23.12.2022 yildagi PQ-452-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va mahalliy zargarlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda zargarlik sanʼati anʼanalarini qayta tiklash, mahalliy zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish, ularning ichki va tashqi bozorda raqobatbardoshligini taʼminlash, shuningdek, aholining sifatli zargarlik mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, mamlakatimizda zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, xom ashyo xaridi, ishlab chiqarilgan mahsulot savdosining katta qismi yashirin tarzda amalga oshirilmoqda va tashkil etilgan yangi ishlab chiqarish quvvatlari toʻlaqonli faoliyat koʻrsatmayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zargarlik sohasini mahalliy sanoatning asosiy drayverlaridan biriga aylantirish, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish faoliyati hamda savdosini qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining xom ashyoga boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-fevraldagi “Zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4998-son qaroriga muvofiq zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallarni tovar-xom ashyo birjasi orqali 15 foizlik avans toʻlovini amalga oshirgan holda kechiktirib toʻlash sharti bilan sotish tartibi joriy etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatbaho metallarni tovar-xom ashyo birjasi orqali kechiktirib toʻlash sharti bilan sotish tartibining amal qilish muddati 2026-yil 1-yanvarga qadar uzaytirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 1-fevraldan boshlab shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq qimmatbaho metallarni tovar-xom ashyo birjasi orqali kechiktirib toʻlash sharti bilan sotganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotib olingan qimmatbaho metallar uchun toʻlov majburiyatlarini “Oʻzmilliybank” AJning kafolati bilan bir qatorda boshqa banklarning kafolatlari hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligining kafilligi bilan ham taʼminlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank kafolatini zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga ham berishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov majburiyatlarini taʼminlash maqsadida beriladigan bank kafolati boʻyicha xizmat haqini taraflarning kelishuviga asosan qatʼiy miqdordagi summada belgilashga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasining 2026-yil 1-fevralga qadar “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan qimmatbaho metallarni birja savdolari hamda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar orqali sotishda zargarlik sohasida 75 dan 125 tagacha ish oʻrinlarini yaratgan tadbirkorlik subyektlariga — London qimmatbaho metallar bozori uyushmasining ertalabki fiksing narxining 1 foizi miqdorida, 125 dan 200 tagacha ish oʻrinlarini yaratganlarga — 2 foizi miqdorida, 200 dan 300 tagacha ish oʻrinlarini yaratganlarga — 3 foizi miqdorida, 300 ta va undan ortiq ish oʻrinlarini yaratganlarga — 4 foizi miqdorida chegirma berish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-iyuldagi PF-104-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2024-y., 06/24/104/0551-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatini va ular tomonidan yaratilgan zargarlik sohasidagi ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ va “Toshkent tovar xomashyo birjasi” AJga kiritsin va zarur hollarda ularni yangilab borsin.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/108/0579-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, ushbu chegirmalardan foydalanadigan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining roʻyxati quyidagi mezonlarni inobatga olgan holda shakllantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan yaratilgan ish oʻrinlari soni.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-iyuldagi PF-104-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2024-y., 06/24/104/0551-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yaratilgan ish oʻrinlariga ishga qabul qilingan xodimlar bilan belgilangan tartibda mehnat shartnomasi tuzilganligi, ularga kamida olti oy davomida mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining bir baravaridan kam boʻlmagan miqdorda ish haqi hisoblanganligi hamda ushbu holat soliq organlari tomonidan tasdiqlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarida yuqori qoʻshilgan qiymatli zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnika bazasi, uskunalar va boshqa texnika vositalari, shuningdek, zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish boʻyicha belgilangan talablarga javob beradigan ishlab chiqarish maydonlari va sharoitlarining mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Qimmatbaho metallarni birja savdolarida sotishda chegirmalar berish uchun zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatini shakllantirish va yuritish tartibini tasdiqlasin.
