Joriy versiya | Hujjat 01.01.2026 sanasi holatiga | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Farmoni | Farmoni | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni tayinlash va toʻlash tizimini takomillashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida | Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni tayinlash va toʻlash tizimini takomillashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Davlat ijtimoiy sugʻurtasi tizimini takomillashtirish va moliyaviy barqarorligini taʼminlash orqali aholini ogʻir hayotiy vaziyatlarda moddiy qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, rasmiy bandlikni ragʻbatlantirish va mehnat bozori barqarorligini oshirish maqsadida qaror qilaman: | Davlat ijtimoiy sugʻurtasi tizimini takomillashtirish va moliyaviy barqarorligini taʼminlash orqali aholini ogʻir hayotiy vaziyatlarda moddiy qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, rasmiy bandlikni ragʻbatlantirish va mehnat bozori barqarorligini oshirish maqsadida qaror qilaman: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
I. Maqsadlar | I. Maqsadlar | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
1. Quyidagilar davlat ijtimoiy sugʻurtasi tizimini takomillashtirishning asosiy maqsadlari etib belgilansin: | 1. Quyidagilar davlat ijtimoiy sugʻurtasi tizimini takomillashtirishning asosiy maqsadlari etib belgilansin: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
(a) fuqarolarning ogʻir hayotiy vaziyatlarda daromadsiz qolishining oldini olish hamda ularning kambagʻallikka tushish xavfini minimallashtirish; | (a) fuqarolarning ogʻir hayotiy vaziyatlarda daromadsiz qolishining oldini olish hamda ularning kambagʻallikka tushish xavfini minimallashtirish; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
(b) aholining davlat ijtimoiy sugʻurtasi tizimidagi ishtirokini kengaytirish va norasmiy bandlikni legallashtirish; | (b) aholining davlat ijtimoiy sugʻurtasi tizimidagi ishtirokini kengaytirish va norasmiy bandlikni legallashtirish; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
(v) davlat ijtimoiy sugʻurtasi tizimini uning moliyaviy barqarorligini taʼminlash va xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish maqsadida bosqichma-bosqich takomillashtirish; | (v) davlat ijtimoiy sugʻurtasi tizimini uning moliyaviy barqarorligini taʼminlash va xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish maqsadida bosqichma-bosqich takomillashtirish; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
(g) davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni fuqarolarning ijtimoiy sugʻurta boʻyicha qoʻshgan hissasiga mutanosib ravishda hisoblash va toʻlash mexanizmlarini joriy etish. | (g) davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni fuqarolarning ijtimoiy sugʻurta boʻyicha qoʻshgan hissasiga mutanosib ravishda hisoblash va toʻlash mexanizmlarini joriy etish. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
II. Davlat ijtimoiy sugʻurtasining yangi tizimini joriy etish | II. Davlat ijtimoiy sugʻurtasining yangi tizimini joriy etish | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
2. Belgilansinki, 2026-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasida davlat ijtimoiy sugʻurtasining yangi tizimi joriy etiladi. Bunda: | 2. Belgilansinki, 2026-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasida davlat ijtimoiy sugʻurtasining yangi tizimi joriy etiladi. Bunda: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
(a) fuqarolar davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan quyidagi shartlarda qamrab olinadi: | (a) fuqarolar davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan quyidagi shartlarda qamrab olinadi: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
(i) majburiy asoslarda — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun bilan miqdori (stavkasi) belgilanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining bir qismi hisobidan; | (i) majburiy asoslarda — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun bilan miqdori (stavkasi) belgilanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining bir qismi hisobidan; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
(ii) ixtiyoriy asoslarda — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5 foizi miqdoridagi har oylik sugʻurta badalining eng kam miqdorini toʻlash evaziga; | (ii) ixtiyoriy asoslarda — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5 foizi miqdoridagi har oylik sugʻurta badalining eng kam miqdorini toʻlash evaziga; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
