04.10.2025 yildagi O‘RQ-1087-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mudofaa buyurtmasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 20-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2025-yil 29-aprelda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning maqsadi davlat mudofaa buyurtmasi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Ushbu Qonunning amal qilish sohasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun Oʻzbekiston Respublikasida mudofaa qobiliyatini, xavfsizlikni taʼminlash va jamoat tartibini saqlash, davlat sirlari, davlat tomonidan qoʻriqlanadigan shaxslarning xavfsizligini taʼminlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish, favqulodda holat rejimini saqlab turish bilan bogʻliq boʻlgan davlat mudofaa buyurtmasini shakllantirishga, kelishishga, tasdiqlashga va bajarishga taalluqli munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi, bundan davlat tomonidan qoʻriqlanadigan shaxslarning va davlat xavfsizligini taʼminlash uchun zarur boʻlgan ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlarga oid buyurtmalar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Davlat mudofaa buyurtmasi toʻgʻrisidagi qonunchilik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mudofaa buyurtmasi toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining davlat mudofaa buyurtmasi toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Asosiy tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmanoma — davlat mudofaa buyurtmasi buyurtmachilarining oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bogʻliq ehtiyojlarini taʼminlash uchun zarur boʻlgan harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlar toʻgʻrisidagi rasmiy maʼlumotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mudofaa buyurtmasi — Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini qurollantirish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlarni xarid qilish uchun davlat buyurtmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mudofaa buyurtmasi buyurtmachilari (bundan buyon matnda buyurtmachilar deb yuritiladi) — davlat mudofaa buyurtmasi doirasida harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlarni xarid qiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiyasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati hamda boshqa vazirliklar va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi idoralar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mudofaa buyurtmasining ijrochisi (bundan buyon matnda ijrochi deb yuritiladi) — Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti boʻlgan, qonunchilikda belgilangan tartibda harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlarni yetkazib berish uchun davlat mudofaa buyurtmasi doirasida shartnoma tuzgan hamda ushbu sohada tegishli faoliyat turini amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulot — qurol-yarogʻ va harbiy texnikani yaratishda foydalanilishi yoki harbiy maqsadda qoʻllanilishi mumkin boʻlgan ayrim xomashyo turlari, materiallar, asbob-anjomlar, jihozlar, texnika, texnologiyalar, ilmiy-texnik axborot va boshqalar, shuningdek fuqaroviy va harbiy maqsadlarda bajarilishi (koʻrsatilishi) mumkin boʻlgan ishlar (xizmatlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mudofaa sanoati korxonalari — harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlarni ishlab chiqishni, ishlab chiqarishni, taʼmirlashni, modernizatsiya, utilizatsiya qilishni hamda qayta ishlashni amalga oshiruvchi mudofaa ahamiyatiga ega boʻlgan mahalliy korxonalar va tashkilotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona agent — davlat mudofaa buyurtmasi doirasida xorijda ishlab chiqarilgan harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlarni xarid qilish (import qilish) uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan vakolatli organ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini qurollantirish boʻyicha davlat komissiyasi (bundan buyon matnda Davlat komissiyasi deb yuritiladi) — faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan tartibda tashkil etiladigan, davlat mudofaa buyurtmasini tasdiqlovchi maslahat-kengash organi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Muvofiqlashtiruvchi kengashi (bundan buyon matnda Muvofiqlashtiruvchi kengash deb yuritiladi) — faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan tartibda tashkil etiladigan, davlat mudofaa buyurtmasini kelishishni amalga oshiradigan organ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini qurollantirish vazifalarini amalga oshirish boʻyicha tashkiliy-maʼmuriy guruh (bundan buyon matnda Tashkiliy-maʼmuriy guruh deb yuritiladi) — faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan tartibda tashkil etiladigan, davlat mudofaa buyurtmasini ijro etuvchi organ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy maqsadga moʻljallangan mahsulot — qurol-yarogʻ, oʻq-dorilar, himoya vositalari, harbiy va maxsus texnika, ularning boshqa sanoat tarmoqlarida foydalanilmaydigan ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari, asbob-anjomlari, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan maxsus materiallar, maxsus uskunalar hamda intellektual mulk huquqi obyektlari, sohaga oid hujjatlar, harbiy maqsadlarda bajariladigan ishlar va koʻrsatiladigan xizmatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Davlat mudofaa buyurtmasining asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mudofaa buyurtmasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatning milliy manfaatlaridan, jahondagi va mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyatdan, harbiy sohada milliy xavfsizlikka boʻlgan tahdidlar darajasidan, zamonaviy harbiy mojarolarning xususiyatidan kelib chiqqan holda, davlat mudofaa buyurtmasini shakllantirish, tasdiqlash va bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachilarni harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlar bilan oʻz vaqtida hamda kafolatli tarzda qurollantirish va taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mudofaa buyurtmasi uchun ajratilgan moliyaviy resurslardan maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Davlat mudofaa buyurtmasi sohasidagi davlat boshqaruvi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat mudofaa buyurtmasi sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

