Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2026 09.03.2022 yildagi 107-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2026
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan tashqi qarzlarni jalb qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-oktabrdagi 670-sonli “O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun tizimli ahamiyatga ega yirik korxonalar tomonidan bank krediti va tashqi qarzlarni jalb qilish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2026-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat unitar korxonalari va ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari, shuningdek, ustav kapitalining 50 foizi va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan tashqi qarzlarni jalb qilishni tartibga solish, davlat ishtirokidagi korxonalar boshqaruv organlarining bu boradagi mas’uliyatini oshirish, mamlakatning makroiqtisodiy barqarorligi uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan fiskal xatarlarni pasaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan tashqi qarz jalb etilishi ularning boshqaruv organlari (ijroiya organi, kuzatuv kengashi, aksiyadorlar (ishtirokchilar, muassis) umumiy yig‘ilishi) qarorlari asosida mustaqil ravishda amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xaridlari shaffofligini ta’minlash va samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 2-iyuldagi PQ-5171-son qaroriga muvofiq korporativ buyurtmachilar tomonidan tashqi qarzlar jalb qilinishini nazorat qilish Davlat xaridlari ochiq va shaffof amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha respublika komissiyasining (keyingi o‘rinlarda — Respublika komissiyasi) asosiy vazifalaridan biri etib belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro valyuta jamg‘armasining texnik ko‘magi doirasida davlat ishtirokidagi korxonalarni, ularning moliyaviy holatidan kelib chiqib, xatarlar darajalariga tasniflash taklifi ishlab chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2022-yil 1-maydan boshlab, 1-ilovadagi davlat unitar korxonalari va ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari, shuningdek, ustav kapitalining 50 foizi va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslar (keyingi o‘rinlarda — davlat ishtirokidagi korxonalar) tomonidan tashqi qarzlarni jalb qilish, ulardan foydalanish va ularning miqdorini maqbullashtirish ustidan nazorat qilishning quyidagi mexanizmi joriy etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tashqi qarzlarni jalb qilish va tashqi qarzga xizmat ko‘rsatishni tartibga solish maqsadida davlat ishtirokidagi korxonalar, moliyaviy holatiga ko‘ra, “past xatarli”, “o‘rta xatarli” va “yuqori xatarli” toifalariga avtomatik tarzda toifalanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tashqi qarz quyidagi hollarda Respublika komissiyasi ruxsati asosida jalb etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yuqori xatarli” toifasiga kiradigan davlat ishtirokidagi korxonalar uchun — tashqi qarz miqdoridan qat’i nazar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“o‘rta xatarli” toifasiga kiradigan davlat ishtirokidagi korxonalar uchun — tashqi qarz 20 mln AQSH dollaridan ortiq miqdorda bo‘lganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tashqi qarz quyidagi hollarda Respublika komissiyasini xabardor qilgan holda jalb etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“past xatarli” toifasiga kiradigan davlat ishtirokidagi korxonalar uchun — tashqi qarz miqdoridan qat’i nazar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“o‘rta xatarli” toifasiga kiradigan davlat ishtirokidagi korxonalar uchun — tashqi qarz 20 mln AQSH dollari va undan kam miqdorda bo‘lganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) jalb etiladigan tashqi qarz miqdori davlat ishtirokidagi korxonalarning biznes-rejasida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ishtirokidagi korxonalarning jalb qilinadigan tashqi qarzga xizmat ko‘rsatish xarajatlari (foiz stavkasi, komissiya va boshqa to‘lovlar yig‘indisi)ning yuqori chegarasi Respublika komissiyasi tomonidan har chorakda belgilab boriladi va undan oshmasligi ta’minlanadi. Bunda, jalb qilinadigan tashqi qarzga xizmat ko‘rsatish xarajatlarining belgilangan yuqori chegaradan oshishiga faqat Respublika komissiyasining ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ishtirokidagi korxonalarning yil yakuni bo‘yicha moliya-xo‘jalik faoliyatini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish xalqaro auditorlik tarmoqlariga va xalqaro uyushmalariga a’zo bo‘lgan auditorlik tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi, bundan mazkur qaror qabul qilingan sanadan oldin tanlab olingan auditorlik tashkilotlari mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, davlat ishtirokidagi korxonalarning tashqi qarzlar hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini va boshqa hujjatlarini vakolatli organlarda ekspertizadan o‘tkazish mazkur qarorga muvofiq Respublika komissiyasining ijobiy xulosasi yoki uning xabardor qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgandan keyin amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ishtirokidagi korxonalarning tashqi qarz hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalari, tashqi qarz bitimlari bo‘yicha majburiyatlarining bajarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan tegishli ma’lumotlari har chorak yakuni bilan Moliya vazirligiga taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan amaldagi tashqi qarz bitimlarining moliyaviy shartlari (kovenantlari) buzilgan hollarda, ular bartaraf etilguncha tashqi qarzlarni jalb qilish faqatgina Respublika komissiyasining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining axborot tizimida davlat ishtirokidagi korxonalarning xatar darajasini avtomatik tarzda aniqlash imkoniyatini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ishtirokidagi korxonalarning xatar darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Moliya vazirligi tomonidan foydalanish imkoniyatini ko‘zda tutishni ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Moliya vazirligi har chorakda Respublika komissiyasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ishtirokidagi korxonalarning yangi jalb qilingan tashqi qarz bo‘yicha tashqi qarz bitimlarining moliyaviy shartlariga (kovenantlariga) rioya etilishi yuzasidan tahliliy ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan jalb qilingan yangi tashqi qarz, uning hisobiga moliyalashtirilgan loyiha va kredit liniyalari to‘g‘risida tahliliy ma’lumotlar kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan tashqi qarzlarni jalb qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda davlat ishtirokidagi korxonalar ustavlari va ichki hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirishlar belgilangan tartibda kiritilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 9-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
107-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-martdagi 107-son qaroriga

