17.11.2025 yildagi 727-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish hamda seysmik xavfni monitoring qilish faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 17-apreldagi PQ-161-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish hamda seysmik xavfni monitoring qilish faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 17-apreldagi PQ-161-son qaroriga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MSK-64 shkalasi boʻyicha 8 va undan yuqori balli seysmik faol zonalarda qurilishi rejalashtirilayotgan tegishli yangi binolarning seysmik xavfsizligini taʼminlashga zamonaviy yondashuvlarni joriy qilish, bino va inshootlarning zilzilabardoshligini yanada oshirishning zamonaviy tizimini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi qurilishi rejalashtirilayotgan va xavflilik omili III-IV toifa boʻlgan obyektlarga bino va inshootlarning yuk koʻtaruvchi konstruksiyalarini avtomatik monitoring qilish uskunasini oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavflilik omili III-IV toifa boʻlgan obyektlarni hududning zilzilalar kuchini koʻrsatib beruvchi mintaqaviy akselerogrammalar bazalaridan kelib chiqib loyihalashtirish va qurish tartibi joriy etilishi belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seysmik xavfsizlikni taʼminlash hamda bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish tizimini takomillashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 1-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MSK-64 shkalasi boʻyicha 8 va undan yuqori balli seysmik faol zonalar qayd etilgan hududlarning roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2025-yil 1-dekabrdan boshlab Fanlar akademiyasi bilan birgalikda zilzilalar kuchini koʻrsatib beruvchi mintaqaviy akselerogrammalar bazalaridan kelib chiqib loyihalashtirish amaliyotini yoʻlga qoʻysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2026-yil 1-dekabrga qadar yuk koʻtaruvchi konstruksiyalarni avtomatik monitoring qilish uskunasini qoʻllash shartlari va uslubiyotini ishlab chiqib, tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2027-yil 1-oktabrga qadar MSK-64 shkalasi boʻyicha 8 va undan yuqori balli seysmik faol zonalarda maxsus seysmik himoyalash uskunalari yordamida loyihalashtirishga ustuvorlik beriladigan obyektlar turlarini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki 2026-yil 1-fevraldan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-oktabrdagi 603-son qarori talablari asosida beriladigan zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy xulosa uchun undiriladigan toʻlov miqdori 50 foizga qisqartiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir xil seriyali obyektlarga ilmiy xulosalar faqat bir marotaba toʻlov asosida beriladi, qolgan shu turdagi obyektlarning loyihalariga ilmiy xulosa berish uchun toʻlov undirilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Fanlar akademiyasi tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy xulosalar berish “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga integratsiya qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy xulosalar “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga joylashtirib boriladi hamda ularning elektron reyestrini yuritish yoʻlga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Milliy teleradiokompaniyasi mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun va mohiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qarorning bajarilishini samarali tashkil qilishga qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Sh.S. Hidoyatov hamda Fanlar akademiyasi prezidenti Sh.A. Ayupov masʼul etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 17-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
727-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-noyabrdagi 727-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seysmik xavfsizlikni taʼminlash hamda bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish tizimini takomillashtirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi xorijiy tajribani oʻrganish hamda soqada kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish

1.

Konstruktor-hisobchi va loyiha bosh muhandislarini bino va inshootlarni maxsus seysmik himoya vositalari yordamida loyihalashtirish va nochiziqli hisoblash usulida loyihalash hamda mintaqaviy akselerogrammalardan foydalanib, loyihalashtirish boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish.

1. Konstruktor-hisobchi va loyiha bosh muhandislaridan iborat kichik guruhlarni shakllantirish.

2026-2027-yillar davomida (har yili mart oyiga qadar)

Vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari, Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligi va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Oʻquv va malaka oshirish kurslari rejasini tuzish va zilzilabardosh qurilishga ixtisoslashgan yetakchi xorijiy qabul qiluvchi tomon bilan kelishish.

2026-2027-yillar davomida (har yili aprel oyiga qadar)

3. Shakllantirilgan guruhlarni kelishuvga erishilgan tashkilotlarga bosqichma-bosqich qisqa muddatli (2 haftadan 1 oygacha) oʻquv va malaka oshirish kurslariga yuborish.

