24.10.2025 yildagi 670-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 27.10.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston iqtisodiyoti uchun tizimli ahamiyatga ega yirik korxonalar tomonidan bank krediti va tashqi qarzlarni jalb qilish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston iqtisodiyoti uchun tizimli ahamiyatga ega yirik korxonalar tomonidan bank krediti va tashqi qarzlarni jalb qilishni tartibga solish, ularning boshqaruv organlari va bank vakolatli organlarining bu boradagi masʼuliyatini oshirish, mamlakatning makroiqtisodiy barqarorligi uchun yuzaga kelishi mumkin boʻlgan yirik qarzdorlar bilan bogʻliq xatarlarni boshqarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yirik korxonalar bilan bogʻliq xatarlarni boshqarish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi komissiya (keyingi oʻrinlarda — Muvofiqlashtiruvchi komissiya) tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida monitoringni talab etuvchi tizimli ahamiyatga ega yirik korxonalar (keyingi oʻrinlarda — yirik qarzdorlar) roʻyxatini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik qarzdorlar tomonidan jalb qilinayotgan bank krediti yoki tashqi qarz hisobidan moliyalashtirilishi taklif etilayotgan loyiha boʻyicha taqdimotlarni koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank krediti yoki tashqi qarzlarning jalb etilishini maʼqullash yoki rad etish boʻyicha qarorlar qabul qilish hamda ushbu mablagʻlar hisobidan moliyalashtirilgan loyihalar natijadorligini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik qarzdorlarning moliyaviy holatini muntazam monitoring qilish hamda moliyaviy holati yomonlashganda ularni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yirik qarzdorlar bilan bogʻliq xatarlarni boshqarish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston iqtisodiyoti uchun tizimli ahamiyatga ega yirik korxonalar tomonidan bank krediti va tashqi qarzlarni jalb qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2026-yil 1-yanvardan boshlab yirik qarzdorlar tomonidan bank krediti va tashqi qarzlarni jalb qilish, ulardan foydalanish va ularning miqdorini maqbullashtirishni monitoring qilishning quyidagi mexanizmlari joriy etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik qarzdorlarni ularning moliyaviy holatiga koʻra “past xatarli”, “oʻrta xatarli” va “yuqori xatarli” guruhlarga toifalash hamda ushbu toifalardan kelib chiqqan holda, ularga bank krediti va tashqi qarz ajratishning tartibini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi komissiya tomonidan bank krediti va tashqi qarzlar boʻyicha yirik qarzdorlar majburiyatlarning bajarilishi yuzasidan davriy monitoringni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik qarzdorlarning yil yakuni boʻyicha moliya-xoʻjalik faoliyatini xalqaro auditorlik tarmoqlariga va xalqaro uyushmalariga aʼzo boʻlgan auditorlik tashkilotlari tomonidan auditorlik tekshiruvidan oʻtkazish, mazkur qaror qabul qilingan sanadan oldin tanlab olingan auditorlik tashkilotlari bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda, yirik qarzdorlarning moliyaviy qarzlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini va boshqa hujjatlarini vakolatli organlarda ekspertizadan oʻtkazishda Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning moliyaviy qarzni jalb etish boʻyicha ijobiy xulosasi yoki uning xabardor qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgandan keyin amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik qarzdorlarning bank krediti va tashqi qarzlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar, tashqi qarz bitimlari va kredit shartnomalari boʻyicha majburiyatlarining bajarilishi bilan bogʻliq boʻlgan maʼlumotlari har chorak yakuni bilan Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning ishchi organiga taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning tegishli ishchi organi tomonidan yirik qarzdorlarning amaldagi tashqi qarz bitimlari va kredit shartnomalarining moliyaviy shartlariga (kovenantlariga) rioya etishini monitoring qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik qarzdorlarning moliyaviy holati yomonlashib, ular tomonidan jalb etilgan moliyaviy qarzlar boʻyicha bitimlar shartlari lozim darajada bajarilmaganda, Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning qarzdorlarga nisbatan mazkur qaror bilan belgilangan vakolat doirasida tegishli chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi qarorni qabul qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi komissiya tasdiqlagan alohida monitoringni talab etuvchi tizimli ahamiyatga ega yirik qarzdorlar roʻyxatiga kiritilgan yirik qarzdorlar tomonidan choraklik moliyaviy hisobotlarni taqdim etish talabini oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masʼuliyati cheklangan jamiyatlar shaklidagi yirik qarzdorlar tomonidan bank kreditlari va tashqi qarzlarni jalb etishga ularning tashkiliy-huquqiy shaklini aksiyadorlik jamiyatlariga oʻzgartirgan hamda faoliyatini aksiyadorlik jamiyatlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq tashkil etgan hollarda ruxsat etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda 2026-yil 1-sentabrga qadar toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida xalqaro konsalting kompaniyasini jalb etib, uning texnik koʻmagi bilan yirik qarzdorlarning faoliyat sohasi, hududi, loyihalarning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, korxonalarning moliyaviy holati boʻyicha xatar darajasini buxgalteriya hisobining milliy va xalqaro standartlari talablari doirasida baholash qoʻllanmasini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi komissiyaga mazkur qoʻllanmani tasdiqlash vakolati berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan tashqi qarzlarni jalb qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 9-martdagi 107-son qarori 2026-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Markaziy bank raisi T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 24-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
670-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-oktabrdagi 670-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yirik qarzdorlar bilan bogʻliq xatarlarni boshqarish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi komissiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

J.A. Qoʻchqorov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri, Komissiya raisi

2.

T.A. Ishmetov

Markaziy bank raisi, Komissiya raisi oʻrinbosari

3.

B.B. Xodjayev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departamenti boshligʻi (kelishuvga koʻra)

4.

Sh.D. Kudbiyev

Soliq qoʻmitasi raisi

5.

A.J. Ortikov

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori

6.

X.B. Mustafayev

iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari

7.

A.A. Turdaliyev

Markaziy bank raisi oʻrinbosari

8.

M.A. Allaberganov

“Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK direktori

9.

