24.10.2025 yildagi 670-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun tizimli ahamiyatga ega yirik korxonalar tomonidan bank krediti va tashqi qarzlarni jalb qilish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun tizimli ahamiyatga ega yirik korxonalar tomonidan bank krediti va tashqi qarzlarni jalb qilishni tartibga solish, ularning boshqaruv organlari va bank vakolatli organlarining bu boradagi mas’uliyatini oshirish, mamlakatning makroiqtisodiy barqarorligi uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yirik qarzdorlar bilan bog‘liq xatarlarni boshqarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yirik korxonalar bilan bog‘liq xatarlarni boshqarish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi komissiya (keyingi o‘rinlarda — Muvofiqlashtiruvchi komissiya) tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida monitoringni talab etuvchi tizimli ahamiyatga ega yirik korxonalar (keyingi o‘rinlarda — yirik qarzdorlar) ro‘yxatini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik qarzdorlar tomonidan jalb qilinayotgan bank krediti yoki tashqi qarz hisobidan moliyalashtirilishi taklif etilayotgan loyiha bo‘yicha taqdimotlarni ko‘rib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank krediti yoki tashqi qarzlarning jalb etilishini ma’qullash yoki rad etish bo‘yicha qarorlar qabul qilish hamda ushbu mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilgan loyihalar natijadorligini o‘rganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik qarzdorlarning moliyaviy holatini muntazam monitoring qilish hamda moliyaviy holati yomonlashganda ularni moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yirik qarzdorlar bilan bog‘liq xatarlarni boshqarish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun tizimli ahamiyatga ega yirik korxonalar tomonidan bank krediti va tashqi qarzlarni jalb qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2026-yil 1-yanvardan boshlab yirik qarzdorlar tomonidan bank krediti va tashqi qarzlarni jalb qilish, ulardan foydalanish va ularning miqdorini maqbullashtirishni monitoring qilishning quyidagi mexanizmlari joriy etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik qarzdorlarni ularning moliyaviy holatiga ko‘ra “past xatarli”, “o‘rta xatarli” va “yuqori xatarli” guruhlarga toifalash hamda ushbu toifalardan kelib chiqqan holda, ularga bank krediti va tashqi qarz ajratishning tartibini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi komissiya tomonidan bank krediti va tashqi qarzlar bo‘yicha yirik qarzdorlar majburiyatlarning bajarilishi yuzasidan davriy monitoringni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik qarzdorlarning yil yakuni bo‘yicha moliya-xo‘jalik faoliyatini xalqaro auditorlik tarmoqlariga va xalqaro uyushmalariga a’zo bo‘lgan auditorlik tashkilotlari tomonidan auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish, mazkur qaror qabul qilingan sanadan oldin tanlab olingan auditorlik tashkilotlari bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda, yirik qarzdorlarning moliyaviy qarzlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini va boshqa hujjatlarini vakolatli organlarda ekspertizadan o‘tkazishda Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning moliyaviy qarzni jalb etish bo‘yicha ijobiy xulosasi yoki uning xabardor qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgandan keyin amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik qarzdorlarning bank krediti va tashqi qarzlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar, tashqi qarz bitimlari va kredit shartnomalari bo‘yicha majburiyatlarining bajarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlari har chorak yakuni bilan Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning ishchi organiga taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning tegishli ishchi organi tomonidan yirik qarzdorlarning amaldagi tashqi qarz bitimlari va kredit shartnomalarining moliyaviy shartlariga (kovenantlariga) rioya etishini monitoring qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik qarzdorlarning moliyaviy holati yomonlashib, ular tomonidan jalb etilgan moliyaviy qarzlar bo‘yicha bitimlar shartlari lozim darajada bajarilmaganda, Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning qarzdorlarga nisbatan mazkur qaror bilan belgilangan vakolat doirasida tegishli chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi qarorni qabul qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi komissiya tasdiqlagan alohida monitoringni talab etuvchi tizimli ahamiyatga ega yirik qarzdorlar ro‘yxatiga kiritilgan yirik qarzdorlar tomonidan choraklik moliyaviy hisobotlarni taqdim etish talabini o‘rnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mas’uliyati cheklangan jamiyatlar shaklidagi yirik qarzdorlar tomonidan bank kreditlari va tashqi qarzlarni jalb etishga ularning tashkiliy-huquqiy shaklini aksiyadorlik jamiyatlariga o‘zgartirgan hamda faoliyatini aksiyadorlik jamiyatlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq tashkil etgan hollarda ruxsat etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda 2026-yil 1-sentabrga qadar to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida xalqaro konsalting kompaniyasini jalb etib, uning texnik ko‘magi bilan yirik qarzdorlarning faoliyat sohasi, hududi, loyihalarning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, korxonalarning moliyaviy holati bo‘yicha xatar darajasini buxgalteriya hisobining milliy va xalqaro standartlari talablari doirasida baholash qo‘llanmasini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi komissiyaga mazkur qo‘llanmani tasdiqlash vakolati berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan tashqi qarzlarni jalb qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 9-martdagi 107-son qarori 2026-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda Markaziy bank raisi T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 24-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
670-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-oktabrdagi 670-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yirik qarzdorlar bilan bog‘liq xatarlarni boshqarish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi komissiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

J.A. Qo‘chqorov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri, Komissiya raisi

2.

T.A. Ishmetov

Markaziy bank raisi, Komissiya raisi o‘rinbosari

3.

B.B. Xodjayev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departamenti boshlig‘i (kelishuvga ko‘ra)

4.

Sh.D. Kudbiyev

Soliq qo‘mitasi raisi

5.

A.J. Ortikov

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori

6.

X.B. Mustafayev

iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari

7.

A.A. Turdaliyev

Markaziy bank raisi o‘rinbosari

8.

M.A. Allaberganov

“Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK direktori

9.

