02.07.2025 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi bilan Ozarbayjon Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli iqtisodiy operator institutlarini oʻzaro tan olish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi va Ozarbayjon Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 27-maydagi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasida bojxona ishlarida hamkorlik va oʻzaro yordam toʻgʻrisidagi Bitim qoidalariga amal qilgan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi iqtisodiy operator institutlari Tomonlar davlatlarining qonunchiligida belgilangan xavfsizlik talablariga, shuningdek, Jahon bojxona tashkilotining savdo xavfsizligi va yengillashtirish standartlari (keyingi oʻrinlarda — “Hadli standartlar” deb yuritiladi) doirasida belgilangan xavfsizlik va muvofiqlik xalqaro standartlariga asoslanganligini tan olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar davlat chegarasini boshqarish jarayonlari, tartiblari, mexanizmlarining oʻziga xos xususiyatlarini, vakolatli iqtisodiy operator institutlarini tartibga soluvchi milliy qonunchiliklarini anglagan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar qabul qilgan iqtisodiy operator institutlari va boshqa chora-tadbirlar yetkazib beruvchidan oluvchigacha boʻlgan zanjir xavfsizligini taʼminlashga va Tomonlar davlatlari qonunchiligiga rioya qilishga sezilarli hissa qoʻshishini hisobga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimda foydalanilgan atamalar quyidagilarni anglatadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazib berish” — bir Tomon davlati hududidan boshqa Tomon davlati hududiga tovarlarni olib oʻtish, bunda tovar sotuvchisi va eksportchisi (deklaranti) vakolatli iqtisodiy operator, va (yoki) bunday tovarlarning xaridori va importchisi (deklaranti) vakolatli iqtisodiy operator boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“vakolatli iqtisodiy operator” — Tomonlar davlatining qonun hujjatlariga, shuningdek ularning davlatlari ishtirokchi boʻlgan xalqaro shartnomalariga muvofiq vakolatli iqtisodiy operator maqomi berilgan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“soddalashtirishlar” — har bir Tomon davlatining qonunchiligiga, shuningdek, Tomonlar davlati ishtirokchi boʻlgan xalqaro shartnomalarga muvofiq qoʻllaniladigan vakolatli iqtisodiy operatorlarga nisbatan bojxona operatsiyalari va bojxona nazoratining xususiyatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim quyidagilarga nisbatan amal qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ozarbayjon Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tarafidan vakolatli iqtisodiy operator maqomini taqdim etish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan yuridik shaxslarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbek tomoni tarafidan vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritilgan yuridik shaxslarga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar davlatlarining vakolatli iqtisodiy operator institutlari quyidagi sohalarda solishtirish mumkin ekanligini tan oladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli iqtisodiy operator maqomini berish, toʻxtatib turish va undan mahrum qilish tartibi va shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli iqtisodiy operatorlarga nisbatan tekshirish faoliyatini amalga oshirish tartibi, shuningdek, vakolatli iqtisodiy operatorlarning faoliyati ustidan nazorat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar davlatlarida vakolatli iqtisodiy operator maqomini berish, toʻxtatib turish va undan mahrum qilish tartib-taomillari Hadli standartlar prinsiplari va normalariga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlarning har biri boshqa Tomonning yuridik shaxsga vakolatli iqtisodiy operator maqomini berish toʻgʻrisidagi qarorini tan oladi, shu bilan birga, boshqa Tomondan vakolatli iqtisodiy operator maqomini berish bilan bogʻliq qoʻshimcha maʼlumotlarni soʻrash huquqini oʻzida saqlab qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlarning har biri import qilinadigan tovarlarga nisbatan bojxona nazorati doirasida Tomonlar davlatlari bojxona qonunchiligining buzilishi xavfini baholashda boshqa Tomon davlati yuridik shaxsining vakolatli iqtisodiy operatori maqomi mavjudligini hisobga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tomonlar boshqa Tomon davlatining vakolatli iqtisodiy operatorini uning roʻyxat raqamini (vakolatli iqtisodiy operatorning guvohnoma raqami yoki vakolatli iqtisodiy operator maqomini taqdim etish toʻgʻrisidagi qaror raqami) tovarlar olib kirilgan davlatda ularni chiqarish uchun qoʻllaniladigan bojxona deklaratsiyasi va (yoki) boshqa hujjatda qayd etish orqali identifikatsiyalaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tomonlarning har biri tovarlarni toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazib berishda bojxona deklaratsiyasi va tovarlarni chiqarish bosqichida quyidagi soddalashtirishlarni taʼminlashga intiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona operatsiyalarini ustuvor tartibda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi navbatda bojxona koʻrigidan oʻtkazish yoki tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavflarni boshqarish tizimining talablari bilan belgilanadigan minimal darajada hujjatli va bojxona nazoratini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yetkazib berish vaqtida bunday yetkazib berish