O.T. Nazarov

Markaziy bank masʼul xodimi, Komissiya kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtganda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-oktabrdagi 670-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston iqtisodiyoti uchun tizimli ahamiyatga ega yirik korxonalar tomonidan bank krediti va tashqi qarzlarni jalb qilish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston iqtisodiyoti uchun tizimli ahamiyatga ega yirik korxonalar, ularga tegishli boʻlgan korxonalar va ularga oʻzaro aloqador korxonalar guruhi (keyingi oʻrinlarda — yirik qarzdorlar) tomonidan bank krediti va tashqi qarzlarni jalb qilishni nazorat va monitoring qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizom talablari tijorat banklari oldida kredit majburiyatlarga ega boʻlmagan, davlat kafolatisiz tashqi qarzni jalb qilmoqchi boʻlgan xususiy korxonalarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi organ — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi (davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan tashqi qarzlarni jalb etish boʻyicha) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (barcha yirik korxonalar, ularga aloqador korxonalar guruhi tomonidan bank kreditlarini jalb etish boʻyicha);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik qarzdor — mamlakat iqtisodiyoti uchun tizimli ahamiyatga ega, moliyaviy qarzlari qoldigʻi 50 million AQSH dollari ekvivalenti miqdoridan kam boʻlmagan, yuridik shaxs maqomiga ega yirik bir qarz oluvchi, oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhi yoki tarkibidagi korxonalar (tijorat banklari bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻmaklashuvchi idoralar — Muvofiqlashtiruvchi komissiya va ishchi organni faoliyatida zarur boʻlgan yirik qarzdorlarga oid maʼlumotlar bilan taʼminlashda, ular oʻrtasida aloqalar oʻrnatishda, zarur hollarda uchrashuvlar tashkil etishda yordam beruvchi vazirlik va idoralar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa foyda olish uchun oʻzaro bogʻliq boʻlgan tadbirlar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha konsepsiyasi (pasporti) — loyiha nomi, mazmuni, ishtirokchilari, maqsadi, amalga oshirish muddatlari, qiymati, moliyalashtirish manbalari, loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari mavjudligini, samaradorligi va kutilayotgan natijalarni oʻz ichiga oluvchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha tashabbuskori — yangi loyihani yoki joriy faoliyatni moliyalashtirish maqsadida moliyaviy qarzlarni jalb qilish boʻyicha takliflarni ishlab chiquvchi hamda amalga oshiruvchi yuridik shaxs, davlat ishtirokidagi yoki davlat ishtiroki boʻlmagan korxona;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masʼul tashkilot — ishchi organ va yirik qarzdor oʻrtasidagi munosabatlarni hamda hujjatlar almashinuvini muvofiqlashtiruvchi organ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy qarz korxona tomonidan olingan bank krediti (kredit, uning foydalanilmagan qismi, lizing, bank kafolati, faktoring va akkreditivlar), xorijiy moliya institutlaridan jalb etilgan tashqi qarz, emissiya qilingan obligatsiyalar va boshqa moliyaviy qarz (zayom)lar boʻyicha majburiyatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhi nazorat asosida vujudga keladi hamda qarzdorlar quyidagi hollarda nazorat asosida oʻzaro aloqador boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yuridik shaxslar oʻrtasida, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir yuridik shaxs bevosita yoki bilvosita, yakka tartibda yoki birgalikda harakat qiluvchi shaxslar guruhi tarkibida boshqa yuridik shaxs ustav kapitalining 20 foizi va undan ortigʻiga egalik qilsa yoki egalikni nazorat qilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir yuridik shaxs boshqa yuridik shaxsni nazorat qilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar uchinchi shaxsning yoki u bilan birgalikda harakat qiluvchi shaxslarning nazorati ostida boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar asosan ishtirokchilarning (aksiyadorlarning) yoki boshqaruv organlarining bir xil tarkibiga ega boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) jismoniy va yuridik shaxslar oʻrtasida, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxs bevosita yoki bilvosita, yakka tartibda yoki birgalikda faoliyat koʻrsatuvchi shaxslar guruhi tarkibida, yuridik shaxs ustav kapitalining 20 foiz va undan ortigʻiga egalik qilsa yoki egalikni nazorat qilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxs yuridik shaxsni nazorat qilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxs yuridik shaxs kuzatuv kengashi, boshqaruvi aʼzosi boʻlsa yoki mansabdor shaxsi hisoblansa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxsda yuridik shaxs ustav kapitalining 20 foizi va undan ortigʻiga egalik qiladigan yoki egalikni nazorat qiladigan boshqa yuridik shaxsga nisbatan rahbarlik vakolati boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxsning yuridik shaxs nazoratni amalga oshiradigan boshqa yuridik shaxsda boshqaruvga oid vakolatlari mavjud boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur kichik bandda keltirilgan jismoniy shaxslarning yaqin qarindoshlari boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ikki yoki undan ortiq qarzdorlar faqat davlat boshqaruvi organlari (mahalliy yoki xorijiy), shuningdek, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi yoki xalqaro taraqqiyot banklari tomonidan nazorat asosida oʻzaro aloqador boʻlsa, ular oʻzaro aloqador qarz oluvchilar hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Muvofiqlashtiruvchi komissiya tomonidan yirik qarzdorlar roʻyxati tasdiqlangandan soʻng ular:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3 oy ichida tashkiliy-huquqiy shaklini aksiyadorlik jamiyatlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq aksiyadorlik jamiyati koʻrinishida tashkil etishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda buxgalteriya hisobining milliy standartlari asosida tuzilgan choraklik moliyaviy hisobot shakllarini (buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot, xususiy kapital toʻgʻrisida hisobot, pul oqimlari toʻgʻrisida hisobot hamda moliyaviy hisobotga izohlar) yoki moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga asosida tuzilgan choraklik moliyaviy hisobot shakllarini (moliyaviy holat toʻgʻrisida hisobot, foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromad toʻgʻrisida hisobot, xususiy kapitaldagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida hisobot, pul mablagʻlari harakati toʻgʻrisida hisobot hamda moliyaviy hisobotga izohlar) taqdim etishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tashqi qarzlar, obligatsiyalar va boshqa moliyaviy qarzlarni jalb qilmoqchi boʻlgan yirik qarzdorlar uchun korxonaning yuqori tashkiloti (korxonaning oʻzi), shuningdek, yirik qarzdorlarga xizmat koʻrsatuvchi tijorat bank(lar)i krediti jalb qilmoqchi boʻlgan yirik qarzdorlar uchun masʼul tashkilot hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Muvofiqlashtiruvchi komissiya, ishchi organ va komissiya kotibining vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning vazifalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki vakillaridan iborat ishchi organlar tomonidan taqdim etilgan tahliliy maʼlumotlar va roʻyxat asosida bir yilda bir marta yirik qarzdorlar roʻyxatini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik qarzdorlar tomonidan jalb qilinayotgan moliyaviy qarzlar hisobidan moliyalashtirilishi taklif etilayotgan loyiha tashabbuskorlari taqdimotlarini koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy qarzni jalb qilishni maʼqullash yoki rad etish boʻyicha qaror qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyalashtirilgan loyiha natijadorligi boʻyicha tegishli ishchi organning