11.11.2025 yildagi 718-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot muassasalarida pulli xizmat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 5-sentabrdagi PQ-311-son qarori ijrosini taʼminlash hamda tibbiyot muassasalarida pulli tibbiy xizmat koʻrsatishni tartibga solish, mavjud resurslardan samarali foydalanish, muassasalarning oʻz mablagʻlari hisobidan aholiga sifatli pulli tibbiy xizmatlar koʻrsatilishini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi PQ-311-son qaroriga muvofiq aholining kafolatlangan paketga kiritilgan tibbiy xizmatlardan bepul foydalanishi, oilaviy shifokorning elektron yoʻllanmasi asosida tekshiruvlardan oʻtkazilishi va davolanishi, ushbu tartibga rioya etilmagan hollarda, tibbiy xizmatlar pulli asosda koʻrsatilishi belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot muassasalarida pulli xizmat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot muassasalarida pulli xizmatlarni tashkil etish va tibbiy xizmatlar koʻrsatish tariflarini shakllantirish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pulli asosda koʻrsatilgan tibbiy xizmatlardan kelib tushgan mablagʻlarni sarflash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozlarni qabul qilish, ular bilan shartnomalar tuzish, shuningdek, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga pulli xizmat koʻrsatish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sogʻliqni saqlash vazirligi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pulli tibbiy xizmat koʻrsatish uchun sarflanadigan vaqt va unda bevosita qatnashadigan xodimlar sonini, pulli tibbiy xizmat narxlarini, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun pulli tibbiy xizmatlarga qoʻllaniladigan ustama miqdorlari, qoʻshimcha xizmat turlari va narxlarini, shuningdek, pulli tibbiy xizmat va bir kunlik shifo oʻrni narxini aniqlash kalkulyatsiyasining namunaviy shakllarini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.A. Xudayarov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 11-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
718-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-noyabrdagi 718-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot muassasalarida pulli xizmat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) tizimidagi tibbiy xizmat koʻrsatadigan davlat tibbiyot muassasalarida (keyingi oʻrinlarda — tibbiyot muassasalari) pulli tibbiy va qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik tizimidagi notibbiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi davlat muassasalari, nodavlat tibbiyot tashkilotlari hamda Vazirlik tizimida boʻlmagan tibbiyot tashkilotlari uchun tavsiyaviy tusga ega hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-oktabrdagi 826-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazining namunaviy ustaviga muvofiq faoliyat yurituvchi tibbiyot markazlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bevosita xarajatlar — xizmat koʻrsatish jarayonida sarflanadigan va xizmat birligi tannarxiga bevosita tegishli ishlab chiqarish resurslari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bilvosita xarajatlar — xizmat koʻrsatish vaqtida bilvosita sarflanadigan, xizmat turlari qiymatini hisoblab chiqarishda bevosita qoʻllash imkoni boʻlmagan resurslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kalkulyatsiya — koʻrsatiladigan xizmatlarga sarflanadigan xarajatlarning puldagi qiymatini aniqlash maqsadida bir yoki bir necha xizmatlar uchun tuziladigan hisob-kitob hujjati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijoz — kasalligi bor yoki yoʻqligidan va sogʻligʻining holatidan qatʼi nazar, unga yordam koʻrsatilayotgan yoxud tibbiy yordam soʻrab murojaat qilgan jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narxnoma — kalkulyatsiya asosida amaldagi tartibda hisob-kitob qilinib, tibbiyot muassasasi rahbariyati tomonidan tasdiqlangan tibbiy xizmatlar narxlari aks ettirilgan tizimli hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rentabellik (foyda) — sof foyda summasini xizmatlar tannarxiga boʻlish orqali hisoblab chiqiladigan foydalilik nisbiy koʻrsatkichi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarif (narx) — tibbiy xizmatlar birligining pul koʻrinishidagi qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tannarx — mahsulot ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish)da foydalaniladigan moddiy resurslarning, asosiy fondlarning, mehnat resurslarining, shuningdek, tovarlar ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish) jarayonini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa turdagi xarajatlarning qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xronometraj — qonunchilik hujjatlari bilan tasdiqlangan miqdorlarda yoki bunday hujjatlar mavjud boʻlmagan hollarda, tibbiyot muassasasidagi yuqori malakali mutaxassislardan iborat ishchi komissiya yoki taklif etilgan tegishli mutaxassislar tomonidan aniqlangan tibbiy xizmat koʻrsatishda qatnashadigan mutaxassislarning soni va unga sarflanadigan vaqtni belgilovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha xizmatlar — tibbiyot muassasalari tomonidan asosiy tibbiy xizmatlar tarkibiga kiritilmagan, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan, mijozning xohishiga koʻra unga koʻrsatiladigan qoʻshimcha pulli xizmatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tibbiyot muassasasiga mijoz rejali tibbiy yordam olish uchun tegishli yoʻllanmasiz, bevosita oʻz ixtiyori bilan murojaat qilgan taqdirda, tibbiy yordam belgilangan tartibda pulli asosda koʻrsatiladi (shoshilinch va kechiktirib boʻlmaydigan tez tibbiy yordam bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat tomonidan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida kafolatlangan paket doirasida bepul koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlardan tashqari xizmatlar qoʻshimcha hisoblanadi va pulli asosda koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlari joriy etilgan hududlarda tegishli birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasiga biriktirilmagan va (yoki) oilaviy shifokorning elektron yoʻllanmasi asosida murojaat etmagan shaxslarga tibbiy xizmatlar pulli asosda koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tibbiyot muassasalarida pulli xizmatlarni tashkil etish va tibbiy xizmatlar koʻrsatish tariflarini shakllantirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tibbiyot muassasalarida asosiy ish vaqti va undan tashqari vaqtda kafolatlangan paket doirasida bepul koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar ish hajmi, soni va sifatiga taʼsir etmagan hamda doimiy ravishda muassasada mavjud tibbiy jihozlaridan foydalangan holda, bepul va pulli asosda kunu-tun tibbiy xizmat koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tibbiyot muassasalarida budjet mablagʻlari hamda boshqa manbalar hisobidan qabul qilingan tibbiy jihozlaridan pulli xizmat asosida foydalanishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kafolatlangan paket doirasida bepul koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar ish hajmi, soni va sifatiga salbiy taʼsir etmagan, shuningdek, ushbu xizmatni koʻrsatishning ustuvorligi saqlangan holda, pulli xizmatlar muassasa binosida, joylarga chiqqan holda boshqa muassasalarda shartnoma asosida, xodimni jalb qilish yoki qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa shakllarda koʻrsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Pulli xizmatlarni tashkil etishda koʻrsatilgan xizmatlardan tushgan mablagʻlar hisobini alohida shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida yuritish, binolarning kirish qismlarida pulli xizmatlar boʻyicha axborot burchaklari, qulay joylashuvda joylashgan toʻlov kassalari hamda xizmat narxlari yuzasidan tasdiqlangan kalkulyatsiyalar mavjud boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tibbiyot muassasalari rahbarlari pulli xizmatlarni tashkil etishda quyidagi vakolatlardan foydalanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) har yili Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlarining xarajatlar smetalarini tuzish boʻyicha belgilangan tartibga oʻxshash tartibda daromadlar va xarajatlar smetasini ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) pulli tibbiy xizmat koʻrsatishga sarflanadigan vaqt va unda bevosita qatnashadigan xodimlar sonini, pulli tibbiy xizmat narxlarini (davlat tomonidan narxlari tartibga solinadigan, bazaviy hisoblash miqdoriga bogʻlangan tibbiy xizmatlar bundan mustasno), boshqa davlatlar hududida doimiy yashaydigan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun pulli tibbiy xizmatlarga qoʻllaniladigan ustama miqdorlari, qoʻshimcha xizmat turlari va narxlarini Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy shakllar asosida belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) xodimlar mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) muassasaning quvvati doirasida boʻlinmalar ixtisoslashuvini, davo oʻrinlari hamda xodimlar sonini ish hajmiga muvofiq belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) shtatlar jadvalini tasdiqlaydi hamda mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasi (tibbiyot xodimlari uchun davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlash tarif setkasi) boʻyicha