1-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi qarzlarni jalb qilish, ulardan foydalanish va ularning miqdorini maqbullashtirish ustidan nazorat qilinadigan davlat ishtirokidagi korxonalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Davlat ishtirokidagi korxonalar nomi

Davlat ulushi

1.

“Navoiyuran” DK

100,0

2.

“Navoiy KMK” AJ

100,0

3.

“Olmaliq KMK” AJ

97,5

4.

“O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AJ

81,6

5.

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ va uning tarkibidagi tashkilotlar*

100,0

6.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ

100,0

7.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va uning tarkibidagi tashkilotlar*

99,6

8.

“O‘zbekgidroenergo” AJ

100,0

9.

“O‘zbekneftgaz” AJ va uning tarkibidagi tashkilotlar*

99,9

10.

“O‘ztransgaz” AJ va uning tarkibidagi tashkilotlar*

99,5

11.

“Hududgazta’minot” AJ va uning tarkibidagi tashkilotlar*

100,0

12.

“Uzbekistan airways” AJ

100,0

13.

“Uzbekistan airports” AJ

100,0

14.

“O‘zaeronavigatsiya markazi” DUK

100,0

15.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

100,0

16.

“Toshkent metropoliteni” DUK

100,0

17.

“Toshshahartransxizmat” AJ

100,0

18.

“O‘zkimyosanoat” AJ va uning tarkibidagi tashkilotlar*

100,0

20.

“O‘zdonmahsulot” AJ

100,0

21.

“Maxsustrans ICHB” DUK

100,0

22.

“O‘zbektelekom” AJ

94,1

23.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ

77,6

24.

“Angren issiqlik elektr stansiyasi” AJ

99,0

25.

“Yangi Angren issiqlik elektr stansiyasi” AJ

99,6

26.

“O‘zbekko‘mir” AJ

97,9

27.

“O‘zsuvta’minot” AJ

100,0

28.

“O‘zavtosanoat” AJ va uning tarkibidagi tashkilotlar***

100,0

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* ustav fondining (kapitalining) 50 foizi va undan ortig‘i 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslar kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*** ustav fondining (kapitalining) 50 foizi va undan ortig‘i 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslar hamda ushbu yuridik shaxslarning ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan tashkilotlar kiritiladi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi PQ-242-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2023-y., 07/23/242/0556-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-martdagi 107-son qaroriga