bu boradagi axborotlarini eshitadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik qarzdorlarning moliyaviy holati boʻyicha xatarlar darajasi toʻgʻrisidagi ishchi organ tomonidan tayyorlangan maʼlumotlarni koʻrib chiqadi va hisobotlarni eshitadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik qarzdorlarning moliyaviy holati yomonlashib, ular tomonidan jalb etilgan qarzlar boʻyicha bitimlar shartlari lozim darajada bajarilmaganda, qarzdorlarga nisbatan vakolat doirasida tegishli qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Muvofiqlashtiruvchi komissiya qarori bilan yirik qarzdorlar roʻyxati tasdiqlangandan soʻng 3 ish kunidan kechiktirmay:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatdagi yirik qarzdorlar tegishli ishchi organ tomonidan yozma, shu jumladan, elektron shaklda xabardor qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik qarzdorlar roʻyxati tegishli ishchi organning rasmiy saytlarida eʼlon qilinadi va doimiy yangilab boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ishchi organning vazifalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi vakillaridan iborat ishchi organ:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir yilda bir marta Muvofiqlashtiruvchi komissiyaga hukumat kafolati asosida jalb qilingan tashqi qarz boʻyicha majburiyatlari mavjud davlat ishtirokidagi korxonalar roʻyxatini taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ishtirokidagi korxonalardan tashqi qarzlar hisobidan moliyalashtirilishi taklif etilayotgan loyiha boʻyicha tegishli maʼlumotlarni ushbu Nizom doirasida qabul qilib oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi qarzni jalb qilish uchun murojaat qilgan davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy holatini tahlil qiladi va tegishli taklifni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy holati boʻyicha xatarlar darajasini inobatga olgan holda ular tomonidan tashqi qarzlarni jalb qilish boʻyicha takliflarni Muvofiqlashtiruvchi komissiyaga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi komissiya tomonidan tasdiqlangan tashqi qarzni jalb qilishning moliyaviy shartlari va qarz yuki yuqori miqdorlarini masʼul tashkilotga yetkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi komissiya kun tartibiga davlat ishtirokidagi korxonalarning tashqi qarzlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihaga doir masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda kamida bir marta Muvofiqlashtiruvchi komissiyaga qabul qilingan qarorlarning ijrosi yuzasidan chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 15-sanasiga qadar hisobot taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ishtirokidagi korxonalarning tashqi qarzlarni jalb qilishida masʼul tashkilot tomonidan Muvofiqlashtiruvchi komissiyani xabardor qilish uchun taqdim etilgan maʼlumotlarni 10 ish kunida Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning navbatdagi yigʻilishiga maʼlumot uchun kiritib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ishtirokidagi korxonalarning tashqi qarzlarni jalb qilishi boʻyicha masʼul tashkilot tomonidan Muvofiqlashtiruvchi komissiya ruxsatini olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni 15 ish kunida Muvofiqlashtiruvchi komissiyaga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan jalb qilingan tashqi qarzlar hisobiga moliyalashtirilgan loyihaning natijadorligi, ularning oʻzini oʻzi oqlashi va biznes reja (TIA) koʻrsatkichlarining bajarilishi boʻyicha tahlillar hamda majburiyatlarning bajarilishi bilan bogʻliq boʻlgan boshqa maʼlumotlar taqdim etilgandan soʻng 10 ish kunida maʼlumotlarni umumlashtirgan holda Muvofiqlashtiruvchi komissiyaga axborot kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan tashqi qarzlar boʻyicha bitimlarning moliyaviy shartlari (kovenantlari)ga rioya etilishini monitoring qiladi va Muvofiqlashtiruvchi komissiyaga har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 15-sanasiga qadar hisobot kiritib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ishtirokidagi korxonalar boʻyicha xatarlar tahlilini doimiy (choraklik) yangilab boradi va ular boʻyicha yagona maʼlumotlar bazasini yaratadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki vakillaridan iborat ishchi organ:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir yilda bir marta Muvofiqlashtiruvchi komissiyaga bank krediti (kredit, uning foydalanilmagan qismi, lizing, bank kafolati, faktoring va akkreditivlar) va hukumat kafolatisiz jalb qilingan tashqi qarz boʻyicha majburiyatga ega yirik qarzdorlar toʻliq roʻyxatini taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik qarzdorlar tomonidan jalb qilinayotgan moliyaviy qarzlar hisobidan moliyalashtirilishi taklif etilayotgan loyiha boʻyicha tegishli maʼlumotlarni masʼul tashkilotlardan ushbu Nizom doirasida qabul qilib oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy qarzlarni jalb etayotgan yirik qarzdorlar moliyaviy holatini tahlil qiladi va tegishli taklif ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik qarzdorlarning moliyaviy holati boʻyicha xatarlar darajasini inobatga olgan holda, ular tomonidan moliyaviy qarzlar jalb etish boʻyicha takliflarni Muvofiqlashtiruvchi komissiyaga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning moliyaviy qarzlarni jalb etishning moliyaviy shartlari va qarz yuki yuqori miqdorlarini belgilash toʻgʻrisidagi qarorlarini masʼul tashkilotga yetkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda kamida bir marta Muvofiqlashtiruvchi komissiyaga qabul qilingan qarorlarning ijrosi boʻyicha chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 15-sanasiga qadar hisobot taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik qarzdorlarning moliyaviy qarzlarni jalb qilishida masʼul tashkilot tomonidan Muvofiqlashtiruvchi komissiyani xabardor qilish uchun taqdim etilgan maʼlumotlarni 10 ish kunida Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning navbatdagi yigʻilishiga maʼlumot uchun kiritib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik qarzdorlarning moliyaviy qarzlarni jalb etishi boʻyicha masʼul tashkilot tomonidan Muvofiqlashtiruvchi komissiya ruxsatini olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni 15 ish kunida Muvofiqlashtiruvchi komissiyaga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik qarzdorlar tomonidan jalb etilgan moliyaviy qarzlar hisobiga moliyalashtirilgan loyihaning natijadorligi, ularning oʻzini oʻzi oqlashi va biznes reja (TIA) koʻrsatkichlarining bajarilishi boʻyicha tahlillar hamda majburiyatlarning bajarilishi bilan bogʻliq boʻlgan boshqa maʼlumotlar taqdim etilgandan soʻng 10 ish kunida maʼlumotlarni umumlashtirgan holda Muvofiqlashtiruvchi komissiyaga axborot kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik qarzdorlar tomonidan moliyaviy qarzlar boʻyicha bitimlarning shartlariga rioya etilishini monitoring qiladi va Muvofiqlashtiruvchi komissiyaga har chorakda chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 15-sanasiga qadar hisobot kiritib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik qarzdorlar boʻyicha xatarlar tahlilini doimiy (choraklik) yangilab boradi va ular boʻyicha yagona maʼlumotlar bazasini yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Quyidagilar Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning kotibining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
