1-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar | Amalga oshirish mexanizmi | Bajarish muddatlari | Moliyalashtirish manbalari | Masʼul ijrochilar |
I. Seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi xorijiy tajribani oʻrganish hamda soqada kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish | |||||
1. | Konstruktor-hisobchi va loyiha bosh muhandislarini bino va inshootlarni maxsus seysmik himoya vositalari yordamida loyihalashtirish va nochiziqli hisoblash usulida loyihalash hamda mintaqaviy akselerogrammalardan foydalanib, loyihalashtirish boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish. | 1. Konstruktor-hisobchi va loyiha bosh muhandislaridan iborat kichik guruhlarni shakllantirish. | 2026-2027-yillar davomida (har yili mart oyiga qadar) | Vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari, Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligi va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Oʻquv va malaka oshirish kurslari rejasini tuzish va zilzilabardosh qurilishga ixtisoslashgan yetakchi xorijiy qabul qiluvchi tomon bilan kelishish. | 2026-2027-yillar davomida (har yili aprel oyiga qadar) | ||||
3. Shakllantirilgan guruhlarni kelishuvga erishilgan tashkilotlarga bosqichma-bosqich qisqa muddatli (2 haftadan 1 oygacha) oʻquv va malaka oshirish kurslariga yuborish. | 2026-2027-yillar davomida | ||||
4. Oʻquv va malaka oshirish kurslarida olingan tajribani tahlil qilib borish. Tahlil natijalariga koʻra seysmik himoyalash va monitoring qilish vositalarini qoʻllash shartlari va loyihalashtirish uslubiyoti, mintaqaviy aksellogrammalar asosida hamda konstruksiyalarni nochiziqli hisoblash usullari, shuningdek, gaz va elektr tarmoqlarini bloklash tizimlarini amaliyotga joriy qilish uchun amaldagi normativ hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va takliflar kiritish. | 2026-2027-yillar | ||||
2. | Qurilish yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalarida konstruktor-hisobchi mutaxassislarini tayyorlash tizimini takomillashtirish. | 1. Oʻquv va malaka oshirish kurslarida boʻlib qaytgan mutaxassislar ishtirokida oliy taʼlimning bakalavriat va magistratura bosqichlari uchun oʻquv dasturlarini tuzish va mavjudlarini qayta koʻrib chiqish. | 2026-2027-yillarda iyun oyigacha | Vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Q. Sharipov), Fanlar akademiyasi (S. Mirzayev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Oʻquv va malaka oshirish kurslarida boʻlib qaytgan mutaxassislardan tayinlangan trenerlarni oliy taʼlim muassasasi professor-oʻqituvchilarini ishlab chiqilgan dasturlar boʻyicha oʻqitishini tashkil etish. | 2026-2027-yillarda oktabr oyida | ||||
3. Maxsus seysmik himoya tizimlari, yuk koʻtaruvchi konstruksiyalarni monitoring qilish, mintaqaviy aksellogrammalar asosida hamda konstruksiyalarni nochiziqli hisoblash uslublari boʻyicha tayyorlangan oʻquv dasturlarini oliy taʼlim muassasalarida joriy qilish. | 2027-yil avgust | ||||
P. Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirishga oid amaliy chora-tadbirlar | |||||
