08.10.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3685
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining qarori, 08.10.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3685
Кучга кириш санаси
08.10.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atom elektr stansiyasi blokining ekspluatatsiya muddatini uzaytirish boʻyicha asosiy talablarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 8-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3685]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-224-son “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Atom elektr stansiyasi blokining ekspluatatsiya muddatini uzaytirish boʻyicha asosiy talablar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi va Fanlar akademiyasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais A. RAFIQOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 2-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi prezidenti Sh. AYUPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 14-avgust
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atom energiyasi agentligi direktori A. AXMEDXADJAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 12-avgust
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 2-sentabrdagi 22-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atom elektr stansiyasi blokining ekspluatatsiya muddatini uzaytirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ASOSIY TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur asosiy talablar loyihalashtirilayotgan, barpo etilayotgan va foydalanilayotgan atom elektr stansiyasi blokining ekspluatatsiya muddatini uzaytirish boʻyicha talablarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu asosiy talablarda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom elektr stansiyasi bloki elementining qoldiq resursi — atom elektr stansiyasi bloki elementi resursining ekspluatatsiya boshlangan davrdagi holati bilan amalda foydalanilgan holati oʻrtasidagi farq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom elektr stansiyasi bloki elementining resursi — atom elektr stansiyasi bloki elementining ekspluatatsiya boshlangan davrdan to atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalarda belgilangan mustahkamligi yoki ishlash qobiliyati qaytarib boʻlmaydigan tarzda buzilishi yuzaga keladigan vaqtgacha boʻlgan jami ishlash vaqti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom elektr stansiyasi bloki elementlari resursini boshqarish dasturi — atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalarda nazarda tutilgan atom elektr stansiyasi bloki elementlari resursini boshqarish boʻyicha hujjatlar toʻplami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom elektr stansiyasi blokining belgilangan ekspluatatsiya muddati (bundan buyon matnda belgilangan ekspluatatsiya muddati deb yuritiladi) — atom elektr stansiyasi blokining atom elektr stansiyasi va reaktor qurilmasining loyihalarida belgilangan va asoslangan ekspluatatsiya muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom elektr stansiyasi blokining ekspluatatsiya muddatini uzaytirish — atom elektr stansiyasi blokini qoʻshimcha yoki takroriy qoʻshimcha ekspluatatsiya muddatida atom elektr stansiyasi blokini ekspluatatsiyaga tayyorlash boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom elektr stansiyasi blokining qoʻshimcha ekspluatatsiya muddati (bundan buyon matnda qoʻshimcha ekspluatatsiya muddati deb yuritiladi) — atom elektr stansiyasi blokining belgilangan ekspluatatsiya muddatidan ortiqcha ekspluatatsiya muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom elektr stansiyasi blokining takroriy qoʻshimcha ekspluatatsiya muddati (bundan buyon matnda takroriy qoʻshimcha ekspluatatsiya muddati deb yuritiladi) — atom elektr stansiyasi blokining avval uzaytirilgan ekspluatatsiya muddatidan keyingi qoʻshimcha ekspluatatsiya davri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom elektr stansiyasi blokining texnik holati — atom elektr stansiyasi bloki elementlarining atom elektr stansiyasi loyihalarida belgilangan funksiyalarini bajara olish yoki bajara olmasligini tavsiflovchi xususiyatlari yigʻindisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
