O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘zbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilashga qaratilgan islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha yondashuvlarni takomillashtirish, hududlar va tarmoqlarning jadal rivojlanishini ta’minlash uchun ularning investitsiyaviy jozibadorligi va raqobatbardoshligini oshirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tashkil etilsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Agentlik huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan budjetdan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etilsin, uni shakllantirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
respublika budjeti va O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan ajratiladigan mablag‘lar;
xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning grantlari va imtiyozli kreditlari mablag‘lari;
vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bir oy muddatda Jamg‘armaga Agentlik xarajatlarini qoplash uchun 30 million AQSH dollari miqdorida mablag‘ o‘tkazsin.
6. Belgilab qo‘yilsinki, Jamg‘arma mablag‘lari Agentlik tomonidan moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish, shartnoma asosida jalb qilinadigan yuqori malakali, shu jumladan xorijiy mutaxassislarning xarajatlarini (mehnatga haq to‘lash, transport xarajatlari va boshqalar) moliyalashtirish, xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan o‘tkazish, konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlar, shu jumladan chet elda o‘tkaziladigan tadbirlarni tashkil qilish va ishtirok etish hamda Agentlik oldiga qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa tadbirlarga sarflanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
8. Agentlikka:
davlat organlari va boshqa tashkilotlar, yetakchi ilmiy, tadqiqot va ta’lim muassasalari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalarning yuqori malakali mutaxassislarini hamda ekspertlarni maslahatchi sifatida jalb qilish;
malakali xorijiy mutaxassislarni ishga qabul qilish va ularga ish haqini milliy yoki chet el valyutasida, shu jumladan, mablag‘larni ularning xorijdagi hisobvaraqlariga o‘tkazish orqali to‘lash;
xorijiy davlatlarning tegishli idoralari, xalqaro tashkilotlar va xorijiy yuridik shaxslar bilan xalqaro shartnomalar va bitimlar tuzish;
o‘z vakolatlari doirasida maslahat-kengash organlari va ekspert komissiyalarini tashkil etish huquqi berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ommaviy axborot vositalarida Agentlik tadqiqotlari natijalarini e’lon qilish va muhokama qilishni tashkil etishga ko‘maklashsin.
11. Belgilab qo‘yilsinki:
Agentlik yuridik shaxs huquqiga ega davlat muassasasi hisoblanadi;
Davlat budjeti mablag‘lari, Jamg‘arma mablag‘lari, Agentlikning budjetdan tashqari mablag‘lari, vaqtincha bo‘sh mablag‘larni tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar Agentlik faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi;
Agentlik daromadlari soliqqa solish obyekti hisoblanmaydi;
Agentlik faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari majburiy tartibda Agentlik bilan kelishilishi lozim;
davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, respublikaning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari Agentlikning so‘roviga ko‘ra tegishli ma’lumotlarni, shu jumladan birlamchi statistik ma’lumotlarni o‘rnatilgan tartibda taqdim etadi va ma’lumotlar bazalaridan foydalanishga ruxsat beradi.
12. Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
Agentlik xodimlariga ilgari ishlagan joyida berilgan, shu jumladan ko‘p yillik mehnati, harbiy va maxsus unvonlar (martaba va malaka darajalari, diplomatik darajalar va boshqalar) uchun ustamalar va qo‘shimcha haqlar saqlanib qoladi, harbiy va maxsus unvonlarga ega bo‘lmagan oliy yuridik ma’lumotli xodimlar uchun esa o‘rnatilgan tartibda adliya organlari va muassasalari xodimlari uchun belgilangan martaba darajalari berilishi mumkin;
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik direktori Agentlikning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan Agentlik xodimlariga shaxsiy ustamalar, bir martalik mukofotlarni belgilash huquqiga ega.
(12-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
13. Vazirlar Mahkamasi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda Agentlikni joylashtirish choralarini ko‘rsin.
14. Moliya vazirligi:
Agentlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar, shu jumladan binolarni ta’mirlash, mebel va boshqa moddiy-texnika vositalari bilan jihozlash uchun o‘rnatilgan tartibda mablag‘lar ajratish choralarini ko‘rsin;
2021-yil iyuldan boshlab har yili Davlat budjeti parametrlarida alohida modda bilan Agentlik faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur mablag‘larni nazarda tutsin.
15. Agentlik Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda:
bir oy muddatda Agentlik Kengashiga Agentlik va Jamg‘arma to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash uchun kiritsin;
ikki oy muddatda Agentlikning zarur nazariy bilim va amaliy tajribaga ega bo‘lgan, Agentlikka yuklatilgan vazifalarni professional darajada amalga oshira oladigan yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirilishini ta’minlasin;
ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflarni kiritsin.
16. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Agentlikni belgilangan tartibda zarur telefon aloqasi, shu jumladan hukumat aloqasi, Internet tarmog‘idan foydalanish imkoniyati bilan ta’minlasin.
17. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 19-iyul,
PF-6264-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2021-y., 06/21/6264/0690-son; 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)