27.05.1996 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim

Bojxona ishlarida hamkorlik va oʻzaro yordam toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Ozarbayjon Respublikasi Hukumati, keyingi oʻrinlarda “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataladilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini, shu jumladan bojxona ishlari sohasidagi hamkorlik vositasida rivojlantirishni istab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona xizmatlari hamkorligi yoʻli bilan ikkala mamlakatlar oʻrtasida yoʻlovchilar va yuk tashishni rivojlantirish va jadallashtirishga yordam berishga intilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boj qonunlarining buzilishi ikkala Ahdlashuvchi Tomonlar iqtisodiy manfaatlariga zarar yetkazishini nazarda tutib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boj qonunchiligiga rioya qilish va boj qonunlarining buzilishiga qarshi kurash Ahdlashayotgan Tomonlar bojxona xizmatlari hamkorligida yanada muvaffaqiyatli amalga oshirilishi mumkinligiga ishonch hosil qilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Taʼriflar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim maqsadlari uchun quyidagi atamalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) “boj qonunchiligi” atamasi tovarlarni, yoʻlovchilarning qoʻl yuklari va bagajlarini, xalqaro pochta joʻnatmalarini, valyuta va boshqa boyliklarni olib kelish, olib chiqib ketish va tranzit tarzida tashishni, boj poshlinalari va boshqa soliq hamda yigʻimlarni undirishni yoki imtiyozlar, taqiqlar, cheklashlar, ruxsatlarni belgilash, tovarlarni boj chegarasidan olib oʻtish ustidan nazorat oʻrnatishni tartibga soluvchi huquqiy normalar majmuini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) “bojxona xizmati” atamasi Oʻzbekiston Tomoni uchun Oʻzbekiston Respublikasida Davlat soliq qoʻmitasi Bojxona bosh boshqarmasini, Ozarbayjon Tomoni uchun Ozarbayjon Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) “boj qonunlarining buzilishi” atamasi boj qonunchiligining buzilishini yoki buzishga urinishlarni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) “shaxs” atamasi har qanday jismoniy yoki yuridik shaxsni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) “giyohvand moddalar” atamasi 1961-yil 30-martda BMTning giyohvand moddalar toʻgʻrisidagi Yagona Konvensiyasi roʻyxatiga kiritilgan moddalarni, keyingi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar bilan, anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) “psixotrop moddalar” atamasi 1971-yil 21-fevralda BMTning psixotrop moddalar toʻgʻrisidagi Konvensiyasi roʻyxatiga kiritilgan moddalarni keyingi oʻzgartirishlari va qoʻshimchalari bilan anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) “tovarlar” atamasi moddiy dunyoning har qanday koʻchma buyumlarini, shu jumladan elektr issiqlik va boshqa energiyalarni anglatadi, xalqaro tashishlar va yuklar uchun foydalaniladigan transport vositalari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Bitimni qoʻllash sohasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bojxona xizmatlari oʻz vakolatlari doirasida va ichki qonunchilikka rioya qilib, quyidagi maqsadlarda bir-birlari bilan hamkorlik qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ikkala davlatlar oʻrtasida yoʻlovchi va yuk tashishni osonlashtirish va jadallashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) boj poshlinalari va boshqa yigʻimlarning toʻgʻri olinishi, uningdek, import za eksport imtiyozlarining toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) boj qonunchiligini buzish hollarini oldini olish, ularga yoʻl qoʻymaslik va tekshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Bitim Ahdlashuvchi Tomonlarning boshqa xalqaro bitimlardan kelib chiquvchi majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Boj rasmiyatchiliklarini soddalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bojxona xizmatlari:

ikkala davlatlar oʻrtasida yoʻlovchilar va yuk tashishni osonlashtirish za jadallashtirish maqsadida oʻzaro kelishuvga koʻra boj rasmiylashtirishlarini soddalashtirish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir-birlarining qoʻllanilayotgan bojxona hujjatlari blanklarini (bojxona plombalari, muhr va shtamplari tasvirini) tan oladilar, zarur hollarda esa tashilayotgan tovarlar va boshqa buyumlar hujjatlariga oʻz muhr shtamplarini qoʻyadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tranzit tovarlar va transport vositalari bojxona tekshiruvidan ozod etiladi, Ahdlashuvchi Tomonlar qonunchiligiga muvofiq olib kirish va tranzit tarzida tashish taqiqlangan tovarlar bor deb taxmin qilish uchun asos boʻlgan hollar bundan mustasnodir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Guvohnomalarni taqdim qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bojxona xizmatlari