himoya xususiyatlari — kabellar, elektrotexnik uskunalar va asboblarning funksional sifatlarini yoʻqotmagan holda mexanik, issiqlik va (yoki) radiatsiyaviy taʼsirlarga qarshilik koʻrsatish qobiliyatini tavsiflovchi parametrlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Atom elektr stansiyasini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot (bundan buyon matnda ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot deb yuritiladi) belgilangan yoki qoʻshimcha ekspluatatsiya muddati tugashidan kamida 5 yil oldin uning xavfsizligini baholashi, baholash natijalari boʻyicha atom elektr stansiyasi blokidan foydalanishni davom ettirish yoki uni foydalanishdan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atom elektr stansiyasi blokidan foydalanishni davom ettirish yoki uni foydalanishdan chiqarish toʻgʻrisidagi qaror atom elektr stansiyasi va reaktor qurilmasi loyihalarini ishlab chiquvchilar ishtirokida qabul qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilangan yoki qoʻshimcha ekspluatatsiya muddati tugagandan soʻng atom elektr stansiyasi blokidan foydalanishni davom ettirish toʻgʻrisidagi qaror ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan quyidagilar asosida qabul qilinishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom elektr stansiyasi blokining almashtirilmaydigan elementlari, shuningdek, qurilish konstruksiyalari, binolar, inshootlar va ularning asoslari holatining qoldiq resursini baholash natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom elektr stansiyasi bloki xavfsizligini baholash natijalari, shu jumladan xavfsizlikni davriy baholash natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom elektr stansiyasi blokini kompleks tekshirish natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avvalgi ekspluatatsiya davrida atom elektr stansiyasi joylashgan maydoncha tavsiflarining oʻzgarishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (shu jumladan, seysmiklikning oʻzgarishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspluatatsiya tajribasi tahlili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom elektr stansiyasi blokining atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalariga, shuningdek, xavfsizlikni baholash paytida amalda boʻlgan xavfsizlikni taʼminlashni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha ekspluatatsiya muddatida hosil boʻladigan ishlatib boʻlingan yadroviy yoqilgʻini vaqtincha saqlashda xavfsizlikni taʼminlash imkoniyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha ekspluatatsiya muddatida hosil boʻladigan radioaktiv chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishda xavfsizlikni taʼminlash imkoniyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom elektr stansiyasi blokini foydalanishdan chiqarishda uning xavfsizligini taʼminlash imkoniyati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Atom elektr stansiyasi blokidan foydalanishni davom ettirish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingandan soʻng ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot kompleks tekshirish natijalari asosida quyidagilarni nazarda tutuvchi atom elektr stansiyasi blokining ekspluatatsiya muddatini uzaytirishga tayyorlash dasturini ishlab chiqishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom elektr stansiyasi bloki xavfsizligining atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalar hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfsizlik uchun muhim boʻlgan qurilish konstruksiyalari, binolar va inshootlarning qoldiq resursini asoslash hamda ularning asoslari holatini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha ekspluatatsiya muddatida atom elektr stansiyasi bloki elementlarining qoldiq resursini asoslash va baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
resurslari ishlatib boʻlingan yoki qoldiq resurslarini aniqlash imkoniyati mavjud boʻlmagan elementlarni almashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalar talablariga zid keluvchi nomuvofiqliklarni bartaraf etish (yoki atom elektr stansiyasi bloki xavfsizligiga salbiy taʼsirni kompensatsiya qilish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom elektr stansiyasi blokidan foydalanish xavfsizligini taʼminlash maqsadida uni modernizatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xonalar, asbob-uskunalar va quvurlarni radiatsiyaviy tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalar talablariga muvofiq atom elektr stansiyasi blokining tizimlari va elementlarini sinovdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom elektr stansiyasi blokining tizimlari va elementlarini almashtirish va (yoki) modernizatsiya qilish boʻyicha rejalashtirilgan tadbirlarni hisobga olgan holda qoʻshimcha ekspluatatsiya muddatida atom elektr stansiyasi blokining qurilish konstruksiyalari, binolari, inshootlari, tizimlari va elementlari resursini boshqarish dasturini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha