15.10.2022 yildagi 603-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikaning seysmik faol zonalarida qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik omili IV toifaga mansub bo‘lgan bino va inshootlarga zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosalar berish tartibini joriy etish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 30-maydagi PF-144-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda respublikaning seysmik faol zonalarida qurilishi rejalashtirilayotgan bino va inshootlarga zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosalar berish tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 30-maydagi PF-144-son Farmoni 4-bandi “a” kichik bandiga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 1-sentabrdan boshlab respublikaning seysmik faol zonalarida yangi qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik omili IV toifaga mansub bo‘lgan obyektlarga zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosalar berish tartibining joriy etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunda Qurilish vazirligi xavflilik omili IV toifaga mansub obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini ilmiy xulosalar olishga yo‘naltirishga, Fanlar akademiyasi obyektlarga zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosalar berishga mas’ul etib belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Respublikaning seysmik faol zonalarida qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik omili IV toifaga mansub bo‘lgan bino va inshootlarga zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha-smeta hujjatlari tayyorlangandan keyin ular xavflilik omili IV toifaga mansub obyektlarga zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosalar olish hamda ekspertizadan o‘tkazish uchun buyurtmachi tashkilotlar tomonidan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga taqdim etilishi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha-smeta hujjatlari tushgan kundan boshlab uch kun muddatda xavflilik omili IV toifaga mansub obyektlarning loyiha-smeta hujjatlari Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosalar olish uchun Fanlar akademiyasiga yo‘naltirilishi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha-smeta hujjatlari ilmiy xulosalar olish uchun yo‘naltirilgan kundan boshlab bir kun muddatda obyektlarning zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy tajriba-sinovini amalga oshirish uchun buyurtmachi tashkilotlar tomonidan Fanlar akademiyasiga qog‘oz yoki elektron shaklda buyurtmanoma taqdim etilishi hamda buyurtmanomaga loyihalar, ishchi chizmalar va boshqa zarur hujjatlarni ilova qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi tomonidan o‘n ish kuni davomida buyurtmachi tashkilotlar bilan loyiha-smeta hujjatlari asosida obyektlarni ilmiy tajriba-sinovidan o‘tkazish uchun shartnoma rasmiylashtirilishi va ularni zilzilabardoshlik bo‘yicha nazariy va amaliy tajriba sinovidan o‘tkazish ishlari tashkil etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi tomonidan ish hajmidan kelib chiqib bir oydan uch oygacha bo‘lgan muddatda ilmiy tajriba-sinov natijalari asosida ilmiy xulosa qabul qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi tomonidan ilmiy xulosa qabul qilgandan keyin uch ish kuni davomida zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosaning nusxasini buyurtmachiga yetkazilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma shartlari to‘liq bajarilganda zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosaning asli va taqdim etilgan hujjatlar Fanlar akademiyasi tomonidan buyurtmachiga berilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Fanlar akademiyasi hamda Qurilish vazirligi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini, shuningdek, aholi va tadbirkorlik subyektlariga yetkazilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi qurilish vaziri B.I. Zakirov, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.S. Yuldashev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va ilmiy faoliyatni rivojlantirish masalalari departamentiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 15-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
603-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-oktabrdagi 603-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikaning seysmik faol zonalarida qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik omili IV toifaga mansub bo‘lgan bino va inshootlarga zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosalar berish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom respublikaning seysmik faol zonalarida (keyingi o‘rinlarda — seysmik faol zonalar) qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik omili IV toifaga mansub bo‘lgan bino va inshootlar hamda ularning konstruksiyalarini, shuningdek, yangi konstruktiv yechimlarni zilzilabardoshlik bo‘yicha sinovdan o‘tkazish va ularga ilmiy xulosalar berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zilzila — yer qobig‘ining yoki yer ustki qatlamining to‘satdan ro‘y bergan siljishi, yemirilishi yoki o‘pirilishi oqibatida vujudga kelgan, uzoq masofalarga tarqaladigan to‘lqinsimon tebranishlar tarzidagi yer osti silkinishlari va tebranishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zilzila akselerogrammasi — zilzila natijasida yer yuzasining ma’lum nuqtasida yuzaga keladigan absolyut tebranish tezlanishining vaqt birligida o‘zgarishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zilzilaning sintezlangan akselerogrammasi — mahalliy seysmiklikni va grunt sharoitini inobatga olgan holda sodir bo‘lgan kuchli zilzilalar tebranish spektrlarini hamda real akselerogrammalarini statistik usullar bilan qayta ishlash asosida tuziladigan elektron ma’lumotlar birligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuchli zilzila — magnitudasi (zilzila quvvati) Rixter o‘lchovi bo‘yicha 5,0 