navbatdagi majlisning dastlabki kun tartibini tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi komissiya majlislari uchun zarur materiallar toʻliq va oʻz vaqtida tayyorlanishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi komissiya aʼzolarini, majlisni oʻtkazish sanasi, vaqti, joyi va koʻriladigan masalalar toʻgʻrisida xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi komissiya aʼzolari va majlisga taklif etilgan shaxslarni belgilangan muddatda maʼlumotlar bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi komissiya majlisi kun tartibini yuritish hamda majlislarda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi komissiya tomonidan qabul kilingan qarorlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish hamda roʻyxatga olish kitobida qayd etish va ularning bajarilish hisobini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi komissiya majlisida koʻrib chiqilib, qabul qilingan qaror va tayyorlangan (imzolangan) qaror matnlari oʻzaro muvofiqligini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi komissiya qarorlarini masʼul tashkilotlarga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masʼul tashkilotlar tomonidan Muvofiqlashtiruvchi komissiya qarori bilan yuklangan vazifalar oʻz vaqtida bajarilishini tahlil (nazorat) qilish, ijrosi kechikayotgan vazifalar hisobini yuritish va Komissiya raisiga har oy maʼlumot kiritib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi komissiya muhokamasiga kiritilgan masalalar bilan bogʻliq barcha hujjatlarni (bildirishnoma, kun tartibi, Muvofiqlashtiruvchi komissiya qarori va koʻchirmalarning asl nusxalarini) saqlash va ularni doimiy saqlanishini taʼminlash uchun belgilangan tartibda ishchi organning arxiviga topshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi komissiya majlislarining texnik tayyorgarligi hamda qarorlarning ijrosi Muvofiqlashtiruvchi komissiya kotibi tomonidan nazorat qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yirik qarzdorlar tomonidan moliyaviy qarzlarni jalb qilish va xatarlarni aniqlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Yirik qarzdorlarning moliyaviy holati boʻyicha xatarlar darajasidan kelib chiqib, yirik qarzdorlar tomonidan moliyaviy qarzlar ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq Muvofiqlashtiruvchi komissiya ruxsati bilan yoki uni xabardor qilgan holda jalb qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Yirik qarzdorlarning moliyaviy holati boʻyicha xatarlar darajasi “past xatarli”, “oʻrta xatarli” va “yuqori xatarli” deb toifalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro konsalting kompaniyasining texnik koʻmagi asosida yirik qarzdorlarning faoliyat sohasi, hududi, loyihalarning xususiyatlaridan kelib chiqib, korxonalarning moliyaviy holati boʻyicha xatar darajasini baholash qoʻllanmasi ishlab chiqilib, Muvofiqlashtiruvchi komissiya tomonidan tasdiqlangunga qadar xatar darajasi ushbu Nizomga 2 va 3-ilovalarida keltirilgan formulalar va tizimdan foydalangan holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Moliyaviy holati boʻyicha xatarlar darajasini aniqlashda foydalanadigan maʼlumotlar quyidagi koʻmaklashuvchi idoralar tomonidan ishchi organga idoralararo elektron hujjat aylanish vositasida taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalarning buxgalteriya hisobining milliy standartlari asosida tuzilgan yillik moliyaviy hisobot shakllari (buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot, xususiy kapital toʻgʻrisida hisobot, pul oqimlari toʻgʻrisida hisobot va moliyaviy hisobotga izohlar) va moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga asosan tuzilgan yillik moliyaviy hisobot shakllari (moliyaviy holat toʻgʻrisida hisobot, foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromad toʻgʻrisida hisobot, xususiy kapitaldagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida hisobot, pul mablagʻlari harakati toʻgʻrisida hisobot va moliyaviy hisobotga izohlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olingan maqsadli mablagʻlardan foydalanganlik boʻyicha hisobot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi tomonidan korxonalar faoliyati va ularning moliyaviy ahvoli toʻgʻrisida hisobot shakllari (tashkilot xoʻjalik faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari va tashkilot faoliyati toʻgʻrisida hisobotlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tijorat banklari tomonidan kredit hujjatlari (kredit hisobidan moliyalashtirilayotgan loyiha boʻyicha biznes reja (TIA), kredit ajratish yuzasidan bank xulosasi, kredit ajratish yuzasidan tegishli vakolatli organining qarori, kredit hisobidan moliyalashtirilgan loyiha natijadorligi boʻyicha monitoring dalolatnomasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy holati boʻyicha xatarlar darajasi toʻgʻrisidagi boshqa maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining axborot tizimida ochiladigan ularning shaxsiy kabineti orqali olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Yirik qarzdorlarning xatarlar darajasi 100 ballik reyting tizimida baholanadi. Bunda korxonalar reyting natijasi 60 balldan past boʻlganda — “yuqori xatarli”, 60 balldan 80 ballgacha boʻlganda — “oʻrta xatarli” va 80 balldan 100 ballgacha boʻlganda — “past xatarli” deb toifalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Yirik qarzdorlarning toifasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yuqori xatarli” boʻlganda, jalb qilinayotgan yangi moliyaviy qarz miqdori mavjud moliyaviy qarzlari qoldigʻining 1 foizidan yoki 5 million AQSH dollari ekvivalentidan oshgan hollarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“oʻrta xatarli” boʻlganda, jalb qilinayotgan yangi moliyaviy qarz miqdori mavjud moliyaviy qarzlari qoldigʻining 5 foizidan yoki 20 million AQSH dollari ekvivalentidan oshgan hollarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi moliyaviy qarzlar boʻyicha bitimlarning moliyaviy shartlari (kovenantlari) buzilgan hollarda, ular bartaraf etilgunga qadar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya yili uchun xalqaro reyting agentliklari tomonidan berilgan baho avvalgi yilgi bahoga nisbatan pastlagan taqdirda, Muvofiqlashtiruvchi komissiya ruxsati asosida moliyaviy qarzlar jalb etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Yirik qarzdorlarning toifasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“past xatarli” boʻlganda, jalb etilayotgan yangi moliyaviy qarz miqdoridan qatʼi nazar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“oʻrta xatarli” boʻlganda, jalb qilinayotgan yangi moliyaviy qarz miqdori mavjud moliyaviy qarzlari qoldigʻining 5 foizidan yoki 20 million AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlgan hollarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yuqori xatarli” boʻlganda, jalb qilinayotgan yangi moliyaviy qarz miqdori mavjud moliyaviy qarzlar qoldigʻining 1 foizidan yoki 5 million AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlgan hollarda Muvofiqlashtiruvchi komissiyani xabardor qilgan holda moliyaviy qarzlar jalb etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Yirik qarzdorlarning Muvofiqlashtiruvchi komissiyani xabardor qilish uchun yirik qarzdor boshqaruv organining moliyaviy qarzlarni jalb etish toʻgʻrisidagi qarori yoki yirik qarzdorga moliyaviy qarzlar taqdim etish toʻgʻrisidagi tijorat banki vakolatli organining qarori qabul qilingan sanadan boshlab 5 ish kunida masʼul tashkilot tomonidan moliyaviy qarz summasi, uni jalb qilish shartlari va ishlatish maqsadlari haqidagi maʼlumotlar tegishli ishchi organga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yirik qarzdorlar tomonidan moliyaviy qarzlarni jalb qilishda Muvofiqlashtiruvchi komissiya ruxsatini olish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Yirik qarzdorlar moliyaviy qarzlarni jalb qilishda Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning ruxsatini olish uchun masʼul tashkilot orqali ishchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy qarzlarni jalb etish toʻgʻrisida ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda loyiha konsepsiyasi (pasporti);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot yili yakuni boʻyicha auditorlik tashkiloti xulosasi nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik qarzdor boshqaruv organining moliyaviy qarzlarni jalb etish boʻyicha qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banki tomonidan moliyaviy qarz taqdim etilganda, bank vakolatli organining qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi organ soʻroviga koʻra yirik qarzdorning moliyaviy holatiga oid boshqa maʼlumotlar talab etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan maʼlumotlarning haqqoniyligiga masʼul tashkilot javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ishchi organ arizani koʻrib chiqib, uning natijasiga koʻra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan hujjatlar toʻliq boʻlmaganda yoki qoʻshimcha hujjatlarni oʻrganish talab etilganda, bu haqida 2 ish kuni ichida masʼul tashkilotni xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlar toʻliq boʻlganda, 10 ish kunida tegishli hujjatlarni Muvofiqlashtiruvchi komissiyaga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ishchi organ quyidagi hollarda yirik qarzdorlar tomonidan moliyaviy qarzlarning jalb qilinishini Muvofiqlashtiruvchi komissiyaga kiritmagan holda rad etishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talab etilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oxirgi 12 oy davomida yirik qarzdorning davlat tomonidan moliyaviy qarzlari boʻyicha yoki Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti oldida yoki bank kreditlari boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik qarzdorning oxirgi hisobot yili uchun moliyaviy hisobotining ishonchliligi va buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida auditorlik xulosasi salbiy boʻlganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi organ yirik qarzdor tomonidan moliyaviy qarzlarning jalb qilinishini Muvofiqlashtiruvchi komissiyaga kiritmagan holda rad etilgani toʻgʻrisida masʼul tashkilotni 5 ish kuni muddatida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Yirik qarzdorlar toʻgʻrisidagi moliyaviy qarzlarni jalb qilish bilan bogʻliq hujjatlar, xususan, loyiha va tahliliy maʼlumotlar Muvofiqlashtiruvchi komissiyaga kiritilmagan holda rad etilgani toʻgʻrisida ishchi organ tomonidan komissiyaning navbatdagi majlisida maʼlumot beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Muvofiqlashtiruvchi komissiya aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda, komissiya majlisi vakolatli (kvorumga ega) hisoblanadi. Majlisni oʻtkazish uchun kvorum boʻlmaganda, Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning yangi majlis oʻtkazish sanasi eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi komissiya aʼzolari taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqib, ruxsat berish yoki rad etishni yoqlab ovoz beradi hamda yigʻilish qarori majlisda ishtirok etayotgan aʼzolarning bir ovozda maʼqullashi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Muvofiqlashtiruvchi komissiya moliyaviy qarzni jalb qilish boʻyicha yirik qarzdorning hujjatlari va loyihalarini koʻrib chiqib, moliyaviy qarzni jalb qilishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Yirik qarzdor rad etish toʻgʻrisidagi qarorga asos boʻlgan kamchiliklarni bartaraf etgandan soʻng Muvofiqlashtiruvchi komissiyaga 5 ish kunida qayta murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Muvofiqlashtiruvchi komissiya loyihalarni koʻrib chiqishda quyidagi ustuvor maqsadlardan kelib chiqib, moliyaviy qarzni jalb qilishga ruxsat berish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy-iqtisodiy, strategik ahamiyati hamda natijadorligi va oʻzini oʻzi oqlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslari mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy qarzlar hisobidan moliyalashtirilgan loyihalar natijalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Yirik qarzdorlar tomonidan moliyaviy qarz jalb qilinishi yuzasidan Muvofiqlashtiruvchi komissiya bayoni ishchi organ tomonidan tayyorlanadi, Muvofiqlashtiruvchi komissiya aʼzolari tomonidan 7 ish kun ichida imzolanadi va ishchi organ tomonidan 1 ish kunida bayondan koʻchirma masʼul tashkilotga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yirik qarzdorlar faoliyati va holatini monitoring qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Moliyaviy qarzlar qoldigʻi boʻyicha masʼul tashkilot ishchi organga har chorak yakunidan boshlab 30 kun ichida, yil yakunlari boʻyicha keyingi moliya yilining 1-martiga qadar quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha doirasida oʻtgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlarning natijadorligi va istiqbolda amalga oshiriladigan rejalar boʻyicha maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jalb qilingan barcha moliyaviy qarz bitimlari, jumladan, xorijiy va milliy valyutalarda jalb etilgan tashqi va ichki qarzlar, bank kreditlari, kreditlarning foydalanilmagan qismi, lizing, bank kafolati, faktoring, akkreditivlar boʻyicha asosiy qarz (qoldigʻi), foiz va komissiya toʻlovlari, shuningdek, muddati oʻtgan toʻlovlar kesimida maʼlumotlar hamda ular boʻyicha majburiyatlarning bajarilishi bilan bogʻliq boʻlgan maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi organning soʻrovi asosida yangi jalb qilingan moliyaviy qarzlar hisobidan moliyalashtirilgan loyiha samaradorligi monitoringini yuritish uchun talab etiladigan statistika va moliyaviy maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Yirik qarzdorlar moliyaviy holati yomonlashganda, Muvofiqlashtiruvchi komissiya tomonidan ularni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha quyidagi moliyaviy usullardan foydalanish boʻyicha tavsiyalar beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud qarzlarni toʻlash uchun yangi, qulayroq shartlarda qarzlar (tashqi va ichki qarz, kredit) olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdorlikni qayta koʻrib chiqish (muddatini uzaytirish, toʻlov jadvalini oʻzgartirish, foiz stavkasini pasaytirish, valyuta turini oʻzgartirishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonada menejment oʻzgarishi, tashqi menejer tayinlanishi, samarasiz aktivlar yoki loyihalarni tugatish va boshqaruv tizimini optimallashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzlarni aksiyaga aylantirish orqali qarzlarni kamaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi aksiyalar chiqarish, yangi investorlarni kiritish orqali qoʻshimcha kapital jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keraksiz xarajatlarni qisqartirish, resurslarni tejash orqali ishlab chiqarish xarajatlarini optimallashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyatsiz aktivlarni sotish yoki ijaraga berish orqali asosiy vositalardan samarali foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subsidiya va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdor korxonalar tomonidan yangi qarz jalb etilishi va ularning davlat dasturlari hamda investitsiya loyihalariga ishtirok etishini cheklash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Moliyaviy qarzlar hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarga oʻzgartirish yuqorida koʻrsatib oʻtilgan tartibda kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Ushbu Nizom ijrosi jarayonida foydalanilgan maʼlumotlarning qonunchilikda belgilangan tartibda sir saqlanishi taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Yirik qarzdorlar Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning moliyaviy qarzni jalb qilishni rad etish toʻgʻrisidagi qaroridan norozi boʻlgan taqdirda, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston iqtisodiyoti uchun tizimli ahamiyatga ega yirik korxonalar tomonidan bank krediti va tashqi qarzlarni jalb qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston iqtisodiyoti uchun tizimli ahamiyatga ega yirik qarzdorlar tomonidan bank krediti va tashqi qarzlarni jalb etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