bazaviy lavozim maoshlaridan, miqdori cheklanmaydigan ustama, mukofot, ragʻbatlantirish va boshqa ichki hujjatlarda nazarda tutilgan toʻlovlardan kelib chiqqan holda, oylik mehnatga haq toʻlash (keyingi oʻrinlarda — mehnatga haq toʻlash) miqdorlarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda qoʻshimcha xizmatlarning turlari va narxlari ichki bayonnoma rasmiylashtirilgan holda, shuningdek, bajarilgan ishlar hajmi, sifati, murakkablik darajasiga koʻra mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari tabaqalashtirilgan holda tibbiyot muassasasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Xodimlar asosiy ish joyi yoki oʻrindoshlik asosida ishga qabul qilinadi yoki ish hajmi inobatga olingan holda, fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnomalar asosida xizmatlar koʻrsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda qonunchilik hujjatlarida sogʻliqni saqlash tizimidagi muassasalar uchun xodimlarning mehnatiga haq toʻlash shartlari va miqdorlari boʻyicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar hamda tasdiqlangan shtat meʼyorlari tavsiyaviy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tibbiy xizmat birligi tarifi (shifokor maslahati, muolajalar, tekshiruvlar, xirurgik amaliyot va boshqalar)ni aniqlash boʻyicha pulli xizmat kalkulyatsiyasi Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy shakllar asosida hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Pulli xizmat koʻrsatish jarayonidagi ishtirokidan kelib chiqib, xizmat tannarxidagi xarajatlar bevosita va bilvosita turlarga ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Bevosita xarajatlar quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bevosita mehnatga haq toʻlash xarajatlari — xizmat koʻrsatish jarayonida bevosita qatnashadigan shifokor va oʻrta tibbiy xodimlarning, shuningdek, statsionar shifo oʻrni narxini hisoblashda tegishli yoʻnalish boʻyicha (jarrohlik, terapiya, reanimatsiya) statsionar boʻlimdagi bevosita xizmat koʻrsatuvchi asosiy tibbiyot xodimlari — shifokor, oʻrta va kichik tibbiy xodimlarning mehnatiga haq toʻlash boʻyicha toʻlovlari kiritiladi. Bunda asosiy tibbiyot xodimlari tarkibi har bir boʻlim boʻyicha xronometrajda alohida belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bevosita mehnatga haq toʻlash xarajatlari boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorlarda ijtimoiy soliq toʻlovlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) bevosita material xarajatlari — xizmat koʻrsatish jarayonida boʻlingan holda yoki doimiy qoʻllanadigan kam qiymatli dori vositalari, sarflash materiallari va boshqa ashyolar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Bilvosita xarajatlar quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bilvosita xarajatlarni hisoblashda pulli xizmat bilan bogʻliq quyidagilar xarajatlar kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy-boshqaruv, xoʻjalik, texnik, bevosita mehnatga haq toʻlash xarajatlarida koʻzda tutilmagan xodimlar hamda boshqa xodimlarning mehnatga haq toʻlash hamda ijtimoiy soliq boʻyicha toʻlovlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 208-moddasiga asosan bayram kunlari hamda “Tibbiyot xodimlari kuni” munosabati bilan barcha xodimlarga beriladigan mukofotlar, ijtimoiy nafaqalar va boshqa bir martalik hamda bevosita mehnatga haq toʻlash xarajatlarida koʻzda tutilmagan toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat safari xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal xizmatlar xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saqlab turish, joriy taʼmirlash va ijara boʻyicha xarajatlar, shu jumladan, moliyaviy manbaidan qatʼi nazar, xizmat koʻrsatishda foydalaniladigan yer maydoni, bino, transport, mebel, jihoz, texnika va shu kabilarni saqlab turish, joriy taʼmirlash xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar-moddiy aylanma vositalarining zaxiralari xarajatlari, shu jumladan, tovar-moddiy zaxiralar, qogʻoz va boshqa matbaa mahsulotlari, kiyim-kechak, choyshab va boshqalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar va xizmatlar sotib olish uchun boshqa xarajatlar, jumladan, asosiy vositalarni ijaraga olish, oʻqitish, telefon, telekommunikatsiya, axborot xizmatlari va boshqalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa turli xarajatlar pulli xizmat koʻrsatish jarayoniga bogʻliqligidan kelib chiqib kiritiladi. Bunda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Rivojlantirish va sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi hamda sogʻliqni saqlashning yangi modeli joriy etilgan tajriba-sinov hududlaridagi sogʻliqni saqlash boʻlimlariga yoʻnaltiriladigan