ekspluatatsiya muddatida qurilish konstruksiyalari, binolar, inshootlar va ularning asoslari, shuningdek atom elektr stansiyasi bloki tizimlari va elementlari holatini monitoring qilish tadbirlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha ekspluatatsiya muddatida atom elektr stansiyasi blokining asbob-uskunalari, quvurlari va boshqa elementlaridan foydalanishda asosiy metall, payvandlangan birikmalar va payvandlangan yuzalarni nazorat qilish boʻyicha talablarni belgilovchi atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalarni hisobga olgan holda metall, quvurlar va boshqa elementlarni ekspluatatsiya davomida putur yetkazmasdan nazorat qilishning alohida namunaviy dasturini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha ekspluatatsiya muddatining butun davri uchun atom elektr stansiyasi bloki xavfsizligini asoslash boʻyicha hisobotni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspluatatsiya hujjatlariga tuzatishlar kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan atom elektr stansiyasi xavfsizligini tahlil qilish va baholash natijasida qoʻshimcha ekspluatatsiya muddatida uning xavfsiz ishlashiga toʻsqinlik qiluvchi va bartaraf etib boʻlmaydigan omillar aniqlangan hollarda atom elektr stansiyasi blokini foydalanishdan chiqarishga tayyorlash ishlari bajarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Atom elektr stansiyasi blokini kompleks tekshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Atom elektr stansiyasi blokining haqiqiy holatini baholash, uning elementlarining qoldiq resursini aniqlash, shuningdek atom elektr stansiyasi blokining ekspluatatsiya muddatini uzaytirishga tayyorlash dasturini ishlab chiqish maqsadida ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan atom elektr stansiyasi blokini kompleks tekshiruvdan oʻtkazish tashkil etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Atom elektr stansiyasi blokini kompleks tekshirish ishlari ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan atom elektr stansiyasi va reaktor qurilmasi loyihalarini ishlab chiquvchilar ishtirokida belgilangan tartibda va muddatlarda bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Atom elektr stansiyasi blokini kompleks tekshirishdan oldin butun atom elektr stansiyasi blokini, shuningdek uning tizimlari va elementlari, qurilish konstruksiyalari, binolari, inshootlari va ularning asoslarini kompleks tekshirish dasturi ishlab chiqilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Atom elektr stansiyasi blokini kompleks tekshirish dasturi quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfsizlik uchun muhim boʻlgan tekshirilishi lozim boʻlgan tizimlar va elementlar, qurilish konstruksiyalari, binolar, inshootlar va ularning asoslari roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompleks tekshiruvni oʻtkazish bosqichlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompleks tekshiruvni oʻtkazish usullari va shakllari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayyorgarlik ishlari tarkibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Atom elektr stansiyasi blokini kompleks tekshirish dasturi ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan tasdiqlanishi hamda atom elektr stansiyasi va reaktor qurilmasi loyihalarini ishlab chiquvchilar bilan kelishilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Atom elektr stansiyasi blokini kompleks tekshiruvdan oʻtkazish jarayonida quyidagilar aniqlanishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom elektr stansiyasi blokining xavfsizligi uchun muhim boʻlgan qurilish konstruksiyalari, binolari, inshootlari, tizimlari va elementlarining texnik holati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
resursi ishlatib boʻlingan va almashtirilishi kerak boʻlgan elementlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
resursi tugamagan va muayyan vaqt davomida foydalanishni davom ettirish mumkin boʻlgan elementlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