3. | Maxsus seysmik himoyalash vositalari qoʻllanilgan koʻp qavatli turarjoy binosini eksperimental loyiha asosida qurish. | 1. Maxsus seysmik himoyalash vositalari qoʻllanilgan, bitta eksperimental binoni ushbu yoʻnalishda tajribaga ega yetakchi xorijiy kompaniyani jalb qilgan holda loyihalashtirish, bunda loyihalashtirish jarayonlarida mahalliy mutaxassislar ishtirokini taʼminlash. | 2026-yil yakuniga qadar | Buyurtmachi tashkilotlar mablagʻlari | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Maxsus seysmik himoyalash vositalari yordamida loyihalashtirilgan binoni ushbu yoʻnalishda tajribaga ega xorijiy kompaniyani jalb qilingan holda qurish va sinash, bunda qurilish-montaj ishlarida mahalliy mutaxassislar ishtirokini taʼminlash. | 2027-yil iyun | ||||
3. Maxsus seysmik himoyalash vositalari qoʻllaniladigan bino va inshootlar turlarini aniqlash va Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. | 2027-yil sentabr | ||||
III. Seysmik mustahkam qurilish sohasida ilmiy-tadqiqotlar oʻtkazish, sohani raqamlashtirish va normativ bazani takomillashtirish | |||||
4. | Bino va inshootlarning yuk koʻtaruvchi konstruksiyalariga avtomatik monitoring qilish uskunasini oʻrnatish amaliyotini yoʻlga qoʻyish. | 1. Bino va inshootlarning yuk koʻtaruvchi konstruksiyalarida oʻrnatiladigan avtomatik monitoring qilish uskunalari tizimini ishlab chiqish hamda undan olinadigan maʼlumotlar asosida seysmik mustahkamlikni baholash boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish. | 2025-2026-yillar | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun ajratiladigan maqsadli grantlar, Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligi va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Q. Sharipov), Seysmoprognostik monitoring respublika markazi (Q. Qoʻchqorov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Tadqiqot natijalariga koʻra milliy normativ hujjatlarni ishlab chiqish va ularning belgilangan oʻrnatilgan tartibda tasdiqlanishini taʼminlash. | 2026-yil yakuniga qadar | ||||
5. | Binolarning toʻsuvchi konstruksiyalarini dinamik yuklarga sinash uslubiyotini joriy etish. | 1. Binolarning toʻsuvchi konstruksiyalarini dinamik yuklarga sinash uslubiyotini ishlab chiqish boʻyicha ilmiy loyihalarni amalga oshirish | 2026-2027-yillar | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun ajratiladigan maqsadli grantlar | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Q. Sharipov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Baland binolar toʻsuvchi konstruksiyalarini dinamik yuklarga sinashning standartlashtirilgan uslubiyotlarini amaliyotga joriy etish. | 2027-yil yakuniga qadar | ||||
6. | Shaharsozlik normalari va qoidalarini takomillashtirish, ilgʻor xalqaro tajriba bilan uygʻunlashtirish va samarali uslubiyotlarni aniqlash uchun sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish. | 1. Sunʼiy intellekt texnologiyalarining (AI) mashinada oʻrgatish (ML) va chuqur oʻrgatish (DRL) orqali qurilish normalari boʻyicha xalqaro tajribani tahlil qilish tizimini yaratish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish. | 2026-2027-yillar | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun ajratiladigan maqsadli grantlar | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Q. Sharipov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Sunʼiy intellekt texnologiyalarining (AI) mashinada oʻrgatish (ML) va chuqur oʻrgatish (DRL) orqali binolarning seysmik mustahkamligini hisoblashning samarali uslubiyotini aniqlash boʻyicha ilmiy loyihalarni amalga oshirish. | |||||