(2-band Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-fevraldagi PQ-85-son qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 07/24/85/0148-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarning xom ashyoga boʻlgan ehtiyojini qoplash va faoliyati uzluksizligini taʼminlash maqsadida 2023-yil 1-fevraldan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tijorat banklariga zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga kreditlar hamda bank kafolatlarini revolver tarzda taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan tovar-xom ashyo birjasi orqali 100 foiz oldindan toʻlov yoki kechiktirib toʻlash sharti bilan sotib olingan qimmatbaho metallarni “Oʻzmilliybank” AJ orqali yetkazib berish va tovar yukxatlari asosida ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzmilliybank” AJning Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Fargʻona viloyatlari hamda Toshkent shahridagi mintaqaviy filiallari omborxonalarida zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar uchun qulay boʻlgan shakl va miqdorlarda qimmatbaho metallar zaxiralarini yaratish tavsiya etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2024-yil 1-noyabrdan boshlab quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rezident va norezident jismoniy shaxslarga ogʻirligi 200 grammgacha boʻlgan kumushdan hamda 65 grammgacha boʻlgan oltin va boshqa qimmatbaho metallardan yasalgan tayyor zargarlik buyumlarini yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirmasdan, ushbu miqdorlardan ortiq boʻlgan buyumlarini yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga tayyor zargarlik buyumlarini yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirgan holda, maʼlumotlarni Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritmasdan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga tijorat maqsadlarida olib chiqishga ruxsat etilsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-iyuldagi PF-104-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2024-y., 06/24/104/0551-son — 2024-yil 1-noyabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2023-yil 1-fevraldan boshlab affinaj korxonalari va zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar quyidagi hollarda maxsus turdagi tovarlarni eksport va import qilish uchun litsenziya olish majburiyatidan ozod etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallarni va tarkibida qimmatbaho metallari mavjud boʻlgan xom ashyoni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan qimmatbaho metallar va tarkibida qimmatbaho metallari mavjud boʻlgan xom ashyoni qayta ishlash mahsulotlarini Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2026-yil 1-yanvarga qadar marvarid, olmos, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarga (TIF TN ning 7101 — 7104 pozitsiyalari) import bojxona bojlari 0 foiz etib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Savdo-sanoat palatasi Bojxona qoʻmitasi hamda “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi bilan birgalikda Oʻzbekistonda tashkil qilinadigan xalqaro zargarlik koʻrgazma-savdolari ishtirokchilarining vaqtincha olib kiradigan tovarlarini ularning xohishiga koʻra, Vaqtincha olib kirish toʻgʻrisidagi konvensiya (1990-yil 26-iyun, Istanbul) talablariga muvofiq A.T.A. karnetlari asosida rasmiylashtirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Fargʻona viloyatlari va Toshkent shahar hokimliklari hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining hududlardagi “Ishga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga oʻqitish markazlarida xorijiy davlatlardan (Italiya, Turkiya va boshqalar) malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda, zargarlik ishi yoʻnalishi boʻyicha mutaxassislarni tayyorlashga oid maxsus oʻquv kurslarini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, maxsus oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, tegishli sertifikatni olgan shaxslarga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida zargarlik buyumlari ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan jihozlar va asbob-uskunalarni sotib olish maqsadlari uchun oʻrnatilgan tartibda 50 million soʻmgacha imtiyozli kreditlar ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi zargarlik buyumlari ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan jihozlar va asbob-uskunalarni lizing asosida berishni yoʻlga qoʻysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Fargʻona viloyatlari hamda Toshkent shahar hokimliklarining uyushmagan holda faoliyat yuritayotgan zargarlar ishini tizimli tashkil qilish maqsadida 2023-yil yakuniga qadar Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Termiz, Qoʻqon va Toshkent shaharlarida zargarlik yoʻnalishidagi savdo va ishlab chiqarish majmualarini (keyingi oʻrinlarda — majmualar), shu jumladan kooperatsiya usulida tashkil qilish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Termiz, Qoʻqon va Toshkent shaharlarida majmualar faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2023-yil 1-martga qadar davlat mulkidagi bino va inshootlarni tanlasin, ularni lotlar (qismlar va xonalar)ga boʻlsin hamda ijaraga berishdan oldin mahalliy budjetning qoʻshimcha daromadlari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan taʼmirlash hamda rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2023-yil 1-sentabrga qadar belgilangan tartibda “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Termiz va Qoʻqon shaharlarida joylashgan davlat mulkidagi bino va inshootlarni lotlar (qismlar va xonalar)ga boʻlgan holda keyinchalik zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga ijaraga berish uchun elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasida zargarlik tarmogʻini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5721-son Farmoniga asosan “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasiga bepul foydalanish uchun berilgan “2-Zargarlik korxonasi” davlat korxonasi bino va inshootlarini lotlar (qismlar va xonalarga)ga boʻlgan holda keyinchalik zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga belgilangan tartibda xususiylashtirib berish uchun ommaviy savdolarga chiqarilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, onlayn-auksion va ommaviy savdolarga chiqariladigan obyektlardan kelgusida foydalanish shartlari sifatida ularda zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, taʼmirlash hamda mazkur buyumlarning chakana savdosini amalga oshirish belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ bilan birgalikda ikki oy muddatda tovar-xom ashyo birjasi orqali qalay mahsulotlari sotuvini yoʻlga qoʻyish imkoniyatlarini oʻrgansin va natijasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflarni kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Tashqi ishlar vazirligi, “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi hamda “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zargarlik sanoatini rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish, milliy zargarlik brendini jahon bozoriga olib chiqish maqsadida xorijiy konsalting kompaniyalarini jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotni chet el xaridorining manziligacha yetkazib berish xizmatlarini koʻrsatadigan kompaniyalarni Oʻzbekistonga jalb qilish, ushbu tashkilotlarga qulay investitsiyaviy muhit yaratish boʻyicha qonunchilik hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarning xalqaro koʻrgazmalarda ishtirok etishi bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari koʻmagida Oʻzbekiston zargarlik sanoati salohiyatini ilgari surish, shu jumladan mamlakatimizda yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlarga bagʻishlangan taqdimotlar oʻtkazish orqali xorijiy investorlarni jalb qilish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Iqtisodiyot va moliya vazirligi uch oy muddatda Namangan shahrida Davlat asillik darajasini belgilash palatasining qimmatbaho metallar va zargarlik buyumlarini tahlil qilish hamda ularning asillik darajasini belgilash faoliyati bilan shugʻullanadigan hududiy filialini tashkil qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. 2023-2024-yillarda zargarlik sanoatining ishlab chiqarish quvvatlaridan toʻlaqonli foydalanish va eksport salohiyatini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri hamda Markaziy bank raisi M.B. Nurmuratov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosi uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 23-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-452-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi PQ-452-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-2024-yillarda zargarlik sanoatining ishlab chiqarish quvvatlaridan toʻlaqonli foydalanish va eksport salohiyatini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarning qimmatbaho metallarga boʻlgan talabini qondirish va zargarlik buyumlari eksporti hajmini oshirish