resursi tugamagan, lekin almashtirish jadvaliga muvofiq belgilangan yoki qoʻshimcha ekspluatatsiya muddatida almashtirilishi talab etiladigan elementlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoldiq resursi aniqlanmagan va qoldiq resursini aniqlash zarur boʻlgan yoki almashtirilishi talab etiladigan elementlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom elektr stansiyasi bloki xonalarida, uning maydonchasida va sanitariya-muhofaza zonasidagi radiatsiyaviy vaziyat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dezaktivatsiya qilinishi lozim boʻlgan xonalar, asbob-uskunalar va quvurlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlatib boʻlingan yadroviy yoqilgʻi va qoʻshimcha ekspluatatsiya muddatida hosil boʻladigan radioaktiv chiqindilarni saqlash xavfsizligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioaktiv chiqindilarning xavfsiz muomalasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan tasdiqlangan atom elektr stansiyasi blokini kompleks tekshirish natijalari boʻyicha hisobot quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirilgan tizimlar va elementlar, qurilish konstruksiyalari, binolar, inshootlar va ularning asoslari roʻyxati, shuningdek ular haqida qisqacha maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom elektr stansiyasi blokining almashtiriladigan tizimlari va (yoki) elementlari roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom elektr stansiyasi blokining texnik holati va qoldiq resursini aniqlash hamda xavfsizligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar zarur boʻlgan tizimlar va (yoki) elementlar, qurilish konstruksiyalari, binolari, inshootlari roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha ekspluatatsiya muddatida foydalanishni davom ettirish mumkin boʻlgan atom elektr stansiyasi blokining tizimlari va (yoki) elementlari roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom elektr stansiyasi blokini kompleks tekshirish ishlarining tarkibi, usullari va hajmlari, shu jumladan atom elektr stansiyasi bloki elementlari holatini nazorat qilishni tashkil etish, nazorat qilish usullari va hajmlari (ekspluatatsiya rejimlarini va elementlar resurslarini nazorat qilish, metall holatini nazorat qilish, texnik koʻrikdan oʻtkazish, tekshirish, sinash, namunalar olish, qiyoslash, kalibrlash);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtkazilgan nazorat natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish konstruksiyalari, binolar, inshootlar va ular asoslarining texnik holatini baholash natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom elektr stansiyasi bloki elementini almashtirish yoki undan foydalanishni davom ettirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish mezonlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom elektr stansiyasi blokining haqiqiy texnik holati toʻgʻrisida umumiy xulosalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Qoʻshimcha yoki takroriy qoʻshimcha ekspluatatsiya muddatida atom elektr stansiyasi blokidan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qoʻshimcha yoki takroriy qoʻshimcha ekspluatatsiya muddatida quyidagi talablar toʻliq bajarilgan taqdirda atom elektr stansiyasi blokidan foydalanishni davom ettirishga yoʻl qoʻyiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom elektr stansiyasi bloki atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalar talablariga muvofiq boʻlsa yoki atom elektr stansiyasi blokidan foydalanish xavfsizligiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan yoki koʻrsatishi mumkin boʻlgan nomuvofiqliklarni bartaraf etishga yoki kompensatsiya qilishga qaratilgan zarur texnik va (yoki) tashkiliy choralar koʻrilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan atom elektr stansiyasi bloki xavfsizligi uchun muhim boʻlgan qurilish konstruksiyalari, binolar, inshootlar, tizimlar va elementlarning resurslarini boshqarish dasturlari ishlab chiqilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom elektr stansiyasi blokining almashtirilmaydigan elementlarining resursi tugamagan hamda qoʻshimcha yoki takroriy qoʻshimcha ekspluatatsiya muddati uchun yetarli boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom elektr stansiyasi bloki xavfsizligi uchun muhim boʻlgan qurilish konstruksiyalari, binolar, inshootlar, tizimlar va elementlarning resurslarini boshqarish dasturlarida ularning qoldiq resursini monitoring qilishning texnik vositalari va usullari nazarda tutilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha ekspluatatsiya muddatida atom elektr stansiyasining uskunalari, quvurlari va boshqa elementlarining metalini putur yetkazmasdan nazorat qilishning alohida namunaviy dasturi ishlab chiqilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha ekspluatatsiya muddatida atom elektr stansiyasi blokining texnik holati atom elektr stansiyasi va reaktor qurilmasi loyihalariga mos kelganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom elektr stansiyasi bloki xonalarida, uning maydonchasida va sanitariya-muhofaza zonasida radiatsiyaviy vaziyat normativ talablarga javob berganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlatib boʻlingan yadroviy yoqilgʻini vaqtincha xavfsiz saqlash va qoʻshimcha ekspluatatsiya muddatida hosil boʻladigan radioaktiv chiqindilar bilan ishlashda xavfsizlikni taʼminlash imkoniyati nazarda tutilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha ekspluatatsiya muddati uchun atom elektr stansiyasi bloki xavfsizligini asoslash boʻyicha hisobot ishlab chiqilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Atom elektr stansiyasi blokining ekspluatatsiya muddatini uzaytirishda (takroriy uzaytirishda) hamda atom elektr stansiyasi elementlarining qoldiq resursini asoslashda quyidagilarni hisobga olish kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