O.T. Nazarov

Markaziy bank mas’ul xodimi, Komissiya kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Komissiya a’zolari boshqa ishga o‘tganda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-oktabrdagi 670-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun tizimli ahamiyatga ega yirik korxonalar tomonidan bank krediti va tashqi qarzlarni jalb qilish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun tizimli ahamiyatga ega yirik korxonalar, ularga tegishli bo‘lgan korxonalar va ularga o‘zaro aloqador korxonalar guruhi (keyingi o‘rinlarda — yirik qarzdorlar) tomonidan bank krediti va tashqi qarzlarni jalb qilishni nazorat va monitoring qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizom talablari tijorat banklari oldida kredit majburiyatlarga ega bo‘lmagan, davlat kafolatisiz tashqi qarzni jalb qilmoqchi bo‘lgan xususiy korxonalarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi organ — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi (davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan tashqi qarzlarni jalb etish bo‘yicha) hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki (barcha yirik korxonalar, ularga aloqador korxonalar guruhi tomonidan bank kreditlarini jalb etish bo‘yicha);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik qarzdor — mamlakat iqtisodiyoti uchun tizimli ahamiyatga ega, moliyaviy qarzlari qoldig‘i 50 million AQSH dollari ekvivalenti miqdoridan kam bo‘lmagan, yuridik shaxs maqomiga ega yirik bir qarz oluvchi, o‘zaro aloqador qarz oluvchilar guruhi yoki tarkibidagi korxonalar (tijorat banklari bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘maklashuvchi idoralar — Muvofiqlashtiruvchi komissiya va ishchi organni faoliyatida zarur bo‘lgan yirik qarzdorlarga oid ma’lumotlar bilan ta’minlashda, ular o‘rtasida aloqalar o‘rnatishda, zarur hollarda uchrashuvlar tashkil etishda yordam beruvchi vazirlik va idoralar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa foyda olish uchun o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tadbirlar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha konsepsiyasi (pasporti) — loyiha nomi, mazmuni, ishtirokchilari, maqsadi, amalga oshirish muddatlari, qiymati, moliyalashtirish manbalari, loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari mavjudligini, samaradorligi va kutilayotgan natijalarni o‘z ichiga oluvchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha tashabbuskori — yangi loyihani yoki joriy faoliyatni moliyalashtirish maqsadida moliyaviy qarzlarni jalb qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiquvchi hamda amalga oshiruvchi yuridik shaxs, davlat ishtirokidagi yoki davlat ishtiroki bo‘lmagan korxona;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mas’ul tashkilot — ishchi organ va yirik qarzdor o‘rtasidagi munosabatlarni hamda hujjatlar almashinuvini muvofiqlashtiruvchi organ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy qarz korxona tomonidan olingan bank krediti (kredit, uning foydalanilmagan qismi, lizing, bank kafolati, faktoring va akkreditivlar), xorijiy moliya institutlaridan jalb etilgan tashqi qarz, emissiya qilingan obligatsiyalar va boshqa moliyaviy qarz (zayom)lar bo‘yicha majburiyatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zaro aloqador qarz oluvchilar guruhi nazorat asosida vujudga keladi hamda qarzdorlar quyidagi hollarda nazorat asosida o‘zaro aloqador bo‘ladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yuridik shaxslar o‘rtasida, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir yuridik shaxs bevosita yoki bilvosita, yakka tartibda yoki birgalikda harakat qiluvchi shaxslar guruhi tarkibida boshqa yuridik shaxs ustav kapitalining 20 foizi va undan ortig‘iga egalik qilsa yoki egalikni nazorat qilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir yuridik shaxs boshqa yuridik shaxsni nazorat qilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar uchinchi shaxsning yoki u bilan birgalikda harakat qiluvchi shaxslarning nazorati ostida bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar asosan ishtirokchilarning (aksiyadorlarning) yoki boshqaruv organlarining bir xil tarkibiga ega bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasida, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxs bevosita yoki bilvosita, yakka tartibda yoki birgalikda faoliyat ko‘rsatuvchi shaxslar guruhi tarkibida, yuridik shaxs ustav kapitalining 20 foiz va undan ortig‘iga egalik qilsa yoki egalikni nazorat qilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxs yuridik shaxsni nazorat qilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxs yuridik shaxs kuzatuv kengashi, boshqaruvi a’zosi bo‘lsa yoki mansabdor shaxsi hisoblansa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxsda yuridik shaxs ustav kapitalining 20 foizi va undan ortig‘iga egalik qiladigan yoki egalikni nazorat qiladigan boshqa yuridik shaxsga nisbatan rahbarlik vakolati bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxsning yuridik shaxs nazoratni amalga oshiradigan boshqa yuridik shaxsda boshqaruvga oid vakolatlari mavjud bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur kichik bandda keltirilgan jismoniy shaxslarning yaqin qarindoshlari bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ikki yoki undan ortiq qarzdorlar faqat davlat boshqaruvi organlari (mahalliy yoki xorijiy), shuningdek, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi yoki xalqaro taraqqiyot banklari tomonidan nazorat asosida o‘zaro aloqador bo‘lsa, ular o‘zaro aloqador qarz oluvchilar hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Muvofiqlashtiruvchi komissiya tomonidan yirik qarzdorlar ro‘yxati tasdiqlangandan so‘ng ular:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3 oy ichida tashkiliy-huquqiy shaklini aksiyadorlik jamiyatlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq aksiyadorlik jamiyati ko‘rinishida tashkil etishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda buxgalteriya hisobining milliy standartlari asosida tuzilgan choraklik moliyaviy hisobot shakllarini (buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot, xususiy kapital to‘g‘risida hisobot, pul oqimlari to‘g‘risida hisobot hamda moliyaviy hisobotga izohlar) yoki moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga asosida tuzilgan choraklik moliyaviy hisobot shakllarini (moliyaviy holat to‘g‘risida hisobot, foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromad to‘g‘risida hisobot, xususiy kapitaldagi o‘zgarishlar to‘g‘risida hisobot, pul mablag‘lari harakati to‘g‘risida hisobot hamda moliyaviy hisobotga izohlar) taqdim etishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tashqi qarzlar, obligatsiyalar va boshqa moliyaviy qarzlarni jalb qilmoqchi bo‘lgan yirik qarzdorlar uchun korxonaning yuqori tashkiloti (korxonaning o‘zi), shuningdek, yirik qarzdorlarga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bank(lar)i krediti jalb qilmoqchi bo‘lgan yirik qarzdorlar uchun mas’ul tashkilot hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Muvofiqlashtiruvchi komissiya, ishchi organ va komissiya kotibining vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning vazifalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki vakillaridan iborat ishchi organlar tomonidan taqdim etilgan tahliliy ma’lumotlar va ro‘yxat asosida bir yilda bir marta yirik qarzdorlar ro‘yxatini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik qarzdorlar tomonidan jalb qilinayotgan moliyaviy qarzlar hisobidan moliyalashtirilishi taklif etilayotgan loyiha tashabbuskorlari taqdimotlarini ko‘rib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy qarzni jalb qilishni ma’qullash yoki rad etish bo‘yicha qaror qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyalashtirilgan loyiha