Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.03.2021 03.08.2000 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 953
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.03.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi
Markaziy banki

Boshqaruvi tomonidan

2000-yil 15-iyulda
476-son bilan

“TASDIQLANGAN”

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida faktoring operatsiyalarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 3-avgustda 953-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur nizom Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 29-martdagi 8-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3293, 31.03.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 313 — 323 va 749 — 758-moddalariga, “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”, “Tashqi iqtisodiy faoliyat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 20-apreldagi “Eksport-import operatsiyalari boʻyicha valyuta nazoratini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-837-son, 2000-yil 2-iyundagi “Jamiyatning siyosiy, iqtisodiy va maʼnaviy sohalarida islohotlarni erkinlashtirish va chuqurlashtirish, mamlakat xavfsizligini taʼminlash dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-2612-son farmonlariga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.2. Mazkur Nizom toʻlov katta qismini darhol kompensatsiyalash, qarzlar toʻliq soʻndirilishini kafolatlash, hisobvaraqlarni yuritish xarajatlarini pasaytirish (faktoring) imkoniyati bilan uchinchi shaxslardan pul talab qilish huquqini bergan holda bank tomonidan oʻz mijozlarini moliyalashga doir operatsiyalarni oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.3. Faktoring — xoʻjalik yurituvchi subyektlar — yetkazib beruvchilarni (matn davomida — mijoz) moliyalashga doir bank xizmatlarining bir turi boʻlib, bunda ular bank — moliyaviy agentga yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar yoki koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovchilar (matn davomida — toʻlovchi) tomonidan akseptlangan, lekin toʻlov talabnomalari boʻyicha haqi toʻlanmagan toʻlovni, regress huquqisiz, olish huquqini beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.4. Banklar faktoring operatsiyalarini ularning talab qilib olingungacha asosiy depozit hisobvaraqlari joylashgan erdagi mijozlar bilan shartnomalar asosida amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.5. Faktoring xizmatlarini koʻrsatish asosida toʻlovchi tomonidan moliya agentiga pul talabini bajarish muddatlari 90 kundan oshmasligi kerak. Banklar toʻlovchilardan qarzni undirish boʻyicha ushbu muddatda toʻlanmagan majburiyatlarga doir choralarni qonunlarda belgilangan tartibda koʻrishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.6. Faktoring operatsiyalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet tashkilotlariga taqdim etiladigan talablar boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslarning qarz majburiyatlari boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlovga noqobil deb eʼlon qilingan korxonalarning majburiyatlari boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarar koʻrib ishlaydigan korxonalar boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapital qoʻyilmalarni moliyalash boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksportga oid konsignatsiya kontraktlari boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompensatsiya va barter bitimlari boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishga bosqichma-bosqich yoki boʻnak bilan haq toʻlash boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlovchi shartnomada shartlangan vaqt mobaynida, shuningdek, sotish xizmati koʻrsatilganidan keyin mahsulotni qaytarish huquqiga ega boʻlgan oldi-sotdi shartnomalari boʻyicha amalga oshirilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.7. Faktoring operatsiyasini oʻtkazish chogʻida bank pul mablagʻlarini ular haqini toʻlash huquqi faktoring shartnomasida koʻrsatilgan summada bankka taqdim etilgan toʻlov talabnomalari boʻyicha mijozning talab qilib olingungacha asosiy depozit hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.8. Bank tomonidan oʻtkazilgan summa bilan shartnoma boʻyicha toʻlov talabnomasi summasi oʻrtasidagi farq bank diskontini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.9. Toʻlovchida muddati oʻtgan kreditorlik qarzining yoʻqligi faktoring xizmatlarini koʻrsatishning majburiy sharti hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.10. Agar shartnomada boshqa narsa koʻzda tutilmagan boʻlsa, bank tomonidan pul talabi huquqining keyin berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. ShARTNOMA TUZISh TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1. Mijoz shartnoma tuzilgunga qadar bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan va toʻlovchi tomonidan imzolangan oldi-sotdi, ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatish shartnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy boyliklar berilgani, ishlar bajarilgani va xizmatlar koʻrsatilganini tasdiqlaydigan hujjatlar (tovar-transport yukxatlari, ishonchnomalarning koʻchirma nusxalari, ishlarni qabul qilish dalolatnomalari va hokazo);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlovchi tomonidan boshqa banklarda ochilgan hisobvaraqlar roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlovchining tegishli davlat soliq inspeksiyasiga taqdim etilgan, soʻnggi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), shuningdek 90 kundan oshgan qarzdorlik boʻyicha solishtirish dalolatnomalari, moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot (2-son shakl) — yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyat yuritayotgan dehqon xoʻjaliklari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2. Bankning mijoz bilan faktoring xizmati koʻrsatishga doir shartnomasida quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ularga nisbatan pul talabining berilishi amalga oshirilayotgan xaridorlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
berilayotgan talablarning umumiy summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diskont summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomaning amal qilish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflar tomonidan shartnoma shartlari buzilgani uchun daʼvolarni bayon etish muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma shartlari buzilgani uchun taraflarning masʼuliyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomani bekor qilish shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shartlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.3. Faktoring xizmatlarini koʻrsatish shartnomasini tuzish chogʻida mijoz va bank-moliyaviy agent toʻlovchini ushbu bitim toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.4. Toʻlovni amalga oshirish uchun toʻlovchining talab qilib olingungacha asosiy depozit hisobvaragʻida mablagʻlar yetishmagan taqdirda toʻlovchining banki bank — moliyaviy agentga toʻlov talabnomasining 2-son kartotekaga qabul qilinganini maʼlum etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.5. Shartnoma:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflarning oʻzaro kelishuviga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank shartnoma shartlarini buzgan taqdirda yetkazib beruvchining tashabbusiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetkazib beruvchi shartnoma shartlarini buzgan taqdirda bankning tashabbusiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shartlarga binoan bekor qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda taraflar shartnomaning amal qilishini shartnomada belgilangan muddatlarda bekor qilish toʻgʻrisida bir-birlarini yozma ravishda xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.6. Shartnoma bir taraf tomonidan bekor qilingan taqdirda oʻzaro daʼvolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN EKSPORT OPERATSIYALARI BOʻYIChA XORIJIY VALYUTADA FAKTORING XIZMATLARI KOʻRSATILIShI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1. Eksport mahsulotlari boʻyicha faktoring xizmatlarini tijorat banklari xorijiy valyutada talab qilib olingungacha depozit hisobvaragʻi boʻlgan, faqat oʻzlari xizmat koʻrsatadigan korxona va tashkilotlarga koʻrsatadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2. Ular tomonidan faktoring xizmatlari koʻrsatilishi chogʻida bank daromadlari deganda xorijiy valyutada toʻlov hujjatining nominal qiymati bilan uning shartnomaga muvofiq bankka berilish summasi oʻrtasidagi farq boʻlgan diskont tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.3. Etkazib beruvchi tegishli xorijiy sherik bilan tuzgan, ilgari Tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron axborot tizimiga kiritilgan eksport kontraktlari boʻyicha yetkazib beruvchi korxonada muddati oʻtgan debitorlik qarzining yoʻqligi eksport operatsiyalari boʻyicha faktoring