almashtirib boʻlmaydigan tizimlar va elementlardagi metall qismlarining, qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlardagi beton hamda armaturalarning, shu jumladan, atom elektr stansiyasi va reaktor qurilmasi loyihalarida hisobga olinmagan yemirilish xususiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
almashtirilmaydigan kabellar, elektrotexnika uskunalari, nazorat-oʻlchov asboblari va avtomatika uskunalarining statsionar qurilmalari, radiatsiyaviy nazorat tizimlarining izolyatsiyaviy va himoya xususiyatlarining yemirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reaktorlar korpuslari, asbob-uskunalar va quvurlarning korroziyaga qarshi qoplamalari metalining yemirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfsizlik uchun muhim boʻlgan uskunalar va quvurlar devorlarining korroziya va eroziya hisobiga yemirilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ushbu asosiy talablarning 1 4-bandida sanab oʻtilgan materiallar yemirilishini hisobga olgan holda atom elektr stansiyasi elementlarining qoldiq resursini asoslash natijalari atom elektr stansiyasi bloki xavfsizligini asoslash boʻyicha hisobotga kiritilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Atom elektr stansiyasi blokining ekspluatatsiya muddatini uzaytirishda atom elektr stansiyasi blokini kompleks tekshirish natijalariga koʻra nazorat hududlari koʻrsatilgan holda konstruksiya materiallarining holati va texnik holatni qoʻshimcha nazorat qilishni tashkil etish uchun atom elektr stansiyasi blokining xavfsizlik uchun muhim boʻlgan qurilish konstruksiyalari, binolari, inshootlari, tizimlari hamda elementlarining roʻyxati aniqlanishi va asoslanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Takroriy qoʻshimcha ekspluatatsiya muddatida mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan roʻyxat atom elektr stansiyasi blokini kompleks tekshirish natijasida aniqlangan elementlarning haqiqiy holatidan kelib chiqqan holda yangilab borilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Xavfsizlik uchun muhim boʻlgan qurilish konstruksiyalari, binolar, inshootlar va ular asoslarining texnik holatini tekshirish va monitoring qilish, shuningdek atom elektr stansiyasi blokining tizimlari va elementlaridagi metall holatini putur yetkazmasdan nazorat qilish hajmi va davriyligi ularning haqiqiy holati va qoldiq resursidan kelib chiqqan holda belgilanishi lozim. Nazoratning hajmi va davriyligi asoslantirilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Atom elektr stansiyasining 1 va 2-xavfsizlik sinflariga kiritilgan elementlari uchun qurilish konstruksiyalari, binolar, inshootlar va ular asoslarining texnik holatini tekshirish va monitoring qilish, shuningdek atom elektr stansiyasi blokining tizimlari va elementlaridagi metall holatini putur yetkazmasdan nazorat qilish davriyligi ularning haqiqiy holatidan kelib chiqqan holda belgilanishi va toʻrt yilda kamida bir marta oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Atom elektr stansiyasi blokining xavfsizlik uchun muhim boʻlgan elementlarining ekspluatatsiya muddatini uzaytirishga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Atom elektr stansiyasi blokining xavfsizlik uchun muhim boʻlgan elementlarining qoldiq resursini aniqlash atom elektr stansiyasi blokidan foydalanishning haqiqiy sharoitlarini va tekshirish sanasidagi atom elektr stansiyasi bloki elementlarining haqiqiy texnik holatini hisobga olgan holda bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Atom elektr stansiyasi blokining 1, 2 va 3-xavfsizlik sinflariga kiritilgan elementlarining qoldiq resursi quyidagilar asosida tasdiqlanishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom elektr stansiyasi uskunalari va quvurlarining mustahkamligini asoslash va resursini boshqarishga qoʻyiladigan talablarni belgilovchi atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom elektr stansiyasi uskunalari va quvurlarining