davlat mudofaa buyurtmasi sohasidagi yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mudofaa buyurtmasini shakllantirish, kelishish va bajarish tartibini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlar roʻyxatini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlarni xarid qilishga oid texnik topshiriqni ishlab chiqish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Vakolatli davlat organining davlat mudofaa buyurtmasi sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligi davlat mudofaa buyurtmasi sohasidagi vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda vakolatli davlat organi deb yuritiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli davlat organi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mudofaa buyurtmasining loyihasini shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining, mudofaa sanoati korxonalarining davlat mudofaa buyurtmasini shakllantirish hamda bajarish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mudofaa sanoati korxonalarining roʻyxatini yuritadi va uni rasmiy ochiq manbalarga joylashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachilarning mudofaa sanoati korxonalari bilan hamkorligini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mudofaa sanoati korxonalari toʻgʻrisidagi axborotni buyurtmachilarga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mudofaa buyurtmasi bajarilishining monitoringi va tahlilini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mudofaa buyurtmasining bajarilishi jarayoni va natijalari toʻgʻrisida Tashkiliy-maʼmuriy guruhga belgilangan tartibda hisobot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Buyurtmachilarning davlat mudofaa buyurtmasi sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachilar davlat mudofaa buyurtmasi doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelgusida davlat mudofaa buyurtmasi loyihasiga kiritish uchun harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlarning roʻyxatini hamda hajmini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili vakolatli davlat organiga navbatdagi yil uchun harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlarga doir buyurtmanomani belgilangan muddatda taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzining harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlarni xarid qilish rejalarini ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijrochiga harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlarni xarid qilishga oid texnik topshiriqni taqdim etadi hamda shartnoma boʻyicha ularni yetkazib berish shartlarini u bilan kelishadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijrochi bilan harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlarni yetkazib berishga oid shartnomalar tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilinadigan harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlarning narxini aniqlash uchun zarurat boʻlganda ixtisoslashgan tashkilotlarni jalb etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaxslardan texnik-tijorat takliflarini yagona agent orqali oladi va baholaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mudofaa sanoati korxonalari bilan harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlarni xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilgan shartnomalar shartlariga muvofiq toʻlovlarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilgan shartnomalarga asosan harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlarning yetkazib berilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilgan shartnomalar boʻyicha yetkazib beriladigan harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlar namunalarining sifatini nazorat qiladi hamda uni qonunchilikka muvofiq qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachilarga davlat mudofaa buyurtmasini bajarish uchun ajratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining maqsadli mablagʻlarini boshqa ehtiyojlar uchun qayta taqsimlash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Davlat mudofaa buyurtmasini shakllantirish, kelishish, tasdiqlash va bajarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Davlat mudofaa buyurtmasini shakllantirish va kelishish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navbatdagi yil uchun zarur boʻlgan harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlar uchun buyurtmachilar tomonidan tayyorlangan buyurtmanomalar moliyalashtirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilganidan keyin vakolatli davlat organiga qonunchilikda belgilangan shaklda, mavjud ehtiyojdan kelib chiqqan holda, har yili 1-iyulga qadar yuboriladi. Bunda buyurtmanomalar buyurtmachilarning birinchi rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli davlat organi kelib tushgan buyurtmanomalarni bir oylik muddatda umumlashtiradi va shakllantirilgan davlat mudofaa buyurtmasi loyihasini kelishish uchun Muvofiqlashtiruvchi kengashga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlashtiruvchi kengash davlat mudofaa buyurtmasi loyihasini, shu jumladan harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlarni mudofaa sanoati korxonalarida ishlab chiqarish masalalarini, shuningdek xorijdan import qilinadigan harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlar nomenklaturasini navbatdagi majlisda koʻrib chiqadi hamda kelishilgan davlat mudofaa buyurtmasi loyihasini Davlat komissiyasining navbatdagi majlisida koʻrib chiqish uchun Davlat komissiyasining ishchi organi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining kotibiyatiga bir oylik muddatda kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibiyati davlat mudofaa buyurtmasi loyihasini, shu jumladan xorijdan import qilinadigan harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlar nomenklaturasini koʻrib chiqadi, kelishadi va uni Davlat komissiyasiga uning navbatdagi majlisida koʻrib chiqish uchun taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Davlat mudofaa buyurtmasini tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mudofaa buyurtmasining loyihasi Davlat komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi va uning qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan davlat mudofaa buyurtmasi navbatdagi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasini ishlab chiqishda inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Davlat mudofaa buyurtmasini bajarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkiliy-maʼmuriy guruh davlat mudofaa buyurtmasini bajarish yuzasidan tegishli