natijadorligi bo‘yicha tegishli ishchi organning bu boradagi axborotlarini eshitadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik qarzdorlarning moliyaviy holati bo‘yicha xatarlar darajasi to‘g‘risidagi ishchi organ tomonidan tayyorlangan ma’lumotlarni ko‘rib chiqadi va hisobotlarni eshitadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik qarzdorlarning moliyaviy holati yomonlashib, ular tomonidan jalb etilgan qarzlar bo‘yicha bitimlar shartlari lozim darajada bajarilmaganda, qarzdorlarga nisbatan vakolat doirasida tegishli qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Muvofiqlashtiruvchi komissiya qarori bilan yirik qarzdorlar ro‘yxati tasdiqlangandan so‘ng 3 ish kunidan kechiktirmay:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ro‘yxatdagi yirik qarzdorlar tegishli ishchi organ tomonidan yozma, shu jumladan, elektron shaklda xabardor qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik qarzdorlar ro‘yxati tegishli ishchi organning rasmiy saytlarida e’lon qilinadi va doimiy yangilab boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ishchi organning vazifalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi vakillaridan iborat ishchi organ:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir yilda bir marta Muvofiqlashtiruvchi komissiyaga hukumat kafolati asosida jalb qilingan tashqi qarz bo‘yicha majburiyatlari mavjud davlat ishtirokidagi korxonalar ro‘yxatini taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ishtirokidagi korxonalardan tashqi qarzlar hisobidan moliyalashtirilishi taklif etilayotgan loyiha bo‘yicha tegishli ma’lumotlarni ushbu Nizom doirasida qabul qilib oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi qarzni jalb qilish uchun murojaat qilgan davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy holatini tahlil qiladi va tegishli taklifni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy holati bo‘yicha xatarlar darajasini inobatga olgan holda ular tomonidan tashqi qarzlarni jalb qilish bo‘yicha takliflarni Muvofiqlashtiruvchi komissiyaga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi komissiya tomonidan tasdiqlangan tashqi qarzni jalb qilishning moliyaviy shartlari va qarz yuki yuqori miqdorlarini mas’ul tashkilotga yetkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi komissiya kun tartibiga davlat ishtirokidagi korxonalarning tashqi qarzlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihaga doir masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda kamida bir marta Muvofiqlashtiruvchi komissiyaga qabul qilingan qarorlarning ijrosi yuzasidan chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning 15-sanasiga qadar hisobot taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ishtirokidagi korxonalarning tashqi qarzlarni jalb qilishida mas’ul tashkilot tomonidan Muvofiqlashtiruvchi komissiyani xabardor qilish uchun taqdim etilgan ma’lumotlarni 10 ish kunida Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning navbatdagi yig‘ilishiga ma’lumot uchun kiritib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ishtirokidagi korxonalarning tashqi qarzlarni jalb qilishi bo‘yicha mas’ul tashkilot tomonidan Muvofiqlashtiruvchi komissiya ruxsatini olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni 15 ish kunida Muvofiqlashtiruvchi komissiyaga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan jalb qilingan tashqi qarzlar hisobiga moliyalashtirilgan loyihaning natijadorligi, ularning o‘zini o‘zi oqlashi va biznes reja (TIA) ko‘rsatkichlarining bajarilishi bo‘yicha tahlillar hamda majburiyatlarning bajarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa ma’lumotlar taqdim etilgandan so‘ng 10 ish kunida ma’lumotlarni umumlashtirgan holda Muvofiqlashtiruvchi komissiyaga axborot kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan tashqi qarzlar bo‘yicha bitimlarning moliyaviy shartlari (kovenantlari)ga rioya etilishini monitoring qiladi va Muvofiqlashtiruvchi komissiyaga har chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning 15-sanasiga qadar hisobot kiritib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ishtirokidagi korxonalar bo‘yicha xatarlar tahlilini doimiy (choraklik) yangilab boradi va ular bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini yaratadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki vakillaridan iborat ishchi organ:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir yilda bir marta Muvofiqlashtiruvchi komissiyaga bank krediti (kredit, uning foydalanilmagan qismi, lizing, bank kafolati, faktoring va akkreditivlar) va hukumat kafolatisiz jalb qilingan tashqi qarz bo‘yicha majburiyatga ega yirik qarzdorlar to‘liq ro‘yxatini taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik qarzdorlar tomonidan jalb qilinayotgan moliyaviy qarzlar hisobidan moliyalashtirilishi taklif etilayotgan loyiha bo‘yicha tegishli ma’lumotlarni mas’ul tashkilotlardan ushbu Nizom doirasida qabul qilib oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy qarzlarni jalb etayotgan yirik qarzdorlar moliyaviy holatini tahlil qiladi va tegishli taklif ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik qarzdorlarning moliyaviy holati bo‘yicha xatarlar darajasini inobatga olgan holda, ular tomonidan moliyaviy qarzlar jalb etish bo‘yicha takliflarni Muvofiqlashtiruvchi komissiyaga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning moliyaviy qarzlarni jalb etishning moliyaviy shartlari va qarz yuki yuqori miqdorlarini belgilash to‘g‘risidagi qarorlarini mas’ul tashkilotga yetkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda kamida bir marta Muvofiqlashtiruvchi komissiyaga qabul qilingan qarorlarning ijrosi bo‘yicha chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning 15-sanasiga qadar hisobot taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik qarzdorlarning moliyaviy qarzlarni jalb qilishida mas’ul tashkilot tomonidan Muvofiqlashtiruvchi komissiyani xabardor qilish uchun taqdim etilgan ma’lumotlarni 10 ish kunida Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning navbatdagi yig‘ilishiga ma’lumot uchun kiritib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik qarzdorlarning moliyaviy qarzlarni jalb etishi bo‘yicha mas’ul tashkilot tomonidan Muvofiqlashtiruvchi komissiya ruxsatini olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni 15 ish kunida Muvofiqlashtiruvchi komissiyaga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik qarzdorlar tomonidan jalb etilgan moliyaviy qarzlar hisobiga moliyalashtirilgan loyihaning natijadorligi, ularning o‘zini o‘zi oqlashi va biznes reja (TIA) ko‘rsatkichlarining bajarilishi bo‘yicha tahlillar hamda majburiyatlarning bajarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa ma’lumotlar taqdim etilgandan so‘ng 10 ish kunida ma’lumotlarni umumlashtirgan holda Muvofiqlashtiruvchi komissiyaga axborot kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik qarzdorlar tomonidan moliyaviy qarzlar bo‘yicha bitimlarning shartlariga rioya etilishini monitoring qiladi va Muvofiqlashtiruvchi komissiyaga har chorakda chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning 15-sanasiga qadar hisobot kiritib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik qarzdorlar bo‘yicha xatarlar tahlilini doimiy (choraklik) yangilab boradi va ular bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Quyidagilar Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning kotibining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