2-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan tashqi qarzlarni jalb qilish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan belgilangan davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning tarkibidagi tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda — davlat ishtirokidagi korxonalar) tomonidan tashqi qarzlarni jalb qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ishtirokidagi korxonaning tashqi qarzi — davlat ishtirokidagi korxonaning xorijdan mablag‘ jalb qilishi natijasida yuzaga kelgan majburiyatlari yig‘indisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi organ — Moliya vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha — iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa foyda olish uchun o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tadbirlar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha bo‘yicha tashabbuskorlar — loyiha, qayta moliyalashtirish yoki kredit liniyani jalb qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiquvchi hamda uni amalga oshiruvchi davlat ishtirokidagi korxonalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha konsepsiyasi (pasporti) — loyihaning nomi, mazmuni, ishtirokchilari, maqsadi, amalga oshirish muddatlari, qiymati, moliyalashtirish manbalari, loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari mavjudligini, samaradorligi va kutilayotgan natijalarni o‘z ichiga oluvchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika komissiyasi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xaridlari shaffofligini ta’minlash va samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 2-iyuldagi PQ-5171-son qaroriga muvofiq tuzilgan Davlat xaridlari ochiq va shaffof amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha respublika komissiyasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan tashqi qarzlarni jalb qilish va xatarlarni aniqlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan tashqi qarzlarni jalb qilish korxonaning moliyaviy holati bo‘yicha xatarlar darajasidan kelib chiqib, ushbu nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq Respublika komissiyasi ruxsati bilan yoki uni xabardor qilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy holati bo‘yicha xatarlar darajasi ushbu korxonalar tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlardan kelib chiqib, ushbu Nizomga 2 va 3-ilovalarga asosan Davlat aktivlarini boshqarish agentligining axborot tizimida avtomatik tarzda “past xatarli”, “o‘rta xatarli” va “yuqori xatarli” deb toifalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ushbu ma’lumotlar yoki ularning bir qismi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan Davlat soliq qo‘mitasidan idoralararo elektron hujjat aylanishi vositasida olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy holati bo‘yicha xatarlar darajasi to‘g‘risidagi ma’lumot korxonalardan Davlat aktivlarini boshqarish agentligining axborot tizimida ochiladigan ularning shaxsiy kabineti orqali olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat ishtirokidagi korxonalarning xatarlar darajasi 100 ballik reyting tizimida baholanadi. Bunda, davlat ishtirokidagi korxonalar reyting natijasi 60 balldan past bo‘lganda xatar darajasi — “yuqori xatarli”, 60 balldan 80 ballgacha bo‘lganda — “o‘rta xatarli” va 80 balldan 100 ballgacha bo‘lganda — “past xatarli” deb toifalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xatar darajasi “yuqori xatarli” bo‘lganda miqdoridan qat’i nazar, “o‘rta xatarli” bo‘lganda tashqi qarz miqdori 20 mln AQSH dollaridan oshgan holatda tashqi qarzlar Respublika komissiyasi ruxsati asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xatar darajasi “past xatarli” bo‘lganda tashqi qarz miqdoridan qat’i nazar, xatar darajasi “o‘rta xatarli” bo‘lganda esa tashqi qarz miqdorining 20 mln AQSH dollari va undan kam bo‘lganda tashqi qarz Respublika komissiyasini xabardor (boshqaruv organi qaror qabul qilgandan so‘ng 5 ish kunida) qilgan holda jalb qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur nizomning 7-bandi uchinchi xatboshisiga muvofiq bo‘lgan davlat ishtirokidagi korxonalar jalb etiladigan tashqi qarz summasi, uni jalb qilish shartlari va ishlatish maqsadlari to‘g‘risidagi ma’lumotni uni jalb qilish to‘g‘risida boshqaruv organi qaror qabul qilingan sanadan boshlab 5 ish kunida keyinchalik Respublika komissiyasini xabardor qilish uchun Ishchi organga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan tashqi qarzni jalb qilishda Respublika komissiyasi ruxsatini olish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur nizomning 7-bandi ikkinchi xatboshisiga muvofiq bo‘lgan davlat ishtirokidagi korxonalar tashqi qarzlarni jalb qilishda Ishchi organga tashqi qarzlarni jalb qilish to‘g‘risida arizani quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq loyiha konsepsiyasi (pasporti);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot yili yakuni bo‘yicha auditorlik tashkiloti xulosasi nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi qarz mablag‘larini jalb qilish to‘g‘risidagi tegishli boshqaruv organining qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi organ so‘roviga muvofiq korxonaning moliyaviy holatiga bog‘liq boshqa ma’lumotlar (jumladan, moliyaviy modellar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ishchi organ arizani ko‘rib chiqib, ko‘rib chiqish natijasiga ko‘ra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ushbu nizomning 9-bandida nazarda tutilgan hujjatlar to‘liq bo‘lmaganda yoki qo‘shimcha hujjatlarni o‘rganish talab etilganda bu to‘g‘risida 2 ish kuni ichida davlat ishtirokidagi korxonani xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) hujjatlar to‘liq bo‘lganda 10 ish kunida tegishli hujjatlarni Respublika komissiyasiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ishchi organ quyidagi hollarda davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan tashqi qarzlarning jalb qilinishini Respublika komissiyasiga kiritmagan holda rad etishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oxirgi 12 oy davomida davlat ishtirokidagi korxonaning davlat tomonidan kafolatlangan yoki kafolatlanmagan kreditlari bo‘yicha yoki O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti oldida muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ishtirokidagi korxonaning oxirgi hisobot yili uchun moliyaviy hisobotining ishonchliligi va buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi to‘g‘risida auditorlik xulosasi mavjud bo‘lmaganda yoki salbiy xulosa mavjud bo‘lganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi organ davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan tashqi qarzlarning jalb qilinishini Respublika komissiyasiga kiritmagan holda rad etilganligi to‘g‘risida davlat ishtirokidagi korxonani xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Davlat ishtirokidagi korxonalar to‘g‘risidagi tashqi qarzni jalb qilish bilan bog‘liq hujjatlar, jumladan loyiha va tahliliy ma’lumotlar Ishchi organ tomonidan Respublika komissiyasiga kiritiladi va majlis o‘tkaziladigan kun haqida davlat ishtirokidagi korxonalar va Respublika komissiyasi a’zolarini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Respublika komissiyasi tashqi qarzni jalb qilish bo‘yicha davlat ishtirokidagi korxonalarning hujjatlari va loyihalarini ko‘rib chiqib, davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan jalb