Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 17-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2025-yil 1-avgustda maʼqullangan
Senat tomonidan 2025-yil 1-avgustda maʼqullangan
Keyingi yillarda mamlakatimizda fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish, migratsiya jarayonlarini boshqarish tizimini isloh qilish orqali boshqaruv samaradorligini oshirish, migratsiyasi sohasida xususiy sektor ishtirokini kengaytirish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga migratsiya sohasida huquqni qoʻllash amaliyotini yaxshilash, ushbu sohadagi xizmat koʻrsatish jarayonlarining shaffofligini taʼminlash, xususiy bandlik agentliklari faoliyatini tartibga solish, ularning masʼuliyatini kuchaytirish, shuningdek ish beruvchilar va xodimlarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida qonunchilik hujjatlarini yanada takomillashtirish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Mazkur Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga, Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga, “Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida”gi hamda “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining vakolatlarini aniqlashtirishga, xususiy bandlik agentliklarining huquqlari va majburiyatlarini kengaytirishga, shuningdek ish vaqtidan tashqari ishning davomiyligini belgilashga hamda ish vaqtidan tashqari ish uchun haq toʻlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Ushbu Qonun xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlarini himoya qilishga, migratsiya xizmatlarini raqamlashtirish va sogʻlom raqobat muhitini yaratish orqali xususiy sektor ishtirokini ragʻbatlantirishga, fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlarini taʼminlashga, tashkilotlarda ish unumdorligini oshirishga va xodimlarning daromadlarini koʻpaytirishga xizmat qiladi.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 802, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, № 11, 1066-modda; 2022-yil, № 1, 1, 2-moddalar, № 2, 80, 81-moddalar, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 465, 466, 467-moddalar, № 8, 787-modda, № 10, 981, 984-moddalar, № 12, 1188-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185, 188, 189-moddalar, № 4, 265, 266, 268-moddalar, № 5, 319, 320-moddalar, № 7, 533, 534, 535, 537, 539-moddalar, № 8, 634-modda, № 10, 798-modda, № 11, 921, 923, 924-moddalar, № 12, 1004-modda; 2024-yil, № 1, 5, 7, 8, 9-moddalar, № 2, 102, 111, 115, 116-moddalar, № 3, 243, 245-moddalar, № 6, 530, 532-moddalar, № 7, 629-modda, № 8, 826, 829, 831-moddalar, № 9, 954, 964, 965-moddalar, № 10, 1070, 1071, 1073, 1077, 1078, 1083, 1084-moddalar, № 11, 1187, 1188, 1189-moddalar, № 12, 1279, 1280, 1282, 1286, 1287-moddalar; 2025-yil, № 1, 5, 8-moddalar, № 2, 187, 188, 196, 198, 201-moddalar, № 3, 368, 376-moddalar, № 4, 517, 521-moddalar, № 5, 643, 644-moddalar) quyidagi oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 501-modda ikkinchi qismining dispozitsiyasidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 245-moddaning uchinchi qismidagi “ushbu Kodeks” degan soʻzlar “ushbu Kodeks 501-moddasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 255-moddaning birinchi qismidagi “501” raqami chiqarib tashlansin;
4) quyidagi mazmundagi 2551-modda bilan toʻldirilsin:
“2551-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligiga ushbu Kodeksning 501-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va jarima solish tariqasidagi maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori va uning oʻrinbosarlari haqlidir”.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 16-oktabrda qabul qilingan “Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-501-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 10, 677-modda; 2019-yil, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 8, 489-modda, № 10, 595-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 7, 661-modda, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 3, 216-modda, 10-songa ilova; 2024-yil, № 2, 105-modda) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 13-moddaning:
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarga yozma shaklda bildirish berilib, unda xususiy bandlik agentligi tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, murojaat qilish uchun xususiy bandlik agentligining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining pochta manzillari va aloqa bogʻlash uchun telefon raqamlari koʻrsatiladi”;
toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi qismlari quyidagi mazmundagi toʻrtinchi — yettinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish uchun xususiy bandlik agentliklari tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt ming baravari miqdoridagi mablagʻlar ularni litsenziyaning amal qilish davriga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining roziligisiz sarflamaslik va mablagʻlar sarflangan taqdirda, belgilangan muddatlarda ularning oʻrnini toʻldirish sharti bilan tijorat banklaridagi depozitlarga zaxiraga joylashtiriladi.