(b) fuqarolarga davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlar ularning minimal sugʻurta staji va toʻlagan sugʻurta badaliga mutanosib ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining (keyingi oʻrinlarda — Ijtimoiy himoya milliy agentligi) Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) orqali toʻlanadi; | (b) fuqarolarga davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlar ularning minimal sugʻurta staji va toʻlagan sugʻurta badaliga mutanosib ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining (keyingi oʻrinlarda — Ijtimoiy himoya milliy agentligi) Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) orqali toʻlanadi; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
(v) sugʻurtalangan shaxslar, ularning sugʻurta staji va badallari hisobini yuritish, davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni tayinlash va toʻlash jarayonlari “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olinadigan maʼlumotlar asosida Ijtimoiy himoya milliy agentligining axborot tizimida amalga oshiriladi; | (v) sugʻurtalangan shaxslar, ularning sugʻurta staji va badallari hisobini yuritish, davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni tayinlash va toʻlash jarayonlari “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olinadigan maʼlumotlar asosida Ijtimoiy himoya milliy agentligining axborot tizimida amalga oshiriladi; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
(g) Jamgʻarma orqali: | (g) Jamgʻarma orqali: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
(i) proaktiv shaklda: | (i) proaktiv shaklda: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
2026-yil 1-yanvardan boshlab homiladorlik va tugʻish nafaqasi; | 2026-yil 1-yanvardan boshlab homiladorlik va tugʻish nafaqasi; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
2026-yil 1-iyuldan boshlab vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi; | 2026-yil 1-iyuldan boshlab vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
(ii) fuqarolarning murojaatlari asosida 2030-yil 1-yanvardan boshlab ishdan boʻshatish nafaqasi tayinlanadi va toʻlanadi; | (ii) fuqarolarning murojaatlari asosida 2030-yil 1-yanvardan boshlab ishdan boʻshatish nafaqasi tayinlanadi va toʻlanadi; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
(d) 2026-yil 1-yanvarga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badali, yagona ijtimoiy toʻlov va ijtimoiy soliq toʻlangan davrlar davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni hisoblashda sugʻurta staji sifatida inobatga olinadi. | (d) 2026-yil 1-yanvarga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badali, yagona ijtimoiy toʻlov va ijtimoiy soliq toʻlangan davrlar davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni hisoblashda sugʻurta staji sifatida inobatga olinadi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
III. Jamgʻarma faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirish | III. Jamgʻarma faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirish | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
3. Belgilansinki: | 3. Belgilansinki: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
(a) Jamgʻarma davlat maqsadli jamgʻarmasi sifatida davlat muassasasi shaklida tashkil etiladi; | (a) Jamgʻarma davlat maqsadli jamgʻarmasi sifatida davlat muassasasi shaklida tashkil etiladi; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
(b) Jamgʻarma Ijro etuvchi direksiyasi uning ijro organi hisoblanadi. Bunda: | (b) Jamgʻarma Ijro etuvchi direksiyasi uning ijro organi hisoblanadi. Bunda: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
(i) Ijro etuvchi direksiya faoliyatini tashkil etish uchun Ijtimoiy himoya milliy agentligi va uning tizim tashkilotlarining boshqaruv shtat birliklari hisobidan 33 ta shtat birligi ajratiladi; | (i) Ijro etuvchi direksiya faoliyatini tashkil etish uchun Ijtimoiy himoya milliy agentligi va uning tizim tashkilotlarining boshqaruv shtat birliklari hisobidan 33 ta shtat birligi ajratiladi; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
(ii) Ijro etuvchi direksiya xodimlari mehnatiga haq toʻlash razryadlari Ijtimoiy himoya milliy agentligi markaziy apparatining xodimlari uchun belgilangan razryadlardan bir pogʻona past miqdorda qoʻllanadi. Bunda Ijro etuvchi direksiya xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ragʻbatlantirishning boshqa shartlari boʻyicha Ijtimoiy himoya milliy agentligi markaziy apparati xodimlari uchun belgilangan shartlar tatbiq etiladi; | (ii) Ijro etuvchi direksiya xodimlari mehnatiga haq toʻlash razryadlari Ijtimoiy himoya milliy agentligi markaziy apparatining xodimlari uchun belgilangan razryadlardan bir pogʻona past miqdorda qoʻllanadi. Bunda Ijro etuvchi direksiya xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ragʻbatlantirishning boshqa shartlari boʻyicha Ijtimoiy himoya milliy agentligi markaziy apparati xodimlari uchun belgilangan shartlar tatbiq etiladi; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