etiladigan mablag‘larni qaytarmaslik xavfi yuqori bo‘lganda yoki loyihaning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmaganda tashqi qarzni jalb qilishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Respublika komissiyasi loyihalarni ko‘rib chiqishda quyidagi ustuvor maqsadlardan kelib chiqib tashqi qarzni jalb qilish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy-iqtisodiy, strategik ahamiyati hamda natijadorligi va o‘z-o‘zini oqlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslari mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan tashqi qarzlar hisobidan moliyalashtirilgan loyiha yoki kredit liniyalarning natijalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Respublika komissiyasi davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan taqdim etilgan tashqi qarz mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan loyiha hujjatlarni ko‘rib chiqib, ruxsat berish yoki rad etish to‘g‘risida qarorni qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Respublika komissiyasi bayoni Ishchi organ tomonidan tayyorlanadi va imzolangandan keyin 1 ish kunida davlat ishtirokidagi korxonalarga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Respublika komissiyasi loyihalarning umumiy qiymatiga o‘zgartirish kiritish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Tashqi qarzni jalb qilgan davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyati va holatini monitoring qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tashqi qarz jalb qilingandan so‘ng davlat ishtirokidagi korxonalar Ishchi organga har chorak yakuni bilan 30 kun ichida, yil yakunlari bo‘yicha keyingi moliya yilining 25-fevraliga qadar quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha doirasida o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlarning natijadorligi va istiqbolda amalga oshiriladigan rejalar bo‘yicha ma’lumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jalb qilingan barcha qarz bitimlari, jumladan, tashqi va ichki qarzlari xorijiy va milliy valyutalarda, asosiy qarz (qoldig‘i) va foiz to‘lovlari, shuningdek, muddati o‘tgan to‘lovlar kesimida ma’lumotlar hamda ular bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hollarda Ishchi organining so‘rovi asosida yangi jalb qilingan tashqi qarz hisobidan moliyalashtirilgan loyiha samaradorligining monitoringini olib borish uchun talab etiladigan boshqa ma’lumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Respublika komissiyasi va Ishchi organning vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Respublika komissiyasi quyidagi vazifalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomda belgilangan hollarda jalb qilinayotgan tashqi qarz hisobidan moliyalashtirilishi taklif etilayotgan loyiha tashabbuskorlarining taqdimotlarini ko‘rib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan tashqi qarzni jalb qilishni ma’qullash yoki rad etish bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan moliyalashtirilgan loyiha natijadorligini nazorat qiladi, tegishli korxonalarning bu boradagi hisobotlarini eshitadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi qarzni jalb qilishning maqbul moliyaviy shartlari miqdorlarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan jalb qilinayotgan tashqi qarzga doir masalalarni har chorakda kamida bir marta ko‘rib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ishchi organ quyidagilar vazifalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ishtirokidagi korxonalardan tashqi qarz hisobidan moliyalashtirilishi taklif etilayotgan loyiha bo‘yicha tegishli ma’lumotlarni ushbu Nizom doirasida qabul qilib oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi qarzni jalb qilish uchun murojaat qilgan davlat ishtirokidagi korxonalar holatini tahlil qiladi va tegishli taklif ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy holati bo‘yicha xatarlar darajasini inobatga olgan holda ular tomonidan tashqi qarzni jalb qilish hajmlarining yuqori miqdorini belgilash bo‘yicha takliflarni Respublika komissiyasiga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlangan tashqi qarzni jalb qilishning moliyaviy shartlari va qarz yuki yuqori miqdorlarini davlat ishtirokidagi korxonalarga yetkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika komissiyasi kun tartibiga davlat ishtirokidagi korxonalarning tashqi qarz hisobidan moliyalashtiriladigan loyihaga doir masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar kiritadi, ishtirokchilarni yig‘ilish o‘tkazish kuni haqida xabardor qiladi, loyiha tashabbuskorlari tomonidan taqdimotlar o‘tkazilishini tashkil etadi, majlis bayonnomalari loyihasini tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika komissiyasining bayonnomalarini ijro etish uchun tegishli davlat ishtirokidagi korxonalarga yuboradi, ularning bajarilishini nazorat qiladi va Respublika komissiyasiga har chorakda kamida bir marta axborot kiritib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda kamida bir marta Respublika komissiyasiga qabul qilingan qarorlarning ijrosi bo‘yicha axborot taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi qarz jalb qilishda davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan Respublika komissiyasini xabardor qilish uchun taqdim etilgan ma’lumotlarni 10 ish kunida Respublika komissiyasining navbatdagi yig‘ilishiga ma’lumot uchun kiritib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan tashqi qarzni jalb qilish bo‘yicha Respublika komissiyasi ruxsatini olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni 15 ish kunida Respublika komissiyasiga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan jalb qilingan tashqi qarz hisobiga moliyalashtirilgan loyihaning natijadorligi, ularning o‘z-o‘zini oqlashi bo‘yicha tahlillar hamda va majburiyatlarning bajarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa ma’lumotlar taqdim etilgandan so‘ng 10 ish kunida ma’lumotlarni umumlashtirgan holda Respublika komissiyasiga axborot kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi qarz jalb qilish bo‘yicha davlat ishtirokidagi korxonalar uchun turli xalqaro kredit reytinglar va muddatlar kesimida xalqaro moliyaviy bozorlar holatidan kelib chiqib AQSH dollari, yevro, yen, yuan va Rossiya rublida tashqi qarzni jalb qilishning maqbul moliyaviy shartlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har oyda Respublika komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan tashqi qarz bitimlarining moliyaviy shartlari (kovenantlari)ga rioya etilishini monitoring qiladi va Respublika komissiyasiga har chorakda axborot kiritib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ishtirokidagi korxonalar bo‘yicha xatarlar tahlilini doimiy yangilab boradi va ular bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tashqi qarzlar hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarga o‘zgartirish kiritish yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Davlat ishtirokidagi korxonalar ushbu Nizomga muvofiq ularning xatarlar darajasini hisoblashda foydalaniladigan hisobotlarni (ma’lumotlarni) har chorak yakunlari bo‘yicha keyingi oy davomida, yil yakunlari bo‘yicha keyingi moliya yilining 25-fevraliga qadar elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining maxsus axborot tizimida joylashtirib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan tashqi qarzlarni jalb qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga

1-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan tashqi qarzlarni jalb qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Xatarlar darajasini aniqlash

Davlat ishtirokidagi korxonalar,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy holati bo‘yicha xatarlar darajasi ushbu korxonalar tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlardan kelib chiqib, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining axborot tizimida avtomatik tarzda “past xatarli”, “o‘rta xatarli” va “yuqori xatarli” deb toifalanadi.

har chorakda chorak tugaganidan keyin bir oy ichida, yil yakunlari bo‘yicha keyingi moliya yilining 25-fevraliga qadar

2-bosqich

Tashqi qarzni jalb etish to‘g‘risida xabardor qilish

Davlat ishtirokidagi korxonalar

(past xatarli)

1. Jalb etiladigan tashqi qarz summasi, uni jalb qilish shartlari va ishlatish maqsadlari to‘g‘risidagi ma’lumotni Moliya vazirligiga (keyingi o‘rinlarda Ishchi organ) Respublika komissiyasini xabardor qilish uchun taqdim etish.

boshqaruv organi qaror qabul qilgandan so‘ng 5 ish kunida

Moliya vazirligi

2. Taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish va Respublika komissiyasining navbatdagi yig‘ilishiga ma’lumot uchun kiritish.

10 ish kunida

3-bosqich

Tashqi qarzni jalb etishga ruxsat olish

Davlat ishtirokidagi korxonalar

(o‘rta va yuqori xatarli)

1. Ishchi organga tashqi qarzni jalb qilish bo‘yicha tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda ariza taqdim etish.

tashqi qarz mablag‘larini jalb qilish to‘g‘risidagi tegishli boshqaruv organining qarori qabul qilingandan so‘ng

Moliya vazirligi

2. Arizani ko‘rib chiqib, ko‘rib chiqish natijasiga ko‘ra:

a) hujjatlar to‘liq bo‘lmaganda yoki qo‘shimcha hujjatlarni o‘rganish talab etilganda bu to‘g‘risida davlat ishtirokidagi korxonani xabardor qilish;

hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng 2 ish kunida

b) davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan tashqi qarzlarning jalb qilinishini Respublika komissiyasiga kiritmagan holda rad etish;

v) hujjatlar to‘plamini Respublika komissiyasiga kiritish.

hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng 10 ish kunida

Respublika komissiyasi

3. Tashqi qarzni jalb qilishga ruxsat berish yoki rad qilish to‘g‘risida (qaytarmaslik xavfi mavjud bo‘lgan yoki loyiha iqtisodiy-ijtimoiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmaganda) qaror qabul qilish.

Respublika komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida

(har chorakda kamida bir marta)

Moliya vazirligi

4. Komissiya qarorini davlat ishtirokidagi korxonalarga yetkazish.

1 ish kunida

4-bosqich

Jalb qilingan tashqi qarz monitoringi

Davlat ishtirokidagi korxonalar

1. Tashqi qarz jalb qilish loyihasi doirasida o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlarning natijadorligi hamda majburiyatlarning bajarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni Ishchi organga taqdim etish.

har chorakda chorak yakunlangandan keyin 30 kun ichida, yil yakunlari bo‘yicha keyingi moliya yilining 25-fevraliga qadar

Moliya vazirligi

2. Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan tashqi qarz mablag‘larining natijadorligi va ulardan samarali foydalanish, loyihalarni o‘z-o‘zini oqlashi bo‘yicha tahlillar va ularning natijasi bo‘yicha taqdim etilgan ma’lumotlarni umumlashtirgan holda Respublika komissiyasiga axborot kiritish.

har chorakda, ma’lumotlar taqdim etilgandan so‘ng 10 ish kunida

Respublika komissiyasi

3. Tashqi qarz mablag‘laridan foydalanish natijadorligini ko‘rib chiqadi va bu borada tegishli davlat ishtirokidagi korxonaning hisobotini eshitadi.

hisobotlarning taqdim etilishiga ko‘ra

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan tashqi qarzlarni jalb qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga

2-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan tashqi qarzlarni jalb qilishda xatarlarni aniqlash bo‘yicha ko‘rsatkichlarni hisoblash formulalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Ko‘rsatkichlar