Tijorat banklaridagi depozitlarga zaxiraga joylashtirilgan mablagʻlar xususiy bandlik agentliklari qonun talablari asosida faoliyat koʻrsatishining kafolati boʻlib xizmat qiladi hamda xususiy bandlik agentliklarining faoliyati natijasida boshqa shaxslarga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash taʼminoti sifatida tijorat banklari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi va xususiy bandlik agentliklari oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida saqlanadi.
Xususiy bandlik agentliklari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining asoslangan talabnomasi boʻyicha tijorat banklaridagi depozitlarga zaxiraga joylashtirilgan mablagʻlarni Migratsiya jamgʻarmasiga oʻtkazib beradi.
Xususiy bandlik agentliklari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining asoslangan talabnomasi belgilangan muddatda ixtiyoriy ravishda bajarilmagan taqdirda, tijorat banklari asoslangan talabnomada qayd etilgan summani depozitlarga zaxiraga joylashtirilgan mablagʻlardan Migratsiya jamgʻarmasi hisobvaragʻiga keyingi ish kunidan kechiktirmay oʻtkazib beradi”;
2) 14-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ishga joylashtirish sohasidagi axborot va maslahat xizmatlarini xususiy bandlik agentliklari ishga joylashtirish sohasida axborot va maslahat xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma asosida koʻrsatadi. Ishga joylashtirish sohasida xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalar asosida xususiy bandlik agentliklari ishga joylashtirish sohasida taqdim etadigan axborot va maslahat xizmatlarining umumiy qiymati tijorat banklaridagi depozitlarga zaxiraga joylashtirilgan mablagʻlar miqdoridan oshmasligi kerak. Xususiy bandlik agentliklari tomonidan ishga joylashtirish sohasida axborot va maslahat xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisidagi yangi shartnomalarni tuzishga faqat ular ilgari tuzilgan shartnomalarni tijorat banklaridagi depozitlarga zaxiraga joylashtirilgan mablagʻlar doirasida bajarganidan keyin yoʻl qoʻyiladi”;
3) 15-modda:
ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“haq toʻlash miqdori va shartlari. Bunda ish qidirayotgan shaxs tomonidan xususiy bandlik agentligiga toʻlanadigan mablagʻlarning bankdagi maxsus depozitga qoʻyilishi toʻgʻrisidagi qoida xususiy bandlik agentligi va ish qidirayotgan shaxs oʻrtasida tuziladigan xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomaning majburiy sharti hisoblanadi. Xususiy bandlik agentligi shartnoma shartlarini bajarganidan keyin maxsus depozitdagi mablagʻlar xususiy bandlik agentligining bankdagi hisobvaragʻiga oʻtkaziladi”;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xususiy bandlik agentligi tomonidan xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining “Xorijda ish” mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasida real vaqt rejimida roʻyxatdan oʻtkaziladi”;
4) 151-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“taraflarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini, shu jumladan xususiy bandlik agentligining hamda chet ellik ish beruvchilarning shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun ish qidirayotgan shaxs oldida solidar javobgar ekanligini”;
5) 16-modda quyidagi mazmundagi oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“ish qidirayotgan shaxslarni kasb-hunarga va chet tillarga oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslarini belgilangan tartibda tashkil qilish, shuningdek ushbu jarayonga chet ellik ish beruvchilarni jalb etish;
zaxira qilinadigan mablagʻlarni tijorat banklaridagi depozitlarga joylashtirish hisobidan olinadigan foiz daromadlarini mustaqil ravishda tasarruf etish”;
6) 17-modda:
sakkizinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining “Xorijda ish” mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasida real vaqt rejimida roʻyxatdan oʻtkazishi”;
oʻn birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“xususiy bandlik agentligi, shuningdek uning filiallari va (yoki) vakolatxonalari haqidagi maʼlumotlar oʻzgarganligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligini yetti ish kuni ichida xabardor qilishi”;
quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“xizmat koʻrsatish shartnomalari boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi bilan bogʻliq tavakkalchiliklarni sugʻurtalashi shart. Bunda sugʻurta summasi miqdori xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma summasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxsning Oʻzbekiston Respublikasiga qaytish xarajatlariga mutanosib miqdorda belgilanadi”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Xususiy bandlik agentligi oʻzi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ishga joylashtirilgan shaxslarning mehnat faoliyatini monitoring qilib boradi.