(Xatarlar darajasini aniqlash)

Yirik qarzdorlar, masʼul tashkilot

1. Yirik qarzdorlarning moliyaviy hisobotlari va tegishli hujjatlarini ishchi organga taqdim etadi.

Har chorakda chorak tugaganidan keyin bir oy ichida, yil yakunlari boʻyicha keyingi moliya yilining 1-martiga qadar

Ishchi organ

2. Korxonalarning moliyaviy holati boʻyicha xatarlar darajasi taqdim etiladigan maʼlumotlardan kelib chiqib “past xatarli”, “oʻrta xatarli” va “yuqori xatarli” deb toifalaydi.

Har chorakda chorak tugaganidan keyin bir yarim oy ichida, yil yakunlari boʻyicha keyingi moliya yilining 1-apreliga qadar

2-bosqich

(Moliyaviy qarzlarni jalb etish toʻgʻrisida xabardor qilish)

Yirik qarzdorlar

(past xatarli)

1. Jalb etiladigan moliyaviy qarz summasi, uni jalb qilish shartlari va ishlatish maqsadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotni ishchi organga Muvofiqlashtiruvchi komissiyani xabardor qilish uchun taqdim etadi.

Yirik qarzdor boshqaruv organi va moliyaviy qarz taqdim etuvchi bank vakolatli organi qaror qabul qilgandan soʻng 5 ish kunida

Ishchi organ

2. Taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish va Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning navbatdagi yigʻilishiga maʼlumot uchun kiritadi.

10 ish kunida

3-bosqich

(Moliyaviy qarzni jalb etishga ruxsat olish)

Masʼul tashkilot, yirik qarzdorlar

(oʻrta va yuqori xatarli),

1. Ishchi organga moliyaviy qarzni jalb qilish boʻyicha tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda ariza taqdim etadi.

Moliyaviy qarz mablagʻlarini jalb qilish toʻgʻrisidagi tegishli yirik qarzdor boshqaruv organining qarori, moliyaviy qarz taqdim etish toʻgʻrisida tijorat banki vakolatli organining qarori qabul qilingandan soʻng

Ishchi organ

2. Arizani koʻrib chiqib, koʻrib chiqish natijasiga koʻra:

a) hujjatlar toʻliq boʻlmaganda yoki qoʻshimcha hujjatlarni oʻrganish talab etilganda, bu toʻgʻrisida masʼul tashkilotni xabardor qiladi;

Hujjatlar taqdim etilgandan soʻng 2 ish kunida

b) yirik qarzdorlar tomonidan moliyaviy qarzlarning jalb qilinishini Muvofiqlashtiruvchi komissiyaga kiritmagan holda rad etadi;

v) hujjatlar toʻplamini Muvofiqlashtiruvchi komissiyaga kiritadi.

Hujjatlar taqdim etilgandan soʻng 10 ish kunida

Muvofiqlashtiruvchi komissiya

3. Moliyaviy qarzni jalb qilishga ruxsat berish yoki rad qilish toʻgʻrisida (qaytarmaslik xavfi mavjud boʻlgan yoki loyiha iqtisodiy-ijtimoiy jihatdan maqsadga muvofiq boʻlmaganda) qaror qabul qiladi.

Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning navbatdagi yigʻilishida

(har chorakda kamida bir marta)

Ishchi organ

4. Komissiya qarorini masʼul tashkilotga yetkazadi.

1 ish kunida

4-bosqich

(Jalb qilingan moliyaviy qarz monitoringi)

Masʼul tashkilot

1. Moliyaviy qarzni jalb qilish loyihasi doirasida oʻtgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlarning natijadorligi hamda majburiyatlarning bajarilishi bilan bogʻliq boʻlgan boshqa maʼlumotlarni ishchi organga taqdim etadi.

Har chorakda chorak yakunlangandan keyin 30 kun ichida, yil yakunlari boʻyicha keyingi moliya yilining 1-martiga qadar

Ishchi organ

2. Yirik qarzdorlar tomonidan moliyaviy qarz mablagʻlarining natijadorligi va ulardan samarali foydalanish, loyihalarning oʻzini oʻzi oqlashi boʻyicha tahlillar va ularning natijasi boʻyicha taqdim etilgan maʼlumotlarni umumlashtirgan holda Muvofiqlashtiruvchi komissiyaga axborot kiritadi.

Har chorakda, maʼlumotlar taqdim etilgandan soʻng 10 ish kunida

Muvofiqlashtiruvchi komissiya

3. Moliyaviy qarz mablagʻlaridan foydalanish natijadorligini koʻrib chiqadi va bu borada masʼul tashkilotning hisobotini eshitadi.

Hisobotlarning taqdim etilishiga koʻra

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston iqtisodiyoti uchun tizimli ahamiyatga ega yirik korxonalar tomonidan bank krediti va tashqi qarzlarni jalb qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston iqtisodiyoti uchun tizimli ahamiyatga ega yirik qarzdorlar tomonidan moliyaviy qarzlarni jalb qilishda xatarlarni aniqlash boʻyicha koʻrsatkichlarni hisoblash formulalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Koʻrsatkichlar

Hisoblash formulasi

I. Likvidlik koʻrsatkichlari

Joriy likvidlik darajasi

joriy aktivlar

joriy majburiyatlar

Tez likvidlik darajasi

(joriy aktivlar tovar moddiy zaxiralar)

joriy majburiyatlar

Kunlik kreditor qarzlar aylanmasi

(mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar oldidagi qarzdorlik*365)

sotilgan mahsulot (tovar, ish va xizmat)larning tannarxi

Kunlik debitor qarzlar aylanmasi

(xaridor va buyurtmachilarning qarzi*365)

(mahsulot (tovar, ish va xizmat) larni sotishdan sof tushum + asosiy faoliyatning boshqa daromadlari)

II. Toʻlov qobiliyati koʻrsatkichlari

Qarz (majburiyatlar)ning kapitalga nisbati

jami majburiyatlar

jami oʻz mablagʻlari

Qarz (majburiyatlar)ning aktivlarga nisbati

jami majburiyatlar

jami aktivlar

Majburiyatlarning EBITDAga nisbati

jami majburiyatlar

(sof foyda (zarar) + foyda soligʻi + foizlar shaklidagi xarajatlar + asosiy vositalar eskirishi oʻzgarishi + nomoddiy aktivlar amortizatsiya summasi oʻzgarishi)