7. | Seysmikligi 9 balli hududlarda konstruktiv tizimi yaxlit va yigʻma temir-betondan tashkil topgan 16 qavatgacha boʻlgan binolarni loyihalashtirish boʻyicha amaldagi shaharsozlik normalari va qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish. | Seysmikligi 9 balli hududlarda yaxlit temir-beton karkaslar hamda yaxlit temir-beton devorlar, yirik panelli devorlar va hajmli temir-beton bloklardan tashkil topgan konstruktiv tizimli 16 qavatgacha boʻlgan binolarni loyihalashtirish boʻyicha QMQ 2.01.03 “Seysmik hududlarda qurilish” shaharsozlik normalari va qoidalariga toʻplangan tajriba va amaliyotdan kelib chiqqan holda tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. | 2026-yil aprel | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining rivojlantirish dasturlari uchun ajratilgan mablagʻlari | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
8. | Maxsus seysmik himoyalash tizimlarini qoʻllash uchun texnik talablarni ishlab chiqish. | Amalga oshirilgan eksperimental loyihalashtirish va qurilish natijalari va xalqaro normativ hujjatlar talablari asosida milliy normativ hujjat loyihasini ishlab chiqish va uning belgilangan tartibda tasdiqlanishini taʼminlash. | 2027-yil dekabr | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining rivojlantirish dasturlari uchun ajratilgan mablagʻlari | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
9. | Gruntlarni muhandislik tayyorlash va seysmik jadallikni kamaytirish usullarini joriy etish, muhandislik-geologik qidiruvlarni tizimlashtirish hamda normativ-texnik hujjat tayyorlash. | Gruntlarni muhandislik tayyorlash va seysmik jadallikni kamaytirish usullarini joriy etish hamda geotexnik qidiruvlarni nazarda tutuvchi normativ-texnik hujjatni tayyorlash. | 2027-yil iyun | - | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
2-ILOVA
T/r | Viloyat va shahar nomi | Viloyat va shaharlarga boʻysunadigan tuman/shaharlar | MSK-64 shkalasi boʻyicha seysmik faol zonalarda quriladigan obyektlarning loyihalashtirilishi majburiy boʻlgan ballar |
1. | Andijon viloyati | 1. Andijon sh. | 9 ball |
2. Xonobod sh. | 8 ball | ||
3. Andijon t. | 9 ball | ||
4. Asaka | 9 ball | ||
5. Baliqchi | 8 ball | ||
6. Boʻston | 8 ball | ||
7. Buloqboshi | 8 ball | ||
8. Jalaquduq | 8 ball | ||
9. Izboskan | 9 ball | ||
10. Qoʻrgʻontepa | 8 ball | ||
11. Marhamat | 8 ball | ||
12. Oltinkoʻl | 9 ball | ||
13. Paxtaobod | 9 ball | ||
14. Xoʻjaobod | 9 ball | ||
15. Shahrixon | 9 ball | ||
16. Ulugʻnor | 8 ball | ||
2. | Buxoro viloyati | 1. Buxoro sh. | 8-9 ball |
2. Buxoro | 8 ball | ||
3. Vobkent | 8 ball | ||
4. Romiton | 8 ball | ||
5. Shofirkon | 8 ball | ||
6. Gʻijduvon | 8 ball | ||
3. | Jizzax viloyati | 1. Jizzax sh. | 8 ball |
2. Arnasoy | 8 ball | ||
3. Baxmal | 8 ball | ||
4. Gʻallaorol | 8 ball | ||
5. Sh. Rashidov | 8 ball | ||
6. Zarbdor | 8 ball | ||
7. Zafarobod | 8 ball | ||
8. Zomin | 8 ball | ||