mustahkamligi va resursini asoslashga qoʻyiladigan talablarni belgilovchi atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalar talablariga rioya etish maqsadida qoʻllanilishi majburiy boʻlgan milliy standartlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom elektr stansiyasi blokining tizimlari va elementlari resurslarini boshqarish dasturlarida qoʻllaniladigan standartlar (qoʻshimcha ekspluatatsiya muddatida ularni qoʻllash imkoniyati asoslantirilgan holda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Atom elektr stansiyasi va reaktor qurilmalari korpusi (reaktorning faol zonasi) uchun qoʻshimcha ekspluatatsiya muddatining davomiyligi asosiy metall va nurlanish zonasida joylashgan payvand choklari holati, yemirilishi, qovushqoqligi qiymatlari hamda reaktor korpusi ichiga sovuq suv kirishi bilan bogʻliq barcha ekspluatatsiya va avariyaviy holat yuklamalari, shuningdek gidravlik sinovlar paytidagi yuklamalarga bardosh berish imkonini berishini asoslash bilan tasdiqlanishi lozim. Asosiy metall va payvand choklaridagi metalning buzilishi, qovushqoqligining minimal qiymatlarini tasdiqlash kuzatuv namunalari yoki templetlarda olingan maʼlumotlar bilan asoslantirilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Radiatsiya va issiqlik taʼsirida reaktor korpusining moʻrtlashish jarayoniga qarshilik koʻrsatishni taʼminlash imkoniyati boʻlmaganda, ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot asosiy metall va reaktor korpuslari payvand choklari metalining mexanik xossalari qiymatlarini tiklashni tashkil etishi yoki qoʻshimcha (takroriy qoʻshimcha) ekspluatatsiya muddatini reaktor korpusining moʻrtlashish jarayoniga qarshilik koʻrsatish taʼminlanadigan vaqt bilan cheklashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Reaktor korpusining asosiy metall va payvand choklari metalining mexanik xususiyatlari qiymatlarini tiklash boʻyicha tadbirlarning samaradorligi atom elektr stansiyasi blokining ekspluatatsiya muddatini uzaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingunga qadar asoslantirilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Reaktor korpusining moʻrtlashishga qarshiligini asoslashda quyidagilar hisobga olinishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspluatatsiyaning butun davrida, shu jumladan qoʻshimcha (takroriy qoʻshimcha) ekspluatatsiya muddatida asosiy metall va payvand choklar metalining radiatsiyaviy va issiqlik taʼsirida moʻrtlashishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reaktorning faol zonasining avariyaviy sovitish tizimini modernizatsiya qilishning asosiy metall va payvand choklar metalining kritik moʻrtlik haroratining ruxsat etilgan qiymatiga taʼsiri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy metall va payvand choklar metalining kuzatuv namunalarini yoki templetlarini nazorat qilish natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompleks tekshiruv oʻtkazishda reaktor korpusi metalini nazorat qilish natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha (takroriy qoʻshimcha) ekspluatatsiya muddatida aniqlangan nuqsonlarning ortishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reaktor korpusi metalining korroziyaviy shikastlanishi (korroziyaga qarshi qoplama bilan himoyalanmagan yuzalar uchun).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Reaktorlar metall konstruksiyalarining qoʻshimcha (takroriy qoʻshimcha) ekspluatatsiya muddati davomiyligi qoʻshimcha (takroriy qoʻshimcha) ekspluatatsiya muddatining oxiriga kelib ekspluatatsiyaviy va seysmik yuklamalarning eng noqulay kombinatsiyasida metall konstruksiyalarning yemirilishga chidamliligini tasdiqlovchi natijalar bilan asoslantirilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Reaktor metall konstruksiyalarining yemirilishga qarshiligini asoslashda quyidagilarni hisobga olish zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy metallning va metall konstruksiyalarning payvand choklari metalining mavjud kuzatuv namunalarini, shuningdek atom elektr stansiyasi bloki yoki uning analogining metall konstruksiyalaridan bevosita kesib olingan metall namunalarini nazorat qilish natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompleks tekshiruvni oʻtkazishda metall konstruksiyalarni nazorat qilish natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha (takroriy qoʻshimcha) ekspluatatsiya muddatida aniqlangan nuqsonlarning ortishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspluatatsiyaning butun davrida, shu jumladan qoʻshimcha (takroriy qoʻshimcha) ekspluatatsiya muddatida asosiy metall va metall konstruksiyalarning