navbatdagi majlisning dastlabki kun tartibini tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi komissiya majlislari uchun zarur materiallar to‘liq va o‘z vaqtida tayyorlanishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi komissiya a’zolarini, majlisni o‘tkazish sanasi, vaqti, joyi va ko‘riladigan masalalar to‘g‘risida xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi komissiya a’zolari va majlisga taklif etilgan shaxslarni belgilangan muddatda ma’lumotlar bilan ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi komissiya majlisi kun tartibini yuritish hamda majlislarda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi komissiya tomonidan qabul kilingan qarorlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish hamda ro‘yxatga olish kitobida qayd etish va ularning bajarilish hisobini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi komissiya majlisida ko‘rib chiqilib, qabul qilingan qaror va tayyorlangan (imzolangan) qaror matnlari o‘zaro muvofiqligini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi komissiya qarorlarini mas’ul tashkilotlarga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mas’ul tashkilotlar tomonidan Muvofiqlashtiruvchi komissiya qarori bilan yuklangan vazifalar o‘z vaqtida bajarilishini tahlil (nazorat) qilish, ijrosi kechikayotgan vazifalar hisobini yuritish va Komissiya raisiga har oy ma’lumot kiritib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi komissiya muhokamasiga kiritilgan masalalar bilan bog‘liq barcha hujjatlarni (bildirishnoma, kun tartibi, Muvofiqlashtiruvchi komissiya qarori va ko‘chirmalarning asl nusxalarini) saqlash va ularni doimiy saqlanishini ta’minlash uchun belgilangan tartibda ishchi organning arxiviga topshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi komissiya majlislarining texnik tayyorgarligi hamda qarorlarning ijrosi Muvofiqlashtiruvchi komissiya kotibi tomonidan nazorat qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yirik qarzdorlar tomonidan moliyaviy qarzlarni jalb qilish va xatarlarni aniqlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Yirik qarzdorlarning moliyaviy holati bo‘yicha xatarlar darajasidan kelib chiqib, yirik qarzdorlar tomonidan moliyaviy qarzlar ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq Muvofiqlashtiruvchi komissiya ruxsati bilan yoki uni xabardor qilgan holda jalb qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Yirik qarzdorlarning moliyaviy holati bo‘yicha xatarlar darajasi “past xatarli”, “o‘rta xatarli” va “yuqori xatarli” deb toifalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro konsalting kompaniyasining texnik ko‘magi asosida yirik qarzdorlarning faoliyat sohasi, hududi, loyihalarning xususiyatlaridan kelib chiqib, korxonalarning moliyaviy holati bo‘yicha xatar darajasini baholash qo‘llanmasi ishlab chiqilib, Muvofiqlashtiruvchi komissiya tomonidan tasdiqlangunga qadar xatar darajasi ushbu Nizomga 2 va 3-ilovalarida keltirilgan formulalar va tizimdan foydalangan holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Moliyaviy holati bo‘yicha xatarlar darajasini aniqlashda foydalanadigan ma’lumotlar quyidagi ko‘maklashuvchi idoralar tomonidan ishchi organga idoralararo elektron hujjat aylanish vositasida taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalarning buxgalteriya hisobining milliy standartlari asosida tuzilgan yillik moliyaviy hisobot shakllari (buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot, xususiy kapital to‘g‘risida hisobot, pul oqimlari to‘g‘risida hisobot va moliyaviy hisobotga izohlar) va moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga asosan tuzilgan yillik moliyaviy hisobot shakllari (moliyaviy holat to‘g‘risida hisobot, foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromad to‘g‘risida hisobot, xususiy kapitaldagi o‘zgarishlar to‘g‘risida hisobot, pul mablag‘lari harakati to‘g‘risida hisobot va moliyaviy hisobotga izohlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olingan maqsadli mablag‘lardan foydalanganlik bo‘yicha hisobot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan korxonalar faoliyati va ularning moliyaviy ahvoli to‘g‘risida hisobot shakllari (tashkilot xo‘jalik faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari va tashkilot faoliyati to‘g‘risida hisobotlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tijorat banklari tomonidan kredit hujjatlari (kredit hisobidan moliyalashtirilayotgan loyiha bo‘yicha biznes reja (TIA), kredit ajratish yuzasidan bank xulosasi, kredit ajratish yuzasidan tegishli vakolatli organining qarori, kredit hisobidan moliyalashtirilgan loyiha natijadorligi bo‘yicha monitoring dalolatnomasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy holati bo‘yicha xatarlar darajasi to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining axborot tizimida ochiladigan ularning shaxsiy kabineti orqali olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Yirik qarzdorlarning xatarlar darajasi 100 ballik reyting tizimida baholanadi. Bunda korxonalar reyting natijasi 60 balldan past bo‘lganda — “yuqori xatarli”, 60 balldan 80 ballgacha bo‘lganda — “o‘rta xatarli” va 80 balldan 100 ballgacha bo‘lganda — “past xatarli” deb toifalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Yirik qarzdorlarning toifasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yuqori xatarli” bo‘lganda, jalb qilinayotgan yangi moliyaviy qarz miqdori mavjud moliyaviy qarzlari qoldig‘ining 1 foizidan yoki 5 million AQSH dollari ekvivalentidan oshgan hollarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“o‘rta xatarli” bo‘lganda, jalb qilinayotgan yangi moliyaviy qarz miqdori mavjud moliyaviy qarzlari qoldig‘ining 5 foizidan yoki 20 million AQSH dollari ekvivalentidan oshgan hollarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi moliyaviy qarzlar bo‘yicha bitimlarning moliyaviy shartlari (kovenantlari) buzilgan hollarda, ular bartaraf etilgunga qadar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya yili uchun xalqaro reyting agentliklari tomonidan berilgan baho avvalgi yilgi bahoga nisbatan pastlagan taqdirda, Muvofiqlashtiruvchi komissiya ruxsati asosida moliyaviy qarzlar jalb etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Yirik qarzdorlarning toifasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“past xatarli” bo‘lganda, jalb etilayotgan yangi moliyaviy qarz miqdoridan qat’i nazar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“o‘rta xatarli” bo‘lganda, jalb qilinayotgan yangi moliyaviy qarz miqdori mavjud moliyaviy qarzlari qoldig‘ining 5 foizidan yoki 20 million AQSH dollari ekvivalentidan kam bo‘lgan hollarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yuqori xatarli” bo‘lganda, jalb qilinayotgan yangi moliyaviy qarz miqdori mavjud moliyaviy qarzlar qoldig‘ining 1 foizidan yoki 5 million AQSH dollari ekvivalentidan kam bo‘lgan hollarda Muvofiqlashtiruvchi komissiyani xabardor qilgan holda moliyaviy qarzlar jalb etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Yirik qarzdorlarning Muvofiqlashtiruvchi komissiyani xabardor qilish uchun yirik qarzdor boshqaruv organining moliyaviy qarzlarni jalb etish to‘g‘risidagi qarori yoki yirik qarzdorga moliyaviy qarzlar taqdim etish to‘g‘risidagi tijorat banki vakolatli organining qarori qabul qilingan sanadan boshlab 5 ish kunida mas’ul tashkilot tomonidan moliyaviy qarz summasi, uni jalb qilish shartlari va ishlatish maqsadlari haqidagi ma’lumotlar tegishli ishchi organga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yirik qarzdorlar tomonidan moliyaviy qarzlarni jalb qilishda Muvofiqlashtiruvchi komissiya ruxsatini olish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Yirik qarzdorlar moliyaviy qarzlarni jalb qilishda Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning ruxsatini olish uchun mas’ul tashkilot orqali ishchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy qarzlarni jalb etish to‘g‘risida ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda loyiha konsepsiyasi (pasporti);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot yili yakuni bo‘yicha auditorlik tashkiloti xulosasi nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik qarzdor boshqaruv organining moliyaviy qarzlarni jalb etish bo‘yicha qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banki tomonidan moliyaviy qarz taqdim etilganda, bank vakolatli organining qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi organ so‘roviga ko‘ra yirik qarzdorning moliyaviy holatiga oid boshqa ma’lumotlar talab etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan ma’lumotlarning haqqoniyligiga mas’ul tashkilot javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ishchi organ arizani ko‘rib chiqib, uning natijasiga ko‘ra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan hujjatlar to‘liq bo‘lmaganda yoki qo‘shimcha hujjatlarni o‘rganish talab etilganda, bu haqida 2 ish kuni ichida mas’ul tashkilotni xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlar to‘liq bo‘lganda, 10 ish kunida tegishli hujjatlarni Muvofiqlashtiruvchi komissiyaga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ishchi organ quyidagi hollarda yirik qarzdorlar tomonidan moliyaviy qarzlarning jalb qilinishini Muvofiqlashtiruvchi komissiyaga kiritmagan holda rad etishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talab etilgan hujjatlar to‘liq taqdim etilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oxirgi 12 oy davomida yirik qarzdorning davlat tomonidan moliyaviy qarzlari bo‘yicha yoki O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti oldida yoki bank kreditlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik qarzdorning oxirgi hisobot yili uchun moliyaviy hisobotining ishonchliligi va buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi to‘g‘risida auditorlik xulosasi salbiy bo‘lganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi organ yirik qarzdor tomonidan moliyaviy qarzlarning jalb qilinishini Muvofiqlashtiruvchi komissiyaga kiritmagan holda rad etilgani to‘g‘risida mas’ul tashkilotni 5 ish kuni muddatida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Yirik qarzdorlar to‘g‘risidagi moliyaviy qarzlarni jalb qilish bilan bog‘liq hujjatlar, xususan, loyiha va tahliliy ma’lumotlar Muvofiqlashtiruvchi komissiyaga kiritilmagan holda rad etilgani to‘g‘risida ishchi organ tomonidan komissiyaning navbatdagi majlisida ma’lumot beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Muvofiqlashtiruvchi komissiya a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda, komissiya majlisi vakolatli (kvorumga ega) hisoblanadi. Majlisni o‘tkazish uchun kvorum bo‘lmaganda, Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning yangi majlis o‘tkazish sanasi e’lon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi komissiya a’zolari taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqib, ruxsat berish yoki rad etishni yoqlab ovoz beradi hamda yig‘ilish qarori majlisda ishtirok etayotgan a’zolarning bir ovozda ma’qullashi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Muvofiqlashtiruvchi komissiya moliyaviy qarzni jalb qilish bo‘yicha yirik qarzdorning hujjatlari va loyihalarini ko‘rib chiqib, moliyaviy qarzni jalb qilishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Yirik qarzdor rad etish to‘g‘risidagi qarorga asos bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etgandan so‘ng Muvofiqlashtiruvchi komissiyaga 5 ish kunida qayta murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Muvofiqlashtiruvchi komissiya loyihalarni ko‘rib chiqishda quyidagi ustuvor maqsadlardan kelib chiqib, moliyaviy qarzni jalb qilishga ruxsat berish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy-iqtisodiy, strategik ahamiyati hamda natijadorligi va o‘zini o‘zi oqlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslari mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy qarzlar hisobidan moliyalashtirilgan loyihalar natijalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Yirik qarzdorlar tomonidan moliyaviy qarz jalb qilinishi yuzasidan Muvofiqlashtiruvchi komissiya bayoni ishchi organ tomonidan tayyorlanadi, Muvofiqlashtiruvchi komissiya a’zolari tomonidan 7 ish kun ichida imzolanadi va ishchi organ tomonidan 1 ish kunida bayondan ko‘chirma mas’ul tashkilotga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yirik qarzdorlar faoliyati va holatini monitoring qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Moliyaviy qarzlar qoldig‘i bo‘yicha mas’ul tashkilot ishchi organga har chorak yakunidan boshlab 30 kun ichida, yil yakunlari bo‘yicha keyingi moliya yilining 1-martiga qadar quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha doirasida o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlarning natijadorligi va istiqbolda amalga oshiriladigan rejalar bo‘yicha ma’lumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jalb qilingan barcha moliyaviy qarz bitimlari, jumladan, xorijiy va milliy valyutalarda jalb etilgan tashqi va ichki qarzlar, bank kreditlari, kreditlarning foydalanilmagan qismi, lizing, bank kafolati, faktoring, akkreditivlar bo‘yicha asosiy qarz (qoldig‘i), foiz va komissiya to‘lovlari, shuningdek, muddati o‘tgan to‘lovlar kesimida ma’lumotlar hamda ular bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi organning so‘rovi asosida yangi jalb qilingan moliyaviy qarzlar hisobidan moliyalashtirilgan loyiha samaradorligi monitoringini yuritish uchun talab etiladigan statistika va moliyaviy ma’lumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Yirik qarzdorlar moliyaviy holati yomonlashganda, Muvofiqlashtiruvchi komissiya tomonidan ularni moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha quyidagi moliyaviy usullardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud qarzlarni to‘lash uchun yangi, qulayroq shartlarda qarzlar (tashqi va ichki qarz, kredit) olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdorlikni qayta ko‘rib chiqish (muddatini uzaytirish, to‘lov jadvalini o‘zgartirish, foiz stavkasini pasaytirish, valyuta turini o‘zgartirishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonada menejment o‘zgarishi, tashqi menejer tayinlanishi, samarasiz aktivlar yoki loyihalarni tugatish va boshqaruv tizimini optimallashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzlarni aksiyaga aylantirish orqali qarzlarni kamaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi aksiyalar chiqarish, yangi investorlarni kiritish orqali qo‘shimcha kapital jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keraksiz xarajatlarni qisqartirish, resurslarni tejash orqali ishlab chiqarish xarajatlarini optimallashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyatsiz aktivlarni sotish yoki ijaraga berish orqali asosiy vositalardan samarali foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subsidiya va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdor korxonalar tomonidan yangi qarz jalb etilishi va ularning davlat dasturlari hamda investitsiya loyihalariga ishtirok etishini cheklash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Moliyaviy qarzlar hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarga o‘zgartirish yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tartibda kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Ushbu Nizom ijrosi jarayonida foydalanilgan ma’lumotlarning qonunchilikda belgilangan tartibda sir saqlanishi ta’minlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Yirik qarzdorlar Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning moliyaviy qarzni jalb qilishni rad etish to‘g‘risidagi qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun tizimli ahamiyatga ega yirik korxonalar tomonidan bank krediti va tashqi qarzlarni jalb qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun tizimli ahamiyatga ega yirik qarzdorlar tomonidan bank krediti va tashqi qarzlarni jalb etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