xizmatlari koʻrsatilishining majburiy sharti hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.4. Tijorat banklari faqat belgilangan tartibda Tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron axborot tizimiga kiritilgan eksport kontraktlari boʻyicha va xorijiy korrespondent banklarning bank kafolatlari olingan yoki mazkur kontraktlar boʻyicha ochiq chaqirib olinmaydigan akkreditivlar summasidan oshmaydigan summada faktoring xizmatlarini koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.5. Tijorat banki eksport kontraktlari boʻyicha faktoring operatsiyasini oʻtkazish chogʻida mijozning talab qilib olinguncha tranzit depozit hisobvaragʻiga xorijiy valyutadagi mablagʻlarni, shartnomada kelishilgan diskont summasini chegirgan holda, yetkazib beruvchi tomonidan boshqa shaxs foydasiga voz kechilayotgan summada oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.6. Pul talabi huquqini berish toʻgʻrisidagi shartnoma imzolanganidan keyin mijoz bu xususda xorijiy kontragent va uning kafili (kafolatchisi) ni xabardor qilishi va ushbu toʻlov hujjatlari boʻyicha toʻlovni amalga oshirish uchun ularga bank — moliyaviy agentning bank rekvizitlarini maʼlum etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar toʻlash shakli sifatida akkreditiv qabul qilinsa, bu holda mijoz bank — moliyaviy agent foydasiga akkreditivni qayta rasmiylashtirish amalini oʻz vaqtida amalga oshirishi, soʻngra bankni qayta rasmiylashtirish holatidan xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.7. Mazkur Nizomning 1.9, 1.10, 2.3, 2.4, 2.6 va 4.6-bandlari amal qilishi eksport operatsiyalariga doir faktoring xizmatlariga tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. BANKLARNING FAKTORING OPERATSIYALARI BOʻYIChA HISOBI VA KEYINGI NAZORATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1. Faktoring operatsiyalari hisobi “Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi xisobvaraqlar rejasi”ga (2004-yil 13-avgust, roʻyxat raqami 773-17) muvofiq yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.2. Faktoring operatsiyalari boʻyicha toʻlov hujjatlari hisobini yuritish uchun bank tomonidan kutilmagan holatlar hisobvaraqlarida 90966 — “Xarid qilingan debitorlik qarzlari — Faktoring” shaxsiy hisobvaragʻi ochiladi. Ushbu hisobvaraq debeti boʻyicha xarid qilingan debitorlik qarzlarining toʻliq summasi aks ettiriladi, kredit boʻyicha esa toʻlovchilar toʻliq soʻndirgan xarid qilingan debitorlik qarzlari hisobdan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.3. Taraflar tomonidan faktoring (pul talabini berish) toʻgʻrisidagi shartnoma imzolanganidan keyin bank-moliyaviy agent mablagʻlarni mijozning talab qilib olingungacha asosiy depozit hisobvaragʻiga, diskont summasini chegirgan holda, oʻtkazishni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mablagʻlarni mijozning talab qilib olingungacha asosiy depozit hisobvaragʻiga oʻtkazishni bank memorial-orderlar bilan amalga oshiradi, ular ikki nusxada rasmiylashtiriladi. Birinchi nusxa hisobvaraqlar boʻyicha buxgalteriya operatsiyalari amalga oshirilganidan keyin bankning kun hujjatlariga joylashtiriladi, ikkinchi nusxasi belgilangan tartibda mijozga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.4. Mijoz hisob-kitob hujjatlarini rasmiylashtirishga qoʻyiladigan barcha talablarga rioya etilishi, shuningdek, u tomonidan bankka berilgan pul talablari boʻyicha uning bank hisobvaragʻiga biror-bir sabablar bilan hisoblab yozilgan mablagʻlarni oʻz vaqtida oʻtkazish uchun (keyingi bank kunidan kechiktirmay) javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.5. Faktoring operatsiyalarida mijoz toʻlov talabnomasining yuqori qismida shtamp qoʻyishi yoki “Faktoring” deb yozib qoʻyishi va kredit boʻyicha bank-moliyaviy agent faktoring hisobvaragʻining raqamini koʻrsatishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.6. Faktoring operatsiyalariga xos boʻlgan yuqori darajadagi xatar munosabati bilan banklar har oyda Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (2015-yil 14-iyul, roʻyxat raqami 2696) muvofiq faktoring operatsiyalari sifatini tasniflashlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizomning amalga kiritilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 1999-yil 5-fevralda 621-son bilan tasdiqlagan “Tijorat banklari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida faktoring operatsiyalarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari T.G. GUSKOVA