Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Respublikada gʻildirakli transport vositalarining ekologik toifa talablariga muvofiqligini baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xizmatlar sohasi barqaror rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 27-fevraldagi PQ-78-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilansinki:
a) Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan “M” va “N” toifalardagi gʻildirakli yangi transport vositalarining ekologik toifa talablariga muvofiqligini ekologik sertifikatlash tartibi bekor qilinadi;
b) Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan “M” va “N” toifalardagi gʻildirakli transport vositalarining ekologik toifa talablariga muvofiqligi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 237-son qarori bilan tasdiqlangan Muomalaga chiqarilayotgan gʻildirakli transport vositalarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament talablari asosida baholanadi hamda transport vositasining turini maʼqullash va muvofiqlik sertifikatlarida aks ettiriladi;
v) elektr dvigatellar bilan jihozlangan gʻildirakli transport vositalarining (ichki yonuv dvigateli hamda elektr dvigatelda harakatlanuvchi avtotransport vositalari bundan mustasno) ekologik toifa talablariga muvofiqligi baholanmaydi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmogʻida va ijtimoiy tarmoqlarda keng jamoatchilikka tushuntirilishini taʼminlasin.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori A.R. Jumanazarov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 19-sentabr,
597-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-sentabrdagi 597-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi 237-son qarori bilan tasdiqlangan Muomalaga chiqarilayotgan gʻildirakli transport vositalarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentga kiritilayotgan qoʻshimcha
4-bobning rus tilidagi matni quyidagi mazmundagi 3-paragraf bilan toʻldirilsin:
“3-§. Otsenka sootvetstviya kolesnix transportnix sredstv kategoriy M i N na sootvetstviye trebovaniyam ekologicheskogo klassa posredstvom identifikatsii sootvetstvuyushix dokumentov pri ix pomeshenii pod tamojenniy rejim “vremenniy vvoz” i “vipusk dlya svobodnogo obrasheniya (import)” v selyax ekspluatatsii i realizatsii
441. Otsenka sootvetstviya kolesnix transportnix sredstv kategoriy M i N trebovaniyam ekologicheskix klassov “Yevro-4” i vishe osushestvlyayetsya:
v ramkax oformleniya sertifikata sootvetstviya na transportnie sredstva — putem identifikatsii posredstvom priznaniya dokumentov, prilagayemix k zayavleniyu;
v ramkax odobreniya tipa — putem analiza sootvetstviya ustanovlennix norm vibrosov zagryaznyayushix veshestv s pomoshyu akkreditovannoy v respublike ispitatelnoy laboratorii, a pri otsutstvii takoy laboratorii putem identifikatsii posredstvom priznaniya dokumentov, prilagayemix k zayavleniyu.
442. Dlya identifikatsii sootvetstviya transportnogo sredstva trebovaniyam ekologicheskogo klassa zayavitel predostavlyayet v organ po sertifikatsii sleduyushiye dokumenti ili odin iz nix:
nalichiye zakonodatelnix aktov, podtverjdayushix, chto v strane-proizvoditelya transportnix sredstv kategoriy M i N proizvodstvo kolesnix transportnix sredstv nije trebovaniy ekologicheskogo klassa “Yevro-4” zapresheno (na moment proizvodstva transportnogo sredstva);
ofitsialnoye pismo proizvoditelya ili yego upolnomochennogo predstavitelya o tom, chto kolesnie transportnie sredstva kategoriy M i N ne nije trebovaniy ekologicheskoy kategorii “Yevro-4”;
inie texnicheskiye dokumenti, podtverjdayushiye, chto kolesnie transportnie sredstva kategoriy M i N sootvetstvuyut trebovaniyam ekologicheskogo klassa kategorii ne nije “Yevro-4”.
443. Vidacha dokumentov, udostoveryayushix sootvetstviye trebovaniyam Texnicheskogo reglamenta pri vipuske v obrasheniye transportnix sredstv pri nesootvetstvii dopustimomu ekologicheskomu klassu zapreshena”.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-sentabrdagi 597-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Gʻildirakli yangi transport vositalarini ekologik sertifikatlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2020-yil 30-yanvardagi 50-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi OʻRQ-682-son Qonuni)” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 773-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.09.2025-y., 09/25/597/0854-son)