29.09.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3681
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (18-sonli BHS) “Hisobot sanasidan keyingi hodisalar”ni tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 29-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3681]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (18-sonli BHS) “Hisobot sanasidan keyingi hodisalar” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq 2026-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir J. KUCHKAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 26-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
284-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 26-avgustdagi 284-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (18-sonli BHS) “Hisobot sanasidan keyingi hodisalar”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (18-sonli BHS) “Hisobot sanasidan keyingi hodisalar” (bundan buyon matnda Standart deb yuritiladi) budjet tashkilotlari, davlat maqsadli jamgʻarmalari va boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalarning (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) hisobot sanasidan keyingi hodisalar boʻyicha moliyaviy hisobotlariga tuzatishlar kiritish zarur boʻlgan holatlar hamda ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yoritib berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Standartda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot sanasidan keyingi hodisalar — hisobot sanasi va moliyaviy hisobotni eʼlon qilish uchun tasdiqlangan sana oraligʻida sodir boʻladigan tashkilotga foyda yoki zarar keltiradigan hodisalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot sanasi — moliyaviy hisobotlar tegishli boʻlgan hisobot sanasining oxirgi kuni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haqqoniy qiymat — baholash sanasida bozor ishtirokchilari oʻrtasidagi odatdagi operatsiyada aktivni sotishdan olinishi yoki majburiyatni oʻtkazish uchun toʻlanishi mumkin boʻlgan narx;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyatning uzluksizligi — tashkilotning muntazam faoliyat koʻrsatishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlash sanasi — moliyaviy hisobotlarni tasdiqlash vakolatiga ega boʻlgan shaxs yoki organ tomonidan moliyaviy hisobotlarni eʼlon qilish uchun belgilangan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reyestrukturizatsiya — tashkilotning rahbariyati tomonidan rejalashtiriladigan va nazorat qilinadigan dastur boʻlib, unga koʻra tashkilotning faoliyat doirasi yoki ushbu faoliyatni amalga oshirish usullarining oʻzgartirilishi nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagi hisobot sanasidan keyingi hodisalar tashkilotning uzluksiz faoliyatiga taʼsir qilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot sanasida mavjud boʻlgan holatlarni koʻrsatadigan hodisalar (tuzatishni talab etadigan hodisalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot sanasidan keyin yuzaga kelgan holatlarni koʻrsatadigan hodisalar (tuzatishni talab etmaydigan hodisalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Standart tashkilotlar tomonidan hisobot sanasidan keyingi hodisalarni hisobga olish va ularni yoritib berish uchun qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Hisobot sanasidan keyingi hodisalar tashkilotning faoliyati uzluksiz emasligini koʻrsatsa, bunday tashkilotning moliyaviy hisoboti faoliyat uzluksizligi asosida tayyorlanmasligini lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Moliyaviy hisobotlarni eʼlon qilish uchun tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Moliyaviy hisobotlar tashkilotning rahbari (yoki u vakolat bergan shaxs) va bosh hisobchisi tomonidan, jamlanma moliyaviy hisobotlar budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning rahbari (yoki u vakolat bergan shaxs) va bosh hisobchisi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarni tasdiqlash Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri (yoki u vakolat bergan shaxs) va vazirlikning bosh hisobchisi (yoki masʼul xodim) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tasdiqlangan moliyaviy hisobotlarga oʻzgartirishlar kiritish vakolatiga ega boʻlgan organ tomonidan hisobotlarni eʼlon qilish muddatlari oʻzgartirilishi mumkin. Agar tegishli organ moliyaviy hisobotlarga oʻzgartirishlar kiritish vakolatiga ega boʻlsa, moliyaviy hisobotlarga oʻzgartirishlarni tasdiqlash sanasi vakolatli organ tomonidan moliyaviy hisobotlarni tasdiqlash sanasi sifatida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Hisobot sanasidan keyingi hodisalar boʻyicha tuzatishlar kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Hisobot sanasidan keyingi hodisalar tashkilotning moliyaviy hisobotida tan olingan summalarga tuzatish kiritishni talab etadigan yoki tuzatish kiritishini talab etmaydigan hodisalarga boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tashkilot tomonidan tuzatish kiritishni talab etadigan hodisalarni aks ettirish uchun moliyaviy hisobotda tan olingan summalarga tuzatishlar kiritilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tuzatishlar