1.

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarning talablari asosida hududlarni yetarlicha miqdorda qimmatbaho metallar xom ashyosi bilan taʼminlash.

1. Tovar-xom ashyo birjasi orqali kechiktirib toʻlash sharti bilan sotib olingan qimmatbaho metallarni zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga “Oʻzmilliybank” AJning mintaqaviy filiallariorqali yetkazib berish va tovar yukxatlari asosida ajratish.

2023-yil 1-fevral

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ (keyingi oʻrinlarda — “OKMK” AJ), “Oʻzmilliybank” AJ

2. “Oʻzmilliybank” AJning Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Fargʻona viloyatlari hamda Toshkent shahridagi mintaqaviy filiallari omborxonalarida qimmatbaho metallarning yetarlicha zaxirasini tashkil qilish.

2023-yil 1-fevraldan boshlab doimiy

“OKMK” AJ, “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi, “Oʻzmilliybank” AJ

3. Hududlarda, shu jumladan zargarlik savdo markazlarida qimmatbaho metallardan tayyorlangan oʻlchovli yombilar sotuvini tashkil etish.

2023-yil 1-mart

“OKMK” AJ, Markaziy bank, tijorat banklari

2.

Zargarlik buyumlarini xorijga olib chiqish tartibini soddalashtirish.

Qonunchilik hujjatlariga jismoniy shaxslar tomonidan tayyor zargarlik buyumlariniOʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqish tartibini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritish.

Bunda, qonunchilik hujjatlarida rezident va norezident jismoniy shaxslarga qiymati 100 million soʻmgacha boʻlgan tayyor zargarlik buyumlarini yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirmasdan, 100 million soʻm va undan ortiq boʻlganlarini yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsat berishni nazarda tutish.

2023-yil 1-fevral

Bojxona qoʻmitasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi, Markaziy bank, Adliya vazirligi

3.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan zargarlik buyumlari eksport qilinishi uchun qulay sharoitlar yaratish.

1. Qonunchilik hujjatlariga zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan tayyor zargarlik buyumlariniOʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqish tartibini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritish.

Bunda, qonunchilik hujjatlarida zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga zargarlik buyumlarini yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirgan holda, maʼlumotlarni Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritmasdan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga tijorat maqsadlarida olib chiqishga ruxsat berishni nazarda tutish.

2023-yil 1-fevral

Bojxona qoʻmitasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi, Markaziy bank, Adliya vazirligi

2. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 283-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil 1-mart

4.

Oltindan ishlab chiqarilgan zargarlik buyumlari eksportini kengaytirish.

Oʻzbekistondagi zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga oltindan ishlab chiqarilgan zargarlik buyumlarini eksport qilishda “GSP” imtiyozlaridan toʻlaqonli foydalanish uchun zarur sharoitlar yaratish masalasida vakolatli xorijiy tashkilotlar bilan muzokaralar oʻtkazish.

2023-yil 1-iyul

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Bojxona qoʻmitasi

5.

Qimmatbaho metallarni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirish va olib chiqish bilan bogʻliq boʻlgan litsenziya talablarini soddalashtirish.

Qonunchilik hujjatlariga affinaj korxonalari va zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan qimmatbaho metallarni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirish va olib chiqish bilan bogʻliq boʻlgan litsenziya talablarini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritish.

Bunda, affinaj korxonalari va zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarni:

qimmatbaho metallarni va tarkibida qimmatbaho metallari mavjud boʻlgan xom ashyoni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirishda;

bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan qimmatbaho metallar va tarkibida qimmatbaho metallari mavjud boʻlgan xom ashyoning qayta ishlash mahsulotlarini Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqishda litsenziya olishdan ozod etishni nazarda tutish.

2023-yil 1-fevral

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Bojxona qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi, “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi

6.

Xalqaro zargarlik koʻrgazma-savdolar ishtirokchilariga qulay shart-sharoitlar yaratish.

1. Oʻzbekistonda tashkil qilinadigan xalqaro zargarlik koʻrgazma-savdolari ishtirokchilarining vaqtincha olib kiradigan tovarlarini ularning xohishiga koʻra, Vaqtincha olib kirish toʻgʻrisidagi konvensiya (1990-yil 26-iyun, Istanbul) talablariga muvofiq A.T.A karnetlari asosida rasmiylashtirish.

2. Xalqaro zargarlik koʻrgazma-savdolarida ishtirok etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan vaqtincha olib chiqiladigan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlar uchun A.T.A karnetlari rasmiylashtirilishi va bojxona toʻlovlari toʻlanishini kafolatlash.

Talabga muvofiq

Savdo-sanoat palatasi, Bojxona qoʻmitasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi

7.

Mahalliy zargarlarning xalqaro zargarlik koʻrgazmalarida ishtirok etishini qoʻllab-quvvatlash.