majburiy tusdagi ajratmalar, oziq-ovqat, muassasa tomonidan bemorlarni taʼminlash uchun pulli asosda shifoxonaga kirim qilingan dori vositalari va tibbiy jihozlar shuningdek, asosiy vositalar boʻyicha xarajatlar kiritilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy vositalarning eskirish xarajatlari. Bunda asosiy vositalarning eskirish xarajatlarini hisoblashda pulli xizmat koʻrsatishdan tushgan mablagʻlar hamda budjetdan tashqari boshqa manbalar yoki qaytarish manbai budjetdan tashqari mablagʻlar boʻlgan ssuda asosida xarid qilingan, Davlat budjeti, begʻaraz, muruvvat, homiylik yordami hisobiga qabul qilingan asosiy vositalarning kalkulyatsiyasi ishlab chiqiladigan davridagi yillik eskirish xarajatlari kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bilvosita xarajatlar ulushi — jami bilvosita xarajatlar xizmat koʻrsatishdagi jami bevosita mehnatga haq toʻlash xarajatlariga taqsimlash orqali foiz hisobida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda bilvosita xarajatlar bevosita mehnatga haq toʻlash xarajatlari va ular boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorlarda ijtimoiy soliq toʻlovlari yigʻindisiga nisbatan 200 foizdan oshmagan holda kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Pulli xizmat joylarga chiqib, boshqa muassasalarda shartnoma asosida, xodimni jalb qilish yoki qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa shakllarda koʻrsatilgan hollarda, joyiga chiqish bilan bogʻliq xarajatlar, shu jumladan, transport, ovqatlanish, safar xarajatlari xizmat tannarxiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Daromad manbalari ikki va undan ortiq muassasalarning bilvosita xarajatlarini hisoblashda imtiyozli va pulli asosdagi bemorlarga umumiy sarflanadigan xarajatlar, masalan, umumiy foydalanadigan kommunal xizmat xarajatlarini alohida hisoblash imkoni boʻlmasa, umumiy hajmdagi ulushdan kelib chiqib, proporsiyalash orqali (ushbu turdagi faoliyatni amalga oshirishda foydalaniladigan hajm koʻrsatkichlari, tashriflar soni, egallangan maydon, daromad hajmi va boshqalar) aniqlanadi. Xarajatlarni bunday taqsimlash tartibi tibbiyot muassasasining ichki hujjatlari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Soliq toʻlovlaridan ozod etilgan tibbiyot muassasalari mahsulot (ishlar, xizmatlar) xarid qilishdagi soliq (QQS va boshqalar) miqdori pulli tibbiy xizmat tannarxi tarkibiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Pulli tibbiy xizmatlarga tariflarni shakllantirishda rentabellik (foyda) qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Begʻaraz yordam doirasida balansga olingan tibbiy jihozlardan pulli xizmat koʻrsatishda foydalanish donorlar bilan hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim, kelishuv, shartnoma yoki dastur shartlariga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda begʻaraz yordam doirasida balansga olingan tibbiy jihozlardan pulli xizmat koʻrsatishda foydalanilganda rentabellik (foyda) qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan soliqlar va Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Rivojlantirish va sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi hamda sogʻliqni saqlashning yangi modeli joriy etilgan tajriba-sinov hududlaridagi sogʻliqni saqlash boʻlimlariga yoʻnaltiriladigan yuqori turuvchiga ajratmalar kalkulyatsiyalarda alohida kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Pulli xizmat tariflari ish haqi miqdori, kommunal xizmatlar, material xarajatlarning ortishi, asosiy vositalarning eskirish xarajatlari va qonunchilikdagi oʻzgarishlar munosabati bilan yoki bozor konyunkturasidan hamda aholining talab va takliflaridan kelib chiqib, daromadlar va xarajatlar smetasini oʻzgartirgan holda qayta tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot muassasalari tomonidan pulli xizmatlar tariflari qayta tasdiqlangan taqdirda, yuqori turuvchi sogʻliqni saqlash boshqaruv organlari xabardor qilinadi hamda Vazirlik yoki muassasaning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Xirurgik amaliyot kalkulyatsiyasi vaqtbay tarifikatsiya qilingan hollarda, bajarilgan ishlar dalolatnomasini tuzish jarayonida xirurgik amaliyot uchun haqiqatda sarflangan vaqtdan kelib chiqqan holda qayta hisob-kitob qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Gʻazna operatsiyalari boʻyicha hisobotlarning hamda mijozlar bilan hisob-kitoblarning toʻgʻri yuritilishi uchun ishlab chiqilgan narxlar vergulga qadar boʻlgan ikki xonali son aniqlikda bemorlar foydasiga yaxlitlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Pulli xizmatlardan tushgan mablagʻlarni sarflash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Pulli xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq sarf-xarajatlar koʻrsatilgan pulli xizmatlardan tushgan mablagʻlar hisobidan daromadlar va xarajatlar smetasi doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Xodimlarga mehnatga haq toʻlash boʻyicha toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi va boshqa qonunchilik hujjatlari hamda muassasaning ichki hujjatlari (mazkur Nizom doirasida jamoa shartnomalarida, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishilgan holda qabul qilingan hujjatlari) asosida ish beruvchi va xodim oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasiga muvofiq tibbiyot muassasalarining daromadlari doirasida toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda asosiy ish vaqti va undan tashqari kunu-tun tibbiy xizmat koʻrsatish tashkil etilgan tibbiyot muassasalarida pulli xizmat boʻyicha ish haqi toʻlovlari ushbu Nizomga asosan toʻlanadi. Shuningdek, mehnatga haq toʻlash boʻyicha toʻlovlar tasdiqlangan kalkulyatsiyalarda ushbu maqsadlar uchun koʻzda tutilgan miqdorlarga muvofiq toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Xodimlarga vaqtbay, ishbay yoki mehnatga haq toʻlash tizimida nazarda tutilgan boshqa mezonlarga koʻra haq toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Tibbiyot muassasasida rahbar va xodimlarga mehnatga haq toʻlash boʻyicha toʻlovlarni toʻlash shartlari va miqdorlari, shuningdek, xodimlarni ishga jalb etish mezonlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq muassasaning ichki hujjatlarida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda pulli xizmatlar koʻrsatish prognoz parametrlarining bajarilishi, turdosh funksiyalarning oʻzlashtirilishi yoki yangi turdagi xizmatlarning joriy etilishi, innovatsion ish uslubi va ijro intizomiga qatʼiy rioya qilinishi, yuqori samaradorlik va natijadorlikka erishilishi, “ustoz-shogird” anʼanalarining amaliyotga tatbiq etilishi kabi asosiy mezonlar inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Pulli xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar (ish haqi, qoʻshimcha va ustamalar, dori va sarflov vositalari, kommunal xizmatlar hamda ular uchun toʻlovlar, saqlab turish, joriy taʼmirlash va boshqa xarajatlar) olingan daromadlar hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Tibbiyot muassasalarining tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlari tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar va ularni ishlab chiqarish boʻyicha hisobot davri (chorak) yakuni boʻyicha xarajatlar oʻrtasidagi ijobiy farqi tegishliligi boʻyicha Tibbiyot muassasalarini moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi (budjet mablagʻlari oluvchi tibbiyot muassasalari bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Mijozlarni qabul qilish, ular bilan shartnomalar tuzish, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga pulli xizmat koʻrsatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Mijoz tibbiyot muassasalarining roʻyxatga olish boʻlimlari tomonidan qabul qilinadi va roʻyxatga olinadi hamda har bir mijozning tibbiy kartasiga uning shaxsini tasdiqlovchi maʼlumotlari asosida pulli xizmat koʻrsatilishi belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Mijozlar tibbiyot muassasasiga toʻlovni oldindan toʻliq toʻlash shartlarida qabul qilinadi. Haq toʻlash bank shoxobchasi yoki tibbiyot muassasalarining nazorat-kassa (terminal) apparatlari qoʻllangan va qatʼiy hisobot hujjatlari hisoblanadigan blankalardan foydalangan holda, shuningdek, elektron toʻlov tizimlari orqali toʻlanadi. Mijoz naqd pul yoki bank plastik kartasi orqali toʻlovni toʻlagan taqdirda, bank tomonidan tasdiqlangan toʻlov topshiriqnomasi nusxasini yoki kassir tomonidan mijozning haq toʻlaganligini tasdiqlovchi toʻlov qogʻozini roʻyxatga olish boʻlimiga topshiradi, kassa izi tushirilgan chek mijozning oʻzida qoladi, elektron toʻlovda esa fiskal belgili chek taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Koʻrsatilgan pulli xizmatlar uchun naqd va bank plastik kartalari orqali toʻlovlarni tibbiyot muassasasi rahbarining buyrugʻi bilan tayinlangan alohida xodim (moddiy javobgar shaxs, gʻaznachi) yoki bank toʻlov kassalari qabul qiladi. Ushbu xodimlardan tashqari boshqa xodimlarning toʻlovlarni qabul qilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Tibbiyot muassasalariga kelgan shaxslar tasdiqlangan narxnoma boʻyicha haq toʻlagandan soʻng maslahat olish uchun mutaxassis shifokorga va (yoki) instrumental-laborator tashxis qoʻyishga yuboriladi va tekshiruv natijalariga koʻra tor soha mutaxassisi koʻrigiga yuborish va (yoki) mijozga ambulator yoki statsionar sharoitda