Hisoblash formulasi

I. Likvidlik ko‘rsatkichlari

Joriy likvidlik darajasi

joriy aktivlar

–––––––––––––––––––––––

joriy majburiyatlar

Tez likvidlik darajasi

(joriy aktivlar — tovar moddiy zaxiralar)

––––––––––––––––––––––––––––––––––––––

joriy majburiyatlar

Kunlik kreditor qarzlar aylanmasi

(mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar oldidagi qarzdorlik*365)

–––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––

sotilgan mahsulot (tovar, ish va xizmat) larning tannarxi

Kunlik debitor qarzlar aylanmasi

(xaridor va buyurtmachilarning qarzi*365)

––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––

(mahsulot (tovar, ish va xizmat) larni sotishdan sof tushum + asosiy faoliyatning boshqa daromadlari)

II. To‘lov qobiliyati ko‘rsatkichlari

Qarz (majburiyatlar)ning kapitalga nisbati

jami majburiyatlar*

–––––––––––––––––––

jami o‘z mablag‘lari

Qarz (majburiyatlar)ning aktivlarga nisbati

jami majburiyatlar*

–––––––––––––––––––

jami aktivlar

Majburiyatlarning EBITDAga nisbati

jami majburiyatlar

––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––

(sof foyda (zarar) + foyda solig‘i + foizlar shaklidagi xarajatlar + asosiy vositalar eskirishi o‘zgarishi + nomoddiy aktivlar amortizatsiya summasi o‘zgarishi)

EBITDAning qarz to‘lovlariga nisbati

(foizlar shaklidagi qarz xarajatlar + qarzning asosiy to‘lovi)

Foiz xarajatlarining qoplanishi

(sof foyda (zarar) + foyda solig‘i + foizlar shaklidagi xarajatlar)

––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––

foizlar shaklidagi xarajatlar

III. Daromadlik ko‘rsatkichlari

Sof foyda marjasi %

sof foyda (zarar)

–––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––

(mahsulot (tovar, ish va xizmat) larni sotishdan sof tushum + asosiy faoliyatning boshqa daromadlari)

Operatsion foyda marjasi %

(sof foyda (zarar) + foyda solig‘i + foizlar shaklidagi xarajatlar)

–––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––

(mahsulot (tovar, ish va xizmat) larni sotishdan sof tushum + asosiy faoliyatning boshqa daromadlari)

Aylanma mablag‘larning rentabelligi %

(sof foyda (zarar) + foyda solig‘i + foizlar shaklidagi xarajatlar + asosiy vositalar eskirishi o‘zgarishi + nomoddiy aktivlar amortizatsiya summasi o‘zgarishi)

–––––––––––––––––––––––––––––––––––––––

(joriy aktivlar — joriy majburiyatlar)

Aktivlarning rentabelligi %

sof foyda (zarar)

–––––––––––––––––––

jami aktivlar

Kapitalning rentabelligi %

sof foyda (zarar)

––––––––––––––––––––

jami o‘z mablag‘lari

Xarajatlarning qoplanishi

(mahsulot (tovar, ish va xizmat) larni sotishdan sof tushum + asosiy faoliyatning boshqa daromadlari)

–––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––

(sotilgan mahsulot(tovar, ish va xizmat)larning tannarxi + boshqa operatsion xarajatlar)

IV. Tashqi qarzga bog‘liq ko‘rsatkichlari

Tashqi qarzning majburiyatlarga nisbati

jami tashqi qarz*

––––––––––––––––––––

jami majburiyatlar*

Xorijiy valyutadagi tashqi qarzning jami qarzga nisbati

xorijiy valyutadagi tashqi qarz

––––––––––––––––––––––––––––––

jami qarz

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Jalb qilinishi ko‘zda tutilgan tashqi qarzlarni ham o‘z ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan tashqi qarzlarni jalb qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga

3-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan tashqi qarzlarni jalb qilishda xatarlarni baholash tizimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Ko‘rsatkichlar

Xatarlarni baholash tizimi*

Yuqori

O‘rta

Past

Qiymati

Ball

Qiymati

Ball

Qiymati

Ball

Qiymati

Ball

I.

Likvidlik ko‘rsatkichlari

1.1.

Joriy likvidlik darajasi

1,25 dan past

0

1,25 — 1,50

3,0

1,50 — 1,75

4,0

1,75 dan yuqori

5,0

1.2.

Tez likvidlik darajasi

0,8 dan past

0

0,8 — 1,0

3,0

1,0 — 1,10

4,0

1,10 dan yuqori

5,0

1.3.

Kunlik kreditor qarzlar aylanmasi

90 dan yuqori

0

60 — 90

1,2

60 — 45

1,6

45 dan past

2,0

1.4.

Kunlik debitor qarzlar aylanmasi

50 dan yuqori

0

40 — 50

1,2

40 — 35

1,6

35 dan past

2,0

II.

To‘lov qobiliyati ko‘rsatkichlari

2.1.

Qarz (majburiyatlar)ning kapitalga nisbati*

1,50 dan yuqori

0

1,0 — 1,5

3,6

1,0 — 0,75

4,8

0,75 dan past

6,0

2.2.

