komissiya tuzadi.

Har yili 1-iyunga qadar

5-bosqich

Agentlik,

Rahbar kadrlarni baholash markazi

Saralash tartibi ikki bosqichda:

1-bosqich — nomzodlarni bilim va koʻnikmalarini aniqlash boʻyicha test sinovlari;

2-bosqich — nomzodlarning kasbiy salohiyati, xorijiy til bilish darajasi va kasbiy hamda malakaviy rivojlanishga boʻlgan intilishini baholash boʻyicha suhbat shaklida oʻtkaziladi.

Har yili iyun oyi davomida

6-bosqich

Agentlik

Test sinovlaridan 71 foiz va undan yuqori koʻrsatkichga ega nomzodlar suhbat jarayoniga jalb etilgan hamda suhbatdan eng yuqori ball toʻplagan nomzodlar Akademiyaning qabul parametrlarida belgilangan kvota doirasida har bir qayta tayyorlash taʼlim dasturlari boʻyicha alohida tavsiya etilgan nomzodlarni Akademiyaga taqdim etadi.

Har yili 1-iyulga qadar

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2025-y., 09/25/743/1100-son)