davolanish chorasi belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Tibbiyot muassasasida ambulator tibbiy yordam koʻrsatishda taraflardan birining oferta (shartnoma tuzish haqida taklif) yoʻllashi va ikkinchi taraf uni akseptlashi (taklifni qabul qilishi) yoʻli bilan tuziladi. Bunda mijoz tomonidan koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar uchun oldindan toʻlangan toʻlov mijoz tomonidan shartlarga roziligini hamda kelishuv amalga oshirilganligini bildiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Statsionar tibbiy yordam koʻrsatishda pulli tibbiy xizmat koʻrsatish yuzasidan shartnoma ikki yoki uch nusxada tuziladi, ularni mijoz, uning homiysi (toʻlovchi boʻlganda) va tibbiyot muassasasi rahbari yoxud mazkur funksiyalar mehnat vazifalariga muvofiq zimmasiga yuklangan vakolatli shaxs imzolaydi, shartnomalar bir nusxadan mijozga yoki uning homiysiga, shuningdek, tibbiyot muassasasining hujjatlar yigʻmajildlarida saqlash uchun beriladi. Pulli asosda statsionar xizmatlarni koʻrsatish uchun xonalar (palatalar) alohida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Tibbiyot muassasasida ovqatlantirish, dori vositalari va tibbiy jihozlar mijozga haqiqatda foydalanilgan hajmlarda toʻlov uchun taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Tashxislash va davolash standartlarida nazarda tutilmagan tashxislash, davolash amaliyotlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozda qoʻshimcha kasalliklar aniqlanganda, ularning tashxislash va davolash xarajatlari mijoz yoki uning homiysi hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatilgan tibbiy xizmat natijasida yoki mutaxassislarning notoʻgʻri tashxisi va harakatlari tufayli yuzaga kelgan asoratlarni davolash xarajatlari tibbiyot muassasasining oʻz mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Mijoz bilan tibbiyot muassasasidan chiqish vaqtida shartnoma boʻyicha bajarilgan ishlar dalolatnomasiga asosan yakuniy hisob-kitoblar oʻtkaziladi va mijozga dalolatnomadan nusxa beriladi, shuningdek, toʻlovlar yuzasidan oʻzaro hisob-kitoblar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Tibbiyot muassasasi bilan mijoz yoki yuridik shaxslar oʻrtasida yuzaga keladigan eʼtirozlar, tortishuvlar muassasaning rahbari yoki tegishli mansabdor shaxsi ishtirokidagi oʻzaro kelishuvga asosan, bunday kelishuvga erishilmasa sud organlarida hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Boshqa davlatlar hududida doimiy yashaydigan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar uchun amaldagi tariflarga nisbatan ustama qoʻllanadi, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa davlatlar hududida doimiy yashaydigan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni tibbiyot muassasasiga jalb qilishda vositachilik xizmatlarini koʻrsatgan yuridik shaxslarni shartnomaga muvofiq oshirilgan tariflar boʻyicha tibbiy xizmatlar koʻrsatishdan tushgan mablagʻlar hisobidan ragʻbatlantirish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar sogʻliqni saqlashga boʻlgan huquqdan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari bilan teng ravishda foydalanadi va ularga oshirilgan tariflar qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Tibbiyot muassasalarida pulli va qoʻshimcha xizmatlar tashkil qilinishi, ular qonunchilik hujjatlariga muvofiq koʻrsatilishi uchun ushbu muassasa rahbarlari shaxsan masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Vazirlik tizimidagi muassasalar har oy yakuni boʻyicha keyingi oyning 5-sanasiga qadar tegishliligi boʻyicha yuqori turuvchi organlarga koʻrsatilgan xizmatlar toʻgʻrisida maʼlumotlarni taqdim etadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat tibbiyot muassasalari va sogʻliqni saqlash saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 7-noyabrdagi PQ-4007-son qaroriga asosan koʻrsatilgan pulli xizmat boʻyicha ajratmalarni buxgalteriya hisobotlarida aks ettirgan holda oʻtkazib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Tibbiyot muassasasi tomonidan pulli xizmatlar boʻyicha statistika, monitoring, buxgalteriya hisobotlari yuritiladi, ular belgilangan tartibda hamda muddatlarda statistika va boshqa tegishli organlarga belgilangan shakllarda topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Vazirlik tibbiyot muassasalarida pulli xizmatlar tashkil etilishi yuzasidan doimiy monitoring yuritadi. Yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar bartaraf etilmagan taqdirda, pulli xizmat koʻrsatishni kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar vaqtincha toʻxtatish boʻyicha qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.11.2025-y., 09/25/718/1043-son)