va undan yuqori bo‘lgan zilzila;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zilzilabardoshlik — aholi hayoti hamda mol-mulkining xavfsizligini ta’minlaydigan, binolar va inshootlarning zilzila ta’siriga bo‘lgan mustahkamlik ko‘rsatkichlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seysmik jadallik — qabul qilingan shkala bo‘yicha tavsiflangan yer yuzasining zilzila natijasida tebranish jadalligi ballda ifodalanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seysmik xavf — muayyan hududda muayyan vaqt oralig‘ida aholining hayotiga tahdid soluvchi hamda binolar va inshootlarga zarar yetkazuvchi zilzilalar yuz berishi ehtimoli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seysmik faol zona — seysmik jihatdan hududlashtirish xaritasida belgilangan, kuchli zilzilalar yuz berishi ehtimoli doimo yuqori bo‘lgan hudud;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seysmik xavfsizlik — seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi davlat organlari va tashkilotlari tomonidan aholi hayotini va infratuzilma obyektlarini zilzilalar natijasida kelib chiqadigan xavflardan himoyalanganlik holati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosa — obyektning nazariy va ilmiy tajriba-sinov natijalari asosida zilzilabardoshlik talablariga muvofiqligi (nomuvofiqligi) to‘g‘risida asosli xulosalarni o‘z ichiga olgan ilmiy hisobot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Seysmik faol zonalarda loyihalashtirilayotgan bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish, sodir bo‘lishi kutilayotgan zilzilaga tayyorgarlik ko‘rish va uning oqibatlarini bartaraf etish, bino va inshootlarning zilzilabardoshligini ta’minlash bo‘yicha zarur choralarni belgilash seysmik faol zonalarda qurilishi rejalashtirilayotgan bino va inshootlarga zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosalar berishning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Seysmik faol zonalarda qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik omili IV toifaga mansub bo‘lgan bino va inshootlarga (keyingi o‘rinlarda — bino va inshootlar) zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosalar berishda quyidagilar nazarda tutiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino va inshootlar qurilishi rejalashtirilayotgan hududlarni seysmik xavfni, seysmotektonik va muhandis-geologik sharoitlarni hisobga olgan holda xalqaro standartlar darajasida baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino va inshootlarga kuchli zilzilalarning seysmik ta’sirini “grunt-inshoot” tizimining tebranish parametrlari bo‘yicha aniqlash va uni muhandislik ko‘rsatkichlarida baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino va inshootlarni ekspluatatsiya davrida hudud grunti sharoitining o‘zgarishiga muvofiq uning salbiy oqibatlarini prognoz qilish va tavsiyalar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish maydonlarini tanlashda seysmik xavfni va seysmik ta’sirni baholash bo‘yicha ilmiy va normativ tavsiyalarni ishlab chiqish va hisoblash modellarini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish uchun qurilish maydonining seysmik xavfini va seysmik ta’sirini hudud uchun olingan real yoki sintezlangan akselerogrammalardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
binolar va inshootlarni loyihalash va qurish amaliyotida zamonaviy seysmik himoya usullarini tatbiq etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish konstruksiyalari va materiallarining mustahkamlik hamda mexanik xossalarini o‘rganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy qurilish normalari va qoidalari talablari bo‘yicha loyihalangan bino va inshootlar konstruksiyalarining zilzilabardoshligini nazariy, amaliy hamda eksperimental usullar yordamida tekshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ilmiy tajriba-sinovdan o‘tkazib, ilmiy xulosalar berish O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi (keyingi o‘rinlarda — ijrochi) tomonidan mazkur Nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sifatli ilmiy tajriba-sinovni o‘tkazish va ular natijalarining haqqoniyligi, shuningdek, tajriba-sinov natijalarini saqlash uchun javobgarlik Fanlar akademiyasi zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ilmiy tajriba-sinov ilm-fan va texnikaning zamonaviy yutuqlaridan foydalangan holda mustaqillik, xolislik, puxtalik va zilzilabardoshlik mezonlarini ta’minlashga asoslanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ilmiy tajriba-sinov o‘tkazish hamda ilmiy xulosa berish bo‘yicha Fanlar akademiyasi va buyurtmachi tashkilot o‘rtasida shartnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma qiymati Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 579-son qarori bilan tasdiqlangan Obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlash bo‘yicha shaharsozlik va loyiha hujjatlarining loyihaviy yechimlarini shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 6-ilovaning 5-bandi asosida shakllangan qiymatning 50 foizi miqdorida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyekt turidan kelib chiqib shakllangan qiymatni hisoblash Vazirlar Mahkamasi tomonidan maqbullashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tushgan mablag‘larning ko‘pi bilan 25 foizi xodimlarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy rag‘batlantirish uchun, qolgan 75 foizi moddiy-texnika bazani mustahkamlashga sarflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, davlat budjeti va unga tenglashtirilgan manbalar, davlat tashkilotlari kafolatlari ostida olingan tashqi investitsiya mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan foydali qazilma konlarni aniqlash, modernizatsiya qilish va kengaytirish bo‘yicha istiqbolli loyihalarni ilmiy tajriba-sinovdan o‘tkazib, ilmiy xulosalar berish bo‘yicha xizmatlar haqi alohida hisob-kitob qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda shartnoma