Qarz (majburiyatlar)ning aktivlarga nisbati*

0,75 dan yuqori

0

0,50 — 0,75

3,0

0,50 — 0,35

4,0

0,35 dan past

5,0

2.3.

Qarz (majburiyatlar)ning EBITDAga nisbati

3,0 dan yuqori

0

2,0 — 3,0

6,0

2,0 — 1,75

8,0

1,75 dan past

10,0

2.4.

EBITDAning qarz to‘lovlariga nisbati

0,75 dan past

0

0,75 — 1,25

6,0

1,25 — 2,0

8,0

2,0 dan yuqori

10,0

2.5.

Foiz xarajatlarining qoplanishi

1,20 dan past

0

1,2 — 1,5

3,0

1,5 — 1,75

4,0

1,75 dan yuqori

5,0

III.

Daromadlilik ko‘rsatkichlari

3.1.

Sof foyda marjasi %

4,0 dan past

0

4,0 — 8,0

3,0

8,0 — 10,0

4,0

10,0 dan yuqori

5,0

3.2.

Operatsion foyda marjasi %

5,0 dan past

0

5,0 — 10,0

3,0

10,0 — 12,5

4,0

12,5 dan yuqori

5,0

3.3.

Aylanma mablag‘larning rentabelligi %

10,0 dan past

0

10,0 — 15,0

3,0

15,0 — 17,5

4,0

17,5 dan yuqori

5,0

3.4.

Aktivlarning rentabelligi %

0,0 dan past

0

0,0 — 4,0

3,0

4,0 — 6,0

4,0

6,0 dan yuqori

5,0

3.5.

Kapitalning rentabelligi %

0,0 dan past

0

0,0 — 8,0

3,0

8,0 — 11,5

4,0

11,5 dan yuqori

5,0

3.6

Xarajatlar qoplanishi

1,0 dan past

0

1,0 — 1,25

3,0

1,25 — 1,35

4,0

1,35 dan yuqori

5,0

IV.

Tashqi qarzga bog‘liqlik

4.1.

Tashqi qarzning majburiyatlarga nisbati*

0,4 dan yuqori

0

0,3 — 0,4

6,0

0,30 — 0,25

8,0

0,25 dan past

10,0

4.2.

Xorijiy valyutadagi tashqi qarzning jami qarzga nisbati

0,4 dan yuqori

0

0,3 — 0,4

6,0

0,3 — 0,2

8,0

0,2 dan past

10,0

Jami ballar

0

60,0

80,0

100,0

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: * Jalb qilnishi ko‘zda tutilgan tashqi qarzlarni o‘z ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika komissiyasi ushbu xatarlarni baholash tizimi ko‘rsatkichlari va ballarini o‘zgartirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ishtirokidagi korxonalarning xatarlar darajasi 100 ballik reyting tizimida baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, davlat ishtirokidagi korxonalar reyting natijalari quyidagicha toifalanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60 balldan past bo‘lganda xatar darajasi — “yuqori xatarli”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60 balldan 80 ballgacha bo‘lganda — “o‘rta xatarli”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80 balldan 100 ballgacha bo‘lganda — “past xatarli”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan tashqi qarzlarni jalb qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga

4-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan jalb qilinayotgan tashqi qarz loyihalarining konsepsiyasi (pasporti) shakli
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

I. Loyihaning tavsifi

Loyihaning nomi:

Tarmoq nomi:

Loyiha turi:

(Loyiha doirasida yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va boshqa turdagi ishlar ko‘zda tutilgan)

Kreditor nomi:

(Kreditor haqida to‘liq ma’lumot)

Davlat ishtirokidagi korxona:

Loyiha amalga oshiriladigan joy (viloyat, tuman, shahar):

II. Boshqaruv organi xulosasi

Xulosa, davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy ko‘rsatkichlari, kreditorlar tanlovi natijalari, tashqi audit xulosasi, qarz jalb etish bo‘yicha topshiriq mavjudligi, xatarlar tahlili haqidagi batafsil ma’lumot va tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.

III. Loyihaning moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha ma’lumot

Qo‘shimcha ma’lumotlar

1.

a) Loyihaning TIA/TIHK mavjudligi: Ha Yo‘q

Agar “Ha” javobini belgilagan bo‘lsangiz, tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim eting.

2.

b) Loyiha quyidagilardan biriga kiritilgan bo‘lsa:

Investitsiya dasturi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni yoki qarori / Vazirlar Mahkamasi qarori

Qo‘shimcha ma’lumotlar

Boshqa

Batafsil ma’lumotlar hamda tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim eting

3.

a) Kapital qo‘yilmalar va boshqa xarajatlar summasi (AQSH dollarida):

b) Ekspluatatsiya xarajatlari miqdori (AQSH dollarida):

v) Umumiy xarajatlar (AQSH dollarida):

g) Davlat korxonasining tashqi qarz yuki hajmi:

davlat kafolati ostida tashqi qarzlari

davlat kafolatisiz tashqi qarz mablag‘lari

d) Loyihaning iqtisodiy yashash muddati: ____ yil

Aniq ma’lumot bo‘lmasa, oraliq muddatni belgilang:

<10 10-30 >30

4.