amaliy chora-tadbirlarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkiliy-maʼmuriy guruh davlat mudofaa buyurtmasini inobatga olgan holda, mudofaa sanoati korxonalarining imkoniyatlari va ular tomonidan ishlab chiqariladigan harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlar toʻgʻrisidagi axborotni buyurtmachilarga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachilar davlat mudofaa buyurtmasini bajarish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlarni xarid qilishga oid texnik topshiriqlarni belgilangan tartibda ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyilmagan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyilgan, biroq sifati va texnik koʻrsatkichlari boʻyicha texnik topshiriq talablariga muvofiq boʻlmagan harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlarni xarid qilishga oid texnik topshiriqlarni yagona agentga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mudofaa buyurtmasiga hamda belgilangan standartlarga mos boʻlmagan harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlarga oid taqdim etilgan texnik topshiriqlar maromiga yetkazish uchun buyurtmachilarga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Davlat mudofaa buyurtmasi boʻyicha davlat xaridlarini amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mudofaa buyurtmasi doirasida harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlarning xaridi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlar buyurtmachilar tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq xarid qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyilmagan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyilgan, biroq sifati va texnik koʻrsatkichlari boʻyicha texnik topshiriq talablariga muvofiq boʻlmagan harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlar, agar qonunchilikda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda yagona agent tomonidan import qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona agent chet el korxonalari va tashkilotlari bilan davlat mudofaa buyurtmasi doirasida import shartnomalarini (kontraktlarini) tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona agent hamda buyurtmachilar harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlarni yetkazib berish jarayonining doimiy monitoringini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Davlat mudofaa buyurtmasini moliyalashtirish, uning bajarilishi ustidan nazorat qilish va uning maxfiyligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Davlat mudofaa buyurtmasini moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mudofaa buyurtmasini moliyalashtirish manbalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachilarga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachilarning budjetdan tashqari mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachilarning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini davlat ulushi boʻlgan tijorat banklarida depozitlarga joylashtirishdan olingan daromadlardan tushumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro tashkilotlarning va moliya institutlarining, shuningdek boshqa chet el donorlarining grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi navbatdagi yil uchun tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti parametrlari, davlat mudofaa buyurtmasi doirasida tuzilgan shartnomalarni moliyalashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga aniqlik kiritilgan taqdirda, davlat mudofaa buyurtmasining parametrlari qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Davlat mudofaa buyurtmasining bajarilishi ustidan nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mudofaa buyurtmasining bajarilishi ustidan nazorat Tashkiliy-maʼmuriy guruh tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachilar Oʻzbekiston Respublikasining ichki bozorida harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlarni xarid qilish boʻyicha davlat mudofaa buyurtmasi bajarilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni vakolatli davlat organiga hisobot choragi tugaganidan keyin oʻn ish kuni ichida yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli davlat organi Oʻzbekiston Respublikasining ichki bozorida harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlarni xarid qilish boʻyicha davlat mudofaa buyurtmasining bajarilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni hisobot choragi tugaganidan keyin oʻn besh ish kuni ichida umumlashtiradi hamda hisobotni Tashkiliy-maʼmuriy guruhga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona agent tashqi bozorda harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlarni xarid qilish boʻyicha davlat mudofaa buyurtmasining bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni hisobot choragi tugaganidan keyin oʻn ish kuni ichida umumlashtiradi hamda Tashkiliy-maʼmuriy guruhga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkiliy-maʼmuriy guruh davlat mudofaa buyurtmasi bajarilganligi toʻgʻrisidagi hisobotni belgilangan tartibda Davlat komissiyasiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mudofaa buyurtmasining bajarilishi ustidan parlament nazorati qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Davlat mudofaa buyurtmasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning maxfiyligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mudofaa buyurtmasini shakllantirish, kelishish, tasdiqlash va bajarish jarayonida davlat mudofaa buyurtmasining barcha ishtirokchilari davlat sirlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mudofaa buyurtmasini bajarish jarayonida davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlar bilan ishlash zarurati yuzaga kelganda davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlarni oshkor qilmaslik toʻgʻrisida ijrochi bilan kelishuv tuzish talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mudofaa buyurtmasi sohasida yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Davlat mudofaa buyurtmasi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mudofaa buyurtmasi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonun 6-moddasi birinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan davlat mudofaa buyurtmasini shakllantirish, kelishish va bajarish tartibini ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 4-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-1087-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2025-y., 03/25/1087/0897-son)