bir-birlariga soʻrov boʻyicha bir Ahdlashuvchi Tomon hududidan olib chiqilgan tovarlar boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududiga qonuniy tartibda olib kirilayotganligini tasdiqlovchi guvohnomalarni beradilar, Guvohnomalarda tovarlarni rasmiylashtirishda qoʻllanilgan bojxona tartiblari turi hamda natijalari koʻrsatiladi. Bu shuningdek, tovarlar boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududidan qayta eksport qilinadigan hollarga ham daxldordir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bojxona xizmatlari bir-birlariga soʻrov boʻyicha oʻzlariga boʻysunuvchi bojxona tashkilotlari tomonidan berilgan guvohnomalar yoki boshqa hujjatlarning qonuniyligi va barcha zarur maʼlumotlarga egaligi toʻgʻrisida maʼlumotnomani taqdim qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Giyohvand moddalarning noqonuniy oborotiga qarshi kurash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bojxona xizmatlari giyohvand moddalar va psixotrop moddalar kontrabandasi va noqonuniy oborotining oldini olish, unga yoʻl qoʻymaslik, tekshirish boʻyicha harakatlarni faollashtirish maqsadida quyidagi maʼlumotlarni bir-birlariga soʻrovlarsiz va mumkin qadar qisqa muddatlarda yetkazadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) giyohvand moddalar va psixotrol moddalar kontrabandasi eki noqonuniy oboroti 6ilan shugʻullanayotganligi maʼlum boʻlgan va yoki bunday gumon qilinayotgan shaxslar toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) giyohvand moddalar va psixotrop moddalarni kontrabanda yoʻli bilan olib kelishda foydalaniladigan yuki ana shunday foydalanishda gumon qilinayotgan yer usti, suv va havo transporti vositalari konteynerlari va posilkalari toʻgʻrisida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bojxona xizmatlari giyohvand moddalar va psixotrop moddalar bilan noqonuniy oborot qilishda qoʻllanilayotgan kontrabanda usullari va metodlari, shuningdek ularni nazorat qilish yangi metodlarining samaraliligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni bir-birlariga oldindan soʻrovlarsiz maʼlum qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur moddaning 1 va 2-bandlariga muvofiq Ahdlashuvchi Tomonlarning birortasi tomonidan olingan maʼlumotlar, xabarlar va hujjatlar uning huquqni himoya qilish organlariga va davlatning giyohvandlikka va giyohvand moddalar hamda psixotrop moddalar bilan noqonuniy savdo qilishga qarshi kurashuvchi boshqa organlariga berilishi mumkin..
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Tomonlarning ichki qonunchiliklari asosida hamda oʻzaro kelishilganda bojxona xizmatlari giyohvandlik va psixotrop moddalar bilan noqonuniy oborot qilayotgan shaxslarni aniqlash maqsadida zarur hollarda ularni nazorat qilinadigan yetkazib berish metodlaridan foydalanishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qilinadigan yetkazib berishlar metodini qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorni Ahdlashuvchi Tomonlar har bir aniq holatda qabul qiladilar va zarur hollarda Tomonlarning moliyaviy kelishuvlarini hisobga olishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ahdlashuvchi Tomonlar mazkur Bitimning taʼsir doirasini giyohvand moddalar va psixotrop moddalarni ishlab chiqarishda qoʻllaniladigan moddalarga nisbatan ham joriy qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Maʼlumotlar berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bojxona xizmatlari bir-birlariga soʻrov boʻyicha, quyidagilar toʻgʻrisida ixtiyorlaridagi barcha maʼlumotlarni, shu jumladan xabarlar, protokollar yoki rasmiy xat yoki boshqa hujjatlarning tasdiqlangan nusxalarini yuborish yoʻli bilan beradilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) boj poshlinalari va boshqa yigʻimlarni aniq undirish, shuningdek, tovarlar eksporti va importiga daxldor imtiyozlarning toʻgʻri berilganligini aniqlash imkonini beradigan holatlar toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon boj qonunchiligiga zid yoki zid boʻlishi mumkin boʻlgan aniqlangan harakatlar toʻgʻrisida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bojxona xizmatlari mumkin qadar qisqa muddatlarda va shu jumladan oldindan soʻrovlarsiz boj qonunchiligi buzilishi mumkin boʻlgan holatlarga qarshi kurashda quyidagilarni tashishda alohida qiziqish uygʻotadigan maʼlumotlarni maʼlum qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) atrof muhit va aholi salomatligiga xavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan tovarlar va yuklarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qurol-yarogʻ, oʻq-dori, portlovchi va zaharlovchi moddalar, portlatish qurilmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) muhim tarixiy, badiiy, madaniy yoki arxeologik qiymatga ega boʻlgan buyumlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligiga muvofiq yuqori boj