2026-2027-yillar davomida

4. Oʻquv va malaka oshirish kurslarida olingan tajribani tahlil qilib borish. Tahlil natijalariga koʻra seysmik himoyalash va monitoring qilish vositalarini qoʻllash shartlari va loyihalashtirish uslubiyoti, mintaqaviy aksellogrammalar asosida hamda konstruksiyalarni nochiziqli hisoblash usullari, shuningdek, gaz va elektr tarmoqlarini bloklash tizimlarini amaliyotga joriy qilish uchun amaldagi normativ hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va takliflar kiritish.

2026-2027-yillar

2.

Qurilish yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalarida konstruktor-hisobchi mutaxassislarini tayyorlash tizimini takomillashtirish.

1. Oʻquv va malaka oshirish kurslarida boʻlib qaytgan mutaxassislar ishtirokida oliy taʼlimning bakalavriat va magistratura bosqichlari uchun oʻquv dasturlarini tuzish va mavjudlarini qayta koʻrib chiqish.

2026-2027-yillarda iyun oyigacha

Vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Q. Sharipov),

Fanlar akademiyasi

(S. Mirzayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Oʻquv va malaka oshirish kurslarida boʻlib qaytgan mutaxassislardan tayinlangan trenerlarni oliy taʼlim muassasasi professor-oʻqituvchilarini ishlab chiqilgan dasturlar boʻyicha oʻqitishini tashkil etish.

2026-2027-yillarda oktabr oyida

3. Maxsus seysmik himoya tizimlari, yuk koʻtaruvchi konstruksiyalarni monitoring qilish, mintaqaviy aksellogrammalar asosida hamda konstruksiyalarni nochiziqli hisoblash uslublari boʻyicha tayyorlangan oʻquv dasturlarini oliy taʼlim muassasalarida joriy qilish.

2027-yil avgust

P. Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirishga oid amaliy chora-tadbirlar

3.

Maxsus seysmik himoyalash vositalari qoʻllanilgan koʻp qavatli turarjoy binosini eksperimental loyiha asosida qurish.

1. Maxsus seysmik himoyalash vositalari qoʻllanilgan, bitta eksperimental binoni ushbu yoʻnalishda tajribaga ega yetakchi xorijiy kompaniyani jalb qilgan holda loyihalashtirish, bunda loyihalashtirish jarayonlarida mahalliy mutaxassislar ishtirokini taʼminlash.

2026-yil yakuniga qadar

Buyurtmachi tashkilotlar mablagʻlari

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Maxsus seysmik himoyalash vositalari yordamida loyihalashtirilgan binoni ushbu yoʻnalishda tajribaga ega xorijiy kompaniyani jalb qilingan holda qurish va sinash, bunda qurilish-montaj ishlarida mahalliy mutaxassislar ishtirokini taʼminlash.

2027-yil iyun

3. Maxsus seysmik himoyalash vositalari qoʻllaniladigan bino va inshootlar turlarini aniqlash va Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2027-yil sentabr

III. Seysmik mustahkam qurilish sohasida ilmiy-tadqiqotlar oʻtkazish, sohani raqamlashtirish va normativ bazani takomillashtirish

4.

Bino va inshootlarning yuk koʻtaruvchi konstruksiyalariga avtomatik monitoring qilish uskunasini oʻrnatish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

1. Bino va inshootlarning yuk koʻtaruvchi konstruksiyalarida oʻrnatiladigan avtomatik monitoring qilish uskunalari tizimini ishlab chiqish hamda undan olinadigan maʼlumotlar asosida seysmik mustahkamlikni baholash boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish.

2025-2026-yillar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun ajratiladigan maqsadli grantlar, Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligi va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Q. Sharipov),

Seysmoprognostik monitoring respublika markazi

(Q. Qoʻchqorov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Tadqiqot natijalariga koʻra milliy normativ hujjatlarni ishlab chiqish va ularning belgilangan oʻrnatilgan tartibda tasdiqlanishini taʼminlash.

2026-yil yakuniga qadar

5.

Binolarning toʻsuvchi konstruksiyalarini dinamik yuklarga sinash uslubiyotini joriy etish.

1. Binolarning toʻsuvchi konstruksiyalarini dinamik yuklarga sinash uslubiyotini ishlab chiqish boʻyicha ilmiy loyihalarni amalga oshirish

2026-2027-yillar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun ajratiladigan maqsadli grantlar

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Q. Sharipov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Baland binolar toʻsuvchi konstruksiyalarini dinamik yuklarga sinashning standartlashtirilgan uslubiyotlarini amaliyotga joriy etish.