9. Forish | 8 ball | ||
10. Yangiobod | 8 ball | ||
4. | Navoiy viloyati | 1. Navoiy sh. | 8 ball |
2. Karmana | 8 ball | ||
3. Navbahor | 8 ball | ||
4. Nurota | 8 ball | ||
5. Qiziltepa | 8 ball | ||
6. Xatirchi | 8 ball | ||
5. | Namangan viloyati | 1. Namangan sh. | 8-9 ball |
2. Chortoq | 8-9 ball | ||
3. Chust | 9 ball | ||
4. Kosonsoy | 8 ball | ||
5. Mingbuloq | 9 ball | ||
6. Namangan t. | 9 ball | ||
7. Norin | 8-9 ball | ||
8. Pop | 9 ball | ||
9. Toʻraqoʻrgʻon | 9 ball | ||
10. Uchqoʻrgʻon | 9 ball | ||
11. Uychi | 9 ball | ||
12. Yangiqoʻrgʻon | 9 ball | ||
6. | Samarqand viloyati | 1. Samarqand sh. | 8 ball |
2. Kattaqoʻrgʻon sh. | 8 ball | ||
3. Jomboy | 8 ball | ||
4. Narpay | 8 ball | ||
5. Payariq | 8 ball | ||
6. Samarqand t. | 8 ball | ||
7. Urgut | 8 ball | ||
8. Ishtixon | 8 ball | ||
9. Nurobod | 8 ball | ||
10. Pastdargʻom | 8 ball | ||
11. Toyloq | 8 ball | ||
12. Bulungʻur | 8 ball | ||
13. Kattaqoʻrgʻon | 8 ball | ||
14. Oqdaryo | 8 ball | ||
15. Paxtachi | 8 ball | ||
7. | Sirdaryo viloyati | 1. Guliston sh. | 8 ball |
2. Yangiyer sh. | 8 ball | ||
3. Sirdaryo t. | 8 ball | ||
8. | Surxondaryo viloyati | 1. Termiz sh. | 7-8 ball |
2. Bandixon | 8 ball | ||
3. Boysun | 8 ball | ||
4. Denov | 8 ball | ||
5. Qiziriq | 8 ball | ||
6. Qumqoʻrgʻon | 8 ball | ||
7. Oltinsoy | 8 ball | ||
8. Sariosiyo | 8 ball | ||
9. Uzun | 8 ball | ||
10. Sherobod | 8 ball | ||
11. Shoʻrchi | 8 ball | ||
9. | Toshkent viloyati | 1. Nurafshon sh. | 8-9 ball |
2. Yangiyoʻl sh. | 8 ball | ||
3. Chirchiq sh. | 8-9 ball | ||
4. Olmaliq sh. | 8 ball | ||
5. Bekobod sh. | 8 ball | ||
6. Ohangaron sh. | 8 ball | ||
7. Toshkent | 8 ball | ||
8. Parkent | 8 ball | ||
9. Yuqorichirchiq | 8 ball | ||
10. Oʻrtachirchiq | 8 ball | ||
11. Boʻstonliq | 8 ball | ||
12. Qibray | 8 ball | ||
13. Ohangaron | 8 ball | ||
14. Piskent | 8 ball | ||
15. Zangiota | 8 ball | ||
16. Chinoz | 8 ball | ||
17. Yangiyoʻl | 8 ball | ||
10. | Toshkent shahri | 1. Bektemir | 8 ball |
2. Mirobod | 8 ball | ||
3. Mirzo Ulugʻbek | 8-9 ball | ||
4. Olmazor | 8-9 ball | ||
5. Sergeli | 8 ball | ||
6. Uchtepa | 9 ball | ||
7. Shayxontohur | 9 ball | ||
8. Chilonzor | 8-9 ball | ||
9. Yunusobod | 8-9 ball | ||
10. Yashnobod | 8-9 ball | ||
11. Yangi hayot | 8 ball | ||
12. Yakkasaroy | 8-9 ball | ||
11. | Fargʻona viloyati | 1. Fargʻona sh. | 8-9 ball |
2. Margʻilon sh. | 8 ball | ||
3. Quvasoy sh. | 8 ball | ||
4. Qoʻqon sh. | 8 ball | ||
5. Fargʻona t. | 8 ball | ||
6. Quva | 8 ball | ||
7. Toshloq | 8 ball | ||
8. Yozyovon | 8 ball | ||
9. Qoʻshtepa | 8 ball | ||
10. Oltiariq | 8 ball | ||
11. Rishton | 8 ball | ||
12. Bagʻdod | 8 ball | ||
13. Buvayda | 8 ball | ||
14. Uchkoʻprik | 8 ball | ||
15. Dangʻara | 8 ball | ||
16. Furqat | 8 ball | ||
17. Oʻzbekiston | 8 ball | ||
18. Beshariq | 8 ball | ||
19. Soʻx | 8 ball | ||
12. | Qashqadaryo viloyati | 1. Qarshi sh. | 8 ball |
2. Shahrisabz sh. | 8 ball | ||
3. Dehqonobod | 8 ball | ||
4. Kitob | 8 ball | ||
5. Koʻkdala | 8 ball | ||
6. Nishon | 8 ball | ||
7. Chiroqchi | 8 ball | ||
8. Yakkabogʻ | 8 ball | ||
9. Qamashi | 9 ball | ||
10. Qarshi t. | 8 ball | ||
11. Gʻuzor | 8 ball |
3-ILOVA