payvand choklarining radiatsiyaviy va issiqlik taʼsirida moʻrtlashuvi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspluatatsiyaning butun davrida, shu jumladan qoʻshimcha (takroriy qoʻshimcha) ekspluatatsiya muddatida metall konstruksiyalar devorlarining korroziyaviy yupqalashuvi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Nazorat oʻtkazish imkoniyati mavjud boʻlgan joylarda reaktor korpusi va himoya korpusining asosiy metali hamda payvand birikmalarining holati tekshirilishi, nazorat oʻtkaziladigan joylar va hajmlar asoslantirilgan boʻlishi, reaktor korpusi va himoya korpusini nazorat qilish natijalari qoʻshimcha ekspluatatsiya muddatini asoslashda hisobga olinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Reaktorlarning xavfsizlik uchun muhim boʻlgan tizimlari va elementlarining qoʻshimcha (takroriy qoʻshimcha) ekspluatatsiya muddati davomiyligi ekspluatatsiyaviy va seysmik yuklamalarning eng noqulay kombinatsiyasida qoʻshimcha (takroriy qoʻshimcha) ekspluatatsiya muddati davrining oxiriga kelib ushbu tizimlar va elementlarning mustahkamligi va uzoq muddatli mustahkamligi taʼminlanishini asoslash bilan tasdiqlanishi kerak. Bunda, quyidagilarni hisobga olish lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
neytron nurlanish, yuqori harorat va sirpanuvchanlik jarayonlarining kompleks taʼsirida reaktor metali va reaktor ichidagi konstruksiyalar xossalarining buzilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reaktor metali va reaktor ichidagi konstruksiyalarning deformatsiyalanish qobiliyatining yoʻqolishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rektor qurilmasi uskunalari va quvurlari metalining uzoq muddatli mustahkamligi va uzoq muddatli plastiklik xususiyatlarining asoslangan prognoz qiymatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Atom elektr stansiyasi blokining qurilish konstruksiyalari, binolari va inshootlarining, shuningdek ular asoslarining qoʻshimcha (takroriy qoʻshimcha) ekspluatatsiya muddati ularning mexanik xavfsizligi taʼminlanishi kerak boʻlgan binolar yoki inshootlarning funksional vazifasi va konstruktiv yechimiga mos keladigan barcha turdagi yuklamalarning eng noqulay kombinatsiyasini hisobga olgan holda quyidagilar bilan tasdiqlanishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konstruksiyalarning geometrik oʻlchamlari va ularning kesimlari, choʻkishi, egilishlarining haqiqiy qiymatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konstruksiyaning dastlabki taranglash tizimining haqiqiy holati (mavjud boʻlganda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoriqlar, sinishlar va mahalliy buzilishlar mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monitoring natijalariga koʻra yoriqlarning joylashuvi, tabiati va ularning ochilish kengligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
himoya qoplamalarining holati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konstruksiyalar va ularning poydevorlari egilishlari va deformatsiyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
armaturaning beton bilan ilashishining buzilish belgilari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
armatura uzilishining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻylama va koʻndalang armaturalarning ankerlanish holati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beton va armaturaning korroziya darajasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Atom elektr stansiyasi bloki elementlarining qoʻshimcha (takroriy qoʻshimcha) ekspluatatsiya muddati ushbu asosiy talablarning 20-bandiga muvofiq aniqlangan elementlarning qoldiq resursidan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Qoʻshimcha (takroriy qoʻshimcha) ekspluatatsiya muddatining davomiyligi quyidagilarga asoslangan boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom elektr stansiyasi blokining atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalar talablariga muvofiqligini va (yoki) atom elektr stansiyasi blokidan foydalanish xavfsizligiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan yoki koʻrsatishi mumkin boʻlgan nomuvofiqliklarni bartaraf etishga yoki kompensatsiya qilishga qaratilgan texnik va tashkiliy chora-tadbirlarning yetarliligini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom elektr stansiyasi blokining xavfsizlik uchun muhim boʻlgan tizimlari va elementlari joylashgan binolar, inshootlarning yuk koʻtaruvchi konstruksiyalarining qoʻshimcha ekspluatatsiya muddatida texnik holatini baholash, shuningdek, ushbu binolar va inshootlar asoslarining texnik