taraflaridan biri vakolatli iqtisodiy operatori boʻlmagan hollarda, Tomonlarning milliy qonunchiligi va (yoki) Tomonlar davlatlari ishtirokchi boʻlgan xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan qoʻshimcha soddalashtirishlarni taqdim etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tomonlarning har biri, asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, vakolatli iqtisodiy operatorlarga nisbatan taqdim etilgan soddalashtirishlarning bir qismini yoki barchasini toʻxtatib turish yoki bekor qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Bunda koʻrsatilgan Tomon boshqa Tomonni tegishli qaror qabul qilingandan keyin 5 (besh) ish kuni ichida qarorning sabablarini koʻrsatgan holda xabardor qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Basharti Tomonlardan biri boshqa Tomonning vakolatli iqtisodiy operatori tarafidan bojxona qonunchiligi buzilganligi belgilarini aniqlasa, bunday holat aniqlagan Tomon boshqa Tomonni tasdiqlovchi hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etgan holda, bunday subyektga nisbatan tekshirish faoliyatini amalga oshirish yuzasidan yozma ravishda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Koʻrsatilgan vakolatli iqtisodiy operator tomonidan Tomonlar davlatlaridan birining bojxona qonunchiligi buzilganligi holati tasdiqlangan hollarda, koʻrsatilgan vakolatli iqtisodiy operator Tomoni oʻz davlatining qonunchiligiga muvofiq uni vakolatli iqtisodiy operator maqomidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish majburiyatini oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar vakolatli iqtisodiy operator toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shu jumladan, yuridik shaxsning nomi, uning roʻyxatga olish raqami (vakolatli iqtisodiy operatorning guvohnoma raqami yoki vakolatli iqtisodiy operator maqomini taqdim etish toʻgʻrisidagi qaror raqami), manzili va unga vakolatli iqtisodiy operator maqomi berilgan sana toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning yozma shakldagi muntazam almashinuvini taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan uzatiladigan maʼlumotlarning shakli va tuzilishi, shuningdek, uni uzatish tartibi alohida texnik shartlar bilan belgilanadi, uni Tomonlar mazkur Bitim kuchga kirgan kundan boshlab 6 oydan kechiktirmay tasdiqlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tomonlar bir-birlarini vakolatli iqtisodiy operator instituti faoliyati toʻgʻrisidagi huquqiy tartibga solishga kiritilgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisida xabardor qiladilar va vakolatli iqtisodiy operator maqomini berish sohasida tajriba almashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Axborotni uzatish, foydalanish va oshkor qilish har bir Tomon davlatining qonunchiligiga, shuningdek, Tomonlar davlatlari ishtirok etuvchi xalqaro shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi. Tomonlar mazkur Bitimni amalga oshirish doirasida olingan maʼlumotlarning har bir Tomon davlatining qonunchiligiga muvofiq tegishli tarzda himoya qilinishini taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Bitimga muvofiq olingan maʼlumotlardan faqat bojxona maqsadlarida foydalaniladilar. Mazkur Bitimga muvofiq olingan maʼlumotlar boshqa uchinchi tomonga ularni taqdim qilgan Tomonning oldindan yozma roziligisiz berilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitim boʻyicha Tomonlar tarafidan amalga oshiriladigan barcha tadbirlar Tomonlarning har bir davlatining qonunchiligiga, shuningdek, Tomonlar davlatlari ishtirokchi boʻlgan xalqaro shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Bitimni amalga oshirish maqsadida Tomonlar bojxona operatsiyalarini amalga oshirish jarayonida vakolatli iqtisodiy operatorlarida yuzaga keladigan muammolarni hal qilish maqsadida oʻzaro tezkor hamkorlik uchun masʼul boʻlgan Tomonlarning vakolatli mansabdor shaxslarini belgilaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim qoidalarini talqin qilish va amalga oshirishdan kelib chiqadigan nizolar Tomonlar oʻrtasidagi maslahatlashuvlar va muzokaralar orqali hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning oʻzaro yozma kelishuviga koʻra, mazkur Bitimga uning ajralmas qismi hisoblanadigan alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan va mazkur Bitimning 11-moddasiga muvofiq kuchga kiradigan oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitim nomuayyan muddatga tuziladi va uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralari ozarbayjon tomoni tarafidan bajarilganligi toʻgʻrisidagi yozma xabarnoma oʻzbek tomoni tarafidan diplomatik kanallar orqali qabul qilingan sanadan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Bitim Tomonlardan biri boshqa Tomonning uni tugatish niyati toʻgʻrisidagi yozma xabarnomasini olgan kundan boshlab 3 (uch) oy oʻtgunga qadar amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Bitim tugatilgan hollarda, Tomonlarning har biri uni amalga oshirish doirasida olingan maʼlumotlarning himoyasini taʼminlashda davom etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boku shahrida, 2025-yil 2-iyulda, ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, ozarbayjon va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar teng autentikdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Matnlar oʻrtasida tafovut yuzaga kelgan hollarda, Tomonlar rus tilidagi matnga murojaat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)