Agar chet ellik ish beruvchi talab qilingan ijtimoiy va maishiy shart-sharoitlarni, mehnatga haq toʻlash shartlarini taʼminlamasa yoki fuqaroning Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ishga joylashishiga toʻsqinlik qiladigan boshqa muammolar yuzaga kelsa, xususiy bandlik agentligi ushbu fuqaroni boshqa chet ellik ish beruvchida ishga joylashtirish boʻyicha shoshilinch choralar koʻrishi yoki uning Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarilishini taʼminlashi shart.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatlar xususiy bandlik agentligi tomonidan bajarilmagan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi fuqaroni Migratsiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarish choralarini koʻradi va keyinchalik ushbu xarajatlarning oʻrni xususiy bandlik agentligining tijorat banklari depozitlarida zaxiraga joylashtirilgan mablagʻlari hisobidan qoplanadi”;
7) 20-modda:
nomidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi”;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“xususiy bandlik agentliklari faoliyatini ochiq, shaffof va tizimli baholash mezonlarini belgilaydi hamda ularning reytingini tuzadi”;
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari tegishincha beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oltinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xususiy bandlik agentliklari tomonidan qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi xususiy bandlik agentliklari faoliyatining tekshiruvlarini (moliya-xoʻjalik faoliyatiga aralashmasdan) oʻtkazish huquqiga ega. Bunda tekshiruvlar Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimida tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish orqali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni xabardor qilish tartibida oʻtkaziladi. Xususiy bandlik agentliklari faoliyatini tekshirish chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining mansabdor shaxslari oʻz vakolatlari doirasida”;
8) 21-moddaning uchinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 22-moddaning:
birinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 23-modda:
ikkinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismining beshinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi beshinchi — oʻninchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“xususiy bandlik agentligining taʼsischilari va (yoki) rahbarlari tarkibida firibgarlik, odam savdosi, terrorizm, ekstremizm bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganligi tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslar mavjud emasligi, shuningdek ushbu jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganligi tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslar bilan xususiy bandlik agentliklari tomonidan mehnat shartnomalari va fuqarolik-huquqiy shartnomalar tuzilmasligi;
litsenziyalovchi organ belgilagan tartibda uch yilda kamida bir marta yuridik shaxs xodimlari tomonidan malaka sertifikatini olish;
ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan xususiy yoki ijaraga olingan binoga ega boʻlish, tegishli moddiy-texnika bazasidan va boshqa vositalardan foydalanish, shuningdek binoning yongʻin xavfsizligi talablariga, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqligini taʼminlash;
litsenziya daʼvogari tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt ming baravari miqdoridagi mablagʻlarni litsenziyaning amal qilish davriga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining roziligisiz sarflamaslik va mablagʻlar sarflangan taqdirda, belgilangan muddatlarda ularning oʻrnini toʻldirish sharti bilan tijorat banklaridagi depozitlarga zaxiraga joylashtirish;
xizmat koʻrsatish shartnomalari boʻyicha xususiy bandlik agentliklarining oʻz majburiyatlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik bilan bogʻliq tavakkalchiliklarni sugʻurtalash boʻyicha amaldagi sugʻurta shartnomalari va sugʻurta polislariga ega boʻlish;
xususiy bandlik agentliklarining xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalarida belgilangan majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq xarajatlar oʻrnini tijorat banklari depozitlarida zaxiraga joylashtirilgan mablagʻlar hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining asoslangan talabnomasiga asosan qoplash”;
11) 24-moddaning ikkinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
12) 28-moddaning uchinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13) 29-moddaning matnidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 20-oktabrda qabul qilingan “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-642-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 10, 595-modda; 2021-yil, № 4, 287-modda, 4-songa ilova; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 5, 464-modda, № 6, 570-modda, 10-songa ilova; 2023-yil, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda, № 8, 818-modda, № 9, 958, 968-moddalar, № 10, 1079-modda; 2025-yil, № 2, 188-modda, № 5, 648-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 9-modda:
nomidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi (bundan buyon matnda Migratsiya agentligi deb yuritiladi)”;
ikkinchi qismidagi “Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi” degan soʻzlar “Migratsiya agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 94-moddaning:
oʻn sakkizinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
oʻn toʻqqizinchi — yigirma toʻqqizinchi xatboshilari tegishincha oʻn sakkizinchi — yigirma sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
3) 99 va 100-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“99-modda. Migratsiya jamgʻarmasi
Migratsiya jamgʻarmasi yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan holda tashkil etiladi.