2027-yil yakuniga qadar

6.

Shaharsozlik normalari va qoidalarini takomillashtirish, ilgʻor xalqaro tajriba bilan uygʻunlashtirish va samarali uslubiyotlarni aniqlash uchun sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish.

1. Sunʼiy intellekt texnologiyalarining (AI) mashinada oʻrgatish (ML) va chuqur oʻrgatish (DRL) orqali qurilish normalari boʻyicha xalqaro tajribani tahlil qilish tizimini yaratish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish.

2026-2027-yillar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun ajratiladigan maqsadli grantlar

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Q. Sharipov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Sunʼiy intellekt texnologiyalarining (AI) mashinada oʻrgatish (ML) va chuqur oʻrgatish (DRL) orqali binolarning seysmik mustahkamligini hisoblashning samarali uslubiyotini aniqlash boʻyicha ilmiy loyihalarni amalga oshirish.

7.

Seysmikligi 9 balli hududlarda konstruktiv tizimi yaxlit va yigʻma temir-betondan tashkil topgan 16 qavatgacha boʻlgan binolarni loyihalashtirish boʻyicha amaldagi shaharsozlik normalari va qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish.

Seysmikligi 9 balli hududlarda yaxlit temir-beton karkaslar hamda yaxlit temir-beton devorlar, yirik panelli devorlar va hajmli temir-beton bloklardan tashkil topgan konstruktiv tizimli 16 qavatgacha boʻlgan binolarni loyihalashtirish boʻyicha QMQ 2.01.03 “Seysmik hududlarda qurilish” shaharsozlik normalari va qoidalariga toʻplangan tajriba va amaliyotdan kelib chiqqan holda tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

2026-yil aprel

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining rivojlantirish dasturlari uchun ajratilgan mablagʻlari

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

8.

Maxsus seysmik himoyalash tizimlarini qoʻllash uchun texnik talablarni ishlab chiqish.

Amalga oshirilgan eksperimental loyihalashtirish va qurilish natijalari va xalqaro normativ hujjatlar talablari asosida milliy normativ hujjat loyihasini ishlab chiqish va uning belgilangan tartibda tasdiqlanishini taʼminlash.

2027-yil dekabr

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining rivojlantirish dasturlari uchun ajratilgan mablagʻlari

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

9.

Gruntlarni muhandislik tayyorlash va seysmik jadallikni kamaytirish usullarini joriy etish, muhandislik-geologik qidiruvlarni tizimlashtirish hamda normativ-texnik hujjat tayyorlash.

Gruntlarni muhandislik tayyorlash va seysmik jadallikni kamaytirish usullarini joriy etish hamda geotexnik qidiruvlarni nazarda tutuvchi normativ-texnik hujjatni tayyorlash.

2027-yil iyun

-

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-noyabrdagi 727-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MSK-64 shkalasi boʻyicha 8 va undan yuqori balli seysmik faol zonalar qayd etilgan hududlarning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Viloyat va shahar nomi

Viloyat va shaharlarga boʻysunadigan tuman/shaharlar

MSK-64 shkalasi boʻyicha seysmik faol zonalarda quriladigan obyektlarning loyihalashtirilishi majburiy boʻlgan ballar

1.

Andijon viloyati

1. Andijon sh.

9 ball

2. Xonobod sh.

8 ball

3. Andijon t.

9 ball

4. Asaka

9 ball

5. Baliqchi

8 ball

6. Boʻston

8 ball

7. Buloqboshi

8 ball

8. Jalaquduq

8 ball

9. Izboskan

9 ball

10. Qoʻrgʻontepa

8 ball

11. Marhamat

8 ball

12. Oltinkoʻl

9 ball

13. Paxtaobod

9 ball

14. Xoʻjaobod

9 ball

15. Shahrixon

9 ball

16. Ulugʻnor

8 ball

2.

Buxoro viloyati

1. Buxoro sh.

8-9 ball

2. Buxoro

8 ball

3. Vobkent

8 ball

4. Romiton

8 ball

5. Shofirkon

8 ball

6. Gʻijduvon

8 ball

3.