(Xatarlar darajasini aniqlash)

Yirik qarzdorlar, mas’ul tashkilot

1. Yirik qarzdorlarning moliyaviy hisobotlari va tegishli hujjatlarini ishchi organga taqdim etadi.

Har chorakda chorak tugaganidan keyin bir oy ichida, yil yakunlari bo‘yicha keyingi moliya yilining 1-martiga qadar

Ishchi organ

2. Korxonalarning moliyaviy holati bo‘yicha xatarlar darajasi taqdim etiladigan ma’lumotlardan kelib chiqib “past xatarli”, “o‘rta xatarli” va “yuqori xatarli” deb toifalaydi.

Har chorakda chorak tugaganidan keyin bir yarim oy ichida, yil yakunlari bo‘yicha keyingi moliya yilining 1-apreliga qadar

2-bosqich

(Moliyaviy qarzlarni jalb etish to‘g‘risida xabardor qilish)

Yirik qarzdorlar

(past xatarli)

1. Jalb etiladigan moliyaviy qarz summasi, uni jalb qilish shartlari va ishlatish maqsadlari to‘g‘risidagi ma’lumotni ishchi organga Muvofiqlashtiruvchi komissiyani xabardor qilish uchun taqdim etadi.

Yirik qarzdor boshqaruv organi va moliyaviy qarz taqdim etuvchi bank vakolatli organi qaror qabul qilgandan so‘ng 5 ish kunida

Ishchi organ

2. Taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish va Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning navbatdagi yig‘ilishiga ma’lumot uchun kiritadi.

10 ish kunida

3-bosqich

(Moliyaviy qarzni jalb etishga ruxsat olish)

Mas’ul tashkilot, yirik qarzdorlar

(o‘rta va yuqori xatarli),

1. Ishchi organga moliyaviy qarzni jalb qilish bo‘yicha tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda ariza taqdim etadi.

Moliyaviy qarz mablag‘larini jalb qilish to‘g‘risidagi tegishli yirik qarzdor boshqaruv organining qarori, moliyaviy qarz taqdim etish to‘g‘risida tijorat banki vakolatli organining qarori qabul qilingandan so‘ng

Ishchi organ

2. Arizani ko‘rib chiqib, ko‘rib chiqish natijasiga ko‘ra:

a) hujjatlar to‘liq bo‘lmaganda yoki qo‘shimcha hujjatlarni o‘rganish talab etilganda, bu to‘g‘risida mas’ul tashkilotni xabardor qiladi;

Hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng 2 ish kunida

b) yirik qarzdorlar tomonidan moliyaviy qarzlarning jalb qilinishini Muvofiqlashtiruvchi komissiyaga kiritmagan holda rad etadi;

v) hujjatlar to‘plamini Muvofiqlashtiruvchi komissiyaga kiritadi.

Hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng 10 ish kunida

Muvofiqlashtiruvchi komissiya

3. Moliyaviy qarzni jalb qilishga ruxsat berish yoki rad qilish to‘g‘risida (qaytarmaslik xavfi mavjud bo‘lgan yoki loyiha iqtisodiy-ijtimoiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmaganda) qaror qabul qiladi.

Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning navbatdagi yig‘ilishida

(har chorakda kamida bir marta)

Ishchi organ

4. Komissiya qarorini mas’ul tashkilotga yetkazadi.

1 ish kunida

4-bosqich

(Jalb qilingan moliyaviy qarz monitoringi)

Mas’ul tashkilot

1. Moliyaviy qarzni jalb qilish loyihasi doirasida o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlarning natijadorligi hamda majburiyatlarning bajarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni ishchi organga taqdim etadi.

Har chorakda chorak yakunlangandan keyin 30 kun ichida, yil yakunlari bo‘yicha keyingi moliya yilining 1-martiga qadar

Ishchi organ

2. Yirik qarzdorlar tomonidan moliyaviy qarz mablag‘larining natijadorligi va ulardan samarali foydalanish, loyihalarning o‘zini o‘zi oqlashi bo‘yicha tahlillar va ularning natijasi bo‘yicha taqdim etilgan ma’lumotlarni umumlashtirgan holda Muvofiqlashtiruvchi komissiyaga axborot kiritadi.

Har chorakda, ma’lumotlar taqdim etilgandan so‘ng 10 ish kunida

Muvofiqlashtiruvchi komissiya

3. Moliyaviy qarz mablag‘laridan foydalanish natijadorligini ko‘rib chiqadi va bu borada mas’ul tashkilotning hisobotini eshitadi.

Hisobotlarning taqdim etilishiga ko‘ra

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun tizimli ahamiyatga ega yirik korxonalar tomonidan bank krediti va tashqi qarzlarni jalb qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun tizimli ahamiyatga ega yirik qarzdorlar tomonidan moliyaviy qarzlarni jalb qilishda xatarlarni aniqlash bo‘yicha ko‘rsatkichlarni hisoblash formulalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Ko‘rsatkichlar

Hisoblash formulasi

I. Likvidlik ko‘rsatkichlari

Joriy likvidlik darajasi

joriy aktivlar

joriy majburiyatlar

Tez likvidlik darajasi

(joriy aktivlar tovar moddiy zaxiralar)

joriy majburiyatlar

Kunlik kreditor qarzlar aylanmasi

(mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar oldidagi qarzdorlik*365)

sotilgan mahsulot (tovar, ish va xizmat)larning tannarxi

Kunlik debitor qarzlar aylanmasi

(xaridor va buyurtmachilarning qarzi*365)

(mahsulot (tovar, ish va xizmat) larni sotishdan sof tushum + asosiy faoliyatning boshqa daromadlari)

II. To‘lov qobiliyati ko‘rsatkichlari

Qarz (majburiyatlar)ning kapitalga nisbati

jami majburiyatlar

jami o‘z mablag‘lari

Qarz (majburiyatlar)ning aktivlarga nisbati

jami majburiyatlar

jami aktivlar

Majburiyatlarning EBITDAga nisbati

jami majburiyatlar

(sof foyda (zarar) + foyda solig‘i + foizlar shaklidagi xarajatlar + asosiy vositalar eskirishi o‘zgarishi + nomoddiy aktivlar amortizatsiya summasi o‘zgarishi)

EBITDAning qarz to‘lovlariga nisbati

(sof foyda (zarar) + foyda solig‘i + foizlar shaklidagi xarajatlar + asosiy vositalar eskirishi o‘zgarishi + nomoddiy aktivlar amortizatsiya summasi o‘zgarishi)