qiymati qurilishning boshlang‘ich qiymatidan QQSni inobatga olmagan holda 0,01 foiz, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir xil seriyali loyihalashtirilgan obyektlarga ilmiy xulosalar faqat bir marotaba to‘lov asosida beriladi, qolgan shu turdagi obyektlarning loyihalariga ilmiy xulosa berish uchun to‘lov undirilmaydi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-noyabrdagi 727-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.11.2025-y., 09/25/727/1056-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Seysmik faol zonalarda qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik omili IV toifaga mansub bo‘lgan bino va inshootlarga zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosalar berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Seysmik faol zonalarda qurilishi rejalashtirilayotgan bino va inshootlarga zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosalar berish ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Buyurtmachi tashkilotlar loyiha-smeta hujjatlari tayyorlangandan keyin ularni tegishli bino va inshootlarga zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosalar olish hamda ekspertizadan o‘tkazish uchun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga taqdim etadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi loyiha-smeta hujjatlari tushgan kundan boshlab uch kun muddatda tegishli bino va inshootlarning loyiha-smeta hujjatlarini zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosalar olish uchun Fanlar akademiyasiga yo‘naltiradi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan loyiha-smeta hujjatlari zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosalar olish uchun davlat muassasasi shaklidagi boshqa ilmiy tadqiqot institutlariga ham yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ilmiy tadqiqot institutlari tomonidan zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosalar berish ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-noyabrdagi 727-sonli qaroriga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.11.2025-y., 09/25/727/1056-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Buyurtmachi tashkilotlar loyiha-smeta hujjatlari ilmiy xulosalar olish uchun yo‘naltirilgan kundan boshlab bir kun muddatda obyektlarning zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy tajriba-sinovni amalga oshirish uchun Fanlar akademiyasiga qog‘oz yoki elektron shaklda buyurtmanoma taqdim etadi hamda buyurtmanomaga loyihalar, ishchi chizmalar va boshqa zarur hujjatlarni ilova qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Fanlar akademiyasi o‘n ish kuni davomida buyurtmachi tashkilotlar bilan loyiha-smeta hujjatlari asosida obyektlarni ilmiy tajriba-sinovdan o‘tkazish uchun shartnoma rasmiylashtiradi va ularni zilzilabardoshlik bo‘yicha nazariy va amaliy tajriba sinovidan o‘tkazish ishlarini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Fanlar akademiyasi ish hajmidan kelib chiqib bir oydan uch oygacha bo‘lgan muddatda ilmiy tajriba-sinov natijalari asosida ilmiy xulosa qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Fanlar akademiyasi uch ish kuni davomida zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosaning nusxasini buyurtmachi tashkilotga yetkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Fanlar akademiyasi shartnoma shartlari to‘liq bajarilganda zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosaning asli va taqdim etilgan hujjatlarni buyurtmachi tashkilotga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosaning nusxasi Fanlar akademiyasida doimiy saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Seysmik faol zonalarda qurilishi rejalashtirilayotgan bino va inshootlarni zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy tajriba-sinovdan o‘tkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Seysmik faol zonalarda loyihalashtirilayotgan bino va inshootlarni zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy (nazariy va amaliy) tajriba-sinovdan o‘tkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan qurilish rejalashtirilayotgan hudud uchun arxitektura-reja topshirig‘i, qurilish maydoni va sinov obyektining hajmidan kelib chiqib, loyiha texnik hujjatlari asosida o‘z vaqtida obyektni ilmiy tajriba-sinovdan o‘tkazish va ish turiga qarab ishtirok etadigan ilmiy xodimlar sonini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish turiga qarab texnik topshiriq tuzish va ishlarning kalendar rejasini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan texnik hujjatlar majmuini o‘rganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish maydoni joylashgan hududda keng qamrovli seysmologik, seysmotektonik, muhandis-seysmologik va muhandis-geologik tadqiqotlarni olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer osti suvlari dinamikasining shu hudud seysmikligining o‘zgarishiga ta’sirini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish maydonlari uchun ehtimoli yuqori bo‘lgan kuchli zilzilalarda yer yuzasining tebranish parametrlarini miqdoriy baholash va uch komponentli sintezlangan akselerogrammalarni tayyorlash va gruntlarning javob spektrlarini modellar asosida hisoblash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino va inshootlarni qurish va ekspluatatsiya qilish davrida grunt sharoitining o‘zgarishini prognoz qilish, shu jumladan, texnik melioratsiya natijasida qurilish maydonining seysmik jadalligini va seysmik ta’sir parametrlarini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino va inshootlarning dinamik va mustahkamlik holatini ta’minlash uchun real akselerogrammalar bazasini regional miqyosda ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
binoning loyiha hujjatlari va chizmalarini o‘rganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
binoni sonli usullar asosida ishlovchi dasturiy ta’minotlar yordamida seysmik ta’sirlarga hisoblash va optimal ko‘rsatkichlarini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