(iii) Ijro etuvchi direksiya faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi. | (iii) Ijro etuvchi direksiya faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
IV. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat qilish | IV. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat qilish | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
4. Mazkur Farmonga muvofiq davlat ijtimoiy sugʻurtasi tizimi boʻyicha tadbirlarni tashkillashtirish va amalga oshirishda quyidagilar masʼul va javobgar hisoblanadi: | 4. Mazkur Farmonga muvofiq davlat ijtimoiy sugʻurtasi tizimi boʻyicha tadbirlarni tashkillashtirish va amalga oshirishda quyidagilar masʼul va javobgar hisoblanadi: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
(a) Ijtimoiy himoya milliy agentligi — davlat ijtimoiy sugʻurtasi hisobi yuritilishini, toʻlovlarni tayinlash va toʻlash tadbirlari oʻz vaqtida amalga oshirilishini nazorat va monitoring qilishga; | (a) Ijtimoiy himoya milliy agentligi — davlat ijtimoiy sugʻurtasi hisobi yuritilishini, toʻlovlarni tayinlash va toʻlash tadbirlari oʻz vaqtida amalga oshirilishini nazorat va monitoring qilishga; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
(b) Jamgʻarma — davlat ijtimoiy sugʻurtasi doirasida sugʻurta qildiruvchilar va sugʻurtalangan shaxslar, sugʻurta staji va badallari hisobini yuritish hamda davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni tayinlash va toʻlashga; | (b) Jamgʻarma — davlat ijtimoiy sugʻurtasi doirasida sugʻurta qildiruvchilar va sugʻurtalangan shaxslar, sugʻurta staji va badallari hisobini yuritish hamda davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni tayinlash va toʻlashga; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
(v) Sogʻliqni saqlash vazirligi — sugʻurtalangan shaxslarning mehnatga layoqatsizlik varaqalarini tegishli axborot tizimlari orqali toʻgʻri va oʻz vaqtida rasmiylashtirish hamda axborot tizimi orqali Jamgʻarmaga taqdim etib borishga; | (v) Sogʻliqni saqlash vazirligi — sugʻurtalangan shaxslarning mehnatga layoqatsizlik varaqalarini tegishli axborot tizimlari orqali toʻgʻri va oʻz vaqtida rasmiylashtirish hamda axborot tizimi orqali Jamgʻarmaga taqdim etib borishga; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
(g) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi — sugʻurtalangan shaxslarning bandlik holati, ularning mehnat staji va taʼtillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni axborot tizimi orqali Jamgʻarmaga taqdim etib borishga; | (g) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi — sugʻurtalangan shaxslarning bandlik holati, ularning mehnat staji va taʼtillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni axborot tizimi orqali Jamgʻarmaga taqdim etib borishga; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
(d) Soliq qoʻmitasi — davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan majburiy asosda qamrab olinadigan fuqarolarning mehnatga haq toʻlash shaklidagi daromadlari toʻgʻrisida, shuningdek, davlat ijtimoiy sugʻurtasining yangi tizimi joriy etilgunga qadar boʻlgan davr uchun sugʻurtalangan shaxslarga davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni hisoblab chiqarishda sugʻurta staji sifatida inobatga olinadigan davrlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etishga. | (d) Soliq qoʻmitasi — davlat ijtimoiy sugʻurtasi bilan majburiy asosda qamrab olinadigan fuqarolarning mehnatga haq toʻlash shaklidagi daromadlari toʻgʻrisida, shuningdek, davlat ijtimoiy sugʻurtasining yangi tizimi joriy etilgunga qadar boʻlgan davr uchun sugʻurtalangan shaxslarga davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni hisoblab chiqarishda sugʻurta staji sifatida inobatga olinadigan davrlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etishga. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
5. Davlat ijtimoiy sugʻurtasi tizimini rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini taʼminlash boʻyicha “yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. | 5. Davlat ijtimoiy sugʻurtasi tizimini rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini taʼminlash boʻyicha “yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
6. Ijtimoiy himoya milliy agentligi: | 6. Ijtimoiy himoya milliy agentligi: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
(a) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; | (a) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