kiritishni talab etadigan hisobot sanasidan keyingi hodisalarga quyidagilarni kiritish mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) hisobot davrida boshlanib, hisobot sanasidan keyin yakunlangan sud ishi boʻyicha tashkilotning majburiyati mavjudligini tasdiqlovchi sud hujjatining qabul qilinishi. Bunda, tashkilot ushbu sud ishi yuzasidan oldin tan olingan har qanday baholangan majburiyatga Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (16-sonli BHS) “Baholangan majburiyatlar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlar”ga (roʻyxat raqami 3562, 2024-yil 22-oktabr) muvofiq tuzatish kiritadi va yangidan baholangan majburiyatni tan oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) hisobot sanasidan keyin aktivning hisobot davri oxirida qadrsizlanganligi yoki bunday aktiv boʻyicha oldin tan olingan qadrsizlanish summasiga tuzatish kiritilishi lozimligi toʻgʻrisida maʼlumot olinishi (masalan, hisobot sanasidan keyin xaridorning bankrotlikka uchrashi, hisobot sanasidan oldin xarid qilingan aktivlarning xarajatlari yoki sotilgan aktivlardan olingan daromadlar hisobot sanasidan keyin aniqlanishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) hisobot davridagi daromadlarni taqsimlash toʻgʻrisidagi hujjatlarga muvofiq boshqa davlat organlari bilan taqsimlanishi kerak boʻlgan daromad miqdori hisobot sanasidan keyin aniqlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) hisobot sanasidan keyin hisobot davri uchun xodimlarga toʻlanishi lozim boʻlgan mukofot pullarining aniqlanishi (agar hisobot sanasi bilan moliyaviy hisobotni tasdiqlash sanasi oraligʻida sodir boʻladigan hodisalar natijasida bunday toʻlovlarni amalga oshirish boʻyicha yuridik yoki konstruktiv majburiyatga ega boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) moliyaviy hisobotda xatoliklar mavjud ekanligini koʻrsatuvchi holatlarning aniqlanishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tashkilot tuzatishlar kiritishni talab etmaydigan hisobot sanasidan keyingi hodisalarni aks ettirish uchun moliyaviy hisobotda tan olingan summalarga tuzatishlar kiritmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tuzatishlar kiritishni talab etmaydigan hisobot sanasidan keyingi hodisalarga quyidagilarni kiritish mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) hisobot sanasidan moliyaviy hisobotni eʼlon qilish sanasigacha boʻlgan davrda mulkning haqqoniy qiymatining pasayishi (agar tashkilot mulkni muntazam ravishda haqqoniy qiymatga qayta baholash siyosatini qabul qilgan boʻlsa). Bunda, haqqoniy qiymat pasayishi hisobot sanasidagi mulk holatiga emas, balki keyingi davrda yuzaga kelgan vaziyatlarga bogʻliq boʻladi hamda muntazam qayta baholash natijalariga qaramay, tashkilot oʻz moliyaviy hisobotida koʻrsatilgan mulkning haqqoniy qiymatlariga oʻzgartirish kiritmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) hisobot sanasidan moliyaviy hisobotni eʼlon qilish sanasigacha boʻlgan davrda mulkning haqqoniy qiymatining sezilarli darajada pasayishi (agar bu pasayish hisobot sanasidagi mulkning holatiga bogʻliq boʻlmasdan, hisobot sanasidan keyin yuzaga kelgan holat bilan bogʻliq boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) muayyan davlat xizmatini amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan davlat boshqaruvi organi ushbu xizmatdan foydalanayotgan shaxslarga hisobot sanasidan tasdiqlash sanasigacha boʻlgan davrda qoʻshimcha imtiyozlar berishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Quyidagilar moliyaviy hisobotda maʼlumotlarning yoritib berilishi talab etiladigan va tuzatishni talab etmaydigan hisobot sanasidan keyingi hodisalar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haqqoniy qiymat boʻyicha hisobga olingan mulk qiymatining sezilarli darajada pasayishi (agar bu pasayish hisobot sanasidagi mulkning holatiga bogʻliq boʻlmasdan, hisobot sanasidan keyin yuzaga kelgan holat bilan bogʻliq boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotning hisobot sanasidan keyin oʻz faoliyatining ishtirokchilariga kelgusida qoʻshimcha imtiyozlar berishga qaror qabul qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot sanasidan keyin tizimidagi tashkilotning tugatilishi yoki tashkilot tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatning toʻliq yoxud asosiy qismi autsorsingga berilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotning faoliyati yoki asosiy rivojlantirish dasturlarini tugatish rejasini eʼlon qilishi natijasida tegishli aktivlarni sotish, majburiyatlarni bajarish yoxud bularni amalga oshirish yuzasidan majburiy shartnomalar tuzishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotni faoliyat uchun muhim boʻlgan aktivlarni xarid qilishi yoki hisobdan chiqarishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot sanasidan keyin mulkning favqulodda holatlar natijasida vayron boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilot faoliyatining qayta tashkil etilishi yoki uni amalga oshirishning boshlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rivojlantirish dasturlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarga berilgan kreditlardan voz kechilishi boʻyicha qonunchilik hujjatlarining qabul qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot sanasidan keyin aktivlar qiymatining yoki valyuta kurslarining sezilarli darajada oʻzgarishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot sanasidan keyin tashkilotning shartli majburiyatlarni qabul qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot sanasidan keyin sodir boʻlgan hodisalar tufayli yuzaga kelgan sud jarayonining boshlanishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Faoliyat uzluksizligi va restrukturizatsiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Moliyaviy hisobotni tuzish davomida tashkilotning uzluksiz faoliyat koʻrsatishini aniqlash har bir tashkilot tomonidan koʻrib chiqilishi lozim. Bunda, tashkilotning uzluksizligini baholash davlatga emas, tashkilotlarga taalluqli boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Agar hisobot sanasidan keyin moliyaviy hisobotlarni tayyorlashga masʼullar yoki boshqaruv organi tashkilotni tugatish yoki uning budjetdan tashqari faoliyatini toʻxtatish (tugatish) qaroriga kelsa, tashkilot moliyaviy hisobotni faoliyat uzluksizligi asosida tayyorlamasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tashkilotlarda faoliyat uzluksizligi bilan bogʻliq masalalar, qoida tariqasida davlat tomonidan tashkilotlarning faoliyatini toʻxtatish (tugatish) haqida qarorlar eʼlon qilingan taqdirdagina yuzaga keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Toʻliq yoki sezilarli darajada oʻzini oʻzi moliyalashtiradigan tashkilotlar moliyaviy hisobotni tayyorlashda uzluksiz faoliyat koʻrsatishini aniqlashi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Agar tashkilotning faoliyatini uzluksiz davom ettirish imkoni mavjud boʻlmasa, mazkur holat moliyaviy hisobotlarda majburiy ravishda aks ettirilishi lozim. Bunday oʻzgarishlarning taʼsiri tashkilotning aniq sharoitlariga, jumladan, faoliyatning boshqa tashkilotga oʻtkazilishi yoki tashkilot tugatilishiga qarab belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, aktivlar va majburiyatlarning qoldiq (balans) qiymatini oʻzgartirish zarurligini aniqlash talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faoliyatning uzluksizligi davom ettirilmaganda, vaziyatning oʻzgarishi qoʻshimcha majburiyatlarni paydo boʻlishiga olib kelishi yoki qarz shartnomalarida muayyan qarzlarni joriy majburiyat sifatida qayta tasniflashga olib kelishini (olib kelmasligini) ham hisobga olish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Hisobot sanasidan keyin eʼlon qilingan restrukturizatsiya tuzatish kiritishni talab etmaydigan hisobot sanasidan keyingi hodisa sifatida tasniflangan taqdirda, mazkur Standart talablari asosida tegishli maʼlumotlar yoritilishi lozim. Restrukturizatsiya boʻyicha baholangan majburiyatni tan olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (16-sonli BHS) “Baholangan majburiyatlar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlar”ga (roʻyxat raqami 3562, 2024-yil 22-oktabr) muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Maʼlumotlarni yoritib berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tashkilot moliyaviy hisobotlarni tasdiqlash sanasi va kim tomonidan tasdiqlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni moliyaviy hisobotga tushuntirishlarda yoritib berishi lozim. Moliyaviy hisobotlarning tasdiqlash sanasi foydalanuvchilar uchun muhim hisoblanib, hisobotlarda mazkur sanadan keyin sodir boʻlgan hodisalar aks ettirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Agar tashkilot hisobot sanasidan keyin, biroq moliyaviy hisobot eʼlon qilinishidan oldin hisobot sanasida mavjud boʻlgan shartlarning oʻzgarishiga oid maʼlumotlarni olsa, ushbu shartlar yangi olingan maʼlumotlar asosida tegishli ravishda oʻzgartirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Hisobot sanasidan keyingi hodisalar boʻyicha maʼlumotlarning yoritib berilishi tashkilotning moliyaviy hisobotlarida tan olingan summalarini aniq aks ettirmasligi mumkin (masalan, Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (16-sonli BHS) “Baholangan majburiyatlar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlar”ga (roʻyxat raqami 3562, 2024-yil 22-oktabr) asosan hisobot sanasidan keyin hisobot davrida mavjud boʻlgan shartli majburiyat boʻyicha dalillar paydo boʻlishi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Agar tuzatishni talab etmaydigan hisobot sanasidan keyingi hodisalar muhim ahamiyatga ega boʻlsa, mazkur maʼlumotlarni yoritib bermaslik foydalanuvchilarning moliyaviy hisobotlar asosida qabul qiladigan iqtisodiy qarorlariga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin hamda tashkilot tuzatishni talab etmaydigan hisobot sanasidan keyingi hodisalarning har bir muhim toifasi uchun hodisaning tavsifi va moliyaviy taʼsiriga baho berish yoki bunday baholashni oʻtkazish mumkin emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yoritib berishi lozim.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2025-y., 10/25/3681/0881-son)