1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.10.00 Iqtisodiy islohotlar sohasida davlat boshqaruvi;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.11.00 Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollari. Moddiy balanslar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimini joriy etish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada strategik rejalashtirish va rivojlanishning yagona va kompleks tizimini shakllantirish, strategik ahamiyatga ega hujjatlarni ishlab chiqish, amalga oshirish, monitoring qilish va samaradorligini baholashning barqaror va samarali mexanizmlarini joriy etish, ushbu sohada vazirliklar, idoralar, barcha darajadagi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, tahliliy markazlar va ilmiy-tadqiqot muassasalarining kelishilgan holda faoliyatini ta’minlash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Maqsad va vazifalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2025-yil 1-noyabrdan boshlab “maqsad — harakat — natija” zanjiri asosida strategik ahamiyatga ega hujjatlarni ishlab chiqish, amalga oshirish, monitoring qilish va baholashni o‘z ichiga olgan strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimi joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) strategik ahamiyatga ega hujjatlarni ishlab chiqish, amalga oshirish, monitoring qilish va samaradorligini baholashning barqaror va samarali mexanizmini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) strategik rejalashtirish va rivojlanish hujjatlarining yagona iyerarxiyasi va o‘zaro muvofiqligini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) strategik rejalashtirish va rivojlanish sohasida vazirliklar, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining o‘zaro hamkorligi tartibi, vakolatlari, funksional vazifalari va javobgarlik chegaralarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) chuqur ilmiy tadqiqotlar, tendensiyalar va prognozlarni xolisona tahlil qilish asosida davlat siyosatining strategik ustuvorliklarini shakllantirish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) aniq, shaffof va o‘lchanadigan ko‘rsatkichlarga asoslangan strategik maqsadlarga erishish samaradorligini monitoring qilish va baholash tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) sohalar, tarmoqlar va hududlarni rivojlantirishga yangicha yondashuvlarni joriy etish, zamonaviy formatlar va innovatsion usullar asosida ishlarni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(z) strategik tahlil va rejalashtirish sohasida yuqori malakali kadrlar yangi avlodini tayyorlashning integratsiyalashgan tizimini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimini joriy etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Strategik rejalashtirish hujjatlarining iyerarxiyasi quyidagi tartibda belgilansin:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) birinchi darajali strategik rejalashtirish hujjatlari mamlakatni, uning hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishda davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish bilan bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarni, boshqaruvning konseptual yondashuvlarini belgilovchi konsepsiyalar shaklida qabul qilinadi. Bunda konsepsiya muvofiqlashtirish, resurslar bilan ta’minlash va ularni amalga oshirish samaradorligini baholashning umumiy mexanizmlarini o‘z ichiga olgan muayyan strategiyalarni ishlab chiqish uchun asos bo‘lib hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) ikkinchi darajali strategik rejalashtirish hujjatlari o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda mamlakat, hudud, tarmoq yoki davlat va jamiyat hayotining boshqa sohasini rivojlantirishning maqsadi, vazifalari, maqsadli ko‘rsatkichlariga erishishga qaratilgan hamda ularni amalga oshirishning aniq belgilangan mexanizmlari va resurslarini o‘z ichiga olgan strategiyalar shaklida qabul qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) uchinchi darajali strategik rejalashtirish hujjatlari strategiyaning maqsad va vazifalariga erishishga qaratilgan o‘zaro bog‘liq batafsil chora-tadbirlar majmuini belgilovchi dasturlar (“yo‘l xaritalari”, chora-tadbirlar rejalari) shaklida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.07.00.00 Muddatlar. Da’vo muddati / 03.07.01.00 Muddatlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) birinchi darajali strategik rejalashtirish hujjatlari 7 yildan ortiq muddatga ishlab chiqiladi va qoida tariqasida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) ikkinchi darajali strategik rejalashtirish hujjatlari 4 yildan 7 yilgacha bo‘lgan muddatga ishlab chiqiladi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari bilan tasdiqlanadi. Bunda “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi va boshqa shu kabi keng qamrovli strategik rejalashtirish hujjatlari nisbati bo‘yicha muayyan yoki bir necha soha, tarmoq yoki hudud bo‘yicha strategik rejalashtirish hujjatlaridan yuqori hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) uchinchi darajali strategik rejalashtirish hujjatlari 1 yildan 3 yilgacha bo‘lgan muddatga ishlab chiqiladi va quyidagi tartibda tasdiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi va boshqa shu kabi keng qamrovli strategik rejalashtirish hujjatlarini amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) ikkinchi