1. Zargarlik sanoatini rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish, milliy zargarlik brendini jahon bozoriga olib chiqish maqsadida xorijiy konsalting kompaniyalarini jalb qilish.

2. Mahsulotni chet el xaridorining manziligacha yetkazib berish xizmatlarini koʻrsatadigan kompaniyalarni Oʻzbekistonga jalb qilish, ushbu tashkilotlarga qulay investitsion muhit yaratish boʻyicha qonunchilik hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish.

3. Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarning xalqaro koʻrgazmalarda ishtirok etishi bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish.

4. Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari koʻmagida Oʻzbekiston zargarlik sanoati salohiyatini ilgari surish, shu jumladan mamlakatimizda yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlarga bagʻishlangan taqdimotlarni oʻtkazish orqali xorijiy investorlarni jalb qilish.

2023-yil 1-fevraldan boshlab doimiy

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi

II. Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanish istagidagi tadbirkorlarning salohiyatini oshirish va ularni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash

8.

Zargarlik sanoatida mutaxassislarni tayyorlash va ularga tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishda koʻmaklashish.

1. Toshkent shahri, Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Fargʻona viloyatlaridagi “Ishga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga oʻqitish markazlarida zargarlik ishi yoʻnalishi boʻyicha mutaxassislar tayyorlashga oid maxsus oʻquv kurslarini (keyingi oʻrinlarda — maxsus oʻquv kurslar) tashkil etish.

2023-yil 1-mart

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasining Italiya va Turkiyadagi elchixonalari, Ichki ishlar vazirligi, “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi, Toshkent shahar, Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Fargʻona viloyatlari hokimliklari

2. Maxsus oʻquv kurslariga zargarlik sanoati rivojlangan (Italiya, Turkiya va boshqalar) xorijiy davlatlardan malakali mutaxassislarni jalb qilish.

2023-yil davomida

3. Maxsus oʻquv kursi tinglovchilarini zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, taʼmirlash, ularning dizaynini yaratish va mijozlarga xizmat koʻrsatish koʻnikmalariga oʻrgatish.

Doimiy

4. Xorijdan jalb qilingan mutaxassislar va ularning oila aʼzolariga viza olish hamda yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi bilan bogʻliq masalalarda koʻmaklashish.

Doimiy

9.

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan jihozlar va asbob-uskunalarni sotib olish imkoniyatlarini kengaytirish.

1. Maxsus oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, tegishli sertifikatni olgan shaxslarga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan jihozlar va asbob-uskunalar sotib olish maqsadida belgilangan tartibda 50 million soʻmgacha imtiyozli kreditlar ajratishni yoʻlga qoʻyish.

2023-2024-yillar

Markaziy bank, vakolatli tijorat banklari

2. Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan jihozlar va asbob-uskunalarni lizing asosida berishni yoʻlga qoʻyish.

2023-2024-yillar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi

10.

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarning qimmatbaho metallarni tovar-xom ashyo birjasi orqali kechiktirib toʻlash sharti bilan sotib olishimkoniyatlarini kengaytirish.

1. Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilargaularningqimmatbaho metallarga boʻlgan talabini qondirish uchun qonunchilikda nazarda tutilgan imkoniyatlarni tushuntirish boʻyicha intensiv oʻquv seminarlar hamda targʻibot-tashviqot tadbirlarining media-rejasini tuzish. Bunda, media-rejada quyidagilarni nazarda tutish:

kechiktirib toʻlash sharti bilan sotilgan qimmatbaho metallar uchun toʻlov majburiyatlari barcha banklarning kafolatlari, shuningdek, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligining kafilligi bilan taʼminlanishi mumkinligini;

toʻlov majburiyatlarini taʼminlash maqsadida beriladigan bank kafolati zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga ham berilishini;

toʻlov majburiyatlarini taʼminlash maqsadida beriladigan bank kafolati va kafillik boʻyicha xizmat haqini qatʼiy miqdordagi summada belgilash mumkinligini;

hududlarda zargarlar uchun yaratilgan xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlarning zaxiralari hamda ulardan foydalanish tartibini;

zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan banklarda kreditlar hamda bank kafolatlarini revolver tarzda olish imkoniyati mavjudligini nazarda tutish.