holatini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom elektr stansiyasi blokining almashtirilmaydigan elementlari qoldiq resursining qiymatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompleks tekshiruv davrida resursi aniqlanmagan, atom elektr stansiyasi blokining xavfsizlik uchun muhim boʻlgan almashtiriladigan elementlarining qoldiq resursi qiymatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilgan modernizatsiya va (yoki) tizimlar va elementlarni almashtirishni hisobga olgan holda reaktor qurilmasi va atom elektr stansiyasi loyihalarida asoslangan foydalanish chegaralari va xavfsiz foydalanish shartlariga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlatib boʻlingan yadroviy yoqilgʻi va qoʻshimcha ekspluatatsiya muddatida hosil boʻladigan radioaktiv chiqindilarni xavfsiz saqlash imkoniyatini tasdiqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Qoʻshimcha (takroriy qoʻshimcha) ekspluatatsiya muddatida atom elektr stansiyasi blokini ekspluatatsiyaga tayyorlash boʻyicha talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Qoʻshimcha (takroriy qoʻshimcha) ekspluatatsiya muddatida atom elektr stansiyasi blokini ekspluatatsiyaga tayyorlash jarayonida ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot quyidagilarni bajarishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu asosiy talablarning 4-bandida koʻrsatilgan atom elektr stansiyasi blokini qoʻshimcha muddat davrida ekspluatatsiyaga tayyorlash dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni toʻliq hajmda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilgan modernizatsiya yoki tizimlar va elementlarning bir qismini almashtirishni hisobga olgan holda atom elektr stansiyasi bloki tizimlari va elementlari resursini boshqarish dasturi va ekspluatatsiya hujjatlariga zarur oʻzgartirishlar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom elektr stansiyasi bloki xodimlarini qoʻshimcha (takroriy qoʻshimcha) ekspluatatsiya muddatida blokdan foydalanishning amaliy koʻnikmalarini rivojlantirish uchun qayta tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Atom elektr stansiyasi bloki tizimlari va elementlarini almashtirish yoki modernizatsiya qilish loyiha va konstruktorlik hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot atom elektr stansiyasi bloki xavfsizligini asoslashni atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalarga muvofiq, tizimlar va elementlarning bir qismini modernizatsiya qilish yoki almashtirishni hisobga olgan holda bajarishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Qoʻshimcha ekspluatatsiya muddatida atom elektr stansiyasi blokidan foydalanish boshlanishidan oldin ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot atom elektr stansiyasi blokining almashtirilgan va modernizatsiya qilingan tizimlari va elementlarining loyiha mezonlari va xususiyatlariga muvofiq ishlashini tasdiqlash uchun zarur ishga tushirish-sozlash ishlarini va sinovlarni oʻtkazishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Atom elektr stansiyasi blokining ekspluatatsiya muddatini uzaytirishga tayyorlash boʻyicha ishlarni bajarish atom elektr stansiyasi bloki tizimlari va elementlarining shikastlanishiga yoki ishlash qobiliyati yoʻqolishiga, ularning resurslari kamayishiga yoki atom elektr stansiyasi blokidan foydalanish xavfsizligi darajasi pasayishiga olib kelmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot atom elektr stansiyasi bloki va reaktor qurilmasi loyihalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish asosida atom elektr stansiyasi blokidan xavfsiz foydalanishning atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalar talablariga, tizimlardan (elementlardan) foydalanish boʻyicha qoʻllanmalarga (yoʻriqnomalarga), loyihaviy va loyihadan tashqari avariyalarda xodimlar (personal)ning harakatlarini belgilovchi yoʻriqnomalar va qoʻllanmalarga tuzatishlar kiritishi, shuningdek tizimlar va elementlarning pasportlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Atom elektr stansiyasi blokini qoʻshimcha ekspluatatsiya muddatida ekspluatatsiyaga tayyorlash ishlari tugallangandan keyin ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot atom elektr stansiyasi blokining ekspluatatsiya muddatini uzaytirishga tayyorligi toʻgʻrisidagi dalolatnomani tuzadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi bilan kelishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Ushbu asosiy talablarga rioya etilishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Mazkur asosiy talablarning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2025-y., 10/25/3685/0906-son)