EBITDAning qarz toʻlovlariga nisbati

(sof foyda (zarar) + foyda soligʻi + foizlar shaklidagi xarajatlar + asosiy vositalar eskirishi oʻzgarishi + nomoddiy aktivlar amortizatsiya summasi oʻzgarishi)

(foizlar shaklidagi qarz xarajatlar + qarzning asosiy toʻlovi)

Foiz xarajatlarining qoplanishi

(sof foyda (zarar) + foyda soligʻi + foizlar shaklidagi xarajatlar)

foizlar shaklidagi xarajatlar

III. Daromadlik koʻrsatkichlari

Sof foyda marjasi %

sof foyda (zarar)

(mahsulot (tovar, ish va xizmat) larni sotishdan sof tushum + asosiy faoliyatning boshqa daromadlari)

Operatsion foyda marjasi %

(sof foyda (zarar) + foyda soligʻi + foizlar shaklidagi xarajatlar)

(mahsulot (tovar, ish va xizmat) larni sotishdan sof tushum + asosiy faoliyatning boshqa daromadlari)

Aylanma mablagʻlarning rentabelligi %

(sof foyda (zarar) + foyda soligʻi + foizlar shaklidagi xarajatlar + asosiy vositalar eskirishi oʻzgarishi + nomoddiy aktivlar amortizatsiya summasi oʻzgarishi)

(joriy aktivlar - joriy majburiyatlar)

Aktivlarning rentabelligi %

sof foyda (zarar)

jami aktivlar

Kapitalning rentabelligi %

sof foyda (zarar)

jami oʻz mablagʻlari

Xarajatlarning qoplanishi

(mahsulot (tovar, ish va xizmat) larni sotishdan sof tushum + asosiy faoliyatning boshqa daromadlari)

(sotilgan mahsulot(tovar, ish va xizmat)larning tannarxi + boshqa operatsion xarajatlar)

IV. Tashqi qarzga bogʻliq koʻrsatkichlari

Tashqi qarzning majburiyatlarga nisbati

jami tashqi qarz

jami majburiyatlar

Xorijiy valyutadagi tashqi qarzning jami qarzga nisbati

xorijiy valyutadagi tashqi qarz

jami qarz

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston iqtisodiyoti uchun tizimli ahamiyatga ega yirik korxonalar tomonidan bank krediti va tashqi qarzlarni jalb qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston iqtisodiyoti uchun tizimli ahamiyatga ega yirik korxonalar tomonidan bank krediti va tashqi qarzlarni jalb qilishda xatarlarni baholash tizimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Koʻrsatkichlar

Xatarlarni baholash tizimi

Yuqori

Oʻrta

Past

qiymati

ball

qiymati

ball

qiymati

ball

qiymati

ball

I.

Likvidlik koʻrsatkichlari

1.1.

Joriy likvidlik darajasi

1,25 dan past

0

1,25 1,50

3,0

1,50 1,75

4,0

1,75 dan yuqori

5,0

1.2.

Tez likvidlik darajasi

0,8 dan past

0

0,8 1,0

3,0

1,0 1,10

4,0

1,10 dan yuqori

5,0

1.3.

Kunlik kreditor qarzlar aylanmasi

90 dan yuqori

0

60 90

1,2

60 45

1,6

45 dan past

2,0

1.4.

Kunlik debitor qarzlar aylanmasi

50 dan yuqori

0

40 50

1,2

40 35

1,6

35 dan past

2,0

II.

Toʻlov qobiliyati koʻrsatkichlari

2.1.

Qarz (majburiyatlar)ning kapitalga nisbati*

1,50 dan yuqori

0

1,0 1,5

3,6

1,0 0,75

4,8

0,75 dan past

6,0

2.2.

Qarz (majburiyatlar)ning aktivlarga nisbati*

0,75 dan yuqori

0

0,50 0,75

3,0

0,50 0,35

4,0

0,35 dan past

5,0

2.3.

Qarz (majburiyatlar)ning EBITDAga nisbati

3,0 dan yuqori

0

2,0 3,0

6,0

2,0 1,75

8,0

1,75 dan past

10,0

2.4.

EBITDAning qarz toʻlovlariga nisbati

0,75 dan past

0

0,75 1,25

6,0

1,25 2,0

8,0

2,0 dan yuqori

10,0

2.5.

Foiz xarajatlarining qoplanishi

1,20 dan past

0

1,2 1,5

3,0

1,5 1,75

4,0

1,75 dan yuqori

5,0

III.

Daromadlilik koʻrsatkichlari

3.1.

Sof foyda marjasi (foiz)

4,0 dan past

0

4,0 8,0

3,0

8,0 10,0

4,0

10,0 dan yuqori

5,0

3.2.

Operatsion foyda marjasi

5,0 dan past

0

5,0 - 10,0

3,0

10,0 12,5

4,0

12,5 dan yuqori

5,0

3.3.

Aylanma mablagʻlarning rentabelligi (foiz)

10,0 dan past

0

10,0 15,0

3,0

15,0 17,5

4,0

17,5 dan yuqori

5,0

3.4.

Aktivlarning rentabelligi (foiz)

0,0 dan past

0

0,0 4,0

3,0

4,0 6,0

4,0

6,0 dan yuqori

5,0

3.5.

Kapitalning rentabelligi (foiz)

0,0 dan past

0

0,0 8,0

3,0

8,0 11,5

4,0

11,5 dan yuqori

5,0

3.6

Xarajatlar qoplanishi

1,0 dan past

0

1,0 1,25

3,0

1,25 1,35

4,0

1,35 dan yuqori

5,0

IV.

Tashqi qarzga bogʻliqlik

4.1.

Tashqi qarzning majburiyatlarga nisbati*

0,4 dan yuqori

0

0,3 0,4

6,0

0,30 0,25

8,0

0,25 dan past

10,0

4.2.

Xorijiy valyutadagi tashqi qarzning jami qarzga nisbati

0,4 dan yuqori

0

0,3 0,4

6,0

0,3 0,2

8,0

0,2 dan past

10,0

Jami ballar

0

60,0

80,0

100,0

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi komissiyaga xatarlarni baholash tizimi koʻrsatkichlari va ballarini mustaqil qayta koʻrib chiqish huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yirik qarzdorlarning xatarlar darajasi 100 ballik reyting tizimida baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda yirik qarzdorlar reyting natijalari quyidagicha toifalanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60 balldan past boʻlganda xatar darajasi — “yuqori xatarli”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60 balldan 80 ballgacha boʻlganda — “oʻrta xatarli”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80 balldan 100 ballgacha boʻlganda — “past xatarli”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston iqtisodiyoti uchun tizimli ahamiyatga ega yirik korxonalar tomonidan bank krediti va tashqi qarzlarni jalb qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yirik qarzdor tomonidan jalb qilinayotgan moliyaviy qarz loyihalarining konsepsiyasi (pasporti) shakli
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Loyihaning tavsifi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Jalb qilinadigan mablagʻ turi:

 

 

Loyiha maqsadi:

 

 

Toʻlov maqsadi:

 

(loyiha doirasida yangidan qurish, rekonstruksiya

qilish va boshqa turdagi ishlar koʻzda tutilgan)

 

Kreditor nomi:

 

(kreditor toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar)

 

Yirik qarzdor (korxona):

 

(guvohnomasidagi maʼlumotlar)

 

Loyiha amalga oshiriladigan hudud (viloyat, tuman, shahar):

 

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Boshqaruv organi / Tijorat banki vakolatli organi xulosasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Xulosa, yirik qarzdorning moliyaviy koʻrsatkichlari, kreditorlar tanlovi natijalari, tashqi audit xulosasi, moliyaviy qarz jalb etish boʻyicha asos, xatarlar tahlili haqidagi batafsil maʼlumotlar (tasdiqlovchi hujjatlar xulosaga ilova qilinadi).