2023-yil 1-fevral

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Respublika tovar-xom ashyo birjasi, Eksportni rivojlantirish agentligi, tijorat banklari, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

2. Tasdiqlangan media-rejaga asosan intensiv oʻquv seminarlar hamda targʻibot-tashviqot tadbirlarini oʻtkazish.

Media-rejaga muvofiq

III. Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish va sotishni tizimli tashkil etish

11.

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarning uyushgan holda faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlar yaratish.

1. Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Termiz va Qoʻqon shaharlarida keyinchalik zargarlik yoʻnalishidagi savdo va ishlab chiqarish majmualar (keyingi oʻrinlarda — majmualar) faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun davlat mulkidagi bino va inshootlarni tanlash hamda ularni ijaraga berishdan oldin mahalliy budjetning qoʻshimcha daromadlari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan taʼmirlash hamda rekonstruksiya qilish.

2023-yil 1-mart

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Fargʻona viloyatlari hokimliklari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi

2. Majmualar tashkil qilinadigan bino va inshootlarni lotlar (qismlar)ga boʻlgan holda ijaraga berish uchun “E-auksion” elektron savdo platformasiga joylashtirish.

2023-yil 1-sentabr

3. “E-auksion” elektron savdo platformasida oʻtkazilgan auksion savdolarida gʻolib boʻlgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar bilan ijara shartnomasini tuzish.

Bunda, shartnomada auksion gʻolibi tomonidan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish va taʼmirlash, ishlab chiqarilgan zargarlik buyumlarining chakana savdosini tashkil qilish kabi vazifalar bajarilishini nazarda tutish.

2023-yil 1-noyabr

12.

“2-Zargarlik korxonasi” davlat korxonasi bino va inshootlarini lotlar (qismlar)ga boʻlgan holda ommaviy savdolarga chiqarish.

1. “2-Zargarlik korxonasi” davlat korxonasi bino va inshootlarini (keyingi oʻrinlarda — bino va inshootlar) lotlar (qismlar)ga boʻlgan holda “E-auksion” elektron savdo platformasida ommaviy savdolarga chiqarish.

Bunda, ommaviy savdolarga chiqariladigan bino va inshootlardan kelgusida foydalanish shartlari sifatida — ularda zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, taʼmirlash hamda chakana savdosini amalga oshirishni belgilash.

2023-yil 1-sentabr

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Kadastr agentligi, Toshkent shahar hokimligi, “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi

2. “E-auksion” elektron savdo platformasida ommaviy savdolarni belgilangan tartibda oʻtkazish.

2023-yil 1-oktabr

3. Ommaviy savdolar natijalariga koʻra bino va inshootlarni xususiylashtirish boʻyicha barcha hujjatlarni rasmiylashtirish.

2023-yil 1-noyabr

13.

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan rangli metallar xom ashyosini sotish tartibini takomillashtirish.

1. Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga qalay mahsulotini tovar-xom ashyo birjasi orqali sotishni yoʻlga qoʻyish yuzasidan oʻrganish oʻtkazish.

2023-yil 1-fevral

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Respublika tovar-xom ashyo birjasi

2. Oʻrganish natijalari va ichki talabdan kelib chiqib, qalay mahsulotini tovar-xom ashyo birjasi orqali sotishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil 1-mart

14.

Davlat asillik darajasini belgilash palatasining hududiy filiallari tarmogʻini kengaytirish.