poshlinalari yoki soliqlari solinadigan tovarlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) bojxona xizmatlari tomonidan kelishilgan roʻyxatlarga muvofiq alohida muhim ahamiyatga ega boʻlgan notarif cheklashlar qoʻllaniladigan tovarlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) yadro materiallarini (shu jumladan issiqlik ajratuvchi yigʻmalarni), texnologiyalarni, asbob-uskunalarni, qurilmalarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) zaharlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) davlat manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan buyumlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) strategik materiallarni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Hujjatlar berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bojxona xizmatlari mazkur Bitim kuchga kirgandan soʻng uch oy mobaynida bir-birlariga boj masalalariga oid amalda boʻlgan qonunchilik hujjatlari, qoida va yoʻriqnomalari nusxalarini beradilar, keyinchalik boj qonunchiligidagi barcha oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisida bir-birlarini darhol xabardor qilib turadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bir Ahdlashuvchi Tomonning bojxona xizmati boshqa Ahdlashuvchi Tomon bojxona xizmati soʻroviga binoan maʼmuriy organlarning boj qonunchiligini qoʻllash masalalariga oid qarorlari nusxalarini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Hujjatlarni berish toʻgʻrisidagi soʻrovlarda mazkur Bitimning 12-moddasida nazarda tutilgan talabnomalardan farq qilib, soʻralayotgan masala mohiyati bayon etilmasligi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Hujjatlarni berish soʻragan bojxona xizmati tomonidan olinganligiga guvohlik beruvchi, hujjat berilgan sana koʻrsatilgan tasdiqqa ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Tajriba almashish va texnik yordam
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bojxona xizmatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) oʻz faoliyatlari toʻgʻrisidagi tajriba va boj qonunchiligi buzilishining yangi vosita hamda usullari toʻgʻrisidagi axborotni almashadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bir-birlariga yangi texnik yordam vositalari qoʻllanilayotganligi toʻgʻrisida xabar beradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) oʻzaro qiziqish uygʻotadigan boj masalalariga doir boshqa axborotlarni ayirboshlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bojxona xizmatlari boj ishi sohasida bir-birlariga texnik yordam beradilar shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) boshqa Ahdlashuvchi Tomon bojxona xizmatlari tomonidan foydalanilayotgan oʻzaro qiziqish uygʻotadigan texnik vositalar bilan tanishish maqsadida bojxona xizmatchilari bilan almashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bojxona xodimlarini oʻqitish va ularning maxsus malakalarini takomillashtirishda yordam berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) nazorat qilish texnik vositalaridan foydalanishda axborot va tajriba almashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) boj masalalari ekspertlari bilan almashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) boj masalalariga daxldor kasb, ilmiy za texnik axborotlarni almashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Tekshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Tomon bojxona xizmati soʻroviga koʻra boshqa Ahdlashuvchi Tomon bojxona xizmati mazkur Bitim 2-moddasi 1-bandining “b” va “v” kichik bandlariga muvofiq tekshiruv yoki aniqlash ishlarini amalga oshiradi. Tekshirish yoki aniqlash ishlari natijalari soʻrayotgan bojxona xizmatiga mazkur Bitim 6-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan tartibga muvofiq maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tekshirish ishlari soʻrayotgan bojxona xizmati hududida amalda boʻlgan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. Soʻralayotgan bojxona xizmati soʻrayotgan bojxona xizmati rasmiy shaxslariga bunday tekshiruvda qatnashishga ruxsat etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ekspertlar va guvohlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir Ahdlashuvchi Tomonning sud yoki maʼmuriy organlari koʻrib chiqayotgan boj qonunchiligi buzilishlari munosabati bilan tegishli soʻrov bilan murojaat qilsalar, boshqa Ahdlashuvchi Tomon bojxona xizmati oʻz xizmatchilarini bunday sud yoki maʼmuriy tekshiruvlarda guvoh yoki ekspert sifatida qatnashish uchun vakil qilishi mumkin. Bu xizmatchilar xizmat burchlarini bajarish vaqtida oʻzlari aniqlagan dalillar toʻgʻrisida maʼlumot beradilar. Sud yoki maʼmuriy tekshirishda qatnashish toʻgʻrisidagi soʻrovda xodimning qaysi ishda va kim sifatida qatnashishi kerakligi aniq koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Soʻrov shakli va mazmuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitimning 8-moddasida nazarda tutilgan soʻrov yozma shaklda yoʻllanadi. Soʻrovni bajarishda zarur boʻladigan hujjatlar asl nusxada, rasmiy tasdiqlangan nusxalarda yoki fotonusxalarda ilova qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Soʻrov quyidagi maʼlumotlarga ega boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) soʻrov asosida manfaatlari yetuvchi bojxona organi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) protsedura turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) protsedura qatnashchilarining familiyasi, manzili va boshqa maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) soʻrov mavzusi va sababi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ish mohiyatining qisqacha bayoni va uning yuridik tavsifi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Soʻrovni bajarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona xizmatlari soʻrovni bajarishda oʻz davlatlari qonunchiligiga muvofiq va oʻz vakolatlari doirasida bir-birlariga yordam beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Hujjatlarni asl nusxada joʻnatish bu hujjatlar nusxasi yoki fotonusxasi kifoya qilmaydigan hollardagina soʻralishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Asl nusxadagi hujjatlar mumkin qadar qisqa muddatlarda qaytarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur modda qoidalarini bajarishda soʻrayotgan tomon yoki uchinchi tomon huquqi kamsitilmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Olingan maʼlumotlardan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona xizmatlari Bitimga muvofiq olingan maʼlumotlar va hujjatlardan oʻz protokollarida, xabarlarida va boshqa materiallarda boj qonunchiligi buzilishi munosabati bilan tekshirishlar yoki tergovlarni oʻtkazishda, ishni sudda yoki maʼmuriy tartibda koʻrishda isbot tariqasida foydalanishlari mumkin. Bu maʼlumotlar va hujjatlarning daliliy kuchi, shuningdek ulardan sudda foydalanish soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon ichki qonunchiligi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Yordam berishni rad etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Iltimosni bajarish suverenitet yoki xavfsizlikka zarar yetkazishi mumkin boʻlsa yoki soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligi asosiy prinsiplariga yoki uning xalqaro majburiyatlariga zid boʻlsa, uni bajarish rad etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yordam berishni rad etish, shuningdek rad etish sabablari toʻgʻrisida soʻrayotgan bojxona xizmati darhol yozma ravishda xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
Xarajatlarni qoplash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yordam berayotgan bojxona xizmatiga mazkur Bitimga muvofiq soʻrovni bajarishda bojxona xizmatida ishlamaydigan ekspertlar va tarjimonlar ishiga haq toʻlash boʻyicha qilingan xarajatlar qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimning 7-moddasi qoidalarini bajarishga aloqador xarajatlarni qoplash bojxona xizmatlari oʻrtasidagi alohida kelishuv mavzusi boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda
Bitimni bajarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitimda nazarda tutilgan hamkorlik bevosita Ahdlashuvchi Tomonlar bojxona xizmatlari oʻrtasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bojxona xizmatlari mazkur Bitimni bajarish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni oʻz vakolatlari doirasida chiqaradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Bitimni bajarish maqsadida bojxona xizmatlari oʻzlariga boʻysunuvchi bojxona organlari oʻrtasida zarur aloqalarni oʻrnatadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bojxona xizmatlarining vakillari mazkur Bitimni bajarishga aloqador masalalarni muhokama qilish uchun zarur boʻlgan hollarda bir-birlari bilan ushbu yoki boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida navbatma-navbat uchrashib turadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda
Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim ikkala Ahdlashuvchi Tomon ichki davlat tartiblari bajarilganligi toʻgʻrisida diplomatik aloqa orqali bir-birlarini xabardor qilgan kundan boshlab kuchga kiradi. Bitim besh yil muddatga tuziladi, Tomonlardan biri mazkur Bitimning amalda boʻlishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi maqsadini boshqa Tomonga diplomatik aloqa orqali yozma shaklda maʼlum qilmagunga kadar oʻz-oʻzidan keyingi besh yilga uzaytirilaveradi. Bunda mazkur Bitimning amalda boʻlishini toʻxtatish yozma xabar berilgan kundan olti oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 27-mayda Baku shahrida, har biri oʻzbek, ozarbayjon va rus tillarida boʻlgan ikki nusxada tuzildi. Bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim qoidalarini talqin qilishda rus tilidagi matndan foydalaniladi.

(imzolar)