Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining
buyrugʻi
“Oʻzbekiston Respublikasi Rieltorlik xizmatlarining milliy standarti (1-son RXMS) “Rieltorlik xizmatlari sifatini nazorat qilishning ichki qoidalariga qoʻyiladigan umumiy talablar”ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 3-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2244-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-yanvardagi 23-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2011-yil 13-iyundagi 01/19-18/03-son “Oʻzbekiston Respublikasi Rieltorlik xizmatlarining milliy standarti (1-son RXMS) “Rieltorlik xizmatlari sifatini nazorat qilishning ichki qoidalariga qoʻyiladigan umumiy talablar”ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2244, 2011-yil 12-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 28-son, 297-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor A. ORTIKOV
Toshkent sh.,
2025-yil 23-oktabr,
01/11-14/44-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2025-yil 23-oktabrdagi 01/11-14/44-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi Rieltorlik xizmatlarining milliy standarti (1-son RXMS) “Rieltorlik xizmatlari sifatini nazorat qilishning ichki qoidalariga qoʻyiladigan umumiy talablar”ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Qarorning muqaddimasidagi “(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-yil, 51-son, 480-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 26-apreldagi PQ-335-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 17-son, 140-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 10-maydagi 129-son “Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 19-son, 189-modda)” degan soʻzlar “va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-yanvardagi 23-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Ilovaning muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Rieltorlik xizmatlarining milliy standarti (1-son RXMS) Oʻzbekiston Respublikasi hududida rieltorlik tashkilotlari tomonidan rieltorlik xizmatlari sifatini nazorat qilishning ichki qoidalariga qoʻyiladigan umumiy talablarni belgilaydi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 10/25/2244-2/1007-son)