darajali boshqa strategik rejalashtirish hujjatlarini amalga oshirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimini joriy etishga qaratilgan birinchi navbatdagi chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimini muvofiqlashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.04.00 Milliy xavfsizlik kengashi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi bo‘linmalar hamda kengash va maslahat organlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Tahliliy va tadqiqot tuzilmalari faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rejalashtirish va rivojlanish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash (keyingi o‘rinlarda — Muvofiqlashtiruvchi kengash) etib;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.04.00 Milliy xavfsizlik kengashi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi bo‘linmalar hamda kengash va maslahat organlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) etib;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.04.00 Milliy xavfsizlik kengashi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi bo‘linmalar hamda kengash va maslahat organlar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamg‘armalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamg‘armalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) etib qayta tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Muvofiqlashtiruvchi kengashga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, texnologik, gumanitar, ekologik va boshqa sohalardagi dolzarb muammolar hamda chaqiriqlarni tahlil qilish, ularni hal etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek, mamlakatni strategik rivojlantirish bo‘yicha g‘oya va tashabbuslarni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi, konsepsiyalar, strategiyalar va dasturlar (“yo‘l xaritalari”, chora-tadbirlar rejalari) bilan muvofiqligini ta’minlash nuqtai nazaridan strategik tashabbuslarni ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazishni muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) konsepsiyalar, strategiyalar va dasturlarning (“yo‘l xaritalari”, chora-tadbirlar rejalari) “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi maqsadlari bilan to‘liq bog‘liqligi va uyg‘unligini ta’minlash, shuningdek, ularning amalga oshirilishi samaradorligini monitoring qilish va baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) jamiyat va davlat hayotining turli sohalari kesimida mamlakat rivojlanishini uzoq muddatli rejalashtirish bo‘yicha faoliyatni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilab qo‘yilsinki:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.04.00 Milliy xavfsizlik kengashi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi bo‘linmalar hamda kengash va maslahat organlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Muvofiqlashtiruvchi kengash vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, davlat tahliliy markazlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarining strategik rejalashtirish va rivojlanish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish uchun mas’ul bo‘lgan idoralararo kollegial organ hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Muvofiqlashtiruvchi kengash majlislarida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda tegishli sohalarda kompleks islohotlarni chuqurlashtirish va liberallashtirish borasidagi strategik masalalar yuzasidan ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining maqsadga muvofiqligi ko‘rib chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Muvofiqlashtiruvchi kengash majlislarida qabul qilingan qarorlar barcha davlat organlari va tashkilotlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) Muvofiqlashtiruvchi kengash birinchi va ikkinchi darajali strategik rejalashtirish hujjatlari loyihalarini ularni qabul qilishning maqsadga muvofiqligi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqadi. Bunda ma’qullangan loyihalar ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritiladi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) Agentlik, shuningdek, mazkur Farmonning 2-ilovasiga muvofiq ro‘yxatdagi tahliliy markazlar va ilmiy-tadqiqot muassasalari nizomlari (ustavlari) va yillik ish rejalari, xorijiy tadbirlarda ishtirok etish dasturlari hamda tuzilmalari Muvofiqlashtiruvchi kengash bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) Muvofiqlashtiruvchi kengash Agentlik, shuningdek, mazkur Farmonning 2-ilovasiga muvofiq ro‘yxatdagi tahliliy markazlar va ilmiy-tadqiqot muassasalari tuzilmalariga o‘zgartirishlar kiritish, shu jumladan, Muvofiqlashtiruvchi kengash huzuridagi Tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, Strategik rivojlanish va islohotlar agentligini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan budjetdan tashqari boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan qo‘shimcha shtat birliklarini kiritish huquqiga ega;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(z) davlat tahliliy markazlari va ilmiy-tadqiqot muassasalariga qonunchilik hujjatlarida hamda ularning yillik ish rejalarida nazarda tutilmagan boshqa vazifalar, funksiyalar va topshiriqlar yuklanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Strategik rejalashtirish va rivojlanish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilansinki, Agentlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimini tashkil etish, uni samarali joriy qilishga qaratilgan aniq mexanizmlarni ishlab chiqish, shuningdek, strategik rejalashtirish hujjatlari loyihalarini tayyorlashni tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Muvofiqlashtiruvchi kengashning ishchi organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Agentlikka 3-ilovaga muvofiq qo‘shimcha vazifalar yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Muvofiqlashtiruvchi kengashga Agentlik huzurida quyidagilarni tashkil etish bo‘yicha qarorlar qabul qilish huquqi berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari, shuningdek, alohida sohalar va yo‘nalishlarda joriy holatni o‘rganish hamda ularni modernizatsiya qilish, innovatsion va barqaror rivojlantirishga qaratilgan strategiyalar, takliflar va tashabbuslarni ishlab chiqish uchun sohalar va tarmoqlarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha loyiha ofislari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha joriy holatni o‘rganish hamda strategiyalar, takliflar va tashabbuslarni ishlab chiqish, shuningdek, ularning hududiy rejalashtirish bilan muvofiqligini ta’minlash uchun hududiy rivojlanish masalalari bo‘yicha loyiha ofislari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) O‘zbekiston Respublikasining tashqi aloqalari va eksport salohiyatini rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish sohasidagi joriy holatni o‘rganish hamda takliflar va tashabbuslarni ishlab chiqish uchun xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha loyiha ofislari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) tizimda, sohada yoki tarmoqda mavjud modelni tubdan o‘zgartirish, institutsional, tarkibiy, huquqiy va funksional yangilash orqali kompleks va barqaror rivojlanishni ta’minlashga, boshqaruvning, bozor mexanizmlarining yoki ijtimoiy xizmatlarning sifat jihatidan yangi modelini shakllantirishga qaratilgan, strategik rejalashtirish hujjati hisoblanmaydigan hujjatlar loyihalari mazkur Farmonning 4-ilovasida belgilangan mezonlarga muvofiq strategik islohotlarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari hisoblanadi;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va ko‘rib chiqish tartibi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) strategik islohotlarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari vakolatli davlat organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritilguniga qadar Agentlik bilan kelishiladi, bunda ushbu tartibga rioya etmagan holda kiritilgan loyihalar ko‘rib chiqilmaydi;
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.03.00 Adliya organlari faoliyatiga doir boshqa masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) huquqiy ekspertiza yakunlari bo‘yicha strategik islohotlarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Agentlik bilan kelishish to‘g‘risida Adliya vazirligi tomonidan tavsiyalar beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) Agentlik tahliliy markazlar va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda strategik islohotlarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqadi va natijalarga ko‘ra quyidagilar bo‘yicha xulosa beradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) loyihani qabul qilishning asoslantirilganligi, belgilangan ustuvor yo‘nalishlar va maqsadlarni amalga oshirishga yo‘naltirilganligi, “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi, shuningdek, boshqa tarmoq va hududiy strategiyalarga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) maqsadlarning va ular bilan bog‘liq vazifalar, chora-tadbirlar, amalga oshirish mexanizmlari va vositalari, amaldagi va o‘lchanadigan maqsadli ko‘rsatkichlar, shuningdek, muddatlar va ularga erishish uchun mas’ullarning belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) belgilangan vazifalar, ko‘rsatkichlar va chora-tadbirlarni amalga oshirishda moliyaviy-iqtisodiy, moddiy-texnik va boshqa resurslarning ko‘zda tutilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) raqamlashtirish, korrupsiyaning oldini olish va byurokratiyani kamaytirish, ochiqlik va jamoatchilik ishtirokini kengaytirish, gender tenglik, xususiy sektorni jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlar qamrab olinganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) belgilangan vazifalarning amalga oshirilishini monitoring qilish va baholash, hisobdorlik mexanizmlari mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimini ilmiy-uslubiy jihatdan va kadrlar bilan ta’minlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat institutiga (keyingi o‘rinlarda — Institut) quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) strategik rejalashtirish va rivojlanishning ilmiy-uslubiy va siyosiy-huquqiy asoslarini ishlab chiqish va takomillashtirish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) tahliliy markazlar va ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan strategik rejalashtirish va rivojlanishning ilmiy-uslubiy va siyosiy-huquqiy asoslarini takomillashtirish sohasida o‘tkaziladigan ilmiy va tahliliy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) strategik rejalashtirish va rivojlanishning siyosiy-huquqiy asoslari sohasida yuqori malakali tahlilchi-mutaxassislar tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Tashkiliy chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Agentlik vazirlik va idoralarning strategik rejalashtirish bo‘yicha tarkibiy bo‘linmalari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining axborot-tahlil guruhlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) vazirlik va idoralarning strategik rejalashtirish bo‘yicha tarkibiy bo‘linmalari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining axborot-tahlil guruhlari rahbarlariga tegishli idora rahbari maslahatchisi maqomi beriladi, ularni lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish Agentlik bilan majburiy tartibda kelishiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan strategik rejalashtirish bo‘yicha tarkibiy bo‘linmalar, shuningdek, axborot-tahlil guruhlari xodimlari yiliga kamida bir marta Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida strategik rejalashtirish va rivojlanish, tahlil va natijadorlikni boshqarish bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarida o‘qitiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2026-yildan boshlab “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirishga oid qabul qilinadigan har yilgi davlat dasturiga ishlab chiqiladigan strategik islohotlarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ro‘yxati kiritiladi. Bunda Agentlik mazkur ro‘yxatdagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va kelishish jarayonlarini muvofiqlashtirib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Agentlik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalari bilan birgalikda mahalliy va xorijiy konsultantlarni jalb qilgan holda ikki oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjati loyihasini kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) strategik rejalashtirishni tashkil etish, strategik rejalashtirish hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va amalga oshirilishini monitoring qilish tartibi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) rejalashtirish, ma’lumotlarni to‘plash, asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini (KPI) monitoring qilish, muammolarni aniqlash, prognozli tahlil o‘tkazish va strategik rejalashtirish hujjatlariga tuzatishlar kiritish imkonini beruvchi raqamli platformani (dashboard) ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) vazirlik va idoralar tomonidan yagona, kompleks va tizimli yondashuv asosida strategik rejalashtirish hujjatlarini ishlab chiqish, hisobotlarni taqdim etish va ularning amalga oshirilishini monitoring qilish, shuningdek, ushbu hujjatlarning bajarilishini baholash tizimini joriy etish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar dasturi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) yuklatilayotgan qo‘shimcha vazifalarni inobatga olgan holda Agentlik va Jamg‘arma faoliyatini tashkil etish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) davlat boshqaruvida strategik rejalashtirish va rivojlanish sohasida malakali kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Farmon ijrosini tashkil qilish, ta’minlash va nazorat
[OKOZ:
1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 5-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Adliya vazirligi uch oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 30-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-201-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-son Farmoniga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimini joriy etishga qaratilgan birinchi navbatdagi chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YO‘L XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Chora-tadbir nomi
Amalga oshirish mexanizmi
Ijro muddati
Mas’ullar
1.
Mamlakatda strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimini muvofiqlashtirish hamda ushbu tizimning samarador mexanizmlarini ta’minlashga qaratilgan huquqiy asoslarini yaratish.
Strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimi joriy etilgani munosabati bilan birinchi navbatdagi vazifalarni amalga oshirish choralari bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini kiritish:
strategik rejalashtirish tizimini tashkil etish tartibi, strategik rejalashtirish hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va amalga oshirilishini nazorat qilish;
rejalashtirish jarayonini avtomatlashtirish, ma’lumotlarni to‘plash, asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlariga (KPI) erishishni kuzatish, muammolarni aniqlash, prognozli tahlil va strategik rejalashtirish hujjatlariga tuzatishlar kiritish imkonini beruvchi raqamli platformani (dashboard) ishlab chiqish;
vazirlik va idoralar tomonidan strategik rejalashtirish hujjatlarini yagona, kompleks va tizimli yondashuv asosida ishlab chiqish, hisobotlarni taqdim etish va ularning amalga oshirilishini monitoring qilish, shuningdek, strategik rejalashtirish hujjatining bajarilishini baholash tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi;
Agentlikka yuklatilgan qo‘shimcha vazifalarni inobatga olgan holda va uning faoliyatini samarali tashkil etishga qaratilgan Agentlikning va uni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatining huquqiy asoslari, tuzilmasi va lavozimlar ro‘yxati;
davlat boshqaruvida strategik rejalashtirish va rivojlanish sohasida malakali kadrlarni tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish.