Migratsiya jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish manbalari quyidagilardan iborat:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Migratsiya jamgʻarmasiga ajratiladigan mablagʻlar;
chet el fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan tasdiqnomalar berganlik uchun yigʻimlarning bir qismi;
Migratsiya jamgʻarmasining vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari, homiylik yordami, grant mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Migratsiya jamgʻarmasiga mablagʻlar toʻliq hamda oʻz vaqtida tushishini taʼminlash ustidan nazorat qilish, shuningdek mablagʻlarning shakllanishi va kelib tushishini prognoz qilish boʻyicha hisobni yuritish hamda hisobot tuzish Migratsiya agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Migratsiya jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli foydalanish uchun javobgarlik Migratsiya agentligining zimmasiga yuklatiladi.
100-modda. Migratsiya jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanishning asosiy yoʻnalishlari
Migratsiya jamgʻarmasi mablagʻlaridan quyidagilar uchun foydalaniladi:
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida zoʻravonlikka, majburiy mehnatga va tahqirlanishga duchor boʻlgan, mehnatga oid va boshqa huquqlari buzilgan, murakkab moliyaviy ahvolga tushib qolgan hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz, yashash uchun mablagʻlarsiz qolgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilish, shuningdek ularga moddiy yordam koʻrsatish;
mehnat migratsiyasida boʻlgan davrda jarohat olgan, baxtsiz hodisaga uchragan, ogʻir kasallikka chalingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga tibbiy yordam koʻrsatish, basharti ushbu xizmatlar qiymatini ularning oʻz mablagʻlari yoki tibbiy sugʻurta hisobidan toʻlash imkoni boʻlmagan taqdirda;
mehnat migratsiyasida boʻlgan davrda vafot etgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining jasadlarini, shuningdek xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida mayib boʻlgan yoki ogʻir tan jarohati olgan fuqarolarni olib kelish;
avval uyushgan holda tanlash doirasida Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga ishga yuborilgan va borgan mamlakatning qonunchiligini buzganligi uchun chiqarib yuborilgan (deportatsiya qilingan) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini qaytarish, toʻlangan mablagʻlar oʻrnini keyinchalik mazkur shaxslar hisobidan qoplash, shuningdek chet ellik ish beruvchilar tomonidan ishga joylashtirish boʻyicha kelishilgan sharoitlar bilan taʼminlanmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini qaytarish;
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirgan davrda fuqarolarning hayotini, sogʻligʻini va boshqa tavakkalchiliklarini sugʻurtalash boʻyicha sugʻurta mukofotining oʻrnini qoplash uchun sugʻurta kompaniyalariga subsidiyalar berish;
fuqarolarni (yoshlarni) chet tillarga oʻqitish va xorijiy davlatlarda ishlashga maqsadli tayyorlash markazi, uning filiallari hamda ketish oldidan moslashtirish markazlari faoliyatini tashkil etish va faoliyat yuritishini taʼminlash, shuningdek malakali chet el pedagog kadrlarini mahalliy taʼlim tashkilotlariga jalb etish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish;
mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini kasb-hunarga tayyorlash va chet tillarga oʻqitish, shuningdek ularning malakasini baholash;
“Xorijda ish” mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasida roʻyxatdan oʻtgan va uyushgan holda tanlash doirasida mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga xorijiy tillar va (yoki) kasb boʻyicha muvaffaqiyatli topshirilgan malaka imtihoni xarajatlarini toʻlab berish, shuningdek xorijga ketishga yoʻl chiptasini xarid qilish uchun kompensatsiya toʻlash;
rivojlangan davlatlarga uyushgan holda tanlash doirasida mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga “ishchi viza”ni rasmiylashtirish xarajatlarining oʻrnini qoplash;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda uyushgan holda ishga joylashtirishni kengaytirish, noqonuniy mehnat migratsiyasining oldini olish masalalariga doir axborot-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish;
Migratsiya agentligining chet eldagi vakolatxonalarini tashkil etish, jihozlash va saqlab turish;
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining ish bilan taʼminlanganlik holatini ular ishga joylashgan joylarga borgan holda monitoring qilib borish;
Migratsiya agentligi xodimlarini xorijiy davlatlarga uzoq muddatli xizmat safarlariga yuborish va uning xorijiy davlatlardagi vakillari sifatida jalb etilgan shaxslar faoliyatini moliyalashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarga yordam koʻrsatish uchun tunu kun ishlaydigan telefon orqali qoʻngʻiroqlarni qabul qilish markazi faoliyatini texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash xarajatlarini moliyalashtirish;