Jizzax viloyati

1. Jizzax sh.

8 ball

2. Arnasoy

8 ball

3. Baxmal

8 ball

4. Gʻallaorol

8 ball

5. Sh. Rashidov

8 ball

6. Zarbdor

8 ball

7. Zafarobod

8 ball

8. Zomin

8 ball

9. Forish

8 ball

10. Yangiobod

8 ball

4.

Navoiy viloyati

1. Navoiy sh.

8 ball

2. Karmana

8 ball

3. Navbahor

8 ball

4. Nurota

8 ball

5. Qiziltepa

8 ball

6. Xatirchi

8 ball

5.

Namangan viloyati

1. Namangan sh.

8-9 ball

2. Chortoq

8-9 ball

3. Chust

9 ball

4. Kosonsoy

8 ball

5. Mingbuloq

9 ball

6. Namangan t.

9 ball

7. Norin

8-9 ball

8. Pop

9 ball

9. Toʻraqoʻrgʻon

9 ball

10. Uchqoʻrgʻon

9 ball

11. Uychi

9 ball

12. Yangiqoʻrgʻon

9 ball

6.

Samarqand viloyati

1. Samarqand sh.

8 ball

2. Kattaqoʻrgʻon sh.

8 ball

3. Jomboy

8 ball

4. Narpay

8 ball

5. Payariq

8 ball

6. Samarqand t.

8 ball

7. Urgut

8 ball

8. Ishtixon

8 ball

9. Nurobod

8 ball

10. Pastdargʻom

8 ball

11. Toyloq

8 ball

12. Bulungʻur

8 ball

13. Kattaqoʻrgʻon

8 ball

14. Oqdaryo

8 ball

15. Paxtachi

8 ball

7.

Sirdaryo viloyati

1. Guliston sh.

8 ball

2. Yangiyer sh.

8 ball

3. Sirdaryo t.

8 ball

8.

Surxondaryo viloyati

1. Termiz sh.

7-8 ball

2. Bandixon

8 ball

3. Boysun

8 ball

4. Denov

8 ball

5. Qiziriq

8 ball

6. Qumqoʻrgʻon

8 ball

7. Oltinsoy

8 ball

8. Sariosiyo

8 ball

9. Uzun

8 ball

10. Sherobod

8 ball

11. Shoʻrchi

8 ball

9.

Toshkent viloyati

1. Nurafshon sh.

8-9 ball

2. Yangiyoʻl sh.

8 ball

3. Chirchiq sh.

8-9 ball

4. Olmaliq sh.

8 ball

5. Bekobod sh.

8 ball

6. Ohangaron sh.

8 ball

7. Toshkent

8 ball

8. Parkent

8 ball

9. Yuqorichirchiq

8 ball

10. Oʻrtachirchiq

8 ball

11. Boʻstonliq

8 ball

12. Qibray

8 ball

13. Ohangaron

8 ball

14. Piskent

8 ball

15. Zangiota

8 ball

16. Chinoz

8 ball

17. Yangiyoʻl

8 ball

10.

Toshkent shahri

1. Bektemir

8 ball

2. Mirobod

8 ball

3. Mirzo Ulugʻbek

8-9 ball

4. Olmazor

8-9 ball

5. Sergeli

8 ball

6. Uchtepa

9 ball

7. Shayxontohur

9 ball

8. Chilonzor

8-9 ball

9. Yunusobod

8-9 ball

10. Yashnobod

8-9 ball

11. Yangi hayot

8 ball

12. Yakkasaroy

8-9 ball

11.

Fargʻona viloyati

1. Fargʻona sh.

8-9 ball

2. Margʻilon sh.

8 ball

3. Quvasoy sh.

8 ball

4. Qoʻqon sh.

8 ball

5. Fargʻona t.

8 ball

6. Quva

8 ball

7. Toshloq

8 ball

8. Yozyovon

8 ball

9. Qoʻshtepa

8 ball

10. Oltiariq

8 ball

11. Rishton

8 ball

12. Bagʻdod

8 ball

13. Buvayda

8 ball

14. Uchkoʻprik

8 ball

15. Dangʻara

8 ball

16. Furqat

8 ball

17. Oʻzbekiston

8 ball

18. Beshariq

8 ball

19. Soʻx

8 ball

12.