2025-yil noyabr
Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi
2.
Vazirlik va idoralarning strategik rejalashtirish bo‘yicha tarkibiy bo‘linmalari xodimlari faoliyatini muvofiqlashtirish tizimini yaratish.
Strategik rejalashtirish tizimini joriy etish bo‘yicha quyidagi choralarni amalga oshirish:
vazirlik va idoralarning strategik rejalashtirish bo‘yicha tarkibiy bo‘linmalarining xodimlari bo‘yicha ma’lumotlar, shu jumladan xodimlar soni, sohaviy hisobdorligi, malakasi, ish haqi miqdori va vakant joylar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
2025-yil dekabr
Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi,
Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi,
vazirlik va idoralar,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
vazirlik va idoralarning strategik rejalashtirish bo‘yicha tarkibiy bo‘linmalari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining Axborot-tahlil guruhlari rahbarlarini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini majburiy tartibda Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi bilan kelishishtartibini belgilash;
2025-yil dekabr
vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan strategik rejalashtirish bo‘yicha tarkibiy bo‘linmalar, axborot-tahlil guruhlari xodimlarining yiliga kamida bir marta Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida strategik rejalashtirish va rivojlanish, tahlil hamda natijadorlikni boshqarish bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarida ta’lim olishlarini tashkil etib borish.
Doimiy
3.
Strategik rejalashtirish va rivojlanish sohasida kadrlarning malakasi va kasbiy kompetensiyasini oshirib borish choralarini ko‘rish.
Strategik rejalashtirish va rivojlanish sohasidagi mutaxassislarning kompetensiyalarini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash. Bunda quyidagilarni nazarda tutish:
vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar xodimlarini o‘qitish;
strategik rejalashtirish bo‘yicha masofaviy o‘qitish tizimini joriy etish;
strategik rejalashtirish sohasida kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish va sertifikatlash tizimini joriy etish.
2026-yil mart
Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi,
Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi,
Boshqaruv samaradorligi agentligi,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
4.
Strategik rejalashtirish va rivojlanish sohasida pedagog kadrlarning professional korpusini yaratish.
1. Strategik rejalashtirish va rivojlanishga ixtisoslashgan ilg‘or xorijiy mamlakatlarning ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
2. Strategik rejalashtirish bo‘yicha o‘quv dasturlarni shakllantirish uchun malakali professor-o‘qituvchilarni va mutaxassislarni jalb etish.
3. Xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda strategik rejalashtirish va rivojlanish sohasidagi yuqori malakali pedagoglarni tayyorlash.
2026-yil noyabr
Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi
5.
Strategik islohotlarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kelishish jarayonlarini raqamlashtirish.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimida strategik islohotlarni nazarda tutuvchi masalalar aks etgan qonunchilik hujjatlari loyihalarini Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi bilan majburiy kelishishni ta’minlash imkoniyatini yaratish.
2026-yil fevral
Adliya vazirligi
6.
Strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimini joriy qilish bilan bog‘liq vazifalarning samarali bajarilishini ta’minlash maqsadida Strategik rivojlanish va islohotlar agentligining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.
Agentlikning yangi yuklatilgan vazifalarini samarali bajarilishini ta’minlash uchun moddiy-texnika jihozlariga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash va zarur kompyuter texnikasi, server qurilmalari, kanselyariya vositalari, boshqa orgtexnika jihozlari hamda avtotransport vositalarini budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan xarid qilish (ajratish).
2025-yil dekabr
Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-son Farmoniga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rejalashtirish va rivojlanish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan faoliyati tashkillashtiriladigan tahliliy markazlar va ilmiy-tadqiqot muassasalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ro‘yxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
4.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti
5.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti
6.
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
7.
Markaziy Osiyo xalqaro instituti
8.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Xalqaro munosabatlar axborot-tahliliy markazi
9.
Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti
10.
O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-son Farmoniga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiga yuklatiladigan qo‘shimcha vazifalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ro‘yxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tarmoqlar va hududlar rivojlanishining joriy holati, O‘zbekiston Respublikasining boshqa mamlakatlar hamda xalqaro tashkilotlar va institutlar bilan hamkorligi samaradorligi to‘g‘risida axborot to‘plash va tizimli tahlil qilish, shuningdek, mamlakatning kompleks va proaktiv rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan taklif va tashabbuslarni ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Strategik rejalashtirish hujjatlari loyihalarini ishlab chiqishda vazirliklar va idoralarni uslubiy qo‘llab-quvvatlash, strategik rejalashtirish tizimi bo‘yicha tavsiyalar va uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ilg‘or xalqaro tajriba va davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini hisobga olgan holda strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining strategik rejalashtirish va rivojlanish hujjatlarini qonunchilik hujjatlari talablari va iyerarxiyaga muvofiq ishlab chiqish, amalga oshirish va ijrosini monitoring qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Strategik rejalashtirish hujjatlarini amalga oshirish bo‘yicha taqdim etilgan hisobotlarni tekshirish yo‘li bilan xulosalar berish va ularning bajarilishini nazorat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Strategik rejalashtirish hujjatlarining maqsadlariga erishilishini monitoring qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-son Farmoniga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Strategik islohotlarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini farqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mezonlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Mezon
Strategik islohotlarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar
1.
Tushunchasi
Amaldagi tizim, soha yoki tarmoqdagi modelni tubdan o‘zgartirish, ya’ni institutsional, tarkibiy, huquqiy va funksionalyangilanish orqali boshqaruvning, bozor mexanizmlarining yoki ijtimoiy xizmatlarning sifat jihatdan yangi modelini shakllantirishni nazarda tutuvchi, keng qamrovli va barqaror rivojlanishga yo‘naltirilgan hujjatlar
2.
Mazmuni
Tubdan o‘zgartirish, ya’ni institutsional (tuzilma o‘zgarishi), tarkibiy (yangi organlar yaratish), huquqiy va funksional (yangi modellarni joriy etish) o‘zgarishlar orqali sifat jihatdan yangi tizim yaratish
3.
Maqsadi
Umummilliy strategik maqsadlarga erishishni ta’minlaydigan tub o‘zgarishlarni amalga oshirish
4.
Qamrovi
Tarmoq yoki sohaviy
5.
Hujjat turi
Qonun hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari loyihalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rejalashtirish va rivojlanish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashga strategik islohotlarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini farqlash mezonlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-son Farmoniga 5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6264-son Farmonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 1-bandda “Strategik rivojlanish agentligi” so‘zlari “Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 2 — 4-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) 5-bandning birinchi xatboshisida “Strategik rivojlanish agentligini” so‘zlari “Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligini” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) 7 va 9-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(e) 1 — 3-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-sentabrdagi “Strategik islohotlarni jadallashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-216-son Farmonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 1-banddagi “Strategik islohotlar agentligi” so‘zlari “Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatda strategik rejalashtirish tizimini muvofiqlashtirish, strategik rejalashtirish hujjatlari loyihalari ishlab chiqilishini va ularning amalga oshirilishini tartibga solish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy soha, iqtisodiyot va boshqa ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘nalishlarda yaqin va uzoq xorij mamlakatlarida amalga oshirilayotgan islohotlar, tarkibiy o‘zgarishlar va ilgari surilayotgan tashabbuslarni (shu jumladan, xorijiy davlatlar rahbarlarining chiqishlari va nutqlarini) o‘rganishni tashkil qilish, mamlakatimizdagi ishlarning joriy holatini tahlil qilgan holda ularni O‘zbekiston sharoitida implementatsiya qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish, mazkur masalalar bo‘yicha forumlar va boshqa tadbirlarni o‘tkazib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda alohida soha va tarmoqlarni isloh qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, ularning amalga oshirilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarda ochiq muloqotlar doirasida aholining, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining bildirgan fikr va mulohazalari asosida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, foydalanilmayotgan imkoniyatlarni ishga solish hamda fuqarolarni qiynayotgan muammolarni hal etish choralari yuzasidan taklif va tashabbuslarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan tarkibiy islohotlarni amalga oshirish uchun malakali xorijiy konsultant va ekspertlarni, shu jumladan, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarini hamda konsalting kompaniyalarini jalb etish