mehnat migrantlari uchun vaqtincha boʻlib turgan mamlakatlari va u yerdagi boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtirish, vatandoshlar bilan onlayn muloqot qilish hamda pul oʻtkazmalarini amalga oshirish, qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan fuqarolarga yordam koʻrsatuvchi tashkilotlar bilan bogʻlanish imkonini beruvchi mobil ilova yaratish va uni kelgusida texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash xarajatlarini moliyalashtirish;
Oʻzbekiston hududidan tashqariga chiquvchi va mamlakatimiz hududiga kirib keluvchi shaxslarning aniq hisobini yuritish imkonini beruvchi Yagona idoralararo elektron maʼlumotlar bazasini yaratish hamda uni kelgusida texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash xarajatlarini moliyalashtirish;
uyushgan holda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga chiqib ketayotgan fuqarolarga oʻn million soʻmgacha mikrokreditlar ajratish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish;
ingliz, koreys, nemis va yapon tillari boʻyicha kamida B1 yoki unga tenglashtirilgan darajadagi xalqaro sertifikat olgan bitiruvchilar soni eng koʻp boʻlgan kasbiy taʼlim tashkilotlarining va kasbiy koʻnikmalar markazlarining ellik nafar chet tili fani oʻqituvchisiga ellik million soʻmdan subsidiya berish;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa xarajatlarni moliyalashtirish.
Migratsiya jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanishning har bir yoʻnalishiga doir xarajatlarning limitlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
4) 102-moddaning:
nomidagi “Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi” degan soʻzlar “Migratsiya agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi” degan soʻzlar “Migratsiya agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshisidagi “Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi” degan soʻzlar “Migratsiya agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 103-moddaning ikkinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan soʻzlar “Migratsiya agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 104-moddaning:
uchinchi qismidagi “Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi” degan soʻzlar “Migratsiya agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Migratsiya agentligi tomonidan Xorijdagi ish beruvchilar reyestri yuritilib, u Migratsiya agentligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi”;
yettinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fuqarolarning xususiy bandlik agentligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarilishi taʼminlanmagan taqdirda, Migratsiya agentligi fuqarolarning mazkur xususiy bandlik agentligining tijorat banklari depozitiga zaxiraga joylashtirilgan mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarilishini taʼminlash boʻyicha choralar koʻradi”;
7) 105-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Migratsiya agentligi”;
8) 107-moddaning ikkinchi qismidagi “Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 108-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mehnat organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi soliq qoʻmitasi bilan birgalikda har chorakda yuqori malakali va malakali mutaxassislarning daromadlaridan toʻlangan soliqlar summalarini tekshirish amalga oshiriladi”;
10) 111-modda:
toʻrtinchi qismidagi “Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismidagi “Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yettinchi qismining birinchi xatboshisidagi “Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻninchi qismidagi “Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
11) 112-modda birinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisidagi “Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktabrda qabul qilingan OʻRQ-798-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, 10-songa ilova; 2023-yil, № 4, 265-modda, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda, № 7, 627-modda, № 9, 964-modda; 2025-yil, № 2, 193-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 190-moddaning birinchi qismidagi “va yiliga bir yuz yigirma soatdan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2) 262-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ish vaqtidan tashqari ishning bir kundagi birinchi ikki soati uchun kamida bir yarim hissa miqdorida, ikki soatdan ortiq qismi uchun kamida ikki hissa miqdorida (mehnat sharoitlari noqulay boʻlgan ishlarda — har bir soati uchun kamida ikki hissa miqdorida) haq toʻlanadi”.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
7-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 11-noyabr,
OʻRQ-1095-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 03/25/1095/1036-son)