Qashqadaryo viloyati

1. Qarshi sh.

8 ball

2. Shahrisabz sh.

8 ball

3. Dehqonobod

8 ball

4. Kitob

8 ball

5. Koʻkdala

8 ball

6. Nishon

8 ball

7. Chiroqchi

8 ball

8. Yakkabogʻ

8 ball

9. Qamashi

9 ball

10. Qarshi t.

8 ball

11. Gʻuzor

8 ball

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Loyiha tashkilotlari ushbu roʻyxatdagi hududlarning batafsil seysmik koʻrsatkichlaridan loyihalashtirishda foydalanish uchun maʼlumotlarni Fanlar akademiyasi tomonidan ishlab chiqilgan xaritalar bazalarini oʻz ichiga olgan Onlayn seysmologik platformadan olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu ilovadagi seysmik koʻrsatkichlar oʻzgargan taqdirda, Onlayn seysmologik platformadagi maʼlumotlar qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-noyabrdagi 727-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini baholash hamda elektron texnik pasportlarni shakllantirish tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2021-yil 30-iyundagi 405-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“buyurtmachi funksiyasi mavjud vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan yangi qurilayotgan bino va inshootlarning instrumental-texnik tekshiruv bilan bogʻliq xarajatlarini obyektlarning loyiha-smeta hujjatlaridagi buyurtmachi xarajatlarida koʻzda tutish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishlicha yettinchi va sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ilovaning 14-bandi quyidagi mazmundagi oʻninchi va oʻn birinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Buyurtmachi funksiyasi mavjud vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan yangi qurilayotgan bino va inshootlarning instrumental-texnik tekshiruv bilan bogʻliq xarajatlari obyektlarning loyiha-smeta hujjatlaridagi buyurtmachi xarajatlarida koʻzda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seysmik faol zonalarda joylashgan va foydalanishga qabul qilinganligi 10 yildan oshgan III-IV toifadagi bino va inshootlarning instrumental-texnik tekshiruv bilan bogʻliq xarajatlari obyektning texnik holatiga qarab, ekspluatatsiya qilish xarajatlarida koʻzda tutilishi shart”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-oktabrdagi 603-son qarori bilan tasdiqlangan Respublikaning seysmik faol zonalarida qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik omili IV toifaga mansub boʻlgan bino va inshootlarga zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy xulosalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“8. Ilmiy tajriba-sinov oʻtkazish hamda ilmiy xulosa berish boʻyicha Fanlar akademiyasi va buyurtmachi tashkilot oʻrtasida shartnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma qiymati Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 579-son qarori bilan tasdiqlangan Obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlash boʻyicha shaharsozlik va loyiha hujjatlarining loyihaviy yechimlarini shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ilovaning 5-bandi asosida shakllangan qiymatning 50 foizi miqdorida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyekt turidan kelib chiqib shakllangan qiymatni hisoblash Vazirlar Mahkamasi tomonidan maqbullashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tushgan mablagʻlarning koʻpi bilan 25 foizi xodimlarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy ragʻbatlantirish uchun, qolgan 75 foizi moddiy-texnika bazani mustahkamlashga sarflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, davlat budjeti va unga tenglashtirilgan manbalar, davlat tashkilotlari kafolatlari ostida olingan tashqi investitsiya mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan foydali qazilma konlarni aniqlash, modernizatsiya qilish va kengaytirish boʻyicha istiqbolli loyihalarni ilmiy tajriba-sinovdan oʻtkazib, ilmiy xulosalar berish boʻyicha xizmatlar haqi alohida hisob-kitob qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda shartnoma qiymati qurilishning boshlangʻich qiymatidan QQSni inobatga olmagan holda 0,01 foiz, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan ortiq boʻlmagan miqdorda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir xil seriyali loyihalashtirilgan obyektlarga ilmiy xulosalar faqat bir marotaba toʻlov asosida beriladi, qolgan shu turdagi obyektlarning loyihalariga ilmiy xulosa berish uchun toʻlov undirilmaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-band quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan loyiha-smeta hujjatlari zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy xulosalar olish uchun davlat muassasasi shaklidagi boshqa ilmiy tadqiqot institutlariga ham yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ilmiy tadqiqot institutlari tomonidan zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy xulosalar berish ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.”
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.11.2025-y., 09/25/727/1056-son)