1. Namangan shahrida Davlat asillik darajasini belgilash palatasining hududiy filialini tashkil qilish.

2023-yil 1 aprel

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Davlat asillik darajasini belgilash palatasi, Namangan viloyati hokimligi

2. Davlat asillik darajasini belgilash palatasi Namangan shahar hududiy filialining faoliyati natijalaridan kelib chiqib, boshqa hududlarda ham palataning filiallarini ochish boʻyicha taklif kiritish.

2024-yil 1-yanvar

15.

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishda ishlov berilmagan qimmatbaho toshlardan foydalanishni kengaytirish.

Oʻzbekiston Respublikasining ishlov berilmagan qimmatbaho toshlar bilan ishlashni tartibga soluvchi xalqaro umumeʼtirof qilingan meʼyorlar (Kimberli jarayonining sertifikatlashtirish sxemasi)ga qoʻshilish ishlarini jadallashtirish.

2023-yil 1-aprel

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi

16.

Qimmatbaho metallarni birja savdolarida sotishda chegirma berish tartibini joriy qilish.

Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 23-avgustdagi “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Bunda, qonun loyihasida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan qimmatbaho metallarni birja savdolarida sotishda zargarlik sohasida 100 dan 300 tagacha ish oʻrinlarini yaratgan tadbirkorlik subyektlariga — London qimmatbaho metallar bozori uyushmasining ertalabki fiksing narxining 1 foizi miqdorida, 300 dan 500 tagacha ish oʻrinlarini yaratganlarga — 2 foizi miqdorida, 500 dan 1000 tagacha ish oʻrinlarini yaratganlarga — 3 foizi miqdorida, 1 000 ta va undan ortiq ish oʻrinlari yaratganlarga — 4 foizi miqdorida chegirma berish tartibini joriy etishni nazarda tutish.

2023-yil 1-fevral

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi, Respublika tovar-xom ashyo birjasi

17.

Qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilish.

Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Bunda, qonun loyihasida qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilishni nazarda tutish.

2023-yil 1-mart

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Bojxona qoʻmitasi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi PQ-452-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3818-son qaroriga 1-ilovaning rus tilidagi matnida izohdagi “do 1-marta 2023 goda” soʻzlari “do 1-yanvarya 2026 goda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-fevraldagi “Zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4998-son qarorining 1-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidagi “2023-yil 1-martga” soʻzlari “2026-yil 1-martga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi va oltinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar tovar-xom ashyo birjasi orqali 180 kunga kechiktirib toʻlash sharti bilan olingan qimmatbaho metallar uchun toʻlovni taʼminlash maqsadida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ bilan kelishilgan holda bank kafolatini yoki Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligining kafilligini taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank yoki Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tovar-xom ashyo birjasi orqali 180 kunga kechiktirib toʻlash sharti bilan sotilgan qimmatbaho metallar uchun bank kafolatini (kafillikni) shartnoma summasining 85 foizigacha (85 foizi ham kiradi) miqdorda yillik 2 foizgacha komissiya undirgan holda taqdim etadi. Bunda, toʻlov majburiyatlarini taʼminlash maqsadida beriladigan bank kafolati va kafillik boʻyicha xizmat haqini taraflarning kelishuviga asosan qatʼiy miqdorlarda belgilashga ruxsat etiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi zargarlik sanoatining zamonaviy uskuna, texnologiyalari va zargarlik buyumlari “Uzbek Jewellery Fair-2020” birinchi xalqaro koʻrgazma-savdosini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 17-son qarori 5-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“koʻrgazma doirasida respublika hududiga olib kiriladigan tovarlarning roʻyxati shakllantirilishini va ushbu roʻyxatda ularning nomi, oʻlchov birligi, qiymati, TIF TN kodi hamda olib kiruvchining rekvizitlari koʻrsatilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatda koʻrsatilgan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirish va olib chiqishda identifikatsiya qilinishini”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi va uchinchi xatboshilar tegishincha toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2023-y., 07/23/452/0015-son; 26.02.2024-y., 07/24/85/0148-son; 25.07.2024-y., 06/24/104/0551-son; 10.06.2026-y., 06/26/108/0579-son)