15.10.2025 yildagi PQ-303-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Zargarlik sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zargarlik sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga har tomonlama ko‘maklashish hamda aholining yuqori sifatli mahalliy zargarlik buyumlariga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi PQ-452-son qarorining 2-bandiga muvofiq qimmatbaho metallarni birja savdolari hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar orqali sotishda beriladigan chegirmalarning amal qilish muddati 2029-yil 1-fevralga qadar uzaytirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, 2026-yil 1-fevraldan boshlab ushbu qarorning 1-bandida nazarda tutilgan chegirmalardan foydalanadigan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining ro‘yxatini shakllantirishda quyidagi qo‘shimcha mezonlar inobatga olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) yaratilgan yangi ish o‘rinlariga ishga qabul qilingan zargarlar (MXSK — 08 bo‘yicha kodi — 7313) bilan belgilangan tartibda mehnat shartnomasi tuzilgani va ularga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining to‘rt baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda ish haqi hisoblangani hamda ushbu holat soliq organlari tomonidan tasdiqlangani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) zargarlik markazlarida kamida bir oy davomida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyekti bo‘lishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Markaziy bank hamda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi bilan birgalikda birja savdolari va to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida oltin sotish hajmlarini oshirish choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Iqtisodiyot va moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 15-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-303-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.10.2025-y., 07/25/303/0940-son)