(foizlar shaklidagi qarz xarajatlar + qarzning asosiy to‘lovi)

Foiz xarajatlarining qoplanishi

(sof foyda (zarar) + foyda solig‘i + foizlar shaklidagi xarajatlar)

foizlar shaklidagi xarajatlar

III. Daromadlik ko‘rsatkichlari

Sof foyda marjasi %

sof foyda (zarar)

(mahsulot (tovar, ish va xizmat) larni sotishdan sof tushum + asosiy faoliyatning boshqa daromadlari)

Operatsion foyda marjasi %

(sof foyda (zarar) + foyda solig‘i + foizlar shaklidagi xarajatlar)

(mahsulot (tovar, ish va xizmat) larni sotishdan sof tushum + asosiy faoliyatning boshqa daromadlari)

Aylanma mablag‘larning rentabelligi %

(sof foyda (zarar) + foyda solig‘i + foizlar shaklidagi xarajatlar + asosiy vositalar eskirishi o‘zgarishi + nomoddiy aktivlar amortizatsiya summasi o‘zgarishi)

(joriy aktivlar - joriy majburiyatlar)

Aktivlarning rentabelligi %

sof foyda (zarar)

jami aktivlar

Kapitalning rentabelligi %

sof foyda (zarar)

jami o‘z mablag‘lari

Xarajatlarning qoplanishi

(mahsulot (tovar, ish va xizmat) larni sotishdan sof tushum + asosiy faoliyatning boshqa daromadlari)

(sotilgan mahsulot(tovar, ish va xizmat)larning tannarxi + boshqa operatsion xarajatlar)

IV. Tashqi qarzga bog‘liq ko‘rsatkichlari

Tashqi qarzning majburiyatlarga nisbati

jami tashqi qarz

jami majburiyatlar

Xorijiy valyutadagi tashqi qarzning jami qarzga nisbati

xorijiy valyutadagi tashqi qarz

jami qarz

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun tizimli ahamiyatga ega yirik korxonalar tomonidan bank krediti va tashqi qarzlarni jalb qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun tizimli ahamiyatga ega yirik korxonalar tomonidan bank krediti va tashqi qarzlarni jalb qilishda xatarlarni baholash tizimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Ko‘rsatkichlar

Xatarlarni baholash tizimi

Yuqori

O‘rta

Past

qiymati

ball

qiymati

ball

qiymati

ball

qiymati

ball

I.

Likvidlik ko‘rsatkichlari

1.1.

Joriy likvidlik darajasi

1,25 dan past

0

1,25 1,50

3,0

1,50 1,75

4,0

1,75 dan yuqori

5,0

1.2.

Tez likvidlik darajasi

0,8 dan past

0

0,8 1,0

3,0

1,0 1,10

4,0

1,10 dan yuqori

5,0

1.3.

Kunlik kreditor qarzlar aylanmasi

90 dan yuqori

0

60 90

1,2

60 45

1,6

45 dan past

2,0

1.4.

Kunlik debitor qarzlar aylanmasi

50 dan yuqori

0

40 50

1,2

40 35

1,6

35 dan past

2,0

II.

To‘lov qobiliyati ko‘rsatkichlari

2.1.

Qarz (majburiyatlar)ning kapitalga nisbati*

1,50 dan yuqori

0

1,0 1,5

3,6

1,0 0,75

4,8

0,75 dan past

6,0

2.2.

Qarz (majburiyatlar)ning aktivlarga nisbati*

0,75 dan yuqori

0

0,50 0,75

3,0

0,50 0,35

4,0

0,35 dan past

5,0

2.3.

Qarz (majburiyatlar)ning EBITDAga nisbati

3,0 dan yuqori

0

2,0 3,0

6,0

2,0 1,75

8,0

1,75 dan past

10,0

2.4.

EBITDAning qarz to‘lovlariga nisbati

0,75 dan past

0

0,75 1,25

6,0

1,25 2,0

8,0

2,0 dan yuqori

10,0

2.5.

Foiz xarajatlarining qoplanishi

1,20 dan past

0

1,2 1,5

3,0

1,5 1,75

4,0

1,75 dan yuqori

5,0

III.

Daromadlilik ko‘rsatkichlari

3.1.

Sof foyda marjasi (foiz)

4,0 dan past

0

4,0 8,0

3,0

8,0 10,0

4,0

10,0 dan yuqori

5,0

3.2.

Operatsion foyda marjasi

5,0 dan past

0

5,0 - 10,0

3,0

10,0 12,5

4,0

12,5 dan yuqori

5,0

3.3.

Aylanma mablag‘larning rentabelligi (foiz)

10,0 dan past

0

10,0 15,0

3,0

15,0 17,5

4,0

17,5 dan yuqori

5,0

3.4.

Aktivlarning rentabelligi (foiz)

0,0 dan past

0

0,0 4,0

3,0

4,0 6,0

4,0

6,0 dan yuqori

5,0

3.5.

Kapitalning rentabelligi (foiz)

0,0 dan past

0

0,0 8,0

3,0

8,0 11,5

4,0

11,5 dan yuqori

5,0

3.6

Xarajatlar qoplanishi

1,0 dan past

0

1,0 1,25

3,0

1,25 1,35

4,0

1,35 dan yuqori

5,0

IV.

Tashqi qarzga bog‘liqlik

4.1.

Tashqi qarzning majburiyatlarga nisbati*

0,4 dan yuqori

0

0,3 0,4

6,0

0,30 0,25

8,0

0,25 dan past

10,0

4.2.

Xorijiy valyutadagi tashqi qarzning jami qarzga nisbati

0,4 dan yuqori

0

0,3 0,4

6,0

0,3 0,2

8,0

0,2 dan past

10,0

Jami ballar

0

60,0

80,0

100,0

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi komissiyaga xatarlarni baholash tizimi ko‘rsatkichlari va ballarini mustaqil qayta ko‘rib chiqish huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yirik qarzdorlarning xatarlar darajasi 100 ballik reyting tizimida baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda yirik qarzdorlar reyting natijalari quyidagicha toifalanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60 balldan past bo‘lganda xatar darajasi — “yuqori xatarli”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60 balldan 80 ballgacha bo‘lganda — “o‘rta xatarli”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80 balldan 100 ballgacha bo‘lganda — “past xatarli”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun tizimli ahamiyatga ega yirik korxonalar tomonidan bank krediti va tashqi qarzlarni jalb qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yirik qarzdor tomonidan jalb qilinayotgan moliyaviy qarz loyihalarining konsepsiyasi (pasporti) shakli
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Loyihaning tavsifi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Jalb qilinadigan mablag‘ turi:

 

 

Loyiha maqsadi:

 

 

To‘lov maqsadi:

 

(loyiha doirasida yangidan qurish, rekonstruksiya

qilish va boshqa turdagi ishlar ko‘zda tutilgan)

 

Kreditor nomi:

 

(kreditor to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar)

 

Yirik qarzdor (korxona):

 

(guvohnomasidagi ma’lumotlar)

 

Loyiha amalga oshiriladigan hudud (viloyat, tuman, shahar):

 

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Boshqaruv organi / Tijorat banki vakolatli organi xulosasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Xulosa, yirik qarzdorning moliyaviy ko‘rsatkichlari, kreditorlar tanlovi natijalari, tashqi audit xulosasi, moliyaviy qarz jalb etish bo‘yicha asos, xatarlar tahlili haqidagi batafsil ma’lumotlar (tasdiqlovchi hujjatlar xulosaga ilova qilinadi).