jarayonini muvofiqlashtirish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) 3, 5 — 8-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Agentlik direktori maqomi, moddiy ta’minoti, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shart-sharoitlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi o‘rinbosariga tenglashtiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) uchinchi xatboshidagi “Prezidentining yordamchisi” so‘zlari “Prezidenti Administratsiyasi rahbari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) to‘rtinchi xatboshidagi “Departament rahbari” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) beshinchi xatboshida “Departament” so‘zi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-190-son Farmonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 1 — 3 bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari har oyda jalb qilingan xorijiy ekspertlar, konsultantlar va maslahatchilar tomonidan bajarilgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotni Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiga taqdim qilib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi jalb qilingan xorijiy ekspertlar, konsultantlar va maslahatchilar bilan joriy masalalarni muhokama qilish va hal qilishning maqbul yo‘llarini aniqlash uchun muntazam ravishda uchrashuvlar tashkil qiladi va tegishli takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) istiqbolli tashabbuslarni ishlab chiqish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari jalb qilingan xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, konsalting kompaniyalari, yetakchi xorijiy ilmiy-tadqiqot va ekspert muassasalari hamda mutaxassislarning ular faoliyati masalalariga oid rasmiy xulosa va hisobotlarini Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiga taqdim etib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ijtimoiy soha, iqtisodiyot va boshqa ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘nalishlarni isloh qilish bo‘yicha tashkil qilinayotgan xalqaro konferensiyalar, davra suhbatlari va seminarlarning dasturlarini Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiga taqdim qilib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari har oyda tegishli davlatlarning ilg‘or tajribasi va amaliyoti to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotni Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiga taqdim etib boradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi “Mamlakatning ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy rivojlanish sohalaridagi strategik tahlil va tadqiqot qilish faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-467-son Farmonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 1-bandda “Tahliliy va tadqiqot tuzilmalar faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rejalashtirish va rivojlanish bo‘yicha” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) quyidagi mazmundagi uchinchi — oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, texnologik, insonparvarlik, ekologik va boshqa sohalardagi dolzarb muammolar hamda chaqiriqlarni tahlil qilish, ularni hal etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek, mamlakatni strategik rivojlantirish bo‘yicha g‘oya va tashabbuslar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasi, konsepsiyalar, strategiyalar va dasturlar (“yo‘l xaritalari”, chora-tadbirlar rejalari) bilan muvofiqligini ta’minlash nuqtai nazaridan strategik tashabbuslarni ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazishni muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsepsiyalar, strategiyalar va dasturlarning (“yo‘l xaritalari”, chora-tadbirlar rejalari) “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi maqsadlari bilan to‘liq bog‘liqligi va uyg‘unligini ta’minlash, shuningdek, ularning amalga oshirilishi samaradorligini monitoring qilish va baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat va davlat hayotining turli sohalari kesimida mamlakat rivojlanishini uzoq muddatli rejalashtirish bo‘yicha faoliyatni tashkil etish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi kengash vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, davlat tahliliy markazlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarining strategik rejalashtirish va rivojlantirish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish uchun mas’ul bo‘lgan idoralararo-kollegial organ hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi kengash faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, umumiy muvofiqlashtirish hamda idoralararo hamkorlikni ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi tomonidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi kengash birinchi va ikkinchi darajali strategik rejalashtirish hujjatlari loyihalarini ularni qabul qilishning maqsadga muvofiqligi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan asosiy vazirlik va idoralar tahliliy bo‘linmalarining (departament, boshqarmalar) faoliyati muvofiqlashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikani rivojlantirish bo‘yicha strategik tashabbuslar loyihalarini ishlab chiqishga jalb qilingan asosiy vazirlik va idoralar rahbarlarining birinchi o‘rinbosarlari tadqiqot markazlarini axborot-tahliliy materiallar bilan ta’minlash hamda Muvofiqlashtiruvchi kengash bilan hamkorlik qilishga mas’ul bo‘ladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi kengashning yig‘ilishlari har chorakda oraliq majlislar shaklida tashkil etiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rejalashtirish va rivojlanish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi, Kengash raisi
2.