Loyihalar bo‘yicha xatarlar

Xavf yoki xatarlar turlari

Xatarlarni oldini olish choralari

Loyihaga tegishli xavf xatarlar

Dizayn va texnologiyalarning eskirish xavfi

Yashirin nuqson xavfi

Yer sotib olish va ko‘chirish bilan bog‘liq xatarlar

Moliyaviy xatarlar

Qurilish bilan bog‘liq xatar (aniq bo‘lmagan)

Qurilish bilan bog‘liq xatar (aniq bo‘lgan)

Ishga tushirish bilan bog‘liq xatarlar

Loyiha shartnomasi tuzulganidan keyingi loyihaga kiritiladigan o‘zgarishlar

Soliq bilan bog‘liq xatarlar

Tariflarning o‘zgarishiga bog‘liq xatarlar

Qonunchilik hujjatlaridagi o‘zgarishlarning loyihaga salbiy ta’siri xatarlari

Litsenziya, ruxsatnomalar kechikishi yoki berilmasligi xatarlari

Qo‘shimcha ma’lumotlar

Siyosiy beqarorlik xatarlari

Ta’mirlash va rekonstruksiya qilishga oid xatarlar

Qarz mablag‘larini qaytarilmasligi natijasida mulk musodarasi bo‘yicha xatarlar

Operatsion xatarlar

Ekologik/ijtimoiy xatar (ekspluatatsiya bilan bog‘liq)

Operativ faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan xatarlar

Talab bilan bog‘liq xatarlar

Boshqa

5.

Tashabbus ko‘rsatilgan loyiha bo‘yicha tashqi qarzlarning jalb etilishi iqtisodiy, ijtimoiy va infratuzilmaviy vazifalarni/muammolarni hal etishga qaratilganmi?

Ha Yo‘q

Agar “Ha” javobini belgilagan bo‘lsangiz, fikringizni batafsil asoslab bering:

6.

Tashabbus ko‘rsatilgan loyiha doirasida ilg‘or boshqaruv tajribasini joriy etish nazarda tutilganmi?:

Ha Yo‘q

Agar “Ha” javobini belgilagan bo‘lsangiz, fikringizni batafsil asoslab bering:

7.

Tashabbus ko‘rsatilgan loyiha innovatsion yondashuvni o‘z ichiga olganmi va taraflar uchun maqbul bo‘lgan mutanosib nafni ta’minlab bera oladimi?

Ha Yo‘q

Agar “Ha” javobini belgilagan bo‘lsangiz, fikringizni batafsil asoslab bering:

8.

Tashabbus ko‘rsatilgan loyiha doirasida avtomatlashtirilgan elektron hisob-kitoblar va hisobotlarni joriy etish nazarda tutilganmi?

Ha Yo‘q

Agar “Ha” javobini belgilagan bo‘lsangiz, fikringizni batafsil asoslab bering:

9.

Loyihani amalga oshirish uchun yer uchastkasiga zarurat bormi?

Ha Yo‘q

Agar “Ha” javobini belgilagan bo‘lsangiz, kerakli yer uchastkasi maydonini ko‘rsating (ga.):

10.

a) Loyihani amalga oshirish oqibatida ijtimoiy muammolar kelib chiqish ehtimoli mavjudmi?

Qo‘shimcha ma’lumotlar

Ha Yo‘q

Agar “Ha” javobini belgilagan bo‘lsangiz, izohlang:

Asoslantirish uchun tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim eting.

b) Loyihani amalga oshirish oqibatida ekologik muammolar vujudga kelish ehtimoli mavjudmi?

Ha Yo‘q

Agar “Ha” javobini belgilagan bo‘lsangiz, izohlang.

Asoslantirish uchun tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim eting.

11.

Loyihani amalga oshirilishi zarur bo‘lgan qo‘shimcha ish hajmlarini ko‘rsating:

Suv ta’minoti obyektlarini qurish

Gaz ta’minoti obyektlarini qurish

Elektr ta’minoti qurilmalariga ulanish

Kirish yo‘llari

Transport bog‘lanishi

Boshqa

Ushbu bilan shuni ma’lum qilamanki, mazkur loyihaning konsepsiyasi shaklida keltirilgan ma’lumotlar va taqdim etilgan tasdiqlovchi barcha hujjatlar haqiqiy va to‘g‘ri hamda Kuzatuv kengashi (aksiyadorlar, ta’sischilar umumiy yig‘ilishi, muassis) tomonidan ma’qullangan.

Davlat ishtirokidagi korxona

(Birinchi rahbar)

______________________________

(F.I.O., imzo, tashkilot muhri)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Ishchi organ arizani 5 ish kunida ko‘rib chiqib, hujjatlar to‘liq bo‘lmaganda yoki qo‘shimcha hujjatlarni o‘rganish talab etilganda bu to‘g‘risida 2 ish kuni ichida davlat ishtirokidagi korxonani xabardor qiladi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.03.2022-y., 09/22/107/0197-son; 03.08.2023-y., 07/23/242/0556-son)