(b) 2026-yil yakuniga qadar bosqichma-bosqich davlat ijtimoiy sugʻurtasi tizimida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash hamda jozibadorlikni oshirish maqsadida sugʻurtalangan shaxslar tomonidan oʻzlarining sugʻurta stajlari va amalga oshirilgan sugʻurta badallari hisobini real vaqt rejimida kuzatib borish imkoniyatini yaratsin. | (b) 2026-yil yakuniga qadar bosqichma-bosqich davlat ijtimoiy sugʻurtasi tizimida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash hamda jozibadorlikni oshirish maqsadida sugʻurtalangan shaxslar tomonidan oʻzlarining sugʻurta stajlari va amalga oshirilgan sugʻurta badallari hisobini real vaqt rejimida kuzatib borish imkoniyatini yaratsin. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
7. Iqtisodiyot va moliya vazirligi: | 7. Iqtisodiyot va moliya vazirligi: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
(a) har yili Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunida davlat ijtimoiy sugʻurtasi mablagʻlarini shakllantirish uchun ijtimoiy soliq va daromad soligʻining Jamgʻarmaga yoʻnaltiriladigan qismini (miqdorini), shuningdek, respublika budjetidan zarur miqdordagi transfertlarni nazarda tutsin; | (a) har yili Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunida davlat ijtimoiy sugʻurtasi mablagʻlarini shakllantirish uchun ijtimoiy soliq va daromad soligʻining Jamgʻarmaga yoʻnaltiriladigan qismini (miqdorini), shuningdek, respublika budjetidan zarur miqdordagi transfertlarni nazarda tutsin; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
(b) Jamgʻarma faoliyatini tashkil etish uchun zarur mablagʻlarni asoslantirilgan hisob-kitoblar boʻyicha 2025-yilda Davlat budjeti parametrlarida Ijtimoiy himoya milliy agentligi uchun nazarda tutilgan mablagʻlarning cheklangan miqdorlari doirasida ajratsin va 2026-yildan boshlab har yili tegishli yil uchun budjet parametrlarida nazarda tutsin. | (b) Jamgʻarma faoliyatini tashkil etish uchun zarur mablagʻlarni asoslantirilgan hisob-kitoblar boʻyicha 2025-yilda Davlat budjeti parametrlarida Ijtimoiy himoya milliy agentligi uchun nazarda tutilgan mablagʻlarning cheklangan miqdorlari doirasida ajratsin va 2026-yildan boshlab har yili tegishli yil uchun budjet parametrlarida nazarda tutsin. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin. | 8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
9. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy himoya boʻyicha maslahatchisi — Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori M.P. Olloyorov belgilansin. | 9. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy himoya boʻyicha maslahatchisi — Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori M.P. Olloyorov belgilansin. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
10. Farmon ijrosini nazorat qilish va ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. | 10. Farmon ijrosini nazorat qilish va ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Toshkent sh., | Toshkent sh., | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
2025-yil 3-noyabr, | 2025-yil 3-noyabr, | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
PF-206-son | PF-206-son | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-206-son Farmoniga 1-ILOVA | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-206-son Farmoniga 1-ILOVA | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Davlat ijtimoiy sugʻurtasi tizimini rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini taʼminlash boʻyicha | Davlat ijtimoiy sugʻurtasi tizimini rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini taʼminlash boʻyicha | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“YOʻL XARITASI” | “YOʻL XARITASI” | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-206-son Farmoniga 2-ILOVA | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-206-son Farmoniga 2-ILOVA | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-87-son Farmonining 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin. | 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-87-son Farmonining 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-175-son Farmonining 4-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin. | 2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-175-son Farmonining 4-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-82-son Farmonida: | 3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-82-son Farmonida: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
(a) 2-ilovaning 15-pozitsiyasi chiqarib tashlansin; | (a) 2-ilovaning 15-pozitsiyasi chiqarib tashlansin; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
(b) 4-ilovaning “g” kichik bandi ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin. | (b) 4-ilovaning “g” kichik bandi ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining Har bir insonga oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish yoʻnalishi boʻyicha 2025-yilga moʻljallangan amaliy tadbirlar rejasining 39-pozitsiyasi “Ijro muddati” ustunidagi “2025-yil noyabr” soʻzlari “2026-yil noyabr” soʻzlari bilan almashtirilsin. | 4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining Har bir insonga oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish yoʻnalishi boʻyicha 2025-yilga moʻljallangan amaliy tadbirlar rejasining 39-pozitsiyasi “Ijro muddati” ustunidagi “2025-yil noyabr” soʻzlari “2026-yil noyabr” soʻzlari bilan almashtirilsin. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-17-son Farmonida: | 5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-17-son Farmonida: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