E.T. Aripov
—
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining birinchi o‘rinbosari — Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori, Kengash raisi o‘rinbosari
3.
M.M. Kamilov
—
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari — O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori
4.
J.A. Vahobov
—
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari — Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori
5.
M.X. Raxmankulov
—
Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti direktori
6.
Lavozimi bo‘yicha
—
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori
7.
B.B. Raxmatov
—
Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori
8.
K.K. Mardonov
—
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari
9.
R.R. Mirzayev
—
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departamenti boshlig‘ining o‘rinbosari
10.
M.R. Abdullayev
—
Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari
11.
Sh.A. Ayupov
—
Fanlar akademiyasi prezidenti
12.
B.O. Saidov
—
tashqi ishlar vaziri
13.
L.Sh. Kudratov
—
investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri
14.
A.A. Abduxakimov
—
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri
15.
I.Yu. Abdurahmonov
—
qishloq xo‘jaligi vaziri
16.
Sh.R. Xamrayev
—
suv xo‘jaligi vaziri
17.
J.T. Mirzamahmudov
—
energetika vaziri
18.
I.R. Maxkamov
—
transport vaziri
19.
K.A. Sharipov
—
oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri
20.
Sh.A. Vafayev
—
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ijrochi direktori
21.
N.N. Saydullayev
—
Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari
22.
U.K. Abidxadjayev
—
iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari — Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti direktori
23.
S.A. Valiyev
—
Xalqaro munosabatlar axborot-tahliliy markazi direktori
24.
S.S. Safoyev
—
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori
25.
B.S. Mirzayev
—
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti rektori
26.
Sh.A. Nurulloyev
—
Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) rektori
27.
E.S. Tulyakov
—
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori
28.
B.M. Bekmurodov
—
“Yuksalish” umummilliy harakati raisi
29.
F.F. Kaimbayev
—
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi sho‘ba mudiri, Kengash kotibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kengash a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kengash raisiga zarur hollarda Kengash ishiga vazirlik, idoralar va tahliliy muassasalarni jalb etish vakolati beriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) 6-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Hududlarni strategik rejalashtirish va rivojlantirish bo‘yicha tahliliy va tadqiqot tuzilmalari faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha ishchi guruhi tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.
U.K. Abidxadjayev
—
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti direktori, Ishchi guruh rahbari
2.
I.I. Norqulov
—
iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari
3.
Lavozimi bo‘yicha
—
investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi o‘rinbosari
4.
M.A. Omarov
—
transport vazirining birinchi o‘rinbosari
5.
B.R. Mamatkarimov
—
energetika vazirining birinchi o‘rinbosari
6.
F.R.Xamidova
—
tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi o‘rinbosari
7.
O.A. Pekos
—
raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari
8.
A.M. Qosimov
—
qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari
9.
Lavozimi bo‘yicha
—
suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari
10.
M.Sh. Istamov
—
adliya vaziri o‘rinbosari
11.
N.D. Xusanov
—
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari
12.
F.J. Pulatov
—
Kadastr agentligi direktori
13.
A.X. Suvankulov
—
“O‘zsuvta’minot” AJ raisi v.b.
14.
D.A. Vaxobov
—
Savdo-sanoat palatasi raisi
15.
Lavozimi bo‘yicha
—
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining hamda viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ishchi guruh a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ishchi guruh rahbariga zarur hollarda Ishchi guruh faoliyatiga vazirlik, idoralar va tahliliy muassasalarni jalb etish vakolati beriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi “Istiqbolli kadrlarni maqsadli tayyorlash hamda ularni davlat boshqaruvi va xizmatiga samarali jalb etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-78-son Farmonining 21-bandi va 22-bandining “a”kichik bandidagi “Tahliliy va tadqiqot tuzilmalari faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rejalashtirish va rivojlanish bo‘yicha” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-fevraldagi “Tahliliy va tadqiqotchilik faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-48-son qarorining 1-bandidagi “Tahliliy va tadqiqot tuzilmalari faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rejalashtirish va rivojlanish bo‘yicha” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)