binoning dinamik ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun sinov-tadqiqot ishlarini o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksperimental tadqiqotlar natijasida aniqlangan dinamik va mustahkamlik ko‘rsatkichlari asosida bino va inshootlarni zilzilabardoshlikka hisoblash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakuniy sinov va hisob natijalari asosida binoning zilzilabardoshligini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zilzilabardoshlik bo‘yicha normativ talablarga muvofiqlashtirish hamda konstruksiyalarda aniqlangan kamchiliklarni texnik jihatdan qayta ishlash yuzasidan zarur tavsiyalarni rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakuniy sinov va hisob natijalarini zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosa ko‘rinishda rasmiylashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zilzilabardoshlik bo‘yicha o‘tkaziladigan ilmiy tajriba-sinov belgilangan tartibda ilmiy laboratoriyalarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ilmiy tajriba-sinov o‘tkazish shartnomasida nazarda tutilmagan, ammo zilzilabardoshlik talablariga muvofiq bajarilishi shart bo‘lgan ishlar hajmi aniqlangan holatlarda bu ishlar shartnomaga qo‘shimcha bitim asosida bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Fanlar akademiyasi buyurtmachi tashkilot shartnomada belgilangan miqdordagi dastlabki to‘lovni amalga oshirgandan so‘ng tajriba-sinov obyektining zilzilabardoshligini baholashga kirishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ilmiy xodimlar ilmiy tajriba-sinov obyektining haqiqiy holati va unga qo‘yiladigan zilzilabardoshlik talablariga muvofiqligini baholaydi, ilmiy tajriba-sinov obyektiga taalluqli hujjatlarning to‘liqligi va ishonchliligini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Hisoblash ishlari va unga asosan eksperimental sinov tadqiqotlari o‘tkazilgandan so‘ng ilmiy tajriba-sinov natijalari yuzasidan zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosa rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Seysmik faol zonalarda qurilishi rejalashtirilayotgan bino va inshootlarga zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosani rasmiylashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosa quyidagi qismlardan iborat bo‘ladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyekt haqida umumiy ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy qism;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xulosalar va tavsiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilovalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosaning kirish qismida tajriba-sinov maqsadlari, tajriba-sinovni o‘tkazish asoslari (tajriba-sinovni o‘tkazish shartnomasi), ijrochi to‘g‘risida ma’lumotlar, tajriba-sinovni o‘tkazgan ilmiy xodimlar va mutaxassislar haqida ma’lumotlar, buyurtmachi tashkilot haqida ma’lumotlar, qo‘llaniladigan qisqartma so‘zlar ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosaning obyekt haqidagi umumiy ma’lumotlar qismida tajriba-sinov obyektining ro‘yxati, tajriba-sinovni o‘tkazish jarayonida ko‘rib chiqilgan hujjatlar haqida ma’lumotlar hamda tajriba-sinov obyekti to‘g‘risida ma’lumotlar keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosaning asosiy qismida qurilishi loyihalashtirilayotgan maydonlarda olib borilgan dala tadqiqotlari va ular asosida qurilish maydonining baholangan seysmiklik darajasi va parametrlari, o‘tkazilgan sinov yoki hisoblash metodikasi, eksperimental tadqiqotlar natijasida aniqlangan dinamik va mustahkamlik ko‘rsatkichlari, ular asosida bino va inshootlarning zilzilabardoshligini hisoblash natijalari keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosaning xulosalar va tavsiyalar qismida tajriba-sinov o‘tkazilgan qurilish maydonining seysmiklik darajasi va muhandislik ko‘rsatkichlari (real yoki sintezlangan akselerogrammalari, tezlanish spektrlari, javob spektrlari) hamda obyektning zilzilabardoshlik talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosalar yoki zilzilabardoshligini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Yakuniy sinov va hisob natijalari bino va inshootlar, ularning konstruksiyalarining mustahkamligini ta’minlashga qaratilgan hamda zilzilabardoshligini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosa berilgan obyektlarni qurish jarayonida quruvchi yoki obyektdan foydalanuvchilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noxush hodisalar yuzasidan javobgarlik hodisaning yuzaga kelishiga sababchi bo‘lgan mas’ul xodimlar zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Buyurtmachi tashkilot va Fanlar akademiyasi o‘rtasida obyektning ilmiy tajriba-sinovi bo‘yicha kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, u o‘zaro kelishuv yoki qonunchilikda belgilangan tartibda sudga murojaat qilish orqali hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Seysmik faol zonalarda qurilishi rejalashtirilayotgan bino va inshootlarning zilzilabardoshligi bo‘yicha ilmiy xulosalarni vazirliklar va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlarga ularning so‘rovlari asosida Fanlar akademiyasi tomonidan taqdim etish taqiqlanmaydi, davlat sirlari bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sirlariga oid ma’lumotlarni umumlashtirish va berish tartibi hamda shartlari qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikaning seysmik faol zonalarida qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik omili IV toifaga mansub bo‘lgan bino va inshootlarga zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seysmik faol zonalarda qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik omili IV toifaga mansub bo‘lgan bino va inshootlarga zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosalar berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Mas’ullar