 

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Loyihaning moliyaviy-iqtisodiy koʻrsatkichlari boʻyicha maʼlumot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Qoʻshimcha maʼlumotlar        

1.

a)

Loyihaning TIA/TIHK mavjudligi: Ha  Yoʻq

Agar “Ha” javobini belgilagan boʻlsangiz, tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim eting.

2.

b)

Loyiha quyidagilardan biriga kiritilgan boʻlsa:

Investitsiya dasturi 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni yoki qarori/ Vazirlar Mahkamasi qarori 

Boshqa 

Batafsil maʼlumotlar hamda tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim eting

3.

a)

Kapital qoʻyilmalar va boshqa xarajatlar summasi

(AQSH dollarida):

b)

Ekspluatatsiya xarajatlari miqdori

(AQSH dollarida):

v) Umumiy xarajatlar

(AQSH dollarida):

g)

Yirik qarzdorning moliyaviy qarzlari boʻyicha qarz yuki hajmi:

davlat kafolati ostida tashqi qarzlari

davlat kafolatisiz tashqi qarz mablagʻlari

bank krediti mablagʻlari

d)

Loyihaning hayotiylik sikli: _____ yil

Aniq maʼlumot boʻlmasa, oraliq muddatni belgilang:

<10  10-30  >30 

4.

Loyihalar boʻyicha xatarlar

Xavf yoki xatarlar turlari

Xatarlarning oldini olish boʻyicha koʻrilgan choralar

Loyihaga tegishli xavf-xatarlar

Dizayn va texnologiyalarning eskirish xavfi

Yashirin nuqson xavfi

Yer sotib olish va koʻchirish bilan bogʻliq xatarlar

Moliyaviy xatarlar

Qurilish bilan bogʻliq xatar (aniq boʻlmagan)

Qurilish bilan bogʻliq xatar (aniq boʻlgan)

Ishga tushirish bilan bogʻliq xatarlar

Shartnoma tuzilganidan keyin loyihaga oʻzgartirish kiritish xatari

Soliqlarni belgilangan muddatida toʻlamaslik bilan bogʻliq xatarlar

Tariflar oʻzgarishi bilan bogʻliq xatarlar

Qonunchilik hujjatlaridagi oʻzgarishlarning loyihaga taʼsiri bilan bogʻliq xatarlar

Litsenziya, ruxsatnomalar kechikishi yoki berilmasligi bilan bogʻliq xatarlar

Siyosiy beqarorlik xatarlari

Taʼmirlash va rekonstruksiya qilishga oid xatarlar

Qarz mablagʻlarining qaytarilmasligi natijasida mulk musodarasi boʻyicha xatarlar

Operatsion xatarlar

Ekologik/ijtimoiy xatar (ekspluatatsiya bilan bogʻliq)

Talab bilan bogʻliq xatarlar

Boshqa xatarlar

5.

Tashabbus koʻrsatilgan loyiha boʻyicha moliyaviy qarzlarning jalb etilishi iqtisodiy, ijtimoiy va infratuzilmaviy vazifalarni/muammolarni hal etishga qaratilganmi?

Ha  Yoʻq 

Agar Ha” javobini belgilagan boʻlsangiz, fikringizni batafsil asoslab bering:

6.

Tashabbus koʻrsatilgan loyiha doirasida ilgʻor boshqaruv tajribasini joriy etish nazarda tutilganmi?

Ha  Yoʻq 

Agar Ha” javobini belgilagan boʻlsangiz, fikringizni batafsil asoslab bering:

7.

Tashabbus koʻrsatilgan loyiha innovatsion yondashuvni oʻz ichiga olganmi?

Ha  Yoʻq 

Agar Ha” javobini belgilagan boʻlsangiz, fikringizni batafsil asoslab bering:

8.

Tashabbus koʻrsatilgan loyiha doirasida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish nazarda tutilganmi?

Ha  Yoʻq 

Agar Ha” javobini belgilagan boʻlsangiz, fikringizni batafsil asoslab bering:

9.

Loyihani amalga oshirish uchun yer uchastkasiga zarurat bormi?

Ha  Yoʻq 

Agar Ha” javobini belgilagan boʻlsangiz, kerakli yer uchastkasi maydonini koʻrsating (ga.):

10.

a)

Loyihani amalga oshirish oqibatida ijtimoiy muammolar kelib chiqish ehtimoli mavjudmi?

Ha  Yoʻq 

Agar Ha” javobini belgilagan boʻlsangiz, asoslantirgan holda izohlang:

b)

Loyihani amalga oshirish oqibatida ekologik muammolar vujudga kelish ehtimoli mavjudmi?

Ha  Yoʻq 

Agar Ha” javobini belgilagan boʻlsangiz, asoslantirgan holda izohlang: 

11.

Loyihaning amalga oshirilishi zarur boʻlgan qoʻshimcha ish hajmlarini koʻrsating:

Suv taʼminoti obyektlarini qurish 

Gaz taʼminoti obyektlarini qurish 

Elektr taʼminoti qurilmalariga ulanish 

Kirish yoʻllari  Transport bogʻlanishi 

Boshqa talablarni koʻrsating:

Ushbu bilan shuni maʼlum qilamanki, mazkur loyihaning konsepsiyasi shaklida keltirilgan maʼlumotlar va taqdim etilgan tasdiqlovchi barcha hujjatlar haqiqiy, toʻgʻri hamda yirik qarzdor boshqaruv organi (kuzatuv kengashi aksiyadorlar, taʼsischilar umumiy yigʻilishi, muassis) / tijorat banki vakolatli organi (bank kengashi, bank boshqaruvi) tomonidan maʼqullangan.

Yirik qarzdor / Tijorat banki

Birinchi rahbar)

(F.I.O., imzo, muhr)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Ishchi organ arizani 5 ish kunida koʻrib chiqib, hujjatlar toʻliq boʻlmaganda yoki qoʻshimcha hujjatlarni oʻrganish talab etilganda, bu toʻgʻrisida 2 ish kuni ichida masʼul tashkilotni xabardor qiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2025-y., 09/25/670/0979-son)