 

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Loyihaning moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha ma’lumot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Qo‘shimcha ma’lumotlar        

1.

a)

Loyihaning TIA/TIHK mavjudligi: Ha  Yo‘q

Agar “Ha” javobini belgilagan bo‘lsangiz, tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim eting.

2.

b)

Loyiha quyidagilardan biriga kiritilgan bo‘lsa:

Investitsiya dasturi 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni yoki qarori/ Vazirlar Mahkamasi qarori 

Boshqa 

Batafsil ma’lumotlar hamda tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim eting

3.

a)

Kapital qo‘yilmalar va boshqa xarajatlar summasi

(AQSH dollarida):

b)

Ekspluatatsiya xarajatlari miqdori

(AQSH dollarida):

v) Umumiy xarajatlar

(AQSH dollarida):

g)

Yirik qarzdorning moliyaviy qarzlari bo‘yicha qarz yuki hajmi:

davlat kafolati ostida tashqi qarzlari

davlat kafolatisiz tashqi qarz mablag‘lari

bank krediti mablag‘lari

d)

Loyihaning hayotiylik sikli: _____ yil

Aniq ma’lumot bo‘lmasa, oraliq muddatni belgilang:

<10  10-30  >30 

4.

Loyihalar bo‘yicha xatarlar

Xavf yoki xatarlar turlari

Xatarlarning oldini olish bo‘yicha ko‘rilgan choralar

Loyihaga tegishli xavf-xatarlar

Dizayn va texnologiyalarning eskirish xavfi

Yashirin nuqson xavfi

Yer sotib olish va ko‘chirish bilan bog‘liq xatarlar

Moliyaviy xatarlar

Qurilish bilan bog‘liq xatar (aniq bo‘lmagan)

Qurilish bilan bog‘liq xatar (aniq bo‘lgan)

Ishga tushirish bilan bog‘liq xatarlar

Shartnoma tuzilganidan keyin loyihaga o‘zgartirish kiritish xatari

Soliqlarni belgilangan muddatida to‘lamaslik bilan bog‘liq xatarlar

Tariflar o‘zgarishi bilan bog‘liq xatarlar

Qonunchilik hujjatlaridagi o‘zgarishlarning loyihaga ta’siri bilan bog‘liq xatarlar

Litsenziya, ruxsatnomalar kechikishi yoki berilmasligi bilan bog‘liq xatarlar

Siyosiy beqarorlik xatarlari

Ta’mirlash va rekonstruksiya qilishga oid xatarlar

Qarz mablag‘larining qaytarilmasligi natijasida mulk musodarasi bo‘yicha xatarlar

Operatsion xatarlar

Ekologik/ijtimoiy xatar (ekspluatatsiya bilan bog‘liq)

Talab bilan bog‘liq xatarlar

Boshqa xatarlar

5.

Tashabbus ko‘rsatilgan loyiha bo‘yicha moliyaviy qarzlarning jalb etilishi iqtisodiy, ijtimoiy va infratuzilmaviy vazifalarni/muammolarni hal etishga qaratilganmi?

Ha  Yo‘q 

Agar Ha” javobini belgilagan bo‘lsangiz, fikringizni batafsil asoslab bering:

6.

Tashabbus ko‘rsatilgan loyiha doirasida ilg‘or boshqaruv tajribasini joriy etish nazarda tutilganmi?

Ha  Yo‘q 

Agar Ha” javobini belgilagan bo‘lsangiz, fikringizni batafsil asoslab bering:

7.

Tashabbus ko‘rsatilgan loyiha innovatsion yondashuvni o‘z ichiga olganmi?

Ha  Yo‘q 

Agar Ha” javobini belgilagan bo‘lsangiz, fikringizni batafsil asoslab bering:

8.

Tashabbus ko‘rsatilgan loyiha doirasida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish nazarda tutilganmi?

Ha  Yo‘q 

Agar Ha” javobini belgilagan bo‘lsangiz, fikringizni batafsil asoslab bering:

9.

Loyihani amalga oshirish uchun yer uchastkasiga zarurat bormi?

Ha  Yo‘q 

Agar Ha” javobini belgilagan bo‘lsangiz, kerakli yer uchastkasi maydonini ko‘rsating (ga.):

10.

a)

Loyihani amalga oshirish oqibatida ijtimoiy muammolar kelib chiqish ehtimoli mavjudmi?

Ha  Yo‘q 

Agar Ha” javobini belgilagan bo‘lsangiz, asoslantirgan holda izohlang:

b)

Loyihani amalga oshirish oqibatida ekologik muammolar vujudga kelish ehtimoli mavjudmi?

Ha  Yo‘q 

Agar Ha” javobini belgilagan bo‘lsangiz, asoslantirgan holda izohlang: 

11.

Loyihaning amalga oshirilishi zarur bo‘lgan qo‘shimcha ish hajmlarini ko‘rsating:

Suv ta’minoti obyektlarini qurish 

Gaz ta’minoti obyektlarini qurish 

Elektr ta’minoti qurilmalariga ulanish 

Kirish yo‘llari  Transport bog‘lanishi 

Boshqa talablarni ko‘rsating:

Ushbu bilan shuni ma’lum qilamanki, mazkur loyihaning konsepsiyasi shaklida keltirilgan ma’lumotlar va taqdim etilgan tasdiqlovchi barcha hujjatlar haqiqiy, to‘g‘ri hamda yirik qarzdor boshqaruv organi (kuzatuv kengashi aksiyadorlar, ta’sischilar umumiy yig‘ilishi, muassis) / tijorat banki vakolatli organi (bank kengashi, bank boshqaruvi) tomonidan ma’qullangan.

Yirik qarzdor / Tijorat banki

Birinchi rahbar)

(F.I.O., imzo, muhr)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Ishchi organ arizani 5 ish kunida ko‘rib chiqib, hujjatlar to‘liq bo‘lmaganda yoki qo‘shimcha hujjatlarni o‘rganish talab etilganda, bu to‘g‘risida 2 ish kuni ichida mas’ul tashkilotni xabardor qiladi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2025-y., 09/25/670/0979-son)