(a) 9-bandning “b” kichik bandida: | (a) 9-bandning “b” kichik bandida: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
(i) birinchi xatboshidagi “quyidagi ijtimoiy loyihalarni” soʻzlari “quyidagilarni” soʻzi bilan almashtirilsin; | (i) birinchi xatboshidagi “quyidagi ijtimoiy loyihalarni” soʻzlari “quyidagilarni” soʻzi bilan almashtirilsin; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
(ii) toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: | (ii) toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“ekologiyani yaxshilash va atrof-muhitni asrash, aholi salomatligi va sanitariya-gigiyena sharoitini yaxshilash bilan bogʻliq boʻlgan hamda boshqa zarur xarajatlarni moliyalashtirish”; | “ekologiyani yaxshilash va atrof-muhitni asrash, aholi salomatligi va sanitariya-gigiyena sharoitini yaxshilash bilan bogʻliq boʻlgan hamda boshqa zarur xarajatlarni moliyalashtirish”; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
(b) 1-ilovaning “III. “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan koʻrsatiladigan ijtimoiy yordamlar” boʻlimida: | (b) 1-ilovaning “III. “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan koʻrsatiladigan ijtimoiy yordamlar” boʻlimida: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
(i) 3-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin: | (i) 3-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
(ii) 5 — 9-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon etilsin: | (ii) 5 — 9-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon etilsin: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 16-martdagi “Noshirlik va matbaa sohasini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4640-son qarorining 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: | 6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 16-martdagi “Noshirlik va matbaa sohasini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4640-son qarorining 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“6. Quyidagilar: | “6. Quyidagilar: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
a) Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziriga umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining barcha sinflari uchun darsliklar va oʻquv-metodik majmualarning foydalanish (yangi va qayta nashr etish davriyligi) muddatlarini belgilash, shuningdek, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda umumiy oʻrta taʼlim muassasalari barcha sinflari uchun darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni qoʻshimcha chop etish yuzasidan qaror qabul qilish huquqi berilsin. Bunda, darsliklar va oʻquv-metodik majmualarning mazmuni asossiz oʻzgartirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi; | a) Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziriga umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining barcha sinflari uchun darsliklar va oʻquv-metodik majmualarning foydalanish (yangi va qayta nashr etish davriyligi) muddatlarini belgilash, shuningdek, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda umumiy oʻrta taʼlim muassasalari barcha sinflari uchun darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni qoʻshimcha chop etish yuzasidan qaror qabul qilish huquqi berilsin. Bunda, darsliklar va oʻquv-metodik majmualarning mazmuni asossiz oʻzgartirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning barcha sinflari uchun darsliklar va oʻquv-metodik majmualarning foydalanish (yangi va qayta nashr etish davriyligi) muddatlarini belgilash huquqi berilsin. | b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning barcha sinflari uchun darsliklar va oʻquv-metodik majmualarning foydalanish (yangi va qayta nashr etish davriyligi) muddatlarini belgilash huquqi berilsin. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat budjeti parametrlari shakllantirilishida 2026-yildan boshlab alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning darslik (bundan umumtaʼlim oʻquv dasturi darsliklari mustasno) va oʻquv qoʻllanmalarini yaratish va chop etish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga ajratilishini koʻzda tutsin”. | Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat budjeti parametrlari shakllantirilishida 2026-yildan boshlab alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning darslik (bundan umumtaʼlim oʻquv dasturi darsliklari mustasno) va oʻquv qoʻllanmalarini yaratish va chop etish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga ajratilishini koʻzda tutsin”. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi PQ-410-son qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy himoyaga muhtoj keksa va nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ning 17-pozitsiyasi “Ijro muddati” ustunidagi “2025” raqami “2026” raqami bilan almashtirilsin. | 7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi PQ-410-son qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy himoyaga muhtoj keksa va nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ning 17-pozitsiyasi “Ijro muddati” ustunidagi “2025” raqami “2026” raqami bilan almashtirilsin. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PQ-267-son qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy toʻlovlarni ijtimoiy kartalar orqali toʻlashni bosqichma-bosqich joriy qilish jadvalida: | 8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PQ-267-son qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy toʻlovlarni ijtimoiy kartalar orqali toʻlashni bosqichma-bosqich joriy qilish jadvalida: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
(a) 10 va 20-pozitsiyalar chiqarib tashlansin; | (a) 10 va 20-pozitsiyalar chiqarib tashlansin; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
(b) quyidagi mazmundagi 221 va 222-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin: | (b) quyidagi mazmundagi 221 va 222-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PQ-268-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi toʻgʻrisidagi nizomda: | 9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PQ-268-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi toʻgʻrisidagi nizomda: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
(a) 6-bandning birinchi xatboshisida “va Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi” soʻzlari “, Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi, Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi, alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar, koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari, ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalari hamda imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablari” soʻzlari bilan almashtirilsin; | (a) 6-bandning birinchi xatboshisida “va Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi” soʻzlari “, Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi, Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi, alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar, koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari, ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalari hamda imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablari” soʻzlari bilan almashtirilsin; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
(b) 9-bandda: | (b) 9-bandda: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
(i) quyidagi mazmundagi oʻn sakkizinchi va oʻn toʻqqizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin: | (i) quyidagi mazmundagi oʻn sakkizinchi va oʻn toʻqqizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi; | “Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar, koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari, ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalari hamda imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablari”; | alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar, koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari, ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalari hamda imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablari”; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
(ii) oʻn sakkiz-oʻn toʻqqizinchi xatboshilar tegishincha yigirmanchi-yigirma birinchi xatboshilar deb hisoblansin. | (ii) oʻn sakkiz-oʻn toʻqqizinchi xatboshilar tegishincha yigirmanchi-yigirma birinchi xatboshilar deb hisoblansin. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 16-sentabrdagi “Respublikaning hudud, soha va tarmoqlarida raqamli texnologiyalar joriy etilishini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-286-son qaroriga 6-ilovaning 54-pozitsiyasi chiqarib tashlansin. | 10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 16-sentabrdagi “Respublikaning hudud, soha va tarmoqlarida raqamli texnologiyalar joriy etilishini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-286-son qaroriga 6-ilovaning 54-pozitsiyasi chiqarib tashlansin. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Izoh: Mazkur ilovaning 1 va 2-bandlari 2026-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi. | Izoh: Mazkur ilovaning 1 va 2-bandlari 2026-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi. |