Amalga oshirish mexanizmi

Muddatlar

1-bosqich

Buyurtmachi tashkilotlar

Xavflilik omili IV toifaga mansub obyektlarga zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosalar olish hamda ekspertizadan o‘tkazish uchun loyiha-smeta hujjatlarini Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga taqdim etadi.

Loyiha-smeta hujjatlari tayyorlangandan keyin

2-bosqich

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

Xavflilik omili IV toifaga mansub obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosalar olish uchun Fanlar akademiyasiga yo‘naltiradi.

Loyiha-smeta hujjatlari tushgan kundan boshlab uch kun muddatda

3-bosqich

Buyurtmachi tashkilotlar

Obyektlarning zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy tajriba-sinovini amalga oshirish uchun Fanlar akademiyasiga qog‘oz yoki elektron shaklda buyurtmanoma taqdim etadi. Buyurtmanomaga loyihalar, ishchi chizmalar va boshqa zarur hujjatlarni ilova qiladi.

Loyiha-smeta hujjatlarini ilmiy xulosalar olish uchun yo‘naltirilgan kundan boshlab bir kun muddatda

4-bosqich

Fanlar akademiyasi, buyurtmachi tashkilotlar

Buyurtmachi tashkilotlar bilan loyiha-smeta hujjatlari asosida obyektlarni ilmiy tajriba-sinovdan o‘tkazish uchun shartnomani rasmiylashtiradi va ularni zilzilabardoshlik bo‘yicha nazariy va amaliy tajriba sinovidan o‘tkazish ishlarini tashkil etadi.

O‘n ish kuni davomida

5-bosqich

Fanlar akademiyasi

Ilmiy tajriba-sinov natijalari asosida ilmiy xulosa qabul qiladi.

Ish hajmidan kelib chiqib, bir oydan uch oygacha

6-bosqich

Fanlar akademiyasi

Zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosaning nusxasi buyurtmachiga yetkaziladi.

Xulosa qabul qilgandan keyin uch ish kuni davomida

Zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosaning asli va taqdim etilgan hujjatlar buyurtmachiga beriladi.

Shartnoma shartlari to‘liq bajarilganda*

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. * Zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosaning asli shartnoma shartlari to‘liq bajarilmagan taqdirda berilmaydi.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.10.2022-y., 09/22/603/0928-son; 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son; 17.11.2025-y., 09/25/727/1056-son)